XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI @xorazmadliya Channel on Telegram

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

@xorazmadliya


Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI (Uzbek)

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI telegram kanali - bu sizning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz uchun ideal manzil. Kanalda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida yangiliklar, ma'lumotlar va tadbirlar paydo bo'ladi. Bu kanal orqali siz adliya sohasidagi eng so'nggi oʻzgarishlardan o'z fikringizni olishingiz mumkin. Xorazm adliya yangiliklari kanali siz uchun qonunchilik sohasidagi eng zamonaviy yangiliklarni taqdim etadi. Siz ham xorazmadliya kanaliga obuna bo'ling va adliya sohasidagi so'nggi tadbirlar va faoliyatlar bilan tanishing!

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

11 Feb, 09:56


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi tizim - qishloq xo'jaligi yerlarini ijaraga berish tartibi

Batafsil infografikada👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

11 Feb, 04:34


#XorazmMTRK

📽 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ziyo ulash” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan “O`zbek xalqining ikki buyuk siymosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiriadn lavha

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

11 Feb, 04:25


#Ziyo_ulash

📣Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ziyo ulash” ijtimoiy loyihasi doirasida “O`zbek xalqining ikki buyuk siymosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔰 Tadbirda, Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari, shoira, f.f.n., dotsent, "Shuhrat" medali sohibasi Sayyora Samandar hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi Abdulla Sabirovlar ishtirok etishdi.

G`azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari munosabati bilan ularning hayoti va ijodi, boy adabiy merosi, amalga oshirilgan obodonchilik, bunyodkorlik , hayrli va sahovatli ishlari hamda vatanparvarlik, vatanga bo`lgan muhabbat, vatan tuyg`usini shakllantirish haqida qiziqarli ma’lumot berildi.

🟧 Uchrashuvda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi hamda she’r va g`azallar ularga yanada ko`tarinki kayfiyat ulashdi.

📚 Tadbir ishtirokchilari tomonidan “Ziyo ulash” ijtimoiy loyihasi doirasida o`zlarining mualliflik kitoblari va boshqa badiiy adabiyatlar va asarlari bilan kitob almashish tadbirida faol ishtirok etishdi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

10 Feb, 10:29


#Bilasizmi

🚫Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.

▪️ homilador ayollarga;

▪️ 3 yoshgacha bolasi bo'lgan ayollarga;

▪️ 14 yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga;

▪️ 18 yoshga to'lmagan shaxslarga;

▪️ I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

10 Feb, 09:05


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti (roʻyxat raqami 3605, 2025 yil 7-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu nizom bilan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solish tartibi belgilandi.

Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan soʻng uch yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan oʻtkaziladi.

Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda monitoring rejasi tayyorlanadi hamda u normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va tegishli indikatorlar orqali oʻlchanadi.

Monitoring tegishli maʼlumotlarni yigʻish hamda monitoring natijalari boʻyicha hisobotni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Monitoring natijalari quyidagicha baholanadi:
▫️86 – 100 foiz — yaxshi natija (tartibga solish maqsadlariga yuqori darajada erishilgan);
▫️71 – 85 foiz — qoniqarli natija (tartibga solish maqsadlariga sezilarli darajada erishilgan);
▫️1 – 70 foiz — qoniqarsiz natija (tartibga solish maqsadlariga lozim darajada erishilmagan).

Vazirlik va idoralar har yili 1-fevralga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda tegishliligiga qarab “Ijro.gov.uz” va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimlari orqali Adliya vazirligiga taqdim etadi.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

29 Jan, 15:29


#XorazmMTRK

📽 MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH CHORA-TADBIRLARI

📌 PQ-1. 03.01.2025

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

29 Jan, 04:07


#Bilasizmi

🔖Huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.

📝 Bunda bevosita joylarga chiqqan holda, jinoyat sodir etilayotgan mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta'sir qilayotgan asl omillarni o'rganish hamda ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, manzilli profilaktika tizimini yo'lga qo'yishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi va hududiy «yo'l xaritalari»ga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Jan, 12:31


Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq so'nggi yangiliklardan xabardormisiz?

📑 2025-yil 13-yanvar kuni "Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagi holatlar natijasida tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarsa, ular qayta davlat ro'yxatidan o'tishda davlat bojidan ozod qilinadi:

1️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganda;

2️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tugatilganda;

3️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning chegaralari o'zgarganda;

4️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning bo'ysunuvi o'zgarganda.

🔅Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Jan, 11:16


#2025_yil_1_fevraldan

📣Qonunchilikka ko'ra:

🔹oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to'liq oila bo'lishi talabi bekor qilinadi;

🔹30 yoshga to'lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;

🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;

🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag'lar tarbiyalanuvchilar umumiy o'rta, o'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'lim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Jan, 10:10


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.02-24 «Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish» shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 331, 27.01.2025-y.) hisobga olindi.

Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashga oid talablarni belgilaydi.

Xususan, qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:

nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda ularga xizmat koʻrsatuvchi markazlarni binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi;

koʻchalardagi piyodalar yoʻlkalarida, yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylarining harakatlanish yoʻlaklarida, jamoat binolarida, koʻzi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazlarida hamda taʼlim tashkilotlarining ichki va tashqi harakatlanish yoʻlaklarida, shuningdek zinalar va panduslar oldida ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi kontrast rangli maxsus taktil yoʻl qoplamalari yotqizilishi;

nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning harakatlanish yoʻllarida toʻsiq boʻluvchi darchalar, aylanuvchi turniketlar va aylanma eshiklar kabi qurilmalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

chorrahalar ovozli-aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar oʻtish yoʻlagida boʻrttirilgan tasmalar (zebra), rezina panduslar, koʻcha modul toʻsiqlari, chorraha oʻrtasida xavfsizlik orolchasi hamda maxsus yoʻl belgilar boʻlishi;

piyodalar yoʻlkasi, trotuarlar va panduslarni qoplashda qoʻltiqtayoqli va oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradigan sochma va yirik tarkibli materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi, beton plitali qoplamalar tekis boʻlishi, plitalar orasidagi choklarning qalinligi 1,0 sm dan oshmasligi kabilar.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Jan, 06:07


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi (roʻyxat raqami 3603, 2025 yil 27-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur tartib bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash hamda tibbiy xizmatni tashkil etish bilan bogʻliq qoidalar belgilandi.

Davolash-profilaktika muassasalarida davolanuvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishda barcha smeta va buxgalteriya hujjatlarini yuritish bepul va pullik xizmatlar boʻyicha alohida olib boriladi.

Davolash-profilaktika muassasasida davolanuvchilarga pullik xizmatlar koʻrsatish ushbu maqsadlar uchun ajratilgan alohida boʻlimlarda (yoki ixtisoslashtirilgan pullik boʻlim palatalarida) amalga oshiriladi.

Tibbiy xizmatga toʻlovning eng koʻp qiymati davolash-profilaktika muassasasi tomonidan byudjet mablagʻlari hisobiga koʻrsatilayotgan aynan shunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Jan, 05:03


#bilasizmi

⚡️ Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olsangiz nafaqat imtihon topshirish, balki o‘qish xarajatlaringiz ham qoplab berilishidan xabardormisiz?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.

👫Ariza beruvchilar toifasi: imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar.

🏢Vakolatli organ: Yoshlar ishlari agentligi.

📝Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
- imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;
- maxsus sertifikat;
- o‘quv markazi va arizachi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bepul.

📆Eslatma: kompensatsiya to‘lovini olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida murojaat qilish lozim.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Jan, 04:03


#Huquqshunos_oshxonasi

Bojxona to’lovlari o’zgardimi?

Har bir fuqaro chet eldan qancha tilla-taqinchoq olib kira oladi? IMEI kodlarini ro’yxatdan o’tkazish nima beradi? Nechtagacha telefon olib kirish mumkin?

Shu kabi savollarga “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida javob oling.

Toʻliq video: 👉 https://youtu.be/P1mOXPs8G5Q?si=ay2Mg8Uzr2a_tze4

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

27 Jan, 12:35


#2025_yil_1_fevraldan

🔖Qonunchilikka muvofiq, 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo'lgan IT-park rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari) – O'zbekiston norezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i hamda foyda solig'ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

27 Jan, 11:23


#Ommaviy_sayyor_qabul

📣 Xorazm viloyatida respublika ishchi guruhi ishtirokidagi ommaviy sayyor qabullar doirasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabuli tashkil etildi.

◻️ Joriy yilning 21-24-yanvar kunlari Hazorasp, Shovot tumanlari hamda Urganch va Xiva shaharlarida viloyat adliya boshqarmasi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari, sektor rahbarlari hamda vazirlik va tashkilot rahbarlari tomonidan ommaviy sayyor qabullar bo`lib o`tdi.

Qabullar davomida, 18 ta murojaat joyida hal etildi, 28 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, o`rganish talab etiladigan 41 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

🔰 Sayyor qabullarda, fuqarolar kundalik hayotida uchrayotgan turli ijtimoiy, huquqiy masalalari – subsidiya, uy-joy, yer ajratish, ko‘chmas mulk, ta’lim, soliq hisoblanishidagi imtiyozlar, adliya tizimiga ishga kirish, bandlik, mehnat nizolari, meros, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq masalalari yuzasidan murojaat qilishdi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi, oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu tadbirlar doirasida “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida 70 dan ortiq tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

23 Jan, 11:45


#Bilasizmi

🏢 O'zbekistonda diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o'zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

📌 Davlat turli dinlarga e'tiqod qiladigan va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o'rtasida o'zaro murosa va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi.

✔️ Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

23 Jan, 04:20


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2025-yil 22-yanvardagi 29-son qarori bilan qonunchilik hujjatlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda, qonunosti hujjatlari zaruratga ko‘ra ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ekspertiza tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta'lim muassasalarining reyestrini yuritadi.

Ilmiy ekspertizada loyihaning nazariy va ilmiy asoslarga muvofiqligi, sohada mamlakatni rivojlantirish konsepsiya va strategiyalari, zamonaviy yondashuvlarga mosligi o‘rganiladi hamda loyihani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha loyiha ilmiy asoslanganligi, yetarli darajada ilmiy asoslanmaganligi yoki ilmiy asoslanmaganligi to‘g‘risida xulosa beriladi.

Ushbu xulosa loyihani Adliya vazirligi va qabul qiluvchi organlarga kiritishda ilova qilinishi shart.

Shuningdek, aholini oldindan xabardor qilish va jamoatchilik fikrini olish uchun vazirlik va idoralar o‘z ishlab chiqayotgan yoki ishlab chiqishni rejalashtirayotgan loyiha to‘g‘risida rasmiy veb-saytiga ma'lumot joylashtirib borishi shart. Ushbu ma'lumotda loyihaning mazmuni, taklif yuborish muddati va aloqa manzillari ko‘rsatiladi hamda kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalarini ham saytga yuklaydi.

Shu bilan birga, zarur hollarda bevosita manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar tashkil qilingan holda ko‘rib chiqiladi.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

22 Jan, 10:15


#Bilasizmi

📝Fuqarolar dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida tengdir.

🌐 Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e'tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi.

🚫 Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

22 Jan, 07:51


#XorazmMTRK

📽 “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

22 Jan, 07:51


#Adliya_xabari

“Ijro intizomi — samaradorlik omili”


📣 Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi ishtirokida Xorazm viloyat hokimligida “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomiga masʼul xodimlar, shuningdek, shahar va tuman hokimliklaridan masʼullar ishtirok etdi.

🔰 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorining mazmun-mohiyati va joriy etilgan tizimning alohida jihatlari haqida maʼlumot berildi.

Respublika ishchi guruhi vakillari ijro intizomini tartibga solishning huquqiy asoslari bilan bir qatorda, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali viloyatda nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi haqida toʻxtalib oʻtdi.

◽️ Ishtirokchilar faoliyati davomida joriy qilinayotgan yangiliklar, qiyinchilik tugʻdirayotgan baʼzi holatlar yuzasidan masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

🟢 Shuningdek, hududda tarmoqlararo ijro intizomini tashkil etishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

08 Jan, 12:00


#Adliya_xabari

🔰Elektr energiyasi uchun belgilangan ijtimoiy norma haqida bilasizmi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

08 Jan, 10:39


#8TV

📽 O`zboshimchallik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan mulk huquqlarini e'tirof etish haqida bilasizmi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

08 Jan, 06:34


#Adliya_aralashgach

📣 Xiva shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro O.U ning shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limidan ishlab kelayotgan davrida oylik ish haqlari kam hisoblanib kelinayotganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.

🔰 Fuqaroga oylik ish haqi past tarif koeffitsiyentdan hisoblanib kelinayotganligi hamda 2021-yildan o‘rganish kuniga qadar jami 114.743.646 so‘m ish haqlari kam hisoblanib to‘lanmasdan qolganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga to‘lanmasdan qolgan jami 114.743.646 so‘m miqdoridagi ish haqini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog`ot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, da’vo ariza qanoatnlantirildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

08 Jan, 05:55


#Adliya_tabrigi

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Sizlarni 8-yanvar - prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

08 Jan, 04:07


#Kun_tarixi

🗓 8-yanvar 1992-yil

Prezident Farmoni bilan Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Jan, 12:51


#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, respublikaning barcha hududlarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari (bolnichniy list) va boshqa tibbiy ma'lumotnomalar elektron shaklda beriladi.

🚫 Bunda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma'lumotnomalarni qog'oz shaklda talab qilish taqiqlangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Jan, 10:38


#Amal_qiling

🚌 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning o'ndan bir qismi (37 ming 500 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Jan, 09:28


#Amal_qiling

⚡️Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlarni pul mablag'larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog'liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Jan, 05:16


#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

🚫 Haydovchiga transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish taqiqlanadi.

⚠️ Bunda haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta'siridan yoki o'zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMining 25 baravari (9 mln 375 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Jan, 11:56


#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirishning shakllariga yo'naltirish va ularning hisobini yuritish tartibiga muvofiq hisobga olingan quyidagilar farzandlikka olinadi:

🔹ota-onasi vafot etgan;

🔹ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

🔹ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan;

🔹ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;

🔹ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bolalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Jan, 10:43


#Bilasizmi

📎Tugʻilganlikni qayd etish tartibi 60 soniya ichida

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Jan, 09:09


#Adliya_xabari

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Jan, 05:12


#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, muomalaga layoqatli O'zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga olish bo'yicha nomzod bo'lishi mumkin.

🔍 Nomzodlarni tanlash, kuzatib borish hamda monitoring qilish Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshiriladi.

📢 Vakolatli organ nomzodlardan ariza qabul qilguniga qadar ularga bolani tarbiyaga olish uchun talab etiladigan hujjatlar, shuningdek, ularga muqobil joylashtirish shakllari, ularning huquq va majburiyatlari, bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari, bolani oilaga olishning huquqiy oqibatlari to'g'risida axborot beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Dec, 06:07


#XorazmMTRK

📽 X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Xorazm viloyati bo‘limi faoliyati haqida videolavha.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Dec, 05:33


#2025_yil_1_yanvardan

🖥 Qonunchilikka muvofiq, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.

Bunda, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

27 Dec, 12:05


#2025_yil_1_yanvardan

🔖Qonunchilikka ko'ra:

▪️jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yurituv davrida prosessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko'rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

▪️jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;

▪️jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan prosessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyasiya instansiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko'rib chiqilishi tartibi belgilandi;

▪️tergov sudyalariga ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolati beriladi;

▪️tergov sudyalari tomonidan ko'rib chiqiladigan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko'rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

27 Dec, 09:41


#2025_yil_1_yanvardan

🖥 Qonunchilikka muvofiq, subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo'llab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini o'z ichiga olgan alohida reestr yuritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

27 Dec, 07:09


#Adliya_xabari

📣 "Milliynom.uz" platformasi yaratildi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

26 Dec, 12:40


Davlat xizmatlari orqali “O’z-o’zini band qilgan shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish" tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

26 Dec, 09:17


#2025_yil_1_yanvardan

✔️ Qonunchilikka muvofiq, ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarning reyestri yuritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

26 Dec, 07:55


#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi. 5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

26 Dec, 06:46


#2025_yil_1_yanvardan

Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari bo'yicha texnik nazorat xizmatini ko'rsatishga, tajriba tariqasida qurilish (ta'mirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida autsorsing asosida tadbirkorlarni jalb qilishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

25 Dec, 12:01


#2025_yil_1_yanvardan

⚡️ Qonunchilikka ko'ra:

▪️internet tarmog'ida tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;

▪️lotereya, internet tarmog'ida o'yinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiradi.

🗓 Shuningdek, 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmog'ida o'yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi:

🔸lotereya, internet tarmog'ida o'yinlarni tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar lotereya, internet tarmog'ida o'yinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan to'langan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4 foiz stavkasida aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilari hisoblanadi;

🔸jismoniy shaxslarning litsenziyalar asosida o'tkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmog'idagi o'yinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari daromad solig'i to'lashdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

25 Dec, 06:47


#XorazmMTRK

📽Tuproqqal'a tumani Sarimoy massivida "Ma'rifat va millatlararo bag`rikenglik" shiori ostida bo`lib o`tgan tadbirlar

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

25 Dec, 06:36


#Adliya_xabari

📣 Tuproqqal'a tumani Sarimoy massivida "Ma'rifat va millatlararo bag`rikenglik" shiori ostida "O`zbekiston - bag`rikeng diyor" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo`lib o`tdi.

🔰 Tadbirda, "Huquqiy avtobus" loyihasi doirasida sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Shiningdek, eng ommabop bo`lgan davlat xizmatlari turlari, undan foydalanish tartiblari, elektr energiyasini tejash bo`yicha tavsiyalar, muboqil energiya, quyosh panellaridan foydalanganlik uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlari va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

25 Dec, 05:18


#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

25 Dec, 04:13


Faoliyat turini o‘zgartirish endi yanada qulay:

Agar yuridik shaxsga aloqador boshqa o‘zgarishlar bo‘lmasa, faqat asosiy faoliyat turini o‘zgartirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Bunda:
▪️Hujjat talab qilinmaydi.
▪️Ma’lumotlar real vaqt rejimida avtomatik o‘zgaradi.
▪️Avval yuklangan hujjatlar reyestrda saqlanadi.
▪️Davlat boji belgilangan tartibda undiriladi.
▪️Arizangiz DХMga kelib tushmaydi, avtomatik yakunlanadi.

❗️Yangi qulaylikdan birdarcha.uz platformasi orqali foydalanish mumkin

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Dec, 10:17


#Konstitutsiya_sayli

📣 Xorazm viloyati Urganch shahridagi A.Temur istirohat bog`ida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bagʻishlangan “Konstitutsiya - erkin va faravon hayot garovi” shiori ostida Konstitutsiya sayli bo`lib o`tdi.

🔰 “Konstitutsiya - erkin va faravon hayot garovi”degan bosh gʻoya asosida Urganch shahrida “Konstitutsiya ko`chasi” tashkil etilib, unda:

🔹-“Adliya huquqiy marshi” bo`lib o`tdi.
🔹-Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullar tashkil etildi;
🔹-Advokatlari, Notarius, Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari, “Madad” burchaklari tashkil etilib, fuqarolarga maslahatlar berildi;
🔹 -FHDY boʻlimi tomonidan ayollar, xotin-qizlarga oila, nikoh, uni rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirishlar berildi;
🔹 -O`zАRXIVdan Konstitutsiyaning ilk qabul qilingani, tahrirlarning asl nusxasi, keyingi nusxasi va eng so’nggi Yangi Konstitutsiya variantidan “Konstitutsiya tarixi burchagi” tashkil etildi;
🔹 -“Konstitutsiya burchaklari” tashkil etilib, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan buklet va flayerlar tarqatildi;
🔹 -“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida sayyor davlat va bepul huquqiy xizmatlari ko`rsatildi.
🔹 -Turli xil kuiz savollar hamda huquqiy viktorinalar va bo`lib o`tdi.
Konstitutsiyaning mazmun-mohiyat va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishda faol ishtirok etgan OAV va jamoatchilik vakillariga esdalik sovg`alari topshirildi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Dec, 13:09


#Ochiq_muloqot

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi ishtirokida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida viloyatda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo`lib o`tdi.

🔰 Tadbir davomida NNTlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama markazida bo`ldi.

Shuningdek, quyidagi masalalarda o`zaro hamkorlikni kuchaytirish mahalalariga alohida e’tibor qaratildi.

- Davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirish;
- Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va gumanitar sohalarni rivojlantirishda NNTlarning salohiyatidan to‘laqonli foydalanish;
- Aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni hal etishda NNT larning rolini oshirish;
- Nikoh, oila va taraflarning majburiyatlari, ajrimlarni oldini olish;
- Aholiga sifatli bepul birlamchi yordam ko`rsatish;
- Aholi ayniqsa o`rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va OTMda huquq va majburiyatlari haqida bilimlarini oshirish;
- Ta’sirchan jamoatchilik nazorati olib borish uchun jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.

Ⓜ️ Tadbirdan maqsad, fuqarolik jamiyati institutlariga davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va gumanitar sohalarini rivojlantirishda ko‘maklashish, davlat vakillik organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikni yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Dec, 09:19


#Amal_qiling

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg'on axborotni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (37 mln 500 ming so'mgacha) jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, yolg'on axborot tarqatganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo'l qo'ysa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:

BHMning 200 baravarigacha (75 mln so'mgacha) miqdorda jarima;

300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yilgacha ozodlikni cheklash.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi
...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Dec, 06:30


❗️ Noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha kompozit davlat xizmati joriy qilindi

Endilikda yuridik shaxslar o'rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish, bu bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni rasmiylashtirish va huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar kompozit tarzda ko'rsatiladi.

Kompozit xizmat qanday ishlaydi?
📌 Yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali tuziladi.

📌 Bir vaqtning o‘zida barcha jarayonlar amalga oshiriladi:
Tuzilgan shartnomalar avtomatik ravishda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi.

📌 Shaxsni tasdiqlash oson va qulay
Arizachilarni identifikatsiya qilish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Ushbu jarayon Face-ID tizimi orqali amalga oshiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Dec, 04:13


#_Tabrik
#Mening_konstitutsiyam
#Konstitutsiya_kuni

📣 Xorazm viloyat yuridik texnikumi o'quvchisi tanlovning respublika bosqichi g'olibi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bagʻishlangan, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining tashabbusi bilan joriy yilning 5-dekabr kuni o'tkazilgan "Konstitutsiya bilimdoni" ko'rik-tanlovining respublika bosqichida texnikum o'quvchisi, adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori Jumaniyozova Nozima Muxtor qizi faxrli 1-o'rinni egalladi.

👏 N.Jumaniyozovaga kelgusi o'qish va ishlarida omad tilab qolamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

22 Nov, 13:45


#Diqqat_tanlov

⚡️“Huquq maktabi” tanlovida gʻolib boʻlib Iphone 16 Pro yutib oling!


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi!

❗️Diqqat: Adliya organlari va muassasalari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish

❗️Siz yaqin doʻstlaringiz va tanishlaringizni “Huquq maktabi” mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishingiz kerak. Buning uchun:
▫️ avval ilovadan roʻyxatdan oʻtish lozim.
▫️ roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng sizga alohida referal havola va maxsus kod taqdim etiladi.
▫️ushbu havola va maxsus kodni sms yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali doʻstlaringizga yuborasiz.
▫️ kamida 20 nafar doʻstlaringiz havola orqali maxsus kodni kiritgan holda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish
▫️ilovadan roʻyxatdan oʻting
▫️soʻngra ilova orqali turli kurslarda qatnashib, “Oltin sertifikat”ga ega boʻling.

✔️Gʻoliblarni aniqlash

5-dekabr kuni har bir yoʻnalish boʻyicha talablarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻolib aniqlanadi.

✔️Sovrinlar
▫️ 2 ta Iphone 16 Pro (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 tadan)

🗓 Tanlov muddati
Tanlov joriy yilning 4-dekabrigacha davom etadi.

📍Taqdirlash marosimi
Gʻoliblar 8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan taqdirlanadi.

⚠️ ESLATMA!
Bir shaxs ayni vaqda har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishi mumkin! Har ikkala yoʻnalishda qatnashgan ayni bir shaxs har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham gʻolib boʻlganida sovrinlarning 1 tasi beriladi, ikkinchi yoʻnalish uchun qayta tasodifiy tanlash oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

22 Nov, 11:55


#huquqiy_mahalla

📣 Xorazmda “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda


🔰 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda. Xorazm viloyatida ham bu boradagi ishlar avjida. Loyiha doirasida hududning Xiva tumani “Istiqlol” mahallasi tanlandi.

Adliya boshqarmasi jamoasi, ishchi guruh a’zolari mahalla hududida fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga kirishdi.

📊 Bugungi kunda mahalla aholisi 3350 dan ortiq, xonadonlar soni 635 tani tashkil etadi.

Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- aholini qiynayotgan muammolari uyma uy yurish orqali o'rganilmoqda (aholini qiynayotgan asosiy masalalar uy-joy, ko‘chmas mulkka egalikni belgilash, kadastr va qurilish, kommunal xizmatlar, meros masalasi, nogironlikni belgilash, pensiya va nafaqa olish, moddiy yordam masalalari, subsidiya, imtiyozli kredit olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, elektr energiyasi va ichimlik suvi tarmog‘idagi uzilishlar bilan bog‘liq);
- “Huquqiy avtobus” loyihasi dorasida huquqiy va sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda;
- Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan huquqiy savolnoma ham o‘tkazilmoqda;
- mahalla binosida 24/7 rejimida onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan interaktiv kiosk o‘rnatilib, fuqarolarga davlat xizmatlaridan infokiosk orqali foydalanish tartibi tushuntirildi.

✔️ Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolarini savolnoma asosida manzilli o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Nov, 11:20


#Bilasizmi

🔰 O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari – bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

🇺🇿 Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.

❗️ O'zbekiston fuqarolari, shuningdek O'zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog'ini hurmat qilishlari shart.

⚠️ Davlat ramzlarining himoyasini ta'minlash maqsadida ularga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Nov, 07:29


#Bilasizmi

Bayroq soat nechada ko‘tariladi?


Batafsil 👉 videorolikda

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Nov, 05:39


#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov❗️

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Nov, 04:27


#Sana

🇺🇿18-noyabr — “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Adliya vazirligi barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

15 Nov, 04:25


#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ov qilish yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo'qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning belgilangan tartibini yoki shartlarini, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish:

Qizil kitobga kiritilgan hayvonot dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo'lsa:

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (136 mln so'mdan 204 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

14 Nov, 09:35


🔔 Yangi xizmat: Nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma olish imkoniyati ishga tushirildi!🆕

🏛 Endi siz Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligingiz haqida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

Ushbu xizmat quyidagi toifadagi foydalanuvchilar uchun amal qiladi:
- Yoshga doir nafaqasi mavjud shaxslar;
- Nogironlik nafaqasi mavjud shaxslar;
- Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi mavjud shaxslar;
- 18 yoshgacha bolalikdan nogironlik nafaqasi mavjud shaxslar;
- Parvarishlash nafaqasi mavjud shaxslar;
- 18 yoshga to‘lmagan OITSga chalingan shaxslar nafaqasi;
- Bolalikdan nogiron bo‘lgan farzandi bor onalarga yoshga doir nafaqa;
- Yakka yolg‘iz shaxs nafaqasi.

Mazkur maʼlumotnoma avtomatik ravishda shakllantiriladi va jarayonni yanada qulay qiladi. Yangi xizmat orqali tez va oson maʼlumot olish imkoniyatidan foydalaning!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

14 Nov, 05:31


#Özbekiston24

📽 Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

14 Nov, 04:14


#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

13 Nov, 10:47


#Yoshlar_va_adliya

📣 Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga murosasizlik tuygʻusini shakllantirish, shu jumladan, yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida Xorazm viloyatidagi barcha tuman (shahar)larda o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning birinchi bosqichida yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

08 Nov, 07:17


#Amal_qiling

❗️Haydovchilarning yuk avtomobillarida yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o'tish joylaridan yurishi BHMning 1/2 qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikni takroran sodir etsa:

BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

08 Nov, 04:22


#XorazmMTRK

📽 Xorazm viloyatida "IDROK" intellektual o'yinining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Nov, 12:18


#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov❗️

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Nov, 06:13


#Davlat_xizmatlari

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi.

🔰Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma'lumotlarni bir joyda olishlari mumkin:

tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma'lumotlari;
soliq hisobotlari va ma'lumotlari;
lisenziya va intellektual mulk ma'lumotlari;
ko'chmas mulk ma'lumotlari;
bandlik va YHXX ma'lumotlari;
taqiqlar va IT park ma'lumotlari;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma'lumotlari;
qimmatli qog'ozlarning markaziy depozitariysi ma'lumotlari.

❗️Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga tezda ega bo'ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Nov, 05:12


#XorazmMTRK

📽 “Havasli to‘ylarmi yoki mustahkam oila?” mavzusidagi lavha.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

07 Nov, 04:16


#Amal_qiling

Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Nov, 12:47


#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Nov, 11:19


#XorazmMTRK

📽 “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Nov, 09:38


Firma nomini Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida “Milliynom.uz” platformasi yaratilgan.

Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish: 👉https://www.milliynom.uz

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

06 Nov, 04:55


#XorazmMTRK

📽 “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi amalda

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

05 Nov, 05:01


📣 "IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!

🔰 Xorazm viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 4-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikum o'quvchilari o'rtasida tashkil etilgan "IDROK" intellektual o'yinining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi.

Intellektual o'yinda "Yustitsiya", "Xorazm", "Wisdom", "Idrok", "Adolat", "Feniks", "Astron", "Senator"  va "Oligarx" jamoalari o'zaro kuch sinashdi.

🗣 O‘yin 3 ta turdan tashkil topib, har bir tur qiziqarli, umumiy va huquqiy sohaga oid 9 ta savoldan iborat bo‘ldi.

👩🏻‍💻 Intellektual o‘yin adliya organi, yuridik texnikum va jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan 5 kishilik hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.

🏆 Natijalarga asosan "Astron" jamoasi g'olib bo'ldi va respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

👍 "Astron" jamoasiga respublika bosqichida omad tilaymiz!

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

29 Oct, 12:31


#XorazmMTRK

📽 "Kambag`allikdan faravonlik sari" Dasturining mazmun-mohiyati

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

29 Oct, 11:22


#2024_yil_1_noyabrdan

📜 Qonunchilikka ko'ra, barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog'lig'iga yuqori xavf soluvchi omillar reestri joriy qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

29 Oct, 06:24


#Adliya_aralashgach

📣 Gurlan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro A.K ning tuman tibbiyot birlashmasida ishlab kelayotgan davrida oylik ish haqlari past tarif koeffitsentidan hisoblanib kelinayotganligi va buning natijasida to‘lanmasdan qolgan ish haqlarini undirib berishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

🔰 O‘rganishda, bo‘lim tomonidan fuqaro A.Kga 2021-yildan o‘rganish kuniga qadar jami 89.228.073 so‘m ish haqlari kam hisoblanib to‘lanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqaroga to‘lanmasdan turgan jami 89.228.073 so‘m miqdoridagi ish haqini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, to‘lanmasdan turgan pul mablag‘ini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinishi ta`minlandi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

29 Oct, 05:11


#Huquqiy_aksiya

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak” aksiyasi bo`lib o`tdi.

🔰 Aksiya doirasida Probatsiya nazoratida turgan shaxslarning muammolarini o`rganish va ularni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar, “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkalari hamda huquqiy targ`ibot tadbirlari tashkil etildi.

Shuningdek, sayyor qabullar davomida ushbu toifadagi shaxslarga oid qonunchilikdagi boshqa yangiliklar, ularga berilgan imtiyozlar haqida, my.gov.uz” “yurxizmat.uz”, “advice.uz portallaridan foydalanish tartibi va bepul ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari haqida tushuntirishlar berildi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

29 Oct, 04:07


#Adliya_sarhisob

70 yoshli oʻquvchidan TOP-500 talikkacha:
yuridik taʼlimning 2024-yil 9 oylikdagi asosiy koʻrsatkichlari

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Oct, 12:13


#Muhim

Giyohvandlikdan qanday tuzalish mumkin? Shifokor bilan suhbat


Giyohvandlik qanday kasallik, uni uy sharoitida davolash mumkinmi, “o‘tirib qolish” qancha davom etadi, undan davolanish uchun nega maqbul fursat qachon, an’anaviy narkotik moddalarga qaraganda zamonaviy “tabletka”lar xavfsiz, ulardan qutulish osonmi, nima uchun yoshlar bu kasallikka moyil bo‘lmoqda, giyohvand moddalar bevosita ichki organlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, bemorlar qanday davolanadi? Shu va shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Furqat Bahromov javob berdi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/B4eEYm7FL54

📌 Kanalga ulanish

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Oct, 07:29


#2024_yil_1_noyabrdan

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, Prezident qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so'mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo'yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o'z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so'mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

✔️Shuningdek, davlat dasturlari asosida kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Oct, 06:23


#Adliya_sarhisob

Qaysi hududda eng koʻp hokim qarorlari qabul qilingan?

Navbatdagi infografikada 👉 mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari statistikasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

28 Oct, 04:10


#seminar

📣 FHDY organlari xodimlari bilan seminar o'tkazildi

Viloyat ma'muriy sudi va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlari uchun seminar mashg'uloti o'tkazildi.

🔰 Unda asosiy mavzu FHDY organi faoliyatiga doir qonun va qonunosti hujjatlarning to'g'ri qo'llanilishini ta'minlash bo'ldi.

Seminarda viloyat ma'muriy sudi raisi J.Sultanova va sudya S.Allaberganovlar ma'ruza qilib, soha vakillarining harakatlari (harakatsizligi) bo'yicha ko'rilgan ommaviy nizolarning kelib chiqish sabablariga to'xtalishdi.
Nizolarning oldini olishda tizimga doir qonunchilikka to'liq rioya qilish zarurligi bildirildi. Adliya va FHDY organi xodimlarining mavzu yuzasidan fikrlari hamda takliflari eshitildi.

📊 Ma'lumot o'rnida, birinchi instansiya sudida 2024-yilning 9 oyida FHDY organlarining 2 ta qarorlari haqiqiy emas deb va mansabdor shaxslarning harakati (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.

Seminar yakunida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va fuqarolar ovoragarchiligining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

19 Oct, 10:15


#Imkon_loyihasi

⚡️Bugun, 19-oktabr kuni “Matonat” filmini YouTube’da tomosha qiling!

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Vaqti: 18:00

Oʻtkazib yubormang 👉 https://youtu.be/oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

19 Oct, 05:09


#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

Qonunchilikka ko'ra, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.

🚫 Shuningdek, turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

mexanik transport vositalarini boshqarishni o'rgatish;
dvigateli ishlab turgan holda to'xtab turish;
ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo'l belgilari va (yoki) yo'l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to'xtab turishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Oct, 13:35


#XorazmMTRK

📽 "Kambag`allikdan faravonlik sari" Dasturining mazmun-mohiyati

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Oct, 12:01


#Adliya_nazorat

Davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelib tushgan arizalarni asossiz ravishda rad etgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Batafsil...

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Oct, 10:16


#8TV
#Saylov_2024

📽Deputatlik o`rinlarini taqsimlash tartibini bilasizmi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Oct, 09:46


#Davlat_xizmatlari

🔰 Qonunchilikka ko'ra,Davlat xizmatlari markazlari va YAgona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali "doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tib yashovchilar to'g'risida ma'lumotnoma olish va uni to'g'rilash" kabi davlat xizmatini ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

🚫 Uyingizda kimlar ro'yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga vaqt yo'qotib va ovora bo'lib borish shart emas.

Buning uchun, my.gov.uz saytiga kirib, "SHaxsiy kabinet"ga o'tish va "Fuqarolik" bo'limini tanlash, so'ng “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro'yxatini to'g'rilatish uchun so'rov yuborish” tugmasini bosish kerak.

🌐Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro'yxatga olinganini aniqlasangiz, shu joyning o'zidayoq o'chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Oct, 09:07


#Adliya_yoshlar
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣 Adliya organlariga biriktirilgan mahallalarda yashovchi yoshlar, otaliqqa olingan maktab o`quvchi-yoshlar uchun Hazorasp tuman adliya bo`limida “Ochiq eshiklar kunlari” tashkil etildi.

🔰 Yoshlarni adliya organlariga tashrifi davomida, adliya bo`limlarida yaratilgan imkoniyatlar, ular tomonidan fuqarolarga ko`rsatiladigan huquqiy va davlat xizmatlari faoliyati yuzasidan yaqindan tanishtirildi hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlari bo`yicha tushuntirishlar berildi.

Bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad, yoshlar o`rtasida huqubuzarliklarni oldini olish, vatanparvarlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, yuqori intellektual salohiyati va ijodkorligini yuzaga chiqarish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat.

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

18 Oct, 08:56


#8TV
#Saylov_2024

📽 Bu yilgi saylovlar uchun yangi www.saylov2024.uz - flatformasi ishga tushirildi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

17 Oct, 12:02


Kambag‘allikdan farovonlik sari

📣 Davlatimiz rahbarining 23.09.2024 yildagi PF-143-sonli Farmoni va PQ-330-sonli Qaroriga muvofiq “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi bo‘yicha hududlarda “Mahalla yettiligi” va mas’ul tashkilotlar hamda kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlar uchun Urganch shahar, Bog`ot, Gurlan, Qo`shko`pir, Shovot va Urganch tumanlarida o`quv-seminarlar o`tkazildi.

🔰 Seminarda Adliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mahallalar uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tijorat banklarining mas’ul xodimlari ma’ruza bilan ishtirok etib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining mazmun-mohiyati tushuntirildi va bu bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan masalalar muhokama etildi

Tadbirda ishtirok etganlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va amaliyotdagi muammolar yuzasidan ma’ruzachilarga savollar berib zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Tadbirlar reja-grafik asosida barcha hududlarda davom etmoqda.