•Lupaorqali🍂 @lupaorqali Channel on Telegram

•Lupaorqali🍂

@lupaorqali


• Kitob tanlashimizga lupa kerak bo‘ladi!

• Kitoblar, san'at, tabiat va fikrlash haqida...

Kanalimizga sodiq bo'lsangiz qo'shiling 💫

Rek: @allsiddiq

Lupaorqali🍂 (Uzbek)

Lupaorqali🍂 telegram kanalimizga hush kelibsiz! Kanalimizda kitoblar, san'at, tabiat va fikrlash haqida muhokama qilinadi. Sizga qiziqarli va foydali ma'lumotlar, suhbatlar va tavsiflar mavjud. Kanalimizga sodiq bo'lsangiz, bizga qo'shiling va yangiliklardan xabardor bo'ling. Agar siz ham onlayn kitoblar o'qishni, fikrlashni va tabiat haqida yangi narsalarni o'rgatishni istasangiz, Lupaorqali🍂 kanaliga obuna bo'ling! Reklama va boshqa reklama tadbirlariga oid savollaringiz bo'lsa, @allsiddiq nomli foydalanuvchiga yozib kirishingiz mumkin. Barcha yangiliklar, hikoyalar va ko'rsatmalar uchun kanalimizni kuzatib boring!

•Lupaorqali🍂

11 Jan, 05:50


Hech kimga suyanmaslikni suyanganlarim o‘rgatdi♡

•Lupaorqali🍂

10 Jan, 07:51


• Muhabbatning yarmi ishonchdir, qolgan yarmi esa hurmat va e'tibor!

•Lupaorqali🍂

05 Jan, 05:50


"Man shunday ibodatni istayman.

Tanam chidasa chidasin, jonim chidasa chidasin. Chidamasa chiqib ketaversin."

Degan ekanlar Hazratning otalari kuniga 120 rakat nafl namoz o'qisalar, doktorlar sizga mumkinmas deyishganida

Tarbiya onaga bog'liq, lekin ota unda yetakchi rol o'ynaydi.

•Lupaorqali🍂

23 Dec, 05:50


Hikoya davomi...


Shunda shayx, chakmonini jaxl bilan qoqib, teskari qarab oldi.
Ayoli esa, tabassum qildi va hech narsa boʻlmagandek oʻzini qoʻlga olib, har kuni atayin, uyni yoqimli iforga toʻldirar, eng goʻzal liboslarini kiyar, mushki anbarlarga burkanar edi.
Eri uyga kirib chiqsa, uning qarshisiga oʻtirib olardi.

Shayx besh kun ham sabr qilolmay, ayoliga qaytmoqchi boʻldi.
Kunlarning birida, ayoli nonushtani tayyorlashda biroz kech qoldi, shayx esa, jaxl bilan:
—"Bu vazifalaringga va mening haqlarimga nisbatan masʼuliyatsizlik, bu muslima ayolga toʻgʻri kelmaydi!" dedi.
Ayoli:
—"Dini bir boʻlgan birodaringiz uchun, 70 ta hayrli sabab qidiring, inson haqida yaxshi gumonda boʻlish, insondagi eng yaxshi sifatlardan biridir, bu qalb sokin va pokizaligidan darakdir.
Kim insonlar haqida yaxshi gumonda boʻlsa, ularning muhabbatiga erishadi!" deb javob berdi.
Shayx:
—"Bu gaplar sening masʼuliyatsizligingni oqlamaydi, nahotki men nonushta qilmay chiqib ketishimga rozi boʻlsang?" dedi.
Ayoli:
—"Mo'minning eng yaxshi sifatlardan biri–Alloh berganiga qanoat qilishdir, garchi u juda oz boʻlsa ham!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam;
Islomni qabul qilib, Alloh berganiga rozi boʻlgan kishi saodatdadir deganlar" deb javob qaytardi.
Shayx:
—"Men hech narsa yemayman!" dedi.
Ayol:
—"Siz hali ham, saboq olmapsiz" dedi, shayx ayolining gaplariga eʼtibor bermay, uyidan gʻazabda chiqib ketdi.

Uyga qaytgach ham, ayoli bilan gaplashmadi.
Tunda esa, alohida yerga joy solib yotdi.
Shu holat 10 kechayu, 10 kunduz davom etdi.
Ayoli kunduzi unga ovqat pishirib, uy ishlari bilan mashgʻul boʻlar, tunda esa, ziynatlanib, xushboʻylanib, biror ogʻiz gapirmay, uxlashga yotar edi.

11 chi kechada, shayx odatdagidek yerga joy solib yotdi va hech qancha vaqt oʻtmay yotoqqa chiqib oldi.
Ayoli kulib yubordi va:
—"Nega tepaga chiqib oldingiz?" debdi.
Shayx:
—"Yiqilib tushdim" dermish.
Ayoli:
—"Ammo, odatda tepadan pastga yiqilib tushishadi, pastdan yuqoriga yiqilib tushish mumkinligini eshitmagandim" debdi.
Shayx tabassum qilib:
—"Yotoq ustidagi magnit yerning tortish kuchidan koʻra kuchliroq ekan" debdi.

Biroz oʻtgach quvonch bilan:
"Agar hamma ayollar sen kabi boʻlganida edi , erkaklar ulardan ajrashmas edilar va uydagi muammolar esa, tez yechim topardi.
Sen menga Allohni rozi qilishimda katta koʻmakchi boʻlding , Alloh seni eng ulugʻ ajrlar bilan siylasin va bizni hech qachon ayirmasin" dermish.

•Lupaorqali🍂

21 Dec, 05:50


“Omonat”…

Alloh ayollarni sizlarga bekorga omonat qilib bermagan. Ularni boricha, oʻzgartirmasdan seving, qadrlang, toʻgʻrilashga harakat qilsangiz uni sindirib qoʻyasiz.

•Lupaorqali🍂

20 Dec, 07:39


Qisqa lekin tasirli jumla yozib keting…

yozmoqda…📝

•Lupaorqali🍂

19 Dec, 05:50


Yaqinim bilan tortishuvlar boʻlsa, 2-3 kunlab bezlarcha yura olmayman. Bu borada hech ham sabr qilolmayman. Axir, tortishuvdan keyin, xafagarchiliklardan keyin ertaga bormanmi, yoʻqmanmi, Allohga ayon. Dilxiralik bilan ketishni istamayman. Ayb oʻzimdami, yoki birovda, yechim qidirishga harakat qilaman.

•Lupaorqali🍂

17 Dec, 12:16


Ayni damda qaysi kitob mutolasidasiz ? 📖

•Lupaorqali🍂

17 Dec, 05:50


Endi esa... "Men" demagin bu so'zni unutgin faqatgina "U"bor degin..

Nafsingni ovozini o'chirish uchun joningni qiynashing kerak.
-Kam yegin..
-Kam uxla..
- Kam gapir..

Bilginki, nafsning ovozi faqat Allohning zikri bilan o‘chadi, hoyu havasga qarshi mustahkam turiladi, shu yo‘l bilan dushmanlar o'ldirildi...

•Lupaorqali🍂

15 Dec, 05:50


Har bir ayol shunday bo‘lishi kerak!)

Shayx ayoli bilan ajrashmoqchi boʻlganida, birinchi marta unga
—"ota-onangni uyiga ket!" dedi.
Ayol esa;
—"Men hech qachon ota onamning uyiga qaytmayman, va bu uydan tirik chiqmayman!" deb javob berdi.
Shayx:
—"Men seni javobingni berdim, menga kerak emassan, ket uyimdan!" dedi.
Ayoli:
—"Ketmayman! Idda vaqtim tugamaguncha, meni haydashga haqqingiz yoʻq va siz meni taʼminlashingiz kerak!" dedi.
Shayx:
—"Bu hudbinlik, behayolik va qoʻpollik!" dedi.
Ayol:
—"Men sizni Allohning soʻzlaridan kam darajada jazolamayman" dedi va
Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan boʻlsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va oʻzlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan boʻlsalar (chiqarilurlar). Va ana shu narsalar Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatda oʻzi oʻziga zulm qilibdi. Sen bilmayssan, shoyadki Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.
oyatlarini oʻqidi.
[Taloq surasi, 1-oyat]

Shunda shayx, chakmonini jaxl bilan qoqib, teskari qarab oldi.
Ayoli esa, tabassum qildi va hech narsa boʻlmagandek oʻzini qoʻlga olib, har kuni atayin, uyni yoqimli iforga toʻldirar, eng goʻzal liboslarini kiyar, mushki anbarlarga burkanar edi.
Eri uyga kirib chiqsa, uning qarshisiga oʻtirib olardi.

🥰Hikoya davomini o'qishni istasangiz reaksiya bildiring!

•Lupaorqali🍂

13 Dec, 05:50


Qalbim, ey mahzun va begʻaraz qalbim..imkoni boʻlganida sen ogʻrib azob chekmasliging uchun kalendarning butun sanalarini oʻzgartirib yuborardim, eng ahmoqona va oʻylamay qilgan ishlarimni yoʻqqa chiqarardim..
Ammo imkonim yoʻq..
Kechir..

•Lupaorqali🍂

11 Dec, 05:50


Farzandingiz erkin fikrlashini istasangiz… Gapirishiga qo’yib bering!

•Lupaorqali🍂

09 Dec, 05:50


Kitob ushlagan inson
Uni o‘qigan degani emas

•Lupaorqali🍂

07 Dec, 05:50


Nuh a.s qamishdan tiklangan bir kulbada yashardi.

Unga: "Mustahkamroq uy qursang bo‘lmaydimi ?" deyishganda.
"O‘ladigan odam uchun bu ham ko‘p !" deb javob qilgan edi.

•Lupaorqali🍂

05 Dec, 05:50


Insonlarni birday ko‘ring,
Chunki ularda ham Farishta ham Shayton bor🥲

•Lupaorqali🍂

03 Dec, 05:50


Iy Abul bashar !
Dunyo qanday ekan? deb so‘rashdi
Nux a.s javob qiladi:
"U ikki eshikdir bir uyga o‘xshaydi. Bir eshigidan kirib, boshqa eshigdan chiqdim"

•Lupaorqali🍂

01 Dec, 05:50


Har bir qalbning lug'atini har xil, yozganlaringizni tarjima qilolmaganlarga kuyinmang...

•Lupaorqali🍂

29 Nov, 05:50


Singan qalbdan so'ralgan uzr, uzilgan gulni suvga solishdek keraksizdir

•Lupaorqali🍂

27 Nov, 05:50


O‘zi yuvdi, o‘zi kafanladi va qulog'iga asta pichirlab dedi:
"Ey Fotima men Aliman"...

•Lupaorqali🍂

25 Nov, 05:50


Mening jarohatlarimni gullar berkitib turibdi.
Siz mening baxtli ekanligim haqida o‘ylayvering, men qalbimdagi gullarni o'stirish bilan bandman.
Ularning chamanzorga aylanishining istayman.

•Lupaorqali🍂

23 Nov, 05:50


Yomg'ir - ruhning ozig‘i.

Sokinligi o'zgacha...

•Lupaorqali🍂

21 Nov, 05:50


Alloh meni sendan asrabdi
Men ahmoq esa isyon qilib man.🙂‍↕️

•Lupaorqali🍂

19 Nov, 11:50


Ushladingmi?

Aslo qo'yib yuborma!

•Lupaorqali🍂

17 Nov, 11:50


Dunyo hayoti vaqtinchalik sayohat, har bir tirik jon qarshisida kutib turgan safari bor.


@lupaorqali

•Lupaorqali🍂

17 Nov, 05:50


#ibratli_hikoya


Rivoyat qilinishicha mashoyihlardan birining yosh shogirdi bor edi. Shayh uni ehtirom qilar va boshqalardan ustun qo'yar edi. Shogirdlaridir biri: "Bu yosh bolani shunchalik ham hurmat qilasizmi, axir biz mashoyihlarmiz-ku?!" debdi. Shayh ularni to‘plab, qo'llariga bittadan qush va pichoq berib, har kim uni hech kim ko'rmaydigan joyda so'yib kelishini buyurdi.

Bir ozdan keyin hamma o'ziga berilgan qushni so'yib keldi. Faqat yosh shogirdgina qo'lida tirik qush bilan turardi. Shayh undan "Sen qushni nimaga so‘ymading?" deb so'radi.

"Men hech kim ko'rmaydigan joyni topa olmadim. Qayerga borsam, Allohning nazar solib turganini bildim", dedi.

Shunda katta yoshli shogirdlar, bu bolaning haqiqatan ham hurmatga sazovor ekanini tan olishdi.

•Lupaorqali🍂

16 Nov, 09:19


Bayram bayramdek bo‘lsin! Talabalar kuni munosabati bilan barcha mahsulotlarimizga 10% lik chegirma e'lon qilamiz! 🥳
berish xizmati mavjud.


Shaxsiy: @zumar_delivery
Tel: +998951650880

Zumarbooks

•Lupaorqali🍂

15 Nov, 05:50


😅Hamma ayollar aslida farishtalardir. Faqat qanotlarini sindirib qo'ysangiz supurgiga minib oladilar, xolos.

Paulo Koelo

•Lupaorqali🍂

13 Nov, 05:49


- Men kuchliman
- Oʻzim uddalayman
- Men eplayman
- Men yegʻlamayman
- Men charchamayman
- Men oʻzimni xafa qildirib qoʻymayman
- Men xato qilaman, ammo tuzataman
- Men birovlarning gapiga qarab yashamayman
- Men oʻz fikrimga egaman
- Men qanchalik qiyin boʻlmasin koʻnglim boʻlmagan narsadan oson voz kecha olaman
- Men chidamliman
- Men sabrliman
- Men...

Bu men, menlar tugamaydi.

Bunday ayolni hayot shakllantiradi, u shunday yashasa-da, ojiza, zaif ekanligini his qiladi, kuchli boʻlishdan baʼzan shu qadar charchaydiki, barini, barchani tashlab uzoqlarga ketishni, yolgʻiz qolishni istaydi. Lekin ayol kishi umri davomida doim qo’rqmay suyana oladigan bir yeklaga muhtoj.

•Lupaorqali🍂

11 Nov, 05:50


Shubhasiz!
Kim dunyoga ishonsa, dunyo unga xiyonat qiladi.

•Lupaorqali🍂

09 Nov, 05:50


Butun dunyoni yengishni xohlasang avval o‘zingni yeng!

•Lupaorqali🍂

07 Nov, 05:50


Inson yiqilishining yagona sababi - maqsadini yo‘qotishidir!

•Lupaorqali🍂

05 Nov, 05:50


Dunyoga qarshi kurashish o'rniga o‘z nafsingni o‘ldir!


RUMI

•Lupaorqali🍂

03 Nov, 05:50


Hayotingiz doim eng kuchli fikringiz tomon harakat qiladi.

Umar Hayyom

•Lupaorqali🍂

01 Nov, 05:50


Haqiqiy isyon - bu ma‘nosizlikka qaramay yashashdir.

Albert Camus

•Lupaorqali🍂

30 Oct, 05:49


Senga so’nggi so’zim : boshimga
Solganlaring boshingga tushmaguncha
O’lma…….🫀

📚Kitob nomi : To’siqlarga qaramay sevdik

•Lupaorqali🍂

28 Oct, 05:29


Ayollar hech qachon aybini tan olishmaydi.
Agarda tan olayotgan boʻlsa, demak undan kattaroq ish qilgan.
Shunchaki sizni chalgʻitish uchun kichigini aytib aldab qoʻyayotgan boʻladi.

Toʻgʻrimi?

•Lupaorqali🍂

26 Oct, 05:49


“Qabr seni bir “quchoqlashi” nikoh kechasidagi “quchoqlashish”ni ham senga unuttirib yuboradi”.

Imom Shofeiy rahimahulloh

•Lupaorqali🍂

24 Oct, 05:50


Balki , menga nisbatan qilingan adolatsizliklarni
Kechirarman , lekin unutmayman
Hazrat Mavlono Rumiy aytganidek :
“ Bir kuni sen ochgan yaraning hisobini so’raydi
Yaratgan….” Bunga ishonaman !

•Lupaorqali🍂

22 Oct, 05:49


Hayot qisqa ,
Siz esa qalblarni
Chil - chil sindirmoqdasiz …..

📚Kitob nomi : To’siqlarga qaramay sevdik

•Lupaorqali🍂

20 Oct, 05:49


Bir kun kelib hayotingga shunday inson
Kirib keladiki , sevilish nimaligini shunda ko’rasan.
U seni shu qadar chiroyli sevadiki,
“ Boshdan kechirgan barcha azoblarimga arziydi “
Deysan .

💬Commentariyada o’z fikringizni qoldiring ✍️

🫵Sahifamizga obuna boling🫵

•Lupaorqali🍂

18 Oct, 05:49


Meni yo’qotishdan qo’rqmaydiganlardan

Shunchaki voz kechaman…..

💬O’z fikringizni qoldiring✍️

•Lupaorqali🍂

16 Oct, 05:49


Ketmayman, deganlarga ishonma.
Ayniqsa, seni tark etmoqchi bo’lgan odamlarni qolishga majburlama.
O’zingni behuda koyitma.
Ketmoqchi bo’Iganlarga aytilishi kerak bo’lgan
yagona so’z: «Eshik ana u yerda».

📚Kitob nomi : O’zingga Xush Kelding
✍️Mirach Chag’ri Oqtosh

•Lupaorqali🍂

14 Oct, 05:49


✍️Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelibmanki , o’zimniki deb o’ylaganim o’sha ovoz bor…
Xech to’xtamagan , xar doim shivirlab turgan ovoz …
Kimdur uni ichki ovoz desa , yana kimdur uni Menlik deb ataydi , ammo eskilar buni nafsning ovozi , nafs deb atashadi…..

Ushbu parcha qaysi kitobdan?

•Lupaorqali🍂

13 Oct, 05:49


Shuni bilishingizni istardimki , endi sizni hech kim na
Sog’inadi , na yodga oladi va na orziqib kutadi .

📚kitob nomi : Yaxshiyamki, hayotimda yoqsan

Shunaqa insonlarga yuborib qoʻyamiz 😉

•Lupaorqali🍂

12 Oct, 05:49


Oxirgi marta qachon kitob o’qidingiz? Qaysi kitobni?

•Lupaorqali🍂

10 Oct, 05:49


Агар сен фақат чиройли
нарсаларни кўришга
қодир бўлсанг, бу сенинг қалбинг гўзаллигидан далолатдир.

Чунки дунё ҳар кимса
ўзининг аксини кўрадиган
ойнага қиёсдир 🪞

•Lupaorqali🍂

08 Oct, 05:49


Haqiqat: hech qachon avvalgidek bo'lmaydi, lekin bundan ham yaxshiroq bo'ladi.

•Lupaorqali🍂

01 Oct, 05:49


Urva ibn Zubayr roziyallohu anhuning oyog'iga qorason kasali tushdi. Tabiblar oyoqni sonidan kesib tashlanmasa, dard butun tanaga tarqab, halokatga olib keladi degan qarorga kelishdi. Urva ibn Zubayr roziyallohu anhu: "Unday bo'lsa, kesib tashlanglar:, dedi.
Tabiblar: "Buning uchun sizga banj berishimiz kerak", deyishdi.
U kishi: "Banj xarom, uni iste'mol qilmayman", dedi.
Tabiblar: "Unday bo'lsa, oyoqni kesib tashlashning iloji yo'q ", deyishdi.
Urva ibn Zubayr roziyallohu anhu: "Iloji bor. Siz asboblaringizni tayyorlang. Men namoz o'qiyman. Bir maromga yetib, badanim titray boshlaganida bilganingizni qilavering, hech narsa bo'lmaydi", dedi. Keyin u kishi namozga turdi. Badani titray boshladi. Tabiblar o'sha davrning uslubi ila qorason tushgan oyoqni sonidan kesishdi. So'ngra kesilgan sonni qaynab turgan yoqqa solib, oqayotgan qonni to'xtatganlarida Urva roziyallohu anhu namozni tugatib, hushidan ketdi.

•Lupaorqali🍂

30 Sep, 05:49


Odamlar farishtalikni talab qilmang. Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi, farishtalar emas!

•Lupaorqali🍂

28 Sep, 05:49


Ba'zi insonlar tark etadi, ba'zilari esa qalbingga o'rnashib qoladi. Hayotingdan chiqib ketganlarga boqma va qolganlarga hech qachon tark etmaydigandek bog'lanma. U yoki bu sabablarga ko'ra ketishi kerak bo'lgan insonlar, novdadan tushgan barglar kabi hayotingdan chiqib ketadi. Unut! Hayoting novdasida yangi barglar nish urayotganiga boq!

•Lupaorqali🍂

26 Sep, 05:49


Ba’zan hayotingizga bir qo’l uzatiladi va hammasi o’zgaradi….

•Lupaorqali🍂

24 Sep, 05:49


Hayot qarshingizga har on yangi ishoratlarni chiqaradi.
Ko’rganlaringiz sizni ulg’aytirar ekan , ko’rmaslikka olganlaringiz intihoga yetaklaydi .

•Lupaorqali🍂

22 Sep, 05:49


Biror narsa go’zal bo’lishi uchun to'g’ri bo’lishi shart emas
Ba’zan yanglishishlar ham go’zaldir …

•Lupaorqali🍂

21 Sep, 05:49


Har yomg'irga ham soyabon ochilavermaydi.
Ba'zan shalobbo bo'lishing kerak.

•Lupaorqali🍂

20 Sep, 05:49


Komil inson - hayotning barcha g'am-tashvishlari-yu xursandchiliklarini barobar qabul qilgan insondir.

•Lupaorqali🍂

18 Sep, 05:49


O'tmishni tuproqqa ko'msangiz, kelajakda sizga gullar ifori taralgan chamanlarni in'om etishi mumkin.