Angren universiteti (rasmiy) @angrenuniversiteti Channel on Telegram

Angren universiteti (rasmiy)

@angrenuniversiteti


🏛ANGREN UNIVERSITETI - TA'LIM OLAMINING ZAMONAVIY FORMATI

☎️Bog’lanish uchun:
+99 894 598 88 88
+99 855 901 88 80

☝🏻Qo’shimcha savollar bo’yicha @AU_admin ga murojaat qiling

Angren universiteti (rasmiy) (Uzbek)

🏛 ANGREN UNIVERSITETI - TA'LIM OLAMINING ZAMONAVIY FORMATInnAngren universiteti (rasmiy) Telegram kanali - bu ta'lim olamining zamonaviy formatida o'qishga qiziqishingizga yo'l qo'yadigan joy. Kanal orqali universitetimiz haqida so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar bilib olishingiz mumkin. Bu yerda hozirgi zamonning talabalarga qaratilgan tajribasi va imkoniyatlari haqida ma'lumotlar, qo'shimcha savollar uchun aloqa raqamlari va kanal adminstratoriga murojaat qilish imkoniyatlari mavjud. Agar siz o'zning ta'lim va kariyeringizda osonlik va yangiliklarni izlamoqchi bo'lsangiz, Angren universiteti (rasmiy) kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!nn☎️ Bog'lanish uchun:n+99 894 598 88 88n+99 855 901 88 80nn☝🏻 Qo'shimcha savollar bo'yicha @AU_admin ga murojaat qiling

Angren universiteti (rasmiy)

20 Nov, 12:11


#forum

🇰🇬 Joriy yilning 20-noyabrida Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Markaziy Osiyo universitetlari rektorlarining Qoraqirgʻiz avtonom viloyatining 100 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasi ta’lim institutining 100 yilligi doirasidagi bu yilgi forumning mavzusi: “Global muammolar kontekstida Markaziy Osiyo universitetlarining transformatsiyasi”

Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyo davlatlari OTMlari oʻrtasida ta’lim sifatini oshirish, oʻzaro tajriba almashish va strategik hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Navbatdagi forumda Angren universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Mirabbos Fazliddinovich Mahmudov ishtirok etmoqda va tadbir davomida so'zga chiqib forum ishtirokchilariga Angren universiteti haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site

Angren universiteti (rasmiy)

18 Nov, 15:33


17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI.

🏛IQTISODIYOT VA HUQUQ FAKULTETI

✍️Joriy yilning 15.11.2024-yil fakultet talabalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yini oʼtkazildi.

📎“Zakovat” intellektual o’yini iqtidorli, ilmga chanqoq, fidoyi talabalar oʼrtasida bilim olishga boʼlgan intilishini shakllantirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini ragʼbatlantirish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, barcha talabalarga birdek qiziqish uyg’ota oldi.

Tadbirda 3 ta jamoa ishtirok etib, g’olib jamoalar hamda faol ishtirokchi talabalar fakultet faxriy yorlig’i va sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site

Angren universiteti (rasmiy)

18 Nov, 07:42


🗓️18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun

🇺🇿Davlat bayrog’i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-­XII-­sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site

Angren universiteti (rasmiy)

17 Nov, 05:01


🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

17 noyabr –"Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tabrik

Qadrli Angren universiteti talabalari!


Sizlarni bugungi 17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
Talabalik davri inson umrining beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar debochasi ekanligini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilishingizni tilayman.

Bugun Yangi O‘zbekistonimizda Siz aziz yoshlarga barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. O‘qish, bilim va malakangizni oshirish uchun keng sharoitlar yaratilgan. Bundan unumli foydalanib, o‘z ustingizda ishlashingiz, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz, axborot texnologiyalari imkoniyatlarini faol qo‘llay bilish ko‘nikmalarini puxta egallashingiz lozim. Zero, mamlakatning ertangi kelajagi Siz yoshlarga bog‘liq ekan, Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yish maqsadi oldingizda turgan ekan, shunga munosib bo‘lishingiz zarur.
Ilm yo‘lida chekayotgan mashaqqatlaringizning yuksak natijalarini ko‘rish hamda yetuk, salohiyatli kadr bo‘lishingizga tilakdoshmiz.

Mirabbos Mahmudov
Angren universiteti rektori v.v.b.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site

Angren universiteti (rasmiy)

16 Nov, 07:01


🏛Joriy yilning 14.11.2024 sanasida “UzEkspoMarkaz” milliy ko’rgazma majmuasida “InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Shu jumladan Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida kibersportning “Dota 2” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tgan edi va “InnoWeek-2024” ochilish marosimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar pul mukofoti, sertifikat va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Umumiy mukofot jamgʻarmasi 22,5 mln. soʻm boʻlgan turnirda Vebster universiteti faxrli 1-oʻrinni, Vestminster universiteti 2-oʻrinni va Angren universiteti talabalari 3- o‘rinni egallashdi.

Ma’lumot uchun, turnirning saralash musobaqalarida Toshkent va Toshkent viloyatidan umumiy 62ta davlat hamda nodavlat Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Saralash o‘yinlarida jami 2800 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site

Angren universiteti (rasmiy)

13 Nov, 06:39


📣Joriy yilning 12-noyabr kuni Pedagogika va tillar fakulteti, "Boshlang'ich ta‘lim" yo'nalishi sirtqi guruh talabalari o'zlarining navbatdagi malakaviy amaliyoti yuzasidan hisobot taqdimotlarini o'tkazishdi.

🔄Bunda, BT-110,111,112,113,114,115 guruh talabalari 4+2 dasturi asosida olib borilgan malakaviy amaliyotidan olingan taassurotlari bo‘yicha hisobot berdilar. Hisobot taqdimoti bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tkazildi.

🔄Shuningdek, guruh talabalari tomonidan "Sening tashabbusing-sening kelajaging" shiori ostida "Talabalik - oltin davrim" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda talabalar o'z ijod namunalaridan she‘rlar o‘qishdi,sahna ko'rinishlar namoyish etishdi.Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site