Xovos tumanida aholi muammolarini o'rganish va ularga yechim topish maqsadida Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullar o'tkazilmoqda.
Xususan, bugun Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev boshchiligida tumanning Karvonsaroy mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida yo'llangan murojaatlarning aksariyati tomorqalarni suv bilan ta'minlash, ichki yo'llar ta'miri, tibbiyot, moddiy yordam va ishga joylashtirish masalalarida bo'lib, bir qator muammolar shu joyning o‘zida o'z yechimini topdi.
Bundan tashqari, bazi murojaatlar joyiga chiqilgan holda o'rganildi va muammolarni bartaraf qilish bo'yicha aniq rejalar belgilandi. Yechimi vaqt talab etuvchi murojaatlarni ijobiy hal erish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
📲Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|You tube