Mifologiya @mifologyy Channel on Telegram

Mifologiya

@mifologyy


Turli xalqlar mifologiyasi haqida maʼlumot berib boruvchi kanal.

📅Kanal yaratilgan sana: 05. 01. 2023

Mifologiya (Uzbek)

Mifologiya kanali Turli xalqlar mifologiyasi haqida maʼlumot berib boradi. Bu kanalda dunyo mifologiyasi va mifologik yaratıklar haqida zoʻr maʼlumotlar topishingiz mumkin. Mifologiya haqida koʻplab ajoyib hadisalar va aytgancha eshitgan qiziqarli rivoyatlarga oluvasiz. Kanal yaratilgan sana: 05. 01. 2023. Siz ham mifologiya dunyosiga safar qilib, oʻz fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Haqiqiy jahonlar va aniq maʼlumotlar bilan tanishing, mifologiyaga yoʻl oling! Mifologiya kanalini obuna boʻling va har kuni yangi maʼlumotlar bilan boy bosaq qiling!

Mifologiya

25 Nov, 18:16


Bugun yana bir mavzulashgan qahramonlar haqida gaplashamiz.Apokolipsis yoki Oxirzamonning 4 chavandozi.
Bibliyaning keyinchalik qayta yozilgan versiyasida oxirzamonga bag'ishlangan bobning asosiy qahramonlari.
Har birining vazifasi turlicha

Zelos (ismining ma'nosi rashk,raqobat,hasad; inglizcha zeal so'zi uning ismidan kelib chiqqan) bosqinchilik elchisi.Oq ot minib,kamoni bilan jang qiladi.Ko'p manbaalarda bosqinchilik ramzii sifatida toj kiygan holda tasvirlanadi

Martius yoki Mars-urush elchisi.Qizil otda,o'z qilichi bilan qadami yetgan joyga turli nizo va urushlarni boshlab boradi

Limos-ochlik ilohi.Qora ot minib,tarozi ko'tarib yuradi.Toki ochlik payti insonlarga bir nonning bahosi qanchalik bo'lishini ko'rsatish uchun

Moros yoki Morus-o'lim ilohi.Aid hamrohligida shaffof ot minib yuruvchi ushbu qahramonimiz o'zidan oldin kelgan barcha 3 ilohlarning vazifasini bajarishi,istasa bosqinchilik,urush yoki ochlik qirg'inini keltirib,aholini halok qilishi mumkin.

#Bibliya
https://t.me/Mifologyy

Mifologiya

24 Nov, 09:41


Geraklning 12 jasorati.

1-jasorat | 2-jasorat
3-jasorat | 4-jasorat
5-jasorat | 6-jasorat
7-jasorat | 8-jasorat
9-jasorat | 10-jasorat
11-jasorat | 12-jasorat

t.me/Mifologyy

Mifologiya

23 Nov, 16:35


https://t.me/xurshidabdurashid

aka mifologiyaga oid qiziq narsalarni yozyapti, #tavsiya

Mifologiya

22 Nov, 13:08


Анқонинг тухуми борми?

Шарқ мифологиясидаги қизиқ образлардан яна бири – Анқо қуши. Нега бирор ноёб ёки умуман йўқ нарса ҳақида гап кетганда, “Анқонинг уруғи” ёки “Анқонинг тухуми” ибораси ишлатилади?

Анқо – боши одам қиёфасида, бўйни ва қанотлари узун қуш. Ривоятларга кўра, одам қадами тегмаган оролларда яшаркан. Баъзи мумтоз манбаларда Анқони Қоф тоғида яшовчи Симурғ сифатида таърифланган.

Анқо бошқа қушлардек тухум қўйиб эмас, бирданига тирик жўжа туққани учун ноёб нарсаларга нисбатан “Анқонинг тухуми (ёки уруғи)” деб таъриф берилади. Бу қуш – Ирфон фалсафасида комил инсоннинг тимсоли ҳисобланган.

👉 @xurshidabdurashid

Mifologiya

18 Nov, 18:27


kanal yuritishga disiplinam kamlik qiladi ba'zan.Lekin qaytishim kerak.Foydali bo'layotgandi menimcha hammaga.Kimda nima gap o'zi,xalq?Global mavzu va g'oyalar bo'lsa,ulashinglar.Kanalda ochiqroq yoritib boramiz qiziqarlilarini

Mifologiya

13 May, 11:20


Yunon mifologiyasida Leta-yer ostidagi unutish daryosi.
Aid saroyi yonida joylashgan ushbu daryo òliklar xotirasini òchirish maqsadida foydalanilgan.
Faqatgina shu daryoga tushib chiqqandan sònggina òliklar reinkarnatsiya ya'ni qayta tuĝilishga tayyor hisoblangan
Qadimgi yunon tilida Leta (Lethe) sòzi ham unutmoq yoki unutuvchi ma'nolarini bergan


Xòsh,kim bu daryoga jon deb chiqib tushgan bòlardi?)

#Yunon_mifologiyasi

Mifologiya

09 Apr, 08:30


Tushimda Danaidalar hujumiga uchrabman
Shuning uchun,òshalar haqida post yozmoqchi edim
Nota bene yozib qòyganakan allaqachon

Mifologiya

05 Apr, 01:39


1.Kayxusrav II tangalari XIII asr 2.Albumasar kitob muqovasi XV asr
3.Sherdor madrasasi XVII asr

Mifologiya

05 Apr, 01:39


Aslida sher simvoli yulduzlarga burjiga borib taqaladi.Arab,Turk va Mongol xalqalarini qadriyat va e'tiqodlarini birlashtiruvchi ushbu quyosh va sher juftligi XII asrga kelib mashxur bo'lgan.Agar birma-bir qaraydigan bo'lsak simvolni turli xil versiyalarda ta'rifi mavjud.Biz esa faqat o'zimizga tegishlisini ko'rib o'tamiz

1-versiya.Islom mamlakatlarida sher bu tarixdan kuch va qudrat belgisi sifatida qaralgan,quyosh esa qayta tug'ilish,abadiylik ramzi edi.Ular birgalikda ramz sifatida XIII asrda Kayxusrav II davrida tangalarda ishlatila ishlatila boshlagan.
2-versiya Safaviylar davrida esa simvol ma'nosi Shohnoma va turli afsonalar bilan qorishib ketgan.Safaviylar uchun eng muqaddas va buyuk odam Shoh hisoblangan.Shunga ko'ra ular nazdida sher afsonaviy Fors qiroli Jamshid,quyosh esa Shi'alarning birinchi imomi Aliga qiyoslangan

Va albatta ushbu juftlikka biz yana Registonning Sherdorida ham duch kelamiz.Ammo ushbu joyning ham o'z versiyasi bor.Aytishlaricha Samarqand avval boshdan yovvoyi hayvonlar ayniqsa,sherlarga boy bo'lgan.Joyning ilk o'troq aholisi tog'lar sher va arslonlarga to'la bo'lgani haqida xabar berishgan.Shu sababli ham Samarqand aholisi ko'p manbaalarda "Arslonlar" deb atalgan.Tabiiyki,bu holat keyinchalik me'morchilikka ham ta'sir o'tkazgan.Uning ortida chiqib kelayotgan quyosh esa abadiylik ramzi sifatida ishlatilgan.

Mifologiya

04 Apr, 17:10


20-asrlardagi Eron bayrog'i.Markazdagi emblema sizlarga nimanidir eslatmayaptimi?

Mifologiya

29 Mar, 06:53


Assalom,xalq! Ancha passivlashib qoldik. Bu uchun uzr. Ammo shu kelayotgan hafta davomida faqat Osiyo mifologiyasi haqida ma'lumotlar berib borishga qaror qildim.O'ylab qarasam,hamma yer Yunon-u,Misr bo'lib ketibdi. Shunday qilib,keling Samarqanddan boshlaymiz.
Samarqandliklar bormi oramizda? Yurtingiz haqida nimalarni bilasiz? :

Mifologiya

16 Feb, 16:53


Ha,o'rtoqlar, hemmangiz haqsiz)

Lekin manettan bitta qo'shimcha ma'lumot topib keldim.Xullas, quyosh xudosi faqatgina Ra emas

Ra - tush paytidagi quyosh xudosi.Ammo undan tashqari nahor quyoshi Kepri ham bor.Eng qizig'i,Ra qush bo'lib tasvirlansa, Keprining boshi go'ng qo'ng'iz ko'rinishida.Agar umuman e'tibor bersangiz, tarix kitoblarimizda ham Misr topilmalari orasida shunaqa oltin qo'ng'izlar rasmlari uchrardi.Nega aynan qo'ng'iz?
Gap shundaki,go'ng qo'ng'iz har doim to'p shaklida go'ngni sudrab qayergadir olib borib ko'mgan.Qadimgilar esa bu holatdan shunday hikmat o'ylab topishgan: "Quyoshimiz xudosi ham xuddi shunday,u ham shunday qiynalib tun bo'yi quyoshni aylantirib chiqadi va o'lkamizda tong otadi"
Shunday qilib, "xudo"qilgan ishni takrorlagani uchun Misrda qo'ng'iz bola-chaqasi bilan muqaddas bo'lib ketgan

#Misr_mifologiyasi
https://t.me/Mifologyy//

Mifologiya

16 Feb, 16:27


Tak,xalq
Misr mifologiyasida quyosh xudosi kim edi?)

:

Mifologiya

30 Jan, 17:43


Ming g'alati tuyulmasin ushbu rasmdagi mavjudot Semurg'.(Ha,o'rtoqlar bizni aldab kelishganakan😁)
Xullas,Semurg' faqat O'zbekiston uchun semurg' emas,ushbu qush bizda Zardushtiylik dini paydo bo'lgandan beri bor.Hatto har tilda har xil ma'nosi ham bor ekan.Eski Fors tilida burgut yo lochin, Sanskritda esa sher manolarini bersa,yana bir bizga tanish ma'nosi 30 qush ekan.(Si so'zi yangi forsiyda 30 ma'nosini beradi)
Fors mifologiyasiga ko'ra ushbu qush dunyodagi jamiki bilimlar egasi,olamni 3marta buzilib,qayta bunyod bo'lganini guvohi bo'lgan yagona jonzot.U nafaqat bilimlar,balki abadiylik va ko'payish simvoli hamdir.U haqida ilk batafsil ma'lumotlar Firdavsiyning Shohnomasida keltirilgan bo'lib,yuqoridagi miniyatura aynan shu asar uchun ishlangan.

Aytgancha,Semurg' va Feniksning bir-biriga umuman aloqasi yo'q va o'xshashlik ham deyarli yo'q.

#Fors_mifologiyasi

Mifologiya

30 Jan, 17:26


Gugllamay, "pochesnomu" aytinglar
Buni nima deb òylaysizlar?