Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali @izrmed Channel on Telegram

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

@izrmed


Professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markazi

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali (Uzbek)

Assalomu aleykum, sevganlar! Sizni "Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali" Telegram kanalida ko'rishga taklif qilamiz. Bu kanal Professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markaziga oid rasmiy kanaldir. Zarifboy Ibodullayev - bu o'zbekistonning mashhur va priznan mutaxassisidir, uning asab va ruhiyat sohasidagi bilimlari dunyo miqyosida tan erkakdir. Kanalda siz uning sovg'alarini, ilmiy maqolalarini va sohasidagi so'nggi yangiliklarni topishingiz mumkin. Agar sizga o'z hayotingizda bexatrin muammolar bo'lsa, ruhiy darmon topmoqchi bo'lsangiz, yoki o'zingizni yanavviga etilgan biror savolni javobini topishni istasangiz, ushbu kanal sizga yordam beradi. Zarifboy Ibodullayevning bilimlari va tajribalari bilan o'rgangan narsalarni siz ham o'rganing va o'z hayotingizni yaxshilang. Kanalga obuna bo'ling va zariflik doirasini kengayting!

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

20 Jan, 13:25


❗️Tanangizni ikki joyini issiq tuting

Sovuq kunlarda koʻchada yurganda bosh va oyoqni issiq tutish muhim.

Koʻpincha oyoq muzlasa ham bel ogʻriydi. Bunga koʻpchilik hayron qoladi — oyoqni belga nima aloqasi bor deb. Chunki oʻtirgich nervi oyoqning pastigacha tushib keladi. Sovuq pastdan tepaga oʻtadi.

📍Kimki oyogʻini issiq tutmasa, nafaqat uning beli, balki buyragi ham, siydik qovugʻi ham shamollab qoladi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

17 Jan, 17:04


Taniqli oʻzbek olimi, tibbiyot fanlari doktori, professor — Zarifboy Ibodullayev 60 yoshda

Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida professor Zarifboy Ibodullayevning 60 yoshga toʻlishi munosabati bilan “Oʻzbekistonda neyropsixologiya va klinik psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusiga bagʻishlangan ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Fransiya, Germaniya, Turkiyadan kelgan sohaning yetuk mutaxassislari va Oʻzbekistonning taniqli olimlari ishtirok etdi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

16 Jan, 07:37


❗️Choʻmilish xonasiga ikkita sochiq bilan kiring

Choʻmilish xonasining harorati boshqa xona haroratidan baland va nam boʻladi. Odatda choʻmilgandan keyin toʻliq artinmay, badan qurimasdan chiqib ketiladi. Oqibatda terida qolgan namlik nervlarni shamollashiga olib keladi.

✔️ Doim vannaga kirganda 2 ta sochiq olib kiring. Birinchi sochiqqa artingandan keyin, ikkinchi quruq sochiqqa artinib dushdan chiqing.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

13 Jan, 06:57


Nahorgi oshni nahorgi oʻqishga oʻzgartirishganida, hatto professorlar ham unga bormay qoʻyarmidi...

Professor Zarifboy Ibodullayevning aforizmlar turkumidan.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

11 Jan, 13:23


- Nevrologlar uchun top 5 ta kitob!

- Professor Zarifboy Ibodullayev tomonidan chop qilingan ushbu kitoblar bugungi kunda “Nevrolog” shifokorlar orasida zaruriy kitob bo’lishga ulgurdi.

- Asab kasa
lliklari
-
Umumiy nevrologiya
-
Insult va koma
-
Epilepsiya
-
Asab va Ruhiyat

‼️Kitoblar bugungi kunda sotuvda bor O’zbekiston bo’ylab yetkazib beriladi.

-
Buyurtma qilish uchun:
☎️
+998941770021
📩
@Tib_brandadmin1


https://www.instagram.com/reel/DErhXsUO7-a/?igsh=cW92bmUxYW50NThr

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

10 Jan, 13:57


Maslouning ehtiyojlar piramidasi

Bosqichlar (pastdan yuqoriga):

1. Fiziologik ehtiyojlar
2. Xavfsizlik zarurati
3. Muhabbatga muhtojlik/Biror narsaga mansublik
4. Hurmatga boʻlgan ehtiyoj
5. Bilimga boʻlgan ehtiyoj
6. Estetik ehtiyojlar
7. Oʻz-oʻzini namoyon etish zarurati

Bundan tashqari, oxirgi uchta daraja: “bilim”, “estetik” va “oʻzini-oʻzi anglash” odatda “Oʻz-oʻzini ifoda etish zarurati” (shaxsiy oʻsishga boʻlgan ehtiyoj) deb ataladi.
Ehtiyojlar piramidasi — bu amerikalik psixolog Abraham Maslouning inson ehtiyojlarining ierarxik modeli uchun keng qoʻllaniladigan nom.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

08 Jan, 15:58


Eng kuchli antibiotiklarni taʼsiri boʻlmadi

Safarga ketishimdan avval xotinim shamollab qoldi. Unga Oʻzbekistondagi eng oxirgi — toʻrtinchi avlod antibiotiklarini berdik, foydasi boʻlmadi.

Turmush oʻrtogʻim ham nevropatolog boʻlgani uchun men bilan Germaniyada oʻtadigan konferensiyaga birga bordi. Yoʻtali toʻxtamagani bois u yerda shifoxonaga uchradik. Koʻrikdan oʻtganidan keyin yoʻtalga qarshi bir dona tabletka yozib berdi. Oradan toʻrt kun oʻtib 50 foizga yaxshilandi, sakkiz kundan keyin darddan butunlay forigʻ boʻldi.

Bizdagi eng kuchli deb aytilgan dorilardan koʻra, bitta tabletkaning taʼsiri samarali boʻldi. Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda soxta dorilar koʻpayib ketgan. Ularni bir chekkadan toifaga boʻlib, chuqur tekshiruvdan oʻtkazish shart!

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

06 Jan, 13:20


Germaniya hayratlari

Yaqinda Germaniyada boʻlib, ilmiy konferensiya va tibbiyotga bagʻishlangan koʻrgazmada ishtirok etib qaytdim. Hattoki, ilmiy jurnallarda chop etilmagan kashfiyotlarni koʻrdim.

Dunyo har jabhada ilgarilab bormoqda.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

04 Jan, 14:03


Havo iflosligi stressni oshiradimi

Odatda jahlimiz chiqsa yoki yomon voqea boʻlsa asabimiz buzilib, “stressga tushdik”, deymiz. Bundan tashqari, iflos havo ham stressni keltirib chiqarishi mumkin.

Masalan, qishloqlarda, daraxtlar koʻp, avtomashina va ishlab chiqarish zavodlari kam boʻlgan joylarda yashovchi odamlarda asabiylik juda kam uchraydi.

Bundan yuz yil avval nemis psixologi Villi Gelpax “Shahar — stress oʻchogʻidir. Shahar nafaqat shovqin, balki havosi ham iflos”, deb yozgan edi.

👍🏻 Shuning uchun, imkon qadar shahardan tashqariga chiqib, toza havoda dam olishga harakat qiling. Bu asab tizimingizga ham, ish unumdorligiga ham yordam beradi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

31 Dec, 11:03


🎉 Kirib kelayotgan 2025-yil muborak bo‘lsin!

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

30 Dec, 12:10


🖊 Do‘sting xursand bo‘lishini xohlasang bir marta maqta, xato qilishini xohlasang ikki marta, to‘g‘ri yo‘ldan urishni xohlasang hadeb maqtayver.

Zarifboy Ibodullayevdan aforizmlar turkumidan.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

28 Dec, 13:44


❗️Agar gʻubor boʻlmasa inson ming yil yashar edi

✔️ Togʻda uch kun dam olsangiz hujayralar kislorod bilan toʻliq taʼminlanib, rohatlanasiz.

✔️ Aynan miyaning ustki qismiga havo yetib bormagani bois odamning koʻz oldi qorongʻilashib, sekin hushidan keta boshlaydi.

✔️ Organizm uchun chang va gʻuborsiz toza havo juda ham muhim ahamiyatga ega.

stagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

23 Dec, 13:57


🩺 Bolaning aql markazi uchun foydali

✔️ Baliq goʻshtida fosfor koʻp. Bu modda xotira, aql va tafakkurga javob beradigan markazlar uchun juda ham muhim mikroelementdir.

✔️ Tish va suyakda moddalar almashinuvchi uchun ham yaxshi samara beradi.

✔️ Baliqni yetarli yeydigan bolalarda raxit boʻlish ehtimoli kam.

✔️ Suyaklari shalviragan, boʻshashgan, nimjon bolalarga foydali.

✔️ Baliq goʻshti bolaning medasiga tegmasligi uchun turli xil usulda pishirib berish kerak.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

19 Dec, 11:14


👍🏻 5 kunda oʻzgarish

Shifoxonamizga 67 yoshli onaxon yuz gemispazmi kasalligidan shikoyat qilib keldi. Ayolning aytishicha, u bu dard bilan 20-yildan buyon kurashib keladi.

Bemorga botulinoterapiya muolajasini oʻtkazdik. Onaxon oradan 5 kun oʻtgandan keyin uzoq yillik kasallikdan forigʻ boʻldi.

Nurillo Rahimov, Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markaz nevrolog shifokori

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

18 Dec, 15:07


📍Bolangizga 12 yoshgacha asosiy tarbiyani bering

12 yoshgacha tarbiyani yaxshi olgan bola kelajakda kim boʻlishidan qatʼiy nazar atrofdagilarga mehribon, qoʻli ochiq chinakam shaxs boʻlib voyaga yetadi. Hayotimda bunga koʻp guvoh boʻlganman.

Agar shu yoshgacha tarbiya notoʻgʻri berilgan boʻlsa, unday bola boshqalarning hayotiga befarq boʻlib oʻsadi. Achinish, ojizlarga yordam qoʻlini choʻzish kabi insoniy xislatlardan uzoq boʻladi.

✔️ Boisi bu yoshgacha olingan tarbiya insonni eʼtiqodini va aqlining oʻzagi hisoblanadi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

17 Dec, 14:18


2025-yilning dastlabki kunlaridan eng to'g'ri qaror qabul qilishni boshlang!

😊
Assalomu aleykum, azizlar. Sizni 2025-yil 4-yanvar kuni professor Zarifboy Ibodullayev tomonidan tashkil qilinayotgan "Sog'lom hayot balansi'' mavzusidagi trening'ga taklif qilamiz.

🕓 Boshlanish vaqti - 19:00

📍 Trening bo'lib o'tadigan manzil:
MFaktor, Shota Rustaveli ko'chasi

💵 Narxi - 400.000 so'm

Batafsil ma'lumotni
👉 ushbu havola orqali 👈 olishingiz mumkin.

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

17 Dec, 14:18


🔝 Xalqaro tajribaga ega proffesor Zarifboy Radjabovich Ibodullayev

Trening'da hozirgi kunda odamlar salomatligida kuzatilayotgan aktual muammolarga oson va samarali yechim beriladi.

👉 Instagram - professor Zarifboy Ibodullayev
👉 Instagram - Zabikhillo Makhamadaliyev

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

17 Dec, 09:17


O‘z tanasidan qoniqmasdlik

Dismorfofobiya — o‘z tanasidan qoniqmasdlik.

Bu erkaklarning o‘z jinsiy olatidan yoki intim munosabatda o‘ziga ishonchsizlikdan kelib chiqadigan sindromidir.

Sardor Dursunov

“Asab va ruhiyat” tibbiyot markazining seksopatologi


📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

16 Dec, 18:33


🐠 Baliq goʻshtini qovurilganini kamroq yeng

Baliq goʻshtini boshqa goʻshtlardan farqi shuki, u yogʻni oʻziga koʻp shimib oladi. Shuning uchun diyetologlar koʻpincha baliqni:

✔️ yogʻda qovurib yemaslikni;

✔️ dimlab yoki qaynatilgan holatda isteʼmol qilishni tavsiya qiladi.


📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

14 Dec, 17:51


Ikki yarim soatga choʻzilgan uchrashuv

Bugun Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rahbariyati taklifiga koʻra, universitetda “Salomatlik ijtimoiy psixologiyasi muammolari” mavzusida maʼruza qilib berdim.

Anjumanda salomatlik psixologiyasi, ilm-fanni jamiyatda tutgan oʻrni, yoshlarni bilimga boʻlgan qiziqishi, kitobxonlik darajasini oshirish kabi masalalarda gaplashdik.

Oilada bola tarbiyasiga oid savolar juda koʻp boʻldi. Odamlarning bir-birlariga boʻlgan munosabati, ota-onalar va farzandlar oʻrtasidagi ziddiyatli holatlarning sabablari, nimaga borib taqalishi va ularning yechimlari haqida fikr almashdik.

Savollardan oʻzim ham xursand boʻldim. Qarangki, bir soatga moʻljallangan uchrashuv 2.5 soatga choʻzilib ketdi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

13 Dec, 15:22


❗️Tarbiya muhim

Tarbiya koʻrib turib, ilm olgan kishi bilimini saqlay oladi.

Avval ilm olib turib, tarbiya koʻrmagan odam bilimidan ham, egallagan kasbidan ham, kerak boʻlsa, hayotidan ham ajralishi mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

12 Dec, 15:45


Onani koʻngli bolada, bolani koʻngli dalada..
.
Hozirgi kunda, ming afsuski, koʻp kuzatilayotgan bir jihatga toʻxtalgim keldi.

Odatda ota-onalar kattami-kichikmi farzandini qabulimga olib kelsa, bolasiga nima boʻlgani, uni qanday davolash haqida soʻrab, jon kuydirib oʻtiradi. Uyda davolanishga dorilar yozib bersam, biror yaxshiroq shifoxonada, doktorlar kuzatuvida davolatishni iltimos qilishadi.

Baʼzi farzandlar esa qari, kasali ancha oʻtib ketgan ota-onasini olib kelib, ularga nima boʻlganiga qiziqmaydi ham. Shifoxonada yotib davolansin, ahvoli yaxshi emas, deb aytsam. “Uyga hamshira chaqirib ukollarini olaveramiz”, deb aytishadi.

Biz nimaga erishgan boʻlsak, ota-onalarimizning mehnati bilan yetishdik. Ularni borida qadriga yetib, gʻamxoʻrlik qilaylik.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

11 Dec, 14:23


Ilmsiz odamni alam boshqaradi, ilmli odamni – bilim

Zarifboy Ibodullayevdan aforizmlar turkumidan

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

11 Dec, 11:33


Seksual muvaffaqiyatsizlikning xavotirli kutish sindromi

Mazkur sindirom erkaklarda kuzatiladigan psixik va seksual muammo xisoblanadi. Jinsiy aloqadan oldingi xavotilri kutish jarayoni inson miyasiga o‘rnashadi va bu intim xayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sardor Dursunov

“Asab va ruhiyat” tibbiyot markazining seksopatologi


📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

10 Dec, 15:12


🐠Eng foydali go‘sht

Baliq go‘shtida: fosfor ko‘p. Boshqa hayvonlarni go‘shtidan farqli o‘laroq, baliq yog‘ida omega 3 ko‘p. Omega 3 tarkibida mikro elementlar va aminokislotalar saqlaydi.

✔️ Mol yog‘i va qo‘y yog‘i xolesterin to‘planishiga sababchi bo‘lsa, baliq yog‘i xolesterinni eritishga moyil.

✔️ Hayvon yog‘larini jigarga zarari bo‘lsa, baliq yog‘ini aksincha foydali tomonlari bor.

👍🏻 Baliq go‘shtidan bir haftada bir marta bo‘lsa ham yeb turing va albatta bolalaringizga ham bering!


📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

08 Dec, 14:52


❗️Haydovchilarda agressiv nevroz ko‘p uchramoqda

Yo‘llarda o‘rnatilgan kameralar, jarimalarni yuqoriligi, “chiziqni bosib qo‘ymadimmi”, “tezligim oshmadimikin” degan o‘ylar haydovchilarda havotirli fobiya rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

03 Dec, 05:39


Inson hayotda turli voqealar guvohi bo‘laversa, har xil vaziyatlarga tushaversa, uning miyasida beixtiyor aforizmlar tug‘ilaverarkan. Bu holat menda ham bo‘lib turadi. Dabdurustdan xayolimga kelgan bunday aforizmlarni yon daftarimga yozib borish odatim bor. Shulardan ayrimlarini sizlarga havola qilmoqdaman.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

02 Dec, 16:36


O‘qituvchilarda ko‘proq qanday nevrologik kasalliklar uchraydi

O‘qituvchilarda nevroz va parishonxotirlik ko‘proq uchrab turadi. Boisi o‘qituchi xotirasini ko‘p ishlatadigan mutaxassislar sirasiga kiradi.

Agar aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ko‘payib ketsa, nevroz kelib chiqadi❗️ Shuning uchun o‘qituchilarimiz aqliy mehnat bilan birga jismoniy mehnat: sport bilan shug‘ullanib, sayr qilib tursa, nevrozni oldi olinadi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

29 Nov, 11:58


✔️Sut orqali onadan bolaga cheksiz mehr o‘tadi

Ilm-fan, tibbiyot bolani iloji boricha 2-3 yoshgacha ko‘krak suti bilan oziqalantirishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, hozirgi onalar buning aksini qilyapti. Nari borsa, 5-6 oy yoki bir yil emizyapti. Hatto ona suti nima ekanini bilmay o‘sayotgan go‘daklar ham yo‘q emas. Bu toifa onalar nafaqat bolasiga, balki o‘ziga ham katta zarar yetkazayotganini anglab yetmayapti.

Ko‘krak suti bilan oziqlangan bola birinchidan, sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sadi. Ikkinchidan, sut orqali onadan bolaga cheksiz mehr o‘tadi❗️ Qolaversa, bu ayollarni turli kasalliklardan asrashga xizmat qiladi. Masalan, belgilangan tartibda va muddatda farzandini emizgan onaning ko‘krak saratoni kasaliga yo‘liqish xavfi juda past.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

28 Nov, 15:07


Toshkent tibbiyot akademiyasining navbatdagi ilmiy kengashi yig‘ilishida Fransiya Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti (ISRP) bilan yo‘lga qo‘ilgan hamkorligimiz va erishgan natijalarimiz haqida chiqish qildim.

Talabalarni chet elda o‘qishlarini qo‘llab-quvvatlash va ko‘proq mablag‘ ajratish masalasiga to‘xtalib o‘tdim.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

27 Nov, 15:03


Shaxs va Tafakkur

Shaxs ila Tafakkur birga yasharkan,

Bir kuni Vatanga dushman xavf soldi.

Yaxshi ham uyida yerto‘la bor ekan,

Bechora Tafakkur berkinib oldi.

Shaxsni ham chaqirdi yerto‘laga u,

Shaxs esa ko‘nmadi uning so‘ziga.

“Orqada Vatan bor, berkinmayman”, deb

Tik qarab bordi u dushman ko‘ziga.

Shaxs shaxid bo‘ldi, dushman chekindi,

Xalqi ozod bo‘ldi, Vatan xur bo‘ldi.

Tirik qolgan qo‘rqoq Tafakkur

Shaxsga she’rlar bitib, tez mashhur bo‘ldi.

Avval partiyani kuylagandi u,

Endi esa Mustaqillik kuychisi bo‘ldi.

E’tiqodi yo‘q bu Tafakkurga,

Yana mashhur bo‘lishni yo‘li to‘pildi.

O‘zbekiston Mustaqilligining 11-yilligi arafasida yozilgan.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

26 Nov, 13:26


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bo’lib o’tgan “Zamonaviy shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlar” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ma’ruzam bilan qatnashdim.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

25 Nov, 05:12


🇫🇷Fransiya bilan tibbiyot sohasida hamkorlik

Fransiya tibbiyot sohasining rivojlangan yo‘nalishlari bilan dunyoning peshqadam mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli tibbiyot sohasidagi bilim va malakalarini oshirish uchun ko‘plab davlatlardan yosh mutaxassislar o‘qishga keladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fransiyaning Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti rahbariyati o‘rtasida imzolangan memorandumga binoan mana ikki yildirki, neyropsixologlar, tibbiy psixologlar hamda psixiatrlardan iborat o‘zbekistonlik mutaxassislar Fransiyaning "Psixomotor terapiya va reabilitatsiya" institutida qisqa muddatli malaka oshirib qaytishmoqda.

Neyropsixologiya, tibbiy psixologiya va psixomotor terapiya bo‘yicha o‘zlashtirilgan ilmlar asosida fransuzlar bilan hamkorlikda, ilmiy-tadqiqot ishlari boshlab yuborildi, mamlakatimizga esa fransuzlar tajribasi asosida dorisiz davolash metodlari kirib kelmoqda.

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

21 Nov, 17:10


Oddiy aminokislotalar bilan epilepsiyani davolash mumkinmi?

O’ttiz yildan buyon turli metaboliklar oʻrniga aminokislotalar ya’ni glutamin kislota, folat kislotasi, metionin kislotasi berib kelamiz. Bu:

✔️ epilepsiyaga qarshi dorilarni jigarga zararli ta’sirini bartaraf etadi;

✔️ epilepsiya tufayli zararlangan miya to’qimalarini davolaydi.


Shuningdek, xarakter o’zgaradi, uyqu normallashadi va xotira yaxshilanadi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

18 Nov, 15:50


📞 Telefondan ko‘p foydalanish bir qator neyropsixologik kasalliklarga olib keladi

Eng jiddiylaridan biri – apatiya (ruhiy tushkunlik). Buning yomon tomoni shuki, insonda qiziqish hissi susayib ketadi. Masalan, oilasini, hattoki yaxshi ko‘rgan kasbini ham unutib qo‘ya boshlaydi.

Yana bir tomoni ishtaha yo‘qoladi. Miyaning boshqa nuqtalarining fikrlashini so‘ndiradi. Natijada ham kayfiyat tushadi, ham ish faoliyati susayadi, ham tabiiy narsalarga qiziqishi yo‘qolib boradi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

16 Nov, 11:04


Zarifboy Ibodullayevdan aforizmlar turkumi

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

12 Nov, 14:15


😨 Bosh og’rig’idan botulinoterapiya orqali tez qutiling

Botulin ineksiyasini mikroshprits orqali yuborish azaldan bor. O’zbekistonda ancha kengayib bormoqda.

Migren kasalligini botulino teropiya orqali davolash mumkin.
Botulin ineksiyasini 1-3 marta qilinsa bosh og’rig’i ketadi.

Bu usul yuqori darajali davolash usuliga kiradi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

02 Nov, 13:20


⚡️Ruhiy buzilishni ikkita oddiy tabletka bilan davolash mumkin

Ba’zi ota-onalar bolasiga ruhiy buzilish tashxisi qo‘yilganidan keyin umidini uzganlar bor. Bu noto‘g‘i fikr!

Biz hech qanday osma ukollarsiz, ortiqcha dorilarsiz, ikkita arzon tabletka va psixoterapiya bilan ruhiy buzilishni davolab kelyapmiz❗️

Yana bir muhim masala, 👍 oilada sog‘lom muhitni yaratilishi ruhiy buzilishni tezroq davolashda katta yordam beradi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

30 Oct, 11:10


Psixologiya o‘ta murakkab va mas’uliyatli fan

— Psixolog doimiy izlanishga, o‘z ustida ishlashga majbur. Bugun asl psixolog bilan ezoterik, parapsixolog kabi tushunchalar qorishib ketdi. Buddizm, nasroniylik ta’limotlari asosiga qurilgan g‘oyalar, veda madaniyati guruhlari aqidalari ommaviy singdirila boshlandi. Unisidan bir chimdim, bunisidan bir chimdim olib, bo‘tqa pishirib yotgan kishilar o‘zlarini bexijolat psixolog deb atashmoqda.

Batafsil ...

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

29 Oct, 12:56


“Jinnixona” yomon joy degani emas

Ba’zan bemorlarni ruhiy kasallilar shifoxonasiga yuborsam, “Nega meni jinnixonaga yuboryapsiz. Nima, men jinnimanmi?”, degan xato tasavvurga borishadi.

Butun dunyoda har qanday ruhiy kasalliklar shifoxonasida qat’iy qulflangan, temir eshikli bo‘limlar bor. Qolgan asosiy bo‘limlar esa psixosomatik kasalliklar, nevroz va depressiya kabi kasalliklarga mo‘ljallangan. Ya’niki, u yerda ham boshqa odatiy shifoxonalardagi kabi davolanish mumkin.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

28 Oct, 17:29


Nevroz bolaga o‘tadimi

Nevroz odatda yoshlarda uchraydi. Oilada er yoki xotinga shunday tashxis qo‘yilsa, ajralish holatiga kelib qolganlarga o‘zim guvoh bo‘lganman.

Bir necha yil avval bir kishi, “Xotinim nevroz ekan. Bu bolalarimga ham o‘tadi”, deb qabulimga kelgan edi. Unga bu kasallik bolaga o‘tmasligi va tuzalib ketishini aytganimdan keyin, oila saqlab qolingandi.

🩺 Bemorlar nevropatologikka, tibbiy psixologga, klinik psixologga yoki psixoterapevtga murojaat qilib, ushbu darddan forig‘ bo‘lish mumkin.

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

25 Oct, 10:46


❗️Nevroz to‘liq tuzaladigan kasallik

Bu kasallikda hech qanday xavotir olmaslik kerak. “Nega unda bu kasallikni davolash cho‘zilib ketadi”, degan savol tug‘ilishi mumkin. Boisi oxirgi o‘n yillikda nevroz tashxisi qo‘yilgan bemorlar psixoterapevtga bormayapti.

Kim davolashidan yoki qayerda davolanishdan qat’iy nazar, dori bilan birga psixoterapiya ham shart. Umuman olganda, psixoterapiyasiz nevrozni davolab bo‘lmaydi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

23 Oct, 15:21


👣 Sayr qiling, depressiyaga tushmaysiz

Ertalab bir soat yugurish va kechki ovqatdan keyin bir soatlik sayr organizmda serotonin miqdorini bir necha baravarga oshiradi.

🩸 Agar qonda serotonin miqdori kamayib ketsa, inson depressiyaga tushib qoladi.

📌 O‘tgan asrning 70-80-yillarida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ertalab yugurishni va kechki sayrni odat qilgan insonlarda depressiya kam uchrashi aniqlangan.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

20 Oct, 18:57


Inson qalbi bilan hazillashmang

Dildora AMIRJONOVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi doktoranti, “Asab va ruhiyat” klinikasi tibbiy psixologi:

— Ko‘pgina odamlar psixologlarga murojaat qilib yordam topmaganini aytishadi. Ayrimlar ma’lum vaqt o‘zgardim deb yurib, oradan bir yil o‘tib-o‘tmay yana battar tushkunlikka tushib qoladi. Bu odamlar psixologlar yoki psixoterapevtlarga emas, balki soxta ezoteriklarga duch kelgan. Psixologiya inson ruhiy jarohatlari va xafagarchilikdan xalos bo‘lishida yordam bersa, ezoterizm har qanday muammoga yechim topishni va’da qiladi.

Maqolaning to‘liq variatini o‘qish uchun ushbu havoga o‘ting 👉🏻 “Ma’naviy hayot” jurnali, yanvar, 2024- yil

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

14 Oct, 16:24


‼️ Epilepsiyada birgalikda ichib bo‘lmaydigan ikki dori

💊 Karbamazepin va konvuleks bir-biri bilan chiqishmaydigan dori hisoblanadi. Ko‘p kuzatyapman, bu ikki dorini birgalikda bemorlarga yozib berishmoqda. Bu mumkin emas, ilmiy adabiyotlarda ham yozilgan.

🌎 Xalqaro epileptologlar assotsiatsiyasi mana shu ikki dorini birgalikda berish mumkin emasligi haqida ko‘rsatma bergan.

🖌 O‘zimning “Epilepsiya” kitobimda ham bunga to‘xtalib, jadval asosida ko‘rsatib o‘tganman.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

12 Oct, 17:30


Kasallik qaytalanishiga kim aybdor

Shifokor Sizni bugungi kungacha bo‘lgan kasallikdan forig‘ qiladi. Undan keyingi holatga javob bermaydi. Davolanib bo‘lganingizdan keyin sog‘lig‘ingizni asrash o‘z qo‘lingizda.

Albatta bu quyidagi holatlar uchun:

shifokor to‘g‘ri tashxis qo‘ysa;

to‘g‘ri davolasa;

Bemor tuzalib ketsa, undan u yog‘iga javob bermaydi. Yuridik jihatdan ham bunga javobgar emas.

☝🏻 Agar davolanib bo‘lganingizdan keyin, shifokor aytgan tavsiyalarga amal qilmasangiz, Sizda kasallik yana qaytalanishi mumkin.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

09 Oct, 15:52


Buni ish joyingizda albatta qilib qo‘ying

Hozirgi kunda ko‘pchilikda kamharakatlik uchramoqda. Ayniqsa, uzoq vaqt bir joyda o‘tirib ishlovchilarda bu muammo ancha seziladi. Bunday vaqtlarda nafaqat yurish balki, kursida ozgina bo‘shashgan holda, 10 daqiqa dam olish juda ham foydali:

asabni tinchlantiradi;

fikrni bir joyga jamlaydi;

umurtqa uchun ham foydali. Ya’ni disk churrasini oldini olishga xizmat qiladi.

❗️Ishxona va ofislarda ozgina dam olish uchun sharoit qilib qo‘yish kerak.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

04 Oct, 14:41


Aminokislotalar nega kamayib ketmoqda

❗️So‘nggi paytlarda negadir glutamin aminokislotasi yo‘qolib ketdi. Bu aminokislota nafaqat bosh miya, balki jigar faoliyati uchun ham juda foydali.

🩺 Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarga 30 yildan buyon glutamin aminokislotasini yozaman. Bunda o‘rganib qolish kuzatilmaydi.

‼️ Men mas’ul idoralardan ushbu masalaga jiddiy masala sifatida e’tibor berishlarini so‘rab qolaman. Bu bemorlarimiz, ayniqsa, bolalarimiz uchun juda muhim.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

02 Oct, 14:09


⚡️ “Asab va ruhiyat” tibbiyot markazimizda seksopatolog ish boshladi.

🩺 Klinik psixolog, seksopatolog Sardor Dursunov ko‘p yillik ish tajribasiga ega, Turkiya va Fransiyada malaka oshirib kelgan.

Bizga nevroz va depressiyada jinsiy zaiflik bilan murojaat qilayotganlar soni ko‘payayotgani bois klinikamizda kuchli mutaxassisni ishga qabul qildik.

Endilikda bu yo‘nalishda kimdadir muammolar bo‘lsa, klinikamizga murojaat qilishlari mumkin.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

02 Oct, 05:38


👍🏻 Bel og‘rig‘idan oson qutulish

Belimiz og‘risa darrov MRTR chopamiz, disk churrasini izlaymiz va nevropatologga boramiz. Agar MRTda 3-4 millimetr disk churrasi (grija) chiqsa, uni beldagi og‘riq bilan bog‘lash kerak emas. Chunki u belga og‘riq bermaydi.

Amaliyotimdan kelib chiqib shuni aytamanki, o‘tirib ishlovchilarda bel og‘rig‘i ko‘p kuzatiladi. Chunki mushak ikkita narsani yaxshi ko‘radi: qisqarib va bo‘shashib turish. Manashu funksiya amalga oshirilmasa, doimo bel og‘riydi.

Barcha uchun tavsiya etiladigan 16 ta gimnastik mashqlar to‘plami bor. Shular bajarib turilsa, bel og‘riqlari, shuningdek, osteoxondrozni oldi olinadi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

30 Sep, 06:27


☝🏻Migren kasalligida kuchli bosh og‘rig‘idan qutulishning eng zamonaviy ikki usuli:

Monoklonal antitelalar — bemorning teri ostiga bir oyda bir marta monoklonal antitelalar yuboriladi.

Botilinoterapiya — botulin toksini bemor boshining bir necha qismlariga inyeksiya orqali yuboriladi. Bu esa o‘z navbatida og‘riq mediatorlarini chiqishini kamaytiradi.

Bu ikki davolash usuli hozirgi kunda Amerika, Yevropa va boshqa chet davlatlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan hisoblanadi.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

25 Sep, 05:08


Qovoq uchishlari kasallik(mi?)

Bizga bemorlar qovoq uchishi bilan ko‘p murojaat qilishadi. Ba’zilar buni irimga, ba’zilar esa kasallikka yo‘yadi.

Charchagan va asabiylashganda uchraydigan qovoq uchishi ozroq dam olgandan so‘ng o‘tib ketadi.

☝🏻Agar qovoq uchishlari tez-tez, jiddiyroq, ko‘proq namoyon bo‘lsa qaysidir kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Asosan bolalarda uchraydi. Tomoq infeksiyalarida, tonzillit, gaymorit kabi infeksiyalari bor bolalarda qovoq uchishlari kuzatiladi. Bunday holatlar blefarospazm uchun ham xos. Davolashda bemordan umumiy qon tahlili olinib. nevrologik tekshirishlar o‘tkaziladi va sababi aniqlanadi.

🩺 Ko‘p hollarda qovoq uchishi alohida kasallik emas, balki boshqa kasalliklar belgisidir.

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

21 Sep, 14:19


🔬 O‘g‘rilar bilan qotillarning miyasi o‘rganilmoqda

Miyaning ichki qismidagi maxsus hujayralarda hissiyotni tashkil qilishda ishtirok etuvchi markazlar mavjud. O‘sha joyda kichkina patologiya, biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y bersa, o‘g‘rilikka yoki qotillikka moyillik yuzaga kelishi mumkin. Bu soha hozirda olimlar tomonidan chuqur tadqiq etilmoqda.

Bejizga o‘g‘il uylayotganda, qiz uzatayotganda yetti pushti o‘rganilmagan. Agar otasi yoki onasi o‘g‘ri bo‘lsa, quda-anda bo‘lishni jiddiy o‘ylab ko‘rishgan. Qaysidir ma’noda buning tagida haqiqat bor.
_____________________________________

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

19 Sep, 11:00


Giyen-Barre sindromida bemorni davolash qiyinmi?

Qabulimga 37 yoshlik, chirchiqlik bemor Giyen-Barre sindromidan shikoyat qilib keldi. Bu kasallikda ikki qo‘l va oyoq ishlamay qoladi, ayniqsa, COVID pandemiyasidan keyin ko‘payib qoldi.

Aslida, bu kasallik Yevropada nogironlik hisoblanmaydi. Afsuski, ba’zan davolash kurslarini ko‘rib uyalib ketasan kishi. Bosh miyada qon aylanishini yaxshilovchi dorilarni yozishaveradi.

Mazkur kasallikni davolash uchun zudlik bilan plazmaferez va garmon qilinsa bemor turib, yurib ketadi.
_____________________________________

📞 90-043-44-99
📞 77-016-58-59
📍 Локация

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

15 Sep, 15:09


Kerishib o‘lib qolish mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqda bir yigit kerishib o‘lib qolgani aks etgan videoga ko‘zim tushib qoldi.

Birinchidan, bu juda ham kam uchraydigan holat. Yuz ming holatda bitta uchrab turishi mumkin.

Bruns sindiromida — miyadagi to‘rtinchi qorinchaning eng pastki qismida hosil bo‘lgan o‘smalarda shunday holat bo‘lishi mumkin.

Bazilyar arteriyada anomaliya bo‘lsa ham shunday holat kuzatilish ehtimoli bor. Bunda bemor boshni keskin bursa, aylanib gandiraklab ketadi yoki birdan yiqilib tushadi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube |asab.uz

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

14 Sep, 13:25


❗️ Bolani o‘z vaqtida o‘g‘rilikdan qaytaring

Bolada 2-3 yoshida “meniki”, “seniki” degan tushunchalar shakllanadi. Bu davrda bola uyida hamma narsani o‘ynayveradi. Lekin mehmonga borganda yoki ko‘cha-ko‘yda nimanidir o‘ynamoqchi bo‘lsa, uni olishga tortinib turadi.

Bolangiz do‘konda o‘ziga yoqqan narsani so‘ramasdan olganini sezishingiz bilan “bu seniki emas, begonaniki”, deb ayting. Boisi bolada fotografik, mexanik xotira juda kuchli bo‘ladi va buni eslab qoladi, qayta qilmaydi. Agar indamasangiz shunga o‘rganib boradi.

Biror meva yoki yegulikni qo‘liga olganida sotuvchiga bolani o‘z qo‘li bilan pulni berib o‘rgatilsa, unda “ha, buning haqqini berish kerak ekan”, degan fikr shakllanadi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

13 Sep, 14:43


☝🏻Bolangizning darslariga va qiziqishlariga ahamiyatli bo‘ling

Ota-onalardan shuni iltimos qilib qolar edim, bolangizni yoningizga o‘tkazib suhbatlashing. Bola boshlang‘ich sinfdan yuqori sinfga o‘tayotganida darsga yangi fanlar qo‘shiladi. Kimgadir fizika, kimgadir geografiya, biologiya yangi fan sifatida o‘tila boshlaydi.

Birinchi navbatda qaysi fanga qiziqishini so‘rang, albatta, bunga e’tibor berish kerak.

❗️ Ayniqsa, 6-7 sinfda bolalarda aniq bir fanga moyillik namoyon bo‘la boshlaydi.


Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

12 Sep, 12:55


Bog‘chada bolani kitob bilan urib duduq qilib qo‘yishgan

Qabulimga 14 yoshli bolani duduqlanishidan shikoyat qilib olib kelishdi. Otasini aytishicha, bola 3 yoshgacha yaxshi gapirgan. Ammo bog‘cha opalarning qattiq qo‘lligi, bola bilan ishlash tajribasi yo‘qligi natijasida bola bora-bora gapirishda qiylanib, duduq bo‘lib qolgan.

O‘zini aytishicha, bog‘cha opa uni kitob bilan ko‘p marotaba urgan. Natijada bola duduq bo‘lib qolgan.

‼️ Hurmatli ota-onalar, bolangizni qanday bog‘cha opalar tarbiyalayotganiga doimo ko‘z quloq bo‘ling!

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

10 Sep, 11:33


‼️ Rahbarlar eshitsin

Hurmatli rahbarlar, neyropsixolog sifatida men sizlarga shuni alohida ta’kidlamoqchiman hech qaysi xodimingizni ish soati davomiyligi 8 soatdan, iloji bo‘lsa, 6 soatdan oshmasin❗️

Xodim shanba va yakshanba kunlari dam olishi kerak. Ba’zilar “Shanba yarim kun ya’ni soat 12:00 gacha ishlasa bo‘ladimi”, deb so‘raydi. Yo‘q, xodim o‘z oilasi bag‘rida bo‘lishi lozim.

❗️Xodimlarning dam olishlarsiz va tartibsiz ish rejimi ularda “surunkali charchash sindromi”ni keltirib chiqarishi mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

09 Sep, 17:24


⚡️ Saratonni parhez bilan davolash mumkinmi?

Saraton ya’ni onkologik kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar o‘z uchun parhez tuzib, shunga amal qilsa yoki diyetolog, nutritsiolog ularga parhez tuzib bersa:

❗️ har qanday hajmdagi o‘smalar 50-70 foizgacha kichrayishi;

❗️o‘smaning o‘sish intensivligi pasayishi mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

07 Sep, 15:26


😰 Ish soatining yuqoriligidan ruhiy aziyat chekkan xodim

Yonimga katta bir idora rahbarining yordamchisi bo‘lib ishlagan yosh yigit keldi. U yarim tungacha ishda qolib ketishi, ruhiy zo‘riqishlar va stresslar yuqori bo‘lganiligi aytib o‘tdi. Buning oqibatida unda obsessiv-kompulsiv nevroz rivojlangan.

❗️Men avval ham aytgan edim, ishni sifatli va samarali bo‘lishi uchun ish soati 6-8 soatdan oshmasligi kerak. Bu yevropalik olimlar tomonidan o‘z isbotini topgan.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

06 Sep, 10:02


“Asab va ruhiyat” kitobini elektron variantini bepulga o`qishingiz mumkin

Taniqli olim Zarifboy Ibodullayevning ushbu asari 10 yil ichida 5 marotaba nashr yuzini ko`rdi. Ushbu asar har bir yurtdoshimizning qalb to`ridan o`rin olgan, desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz. Bu kitob o`tgan yili Turkiyada “Sinir ve ruhiyat” nomi bilan chop qilindi va o`zbek olimini turk dunyosiga tanitib boshladi. Olimning 35 yillik shaxsiy kuzatuvlari va kechinmalari asosida tayyorlangan va yangi mavzular bilan boyitilgan kitobining 5-nashri ham elimizga manzur bo`ladi, degan umiddamiz.

Kitobni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

👉🏻 “ASAB VA RUHIYAT”

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube

Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali

04 Sep, 13:07


Insonlarda ikkita "Men" bo‘ladi. Xo‘sh u nima o‘zi?

Sog‘lom odamlarda ham ikkita "Men" bo‘ladi:

asl men — ya’ni siz qanday bo‘lsangiz shundayligicha holingiz. U haqiqiy men deb ataladi.

ideal men — odamning orzusidagi, xayolidagi, kelajakdagi, o‘ylardagi men.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube