Hozirda biz, ayniqsa, ta’lim sohasi vakillari "Z" va "Alfa" avlodlari bilan ishlamoqdamiz.
Masalan, shaxsan men ular bilan til topishishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdaman. Ularni nimalargadir qiziqtirib olish qiyin kechmoqda.
Mening nazarimda ular hech narsaga qiziqmaydigan, kelajagi uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlarni olishga ham erinadigan, faqatgina o‘yin-kulgiga mukkasidan ketgandek go‘yo.
Lekin mening bu qarashim mutlaqo noto‘g‘ri. Chunki, menda hozir "Z" va "Alfa" avlod bilan ishlash ko‘nikmasi yo‘q. Shuning uchun ham mana shunday o‘ylayotgan bo‘lsam kerak.
Xullas, endi hammamiz, ayniqsa ta’lim sohasi vakillari mana shu avlod vakillari bilan ishlash ilmini o‘rganib olishimiz kerak.
@u_pulatoff