Zakovat intellektual klubi @zakovat Channel on Telegram

Zakovat intellektual klubi

@zakovat


RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz

Zakovat intellektual klubi (Uzbek)

Bu rasmiy kanal "Zakovat" intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar va turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan. "Zakovat" intellektual klubi Uzbekistonda intellektual sohasida oʻz nomini oʻzlashtirgan markaz hisoblanadi. Bu klubi a'zolari oʻzlarini rivojlantirish, yangi bilimlarni oʻrganish va dunyo fikrlarini baholashga qiziqishadi. Kanalda zakovat klubi faoliyatiga doir videolar joylashtiriladi. Siz ham "Zakovat" intellektual klubiga qoʻshilin va oʻzingizni rivojlantiring! Videolar uchta qismga boʻlinadi: yangiliklar, qiziqarli savollar va tanlovlar. Barcha yangiliklar va foydali ma'lumotlar uchun bu kanalga obuna bo'ling! Kanalda qiziqarli va foydali videolar joylashganligini unutmang. O'zingizning intellektual potentsialingizni oshiring va yangi bilimlar o'rganganingizdan mamnun bo'ling! Siz uchun taklif qilinadigan yangi bilimlar va fikrlar sizni kutmoqda. Siz ham zakovatklubi.uz saytidan yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!

Zakovat intellektual klubi

11 Jan, 07:05


🏆 10.01.2025 sanasida bo‘lib o‘tgan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” musobaqasi fotosuratlari

@zakovat_photo

Zakovat intellektual klubi

10 Jan, 16:55


"Zakovat" turniri o'tkazildi

muxbir: Sevinch Sa'dullayeva

#Toshkent shahri

16:00 10.01.2025


@hududtv

Zakovat intellektual klubi

10 Jan, 10:01


Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turnirining yakuniy natijalari

Izoh: 1- va 2-o‘rin egalari qo‘shimcha savollar orqali aniqlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

10 Jan, 09:53


🪖Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” musobaqasi yakuniga yetdi!

👮‍♂O‘zbekiston Respublikasining harbiy va harbiylashtirilgan vazirlik va idoralari hamda ularning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda kursantlaridan tuzilgan ko‘ngilli jamoalar o‘rtasida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur musobaqada jami 58 ta jamoa ishtirok etdi.

Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Ichki ishlar vazirligining “Generalissimus” jamoasi
🥈2-o‘rin: Milliy gvardiya markaziy devonining “Favorit” jamoasi
🥉3-o‘rin: Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Ofitserlar” jamoasi

🎁 G‘olib jamoalar diplom, noutbuk hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

10 Jan, 09:24


Yuqoridagi savolning javobi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

10 Jan, 08:41


Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Zakovat musobaqasi 3-turidan savol

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

10 Jan, 07:41


🪖Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Zakovat musobaqasidan lavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

06 Jan, 14:50


👮‍♂️ Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

🏆 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Zakovat” klubi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.

💪 Musobaqada 40 dan ortiq jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. Murosasiz va qizg‘in kechgan o‘yin yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Jamoat xavfsizligi universiteti ofitserlarining “Favorit” jamoasi
🥈2-o‘rin: “Qalqon” brigadasining “Femida” jamoasi
🥉3-o‘rin: Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining “The Best” jamoasi

🎁 G‘oliblar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆 O‘yinda 1-o‘rinni egallagan “Favorit” jamoasiga turnirning ko‘chma kubogi tantanali ravishda topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

05 Jan, 07:27


📌 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida ilk zakovatchilardan tashkil topgan G‘anisher Rahmatullayev jamoasi “Zakovat” teleo‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

04 Jan, 06:56


🏅 Bekposhsha Atamuratova - Zakovat teleo‘yinining 22-dekabr kuni efirga ketgan o‘yinida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi!

😀Ushbu muxlis quyidagi har ikki savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natdi:

1️⃣ 2-jahon urushi vaqtida ko‘pgina nemis tanklari va boshqa texnikalari sovet armiyasi tomonidan qo‘lga kiritilgan. Qo‘lga olingan yuzlab tanklarning ustki tomoni o‘zgartirilib, nemislarga qarshi jangga qo‘yilgan.  Tankchilar hazil aralash bu tanklarni bir mashhur asar nomi bilan atashgan.
Savol: qanday nom bilan atashgan?

📃 1-savolning javobi: Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon.

2️⃣ O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripovdan 4 qator she’r:
Otang ketsa agar, ota bo‘larsan,
Onaning o‘rnini bosgay qiz, singil,
... sodir bo‘lsa ne ham qilursan,
Qayga bosh urarsan ey, munglig‘ ko‘ngil.
3 ta nuqta o‘rnida 2 ta so‘z qoldirilgan. Shoir bu 2 ta so‘z bilan millatga murojaat qilgan.
Savol: 3 ta nuqta o‘rnidagi 2 ta so‘zni toping.

📃 2-savolning javobi: Dengizing qurisa. She’r Orol dengizi haqida edi.

☝️Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni “Milliy” telekanalida G‘anisher Rahmatullayev jamoasi ishtirokidagi o‘yin efirga ketadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

03 Jan, 14:02


😎 “Zakovat” teleo‘yinining yil finali - Bobur Yoqubov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi

👉 To‘liq o‘yinni ko‘rish

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

03 Jan, 09:00


🤩 Retro bilimdonlarni sog‘inganlar uchun ajoyib yangilik!

📌 Yakshanba, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida ilk zakovatchilardan tashkil topgan G‘anisher Rahmatullayev jamoasi “Zakovat” teleo‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

31 Dec, 19:07


Yangi yilingiz bilan tabriklaymiz!

2025-yil barchangiz uchun omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

29 Dec, 05:00


📌 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi yil finali o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Dec, 05:35


📌 Yakshanba, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi yil finali o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

26 Dec, 06:15


🏆 Ichki ishlar organlaridagi yoshlar “Zakovat Quiz” o‘yinida bellashdi

👮‍♂ 2024 yil - “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar haftaligi-2024” tadbirlari doirasida hududiy ichki ishlar organlarining yosh xodimlari, IIO tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari, Akademiya kursantlari va harbiy xizmatchilar ishtirokida Toshkent shahrida “Zakovat Quiz” o‘yini bo‘lib o‘tdi

💰 Qizg‘in bellashuvlarga boy o‘tgan ko‘ngilochar o‘yin yakunida g‘oliblar quyidagicha taqdirlandi:

1-o‘rin: 15 mln so‘m
2-o‘rin: 10 mln so‘m
3-o‘rin: 5 mln so‘m

📚 Shuningdek, mazkur jamolarga kitoblar to‘plami hamda diplomlar ham topshirildi

🏆 Bundan tashqari, 1-o‘rinni egallagan jamoa Vazir kubogi bilan taqdirlandi

🤝 G‘olib jamoalarni taqdirlash “Zakovat” klubi prezidenti A.Abdullayev, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari D.Nazarmuxamedov, vazir maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov ishtirok etgan Forumning tantanali yopilish marosimi doirasida bo‘lib o‘tdi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

25 Dec, 12:08


🏅 Abduvoxid Ahmedov - Zakovat teleo‘yinining 15-dekabr kuni efirga ketgan o‘yinida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi!

😀Ushbu muxlis quyidagi har ikki savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natdi:

1️⃣ Sovun savdosi bilan shug‘ullanadigan bir do‘kon peshtoqiga, bir sohada ishlaydigan mashhur mutaxassisning qo‘lida bir predmetni ushlab turgan holdagi surati hazil qilib ilib qo‘yilgan. Ularning sovun sohasiga taalluqli joyi yo‘q. Ammo oddiy xalq orasida ularni sovunga taqqoslovchi xitob bor.
Savol: Ular qaysi soha mutaxassislari?

📃 1-savolning javobi: Futbol hakami. Stadionda hakam nohaqlik qilib qo‘ysa, hamma uni sovunga topshirish kerak, deb hayqiradi.

2️⃣ Qadimgi yunonlarning sevimli mashg‘ulotlaridan biri – Teatr bo‘lgan. Yunonlar teatrni maktab deb atashgan.
Savol: Maktabdan oldin qolib ketgan ikkita so‘zni toping.

📃 2-savolning javobi: Kattalar uchun

☝️Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi ishtirokida Zakovat yil finali efirga ketadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

24 Dec, 16:00


😎 “Zakovat” teleo‘yini qishki mavsumining to‘rtinchi o‘yini - Farrux Rafiqov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi

👉 To‘liq o‘yinni ko‘rish

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

24 Dec, 13:37


#savollar

Intellektual olimpiada doirasidagi Zakovat o‘yini savollari:

👉🏻 Hududiy bosqich
👉🏻 Respublika bosqichi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

24 Dec, 06:26


🏆🏆 O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar va Talabalar ligasi qatnashchilari diqqatiga!

❗️Qishki ta’til munosabati bilan payshanba, 26-dekabr kuni O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar va Talabalar ligasi o‘yinlari o‘tkazilmaydi

ℹ️ Keyingi tur o‘yinlarining sanasi va vaqti haqida keyinroq xabar beriladi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

23 Dec, 17:50


Олий таълим муассасалари талабалари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйини ўтказилди ва ғолиб ҳамда совриндорлар номи маълум бўлди.

@yangidavr_rasmiy

Zakovat intellektual klubi

23 Dec, 16:50


17-20-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Intellektual olimpiada fotosuratlari

👉🏻 1-kun
👉🏻 2-kun
👉🏻 3-kun
👉🏻 4-kun
👉🏻 Yopilish marosimi

@zakovat_photo

Zakovat intellektual klubi

02 Dec, 05:07


#savollar

“Zakovat” klubi tomonidan o‘tkazilgan Ikkinchi liga kuzgi mavsumi savollari

1-tur savollari
2-tur savollari
3-tur savollari
4-tur savollari
5-tur savollari
6-tur savollari
7-tur savollari
8-tur savollari
9-tur savollari
10-tur savollari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

01 Dec, 09:51


🏆 Respublikamizning 6 ta hududida sinxron o‘tkazilgan Chempionlar kubogi oʻyinidan lavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

30 Nov, 06:27


❗️ Bugun OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

✊🏻 Qatnashish niyatida bo‘lgan OTMlardan o‘z jamoalarini tezroq ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘raymiz

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi vaqti - bugun soat 23:59 gacha. Ushbu vaqtdan keyin jo‘natilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va ro‘yxatdan o‘tishda kechikkan jamoalar musobaqaga qo‘yilmaydi

📝 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi bu yerda

📄 Musobaqa nizomi bu yerda

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

29 Nov, 15:53


🏆 Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili qishki mavsumi 1-turidan keyingi reyting jadvali

1-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

29 Nov, 15:52


🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 10-turidan keyingi reyting jadvali

10-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

29 Nov, 15:52


🏆 O‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 10-turidan keyingi reyting jadvali

10-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

29 Nov, 12:32


⚡️ Zakovat teleo‘yini muxlislari o‘rtasidagi tanlov davom ettiriladi!

💰 Xabaringiz bor, Zakovat teleo‘yini muxlislari uchun yozgi va kuzgi mavsumda maxsus tanlov o‘tkazilib, har o‘yinda 2 ta savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natgan tomoshabinlarga 4 million so‘mdan pul mukofotlari berildi

🤩 Muxlislardan kelib tushgan ko‘plab taklif va istaklarni inobatga olib, mazkur tanlovni qishki mavsumda ham davom ettirishga qaror qildik!

💁‍♀️ Qoidalar o‘sha-o‘sha: muxlislar har ikkala savolning javobini bitta xabarda @zakovattanlov_bot telegram botiga jo‘natishlari talab etiladi

🤖 Botdan foydalanish yo‘riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin

Qishki mavsum o‘yinlari tez kunda boshlanadi! Zakovat klubi kanalini kuzatib boring!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

28 Nov, 11:30


📌 Yakshanba, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi qishki mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Nov, 16:31


🏆 Ertaga Talabalar ligasi qishki mavsumining 1-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga
, 28-noyabr, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili qishki mavsumining 1-tur o‘yini boshlanadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Nov, 16:31


🏆🏆 Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi kuzgi mavsumining 10-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 28-noyabr, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 10-tur o‘yini boshlanadi!

Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Nov, 09:53


🏆 Zakovat o‘yini bo‘yicha Chempionlar kubogining navbatdagi mavsumi o‘tkaziladi!

🗓 Turnir 1-dekabr, yakshanba kuni soat 11:00da respublikamizning 6 ta hududida sinxron o‘tkaziladi

3️⃣6️⃣ Turnirda jami 36 ta savol (12 ta savoldan 3 ta tur) o‘ynaladi

😀 Turnirda har bir mintaqada 1-o‘rinni olgan jamoalarga maxsus kubok topshiriladi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Nov, 07:35


🏆 Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 10-turidan keyingi reyting jadvali

10-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Izoh: Yuqori o‘rinlar uchun ochko teng kelib qolganda, liganing keyingi mavsumdagi 1-turi jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha savol vazifasini bajarib beradi. Bunda, qo‘shimcha o‘yin 1-turning 1-savolidan boshlab jamoalar o‘rtasida g‘olib aniqlanguncha davom etadi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Nov, 07:34


🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 9-turidan keyingi reyting jadvali

9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Nov, 07:34


🏆 O‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 9-turidan keyingi reyting jadvali

9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Izoh: Yuqori o‘rinlar uchun ochko teng kelib qolganda, liganing keyingi mavsumdagi 1-turi jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha savol vazifasini bajarib beradi. Bunda, qo‘shimcha o‘yin 1-turning 1-savolidan boshlab jamoalar o‘rtasida g‘olib aniqlanguncha davom etadi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

26 Nov, 11:48


🏆 Zakovat teleo‘yini muxlislari diqqatiga!

Qishki mavsumda Zakovat teleo‘yinining efir vaqti o‘zgarishini ma’lum qilamiz. Endilikda teleo‘yin juma kuni soat 22:15 da emas, balki har yakshanba kuni soat 16:00 da efirga uzatiladi

❄️ Qishki mavsumning birinchi o‘yini 1-dekabr, yakshanba kuni soat 16:00 da efirga uzatiladi. Ushbu o‘yinda Jobir Ahmedov jamoasi ishtirok etadi

📺 O‘yinlar har doimgidek “Milliy” telekanalida namoyish etiladi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

25 Nov, 12:41


🤵🏻‍♀ Ayollar ligasining 3-turi bo‘lib o‘tadi!

🗓 30-noyabr, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 3-tur o‘yini o‘tkaziladi.

📍Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

📝Ayollar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

ℹ️ Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

21 Nov, 11:47


#savollar

📃 “Zakovat” klubi tomonidan o‘tkazilgan Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi savollari:

1-tur Bingo jamoasi savollari
2-tur Metaverse jamoasi savollari
3-tur Sodiq school jamoasi savollari
4-tur Espero jamoasi savollari
5-tur Doston Malikov jamoasi savollari
6-tur Farruh Rafiqov jamoasi savollari
7-tur Jobir Ahmedov jamoasi savollari
8-tur Benom jamoasi savollari
9-tur Magnum jamoasi savollari
10-tur Saidakrom Rasulev savollari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

21 Nov, 06:02


🏆 Bugun Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 10-turi bo‘lib o‘tadi!

Bugun
, 21-noyabr, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 10-tur o‘yini boshlanadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

21 Nov, 05:56


Bugun O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi kuzgi mavsumining 9-turi bo‘lib o‘tadi!

Bugun, 21-noyabr, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 9-tur o‘yini boshlanadi!

Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

20 Nov, 16:30


Oliy ta’Iim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

20 Nov, 16:29


📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗓 Joriy yil dekabr oyida talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir - Intellektual olimpiada musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan!

🧑‍🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi

💪 Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Erudit-kvartet
Shaxmat
Shashka

1️⃣2️⃣ Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi

📄 Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani [email protected] elektron pochta manziliga o‘zining rasmiy elektron pochtasi orqali 30-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi lozim bo‘ladi

📃 Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan

🎁 Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi

ℹ️ Musobaqaning hududiy saralash bosqichi sanasi keyinroq e’lon qilinadi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

20 Nov, 08:52


🤵🏻‍♀ Ayollar ligasi 2-turidan keyingi reyting jadvali

2-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

19 Nov, 13:01


🏆 Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 9-turidan keyingi reyting jadvali

9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

19 Nov, 13:01


🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 8-turidan keyingi reyting jadvali

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

19 Nov, 13:01


🏆 O‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 8-turidan keyingi reyting jadvali

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

18 Nov, 12:00


🇺🇿 Hilpirab turar mag‘rur O‘zbekiston bayrog‘i

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

18 Nov, 09:46


🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 33 yoshga to‘ldi!

💪 Sevimli bayrog‘imiz xalqimizni birlashtiruvchi kuch bo‘lishda davom etsin! Eng nufuzli davralarda, shohsupalarda hilpirab tursin!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

14 Nov, 02:04


🏆 Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 8-turidan keyingi reyting jadvali

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

13 Nov, 15:11


🏆 Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 9-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga
, 14-noyabr, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 9-tur o‘yini boshlanadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

13 Nov, 15:11


Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi kuzgi mavsumining 8-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 14-noyabr, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 8-tur o‘yini boshlanadi!

Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

13 Nov, 08:20


🤵🏻‍♀ Ayollar ligasining 2-turi bo‘lib o‘tadi!

🗓 16-noyabr, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 2-tur o‘yini o‘tkaziladi.

📍Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

📝Ayollar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

ℹ️ Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

11 Nov, 11:50


🏆 O‘zMU talabalari o‘rtasida “Zakovatbo‘yicha “Ulug‘bek merosi” rektor kubogi o‘tkazildi!

🏆 Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Ulug‘bek merosi” rektor kubogi bo‘lib o‘tdi. Shiddatli o‘yin natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: Inception jamoasi (O‘zbek filologiyasi fakulteti) - 12 mln so‘m
🥈2-o‘rin: Oybek va uning jamoasi (Tarix fakulteti) - 10 mln so‘m
🥉3-o‘rin: Tirik tarix jamoasi (Tarix fakulteti) - 8 mln so‘m

Shuningdek, musobaqa doirasida Mirzo Ulug‘bek me’rosi bo‘yicha yakkalik intellektual viktorina ham o‘tkazilib, unda quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: Sardor O‘rolboyev - 4 mln so‘m
🥈2-o‘rin: Sardor Abdusodiqov - 3 mln so‘m
🥉3-o‘rin: Fayyoza Keldiyorova - 2 mln so‘m
🏅4-o‘rin: Behnur Do‘stmurodov - 1 mln so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

08 Nov, 14:00


⚡️ “Tahlil”da Musaffo osmon jamoasi!

🤵🏻‍♂ Loyihamizning 13-sonida tajriba tariqasida Birinchi ligadan Musaffo osmon jamoasi o‘yinini ko‘rib chiqamiz

👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

08 Nov, 12:34


✊🏻 Qadrli do‘stlar va hamkasblar!

🎉 Sizlarni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 5 yillik yubileyi bilan tabriklaymiz!

5️⃣ Ortda qolgan 5 yil davomida siz OAV uchun teng sharoit yaratish, jurnalist va blogerlar huquqlarini himoya qilish va kuchli, mustaqil media-hamjamiyat qurish orqali mamlakatimizda so‘z erkinligi va media sohasining rivojlanishi uchun muhim tayanch vazifasini bajardingiz. Axborot makonining obyektiv va haqqoniy bo‘lishidagi sa’y-harakatlaringiz jamiyatimizni olg‘a harakatlanishga ilhomlantirmoqda

⭐️ Keyingi faoliyatingizga ham rivoj va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🗓 Faoliyatingizdagi har bir yil O‘zbekistonning axborot makonini rivojlantirishga va jamiyatda o‘zaro ishonchni oshirishga cheksiz hissa qo‘shishda davom etsin!

🤝 Hurmat bilan Zakovat harakati

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

07 Nov, 17:20


🚝 Temiryo‘lchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi

🎊 11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida “Zakovat” o‘yinining yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi

🚆 Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan temiryo‘lchilardan tuzilgan 49 ta jamoa ishtirok etdi

🏅 Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Toshkent MTU filiali jamoasi
🥈2-o‘rin: “1-son Energomontaj poyezdi” MChJ jamoasi
🥉3-o‘rin: “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Qo‘ng‘irot MTU filiali Xorazm hududi jamoasi

🏆 Mazkur jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1-o‘rin egasiga maxsus kubok topshirildi

📚 Qolgan barcha jamoalar ham kitoblar jamlanmasi bilan rag‘batlantirildi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

06 Nov, 10:59


🏆🏆 O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi qatnashchilari diqqatiga!

❗️Ertaga, 7-noyabr kuni O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar kuzgi mavsumi o‘yinlari o‘tkazilmaydi.

ℹ️ Keyingi tur o‘yinlarining sanasi va vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

06 Nov, 10:57


🏆 Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 8-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga
, 7-noyabr, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 8-tur o‘yini boshlanadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

05 Nov, 18:31


🏆 Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

05 Nov, 18:31


🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

05 Nov, 18:31


🏆 O‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

05 Nov, 14:00


🤔 Ushbu savolning javobi nima deb o‘ylaysiz?

“Zakovat” teleo‘yini kuzgi mavsumining final o‘yini - Farrux Rafiqov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi.

👉 To‘liq o‘yinni ko‘rish

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

05 Nov, 06:50


📹 O‘qituvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Zakovat turnirining respublika bosqichidan tayyorlangan eksklyuziv lavha!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

04 Nov, 10:46


🏆 03.11.2024 sanasida bo‘lib o‘tgan O‘qituvchilar o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi fotosuratlari

@zakovat_photo

Zakovat intellektual klubi

03 Nov, 15:47


👨‍🏫 O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida Payariq maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi!

🔥 Uchinchi bor o‘tkazilgan, shiddatli kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 84-maktab jamoasi
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti jamoasi
🥉3-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi

💰 G‘olib jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin: 100 mln so‘m
2-o‘rin: 60 mln so‘m
3-o‘rin: 40 mln so‘m

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

03 Nov, 15:19


📸 O‘qituvchilar o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichidan lavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

03 Nov, 12:45


📄 O‘qituvchilar o‘rtasidagi Zakovat turniri respublika bosqichining yakuniy natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

03 Nov, 12:39


🏆 O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi g‘oliblari:

🥇1-o‘rin: Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 84-maktab jamoasi
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti jamoasi
🥉3-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi

👏 G‘oliblarni tabriklaymiz!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

03 Nov, 11:02


📄 O‘qituvchilar o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi (apellyatsiyadan oldingi) 4-tur natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

03 Nov, 10:23


📄 O‘qituvchilar o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi 3-tur natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

03 Nov, 09:20


📄 O‘qituvchilar o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi dastlabki 2 tur (apellyatsiyadan keyingi) natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 12:24


📄 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi yakuniy natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 11:46


🥇1-o‘rin Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasiga nasib etdi!

🥈Qo‘shimcha savollarda imkoniyatni boy bergan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi esa 2-o‘rin bilan cheklandi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 11:37


🥉DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi (Surxondaryo) jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

1- va 2-o‘rinlar egalari qo‘shimcha savollar orqali aniqlandi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 10:23


📄 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi 3-tur natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 09:55


Yuqoridagi savolning javobi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 09:37


Musobaqa 3-turidan savol

✍️ Variantlaringizni izohda yozib qoldiring

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 09:13


📄 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi dastlabki 2 tur (apellyatsiyadan keyingi) natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 08:31


📸 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichidan lavhalar

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 08:00


Yuqoridagi savolning javobi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 07:26


📄 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi 2-tur natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

27 Oct, 07:09


Musobaqa 2-turidan qiziqarli savol

✍️ Variantlaringizni izohda yozib qoldiring

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

26 Oct, 12:11


⚡️ “Tahlil”da Doston Malikov jamoasi!

🤵🏻‍♂ Loyihamizning 12-sonida tarkibida Furqat Qurbonov o‘ynaydigan Doston Malikov jamoasi o‘yinini ko‘rib chiqamiz

👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

26 Oct, 11:13


👨‍🏫 O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi sanasi ma'lum bo‘ldi!

📆 3-noyabr, yakshanba kuni O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o‘tkaziladi

Respublika bosqichi hududlardan saralangan eng kuchli 42 ta jamoa ishtirokida o‘tkazilib, unda jami 48 ta savol 12 tadan 4 turga bo‘lgan holda o‘ynaladi

💵 Eslatib o‘tamiz, turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun - 100 mln so‘m
2-o‘rin uchun - 60 mln so‘m
3-o‘rin uchun - 40 mln so‘m

📍 Manzil: Zakovat arena

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

25 Oct, 16:01


🏅Jo‘rabek Jumayev - Zakovat teleo‘yinining 18-oktabr kuni efirga ketgan o‘yinida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi!

😀Ushbu muxlis quyidagi har ikki savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natdi:

1️⃣ Sankt-Peterburgda Anichkov ko‘prigi bor, ikki chekkasida ikkita ot va otning oldida turgan odam haykali bor. Haykaldagi bir otning oyog‘ida taqasi yo‘q. Qarama-qarshi tomondagi otning esa oyog‘ida taqasi bor. Bu qaysidir ma’noda yo‘l belgisi bo‘lgan.
Savol: Nega otlar 2 xil ko‘rinishda bo‘lgan?

2️⃣ Bu tumanda yashovchi aholining gaplaridan misol keltiraman: “Tumanimizning cho‘li ko‘p, yozi shuning uchun o‘ta issiq bo‘ladi”.
Savol: Bu qaysi tuman?

☝️Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng “Milliy” telekanalida Zakovat kuzgi mavsumining shou o‘yini efirga ketadi va ushbu o‘yinda ham tanlov davom ettiriladi.

💰Siz ham ushbu tanlovda @zakovattanlov_bot boti orqali qatnashishingiz hamda 4 million so‘m pul yutug‘iga ega bo‘lishingiz mumkin! Tanlovda ishtirok etish tartibi bu yerda keltirilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

25 Oct, 14:01


🎓 Garvardga qanday tayyorlanish kerak?

🙌 Biz siz uchun Garvard talabalari bilan qisqa rolik tayyorladik. Unda talabalar o‘qishga kirishda nima uchun 4 yil tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanligi, nima uchun portfolio kerakligi va Zakovat orzularni amalga oshirish uchun qanday yordam berganligi haqida so‘zlab berishdi.

📹 To‘liq video

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

25 Oct, 10:02


📌 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Uchqun Tillayev jamoasi kuzgi mavsum doirasidagi shou o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

25 Oct, 05:30


😅 5 ta farqni toping

1️⃣ 1-surat bundan roppa-rosa bir yil avval Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan Zakovat musobaqasida olingan

2️⃣ 2-surat shundan bir yil o‘tib, Akademiya kursantlari o‘rtasida 2-marta o‘tkazilgan musobaqadan lavha

🔥 Har ikki musobaqa ham liq to‘lgan Zakovat arenada ko‘tarinki ruhda va ajoyib muhitda o‘tgani bilan esda qoldi

Nafaqat Akademiya, balki butun Ichki ishlar vazirligi tizimi Zakovatga o‘zgacha muhabbati bilan ajralib turadi. Birgina O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasidagi Zakovat turnirida har yili IIV akademik litseylari sovrindorlar qatoridan o‘rin olib kelmoqda. Bundan tashqari, vazirlik tizimidagi xodimlar jamoalari ham har yili davlat tashkilotlari va harbiy tuzilmalar o‘rtasida o‘tkazib kelinadigan bir qator musobaqalarda faol qatnashib keladi

🎉 25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelmoqda

👏 Fursatdan foydalanib, yurtimizda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek sharafli vazifani sidqidildan bajarib kelayotgan sohaning fidoyi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

24 Oct, 12:11


📌 Ertaga, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Uchqun Tillayev jamoasi kuzgi mavsum doirasidagi shou o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

24 Oct, 05:59


🏆 Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 5-turidan keyingi reyting jadvali

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

24 Oct, 05:59


🏆 Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 5-turidan keyingi reyting jadvali

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

24 Oct, 05:59


🏆 O‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 5-turidan keyingi reyting jadvali

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

23 Oct, 18:09


Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 6-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga
, 24-oktabr, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 6-tur o‘yini boshlanadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Talabalar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

23 Oct, 18:09


Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi kuzgi mavsumining 6-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga, 24-oktabr, payshanba kuni
soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 6-tur o‘yini boshlanadi!

Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat intellektual klubi” NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

23 Oct, 15:00


🏆 IIV Akademiyasi kursantlari oʻrtasida Zakovat musobaqasi o‘tkazildi

👮🏻‍♂ 25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida Zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi

🤩 103 ta (!) jamoa ishtirokida shiddatli kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: 313-guruh jamoasi
🥈2-o‘rin: 312-guruh jamoasi
🥉3-o‘rin: 333-guruh jamoasi

🎁 Mazkur jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🏆 Musobaqada 1-o‘rinni egallagan 313-guruh jamoasiga maxsus kubok topshirildi

📸 O‘yinda olingan barcha fotosuratlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

22 Oct, 11:25


🤩 Zakovatdan yulduzli o‘yin

📌 Juma, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Uchqun Tillayev jamoasi kuzgi mavsum doirasidagi shou o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

22 Oct, 07:01


🏆 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri fotosuratlari

@zakovat_photo

Zakovat intellektual klubi

21 Oct, 18:09


🤩 Zakovatdan olimpiadaga shoshgan opa-singillar

🏆 Kechagi musobaqada Termiz tumanidan birdaniga 2 ta jamoa (1-suratda Termiz tumani 30-maktab, 2-suratda Termiz tumani 1-maktab jamoasi) respublika bosqichida qatnashdi

💥 Bitta tumandan 2 jamoa respublika bosqichiga chiqishi har doim ham kuzatilavermaydi. Undan ham qizig‘i, ikkala jamoaning murabbiylari ushbu maktablarda ishlaydigan aka-ukalar (Dilmurod Usmonov 30-maktab, Husan Usmonov 1-maktab murabbiyi)

👭 Yana bir qiziq joyi - 30-maktab jamoasida qatnashgan Farida Jumayeva (1-suratda chapdan uchinchi) hamda Marjona Jumayeva (1-suratda chapdan birinchi) 11- va 10-sinfda o‘qiydigan opa-singillar

☝️🏻 Bu jamoalar respublika bosqichida o‘rin ololmadi, ammo 8700 ga yaqin maktablar qatnashgan ulkan musobaqada respublika bosqichiga yetib kelishning o‘zi ham katta yutuq

🚕 Kecha o‘yin tugashi bilan ushbu jamoalar Surxondaryoga shoshilinch yo‘lga chiqishdi. Maqsad - ertasi kuni ertalab o‘tkaziladigan fan olimpiadasiga ulgurish edi

🥇 Eng qizig‘i, opa-singil Jumayevalar bugun tongga yaqin Termizga yetib borib, olimpiadada qatnashishga ham ulgurdi va har ikkisi fan olimpiadasida o‘z tumanidan 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘l oldi!

👏 Kecha o‘tkazilgan respublika bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining eng sara va zukko o‘quvchilarini jamlagan edi

🤝🏻 Biz Zakovatda mana shunday faol va bilimli yoshlar qatnashishidan faxrlanamiz va ularga omad tilaymiz!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

21 Oct, 10:14


✊🏻 Har qanday tilga xorijiy so‘zlar kirib kelishi tabiiy holat. Lekin biz ushbu so‘zlarning o‘zimizda avvaldan mavjud bo‘lgan muqobilini ishlatib turmasak, o‘z so‘zlarimiz muomaladan chiqib, yo‘qolib ketishi mumkin

🙏 Keling, o‘z so‘zlarimizni asraylik

☝️🏻 Bu bilan ona tilimizni asragan bo‘lamiz

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

21 Oct, 09:48


🎉 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaymiz!

🌞 Ona tilimiz ong-u tafakkurimizni, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

20 Oct, 15:52


🏆 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi!

🔥 Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Uchquduq tumanidagi 7-maktab jamoasi
🥈2-o‘rin: Buxoro shahridagi 39-IDUM jamoasi
🥉3-o‘rin: Bog‘ot tumanidagi 92-sonli IMI jamoasi

💻 Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!

Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

💵 Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi!

@zakovatharakati

Zakovat intellektual klubi

20 Oct, 13:07


📄 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi yakuniy natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat intellektual klubi

20 Oct, 12:25


🏆 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi g‘oliblari:

🥇1-o‘rin: Uchquduq tumani 7-maktab jamoasi
🥈2-o‘rin: Buxoro shahri 39-IDUM jamoasi
🥉3-o‘rin: Bog‘ot tumani 92-sonli IMI jamoasi

👏 G‘oliblarni tabriklaymiz!

@zakovatharakati