Azon Global | Tezkor @azon_tezkor Channel on Telegram

Azon Global | Tezkor

@azon_tezkor


Muhim • Qisqa • Tezkor • Foydali xabarlar

Azon Global | Tezkor (Uzbek)

Assalomu alaykum, Azon Global | Tezkor kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda sizni eng muhim, qisqa va tezkor foydali xabarlar kutmoqda. Kanalimizda dunyo bo'ylab eng so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Azon Global | Tezkor sizga dunyoning har qanday joyida sodir bo'layotgan muhim hodisalardan tezkor xabar yetkazadi. Siz uchun faqat qisqa va muhim xabarlar!
Azon Global | Tezkor kanalida qaysi sohalardan xabarlarni olishingiz mumkin? Siz dunyo va mamlakatlar, siyosat, sport, iqtisodiyot, tabiiy xavfsizlik, va boshqa turli sohalardagi yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Bizning kanalimiz siz uchun eng muhim yangiliklarni tezkor bir tarzda taqdim etadi

Agar siz ham tezkor va foydali xabarlar izlamoqchi bo'lsangiz, Azon Global | Tezkor kanaliga obuna bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! O'zingiz biladigan vaqt qaytmayotgan yangiliklardan tezkor habardor bo'lish uchun, azon_tezkor kanaliga aziz do'stlaringizni taklif qiling! Ro'yxatdan o'ting va dunyo bo'ylab muhim va foydali xabarlar bilan tanishing!

Azon Global | Tezkor

09 Jan, 07:45


❗️🇺🇸Ğazodagi genosidni qõllab-quvvatlaşi bilan tanilgan amerikalik aktyor Jeyms Vuds'ning Los-Anjeles'dagi haşamatli uyi yonib ketdi

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Jan, 07:15


❗️🇺🇸Dunyodagi eng boy hududlardan biri bõlgan Los-Anjelesdagi Malibu hozirda kulga aylangan.

PS. AQŞ'ning bir qança ştatlarida kuçli yonğinlar kuzatilmoqda


@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Jan, 06:55


❗️❗️Tarix: Netanyaxu Iroqda uruş boşlanişiga qanday yordam berdi?

⭕️ 2002 yilda Benyamin Netanyaxu AQŞ Kongressida Qõşma Ştatlarni Iroq bilan uruşga çaqirib nutq sõzlagan.

⭕️ Netanyaxu: Saddam Husayn yadro qurolini yaratişga intilayotgani va bunga jon-jahdi bilan harakat qilayotgani şubhasiz. Bunga heç qanday şubha yõq.

⭕️ Qõşma Ştatlar bu rejimni yõq qilişi kerak, çunki Saddam yadroviy qurolga ega bõlib, butun dunyo xavfsizligiga tahdid soladi. Agar siz Saddamni ağdarib taşlasangiz, bu harakatingiz mintaqaga katta ijobiy ta'sir kõrsatadi.


⭕️ Netanyaxu bir neça yillardan buyon Qõşma Ştatlarga ta'sir õtkazib, uni çeksiz uruşlarga jalb qilmoqda va Amerika rasmiylari ham uni bajonidil qõllab-quvvatlamoqda.



@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Jan, 01:06


❗️Damaşq xalqaro aeroportining oldingi va hozirgi kõrinişi

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 19:39


❗️🇨🇦🇺🇸 Ontario boş vaziri (Kanada) Dag Ford Trampga javob berdi:

⭕️ Alyaskani sotib olsak nima bõladi?
Şundan sõng biz bir vaqtning õzida Minnesota va Minneapolisni ham qõşamiz.

⭕️ Tramp hazillaşayotgandir, lekin mening rahbarligimda bu heç qaçon sodir bõlmaydi.


PS. Tramp Kanadani AQŞʼga qõşib olish taklifini bermoqda

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 08:02


❗️Qosiyun toği: ziyoratgohdan õlim fabrikasigaça

⭕️ Damaşqda qad rostlagan Qosiyun toği tarix sahnasida alohida õrin tutadi. Rivoyatlarga kõra, Qobil aynan şu yerda Hobilni õldirib, insoniyatning birinçi qonini tõkkan. Bu manzil qadim zamonlardan buyon musulmonlar uçun muqaddas bõlib, uni yolğizlik, tafakkur va ibodat joyi deb hisoblaşgan. Payğambarlar, jumladan, Ibrohim alayhisalom ham Qosiyunda ibodat qilganlar.

⭕️ Biroq keyingi yillarda toğ õzining ma’naviy va tarixiy ahamiyatini yõqotdi. Suriya mojarosi paytida Başar al-Assad rejimi Qosyunni barrel bombalari işlab çiqariladigan õlim zavodiga aylantirdi. Bu halokatli qurollar şaharlarni va uylarni vayron qildi hamda minglab tinç aholini õlimiga sababçi bõldi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 06:55


❗️🇫🇷 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron:

⭕️ Afrika yetakçilari bizga rahmat aytişni unutişdi. Heçqisi yõq, vaqt õtişi bu ishlar sodir bõladi. Men nimani nazarda tutayotganimni yaxshi bilaman. Noşukurlik bu kasallikdir.

⭕️ P.s. Makron Afrika yetakçilari Fransiyaga nima uçun minnatdorçilik bildirişi kerakligini ochiq aytmadi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 05:33


❗️🇹🇷🇵🇸 Erdõğon: Suriya kabi Falastin ham ğalaba qozonadi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdõğon: “61 yillik Baas zulmi va 13 yillik qirg’indan so’ng Suriyada iymon va sabr gʻalaba qozonganidek, adolat quyoşi Falastinda ham zulmatni yoritadi”.


@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 04:45


❗️🇺🇸🇮🇱 Ynet:
"isroil" Trampning qaytişiga va Eronga birgalikda hujum qilişga tayyorlanmoqda: "Maqsad - yadroviy inşootlarni yõq qilish"

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 03:00


❗️🇹🇷 Rajab Toyyib Erdõğon: Har bir oilada kamida uçta farzand tuğilişi kerak

⭕️ Prezident Rajab Toyyib Erdõğon demografik muammoni bartaraf etişni 2025-yilda Turkiya uçun ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Pandemiyadan keyingi tuğiliş darajasi xavotirli pasayib borayotgan bir şaroitda, 2023-yilda bu kõrsatkiç har bir ayolga 1,51 bolaga tuşardi. Joriy yil uçun hukumat har tomonlama qõllab-quvvatlaş çoralarini tayyorlamoqda.

⭕️ Erdõğon fuqarolarni kõp farzandli bõliş uçun harakat qilişga çaqirib, agar ularning moliyaviy imkoniyatlari va soğliği bõlsa, kamida uçta farzand kõrişni tavsiya qildi. Prezident bugungi demografik vaziyat mamlakat kelajagiga tahdid solayotganini alohida ta’kidladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 02:01


❗️🇹🇷🇺🇸 Donald Tramp:

“Turklar haqiqatda Suriyani bosib oldi. Ular 2000 yildan beri şu yerlarga intilişadi”.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Jan, 01:02


🇮🇱🇹🇷 "isroil Turkiya bilan ehtimoliy uruşga tayyorlanişi kerak", The Jerusalem Post

⭕️ isroil hukumati tomonidan tuzilgan Nagel qõmitasi Turkiya bilan tõğridan-tõğri tõqnaşuv xavfi ortib borayotgani haqida ogohlantiruvçi hisobot e'lon qildi.

⭕️ Hisobotda “Turkiyaning Usmonli davlati ta’sirini qayta tiklaş istagi, bu hatto Eron muammosidan ham oşib ketişi mumkin bõlgan xavf”ga urğu berilgan.

⭕️ “Yaqin kelajakda Suriya tahdidi yanada xavfliroq narsaga aylanişi mumkin, çunki Turkiya tomonidan qõllab-quvvatlangan kuçlar mintaqani beqarorlaştiriş uçun işonçli vosita sifatida harakat qilişi mumkin”, deyiladi hisobotda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 20:56


❗️Donald Tramp takrorladi:

“Agar mahbuslar ozod etilmasa... Men lavozimga kirişgunimga qadar bu sodir bõlmasa, Yaqin Şarqda jahannam bõladi.  Bu HAMAS uçun va, oçiğini aytganda, uning yonidagi hamma uçun yomon tugaydi”.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 12:38


❗️🇵🇸🇺🇸 Mahmud Abbos rejimi Ğarbiy Sohildagi HAMAS vakillariga qarşi kuraşiş uçun AQŞdan moliyaviy yordam sõragan.

⭕️ Maxsus kuçlarni tayyorlaş, õq-dorilar va zirhli maşinalarni kuçaytiriş uçun 680 million dollarlik yordam sõralgan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 08:35


❗️🇪🇬 isroil Misrni tinçlik şartnomasini buzganlikda aybladi

Bosqinçi isroil Sinay yarim orolining markaziy qismida Misr harbiylari borligini, ular ikki davlat õrtasidagi tinçlik bitimi şartlarini buzganini aytdi.

Dastlabki maʼlumotlarga kõra, Misr logistika işlariga tayyorgarlik olib bormoqda va kelajakda yuzaga kelişi mumkin bõlgan mojaroda isroil kuçlarining harakatlarini murakkablaştirişi mumkin bõlgan zirhli tõsiqlar õrnatmoqda.

isroilparast xabarlarga kõra, tinçlik kelişuviga qaramay, Misr Sinay markazida tõsiqlar yaratib, harbiy amaliyotlar olib bormoqda.

Uşbu vaziyatni hal qiliş uçun Misr bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib õtamiz, bosqinçi isroil va Misr õrtasida 1979-yilda imzolangan tinçlik şartnomasi Sinay yarim orolidagi ayrim hududlarni demilitarizatsiya qilişni nazarda tutadi. Bu hududlarda har qanday harbiy harakatlar ikki tomon õrtasida kelişuvni talab qiladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 08:01


❗️🇹🇷 Turkiya Taşqi işlar vaziri Fidan:

"Davlat, millat va harakat sifatida biz Falastin va Quddus masalasida çetda turmaymiz.

Allohning yordami bilan bu maqsadga barça imkoniyatlarimizni safarbar qilişda davom etamiz.

Bu işni eng mohirona, eng strategik va eng yaxşi yõl bilan amalga oşiramiz."

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 07:31


🇵🇸 Ğazodagi Vaqf işlari vazirligi:

⭕️ Genotsid boşlangandan beri 926 ta masjid zarbaga uçragan, bu Ğazodagi barça masjidlarning 74 foizini taşkil qiladi.

⭕️ Undan 737 ta masjid butunlay vayron qilingan.

⭕️ 189 ta masjid qisman şikastlangan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 07:15


🇫🇷🇹🇩 Fransiya armiyasi Çad hukumati talabiga binoan õz qõşinlarini mamlakatdan olib çiqişni boşladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 07:04


❗️🇮🇷 Eron armiyasidan yangi "teatr"

Islom inqilobi qõriqçilari korpusi Tehrondagi maşqlar çoğida Al-Aqso masjidining maketini qutqarib, uning gumbaziga Eron bayroğini õrnatişdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Jan, 06:45


🇺🇸🇮🇱 Donald Tramp:

Men Isroilning eng yaxşi dõstiman.  Men elçixonani Quddusga kõçirdim.  Ibrohim kelişuvlari men tufayli sodir bõldi.  Men Isroil manfaatlariga mos keladigan barça sõnggi voqealarga imzo çekdim.

Agar men prezidentlikka kirişgunimça Hamas mahbuslarni ozod qilmasa, men dõzaxni kõrsataman.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

28 Dec, 05:00


❗️🇸🇾 Suriya taşqi işlar vaziri Asad al-Şayboniyga Afğoniston taşqi işlar vaziri qõnğiroq qilib, Suriyani Asad rejimi ustidan qozonilgan ğalaba bilan tabriklab, mamlakatga farovonlik va barqarorlik tiladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

28 Dec, 04:28


❗️🇸🇾 Xamani bombardimon qilişdan boş tortgan uçuvçi şahar aholisidan sovğa oldi

Xamadan kelgan suriyalik uçuvçi Rağid Ahmad at-Tatari õz e’tiqodiga zid bõlgan buyruqni bajarişdan boş tortib, 1980-yillarda tuğilib õsgan şahriga hujum uyuştirişdan boş tortib, jasorat kõrsatdi.

Bu qilmişi uçun u 27 yoşida hibsga olindi va 43 yilini Sednaya qamoqxonasida õtkazdi.

Ozodlikka çiqqanidan sõng Xama ahli unga qat’iyat, şa’ni va diniga çeksiz sodiqligi uçun minnatdorlik timsoli sifatida qiliç sovğa qiliş orqali çuqur hurmatini izhor qildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

27 Dec, 10:02


❗️Suriya Içki işlar vazirligi bir qator aholi punktlaridan bosqinçi isroil askarlari olib çiqib ketilganini tasdiqladi

Suriya Içki işlar vazirligi isroilning bosqinçi kuçlari Suriyaning bosib olingan aholi punktlaridan çekingani haqida xabar berdi.

Uşbu hodisa BMT patrullarining Suriya va isroil nazorati ostidagi hudud õrtasidagi bufer zonaga qaytişi bilan amalga oşdi.

Bundan taşqari, Qunaytra viloyati politsiyasi boşliği õz qõl ostidagilari bilan viloyatga yetib kelgan va õz xizmat vazifalarini bajarişga kirişgan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

27 Dec, 09:39


❗️🇺🇿🇵🇸 Falastinlik 100 nafar bolalar va ayollar Õzbekistonga evakuatsiya qilingani videosi e'lon qilindi

Õz
bekistonning Misrdagi elçisi Mansurbek Qiliçevga kõra, 26-dekabr kuni ikki davlat Soğliqni saqlaş vazirliklari bilan kelişilgan holda 100 nafar yarador falastinlik bolalar, ayollar va ularning hamrohlari Õzbekistonga evakuatsiya qilindi.

Õzbekiston hukumati falastinliklar bemor oilalarning barça ehtiyojlari, jumladan, davolaniş harajatlari, mehmonxona, maktab, oziq-ovqat va boşqalar bilan tõliq ta'minlaydi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

27 Dec, 09:30


❗️Anti-sionist ravvinlar Nyu-Yorkda bayonot berişdi

Nyu-Yorkda, Barclays Centerda sionistlarga qarşi yahudiy ravvinlarning ommaviy yiğilişi bõlib õtdi, iştirokçilar soni õn minglab bõldi.

Ravvinlar sionistik rejimni qoralab bayonot çiqarib, uni yahudiy xalqi manfaatlarini ifodalamaydigan va ularning haqiqiy qadriyatlarini aks ettirmaydigan “jinoyatçi bosqinçi tõda” deb atagan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

27 Dec, 06:00


❗️Fors kõrfazi davlatlari Suriyaga 8 milliard dollardan ortiq gumanitar yordam kõrsatdi

Bahraynda bõlib õtgan uçraşuv yakunida qabul qilingan qõşma bayonotda şunday deyilgan: “Biz keng qamrovli va inklyuziv õtiş jarayoniga erişişga qaratilgan saʼy-harakatlarni qõllab-quvvatlaşimizni bildiramiz”.

Iştirokçilar “isroilning Suriya hududiga hujumlarini davom ettiriş, jumladan, bufer zonani bosib oliş”ni qoraladilar, şuningdek, Suriyaga qarşi Asad rejimi davrida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdilar.

Bu 1981-yilda taşkil etilgan mintaqaviy taşkilot bõlib, unga Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA kiradi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

27 Dec, 05:16


🇷🇺 Rossiyada masjidga õt qõyişga harakat qilişdi

24-dekabr kuni keçqurun politsiyaga õt qõyilgani haqida xabar keldi. Serpuxovda, Puşeçnaya kõçasidagi masjid devorida kuygan qora izlar bor edi, yonida esa bir neçta singan şişalar.

Politsiya kuzatuv kameralarini tekşirib, masjid yaqinidagi panjaradan oşib, temir yõl relslari tomon yugurib ketgan 20-25 yoşlardagi ikki nafar noma’lum odamni payqagan. Jinoyat joyida tergovçilar ikkita tayyor Molotov kokteyli topdilar.

Xabarga kõra, mulkni qasddan yõq qiliş bõyiça jinoiy iş oçilgan. Gumonlanuvçilar hozirça qõlga olinmagan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Dec, 07:41


❗️Uçoq qulayotganda bortida videoga olgan va zikrlar bilan taslim bõlgan odam tirik qoldi

Bir musulmon halokatdan oldin oxirgi daqiqalarini tasvirga olib, xotirjamlik, tavoze bilan Allohdan õzga ibodatga loyiq iloh yõqligi va Muhammad sallallohu alayhi vasallam Allohning elçisi ekanligiga guvohlik sõzlarini aytdi. Allohning rahmati bilan tirik qolganlardan bõldi.

Alloh buyukdir!

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Dec, 07:00


🇹🇷 Turkiya isroilgaça bõlgan temir yõlni tiklamoqçi

Turkiya yangi Suriya hukumatiga Damaşqqa temir yõl liniyalarini tiklaşda yordam beradi.

Bu orqali ikki davlat õrtasidagi temir yõl aloqalarini va tarixiy Hijoz temir yõlining bir qismini qayta tiklaydi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Dec, 06:48


❗️🇵🇸 Mahmud Abbos rejimi Ğarbiy Sohilda Al-Jazira kanalini taqiqladi

Bu harakat Abbos rejimining Jeninga hujumi paytida Al-Jazira "nifoq uruğini sepmoqda va içki nizolarni qõzğatmoqda" degan ayblovlar fonida amalga oşirildi.

Taqiq Jenin, Tubas, Nablus, Tulkarm, Qalqilya va Salfit kabi bir qança hududlarga tegişli. Qaror Abbos rejimining isroil tarafdori bõlgan kuçlari va Falastin qarşiliklari õrtasida zõravonliklar kuçaygan hamda bir neça kişining õlimiga sabab bõlgan bir paytda qabul qilingan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 08:19


❗️Asad rejimining qulaşi Yaqin Şarqdagi kõplab diktatorlarni qõrqitdi

Harbiy tõntariş yõli bilan hokimiyatga kelgan Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi şavqatsizlik bilan kõp namoyişçilarni õldirişga buyruq bergan edi. U Suriya prezidenti Başar Asadning qulaşi Misr uçun ham potensial xavf tuğdirişi mumkinligi haqida ogohlantiruvçi videorolik çiqardi.

Misr razvedkasi bilan hamkorlikda işlaydigan telekanaldan olingan tarğibot videosida Sisining 8-dekabr kuni Suriyaning sobiq muxolifati Damaşqni ozod qilgani va Asad oilasining ellik yillik boşqaruviga yakun yasaganidan sõng suratga olingan nutqlaridan parçalar mavjud.

"Ularning Suriyadagi missiyasi yakunlandi... Ularning maqsadi Misr davlatini yõq qiliş", deb e'lon qilgan Sisi. U, şuningdek, Misrning global barqarorlikni ta'minlaşdagi roliga urğu berib: "Agar Misr qulasa, butun dunyo bõylab tartibsizlik tarqaladi" degan fiklarni aytib õtgan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 08:08


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozoğistonda Ozarbayjon Havo Yõllari samolyotining qulaşi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidan Bokuga qaytdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 08:02


❗️Halokatga uçragan Embraer-190 bortida 16 nafar rossiyalik bõlgan. Ular bilan birga: 37 nafar Ozarbayjon, 6 nafar Qozoğiston va 3 nafari Qirğiziston fuqarolari.

25 kişi kasalxonaga yotqizilgan. Ular orasida tõrt nafar yoş bola ham bor.


@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 07:58


❗️🇰🇿 Qozoğistonda yõlovçi samolyoti halokatga uçradi: nimalar ma’lum?

Qozoğistonning Oqtõba şahri yaqinida yõlovçi samolyoti halokatga uçradi, voqea joyida yonğin çiqdi.
TASS xabariga kõra, uçoq Bokudan Grozniyga ketayotgan bõlgan.

Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi rahbarining aytişiça, dastlabki ma’lumotlarga kõra, Qozoğistonda yõlovçi samolyoti qulaşi oqibatida olti kişi omon qolgan.

Çeçeniston aeroporti ma’lumotlariga kõra, tuman tufayli reys Maxaçqal’aga yõnaltirilgan. Uçoq Grozniydan Bokuga muntazam reyslarni amalga oşirgan.

Qozoğiston Transport vazirligi ma’lumotlariga kõra, uçoq "Ozarbayjon Havo Yõllari" kompaniyasiga tegişli.

Oqtõba yaqinida AZAL samolyotining qulaşiga quşlar galasi bilan tõqnaşuv sabab bõlişi mumkin edi, deb xabar qildi aviakompaniya.

Tezkor ştab tuzilgan.
Qozoğistonda halokatga uçragan yõlovçi samolyoti bortida 105 kişi va 5 ekipaj a’zosi bõlgan, deb xabar bermoqda "Kazinform" agentligi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 06:31


❗️🇨🇺 Kubada AQŞning Kuba blokadasini tõxtatişni talab qiliş uçun katta olomon yiğildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 06:02


❗️🇮🇷 Eron taşqi işlar vaziri:

Suriyadagi ğalabani e'lon qilganlar biroz kutişlari kerak, çunki ufqda kõplab õzgarişlar kutilmoqda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 05:30


❗️🇹🇷 Endi Turkiya maktablarida Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hayotlari õrgatiladi

"Payğambar oşiqlari" vaqfi va Davlat ta'lim vazirligi boşqarmasi õrtasida "ta'lim sohasida hamkorlik" bayonnomasi imzolandi.

Bayonnoma doirasida payğambarimiz va sahobalarining hayotlari õrgatilib, maktablarda musobaqalar õtkaziladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 05:00


❗️Suriyaning yangi hukumati Eronga qarşi 300 milliard dollar tovon puli talab qilib, xalqaro sudlarga da'vo kiritmoqçi. Al Modon

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Dec, 04:30


❗️Husiylar yetakçisi Muhammad Ali al-Husiy keskin bayonot bilan çiqdi:

“Agar amerikaliklar Yamanga hujum qilsalar, biz ularning Yaqin Şarqdagi manfaatlarini qaramasdan hujum qilamiz, heç qanday qizil çiziqlar bõlmaydi."

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Dec, 04:37


🇨🇦 Kanada Taşqi işlar vazirligi:

"Biz Asad rejimini Xalqaro Sud oldiga olib çiqişga qaror qildik."

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 19:00


❗️ 🇰🇬 Qirğiziston prezidenti Ğarb davlatlarini Tolibonni tan olişga va Afğonistonga 9,4 milliard dollarlik aktivlarini qaytarişga çaqirdi

“Afğonistondagi vaziyatning yanada keskinlaşişi mintaqamizga salbiy taʼsir kõrsatişi mumkin. Şuning uçun biz Afğonistonning amaldagi hukumati bilan hamkorlik qilayotganimizni yaşirmaymiz”, dedi Qirğiziston prezidenti Japarov TRT telekanaliga bergan intervyusida.

Uning sõzlariga kõra, “Agar Tolibon kuçsiz bõlganida, afğon xalqi ularni allaqaçon ağdargan bõlardi”. Şu bilan birga, Japarov 2021-yilda Ğarb Afğoniston Markaziy banki aktivlarini 9,4 milliard dollarga muzlatib qõyganini eslatib õtdi: “Ularning qariyb 7 milliard dollari AQŞda.

Aksariyat afğonlar oçlikdan õliş xavfi ostida. Men Yevropa davlatlari va AQŞ rahbarlarini Afğoniston hukumatini tan olişga va muzlatilgan mablağlarni qaytarişga çaqiraman”, dedi u.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 18:32


❗️Asad uçgan samalyot halokati haqida ma'lumot

Başar Asadning õlimi haqidagi miş-mişlarni Rossiya propagandasi niqob sifatida tarqatmoqda, deya xabar bermoqda Ukraina razvedkasi. Uning uçoği radarlardan ğoyib bõldi, çunki ekipaj ruslarning kõrsatmalariga amal qilgan.

Ukraina razvedkasi maʼlumotlariga kõra, Suriyadan nafaqat Asad rejimi rasmiylari, balki Rossiya harbiy qõmondonlari ham qoçib ketişgan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 18:04


❗️Hali tasdiqlanmagan xabarlarga kõra Asad va uning oila aʼzolari Moskvaga yetib kelişdi, Rossiya Federatsiyasi ularga boşpana berdi, dedi Kremldagi manba TASS agentligiga.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 17:55


🇹🇷 Xoqon Fidan: Suriyaliklar uylariga qaytişlari mumkin

Turkiya Suriyaning milliy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga katta ahamiyat beradi, dedi Turkiya taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan Qatar poytaxti Dohada õtkazilgan matbuot anjumanida.

Taşqi işlar vazirining aytişiça, Asad rejimining qulaşi suriyalik qoçqinlarning qaytişi uçun eşikni oçadi va vatanini tark etişga majbur bõlgan millionlab suriyaliklar endi uylariga qaytişlari mumkin.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 17:45


🇹🇷 2023-yil oktabr oyida uyidan Falastinni himoyasi uçun “Ğazoga ketyapman” deb çiqib ketgan va çegarani kesib õtib Asad rejimi tomonidan Damaşq qamoqxonasiga taşlangan Engin Arslan ismli yigit xavfsiz tarzda qutqarildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 17:40


❗️ Bosqinçi isroil Suriya Taşqi işlar va razvedka vazirligi binosiga ham havodan zarbalar berdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 17:30


❗️Suriyada erkin saylovlar õtkaziş uçun "xavfsiz, neytral va osoyişta muhit" yaratiş uçun 18 oylik õtiş davri bõlişi kerak

Bu haqda Suriyaning xorijdagi asosiy muxolifat guruhi rahbari al-Bahra Reuters agentligiga ma'lum qildi. Uning ta'kidlaşiça, Suriya referendumga topşirişdan oldin dastlabki 6 oy içida konstitutsiya işlab çiqişi kerak.

Suriya muxolifati rahbari xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar boşlanganini ma’lum qildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 17:15


❗️ Al Arabiya:

Rossiya Damaşq janubidagi Dara şahridagi ikki hududni bosqinçi isroilga topşirdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 17:04


‼️Suriya Muxolif kuçlari rahbari Javloniy:

Jõlon tepaliklari Suriyaning tarixiy yerlaridir, u yerda isroil bosqinçi hisoblanadi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 16:51


❗️Suriyaning yangi hukumati ozçiliklarga qarşi repressiya qilinmasligini e'lon qildi

Suriyaning yangi rasmiylari diniy va milliy ozçiliklarga qarşi repressiyalar ehtimolini keskin rad etdi. Bu haqda Suriya xalqiga murojaatda ma'lum qilingan.

Ertalab muxolif kuçlar Damaşq davlat televideniyasi va radiosida efirga çiqib, Prezident Başar Asad rejimini ağdarib, siyosiy mahbuslarni ozod qilganliklarini aytişgan.

Ular xalqqa murojaatida õz safdoşlarini, fuqarolarni davlat va xususiy mulk xavfsizligini ta’minlaşga çaqirişdi.

"Mazhabidan qat’iy nazar, barça suriyaliklar uçun yaşasin ozod va mağrur Suriya!”, deyişgan.

Bu bayonot birinçi navbatda yarim asrdan ortiq hokimiyat tepasida turgan, siyosiy va iqtisodiy sohalarda imtiyozlarga ega bõlgan alaviylar jamoasiga qaratilgan. Uning vakillari 1970-yildan buyon mamlakatni boşqarib kelayotgan Asad klanidir.

Suriyaliklarning katta qismi sunniy musulmonlardir. Qurolli tuzilmalar oldinga siljib borar ekan, Suriya armiyasi ularga jiddiy qarşilik kõrsatmagan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 16:32


❗️isroil Asadning kimyoviy qurol zavodiga zarba berdi

isroil mudofaa kuçlari Suriyaning sobiq prezidenti Başar Asad rejimiga qaraşli kimyoviy qurol zavodini muxolif kuçlar egallab olişiga yõl qõymaslik uçun zarbalar berdi, deb yozadi The Jerusalem Post.

isroil mintaqadagi kuçlarning heç biri isroilning xavfsizlik manfaatlariga tahdid solmasa, Suriyadagi içki voqealarga aralaşmasligini aytdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 16:00


❗️🇷🇺 Rossiya Davlat Dumasi migrantlarning maktab va boğçalar yaqinida yaşaşini taqiqlamoqçi

LDPRdan bir guruh deputatlar mehnat muhojirlarini maktablar va bolalar boğçalaridan 200 metrdan kam masofada joylaştirişni taqiqlovçi qonun loyihasini tayyorladi.

“Biz mehnat migrantlarining ta’lim taşkilotlari hududidan 200 metrdan kam masofada yaşaşini taqiqlovçi qonun loyihasini tayyorlayapmiz. Şuningdek, biz bolalar joylaşgan maktablar, bolalar boğçalari va boşqa muassasalarda migrantlarni rõyxatga olişni taqiqlaşni õta muhim deb bilamiz”, deya fraksiya rahbari Leonid Slutskiy sõzlaridan iqtibos keltirgan TASS.

Tuşuntiriş xatiga kõra, amaldagi qonunçilikda mehnat migrantlarining yaşaş joylarini joylaştiriş bõyiça çeklovlar mavjud emas. Slutskiyning sõzlariga kõra, kõp sonli çet elliklar kõpinça ta'lim muassasalari yaqinida yaşaydi va "voyaga yetmaganlar uçun ğayriijtimoiy xatti-harakatlar bilan potensial xavf tuğdiradi".

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 15:47


❗️Netanyaxu Asad rejimini isroil qulatganini da'vo qilib çiqdi

Bosqinçi isroil Boş vaziri Suriya rejimining qulaşini Yaqin Şarq uçun tarixiy lahza deb atagan.

“Eronning yovuzligining asosiy halqasi bõlgan Asad rejimi quladi. Bu Eron va Hizbullohga qarşi zarbalarimiz natijasidir. Endi biz sababli butun mintaqada zanjirli reaksiya kuzatilmoqda”, degan Benyamin Netanyaxu.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 15:33


❗️Suriya davlat televideniyasi inqilobni qõllab-quvvatlovçi kõrsatuvlar kõrsata boşladi

Televideniyaning barça xodimlari afv etildi va qayta işga taklif qilindi. Endi ular yangi hukumatni qõllab-quvvatlovçi efirlar tayyorlaşadi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 15:19


❗️🇺🇿 Şavkat Mirziyoyev Taşqi işlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan viza tartibini soddalaştiriş çoralarini kõriş bõyiça topşiriq berdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 15:05


‼️🇷🇺 Rossiya Turkiyadan rus qõşinlarining Suriyadan xavfsiz olib çiqilişini ta’minlaş uçun yordam sõradi, OAV

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Dec, 15:00


❗️Butun dunyodagi suriyaliklar Başar Asad rejimi ağdarilganini nişonlamoqda

Hursandçiliklar Berlin, Anqara, Istanbul, Madrid, Vena va boşqa şaharlarda õtkazildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Nov, 08:31


❗️isroilda õqituvçilarni harbiy xizmatga çaqiriş boşlandi

isroil jiddiy askarlar tanqisligiga duç keldi, bu esa rasmiylarni Falastin va Livandagi uruş uçun yuzlab õqituvçilarni safarbar qilişga majbur qilmoqda.

Yediot Ahronot gazetasining yozişiça, isroil armiyasi qõşimça 7 ming askarga juda muhtoj, çunki har yili çaqiriluvçi erkaklar soni 1 foizga kamayib bormoqda.

Safarbarlik natijasida õqituvçilar õz vazifalarini tark etişga majbur bõlmoqdalar. Taxminlarga kõra, bõşliqlarni tõldiriş va barqaror ta’limni ta’minlaş uçun kelgusi yillarda mamlakatga yana 24 mingga yaqin õqituvçi kerak bõladi. Maktab direktorlarining aytişiça, bu ta’lim sifatini yomonlaştirmoqda va hatto õquvçilar õrtasida tõğri ta’lim jarayoni yõqligi sababli zõravonliklar kuçayişiga olib kelmoqda.

Vaziyatdan qandaydir tarzda çiqiş uçun maktablar sobiq õqituvçilarga, ota-onalarga va hatto yaqinda universitetni bitirgan talabalarga uruşga jalb qilingan õqituvçilarni õrnini tõldiriş iltimosi bilan murojaat qilişgan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Nov, 08:01


❗️Gollandiyalik siyosatçi Geert Vilders:

“Biz Yevropaning Ğazosiga aylandik”.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Nov, 07:45


❗️🇳🇱 isroil armiyasi barça isroillik askarlarga Niderlandiyaga borişni taqiqladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

09 Nov, 07:24


❗️Coca-Cola savdosi Turkiyada 12,2 foizga, Pokistonda esa 22,9 foizga tuşib ketdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Nov, 15:30


❗️🇵🇸 Falastin bayroğini yirtgan isroillikni musulmonlar daryoga otib yuborişdi

Gollandiyada "Makkabi Tel-Aviv" muxlislari binolardan birida osilgan Falastin bayroğini olib yirtib taşladi.

Hududda yaşovçi musulmonlar avvaliga bayroqni tuşirgan isroilliklarni kaltaklaşgan, keyin esa ularni daryoga uloqtirib, “Falastinga ozodlik” deyişga majburlaşgan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

08 Nov, 15:09


❗️isroil Knesseti a'zosi Amit Halevi:

“Trampning saylovdagi ğalabasi tarixiy imkoniyat... Ğazo va Tehronda ğalaba qozonamiz, Tavrot taʼlimotiga muvofiq Makkaga yetib boramiz”.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Nov, 17:27


🇹🇷 Turkiya, Trampning qayta saylanganidan sõng õz iqtisodiga nisbatan bosim yumşatilişini kutmoqda

“Kompaniyalarimiz Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalar fonida moliyaviy sektorda kuçli bosim ostida. Banklarimiz ham bu borada juda kuçli bosim ostida.

Kelajakda bu bosimning zaiflaşişini yoki umuman tõxtaşini kutamiz”, dedi Turkiya savdo vaziri Bolat AHaber telekanalida.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Nov, 17:14


❗️🇮🇳 Hindiston Oliy sudi madrasalarga qõyilgan taqiqni bekor qildi

Hindiston Oliy sudi bugungi kunda mamlakatda musulmonlarga bõlayotgan tazyiqlarga qaramay, aholi soni bõyiça mamlakatning eng yirik mintaqasi bõlgan Uttar-Pradeş ştatida islomiy maktablar (madrasalar) faoliyatiga qõyilgan taqiqni bekor qildi.

Bu qaror 2,7 million talaba va 10.000 õqituvçiga ega bõlgan 25 ming musulmonlar ta’lim oladigan muassasalar uçun hayot yõli bõldi.

Boş sudya D.Y. Çandraçud uşbu qarorning muhimligini ta'kidlab: "Qonun davlatning bolalarga yetarli ta'lim beriş bõyiça ijobiy majburiyatlariga mos keladi".

Oliy sud uşbu qarori bilan 2004-yildagi madrasa qonunini konstitutsiyaga zid deb topib, barça talabalarni oddiy maktablarga õtkazişni buyurgan Ollohobod Oliy sudining mart oyidagi qarorini bekor qildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Nov, 17:04


🇺🇸 AQŞ isroilning Boeing bilan qilgan 5,2 milliard dollarlik şartnomasini tõlab beradi

isroil Mudofaa vazirligi ilğor F-15EX ning isroil versiyasi bõlgan F-15IA qiruvçi samolyotlarini yetkazib beriş bõyiça Boeing kompaniyasi bilan şartnoma imzoladi.

5,2 milliard dollarlik şartnoma 25 ta F-15IA qiruvçi samolyotlarini õz içiga oladi va yana 25 ta samolyot sotib oliş imkoniyati mavjud. Şartnoma AQŞning isroilga harbiy yordami hisobidan moliyalaştiriladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Nov, 16:31


🇺🇦 Bayden Ukrainaga yordam berişga ulguradimi?

Bayden ma'muriyati Ukrainaga qolgan 6 milliard dollarlik yordamni Tramp inauguratsiyasidan oldin berişga şoşilmoqda, çunki Tramp lavozimiga kirişişi bilanoq qurol yetkazib berişni tõxtatişga tayyorlanmoqda.

Qõşma Ştatlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga berişga va'da qilingan 20 milliard dollar ham havoda qolişi mumkin. (Politico).

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Nov, 16:15


🇺🇸 Trampning prezidentlik kampaniyasini qimorxona egasi va milliarder Şeldon Adelsonning bevasi isroillik lobbist Miriam Adelson moliyalaştirgan.

Uning Trampga qõygan talablaridan biri isroilning Ğarbiy Sohildagi suverenitetini tan oliş edi.

Keça isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Trampning ğalabasini “suverenitet va tõliq ğalaba davri” deb e’lon qildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

07 Nov, 15:37


#Челленж
Ўзбекистонда жамоат транспортида аёллар ва эркаклар учун алоҳида жойларни ташкиллаштириш масаласига айримлар ўз эътирозини билдиряпти. Улар бу эътирозларини аёллар ҳуқуқи билан боғляпти. Аслида бундай эътирозлар стееотипга айланган асоссиз исломофобик қарашлар ҳисобланади.
Чунки, аёллар ва эркаклар учун алоҳида жойларни ташкил этиш аёлларни ҳам, шу билан бир вақтда, эркакларни ҳам қамраб олади.

Аммо "эркаклар ҳуқуқи" деган тушунча бўлмагани учун, жамоат жойларини жинсга қараб ажратиш имтиёз эмас, балки ҳуқуқни камситилиши деб ҳисобланса, бу эркаклар ҳуқуқининг ҳам камситилиши бўлар эди.

Бирор либералистик қарашларда "эркаклар ҳуқуқи" деган ҳаракат бўлмагани учун, либерализмга кўр-кўрона эргашадиганлар бундай ҳолатда "аёлларни эркаклардан ажратиб қўйиш" ҳақида гапирадилар холос. Бирор бирорта либералнинг бу каби ҳолатда "эркакларни аёллардан ажратиб қўяпсиз" деб айтмайди. Айтолмайдиямда. Айтса шарманда бўлади.

Аслида, либерализм ҳақиқий шаҳвониятга асосланиб қолган дунёқарашга айланиб қолган. Бирор либерал ўзини аристократлардек, жентелмендек кўрсатгиси келса ўз аёлига, ўйнашига, жазманига эшикни очиб беради. Ишда-кўчада аёллар билан тўқнаш келиб қолса "Ladies first" — "аёллар биринчи" деб шилқимлик қилади. Бироқ, айнан ўша аёлларга ор, номус, ҳамият, шилқимликдан ҳимояланиш мақсадида "Please, madam, ladies first" — "Қани ҳурматли аёллар, автобуснинг олди қисмига марҳамат" деб илтифот кўрсатилса, бу либералларнинг исломофоб мияси тутоқиб кетади.

Жамоат транспортида эркаклар ва аёллар учун алоҳида жойларнинг бўлиши ахлоққа ҳам, одамгарчиликка ҳам, ақлга ҳам тўғри келадиган ишдир. Буни исташ, уни тарғиб қилиш, ахлоқий ва рационал амалдир. Бундан уялиш, тортиниш керак эмас.

Бу азиз опа-сингилларимизга кўрсатилган илтифот, имтиёздир. Дунёвий давлат тамойилларига ҳам мосдир. Биз ижтимоий давлатмиз. Ижтимоий давлат жамиятнинг турли қатламларига ўзига хос бўлган имтиёзларни беради, илтифотларни кўрсатади.

Бирорта либерал қарашда қолиб кетган одам давлат томонидан фақат аёл-қизлар учун грант ажратганида, фақат улар учун имтиёзли кредит ажратганида, фақат улар учун шароит яратганида "дунёвийлик тамойили", "аёллар ҳуқуқи" деб жар солмайди.

Қачонки ахлоқий нуқтаи назардан бирор бир илтифот кўрсатилса, бу либераллар ҳар доим ахлоқсизлик тарафдори бўлади. Либерализм етиб келган нуқта шу — ахлоқсизлик.

Биз аёлларимизни молсифат эркакларнинг ихтиёрий шилқимлигидан, ёки тиқилинч шароитдаги нохуш вазиятлардан асрайлик десак, бу либераллар қайси ақл билан бунга қаршилик қилади?!

Жаноблар, аёлларга жамоат транспортида олдиндан жой беринг. Бу жентелменлик ахлоқи, илтифотидир.

Буни бирор қонун қоида билан эмас, гўзал ахлоқ, фаросат ва эркаклик ғурури билан йўлга қўйиш керак.

Бу бир ижтимоий челленжга айланиши, ҳар бир эркак жамоат транспортида аёлларни эъзозлаган ҳолда уларга олдидан жой бериши керак.

Бундай гўзал жентелменлик ахлоқини кўз-кўз қилиб оммалаштириш, фарзандларимизни ана шундай гўзал ахлоқда тарбиялашимиз керак. Япония қилган ишни нега биз қилолмаймиз?!

Жамоат жойларида бизнинг опа-сингилларимизга суйкалишни яхши кўрадиган либералваччаларнинг эса бундай дунёқараши учун изза қилиш керак. Суйкалма!

Буни челленж қилишга нима дейсиз? Қўшиладиган борми? Бугундан бошлаб жамоат транспортида эркаклар орқага ўтиб, аёлларга "Ladies in front" — "Аёллар, марҳамат олдинга", деб илтифот кўрсатади.

Буни гўзал ахлоқ ва мулойимлик билан одат ҳолига айлантирамиз.

Қўшилсангиз, улашинг.

© Тарих ва сиёсат

@MubashshirAhmad

Azon Global | Tezkor

07 Nov, 10:44


‼️🇺🇿 isroilning Toşkentdagi elçisi: isroil biznesmenlari Õzbekistonga qiziqiş bildirmoqda

“Zamonaviy Õzbekiston allaqaçon boşqa davlat (!). Biz Õzbekiston bilan hamkorlikka juda ijobiy qaraymiz”, dedi isroilning Toşkentdagi elçisi Lustig.

Uning aytişiça, isroil biznesmenlari har kuni elçixonaga qõnğiroq qilib, Õzbekistonda turli sohalarda yangi korxonalar taşkil etişni taklif qilişmoqda. Qayd etilişiça, Õzbekistonda qonunlar va yaxşi işbilarmonlik muhiti isroilga katta yordam beradi.

Oxirgi yillarda õzining insoniyatga qarşi jinoyatlarida tobora yakkalanib qolayotgan isroilning Õzbekistonga qaratilgan bunday taşabbuslari eng kamida xavotirga solişi kerak.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

06 Nov, 14:55


‼️🇯🇴 Iordaniyadagi musulmonlarning boykoti Carrefourni mamlakatni tark etişiga majbur qila oldi

Fransiyaning Carrefour gipermarket tarmoği mamlakatni tark etişga qaror qilganidan sõng, Iordaniyadagi boykot taşabbuskorlari ğalabani e’lon qilişdi.

Carrefour õzining Facebook sahifasida 2024-yil 4-noyabr, duşanba kunidan boşlab Iordaniyadagi barça filiallarini yopişini e'lon qildi. Bu qaror bosqinçi isroilning Ğazodagi hujumlariga norozilik bildiriş uçun Carrefour’dan xarid qilişni tõxtatgan iordaniyaliklarning ommaviy boykoti tufayli qabul qilindi.

Iordaniyadagi boykot taşabbuskorlari bu qarorni “Iordaniya xalqining ğalabasi” deb atadi va Falastin xalqi bilan birdamlik muhimligini ta’kidladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

06 Nov, 08:46


🇺🇸 Netanyaxu Trampni AQŞdagi saylovlardagi ğalabasi bilan tabrikladi va uning ğalabasini Oq uyga "tarixiy qaytiş" deb atadi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

06 Nov, 07:47


❗️Fox news: Donald Tramp AQŞning 47-prezidenti bõldi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

06 Nov, 07:44


🇲🇾 Malayziya isroilning BMTdan çiqarib yuborilişini qõllab-quvvatlamoqda

Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohimning aytişiça, uning mamlakati BMT Boş Assambleyasi uçun rezolyutsiya loyihasini tayyorlagan, unda boşqa narsalar qatori isroilni jahon hamjamiyatidan çiqarib taşlaş taklif etiladi.

Anvarning ta'kidlaşiça, "kuçli çora-tadbirlar, jumladan isroilning inson huquqlarini buzgani va genotsid jinoyatlarini sodir etgani uçun BMTdan çiqarib yuborilişi imkon qadar tezroq qilinişi kerak".

Şuningdek, Malayziya isroil rejimining vahşiyliklarini tõxtatiş va vaziyat yomonlaşda davom etar ekan, Falastin xalqiga muhim yordam yetkazilişini taʼminlaş uçun katta eʼtibor qaratişini taʼkidladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

04 Nov, 07:02


‼️🇸🇦 Saudiya Arabistoni poytaxtida bu yil ham "Halloween" bayram sifatida nişonlandi

*Halloween – Ğarbda har yili 31-oktabrda 3 kun davomida nişonlanadi. Uşbu "bayram" qadimgi Kelt budparastlik festivali Samhainning zamonaviy şakli hisoblanadi. Keltlar bu kuni marhumlarning ruhlari dunyoga qaytib keladi, deb işonganlar. Qõrqinçli kiyimlar kiyib, õşa ruhlarni çalğitib yoki qõrqitib yuborişni maqsad qilişadi.

Samhain kuni fol oçiş uçun qulay vaqt hisoblangan, çunki ruhiy dunyo bilan aloqa odatdagidan kuçliroq deb bilişgan, bundan taşqari, yangi qirollarning inauguratsiyasi va muhim biznes masalalarini hal qiliş uçun muqaddas vaqt deb işonişadi. (Internet manbalari asosida)

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

04 Nov, 06:01


❗️McDonald's katta yõqotişlarga qaramay bosqinçi isroilga kiritayotgan sarmoyasini oşirmoqda

McDonald's iste'molning sekinlaşişi tufayli sotuvlar sezilarli darajada pasayganini ma'lum qildi. Jahon savdosi 1,5 foizga kamaygan.

Kompaniya isroilni qõllab-quvvatlagani uçun boykotga uçramoqda. Şunga qaramay, McDonald's isroilga sarmoyasini kõpaytirdi. isroilda françayzing sotib olib, 5.000 işçisi bõlgan 225ta restoranni sotib oldi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

04 Nov, 05:00


‼️ Musulmonlarning boykoti tufayli KFC va Pizza Hutning foydasi deyarli 50% tuşib ketdi

Yaqin Şarqdagi maşhur Amerikaning KFC, Krispy Kreme va Pizza Hut tarmoqlarini boşqarayotgan Americana Restaurants Internationalning sof foydasi keskin pasaydi – 2024-yilning uçinçi çoragida 54,3%.

AQŞning bosqinçi isroil qirğinini qõllab-quvvatlaşiga norozilik sifatida mintaqadagi iste'molçilar tomonidan boşlangan keng kõlamli boykotlar sababli daromadlar keskin kamaydi.

Kompaniya hisobotida aytilişiça, sof foyda 37,4 million dollarni taşkil etgan, bu õtgan yilning şu davriga nisbatan ança past. 2024-yilgaça daromad ham 15,2 foizga kamayib, 1,61 milliard dollarni taşkil qildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

04 Nov, 04:00


❗️ Medvedev: Tramp Ukrainadagi uruşni tõxtata olmaydi

"Tramp ğalaba qozonsa ham Ukrainadagi uruşni tõxtata olmaydi, agar bunga harakat qilsa, õldirilişi ham mumkin.

AQŞ prezidentlik saylovlari Rossiya uçun heç narsani õzgartirmaydi", dedi Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

04 Nov, 03:01


🇸🇦 Saudiya Arabistonining şimoliy qismidagi çõlga kutilmaganda qiş keldi

Qor va dõl qumtepalarni qoplagan. Odatda yilning bu davrida õrtaça harorat taxminan +30°C va yoğingarçilik, ayniqsa qor juda kam uçrardi.

Mahalliy aholi noodatiy hodisaga faol munosabat bildirişmoqda, fotosuratlar va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda ulaşmoqda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

03 Nov, 17:00


❗️🇪🇸 Ğazablangan vatandoşlar Ispaniya qiroli va vazirini "loybõron" qildi

Toşqindan jabr kõrgan Valensiya provinsiyasining yuzlab aholisi Ispaniya qiroli Filipp VI va boş vazir Sançesning taşrifi çoğida norozilik namoyişi õtkazdi. 

Iştirokçilar ularga loy otdilar va “Qotillar, qotillar!” deb hayqirib, yaqinlaşib kelayotgan bõron haqida keç ogohlantirilgani va favqulodda vaziyatlar xizmatlarining sekin javob berayotganidan noroziligini bildirişdi (Reuters).

30-oktabr kuni kuçli yomğir Ispaniyaning janubi-şarqidagi bir qança hududlarda, jumladan, Valensiya, Kastiliya-La-Mança va şarqiy Andalusiyada keng kõlamli suv toşqinlariga sabab bõldi. Natijada 200 dan ortiq odam halok bõldi. Taxminan 1.900 kişi bedarak yõqolgan. Qirollikda 3 kunlik motam e’lon qilindi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

03 Nov, 15:31


❗️Pravoslav çerkovi Çeçenistonning poytaxti Grozniy markazida yangi çerkov quradi

Bunday qaror Grozniy meri Has-Magomed Qodirov va Rus pravoslav çerkovi moliyaviy-iqtisodiy boşqarmasi boşliği, Naro-Fominsk mitropoliti Nikandrning uçraşuvida qabul qilingan.

Çerkov Rossiya Prezidenti – Vladimir Putinga bağişlanadi.

Mitropolit Nikandr Patriarx Kirillning kõrsatmasi bilan Grozniyga taşrif buyurdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

03 Nov, 15:10


❗️🇮🇳 Hind aktyori musulmonlarga tahdid qildi

“Sizlarni (musulmonlarni) bõlak-bõlak qilib, murdalaringizni daryoga emas, yerlaringizga taşlaymiz”.

Hindistonda Bollivudning sobiq yulduzi Mitxun Çakraborti mamlakat içki işlar vaziri Amit Şoh huzurida musulmonlarni õldiriş bilan tahdid qilmoqda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

02 Nov, 17:23


🇺🇸 AQŞ bosqinçi isroilni qõllab-quvvatlaş uçun 23 milliard dollar sarfladi

Braun universitetining uruş xarajatlari haqida tayyorlagan yangi hisobotiga kõra, Qõşma Ştatlar 2023-yil 7-oktabrdan beri isroilni qõllab-quvvatlaş uçun taxminan 23 milliard dollar sarfladi.

Bu summaga qurol-yaroğ yetkazib beriş va mintaqadagi uruş xarajatlari kiradi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

02 Nov, 15:38


🇮🇷 Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy:

⭕️ Biz Eron xalqini harbiy va siyosiy miqyosdagi global takabburlarga qarşi turişga tayyorlaş uçun hamma narsani qilamiz.

⭕️ Bu şunçaki qasos oliş emas, balki din, axloq, şariat va xalqaro qonunlarga muvofiq mantiq va qarama-qarşilik bilan harakat qilişdir.

⭕️ Duşmanlar, xususan, AQŞ va sionist tuzum Eronga va HAMASga qarşi qilayotgan işlariga qattiq javob berişlarini bilişlari kerak.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

02 Nov, 15:14


❗️🇹🇯 Tojikistonda jodugarlarga qarşi keng kõlamli reyd bõlib õtdi

Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga kõra, Içki işlar vazirligi xodimlari jodugarlik, fol oçiş va boşqa sehrgarlik xizmatlarini kõrsatişda gumon qilingan 1.500 ga yaqin kişini qõlga oldi.

Bunday faoliyat bilan şuğullangani uçun qoidabuzarlar 270 dollardan 340 dollargaça jarimaga tortiladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

02 Nov, 15:10


❗️Misr harbiy-dengiz kuçlari himoyasi ostida Suvayş kanalida isroil harbiy kemasi paydo bõldi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

02 Nov, 07:02


❗️🇪🇬 Misr armiyasi genotsidga aloqadorligini rad etadi

Misr qurolli kuçlari bosqinçi isroilga Ğazo qirğinida yordam bergani haqidagi iddaolarni qat’iyan rad etib, “ikki tomon õrtasida hamkorlikning heç qanday şakli yõqligini” aytdi.

Misr armiyasi voizi õz bayonotida şunday dedi: “Misr Qurolli Kuçlari ijtimoiy tarmoqlar va şubhali akkauntlarda tarqalayotgan ayblovlarni, jumladan, Misr isroilga Ğazo bosqinida yordam berayotgani haqidagi har qanday taşviqotni butunlay rad etadi”.

Vakilning qõşimça qilişiça: "Misr qurolli kuçlari isroil bilan hamkorlikning mutlaqo heç qanday şakli yõqligini ta'kidlagan".

Eslatib õtamiz, avvalroq Misr OAVlari qurol tõla kema Aleksandriya portiga (isroilga ketayotganda) kelgani haqida xabar bergan, Misr harbiylari buni rad etgan edi.

LSEG ma'lumotlari va kemalarni kuzatiş sayti Marine Traffic nemis flagmani MV Kathrin duşanba kuni Misrning Õrta yer dengizidagi yirik Iskandariya portiga qõnganini va oxirgi marta u yerda kõringanini kõrsatgan.

Huquq himoyaçilari guruhi kemada 150 tonna harbiy portlovçi moddalar bõlganini va ular isroilning eng yirik mudofaa pudratçisi Elbit Systemsga yetkazilişi kerakligini aytgan edi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

31 Oct, 17:25


❗️ Bosqinçi isroil sobiq generali: Ğazodagi tunnellar hamon HAMAS nazorati ostida

Ğazodagi tunnellar vayron qilingani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga tõğri kelmasligini isroil armiyasining zaxiradagi general-mayori Itjak Brik aytib õtdi.

Uning sõzlariga kõra, bu tuzilmalarning aksariyati rahbariyatning da'volariga qaramay, HAMAS nazorati ostida qolmoqda.

Brik, isroil ğalabadan uzoq ekanini ta'kidladi. HAMAS askarlari yer ostida õz joylarini egallaşda davom etmoqda va ikki yilga yetarli ta’minot zaxirasini tõplagan.

Şuningdek, u bosqinçilarning Ğazo ustidan nazoratni uzoq vaqt uşlab turişi qiyinligini, çunki ularning kuçlari sezilarli darajada qisqarganini ta’kidladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

31 Oct, 11:12


🇯🇴 Bosqinçi isroil Iordaniya bilan çegarada yangi harbiy baza quradi

isroil Iordaniya bilan çegarada yangi harbiy bõlinma taşkil etilganini e’lon qildi. Bu qaror Mudofaa vaziri Yoav Gallant va Boş ştab rahbari Gerzi Halevi tomonidan tasdiqlangan.

Sõnggi oylarda Iordaniya va isroil çegarasida isroillik işğolçi askarlarga hujumlar kuçaygan. Bu hujumlar isroilning Ğazoda 2023-yil oktabr oyidan beri davom etayotgan genotsidga munosabat edi. Bu tahdidlarga javoban isroil çegara xavfsizligi çoralarini kuçaytirmoqda.

Iordaniya armiyasi bilan hamkorlikda Iordan daryosining ğarbiy sohilidagi isyonçilarga noqonuniy ravişda qurol olib õtilişining oldini oliş çoralari kõriladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

31 Oct, 08:42


‼️Fransiyalik deputat Karon:

“isroil armiyasi tomonidan olingan uşbu suratda biz uç yoşli Juri ismli qizçani kõryapmiz. U sakkiz soat davomida yalanğoç erkaklar orasida, otasi bilan ovqatsiz va suvsiz turdi...

Taxminan 80 yil davomida isroilning falastinliklarga munosabati, ğayriinsoniylikning dahşatli manzarasi."

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

31 Oct, 06:01


❗️🇲🇦 Makronning bayonoti Marokaşliklarni ğazablantirdi

Fransiya prezidenti Makron Marokaş parlamentida HAMASni qoralagani ortidan Marokaşliklar poytaxt Kasablanka kõçalariga çiqdi. Xavfsizlik kuçlari aralaşmoqda.

Eslatib õtamiz, Fransiya Prezidenti Makron Marokaş parlamentida sõzlagan nutqida, "HAMAS vahşiy taşkilot va isroil õzini himoya qiliş huquqiga ega" degan edi.

Makronning sõzlari Marokaşni boşqarayotgan hukumatda olqişlar oldi, lekin Marokaş aholisi bundan ğazabga keldi.

Marokaş Qirolligi – Afrikaning şimoli-ğarbida joylaşgan davlat. Fransiya va Ispaniyadan mustaqil bõlib çiqqan bõlib, aholisi 38,4 million kişi (2022). Poytaxti — Rabot şahri. Rasmiy tili – arab tili. Davlat dini – Islom.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

31 Oct, 05:00


🇹🇷 Prezident Erdõğon: "Islom olamining harakatsizligi tarixda qoladi"

Turkiya prezidenti isroil hukumatini inson huquqlari tamoyillarini mensimaslikda aybladi va islom dunyosining Ğazodagi vaziyatga sukut saqlaşini qoraladi.

“isroil hukumati sionistik jinnilik holatida tinçlik, inson huquqlari, matbuot erkinligi va demokratiyani himoya qiliş uçun mõljallangan barça tuzilmalarni garovga oldi”, dedi Erdõğon Anqarada qilgan çiqişida.

Turkiya rahbari Ğazo inqirozi bõyiça global jimlikni qoralab, vaziyatni "insoniyat uçun şarmandalik" deb atadi. “Biz insoniyat uçun şarmandali kunlarni boşdan keçirmoqdamiz, 50 ming begunoh odam şafqatsizlarça õldirilib, ikki millioni bombardimon qilinmoqda”, dedi u.

"Sionist jinoyatçilarning boşpana topgan çodirlarda bombalar ostida tiriklayin yoqib yuborilayotgan Ğazodagi birodarlarimiz va opa-singillarimiz oldida majburiyatlarimiz bor", dedi Turkiya rahbari.

U isroil bu qişda ikki million odamni "natsistlar lageriga õxşaş şaroitlarda" azoblaşidan ogohlantirdi va "insoniyatning yakuniy tanazzuliga yõl qõymaslik uçun" çoralar kõrişga çaqirdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

31 Oct, 03:01


❗️🇨🇳 15 davlat Xitoyni uyğur mahbuslarini ozod qilişga çaqirdi

Ğarbning 15 davlati Xitoydan barça hibsga olingan uyğurlar va tibetliklarni ozod qilişni, hamda huquq faollariga yaşaş joylariga borişiga ruxsat berişni talab qilib, ommaviy bayonotni imzoladi.

Avstraliyaning BMTdagi elçisi Jeyms Larsen Xitoy vakilining tanqidiga uçragan bayonot bilan çiqdi.

Bayonot Kanada, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Islandiya, Yaponiya, Litva, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Şvetsiya, Buyuk Britaniya va AQŞ davlatlari tomonidan imzolandi.

Imzolovçilar Xitoy inson huquqlari bõyiça õz zimmasiga olgan majburiyatlarni hurmat qilişi va inson huquqlarini yaxşilaş bõyiça jahon hamjamiyatining tavsiyalarini amalga oşirişi kerakligini ta’kidladi.

Qõşma Ştatlar Xitoyning uyğurlarga nisbatan harakatlarini "genotsid" deb atadi.

Jahon Uyğurlar Kongressi vitse-prezidenti Ilşat Hasan Kokburiy bayonot eʼlon qilinganidan xursand ekanligini, biroq Xitoyda õzgarişlarni amalga oşiriş uçun aniqroq çoralar kõriş vaqti kelganini aytdi.

"Genotsid hozir ham tõxtagani yõq. Bu şoşilinç masala. Dunyo Xitoy hukumati tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni tõxtatiş uçun yanada kuçliroq çoralar kõrişi kerak", deya qõşimça qildi u.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

30 Oct, 19:16


‼️🇷🇺 Deputat hijobni taqiqlaganlarni qattiq tanqid qildi

Davlat Dumasi deputati Sulton Xamzayev Vladimir viloyatidagi maktablarda hijob õraşni taqiqlovçi qonunni qabul qilgan amaldorlarga qattiq tanbeh berdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

30 Oct, 18:57


❗️🇹🇲 Turkmaniston aholisining Turkiyaga çiqib ketişi tufayli migratsiya nazoratini kuçaytiradi

Turkmaniston hukumati Turkiyaga ketayotgan vatandoşlari ustidan nazoratni kuçaytirişi mumkin, deb yozadi Turkmennews õz manbalariga tayanib.

Xabarda qayd etilişiça, Turkiya “yumşoq migratsiya siyosati” orqali xorijdan işçi kuçi oqimini oşirişga harakat qilmoqda, Aşxobod esa õz fuqarolarining Turkiyaga ketişining oldini oliş va xorijda bõlganlarini qaytariş uçun harakat qilmoqda.

Şu maqsadda migratsiya xizmati xodimlari Turkmaniston vatandoşlarini reyslardan ommaviy ravişda çetlaştirib, çet el pasportlarining amal qiliş muddatini qisqartirmoqda va ularni oliş tartibini uzaytirmoqda. Qolaversa, xorijda tahsil olayotgan talabalarga pul õtkaziş ham qiyinlaştirilmoqda.

Eslatib õtamiz, Turkmaniston vatandoşlari Turkiyada yaşaş uçun ruxsatnoma oluvçilar soni bõyiça TOP 10 talikka kiradi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

30 Oct, 18:37


❗️Boykot foyda bermoqda

isroil armiyasiga bepul ovqat berayotgan Amerika tez ovqatlaniş tarmoği bõlgan McDonald'sning sotuvi iyul-sentabr oylari orasida 1,5 foizga qisqardi va sõnggi tõrt yil içida eng katta pasayiş kuzatildi.

Global boykotga uçragan kompaniyaning sof foydasi 3 foizga kamayib, 2,3 milliard dollarga yetdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

30 Oct, 16:16


❗️🇹🇯 Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi layk va izohlar uçun javobgarlikka tortişni tõxtatişga çaqirdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mahalliy xavfsizlik kuçlaridan fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi layk va izohlari uçun ta’qib qilişni bas qilişni oçiq talab qildi.

Bu amaliyot milliy huquqni muhofaza qiluvçi idoralar faoliyatidagi kamçilik ekanini ta’kidladi. Rahmon sõnggi paytlarda fuqarolarga internetdagi faolligi uçun asossiz ravişda jinoyat işlari qõzğatilayotganini taʼkidlab, bu asossiz taʼqiblarni tõxtatişga çaqirdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

30 Oct, 08:34


❗️🇷🇺 Rossiya muftiylari maktablarda hijob kiyiş taqiqlanişiga qarşi çiqişdi

Çeçeniston muftiysi Saloh Mejiyev Vladimir viloyatidagi maktablarda hijob õraş taqiqlanganidan xavotir bildirib, buni vijdon va din erkinligini kafolatlovçi Rossiya Konstitutsiyasining buzilişi deb atadi. U bu taqiqni diniy kamsitiş sifatida baholaş mumkinligini ta’kidlab, bu hujjat yetarliça işlab çiqilmagani bilan boğliq, degan umidda ekanini bildirdi.

Mejiyev, şuningdek, hijob musulmon ayollar uçun taqvodorlikning muhim ramzi ekanligini va uni kiyiş qonun bilan ruxsat etilganini taʼkidladi.

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boşqarmasi (DUM RF) va Tatariston muftiysi Komil Samigullin ham bu taqiqni tanqid qilib, bu ijtimoiy barqarorlikka putur yetkazişini va Konstitutsiyaga zid ekanini aytdi.

Ular diniy libos kiyiş maktabning dunyoviyligiga tõsqinlik qilmasligini ta’kidlab, mutasaddilarni Konstitutsiyaga muvofiq qarorlarini qayta kõrib çiqişga çaqirdilar.

Doğiston muftiysi Ahmad Afandi Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillga hijobni taqiqlaş masalasida musulmonlarni qõllab-quvvatlaşni sõrab, rõmolli yagona maktab formasini joriy etişni taklif qildi. Patriarx bu taklifni qõllab-quvvatladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

30 Oct, 05:22


❗️ Netanyaxu genotsiddan keyin bir qança arab davlatlari bilan tinçlik õrnatiş istagini bildirdi

isroil boş vaziri Netanyaxu Knessetning qişki sessiyasining oçilişida Ğazodagi genotsid tugagandan sõng yana bir qança arab davlatlari bilan tinçlik bitimlari tuziş niyatida ekanligini ma’lum qildi.

“Men bir neça yil avval tarixiy Ibrohim kelişuvlarini imzolaş bilan boşlangan jarayonni davom ettiriş va boşqa davlatlar bilan tinçlikka erişiş niyatidaman”, degan Netanyaxu.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

28 Oct, 06:57


❗️🇷🇺 Vladimir viloyatidagi maktablarda hijob kiyiş taqiqlandi

Vladimir viloyatining Ta'lim va yoşlar siyosati vazirligi yaqinda çiqargan buyruğida maktablarda hijob va niqob kiyişni rasman taqiqladi.

Hujjatda taʼlim muassasalarida diniy mansublikni kõrsatuvçi kiyim, jumladan, hijob va niqob kiyişga yõl qõyilmasligi taʼkidlangan.

Bu qadam, sentabr oyida Rossiya hukumati federal darajada şunga õxşaş taqiqlarni joriy etişni qõllab-quvvatlamaganiga qaramay, mintaqaviy darajadagi maktablarda muslimalarning hijobini taqiqlaşning birinçi holati bõldi.

Avvalroq deputat Vladislav Davankov Xitoy va Tojikiston misollarini keltirib, hududlardagi jamoat joylarida hijob kiyişni butunlay taqiqlaşni taklif qilgan edi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Oct, 13:29


❗️🇨🇳 Xitoy Afğonistondan import qilinadigan mahsulotlar uçun 100% bojsiz kirişni ta'minlaydigan bõldi

Xitoy Afğonistonni import bojxona tõlovlaridan butunlay ozod qilişini tasdiqladi, deya xabar beradi davlat matbuoti. Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jianning aytişiça, bu çora “ikki tomonlama savdo hamkorligiga yordam beradi va õzaro manfaat keltiradi”.

Bu bayonot Xitoyning Afğonistondagi elçisi Çjao Xing va Afğoniston boş vazirining vaqtinça õrinbosari Mavlaviy Muhammad Abdul Kabir õrtasidagi uçraşuvdan sõng yangradi.

Çjao joriy yilda Afğonistonning Xitoyga eksporti 11,5 foizga oşganini qayd etib, Tojikiston orqali yangi iqtisodiy yõlak oçiş rejalarini maʼlum qilgan.

Afğoniston ham Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridoriga qõşildi, bu mamlakatga savdo markaziga aylanişi va sarmoya jalb etişida yordam beradi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Oct, 10:34


❗️😀 Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berişni tõxtatdi

“Turkmangaz” va “Gazprom” Turkman gazini yetkazib beriş bõyiça şartnomani uzaytirmadi, çunki tomonlar narx masalasida kelişa olmagan, dedi Turkmangaz rahbari Babayev.

Şu bilan birga, u Rossiya Federatsiyasiga gaz yetkazib berişni qayta tiklaş imkoniyati borligini ham e'lon qildi. “Bugungi kunda turli tomonlardan – şimoldan, ğarbdan, şarqdan gazimizga talablar ortib bormoqda. Biz har kuni turli xaridorlar va davlatlar bilan muzokaralar bosqiçidamiz, şuning uçun hamma narsa bõlişi mumkin”, deya taʼkidladi u.

2019-yilda “Gazprom” “Turkmangaz”dan 5 yil muddatga – 2024-yilning 30-iyuniga qadar tabiiy gaz sotib oliş bõyiça şartnoma tuzgan edi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Oct, 10:23


❗️🇮🇷 Bosqinçi isroil Eronni zarba berişdan oldin ogohlantirgan

Keça tunda bosqinçi isroil hujumdan oldin Eronni xabardor qilgan va uruşni yanada avj oldirişdan qoçişga çaqirgan, deya xabar berdi Axios AQŞ va isroildagi uçta manbaga tayanib.

Sky News xabar berişiça, Eron hujumga javob bermaslikka rozi bõlgan.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Oct, 06:14


❗️Bloomberg:

⭕️ AQŞ Saudiya Arabistonini Eron yoki uning tarafdorlari tomonidan bõladigan ehtimoliy hujumlardan himoya qilişga tayyorligini tasdiqladi.

⭕️ Qõşma Ştatlar Saudiya Arabistoniga havo hududi va neft obyektlarini himoya qilişda ham yordam berişini aytgan.

Eslatib õtamiz, Eron isroilga yordam beradigan har qanday davlatdan qasos olişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

26 Oct, 06:04


❗️🇵🇸 The Wall Street Journal:

HAMAS yetakçilari Mossadning Misrga xavfsiz õtiş taklifini rad etdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

25 Oct, 05:36


❗️🇮🇷 Eron diniy rahnamosi Ali Xomanaiy mamlakatning barça qurolli kuçlariga bosqinçi isroil bilan uruşga tayyorgarlik kõriş haqida kõrsatma berdi. Nyu-York Tayms

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

23 Oct, 13:30


⚡️Anqarada terakt sodir etildi

Turkiya içki işlar vaziri Anqaradagi TAI obyektida terakt sodir etilganini tasdiqladi. Õlganlar va yaradorlar bor.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

22 Oct, 03:01


❗️Bosqinçi isroil bombalagan Ğazodagi turar-joy binosi vayronalari ostidan qutqarilgan bolaning yurakni ezuvçi kadrlari.

Õzining dahşatli ahvoliga qaramay, ota-onasining ikkisi ham vafot etganini bilgaç, bola haqiqiy oğriqni his qildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

21 Oct, 18:07


❗️Netanyaxu (dunyoga qarata):

"Dunyoda bizni maqsadlarimizga tõsqinlik qila oladigan yoki tõxtata oladigan heç narsa yõq!"

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

21 Oct, 17:35


❗️Ğazolik bu kiçkina qizça yaralangan singlisini 1soatdan beri kõtarib çodiriga ketayotganini aytmoqda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

21 Oct, 07:20


❗️ HAMAS jangçilari duşman tanklarini õzlarining bombalari bilan yõq qilişmoqda

Bosqinçi isroilning Ğazodagi bir yillik uruşi, Falastin xalqining genotsidi, uning rahbari Yahyo Sinvarning õlimiga qaramay taslim bõlmayotgan Qassom jangçilari qamaldagi Jabaliyada portlamay qolgan snaryad bilan duşman tankini yõq qilişdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

21 Oct, 04:43


❗️Wall Street Journal:

Saudiya Arabistoni oxirgi bir yildan beri Falastin da’vosini qõllab-quvvatlaş uçun namoyişlar uyuştirgan faollarni hibsga olmoqda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

20 Oct, 15:07


❗️🇰🇬 Qirğizistonda KFCni "boykot qilgan" 4 kişini qõlga olişdi

Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qõmitasi (MQQ) KFC’da “norozilik” deb atalmiş aksiya õtkazgan 4 kişini qõlga oldi.

Yoşlar restoranga Falastin bayroği kõtarilgan bayroq bilan kirib, qizil bõyoqlarni taşlab, “Boykot” deb baqirişgan.

Ular soqçilar bilan ham tortişib, keyinroq videoni õzlarining ijtimoiy tarmoqlarida tarqatişgan. AKIpress

Eslatib õtamiz, bosqinçi isroilning Falastinda qilayotgan genotsidini qõllab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarşi dunyo musulmonlari "boykot" orqali katta zararlar yetkazişmoqda.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

19 Oct, 14:01


❗️Eron taşqi işlar vaziri: isroil keng kõlamli uruşni xohlamoqda, lekin biz Netanyaxuning tuzoğiga tuşmaymiz

“Biz haqiqatda uruşni xohlamaymiz, lekin isroil Eronga hujum qilsa ham, biz barça mumkin bõlgan ssenariylarga tayyormiz...

isroil keng kõlamli uruşni kutmoqda va biz buni xohlamaymiz. Tõğriroği, biz mintaqaga tinçlik va barqarorlik keltirmoqçimiz. Mintaqada isroil Boş vaziridan boşqa heç kim keng kõlamli uruşni qõllab-quvvatlamaydi va biz Netanyaxu tuzgan tuzoqqa tuşmaymiz...

Men ikki davlat (Mustaqil Falastin davlati va isroil) asosidagi yeçim mintaqaga barqaror tinçlik olib kelmaydi deb bilaman”, dedi Eron taşqi işlar vaziri Aragçi Misrning “Al Masry Al Youm” gazetasiga bergan intervyusida.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

19 Oct, 12:24


❗️🇸🇦 Saudiya Arabistonining MBC telekanali HAMAS yetakçilarini "terrorçilar" deb atadi

Falastinni himoya qilayotgan HAMAS yetakçilarini "terrorçilar" deb atagan xabaridan ğazablangan iroqliklar Bağdodda joylaşgan Saudiya Arabistonining MBC telekanali ofisiga hujum qilişdi.

HAMAS MBC telekanalini xiyonatda va Falastinni ozod qiliş da'vosiga qarşi propaganda uyuştirişda qoraladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

19 Oct, 02:01


❗️Nobel mukofotini olgan "noloyiq" laureatlar

1. Genri Kissinjer (1973), AQŞning sobiq davlat kotibi.

Kissinjer Şimoliy Vetnam vakili Le Duk Tho bilan “Vetnam uruşini tugatişga urinişlari” uçun mukofotni olişgan edi, ammo bu muvaffaqiyatsizlikka uçradi.

U muzokaralar paytida Xanoyni bombardimon qilişga ruxsat bergani uçun tanqid qilingan.

2. Aung San Su Çi (1991), Myanmaning sobiq rahbari.

Su Çi "Myanmada demokratiya uçun kuraşi" sababli mukofot olgan edi.

Biroq, ikki yil õtgaç, u Myanmada rohinja musulmonlariga qarşi genotsidga şeriklikda ayblandi, birinçi oyning õzida 6.000 dan ortiq odam õldirilgan.

3. Şimon Peres (1994), bosqinçi isroilning sobiq prezidenti.

Peres “Yaqin Şarqda tinçlik õrnatiş bõyiça birgalikdagi say-harakatlari uçun” taqdirlangan edi.

Biroq, u Falastin va Livanda yuzlab tinç aholining qirib yuborilişini, jumladan BMT bazasini bombardimon qilinişini nazorat qilgan.

4. Barak Obama (2009), AQŞning sobiq prezidenti.

Obama uşbu mukofotni "xalqlar õrtasidagi xalqaro diplomatiya va hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan say-harakatlari uçun" olgan edi.

Uning prezidentligi Yaqin Şarqdagi mojarolarga barham bera olmadi va u 2016-yilda yetti mamlakatda 26.000 dan ortiq dron hujumlariga ruxsat berdi.

5. Piter Handke (2019), yozuvçi

Handke "inson tajribasini til zukkoligi bilan õrgangani uçun" taqdirlangan edi.

Biroq, u 1992-1995 yillarda Bosniya serblari tomonidan 8.000 dan ortiq musulmon õldirilgan genotsidni inkor etgani bilan tanildi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

18 Oct, 13:36


HAMAS qarşilik harakatining Ğazo sektoridagi rahbari Xalil al-Hayya bergan bayonotida Yahyo Sinvarning õlimiga munosabat bildirib şunday deydi:

"Yahyo Sinvarning şahid bõlişi bizning harakatimiz va qarşiligimizning mustahkamligini orttiradi. Harakatning rahbarlaridan şahidlar çiqişi, bu harakatning õz xalqidan unib çiqib, õz maqsadlariga erişişni maqsad qilganini anglatadi".

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

18 Oct, 13:30


❗️HAMAS rasmiy bayonotida Yahyo Sinvarning õlimini tasdiqladi

HAMAS siyosiy byurosi a'zosi Xalil al-Hayya õzining bugungi bergan bayonotida qõmondon Yahyo Sinvarning şahid bõlganini bildirib, tasdiqladi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

18 Oct, 12:02


❗️🇵🇸 HAMAS: Agar rahbarlarimizning õlimi qarşiligimizni tõxtatganida, biz õn yillar oldin bosqinçi isroilga taslim bõlgan bõlardik

⭕️ HAMAS asosçisi Şayx Ahmad Yosin 2004-yilda havo hujumida şahid bõlgan, ammo bu qarşilikni tõxtata olmadi.

⭕️ Izzaddin al-Qassom brigadasi qõmondoni Yahyo Ayyoş 1996-yilda şahid bõldi, ammo bu qarşilikni tõxtata olmadi.

⭕️ HAMAS yetakçisi Abdul Aziz al-Rantisi 2004-yilda şahid bõldi, ammo bu qarşilikni tõxtata olmadi.

⭕️ HAMAS yetakçisi Ismoil Haniya 2024-yilda şahid bõldi, ammo bu qarşilikni tõxtata olmadi.

Qarşilik rahbarlarimizning õldirilişi bilan yakunlanganda edi, bundan õn yillar oldin tugatilgan bõlardi. Qarşilik – bu ğoya. Tanalar õlişi mumkin, lekin ğoyalar heç qaçon õlmaydi.

Muqaddas Falastin zaminini ozod qiliş ğoyasi heç qaçon õlmaydi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

18 Oct, 05:54


❗️🇵🇸 Sõnggi nafasigaça kuraşgan şahid Yahyo Sinvarning sõnggi videosi

Manbalarga kõra, soat 15:00 atrofida dron binodan çiqib, uyma-uy harakatlanayotgan uç kişini payqagan.

Bosqinçi isroil askarlari õt oçgan va uçalasini yaralagan. Ikki kişi bir binoga, Sinvar boşqasidan panoh topgan. isroil tanklari va bõlinmalari ikkala binoni ham õqqa tutgan.

Sinvar ikkinçi qavatga kõtarilib, yaralanganiga, bir qõlidan ayrilganiga ham qaramay, kelayotgan isroillik bosqinçi askarlarga ikkita granata uloqtirib, ulardan birini yaralagan.

Biroq, keyinçalik dron uni yaralangan, yuzi yopiq holda tasvirga olgan. Sinvar oxirigaça astoydil kuraşgan, u tomonga yaqinlaşolmagan isroilliklar tankdan yana õq uzişidan oldin dronga yoğoç tayoq uloqtirganini kõriş mumkin.

Şuni ta'kidlaş kerakki, Yahyo Sinvar garovga olinganlar bilan tunnelda berkinib õtirmadi, çunki isroil bosqinçilari bir yildan ortiq vaqtdan beri şunday da'vo qilayotgandi. U oxirgi nafasigaça kuraşdi va õzi niyyat qilgan şahidlik bilan mukofotlandi.

Aslida isroil õz armiyasining kuçli ekanini ifodalamoqçi bõlib e'lon qilgan bu video-tasvir, aksinça Yahyo Sinvarning qahramonligini dunyoga kõrsatdi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

17 Oct, 21:41


❗️🇵🇸 Yahyo Sinvarning şahid bõlganidan sõng HAMAS Şõrosi harakatning Siyosiy byurosi rahbari lavozimiga quyidagi nomzodlarni kõrib çiqişi mumkin:

Holid Maş'al - hozir HAMASning xorijdagi rahbari. Menimça, harakat uçun har doim ham tõğri qaror qabul qilmagan õziga xos odam. HAMASning yangi rahbari bõliş ehtimoli katta, çunki u bu lavozimni ança oldin egallab turgan.

Mahmud al-Zahar - HAMAS asosçilaridan biri, dono, eski maktab rahbari. Bir paytlar HAMAS saylovlarda ğalaba qozonganidan keyin u Falastin Taşqi işlar vaziri bõlib işlagan.

Muza Abu Marzuk - HAMAS siyosiy byurosi rahbari õrinbosari. Intellektual, mõtadil, turli davlatlarning turli rahbarlari bilan kõplab siyosiy aloqalarga ega. U tez-tez turli davlatlar bilan muzokaraçi sifatida işlagan, şaxsiy uçraşuvlarda HAMAS pozitsiyalarini boşqa davlat rahbarlariga yetkazgan. Yaxşi siyosatçi.

Halil al-Hayya - Ğazodagi HAMAS harakati rahbari õrinbosari. U juda kõp suiqasdlardan omon qoldi, natijada oilasining 19 a'zosi halok bõldi. Yahyo Sinvarga õxşaş kuçli şaxs va yaxşi nomzod.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

17 Oct, 21:21


❗️"Haqiqiy musulmonlar lideri sifatida jon bermoq yoki masxarabozdek kiyinib yaşamoq", Niderlandiyalik siyosatçi Arno van Dornning HAMAS lideri Yahyo Sinvarning õlimiga munosabati.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

17 Oct, 21:12


‼️HAMAS yetakçisi Yahyo Sinvarning şahid bõlgani haqidagi xabar Ğarbiy Sohildagi masjidlardan eʼlon qilina boşladi

"Mujohidlar qõmondoni, Falastin generali, şahid Yahyo Sinvar".

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

17 Oct, 15:53


❗️(Arxiv) Yahyo Sinvar:

Duşman menga beradigan eng katta sovğa bu meni õldirişidir.

Men 59 yoşdaman. Men yurak xuruji yoki insultdan õlgandan kõra, şahid bõlib õlişni afzal kõraman.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

17 Oct, 14:42


❗️Yahyo Sinvar bosqinçi isroilga kõra qanday vafot etdi?

Xabar qilinişiça, isroillik bosqinçilar Rafahning Tel-Sulton hududida patrullik qilayotganida uç nafar HAMAS a'zosiga duç kelgan. Ularga qarata ikkita tank snaryadlarini otişgan.

Tõqnaşuvdan sõng HAMASning uç a’zosi ham halok bõlgan.

isroil askarlari jasadlarni kõzdan keçiriş uçun borganlarida, ulardan biri Yahyo Sinvarga õxşaşini payqaşgan.

Sinvarning õlimi haqida bosqinçi isroil matbuoti rasmiy xabarlar tarqatişni boşladi.

Lekin hozirça HAMAS rasmiylari bu xabarni hanuz tasdiqlamadi.

@azon_tezkor

Azon Global | Tezkor

17 Oct, 13:48


❗️Yahyo Sinvar õldimi?

Ayni damda dunyo media maydonida HAMAS lideri Yahyo Sinvarning õldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

HAMAS spikeri tarqalgan bu xabarlar haqiqatga tõğri kelmasligini aytdi va bunday provakatsiyalarga e'tibor bermaslik kerakligini ta'kidladi.

@azon_tezkor