O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR @utkirbek_muhammadsobir Channel on Telegram

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

@utkirbek_muhammadsobir


O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR (Uzbek)

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal o‘zbek yozuvchi va shoir O‘tkirbek Muhammad Sobirning ijodiy yaratmishlariga bag‘ishlangan. O‘tkirbek Muhammad Sobir - bu yozuvchilar va adiblar jamiyatida oziga xos o‘rni tutgan shaxs. U yozuvchilik san‘ati bilan taniqli, sherlari va hikoyalariga mamlakatimizda katta e'tibor qilinadi. Kanalimizda O‘tkirbek Muhammad Sobirning asarlari, intervyulari va shoirning hayoti bilan bog‘liq xabarlar va yangiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, O‘tkirbek Muhammad Sobirning so‘zlariga ega bo‘lgan saqlangan video va audiolavhalar sizning ma’naviyat va ruhingizni o‘zi bilan o‘z ichiga oladi. Ushbu kanal orqali O‘tkirbek Muhammad Sobirning genial ijodiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda kanalimizga obuna bo‘ling va uning o‘zidan batafsil bilib oling!

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

17 Feb, 05:41


#yangisi

Yuzim oydin,
Ko‘zim oydin,
So'zim oydin:

Oy Madinam,
Yo Madinam,
Senga yurdim.

Ruhda huzur,
Jonda surur,
Ko‘ngilda nur...

Zavqim toshib,
Nafsim oshib,
Qalbim ochib...

Men g‘arib qul,
Tortar nuqul
Ishqi Rasul...

Yashil gumbaz,
Chorlab, qo‘ymas,
Yurak to‘ymas...

Naqshi baxtim,
Cho‘kmas taxtim,
So‘nmas ahdim,

Sadoqat-la,
Saodat-la,
Salovat-la

Oy Madinam,
Yo Madinam,
Senga yurdim.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

09 Feb, 06:16


#yangisi

Ой мусулмон, Қуёш мусулмон,
Ер мусулмон, осмон мусулмон,
Он мусулмон, замон мусулмон,
Фақат инсон қайсар негадир?

Тоғ виқори Аллоҳу Акбар,
Субҳаналлоҳ ҳар ёнда сарвар,
Сано сочган заминга заргар,
Фақат инсон қайсар негадир?

Муножотда йиғлагуси най,
Қамиш найга айланмиш атай,
Зикри узра тинмас лафзи Ҳай,
Фақат инсон қайсар негадир?

Ҳар ўлимда қиёмат бошлар,
Ҳар қабрда кичик бир маҳшар,
Тупроқ ичра тан ёниб-қақшар,
Фақат инсон қайсар негадир?

Ғор оғзида пойлайди Қитмир,
Тиғ бўғзида қўчқору сигир,
Жаннат учун туя ҳам дилгир,
Фақат инсон қайсар негадир?

Дўзах юлар ҳар куни юзин,
Фарёд урар қамчилаб ўзин,
Ёқар уни бир жуббул ҳузн,
Фақат инсон қайсар негадир?

Замин қанча зўрларни ютди,
Замон умру ёшин унутди,
Дунё қариб, асолар тутди...
Фақат инсон қайсар негадир?

Ўткирбек Муҳаммад Собир

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

05 Feb, 06:50


#yangisi

Butun odamzotdan umiding tugab,
Xudoga qaytasan, bechora, abgor.
Alloh qaytishingni bilishi bor gap,
O‘zing ham bilgaysan kelishing takror.

Ne uchun ilk boshda demaysan Robbim,
Oldin Xoliqingga kelmaysan, nodon.
Bosh egib borganing o‘sha maxluq kim —
O‘zingdek umidi tugagan inson.

Izoh: bir hikmatli gap qofiyaga tushdi.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

23 Jan, 15:38


#yangisi

Бир чақимчи келди оғзи гупуриб,
Пичирлаб тинмасди гапинг гапириб,
Гул узатиб, дедим, юрагим эриб:
Сен уни эслатдинг, бунча яхшисан.

Бири ғийбатингга тушди ҳовлиқиб,
Қулоғимни еди бошимга чиқиб,
Ўпиб оёғини, дедим орзиқиб:
Сен уни эслатдинг, бунча яхшисан.

Туҳматинг сўзлади туҳмат моҳири,
Кўзларимда эди кўзларин қири,
Қароғларин силаб, дедим, охири:
Сен уни эслатдинг, бунча яхшисан.

Етти пуштинггача сўкканди бир кас,
Уриб ер тишлатдим, муштладим бирпас,
Сўнгра кечир, дедим, исми қилди маст,
Сен уни эслатдинг, бунча яхшисан.

Ёлғонлар тўқиди сен ҳақда биров,
Овга тушда ўзи, қилмоқчийди ов,
Дедим, у менингдир, кимга эса ёв,
Сен уни эслатдинг, бунча яхшисан.

Устингдан кулганнинг устидан кулдим,
Йиғлагунча кулдим, девона бўлдим,
Дедим, еру кўкнинг ичига тўлдим,
Сен уни эслатдинг, бунча яхшисан.

Кимдир айбситди ахтариб киринг,
Сендан-да сир тутдим ҳар битта сиринг,
Билмайсан-да... дедим, айлаб хотиринг,
Сен уни эслатдинг, бунча яхшисан.

Сен-чи... келмасликка ичдингми қасам?
Келсанг... бир ётирқаб кулиб қарасам,
Десам, сўзламоққа агар ярасам:
Сен сени эслатдинг, бунча яхшисан!

Ўткирбек Муҳаммад Собир

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

15 Jan, 04:36


Biz ota-bobolarimiz bilan maqtanib yurishdan uyog‘iga qachon o'tamiz, bilmadim.

Turkiyalik muhandis Saljuq Bayroqdor zamonaviy bir texnikaga Farg'oniy nomini berib ko‘kka uchirdi. Navbatdagisining nomi Ulug'bek bo‘larkan.

Istanbulga borib ko‘zim bilan ko‘rib kelsammikin? Va she'r yozsam-a...

Istanbulga borsam bu safar,
Farg'oniyni ko‘rib qaytaman.
Nega kelding deb qolsa agar,
Men dardimni kimga aytaman...


O‘tkirbek Muhammad Sobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

09 Jan, 08:03


#yangisi

Naflning nafi oz deb
Noz qilarmish Erkavoy.
Sunnatning ham haqqin yeb,
Oz qilarmish Erkavoy.
Nafl, sunnat yo‘q joydan
Farz qochishin bilmasmish,
Ammo bid‘atni hadeb
Soz qilarmish Erkavoy.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

07 Jan, 14:30


#yangisi

...ва яна етмиш йил яшасам ёниб,
шам бўйи қоларканман.
Сизни кулдириш-чун менинг кўзларим
нам бўйи қоларканман.

Худога ёлвориб сўрасам сизни,
Қуръон варағига ўрасам сизни,
Нима деб илтижо этсам, сўзларим
кам бўйи қоларканман.

Ё лаънат ўқисам... раҳматга дўнса...
Яхшилик тиласам... заҳматга дўнса...
Уфф, ҳар нима бўлса, юрагим ярим,
Ғам бўйи қоларканман.

Сиздан ўтганда ҳам узрхоҳ менман,
Мен шундай ишқидан юраги кенгман,
Бошим эгавериб, эгганим сарим,
хам бўйи қоларканман.

Келманг (бу аниққа ўхшаб бормоқда),
Қайтиш уят бўлган бу янги чоғда.
Хаёлингиз билан, Аллоҳи Карим,
жам бўйи қоларканман.

Ўткирбек Муҳаммад Собир

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

04 Jan, 14:27


#yangisi

MUSULMON

Qiblamiz bitta-yu, qalbimiz boshqa,
Farzimiz boshqamas, qarzimiz boshqa.
Xo‘mrayib yotardik qiyomatgacha,
Shukr, hammamizning qabrimiz boshqa.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

21 Dec, 02:58


Oh, baldayi Madinam,
Mohjamolim, qumsadim... 😢😢😢

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

19 Dec, 14:51


Bilmagan bilmas ekan

🎙️ Javohir Kamoliddinov o’qidi

Muallif:
O’tkirbek Muhammadsobir

Javohir | Farg’oniy

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

18 Dec, 18:33


#yangisi

Sizga gunoh yuklash naqadar oson,
Naqadar yengildir aybdor etish.
Oyoq osti yersiz, biz esa osmon —
Shunchalar bemalol, halol xor etish.

Demaymiz bandadir, bo‘lmas xatosiz,
Tavbangiz bilmaymiz, Odam Atosiz,
O‘lib ketmagansiz, tiriksiz to siz,
Oson nafsingizga do‘st-u yor etish.

Tabassumlar qiling, iljayish bo‘lgay,
Nasihat ilining, zo‘r koyish bo‘lgay,
Sizga lahad ichra osoyish bo‘lgay,
Ungacha haromdir baxtiyor etish.

Topsangiz havas yo‘q, yo‘qotsangiz xush,
Bir navi o‘tsa bas kundalik turmush,
Bilmayin yaxshiroq ko‘rib qo‘ymang tush,
Mushkuldir ta‘birin gulbahor etish.

Salomga qo‘l cho‘zing, qarz uchun deymiz,
Bazo'r aligimiz farz uchun deymiz,
Gar eshik qoqsangiz, arz uchun deymiz,
Bizga oson axir sababkor etish.

Serquyosh yozingiz — bizning qishimiz,
Asal yalasangiz, singay tishimiz,
Jonimiz chiqquncha qilar ishimiz:
Sizga bu olamni tor-u dor etish.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

16 Dec, 18:12


#yangisi

Yaxshilik qilsang hanuz,
Bilmagan bilmas ekan.
Joningdan bir parcha uz,
Bilmagan bilmas ekan.

Otam degin, og‘am de,
Singlim degin, onam de,
Bolang o‘rni bolam de,
Bilmagan bilmas ekan.

Og‘zingdagi oshing tut,
Tuproq yala, qonlar yut,
Uni deb o‘zni unut,
Bilmagan bilmas ekan.

Qo‘l uzat deb yolvorar,
Bosh silasang, bosh yorar,
Shunga yuraging yonar,
Bilmagan bilmas ekan.

Tiklaysan tirgak bo‘lib,
Xatardan sergak bo‘lib,
Qolarsan ermak bo‘lib,
Bilmagan bilmas ekan.

Gul sochasan poyiga,
Qand solasan choyiga,
Suv ochasan soyiga,
Bilmagan bilmas ekan.

Xo‘plaringga yo‘q qaytar,
Murosangga do'q qaytar,
Nigohidan o‘q qaytar,
Bilmagan bilmas ekan.

Esdan chiqar o‘tmishi,
O'tsa qahraton qishi,
Kuyib ketasan kishi,
Bilmagan bilmas ekan.

Yaxshilik qil, suvga ot,
Bilsaydi baliq, hayhot,
O‘zi bilsin Xoliq Zot,
Bilmagan bilmas ekan.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

16 Dec, 16:50


#yangisi

Vujudimda "A" dan tortib,
Vitaminlar hammasi soz.
Bitta dardim turar bo‘rtib,
Faqat "M" si yetmas xolos.

Bu ruhimning ozuqasi,
Shu yetmaydi kaminada.
Ko‘p gapirmay, so'z qisqasi:
"M" vitamin Madinada.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

12 Dec, 17:10


#yangisi

Bir huzur ko‘rsating
Uzrsiz bo'lsin,
Kamchiliksiz bo'lsin,
Qusursiz bo'lsin...

Hech kimga yalinish,
yolvorishlarsiz,
Faqat huzur bo'lsin,
Va faqat o'zim.
O‘ylar ham bezovta qilmasin aslo,
Shivirlay huzur deb suzilib ko‘zim.

Og‘ir eshiklarni qoqmay javdirab,
Javobsiz salomlar ketmasin bekor.
Yurak yig'layotir bir huzursirab,
Men huzurga oshiq,
Men huzurga zor.

Gullari so‘lmasin kuz ham, ayoz ham,
Hatto qish bo‘lmasin, ketmasin bahor.
Ko‘pdan ko‘p ko‘rinsin har qancha oz ham,
Men shunday huzurga gadoy xaridor.

Tishlarim g‘ichirlab, tugilmasin musht,
Mazlum ham bo‘lmayin, zolim-da bo‘lmay.
Xudoyo, shundayin huzurni ko‘rsat,
Shunaqa huzurni ko‘rmasdan o‘lmay.

Odam Atogacha surishtirmayin
Kimning xatosi deb yo‘q bir xatoni.
Achchiq yig‘layveray yig‘lagan sayin,
Shunday huzur bilan siylang gadoni.

Do'st izlab izg‘imay sotqin dunyoda —
Yondirsa yonmasin yuragim nuqul.
Oygacha boraman hatto piyoda,
O'sha taraflarda bor bo'lsa huzur.

Bir huzur ko‘rsating
Nurdan-da nurli,
Ko‘z yoshi zamzamdan zilolroq bo'lsin.
Yo‘li uzun bo'lsin — bir umrga teng,
Yo‘li ochiq bo'lsin, yo‘li oq bo'lsin.

Bir huzur topsangiz, alamsiz, dardsiz,
Topsangiz g'aribdan barcha g‘am ketar.
Topa olmasangiz gulsiz, suratsiz
Bir kaaatta joynamoz bersangiz yetar.

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

12 Dec, 09:47


#yangisi

Gul hidin sochardi kaftlarim ichi,
Chechak o'g'risiga chiqdim nogahon.
Voh, attang atrofda hech bitta kishi
Balki u bog‘bon deb qilmadi gumon.

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

12 Dec, 08:39


#yangisi

Azon da‘vatiga chopmaydi juhud,
Nasroniy hayitda so‘ymaydi qo‘chqor.
Ro‘zani kutmagay intizor yoxud
Laylatul qadrda bo'lmagay bedor.

Archa bayramiga bo‘lmasam mahtal,
Qorqizga she‘rlarim aytmasam burro.
Yangi yil oqshomi uxlasam agar,
Ranjimasa kerak mendan qorbobo.

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

11 Dec, 12:11


#yangisi

To‘yga chaqirildi bir oqshom xachir,
Ammo sevinmadi, kulmadi aslo.
Hamrohi so'radi, nedir bu axir,
Nega shod emasman, nima muammo?

Xo'rsiniq ichida so'z aytdi abgor,
Ko‘zlarin ichiga sanchilgan o‘yda:
Meni eslamaslar bekordan bekor,
Yo o‘tin va yo suv tugagan to'yda.

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

09 Dec, 15:22


#yangisi

G‘azo hijrat istar — Madina bormi?
Yetimlar zor, mustar — Najoshiy xormi?
Itlar izg‘uvidan bezib ketdi jon,
Arslonlar inida, shuncha bekormi?..

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

02 Dec, 04:15


O'zini yaxshi kitobxon sanab yurgan yoshlar, "Gonoluluga elchi"ni o‘qidingizmi?

O‘qigan bo‘lsangiz, yutuqlar muborak. Aksi bo'lsa, tezroq qo‘lga oling. Xohlasangiz shoshilib, xohlasangiz shoshilmay varaqlang. Baribir, mazza. Nimasi mazza aytaymi?

Shahar yemakxonalarida dunyoning ming turli, ta‘mi ham turidek turfa, nomi quloqqa og'ir taomlaridan odam qachondir zerikadi, to'g'rimi?

Lekin anjanlik devzira oshdan, toshkanlik norindan, surxonlik tandirdan har kuni yesa ham yutinib turaveradi.

Bu kitobning oshqozoniy qiyosi shu. O'zimizning asar, har sahifasidan yo bir o'zbek, yo bir o'zbekcha xarakter chiqib kelaveradigan asar; yo o'zbekka o'xshamaydigan o‘zbek xunuk iljayib turadigan asar.

Qisqasi, o'qing. Tarjimalardan ko‘plar noliydi, to‘g‘ri noliydi. Ba'zilarga esa chet elning xo‘rozqandi shirin ko'rinadi.

Ammo manavi o'zimizning xo‘rozqand ham qip-qizil, ham shakar o'rniga asalga qorilgan.

E, siz bir o'qing, xullas...

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

29 Nov, 10:55


#yangisi

Nafsim qamchi etdi uzun tilimni,
Qonlarmas, qip-qizil yolg‘on sachradi.
Charsillatib urdim yetti iqlimni,
Samo bir silkindi, yer bir sakradi.

Shunda ham tik turdim zamin ustida,
Bosib qolgani yo'q shunda ham osmon.
Makkor tulki edim qo‘yning po‘stida,
Aldab yashamoqlik naqadar oson!

Bahonam bor edi umrimdek uzun:
Ayyorga ayyorman, xoinga xoin.
Falsafam burnimga qo'ygandi ustun:
Yolg‘on to'ldiradi yolg‘onning joyin.

Qilich o‘ynatsalar, yurak oldirmay,
Boshimni kundaga qo‘ysam netardi?
Vijdon so‘rog‘ida jonni toldirmay,
Ol derdim, mardona o‘lib ketardi.

Bir marta yolg‘onmi, bir marta yolg‘on —
Ming marta pushayman, ming marta azob.
Yarim marta bo‘lsin, bo‘lsin chalajon,
Kazzobsan, kazzobsan, kazzobsan, kazzob!

O‘sha bir o‘trikka ming tavba, Robbim,
O'sha qo‘rqoqlikka jasorat tushsin.
Yolg‘on hazilga ham qolmadi tobim,
Har aytgan so'zimga sadoqat tushsin...

O‘tkirbek Muhammad Sobir

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

28 Nov, 13:20


Ushbu she‘rning eng yaxshi tahliliga mendan 2 kitob. 😊

Ҳамма иштирокчиларга кўп раҳмат. Якшанбани кутишга ҳожат қолмади. Ажойиб таҳлиллар олдик, ҳатто улар орасида шеърий назиралар ҳам бор.

Саҳифани кузатаётганингиз бир хурсанд қилган бўлса, фикр билдирганингиз икки карра мамнун этди.

Таҳлиллар бир-биридан ўзаман дейди. Илмий жиҳатдан ёндашганлар ҳам кўп экан. Табассум югуртиргани, сунъий ақлни-да ишга солган шоввозлар чиқди. Барибир, яхши-да, эътиборли эканини кўрсатган.

Фақат бир нарса бор, шунга ҳушёр бўласизлар. Бир-икки кузатувчилар эрталаб ризқи учун турадиганларни мутлақ ёмонга чиқарганлар. Шошилмаслик керак.

Бундан ҳам муҳими, таҳлилларнинг баъзиларини устозларимиздан бири кўрдилар ва ачиндилар. Шеърда ризқ маъносини моддий тушунганмиз. Янги тонг ризқ, умр ризқ, илм ризқ ва бошқа маънавий неъматлар ризқ эканини эътиборга олмаганмиз. Кейинги сафарлар чуқурроқ тақдим ва талқинга ҳаракат қилсак, иншааллоҳ, аввало ўзимизга манфаат беради.

"Сурприз"га келсак, кимгалигини фақат ўзига билдираман, бошқаларга бу маънода хат бормаса, узримизни қабул қилсинлар.

Китоблар: "Гонолулуга элчи" ва "Узоқ тузоқлар".

Ҳаммангизга такроран кўп раҳмат.

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

28 Nov, 13:05


#yangisi

Shafaq

Tonglar otar moviymi, qizil,
Uyg‘onadi fikrati qora.
Rizqim deya yuguradi zil,
Berganini olgay bechora.

Tonglar otar qizilmi, moviy,
Uyg‘onadi kundan burunroq.
Razzoqiga so‘z der samoviy,
Kaftin o‘pib peshonasi oq.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

25 Nov, 08:09


Mening dardlarim masjid hovlisiga tashlab ketilgan bolaga o'xshaydi... Yolg‘iz, nochor, ammo Allohga yaqin...

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

22 Nov, 18:12


#yangisi

Uch taloq qilganim nafsimni qo‘msab,
Ko'zlardan panada halola qildim.
Pushaymon nikohni o'qigan shayton,
Men seni Xudoga havola qildim...

O‘tkirbek Muhammad Sobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

19 Nov, 11:03


Sen meni shunchaki yaratganing yo‘q...

O‘tkirbek Muhammad Sobir
Rustamjon domla Hamidov

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

27 Oct, 12:07


Men ertaning o‘ligiman,
Bugunimga kuymoq ne?
Alvidolar aytar ekan,
Kuygunimcha suymoq ne?

Balki o‘sha erta ham yo‘q,
Erta kechdir o‘limga?
Balki hozir nafasimdan
Oldin chiqar yo'limga?

Nima uchun jon koyitib
Yetmishimni o‘ylayin?
Sakson-u to‘qson, yuzni
Yetmay turib bo‘ylayin?

O‘chadigan shamimga
Bunchalar parvonaman?
Yo dunyocha mehr bor,
Yo shuncha devonaman?

Xayollarni har yoqqa
Sochmog‘imda hikmat yo‘q.
Barin boqiy tarafga
Burmoq uchun himmat yo‘q.

Kecha bugunni devdim,
Bugun esa ertani —
Suvi yo‘q dengizlarga
Sudrayapman kemani.

Men ertaning o‘ligiman,
Yo ertaga yetmayman.
Bugunning bu o‘yi bilan
O‘lib ketsam netgayman?..

O‘tkirbek Muhammad Sobir
Asaka, uy
27.10.2024
17:05

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

18 Oct, 11:26


Go‘zal maskandan qaytgandim, yangi kitob bilan kutib olishdi. Safarning barakalaridan biri shu bo'lsa, ajabmas.

Yana bir tarjima dunyo yuzini ko‘rdi. Alloh taolo siz aziz kitobxonlar oldida yuzimizni yorug‘ qilsin.

Uzoq va yaqindagi tuzoqlardan olis bo'lishga mazkur asar ham yordam bersa, degan umiddaman.

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

16 Oct, 08:58


Bolam, sendan keyin dunyo hech o‘nglanmadi. Uvoling tutdi olamni. 😢😢😢

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

14 Oct, 13:58


Bir necha yil oldin yozilgan "Hajga olib borsam jonim onamni" degan she‘rimni Elyorbek Rahmatov kuyga solibdi. Kichik o‘zgarishlar bor ekan, mayli. Tinglab ko'ringlar-chi?..

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

14 Oct, 13:54


Холиқ учун тер тўкишдан юз бурган махлуқ учун машаққат тортиш билан синалади.

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

12 Oct, 22:08


Замонимизни айблаймиз, айб бизда,
Замонимизнинг биздан бошқа айби йўқ!


Имом Шофеъ раҳматуллоҳи алайҳ

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

12 Sep, 18:23


Уйга қайтдим
Бир шеър ёзмай
Мадинадан.

Асли илҳом изин қувиб
Бормадим ҳам.
Маст эдим мен,
Сархуш эдим
Сакийнадан —
Сўздан олий, шеърдан аъло,
Руҳга малҳам.

Кўкка боқдим,
Кўкнинг кўзи менда эди,
Ҳавас эди нигоҳига тўлган ҳиси.
Оёғингни қаттиқ босиб юрма деди,
Бошга тож эт Расулуллоҳ босган изин.

Пойимда оқ мармар оппоқ денгиз мисол,
Сокин оқар яшил қубба қирғоғига.
Соҳил ошиб ета олмас,
Топмас висол,
У ҳам кўкдек боқар шоир қароғига.

Мен бахтлиман!
Кўзим ёши ёмғирда йўқ!
Денгизда йўқ кипригимга илашган нам!
Ҳиқилласам ҳовуридан туташиб чўғ,
Руҳим ёнгай Расулуллоҳ деб йиғласам!

Нима бўпти қалам бир бор йўнилмаса?
Нима бўпти шеъристонга бир сиғмасам?
Илҳом асли ҳаддин билур, ақли расо,
Сўзим ёнгай Расулуллоҳ деб йиғласам...

Бақийларга жон увушиб термилганда,
Кўнгилга шеър сиғармиди, шўри қурсин.
Дармон битгай дард битганда хаста танда,
Дарди йўқлар, Худо ҳаққи, бориб кўрсин.

Мадинага илҳом излаб
Борганим йўқ,
Ишқ изладим
Ҳар бир тошу деворидан.
Оташидан тушган эди
Бир лахча чўғ,
Ўлай дедим
Жон ёқувчи хуморидан.

Ўлай агар, ёлғон эмас, кетди илҳом,
Шеър не экан, сўз не экан Мадинада?..
Инграйвердим ич-ичимдан бомдоду шом,
Қоғоз тутмоқ ёдга тушмас сакийнада...

Яна борсам,
Яна ёнсам,
Шеърдан қолсам!
Соғинч байти асил илҳом овозидир.
Расулуллоҳ деб юракдан йиғлай олсам,
Бутун умр ёзмай ўтсам дил розидир!

Ўткирбек Муҳаммад Собир
Асака | 12.09.2024 | 23:18

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

09 Sep, 03:02


“Саҳиҳи Муслим“даги ҳадислардан бирида ширин жумла бор:

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам кулдилар ва: “Қадимда “Аллоҳим, менга жонимдан ҳам маҳбуброқ ҳабиб ато қил!“ деган одамга ўхшабсан“, — дедилар.

Ўша қадимги одамнинг гапидан илҳом олиб айтамизки:

Аллоҳим, менга жонимдан ҳам маҳбуброқ қилганинг Ҳабибинг муҳаббатини зиёда айла.

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

08 Sep, 07:07


Senga mendek intizor-u
Menga Sendek xaridor yo'q.

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

08 Sep, 06:44


"Labbay, Allohim, labbay" kitobi Umrada zarur hamroh. Safar oldidan o'qing va yon sumkaga solib qo'yishni unutmang.

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

04 Sep, 12:05


Shu Istanbul boshqacha-da.
Suyukli Uskudarga keldim. Shamsi Ahmad Posho majmuasidagi kutubxonaga kirdim. Biroz ishlashim kerak edi. Tushlik payti yaqinlashgan ekan. Bir xodim patnisda non, sho‘rva ko‘tarib keldi. Qo‘li qaytmasin deb sho‘rvani oldim. O‘y aralash ishladim...

Ishdagi ma‘lum reja bajarilsa, tashqariga chiqaman: eshikdan o‘tishim bilan dengiz...

Boshqa narsa yozmay qo‘yaveray-a?..

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

25 Aug, 15:10


🎵 Navruz Umar - Madinaga qachon boramiz

O‘tkirbek Muhammad Sobir she‘ri

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

24 Aug, 17:42


Пушаймонлар бошлаб келди ҳузурингга

Матнни муаллиф ўқиган

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

23 Aug, 12:51


Боғларга намозгар салқини тушди,¹
Мени асрларга асир эт, ё Рабб.
Қазолар юзидан юрак увушди,
Шомнинг қуёшида илисин бу қалб.

Хуфтонсиз дилимни этмагин хуфтон,
Субҳи содиқларда бергин садоқат.
Зуҳрда ўн бора ҳузурлансин жон,
Бутун бир умримга зикринг ҳаловат...

Ўткирбек Муҳаммадсобир

¹ Усмон Носир сўзи

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

20 Aug, 11:34


O'tkirbek Muhammad Sobir
Muhammad Rasul qori

Eslatma: ikkinchi she‘r bizniki emas.

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

04 Aug, 15:37


Вақт ўтиб қанчалар ўзгарар инсон!
Қай расмимга боқсам, мен эмасман.
Қайда эски кунлар, шавқу ҳаяжон,
Бу кулиб турган одам мен эмасман.
Ёлғондир, қайғусиз эканим ёлғон.

Жоҳид Сидқи Таранжи

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

23 Jul, 12:34


ЎЗИМНИ КЕЧИРСАМ ҲАММАДАН АВВАЛ

Ўткирбек Муҳаммадсобир
Абдукарим Мирзаев

https://t.me/utkirbek_muhammadsobir

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

04 Jul, 13:46


98 yoshli hamsafar otamizning so‘zlari

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

27 Jun, 07:05


Ilhaq bo'lsa poyingga dunyo,
Nigohing-la baxtiyor etsang,
Sen desalar, sen esa ammo
Madinani sog'inib ketsang.

Kel desalar har lahza intiq,
Sabrlarin beqaror etsang.
Xayr desang, umring bo'lib ziq,
Madinani sog'inib, ketsang.

O’tkirbek Muhammad Sobir
Oqtosh / 27.06.2024 / 11:48

O‘TKIRBEK MUHAMMAD SOBIR

25 Jun, 06:18


Kun suzadi oy suzadi koʻk bahrida,
Koʻz qadagan manzili bor yer bagʻrida.

Yetmoq uchun oshiqarlar shom-u sahar,
Oyga sahar, quyoshga shom bitgay safar.

Oy ustidan kulib-kulib tonglar otar,
Dardi ichga toʻlib-toʻlib quyosh botar.

Yana ul shams muhabbat der tong otarda,
Yana ul moh muhabbat der kun botarda...

Muhabbat deb quyosh boʻlay, oftob boʻlay,
Badr boʻlay, hilol boʻlay, mohtob boʻlay.

Senga borsam boraversam, oromijon,
Kundek kulib oydek toʻlib Madinajon.

Koʻk toqida havaslansa oy-u quyosh,
Koʻzlarimda yiltirasa juft tomchi yosh.

Oʻtkirbek Muhammad Sobir
Asaka | 25.06.2024 | 11:14