•Savollar Bazasi @zakovat_savollari_bazasi Channel on Telegram

•Savollar Bazasi

@zakovat_savollari_bazasi


Ushbu bazada quyidagi kanallarda o'ynalgan savollar joylab boriladi:

@Diamond_zk
@The_Alliance_zk
@zakovat_savollari_N1
@Regulus_quiz_team
@StaverQuiz

Savollar Bazasi (Uzbek)

Savollar Bazasi kanali sizga savollar joylab borish uchun ideal manba sifatida xizmat qiladi. Bu bazada @Diamond_zk, @The_Alliance_zk, @zakovat_savollari_N1, @Yomgirjonim_m, @Regulus_quiz_team va @StaverQuiz kanallarida o'ynalgan savollar joylab boriladi. Agar siz savollar yechishda eng yaxshi bo'lishni istasangiz, Savollar Bazasi kanali siz uchun to'liq joy. Savollarni yechish orqali o'zingizni mustahkamlay va yuksak natijalarga erishishingiz mumkin. Sizga qaysi mavzularda savollar kerakligini bilsangiz, Savollar Bazasi kanalida unga ega bo'lishi mumkin. Ushbu kanal sizga intellektual va ko'p tomondan yaxshi bo'lishni o'rgatish uchun mo'ljallangan. Savollar bazasining birinchi mavzusi bo'lib, dunyoning eng zor savollarini ham hal qiluvchi @zakovat_savollari_bazasi kanali sizga kattalik bilim jalb etishi mumkin. Siz ham Savollar Bazasi kanali orqali o'zingizni sinab ko'ring va savollarni yechishingizni sinab ko'ring!

•Savollar Bazasi

17 Nov, 17:10


Please buy Rooney

•Savollar Bazasi

17 Nov, 16:52


2004-yilda 11 yoshli bolakay qo'lida ko'tarib turgan qog'ozi bilan 30million yevrolik masalani hal qiladi. Hozirda ushbu qog'oz "Old Trafford"ning muzey zalida saqlanmoqda.
Diqqat savol: Bolakayning qo'lidagi qog'ozda yozilgan ingliz tilidagi 3 so'zni yozib bering.

•Savollar Bazasi

17 Nov, 16:49


Rodri

•Savollar Bazasi

17 Nov, 16:47


Diqqat savol ichida savol bor, e'tiborli bo'lishingiz va chalg'imasligingizni so'rab qolamiz.

"Savol:
Bir karukaturada ko'zidagi yosh bilan Stenli Mettyusdan qolgan "X" ni qo'lida ko'tarib turgan "Qora tanli bolakay" tasvirlangan. Karikatura yuqori qismida esa Unga osmondan quvonch bilan qarayotgan Qirol ham mavjud. D.s: X ni emas Qora tanli bolakay kimligini ayting.
Siz yuqorida bugungi navbatchilik uchun bir necha kun oldin tuzilgan savoldi eshitdingiz. Diqqat kutilmagan savol: Ushbu savolni navbatchilikdan olib tashlanishiga sababchi bo'lgan ispanni ayting.

J: Javobni Kommentga yozing))

•Savollar Bazasi

17 Nov, 14:04


Bor)

•Savollar Bazasi

17 Nov, 12:38


Kanalni haliyam kuzatadiganlar bormi?.)))

•Savollar Bazasi

02 Aug, 05:33


📌DIQQAT E'LON

📌Bilimdonlarga qulaylik yaratish maqsadida Online Zakovatda eng sifatli deb bilgan zakovat kanallarini yaxlit holatda taklif etmoqchimiz. Pastdagi tugmani bosish orqali kanallarga obuna bo'lishingiz mumkin.
*Biz sizga faqat eng sifatlilarini taklif qilamiz😉

https://t.me/addlist/ZfB0yLxDOM02ZDU5

•Savollar Bazasi

05 Feb, 12:59


Muallif: Humoyunmirzo Odilov

Suratdagi ayol 2006-Yil Amerikaning Vashington shtati Sietl mahallasida tijoriy yo'l ochish uchun uyini sotish evaziga 1 million dollar taklifini rad etganida butun dunyo e'tiborini tortdi. Ya'ni bu inson pul taklifini rad etgan holda o'z uyini quruvchilar buzib yuborishidan saqlab qolgan. U 2008 yil 86 yoshida vafot etdi. Va qaysidir ma'noda xalq qahramoniga aylandi. Bu voqeadan bir muddat o'tib Uning hayoti asosida bir multfilm yaralishiga sababchi bo'ldi.

Diqqat savol: Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib bizga qaysi multfilm haqida gap ketayotganini yozib bering?

Javob: Tepaga (Up)

•Savollar Bazasi

05 Feb, 12:57


Muallif: Humoyunmirzo Odilov

Bu Multfilmda bir jonzotning turlari Yo'qolib ketilgan deb ta'kidlangan Haqiqiy hayotda ham bu jonzotning qarindoshlari kamyob hisoblanib, brokanerlar tomonidan ovlanib kelingan. Multfilm bosh qahramon bir jihati ila muommolarga duch keladi. Ya'ni ismi jismiga mos do'stimiz bu qobilyatidan foydalana olmasdi. Bosh qahramon o'zining so'ngi vakili bilan brakanerlar qo'lidan qochib qolishadi so'ngra o'zining bu qobilyatidan foydalanishni o'rganib oladi.

Diqqat savol: Mantiqan o'ylagan holda qaysi multfilm haqida gap ketayotganini yozib bering?

Javob: Rio

•Savollar Bazasi

05 Feb, 12:54


Muallif: Humoyunmirzo Odilov

Yangi yil shukuhini yodga soluvchi bu multfilm otasini izlagan yosh jonzot haqida hikoya qiladi. Yosh do'stimiz ko'plab qiyinchiliklarni yengib, bu qobilyatga ega bo'lishni hohlaydi. Yovuz yirtqich bo'lmish hayvonlar bayram timsoli bo'lgan baqaloq, qizil ishton do'stimizni yeb qo'yishni istak qilib olishadi. Ammo yosh do'stimiz qobilyatiga ega bo'lib ularning rejasiga to'sqinlik qiladi. Asli oilasini izlagan bosh qahramon oxir oqibat yon atrofidagilar uning haqiqiy oilasi ekanligini tushunadi.

Diqqat savol: Mantiqan o'ylagan holda qaysi multfilm haqida gap ketayotganini yozib bering?

Javob: BUG'UNING PARVOZI
Qabul: Uchar Bug'u, Niko

•Savollar Bazasi

05 Feb, 12:53


Muallif: Humoyunmirzo Odilov

Suratdagi sehrli pat orqali mittivoy do'stimiz bu ishni qilgan deyishimiz mumkin. Aslida bu oddiy pat va bu ishni qilish uchun ishontirish kaliti edi. Mittivoy ning tanasidagi bu nuqsoni uni masxara bo'lishiga so'ngra bu ish qilish natijasida mashxurlikga eltdi. Ma'lumot yuzasidan aytib o'tamizki bu ishni qilish mittivoyning turdoshlari uchun imkonsiz albatta. Bu ishni qilishda ko'maklashgan jonzot aslida mittivoy ning do'st bo'lishiga Musofobiya to'sqinlik qilishi kerak edi. Ammo bu multfilmda biz bu jonzot va mittivoyning haqiqiy do'st ekanligiga guvohi bo'lamiz.

Diqqat savol: Bu ishni qilish o'rnidagi so'zlarni topgan bo'lsangiz bizga qaysi multfilm haqida gap ketayotganini yozib bering?

Javob: Dambo

•Savollar Bazasi

05 Feb, 12:52


Muallif: Humoyunmirzo Odilov

Bolalik hotiralarni yodga soluvchi ushbu suratni ko'rar ekanman, ulg'ayish fikridan biroz og'ishim tabiiy hol. Suratda 2 yulduz tasvirlangan bo'lib, bolalikda Ularning biriga g'ayritabiiy usulda borishni orzu qilgan bo'lsangiz kerak albatta. U yerda sizlarni turli sarguzashtlar, hech qachon ayrilmas do'slar va Reptiliadan qo'rquvchi hatar kutib turibdi.

Diqqat savol: Biz yuqorida bir multfilmga oid ma'lumotlar taqdim etdik. Siz bizga qaysi multfilm haqida gap ketayotganini yozib bering?

Javob:Piter Pen

•Savollar Bazasi

05 Feb, 12:48


Muallif: Humoyunmirzo Odilov

J.K.Rouling ning bir sehrli asarida Mister Sgorbs o'z do'stiga Angliya hududiga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan bu buyum to'g'risida gapirar ekan, bu ro'zg'or buyumini "oilaviy" deb ataydi. Do'sti esa bu buyum baribir o'zimizning supurgilarga tenglasha olmasligini aytib xavotirlanayotgan do'stini tinchlantiradi. Bu buyumni biz bir animatsion filmdan yaxshi bilamiz. Multfilmda bu buyum bosh qahramon va uning kichik do'stining hayotini ko'p bora hatardan saqlab qoladi.

Diqqat savol: Bu buyum nima ekanligini topgan bo'lsangiz, bizga qaysi Animatsion film haqida gap ketayotganini yozib bering?


Javob: Aladin

•Savollar Bazasi

02 Jan, 05:48


1K🙂

•Savollar Bazasi

31 Dec, 20:43


Mana bu yilgi statistikamiz🙂
Mayli, barakasini bersin😁🔥

@Zakovat_savollari_bazasi

•Savollar Bazasi

30 Dec, 15:13


Muallif: Ismoil Gʻaniyev

U inson tanasidagi eng nozik organlardan biri. Aynan shu sababli ham bir oʻzbek iborasida "O'ta ehtiyot qilish" manosini anglatishda undan foydalaniladi. Xonanda Otash Xijronning ham shu nomli qoʻshigʻini eshitgan boʻlsangiz kerak.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketayotganligini 1 soʻzda yozib bering.

Javob: Qorachiq

•Savollar Bazasi

30 Dec, 15:10


Muallif : Ismoil Gʻaniyev

"Coca-Cola" kompaniyasi Yangi yil oldidan yirik aksiyalar oʻtkazadi. Aksiyalarda kompaniya mijozlariga misli koʻrilmagan darajada koʻp sovgʻalar taqdim etgani bois bir reklama posterida kompaniya "X ning Y i" koʻrinishida tasvirlanadi.
Diqqat savol: X ning Y i oʻrnidagi bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 soʻzni yozib bering

Javob: Qorboboning qopi

•Savollar Bazasi

30 Dec, 15:07


Muallif: Ismoil Gʻaniyev

Kapitan Stenli Ernest Xemingueyga 6 panjali mushuk sovgʻa qiladi. Yozuvchi uni juda yoqtirib qoladi va unga "X" deb laqab qoʻyadi. "X" kristallarning deformatsiyalanishi tufayli kristall koʻrinishda boʻladi.
Diqqat savol: X ni 2 so'zda yozib bering

Javob: Qor Parcha

•Savollar Bazasi

30 Dec, 15:03


Muallif: Ismoil Gʻaniyev

Braziliyada futbolchi Peleni koʻpincha "Shunday X" deb atashgan. "Shunday X" ni besh qismli franshizaning barcha qismida uchratishimiz mumkin. Haqiqiy "SHUNDAY X" oq ranglilariga nisbatan qimmatroq baholanadi.

Diqqat savol: "SHUNDAY X" oʻrnidagi 2 soʻzni toping

Javob: Qora Marvarid