Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya— taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyatni rivojlantirish va adolatni taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega. Aytish joizki, korrupsiya davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimini buzib, fuqarolarning huquqlarini poymol qiladi. Bu illatga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir.
Xodimlar o‘rtasida xususan yosh mutaxassislar o‘rtasida qonunchilikni hamda tartib-intizomni mustahkamlash, ularda antikorrupsion immunitet shakllantirish maqsadida arxivda faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda barcha arxiv xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga doir tavsiyalar berildi, tadbir so‘ngida savollarga javoblar ham berildi.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube