📌Joriy yilning 28-noyabr kuni Inno innovasion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati oldingi Toshkent politexnika instituti faxriy bitiruvchisi, O‘zbekiston neft va gaz sanoati atoqli faxriysi, davlat va jamoat arbobi, “Mehnat shuhrati” , “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”, iqtisod fanlari nomzodi Qayum Jalilovich Xaqqulovning “VATAN farzandi bo‘lib yashadim” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✅Mazkur taqdimotda so‘zga chiqqanlar kitob to‘g‘risida o‘zining fikrlari hamda uning bolaligi, usmirligi, talabalik yillaridan tortib, mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bo‘lgan neft-gaz sohasini rivojlantirishdagi ulkan xissasi, shuningdek, qaxramonimizning mamlakatimiz, MDH davlatlarining birinchi rahbarlari hamda hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlardagi muloqotlari to‘g‘risida so‘z yuritishdi.