O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “Energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:➖1-o‘rin uchun 20 mln. so‘m;
➖2-o‘rin uchun 15 mln. so‘m;
➖3-o‘rin uchun 10 mln. so‘m;
Talabgorlar uchun tanlov shartlari:- tanlov mavzusi doirasida hajmi 3-5 betdan oshmagan ilmiy-amaliy tahlillarga asoslangan takliflar tayyorlash;
- amaliyotdagi muammo va huquqbuzarliklarni misollar yordamida tahlil qilish;
- huquqbuzarliklar shakllari va ko‘rinishlarini bayon qilish hamda ularning oldini olish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash;
- takliflarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslanish;
Tahlil va takliflarni 2024-yil 10-dekabrga qadar Akademiyaning [email protected] elektron pochtasiga (MS word yoki PDF shaklda) yuborish zarur.
https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=2184
Telegram