TURON UNIVERSITETI @turonuniversity Channel on Telegram

TURON UNIVERSITETI

@turonuniversity


🏛 Turon universitetining rasmiy axborot kanali

Hujjat topshirish uchun:
https://t.me/TU_hujjattopshirish_bot

Biz bilan yorqin kelajak sari muhim qadam!

☎️  Murojaat uchun:
+99875 220 00 25

TURON UNIVERSITETI (Uzbek)

Turon Universiteti - bu rasmiy axborot kanali, yangi talabalarni qiziqtiradigan, turli yo'nalishlarda o'qishni istagan va ta'lim sifatini hamda dolzarbligini oshirmoqchi bo'lgan odamlar uchun mo'ljallangan kanal. Kanalda Turon universiteti haqida so'nggi ma'lumotlar, yangi fakultetlar va yo'nalishlar, qabul sharoitlari va ko'rsatuvlar, ilmiy maqolalar, tanqidiy ma'lumotlar va uni o'qigan vaqtingizda foydali bo'lishingiz mumkin bo'lgan boshqa ko'plab ma'lumotlar o'rin oladi. Agar siz xaridorga aylanib u buyuk yangiliklar bilan cheklovchi xabarlarni o'qishni istasangiz, Turon Universiteti kanali sizga kerak bo'lishi mumkin

Agar siz Turon Universiteti to'g'risidagi yangiliklarni to'g'ri vaqtda olishni istasangiz, avvaloqi sahifamizni turing va biz bilan bog'laning. Turon universiteti – bu sizning mehnat qog'ozingizda yangi tug'ruqqa tushadigan darajada yuksaklikka erishishga yordam beradigan eng yaxshi o'quv yoli.Bizning kanalimizda sizni kutib qolamiz!
Biz bilan bog'lanish uchun quyidagi havolaga bosing: [Turon Universiteti Kanali](https://t.me/turonuniversity) nnHujjat topshirish uchun quyidagi havolaga bosing: [TU_hujjattopshirish_bot](https://t.me/TU_hujjattopshirish_bot) nnAgar savollaringiz bo'lsa, biz bilan quyidagi raqam orqali bog'lanishingiz mumkin: +99875 220 00 25

TURON UNIVERSITETI

13 Feb, 14:01


🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” haftaligi doirasida “Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusida tashkil etilgan xotin-qizlar forumida Turon universiteti olima ayollari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
🔺Tadbirda viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va xalq amaliy sanʼati namunalari boʻyicha koʻrgazmalari tashkil etildi.

🔹Shundan soʻng “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi”da “Olima ayollar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy seminar boʻlib oʻtdi.

🔻Maʼruzalarda aholining salomatligini yaxshilash va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlari, olima ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni, ilmiy izlanishlari, maʼnaviyatli onaning komil inson tarbiyasidagi fidoyiligi eʼtirof etildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

13 Feb, 05:05


#AlisherNavoiy
#584_yillik

🔹Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabat bilan kuni kecha Turon universitetida Hazrat Navoiyning ilmiy ijodiga bag’ishlangan “Navoiydan navo istab” nomli katta tadbir dasturi bo'lib o'tdi.

🔹Tadbir boshida Turon universiteti Sharq tillari kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori ustoz Nafasxon Shodmonov ma'ruza qildilar.

🔸Tadbir davomida Filologiya yoʻnalishi talabalari tomonidan A.Navoiy ijodidagi g'azallar aytildi.Shuningdek, so'z mulkining sultoniga bag'ishlab talabalar o'rtasida Zakovat intellektual oʻyini o'tkazildi va yakunda gʻolib boʻlgan jamoalar ragʻbatlantirildi.

🔻Tadbir so'ngida Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektor A.Shaymanova so'zga chiqib, ushbu tadbirni tashkillashtirgan Sharq tillari kafedrasiga minnatdorchilik bildirdilar hamda talabalarga Navoiyning asarlarini har daqiqa o'qib, uni anglab hayotda o'z o'rniga ega shaxs sifatida kamolga yetishishlarini tiladilar.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

12 Feb, 06:25


🔺Ilmli-ma’rifatli ayol - jamiyat ko‘zgusi 2025-yilning 11-fevral kuni “ Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" munosabati bilan hamda Qashqadaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan o’tkazilayotgan “Ilmli ayol - jamiyat gultojisi” haftaligi doirasida Qarshi shahridagi Turon universitetida tadbir tashkil etildi.

🔺Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Rahbar ayollar” 4-mavsum tinglovchilari universitet xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i, prof. v.b. Zebo Yaxshiyeva, “Premium-medline” klinika tarmoqlari rahbari Lobar Ergasheva, Qarshi shahar 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasi rahbari Zulayho Jurayeva hamda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Shaymanova, xotin - qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Y.Xaitova va talabalar ishtirok etishdi.

🔸Seminar-trening hamda davra suhbati tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida xususan, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sog‘liqni saqlash, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, tadbirkorlikga jalb etish, reproduktiv salomatlik, oila institutini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab avaylash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

10 Feb, 11:41


#Dars_jarayonidan_lavhalar
#Milliy_qadriyatlar

Bugun Turon universiteti Biologiya yo'nalishi 1-bosqich 012-013 guruh talabalari Gistalogiya va Embriologiya fanida darsning kirish qismida "Milliy qadriyatlar" mavzusida ma'naviyat daqiqasi tashkillashtirildi.

Dars jarayonida talabalar va fan o'qituvchisi X.Bo'riyeva milliy liboslarda ishtirok etishdi hamda darsni kuzatishga G.Jumaqulova va U.Qo'shoqovalar tashrif buyurishdi.

Dars jarayoni davomida fakultet tyutori U.Qo'shoqova so'zga chiqdi va mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

TURON UNIVERSITETI

07 Feb, 09:20


#AlisherNavoiy
#584_yillik
#Tavsiya

🔹Har yili 9-fevral kuni so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tug'ilgan kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Xususan, Turon universitetida ham ushbu sana munosabati bilan bir qancha tadbirlar o'tkazilishi nazarda tutilgan.

🔹Buyuk turkiy shoir tavalludi munosabati bilan Siz azizlar uchun Sharq tillari kafedrasi professor-o'qituvchilari Shodmonov Nafas, Tilovova Muyassar, Akbarov Abdulla, Shodiyeva Surayyo, Karomova Shaxodat, Eshdavlatova Azizalar tomonidan tayyorlangan videorolikni taqdim etmoqchimiz!

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

07 Feb, 07:12


👍Turon universitetida milliy qadriyatlarimizni ulug'lash hamda keng targ'ib etish maqsadida "Milliy liboslar kuni" o‘tkazilmoqda.

🔹Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zbekona milliy kiyimlarda universitetga tashrif buyurib, milliyligimizni tarannum etishdi. Atlas va adras liboslar, zarbof to‘nlar, milliy bosh kiyimlar bugungi kunga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi. Milliy liboslar – xalqimiz madaniy merosi va an’analarining yorqin timsoli. Ushbu kun esa o‘zligimizni yana bir bor his qilishga undaydi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

06 Feb, 07:25


#tabrik

🔹Yaqinda Turon Fanlar Аkademiyasining prezidiumi Turon universiteti G'arb tillari kafedrasi mudiri, dotsent Qurbonov Parda Ahmedovich xorijiy til va adabiyoti sohasida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarini,oliy ta'lim tizimidagi pedagogik faoliyati natijalarini tahlil qilib,bir ovozdan Аkademiyaning haqiqiy a'zoligiga qabul qilindi.

🔹Parda Ahmedovich o'z faoliyati davomida 2001-yil “Ingliz tili va informatsiya texnologiyalari” boʼyicha Janubiy Koreyada , "Oliy oʼquv yurtlarida  ingliz tilini oʼqtishni takomillashtirish” mavzusi yuzasidan Buyuk Britaniyaning Est Аngliya universitetida, 2012-yilda “Erasmus” granti sovrindori sifatida Slovakiyaning Konstantin Universitetida malakasini oshirib, Slovakiya, Polsha,Rossiya oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida  ilmiy aloqalar oʼrnatilganligi hamda professor-oʼqituvchilarning ikki tomonlama safarlari tashkil etilganligi, oʼzaro mahorat darslari,qator nazariy konferentsiyalar oʼtkazilganligi tahsinga sazovordir.

👍Universitet jamoasi P.Qurbonovni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklagan holda kelgusi ilmiy faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi!

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

05 Feb, 09:15


#jarayon
#malakaviy_amaliyot

🔹Kuni kecha Tibbiyot fakulteti Davolash ishi va Pediatriya ishi yo'nalishlarining barcha talabalari uchun qishki malakaviy amaliyot jarayoni boshlandi hamda hozirgi kungacha egallangan nazariy bilimlarini amaliyotda tatbiq etishni o'rganishmoqda.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

01 Feb, 10:13


👍Bugun Turon universitetining Tabiiy fanlar kafedrasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda kafedra katta o‘qituvchisi Eshmatov Mansur Mamayusupovich "Scopus bazasida mavjud va nufuzli jurnallarda ilmiy natijalarni nashr etish yo‘llari ("Fotoelektri batareyasi asosidagi fotoissiqlik suv chiqaruvchi mobil qurilma" mavzusi misolida)" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi..

🔹Seminarda Tibbiyot kafedrasining mavzuga qiziqqan a’zolari ham ishtirok etishdi. Unda kafedra yosh tadqiqotchilari ilmiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan ayrim masalalar bo‘yicha savollariga javob oldilar. Seminar qiziqarli va samarali tarzda bo'lib o‘tdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

31 Jan, 07:08


#Marifat_darsi

👍Turon universiteti tyutorlari tomonidan talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta'lim-tarbiya berish maqsadida ma'rifat darslari tashkil etilmoqda.

🔺Jumladan, kuni kecha Tarix yo'nalishi 1-bosqich sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun guruh tyutori Sh.Xudoyberdiyev tomonidan "Shukronalik - eng ulug' fazilatdir!" mavzusida dars o'tkazildi.

🔹Davra suhbatida Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi tarix fanlari nomzodi dotsent A.Pardayev ham taklif etildi hamda mavzu yuzasidan zarur bilimlar tushuntirildi.

🔻Talabalar ushbu dasturdan o'zlari uchun yangi xulosalar olishdi hamda dars so'ngida bu borada o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

22 Jan, 12:46


👍Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili yo'nalishi talabalariga Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Shaymanova va guruh tyutori N.Normurodova hamkorligida "Buyuk o'tmishni, o'zlikni anglash mohiyati" mavzusida o'tkazilgan ma'rifat darsidan lavhalar

TURON UNIVERSITETI

22 Jan, 12:44


👍Tibbiyot fakulteti Biologiya hamda Kimyo yo'nalishlari talabalariga guruh tyutorlari U.Qo'shoqova, F.Ismoilovlar va Tarix fani katta o'qituvchisi N.Suyarov hamkorligida "Buyuk o'tmishni, o'zlikni anglash mohiyati" mavzusida o'tkazilgan ma'rifat darsidan lavhalar

TURON UNIVERSITETI

22 Jan, 09:57


👍Turon universiteti tyutorlari tomonidan jamiyatda uchrayotgan turli salbiy illatlar va muammolarga qarshi kurashish, ta'lim-tarbiya jarayonlarida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni samarali tashkil etish, talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida "Ma'rifat darsi" mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

🔺Shu jumladan, Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili yo'nalishi talabalariga guruh tyutori Sh.Xudoyberdiyev tomonidan "Buyuk o'tmishni, o'zlikni anglash mohiyati" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🔺Davra suhbatida Turon universiteti professor vazifasini bajaruvchisi, tarix fanlari nomzodi dotsent A.Pardayev hamda tarix fani o‘qituvchisi O.Alimovlar tomonidan mavzu yuzasidan zaruriy ko'nikma va malakalar talabalarga tushundirildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

18 Jan, 06:00


#teatr_haftaligi

👍Kuni kecha Turon universiteti Filologiya va tillarni o'qitish:O'zbek tili 1-bosqich sirtqi ta'lim talabalari fakultet tyutori N.Normurodova boschiligida "Teatr haftaligi" doirasida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.

🔺Teatr aktyorlari tomonidan "Davlat bolalari" spektakli namoyish etildi va aktyorlar rollarini mahorat bilan ijro etishdi.

🔺Spektakl esda qolarli voqealarga boy tarzda oʻtdi va talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

17 Jan, 10:30


🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorga muvofiq Turon universitetida bir qator targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi,

🔺Kuni kecha Qarshi shahridagi Xo‘jaxiyol MFYda yolg'iz tarzda istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv tashkil qilindi va bu kabi uchrashuvlar doimiy tarzda yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi.

🔺Uchrashuvlarda Turon universitetining tyutorlari Sh.Mansurov, A.Po'latov, U.Qo‘shoqova hamda Iqtisodiyot yo'nalishi 1-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

17 Jan, 07:39


👍Turon universiteti kafedra mudiri dotsent ilmiy unvonini oldi.

🔹Turon universiteti ko'plab yuqori ilmiy darajali proffesor-o'qituvchilar o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Quvonarlisi, yaqinda universitetimizning kengashi tavsiyasiga ko'ra G'arb tillari kafedrasi mudiri Qurbonov Parda Axmedovich dotsent ilmiy darajasiga ega bo'ldi.

🔺Shu munosabat bilan Turon universiteti rektori, professor L.Yoziyev P.Qurbonovni qabul qilib, yangi ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy qutladi. L.Yoziyev o'z so'zida oliygohimizda ilmiy-ijodiy faoliyatlarni doimo qo'llab-quvvatlashlarini bildirdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

16 Jan, 10:40


#xushxabar

💠 Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida Zakovat intellektual o'yini bo'yicha "Zakovat quiz" musobaqasi tashkil etildi.

🏆 Quvonarlisi, 15 nafardan ortiq jamoalar ishtirok etgan musobaqada Turon universiteti o'qituvchi-hodimlari hamda talabalaridan tashkil topgan jamoa yakunda g'alabani qo'lga kiritdi.

🎉 Jamoaning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!

TURON UNIVERSITETI

02 Dec, 05:11


🇺🇿Respublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashi va asrab-avaylashi, uni boyitishi haqida qayg‘urishi lozim. Shuni alohida ta’kidlash joizki, profilaktik tadbirlar orqali keng tushunchalar berib borish, sodda qilib tayyorlangan yong‘in xavfsizligi qoidalari mujassamlashgan turli targ‘ibot materiallarini yoshlarga ta’lim muassasalaridan boshlab o‘rgatib borish samarali targ‘ibotlardan hisoblanadi.

👍Shu maqsadda Turon universiteti Tibbiyot fakulteti binosida bo'lib o'tgan tadbirda talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, yong‘indan himoya qilishning texnik vositalari namunalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari va obyektda mavjud bo‘lgan aloqa vositalari bilan ta’minlanganligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

30 Nov, 15:52


#Dars_jarayonidan_lavhalar  #Ochiq_dars

🔺Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabalari uchun Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi N.Sadatova Umumiy psixodiagnostika fanidan "Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi" mavzusida  ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

🔺Mashg'ulotda talabalar guruhga bo'linib, turli metodlar va viktorinalar orqali o'zaro bellashuv olib borishdi.

🔸Ochiq dars davomida barcha talabalar faol ishtirok etib, g'olib jamoa munosib e'tirof etildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

30 Nov, 05:07


🔺Kuni kecha talabalarning o'quv jarayonlariga bo'lgan qiziqishini oshirish va boshqa talabalarga motivatsiya berish maqsadida Tibbiyot yoʻnalishida o'qitilayotgan fanlardan oraliq nazoratlarda yuqori ball toʻplagan talabalarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

30 Nov, 05:01


🔸Oldin xabar berganimizdek, "1-dekabr - Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Turon universitetida bir qator targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🔺Jumladan, 29-noyabr kuni Tibbiyot fakulteti binosida Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari B.Raupov, M.Isanova, Tibbiyot kafedrasi mudiri Y.Turayev, kafedra oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

29 Nov, 12:09


#Dars_jarayonidan_lavhalar #Turonda_darslar

🔸Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili yo'nalishi 1-bosqich 024-4-guruh talabalari hamda Jismoniy ma'daniyat fani o'qituvchisi N.Qodirova ishtirokida "Yengil atletika qisqa masofaga yugurish va turgan joydan uzunlikka sakrash" mavzusida amaliy dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

🔺Undan tashqari Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 1-bosqich talabalariga ham xuddi shu mavzusida amaliy dars tashkillashtirildi.

🔹Darslar davomida talabalarning jismoniy holati tekshirilib,mashqlarda yuqori natija qayd etgan yoshlar ragʻbatlantirildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

29 Nov, 06:06


👍Hurmatli Turon universiteti Zakovat intelektual oʻyini ihlosmandlari!

🔹 Sizlar uchun ajoyib imkoniyat. Turon universiteti Zakovat intellektual oʻyini terma jamoasiga yangi bilimdonlarni jalb qilish maqsadida oʻtkaziladigan kastingda ishtirok eting!

🔺Kasting 30-noyabr kuni soat 10:00 da universitet asosiy binosining 203-xonasida bo'lib o'tadi.

🔸Kasting natijalariga koʻra Eng yaxshi deb topilgan 7 kishidan iborat jamoa shakllantirilib , universitet terma jamoasi a'zolari tomonidan mahsus tayyorgarlikdan oʻtkazilgan holda Respublika miqyosidagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻling!

🔸Toʻliqroq ma'lumot olish uchun hamda roʻyxatdan oʻtish uchun @ZoirBotirov23 profiliga bogʻlaning.

🔹Unutmang Turon universiteti Zakovatining kelajagi siz boʻlishingiz mumkin!

TURON UNIVERSITETI

29 Nov, 05:39


#Dars_jarayonidan_lavhalar #Turonda_darslar

🔺Biologiya yo'nalishi 1-bosqich talabalari hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Ismoilova Sarvinoz ishtirokida Umumiy psixologiya fanidan "Xotira haqida tushuncha" mavzusida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

🔺Ko'rgazmali qurollar va videoroliklar bilan noodatiy tarzda o'tkazilgan dars mashg'ulotlarida talabalar guruhlarga bo'lingan holda o'zaro bellashishdi.Dars jarayonida kafedra o'qituvchisi N.Qodirova va guruh tyutori U.Qo'shoqovalar ham nazorat qilishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

28 Nov, 14:57


😎#DIQQAT_CHALLENGE
#Konstitutsiyam_qomusim_faxrim

🔸Hurmatli Turon universiteti talabalari!

👍Turon universiteti ma'naviyat va ma'rifat bo'limi 8-dekabr "Konstitutsiya qabul qilingan kun" munosabati bilan #Konstitutsiyam_qomusim_faxrim heshtegi ostida rasm va videolar challenjini e'lon qiladi. Challenjdada qatnashish uchun Siz Konstetutsiyaning ma’lum bir moddasini audio yoki video tarzida bayon qilib bering va @kemran_xan ga jo'nating hamda g'oliblikni qo'lga kiriting
Videolarga Ism-u familiyangiz va guruhingiz nomini yozib yuborishingiz talab etiladi.

🔺Biz ularni Turon universiteti Yoshlar ittifoqi yoki universitetning asosiy telegram kanaliga joylaymiz!

🔺Ğolib bólgan videotasvir va audio egalari universitetimizda ótkaziladigan tadbirda taqdirlanadi!

Barchaga muvaffaqiyat tilaymiz!

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

28 Nov, 11:40


🔸BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra "25-noyabr – xalqaro zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni" deb e’lon qilingan.Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

👍Jumladan bugun Turon universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi 1-bosqich talabalari, fakultet dekani oliy toifali shifokor S.To'ychiyev hamda guruh tyutori U.Qo'shoqovalar ishtirokida "Men korrupsiya va zo'ravonlikga qarshiman!" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

28 Nov, 11:37


#Tadbir #Biz_soğlom_kelajak_tarafdorimiz

🔺OITS qanday kasallik?

🔺OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) – OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshadi.
OITV — OITSning rivojlanishi sababidir. Ba'zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.

🔺Joriy yilning 28-noyabr kuni Turon universitetida bo'lib o'tgan tadbirda taklif etilgan mehmon, viloyat OITSga qarshi kurash markazi oliy toifali shifokori D.Turaboyeva tomonidan turli ko'rgazmali vositalar orqali talabalarga yuqoridagi kabi ma'lumotlar berildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

28 Nov, 04:23


🔹Oldin xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatda Zo'ravonlikga qarshi kurasishga doir targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🔺Shu munosabat bilan bugun Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Shaymanova, Xotin-qizlar ishlari bo'yicha rektor maslahatchisi Y.Xayitova, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi N.Sadatova, tyutor N.Normurodova hamda talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

🔸Tadbir davomida ushbu yomon illatga qarshi kurashish uchun amalga oshiriladigan ishlar haqida tushuntirishlar berilib, tadbir so'ngida qisqa metrajli film namoyish etildi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

27 Nov, 11:13


👍Talabalar va universitet xodimlari "Yashil makon" umummilliy hasharda ishtirok etishdi.

🇺🇿 Respublikada yashillik darajasini yanada mustahkamlash, ekologik barqarorlikni ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida bir qator ishlar olib borilmoqda.

🔺Shu munosabat bilan bugun Turon universitetining faol talabalari va xodimlari ushbu loyiha asosida Ko'kdala tumani hududida 200 tupdan ortiq ko'chatlar ekishda faol ishtirok etishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

23 Nov, 14:50


#yashil_makon

🔴Qarshi tumani Chaman MFY "Yangi Oʻzbekiston" massivi hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbiri o'tkazilmoqda.Unda Turon universiteti jamoasi hamda talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

23 Nov, 07:17


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

TURON UNIVERSITETI

23 Nov, 07:15


🔸Qarshi shahrida 22-23-noyabr kunlari "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" bo'lib o'tmoqda.

🔸37 ta davlatdan tashrif buyurgan vakillar O’zbekiston hududida iqtisodiyot va ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda.

👍Ushbu yarmarkada Turon universitetining Xalqaro munosabatlar yo'nalishi talabalari ham faol ishtirok etishib, zarur ko'nikma va malakalarga ega boʻlishmoqda.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

22 Nov, 16:00


🗣22-noyabr kuni Turon universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari uchun "Talabalikdan - shifokorlikgacha" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

👍Tibbiyot fakulteti dekani S.Tuychiyev hamda oliy toifali shifokor Sh.Shoyusupov boshchiligida o'tgan treningda malakali shifokor bo'lish yólidagi muhim tavsiyalar, sohaga oid bir qator mashqlar, vazifalar tushuntirildi.

🔺Seminar davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

22 Nov, 12:42


🔴22-noyabr - Xaqaro psixologlar kuni

🔺Bugun Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchilari hamda Psixologiya yo'nalishi 2-bosqich talabalari bilan birgalikda bayram kuni tashkil etildi.

🔻Kun davomida bo'lib o'tgan tadbir davomida turli xil noodatiy o'yinlar, psixologik trening hamda viktorinalar orqali o'qituvchi-xodimlar va talabalar ko'tarinki kayfiyatga yurishdi hamda psixologiya fani haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

22 Nov, 11:44


#kitobxonlik

👍Turon universiteti talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida bir qator targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🔸Jumladan, hafta davomida "Kitob-aql qal'asi" kitobxonlik to'garagi yo'lga qo'yildi.To'garak mashg'ulotida talabalarga badiiy asarlarni o'qish vazifasi berilib, shu asarlar asosida savol-javoblar orqali o'zaro bellashishmoqda.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

22 Nov, 10:18


#seminar #tyutorlik_

🗣Tyutorlar va Qalqon jamoasi o'quv seminarida !

🔸Qarshi davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 21-23-noyabr kunlari "Respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, shuningdek giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish" mavzularida o'quv seminar o'tkazilmoqda.

🔴Ushbu o'quv seminarda Turon universiteti tyutorlari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari ishtirok etishib, zarur ko'nikma va bilimlarga ega boʻlishmoqda.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

21 Nov, 12:46


#Dars_jarayonidan_lavhalar #Noodatiy_dars

🗣Bugun Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 4-bosqich talabalari hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti PhD Qosimova Gavhar ishtirokida Kreativ pedagogika fanidan "Kasbiy kompetenstiyalarni shakllantirishda kreativ yondashuv" mavzusida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

⭐️Noodatiy tarzda o'tkazilgan dars mashg'ulotida talabalar qiziqarli musobaqa, quvnoq boshqotirmalar, o'yin texnologiyalarini bajarishib, o'quv predmetiga doir bilimlarini mustahkamladilar va sinovdan.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

14 Nov, 08:14


#Tabriklaymiz⚡️

💐TABRIKLAYMIZ🌷

Bugun, Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori Nurullayeva Shaxlo O'ktamovnaning tavallud kuni!

🔥Hurmatli Nurullayeva Shaxlo

😎Sizni Turon universiteti jamoasi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etadi

⭐️Talabalarimizning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilayotgan mehnatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

14 Nov, 07:05


#etnosport #seminar

😄 Kuni kecha Turon universiteti Tibbiyot fakulteti binosida "Milliy sport o'yinlarining ahamiyativa qadriyatlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🔺Tadbir davomida Tibbiyot kafedrasi mudiri Y.Turayev, kafedra o'qituvchilari N.Qodirova, S.Ismoilova U.Qo’shoqova hamda Sport murabbiyi, Osiyo va O'zbekiston chempioni M.Toshtemirov so'zga chiqishib, bu kabi sport turlari milliy ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, ularning o‘tkir zehnli va ko‘rkam qaddi-qomatli bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutishini ta'kidladilar.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

14 Nov, 04:12


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

😎Kuni kecha Turon universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari uchun "O'zlashtirish va esda saqlab qolishda xotiraning o'rni va ahamiyati" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

Tibbiyot fakulteti o'qituvchisi N.Avazova boshchiligida o'tgan treningda xotirani kuchaytirishga oid bir qator mashqlar, vazifalar tushuntirildi.

💬Seminar davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

13 Nov, 12:17


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

😎Turon universitetida talaba-yoshlar o'rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish maqsadida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurashish”, “Giyohvandlik - umr zavoli”, “Giyohvandlik - asr vabosi” yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔸Tadbir davomida narkotik moddalarning inson a’zolariga ko‘rsatuvchi zararlari,uning keyinchalik yuzaga chiqaruvchi salbiy jihatlari haqida tushuntirildi.Shuningdek, giyohvandlikning oqibatlari haqida qisqa metrajli film namoyishi ham o‘tkazildi.

💠 Ushbu bayram tadbirini tashkillashtirishda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Shaymanova,shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mutaxassislari: Giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurash bo‘limi tezkor xodimi kapitan Sh.Sharopov, Sh.Sulaymonov hamda I.Tojiboyevlar faol ishtirok etishdi.

TURON UNIVERSITETI

12 Nov, 12:04


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠Qarshi shahrida oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida «Talaba yugur» musobaqasi o’tkazildi.

😎Unda viloyatimizdagi 12 ta oliy o’quv yurtlaridan 1000 nafardan ortiq havaskor sportchilar, jumladan, Turon universiteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Viloyat hokimligi, sport boshqarmasi, yеngil atlеtika fеdеratsiyasi va huquq tartibot idoralari tomonidan hamkorlikda o’tkazilgan musobaqa yoshlar o’rtasida sportni yanada ommalashtirishga xizmat qildi.

TURON UNIVERSITETI

10 Nov, 13:32


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra, har yili noyabr oyining 2-yakshanbasida "Meditsina kuni" bayramini nishonlash belgilangan.

😎 Shu munosabat bilan bugun Turon universiteti rektori L.Yoziyev Tibbiyot fakulteti professor-o'qituvchilari va ushbu yo'nalishda tahsil oluvchi talaba-yoshlarni bayram bilan tabriklab, universitet tomonidan sovg'alar topshirdilar.

🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

04 Nov, 12:11


😎

TURON UNIVERSITETI

04 Nov, 09:05


🟦🟦🟦✍️

Hafta davomida Turon universiteti asosiy telegram kanali faoliyatiga doir "qisqa satrlarda"
(28.10.2024 - 04.11.2024)


Turon universiteti rahbarlari ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirish maqsadida talabalarimiz turar joylariga tashrif buyirishdi

Turon universitetida insholar tanlovi bo’lib o’tdi:
"Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?", "Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik!", "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzularida insholar olindi.

Turon universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti
Soatov Asadulloh Jabborovichning
"Ingliz tili 9,14,15" guruhlarida "Umumiy psixologiya" fanidan "Diqqat haqida tushuncha" mavzusidagi ochiq dars bo’lib o’tdi

Harbiy bilim yurtining o'qituvchi-xodimlari va iste'dodli talabalari Turon universitetiga tashrif buyurishib, universitetning axborot-resurs markazi bilan tanishdilar.

Turon universiteti katta o’qituvchisi Urinova Latofat Shovkatovna psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

02 Nov, 05:30


Turon universiteti katta o’qituvchisi (PhD) ilmiy darajasini oldi

😎Turon universiteti ko'plab yuqori ilmiy darajali proffesor-o'qituvchilar o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Quvonarlisi, yaqinda universitetimizning Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi, Urinova Latofat Shovkatovna psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Latofat Urinova "Talabalarda diqqat sifatlari rivojlanishining psixologik xususiyatlari" mavzusida PhD ilmiy ishini muvaffaqiyatli tarzda himoya qildi.

🔵Kuni kecha Turon universiteti rektori, professor L.Yoziyev L.Urinovani qabul qilib, yangi ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy qutladi. L.Yoziyev o'z so'zida oliygohimizda ilmiy-ijodiy faoliyatlarni doimo qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

02 Nov, 03:02


Oldin xabar berganimizdek, Janubiy-g’arbiy maxsus harbiy okrugi hamda Turon universiteti hamkorligida bir qator ma'naviy-marifiy tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

👑Jumladan, kecha harbiy bilim yurtining o'qituvchi-xodimlari va iste'dodli talabalari Turon universitetiga tashrif buyurishib, universitetning axborot-resurs markazi bilan tanishdilar.

🔥Undan tashqari harbiy okrug talabalari hamda universitetimizning talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'yicha musobaqa ham tashkil etildi.

⚡️Tadbir so'ngida o'zaro hamkorlikdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni yanada ko'proq tashkil etish bo'yicha kelishilib olindi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

31 Oct, 12:47


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

😎Bugun Turon universitetida Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti
Soatov Asadulloh Jabborovichning
"Ingliz tili 9,14,15" guruhlarida "Umumiy psixologiya" fanidan "Diqqat haqida tushuncha" mavzusidagi ochiq dars bo’lib o’tdi

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

31 Oct, 09:11


💴💴💴💴💴💴
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz!

🇺🇿Har bir mamalakatning yuksalishida jiddiy to‘siq bu korrupsiya balosidir. Korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada davlat hokimiyati faoliyati samradorligining susayishiga sabab bo‘ladi. Ushbu illatga qarshi kurashish va barham berish siyosati davlat va jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmog‘i lozim.

😎Bugun Turon universitetidaBiz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o'tkazilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyani sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Shaymanova, Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor D.Xalilova, Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor v.b dotsenti A.Pardayev, Yoshlar yetakchisi Z.Botirov va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

31 Oct, 08:27


2️⃣3️⃣4️⃣

Turon universiteti 4-guruh davolash ishi yo’nalishi Xo’jaxonova Mushtariy ustozning darslaridan video lavha

Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

30 Oct, 12:16


😎Bugun Turon universitetida insholar tanlovi bo’lib o’tdi:

"Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?",
"Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik!",
"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzularida insholar olindi.

Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

24 Oct, 04:31


📣📣📣📣📣

Qadrli talabalar 2024-yil 4-noyabr sanasidan 4- va 5-kurs Pedagogika va Psixologiya hamda Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi (sirtqi) ta’lim shakli va 3-kurs Filologiya tillarni o’qitish: O’zbek tili yo’nalishi (sirtqi) ta’lim shakllariga kuzgi semestr dars mashg’ulotlari boshlanadi.

4-kurs Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi, Iqtisodiyot (tarmoq va soxalar bo’yicha) (sirtqi) va 3-kurs Filologiya tillarni o’qitish: O’zbek tili (sirtqi) yo’nalishlari 1-smena 8:30dan 13:00gacha dars mashg’ulotlari tashkil etiladi.

5-kurs Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi va Iqtisodiyot (tarmoq va soxalar bo’yicha) (sirtqi) yo’nalishlari 2-smenada 13:20dan 17:50gacha dars mashg’ulotlari tashkil etiladi.

🌐Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

22 Oct, 06:06


Barchamizga ma'lumki,mamlakatimizda joriy yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar o‘tkazilishi belgilangan.

⭐️Shu munosabat bilan kuni kecha saylov jarayonlarida yoshlarning faolligini ta’minlash, shuningdek ularning huquqiy savodxonligi hamda madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Saylov va yoshlar” shiori ostida “Yosh saylovchi” huquqiy sayli o‘tkazildi.

Ushbu saylda Turon universitetining faol talaba yoshlari ham faol ishtirok etishib, saylov jarayonlari haqida yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

22 Oct, 05:44


#Tabriklaymiz⚡️

💐TABRIKLAYMIZ🌷

Bugun, Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Alimov Obidjon Sultonmurod oʻgʻlining tavallud kuni!

🔥Hurmatli Obidjon Sultonmurod oʻgʻli

😎Sizni Turon universiteti jamoasi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etadi

⭐️Talabalarimizning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilayotgan mehnatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Bizning sahifalar:
🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

21 Oct, 07:20


#Bayram_tabrigi

Hurmatli universitet ustozlari va talabalari!

🇺🇿Avvalo siz azizlarni yurtimizning ulugʻ bayramlaridan biri - O'zbek tili bayrami bilan muborakbod etaman.

⭐️Keyingi yillarda mamlakatimizda yangicha ruhda keng nishonlanayotgan bu bayramning alohida fayzi va shukuhi borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ushbu qutlugʼ sanada milliy qadriyatlarimiz gultoji boʼlgan ona tilimizning tariximiz va taqdirimiz, bugungi hayotimizdagi oʼrni va ahamiyati, uni rivojlantirish borasida oldimizda turgan dolzarb vazifalarni yanada chuqur his etamiz.

🇺🇿Bugungi kunda ona tilimiz nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham oʼzining munosib oʼrni va mavqeiga ega boʼlib bormoqda. Аyniqsa, ona tilimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab, tinchlik, doʼstlik va hamkorlik vositasiga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

🔥Siz aziz ustoz va talabalarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tilab qolaman!

Lutfullo Yoziyev
Turon universiteti rektori


🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

19 Oct, 07:09


#saylov_va_yoshlar

😎Bugun Turon universitetida O'zbekiston yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan talaba-yoshlar uchun "Saylov va yoshlar" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

⭐️Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi murabbiyi, tarix fanlari falsafa doktori, dotsent B.Imamov tomonidan talaba-yoshlar uchun aralash saylov tizimi, saylov kodeksidagi o‘zgarishlar hamda yangiliklar bo‘yicha huquqiy tushunchalar va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha javoblarini olishdi.

🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

18 Oct, 08:49


#men_saylovga_tayyorman

Turon universitetida Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Jabborova Aziza tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili yo'nalishi talabalari uchun "Men saylovga tayyorman" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

🔥Tanovda kurslar kesimida iqtidorli va ijodkor talabalar ishtirok etishdi.

🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

17 Oct, 14:41


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

😎Turon universiteti rektori L.Yoziyev kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan sovg’ani Universitet professor-o’qituvchilar hamda xodimlariga tantanali ravishda topshirdilar.

🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

16 Oct, 10:36


Shu kunlarda dunyoning boshqa mamlakatlari qatori yurtimizda ham yana bir umumbashariy bayram – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” nishonlanmoqda. Binobarin, BMT Bosh Assambleyasi 2007 yil 18 dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida"gi rezolyusiyaga muvofiq, “15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e’lon qilingan.

😎Shu munosabat bilan Turon universitetida “Qishloq ayoliga ehtirom” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

⭐️Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A.Shaymanova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Y.Hayitova, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi G. Radjabova hamda mehmonlar ishtirok etdilar.

🔥Tadbir mehmoni tadbirga taklif etilgan fidoiy, asli qishloqda tug‘ilib, uning taftidan nafas olib bugungi kunda katta yutuq va natijalarga erishgan chin ma’nodagi o’zbek ayoli, Janubi- G’arbiy maxsus harbiy okrug ma’naviy-tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi ma’naviyat va ma‘rifat ishlari bo‘yicha mutaxassis-T.Mamanova ga so’z berildi T.Mamanova o‘z so‘zida “ Ilm –fan sohasida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida o‘z fikr mulohazalarini bildirar ekan, avval o‘zlarining hayot yo‘llari to‘g‘risida, mehnat orqali erishgan yutuqlari, kasbiy faoliyatining mashaqqatlari, ibratli hayot yo’llarini talaba-qizlarga gapirib berganlari tadbir qatnashchilarida yuqori taassurot qoldirdi.

🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK

TURON UNIVERSITETI

15 Oct, 09:04


🔹15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni

🎉Bayramingiz muborak bo‘lsin!

👍😄📌 Bizning joylashgan manzil - bu yerda!

▶️Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:   
                                                             
🟦Telegram🟦Instagram🟦Facebook

TURON UNIVERSITETI

13 Oct, 12:33


#tibbiyot #imtihon

Kuni kecha 1 kurs tibbiyot fakulteti talabalarining “Odam anatomiyasi”dan 1 oy mobaynida uzlashtirgan bilimlarini tekshirish bo’lib o’tdi.

🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM /
🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK