Magic Biology (by Ozod Murodovich) @magic_biology Channel on Telegram

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

@magic_biology


Biologiya fanlari magistri, biolog-ornitolog Ozod Murodovichning, asosan, Biologiya fanidan tayyorlanuvchi abituriyentlar uchun mo'ljallangan kanali.

Videolar @MurodovichVideos kanalida.

Shaxsiy blog👉 @murodovichs_blog

Magic Biology (by Ozod Murodovich) (Uzbek)

Assalomu alaykum, biologiya fanatlariga bag'ishlangan eng yangi kanalga xush kelibsiz! Magic Biology (by Ozod Murodovich) kanali, biologiya fanlari magistri, biolog-ornitolog Ozod Murodovich tomonidan tashkil etilgan. Bu kanal asosan biologiya fanidan tayyorlanuvchi abituriyentlar uchun mo'ljallangan. Ozod Murodovichning ko'rsatmalaridan foydalanib biologiya fanlarining ustidan o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Bu kanalda biologiya fanidan hamkorlikda o'qituvchilarni yordamida biologiya savollariga javoblar topishingiz va o'rganishingiz mumkin

Eger siz biologiya fanni o'rganmoqda yoki bu sohada o'z ko'nikmalarini kengaytirmoqchi bo'lsangiz, @magic_biology kanali siz uchun ideal platforma bo'ladi

Kanal ichida Ozod Murodovichning videolariga qulaylik bilan murojat qilish mumkin. Ularning yangi yagona videolari va darsliklari @MurodovichVideos kanalida mavjud. Shuningdek, Ozod Murodovichning shaxsiy blogida biologiya bilimlari haqida yangiliklar va qiziqarli maqolalar joylashgan. Shaxsiy blogga murojat uchun @murodovichs_blog ga o'ting

Biologiya fanlari uchun eng zamonaviy va foydali ma'lumotlar bilan ta’minlangan Magic Biology (by Ozod Murodovich) kanaliga obuna bo'ling va biologiya fanni sevgisi bilan o'rganishingizga davom eting!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

23 Jan, 04:14


📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖

🌍 Stegotsefallar: Ilk quruqlikka chiqqan jangchilar 🦎


Biz yashayotgan sayyora bir vaqtlar faqat suv bilan qoplangan edi. Ammo taxminan 360 million yil avval, Stegotsefallar deb ataluvchi ajib mavjudotlar suvni tark etib, quruqlikni zabt etishdi!


Stegotsefallar – ilk tetrapodlarning ajdodlari bo‘lib, ular suv va quruqlikda yashashga moslashgan. Ularning qalin suyakli bosh suyagi, kuchli oyoqlari va suzishga moslashgan dumlari bor edi. Bu ajdodlar suvda baliqlarni ovlab, quruqlikda esa hasharotlar bilan oziqlanardi.

📜 Tarixiy muhimlik!

Ular Devon davrida yashagan (taxminan 360-300 mln yil oldin).
Suv va quruqlikda yashashga moslashib, ular evolyutsiyaning yangi sahifasini ochishdi – amfibiyalar va keyinchalik sudralib yuruvchilarga yo‘l ochishdi.

🧬 Nega ular muhim?

Suvdan quruqlikka o‘tish evolyutsiya uchun katta qadam edi. Stegotsefallar bu yo‘lda "ko‘prik" vazifasini o‘tadi.
Ularning suyak qoldiqlari zamonaviy amfibiyalar va sudralib yuruvchilarning qanday paydo bo‘lganini tushunishga yordam beradi.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

22 Jan, 16:07


Xushxabar!!!

Ukam Abdusamatov Begzod Ona tilidan 100% ball beradigan sertifikat egasi bo’ldi.

Tabriklaymiz!!!

Oʻqituvchisi: @Sherzod_Abduxalimov

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

22 Jan, 16:06


Xushxabar!!!

Baxodirova Shukronabegim shogirdimiz Ona tilidan 100% ball beradigan sertifikat egasi bo’ldi.

Tabriklaymiz!!!

Oʻqituvchisi: @Sherzod_Abduxalimov

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

22 Jan, 16:05


Xushxabar!!!

Toxirova Jasmina shogirdimiz Ona tilidan 100% ball beradigan sertifikat egasi bo’ldi.

Tabriklaymiz!!!

Oʻqituvchisi: @Sherzod_Abduxalimov

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

22 Jan, 16:05


Xushxabar!!!

Saidova Sevinch shogirdimiz Ona tilidan 100% ball beradigan sertifikat egasi bo’ldi.

Tabriklaymiz!!!

Oʻqituvchisi: @Sherzod_Abduxalimov

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

22 Jan, 16:03


Xushxabar!!!

Islamova Hanifa shogirdimiz ona tilidan 100% ball beradigan sertifikat egasi bo’ldi.

Tabriklaymiz!!!

Oʻqituvchisi: @Sherzod_Abduxalimov

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

21 Jan, 12:03


#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

20 Jan, 11:45


Biologiya fanidan imtihon vaqtlari:

25-yanvar: 13:00 (2-smena)
26-yanvar: 07:30 (1-smena)
26-yanvar: 13:00 (2-smena)

Meniki 25-yanvar kuni 13:00 da ekan!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

20 Jan, 11:44


Sertifikat uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi.
my.gov.uz sayti orqali yuklab olishingiz mumkin.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

18 Jan, 04:55


Magic Biology (by Ozod Murodovich) pinned «Paskal Uchburchagi va Kumulyativ Polimeriya: Oddiy Matematikadan Genetik Tahlilgacha 📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖 ruknidan BOMBA post! Bugun o'ta qiziq va dolzarb mavzuga to'xtalayapmiz! Genetikada kumulyativ polimeriya — ko‘p genli belgilar (masalan…»

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

18 Jan, 04:54


Paskal Uchburchagi va Kumulyativ Polimeriya: Oddiy Matematikadan Genetik Tahlilgacha

📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖 ruknidan BOMBA post!

Bugun o'ta qiziq va dolzarb mavzuga to'xtalayapmiz!


Genetikada kumulyativ polimeriya — ko‘p genli belgilar (masalan, inson bo‘yi yoki teri rangi) irsiylanishini ifodalaydi. Bunday belgilar bir nechta genlar ta’sirida shakllanadi va har bir gen kichik miqdorda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu hodisalarda fenotiplar nisbatlarini aniqlashda Paskal uchburchagi juda qulay matematik vosita hisoblanadi.

Paskal Uchburchagi Nima va Nega Muhim?

Paskal uchburchagi — matematik qatorlar asosida tuziladigan geometrik jadval. Har bir qator oldingi qatorning qiymatlarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Quyida uning bir necha qatorlari keltirilgan:

1
1 1
1 2 1
1 3 3 1
1 4 6 4 1
1 5 10 10 5 1

Bu qatorlarning har biri dominant allellar soniga qarab fenotiplarning nisbati sifatida genetik tahlilda ishlatiladi. Faqat to‘liq gen allellari (2, 4, 6 va hokazo) bo‘lgan hollarda Paskal uchburchagidan foydalaniladi.

Genetikada Kumulyativ Polimeriyaning Amaliy Misollari:

1. 1 Juft Allelli Gen (A va a)
Bu holatda ikkita gen belgiga ta’sir qiladi, Paskal uchburchagining 3-qatori ishlatiladi:
1:2:1
0 ta dominant allel : 1 ta (1).
1 ta dominant allel : 2 ta (2).
2 ta dominant allel : 1 ta (1).
Fenotiplar nisbati:
1:2:1

2. 2 Juft Allelli Gen
Bu holatda 2 juft allelli gen belgiga ta’sir qiladi. Paskal uchburchagining 5-qatori ishlatiladi:
1 4 6 4 1
0 ta dominant allel : 1 ta (1).
1 ta dominant allel : 4 ta (4).
2 ta dominant allel: 6 ta (6).
3 ta dominant allel: 4 ta (4).
4 ta dominant allel : 1 ta (1).
Fenotiplar nisbati:
1:4:6:4:1

3. 3 Juft Allelli Gen.
3 juft allelli genlar belgiga ta’sir qilganda, Paskal uchburchagining 7-qatori ishlatiladi:
1 6 15 20 15 6 1
0 ta dominant allel: 1 ta (1).
1 ta dominant allel: 6 ta (6).
2 ta dominant allel: 15 ta (15).
3 ta dominant allel: 20 ta (20).
4 ta dominant allel: 15 ta (15).
5 ta dominant allel: 6 ta (6).
6 ta dominant allel: 1 ta (1).
Fenotiplar nisbati:
1:6:15:20:15:6:1

Siz shu ma'lumotlardan foydalanib 4 juft noallel gen ishtirok etadigan polimeriyani mustaqil hisoblang!

Genetikada Paskal Uchburchagining Ahamiyati

1. Ko‘p genli belgilarni tahlil qilish: Kumulyativ polimeriya yordamida belgilar qanday taqsimlanishini tushunish osonlashadi.
2. Nazariy model: Eksperiment natijalarini oldindan prognoz qilish uchun ishlatiladi.
3. Genetik xilma-xillikni tushuntirish: Har bir dominant allel umumiy fenotipga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.

Siz nima deb o‘ylaysiz? Paskal uchburchagining genetikadagi ahamiyatini siz qanday tasavvur qilasiz? O‘z fikrlaringizni qoldiring! 😊

📌 #Genetika #Biologiya #PaskalUchburchagi

Ushbu postni Ozod Murodovich
@Magic_Biology kanali uchun maxsus tayyorladi.
Ko'chirganda kanal linki bilan oling.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

17 Jan, 11:25


📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖

Bugun Mastadontlar haqida gaplashamiz
✔️

Mastodontlar – qadimgi gigantlar!

Mastodontlar yer yuzida yashagan eng yirik fillar qatoriga kiruvchi qadimgi jonivorlardan biri edi. Ular taxminan 27 million yil avval paydo bo‘lib, so‘nggi vakillari taxminan 10 ming yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan. Mastodontlar asosan Shimoliy va Markaziy Amerikada yashagan.

🔍 Qanday farqlanishadi?
Mastodontlar ko‘pincha mamontlar bilan aralashtiriladi, ammo ularning o‘ziga xos xususiyatlari bor:

Tishlari: Mastodontlarning tishlari mamontlar va zamonaviy fillarga qaraganda boshqa shaklda edi. Ular maydalovchi yuzalar bilan qoplangan bo‘lib, asosan barg, novda va yumshoq o‘simliklarni chaynashga moslashgan.
Hajmi: Ularning uzunligi taxminan 3–4 metr, og‘irligi esa 5–6 tonnaga yetgan.
Tanasining tuzilishi: Mastodontlarning jasadi mamontlarnikiga qaraganda ixchamroq va kaltaroq edi.

🌍 Yo‘qolish sabablari:
Mastodontlarning yo‘qolishiga asosiy sabab sifatida iqlim o‘zgarishi va ovchilik ko‘rsatiladi. Muzlik davri tugagach, ularning yashash muhiti kamaydi, insonlar esa ularni ovlab, yashash hududlariga xavf tug‘dirdi.

📜 Qiziqarli faktlar:

Mastodontlar ilk bor 18-asrda kashf etilgan va ularning suyaklari dastlab afsonaviy maxluqlar qoldig‘i deb hisoblangan.
Ularning nomi yunoncha "mastos" (ko‘krak) va "odons" (tish) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bu tishlarining shakli bilan bog‘liq.
💡 Mastodontlar haqida bilib, ularning tabiiy tarixdagi o‘rni va insoniyat bilan bog‘liq hikoyalaridan ilhomlaning!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

16 Jan, 04:54


📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖

Bugungi mavzumiz EKSPRESSIVLIK

Genetikada EKSPRESSIVLIK nima?

Ekspressivlik: Genetik xususiyatlarning ifodalanishi!

Ekspressivlik – bu genlarning fenotipda qanday darajada ifodalanishini ko'rsatadigan genetik tushuncha. Oddiy qilib aytganda, u bir xil genotipga ega organizmlarda belgining qanchalik "kuchli" yoki "yumshoq" ifodalanishini anglatadi. Ekspressivlik bir xilda bo‘lmasligi mumkin, chunki uni atrof-muhit omillari va boshqa genlarning ta’siri boshqaradi.

Ekspressivlikning sababchi omillari
1. Genetik muhit: Boshqa genlar ma'lum genning ifodalanish darajasiga ta'sir qilishi mumkin.
2. Atrof-muhit: Xun, iqlim yoki tashqi omillar belgining kuchliligini o‘zgartirishi mumkin.
3. Epigenetika: DNK modifikatsiyasi ekspressivlikni pasaytirishi yoki oshirishi mumkin.

Ekspressivlik va penetrantlikni adashtirmaslik uchun ular o'rtasidagi farqni sodda tilda eslab qoling:
Penetrantlik - Belgining genotipga ega barcha organizmlarda namoyon bo‘lish ehtimoli.
Ekspressivlik - Belgining ifodalanish darajasi, ya'ni kuchliligi yoki zaifligi.

Masalan, polidaktiliya (qo‘shimcha barmoq) mutatsiyasiga ega bo‘lgan odamlarning barchasida bu belgining namoyon bo‘lishi – penetrantlik, qo‘shimcha barmoqning uzunligi yoki shaklidagi farq esa – ekspressivlikdir.

Xulosa
Ekspressivlik genetik belgilarning ko‘rinishidagi xilma-xillikni tushuntiradi. Bu tushuncha nafaqat genetik tadqiqotlarda, balki kasalliklarni tahlil qilishda ham muhim ahamiyatga ega.

Bu maqolachani misol bilan tugatamiz:
Tasavvur qiling, A gen mutatsiyasi bo'lib, u ko'z rangining yashil bo'lishiga sabab bo'ladi. Ushbu gen barcha tashuvchilarda yashil ko'z rangini beradi, ammo quyidagicha farqlar bo‘lishi mumkin. Rasmda jadvalda ko'rsatamiz.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

15 Jan, 08:22


E'lon:
      Abituriyentlar diqqatiga !
Maroqand o'quv markaziga barcha ta'lim yo'nalishlarida tushadigan majburiy matematika kursiga taklif qilamiz:
Kurs davomiyligi 2 oy  majburiyda tushishi mumkin bo'lgan barcha mavzular 0 dan boshlab geometriya gacha sifatli o'tib beriladi.
Quyidagi vaqtlarga guruxlar ochilmoqda
1) Dushanba , Chorshanba, Juma
1-guruh: 08:00🕗
2-guruh: 11:00 🕚
3-guruh: 15:00🕒
4-guruh: 17:00🕓
2) Seshanba, Payshanba, Shanba
1-guruh: 12:00🕛
2-guruh: 16:00🕒
Marhamat o'zingizga ma'qul bo'lgan vaqtdagi guruhingizga yoziling🔖
Manzil:Dagbetski chorraha Ipak yo'li Banki (eski Umar bank) ro'parasida "Maroqand"o'quv markazi
Tel: +998915510196
      +998917019272

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

13 Jan, 04:17


Bugungi abetdan keyingi guruh uchun dars 14:00 da boshlanadi.
Barchaga yetkazinglar.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

13 Jan, 04:10


📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖

Bugungi mavzumiz PENENTRANTLIK

Genetikada Penentrantlik Nima?

Penentrantlik — bu genetik atama bo‘lib, ma’lum bir genning organizmda namoyon bo‘lish ehtimoli yoki darajasini anglatadi. Penentrantlik 100% bo‘lsa, demak, bu genni tashuvchi barcha individlarda ushbu genning fenotipik ifodasi ko‘rinadi. Aksincha, agar penentrantlik qisman bo‘lsa, gen mavjud bo‘lsa-da, ba’zi individlarda fenotipik belgilar kuzatilmasligi mumkin.

To‘liq va qisman penentrantlik
To‘liq penentrantlik – gen mavjud bo‘lsa, u har doim fenotipik ravishda namoyon bo‘ladi.
Masalan, Huntington kasalligi.
Qisman penentrantlik – gen mavjud bo‘lsa-da, u ba’zi individlarda ifodalanmaydi.
Masalan, polidaktiliya genetik kasalligi.

Birinchi grafik: 100% penentrantlikni ifodalaydi. Bunda barcha individlarda fenotipik belgi kuzatiladi.
Ikkinchi grafik: 70% penentrantlikka ega. Bunda genni tashuvchilarning 70 foizida fenotipik belgi kuzatiladi, qolgan 30 foizda esa kuzatilmaydi.
Penentrantlikka ta’sir qiluvchi omillar:

Atrof-muhit: Tashqi muhit sharoitlari genning fenotipik ifodasiga ta’sir qilishi mumkin.
Modifikator genlar: Boshqa genlar asosiy genning ifodasini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
Organizmning yoshi: Ba’zi belgilar faqat muayyan yoshda namoyon bo‘lishi mumkin.
Masalaning amaliy ahamiyati: Penentrantlik tushunchasi tibbiyotda va seleksiyada juda muhim. Masalan:

Tibbiyotda: Kasallikning xavfini baholashda.
Seleksiyada: Foydali belgilarni tanlashda.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

12 Jan, 12:10


😴 Siz hamon uyg‘onmadingizmi?

Har kuni bir xil hayot. Ertalab uyg‘onasiz, rejasiz kunlar, natijasiz harakatlar,dangasalik va Kun tartibiga amal qilolmay ,o'zingizga nisbatan ishonch tushib qolganmi ?
Qachon o‘zgarasiz?

🔔 Wake Pill – bu uyg‘onish vaqti!
1 oyda sizni intellektual, jismoniy, mental va moliyaviy jihatdan o‘zgartiruvchi intensiv tizim.
🌪️ Qoidalar oddiy:

Dangasalikka joy yo‘q.
Har bir harakatingiz nazoratda.
Diskomfort orqali o‘sish sari.

O‘zingizdan qo‘rqmang. Biz qulaylik zonasidan chiqaramiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt sarflash yo‘q!
✔️ Hayot nazorati va haqiqiy natija!

🎟️ Joylar cheklangan.
📩 Ro‘yxatdan o‘tish: @wakepill_everest
Telegram kanal: https://t.me/wakepill_Uzbekistan

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

09 Jan, 04:36


Sizlarga ajoyib tavsiyam bor, tibbiyot sohasiga kirganlar uchun manfaatli kanal ochildi.
Yaqin birodarlarimiz ajoyib loyiha boshlashibdi, tibbiyot uchun fundamental fanlardan ajoyib video darslar va konspektlar tashlab boriladi. Obuna boʻlib qoʻysangiz afsuslanmaysiz. Agar foydali deb bilsangiz Do'stlaringizga ham ulashing.

Tg kanal
https://t.me/Med_Aura_team

Youtube kanal
https://youtube.com/@med_aura_team?si=hTPu5ozJHYncYMpK

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

06 Jan, 17:43


#Ovozli_chat

2025-yil 6-yanvar kuni kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

31 Dec, 11:53


Kanalimizning 2024-yildagi umumiy statistikasi!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

31 Dec, 05:45


🌲🏡❄️
Kanalimizni qadrdon foydalanuvchilari. Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan tabriklayman.
🚩
Bu yil sizga omad , baxt va muvaffaqiyat olib kelsin. O'tgan yilni sarhisob qilganda hammada albatta muvaffaqiyat kunlari ko'p. Bu 2025-yilda ham yana davom etishiga tilakdoshman.
🔥🪟
Har doim rivojlanish va o'sishdan to'xtamang. Kelgusi yilgi abituriyentlarga ham omadlar tilaymiz.
👍
Barchalariga talabalik baxti nasib qilsin. Eng muhimi ota - onangizni asrang va xizmatlarini qiling doim. Kitob bilan oshna bo'ling. Zero eng beminnat ustoz va o'rgatuvchi bu - kitobdir
🤭

🚗2️⃣🔠2️⃣5️⃣🔴

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

30 Dec, 03:04


😅Siz kutgan eng sara kanallar bir joyda⬆️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

29 Dec, 12:31


🎁Yilning eng yaxshi #BIOLOGIYA #KIMYO telegram kanallari👇

Biz bilan doim oldinda bõling

https://t.me/addlist/BcGzXfAZ8Q82YTAy
https://t.me/addlist/BcGzXfAZ8Q82YTAy

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

29 Dec, 09:51


Milliy sertifikat imtihoni uchun ro’yxatdan o’tish jarayoni.

✈️@Qurbonali_Erkayev

➡️Yaqinlarga ham ulashamiz

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

29 Dec, 08:32


Bugun Milliy Sertifikat imtihonlariga ariza topshirishning oxirgi kuni.
Ulgurib qolinglar.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

28 Dec, 12:52


Trend😎
Rahmat hammaga)

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

27 Dec, 15:44


2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣
🔽🔽🔽🔽
2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

26 Dec, 18:42


❗️Baholash mezoni bo‘yicha qisqacha.

1-40 gacha bo‘lgan savollarga 100 daqiqa vaqt beriladi va RASH modeli bo‘yicha baholanadi. Maksimal ball 75

41-42-43-savollar

41-savol uchun umumiy 30 ball
42-savol uchun umumiy 35 ball
43-savol uchun umumiy 10 ball

Yuqoridagi ballar savolni tog‘ri ishlash usulingiz va to‘g‘ri javob uchun beriladi.

Yani har bir savolga to‘liq yechim qilish kerak.
3 ta savol uchun umumiy vaqt 80 minut ( 1 soat, 20 minut)

Endi umumiy ball test va yozma ballari qo‘shilib 2 ga bo‘linadi ya'ni o'rtachasi chiqariladi.

Misol:
Siz 40 talik testdan aytaylik 75 balldan 65 ball oldiz.

Yozmadagi 75 ball dan 55 ball oldiz

Test 65 ball + Yozma 55 ball =120 ball

120÷2=60 bal umumiy o'rtacha ball bo'lishi kutilmoqda.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

26 Dec, 09:43


BMBA tomonidan taqdim etilgan namunaviy savollar (Milliy sertifikat uchun)✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

25 Dec, 04:54


📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖

🦨🦨🦨
Biogeografik viloyatlar mavzusida Neoarktik biogeografik viloyatida uchraydigan SKUNS nomli mavjudot haqida gap ketgan. Yuqoridagi multfilmdagi chap tomondagi mavjudot aynan skuns hisoblanadi.

Yaqin-yaqingacha yirtqichlar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub bo’lgan ushbu hayvonlar so’nggi o’tkizilgan molekulyar tadqiqotlardan so’ng alohida skunslar oilasi (Mephitidae) sifatida ajralib chiqdi.


Umumiy ma’lumotlar

Skunslarni tashqi qiyofasidan, ya’ni qora fondagi bir necha qator oq hoshiyalardan osongina ajratib olish mumkin. Bunday oq hoshiyalar skunsning boshidan orqasi bo’ylab dumigacha yetadi. Oq hoshiyalar dushmanni ogohlantiruvchi belgi hisoblanadi. Skunslarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu badbo’y hid chiqaruvchi anal bezlarining bo’lishidir. Ushbu himoya vositasidan dushmandan himoyalanish vaqtida foydalanadilar. Eng kichik vakili dog’li skuns (Spilogale putoriu) bo’lib, og’irligi 200 g dan 1 kg gacha boradi; eng yirik vakili cho’chqaburun skunslar (Conepatus) ularning og’irligi 4,5 kg gacha boradi.

Hayot tarzi

Skunslar turli xil landshaftlarda hayot kechiradi. Jumladan ularni o’rmonzorlarda, o’tloqzorlarda, agrotsenoz va tog’lik mintaqalarda uchratish mumkin. Qalin o’rmonlar va botqoqliklardan uzoqroq yurishga harakat qiladi. Asosan tunda faol hayot kechiradi. Odatda o’ziga yerda uya qaziydi, ba’zan boshqa hayvonlarning uyasini egallab ham oladi. Ayrim vakillari (Spilogale) esa bemalol daraxtlarda o’rmalab yuradi.
Skunslar hammaxo’r yirtqichlar bo’lib, odatda o’simlik mahsulotlari, chuvalchanglar, hasharotlar va boshqa umurtqasizlar, mayda umurtqalilardan – ilonlar, qushlar va ularning tuxumlari, kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Qishda to’da holida – bitta erkak va bir nechta urg’ochi (12 tagacha) skunslar uyalarida qishlashadi, qolgan vaqtlarda yakka hayot kechiradi. Boshqa yirtqichlardan farqli ravishda o’z hududi chegarasini belgilab olmaydi. oziqlanish maydoni erkak skunslarda 20 km. kv. gacha, urg’ochilarida esa 2-4 km. kv. gacha bo’ladi.
Skunslarning hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan, lekin ko’rish xususiyati past bo’lib, 3 metr uzoqlikdagi predmetni farqlay olmaydi.


Ekosistemadagi o’rni

Hammaxo’r skunslarning ozuqa ratsionidagi o’simlik va hayvonlarning tur soni ancha keng. Lekin o’zlari badbo’y hidlari tufayli kam holatlarda o’ljaga aylanishadi. Asosan mayda yoshli skunslarda koyot, tulki, puma, kanada yovvoyi mushugi, bo’rsiqlar va hidni sutemizuvchilar kabi yaxshi ajrata olmaydigan yirtqich qushlar tashlanib turadi. Shu bilan birga skunslar bir qancha parazitlar va kasalliklarning tashuvchilari hisoblanadi. Gistoplazmoz ham asosan skunslar orqali tarqaladi. Skunslar ba’zida quturish kasalligi bilan ham og’rib turadi.
Skunslarning asosiy dushmanlari bu odamlar bo’lib, odatda ular uning badbo’yligi tufayli yoki uy parrandalarini yeb ketgani tufayli qirib yuborishadi. Amerikaning ayrim joylarida uni xonaki hayvon sifatida ham saqlashadi, faqatgina avval uning anal bezlari olib tashlanadi.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

25 Dec, 04:49


Yoshligimizda "O'rmon ahli" deb nomlangan multfilm bo'lar edi. Juda mazza qilib tomosha qilganlarim esimda.
Bugun shu multfilmdagi asosiy qahramonlardan biri: chap tomondan birinchi mavjudot haqida gaplashamiz.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

25 Dec, 04:19


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 23-dekabrdan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

21 Dec, 04:27


📌Biologiyani o'rganishni davom etamiz📖

Yangi 10-sinf Biologiya darsligida chibis degan mavjudot berilgan. Bugun shu haqida gaplashamiz!

Chibis (Vanellus vanellus) — rjankasimonlar oilasiga mansub qush. Uzunligi 30 sm ga yaqin. Qanotlari keng. Boshida uzun va ingichka kokili bor. Yevrosiyoda tarqalgan. Uchib ketuvchi qush. Koʻpincha koloniya boʻlib botqoqliklar, oʻtloqlar va boshqa dalalarda uya quradi. 4 ta tuxum qoʻyadi. Ayrim joylarda tuxumlari ovqatga ishlatiladi. Oʻzbekistonda qushlar uchib oʻtish davrida uchraydi.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

19 Dec, 18:27


📣Yakshanba (15.XII.2024) kungi test natijalari📣

☄️Natijalar hali ko'p ishlashimiz kerakligini, oldinda qiladigan ishlarimiz ko'p ekanligini, bo'shashishga haqqimiz yo'qligini ko'rsatib turibdi. Gazni bosish kerak. Oxirigacha!

Afsuski testga kelmaganlar ham ko'pchilikni tashkil qilyapti
😠
Testda qatnashinglar shogirdlar
😡
So'ngi pushaymon o'zlaringa dushman
😮
Xulosa o'zlaringdan
🤨

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

19 Dec, 18:09


15-dekabr kungi testning javoblari✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

19 Dec, 17:55


15-dekabr kungi BLOK testimizga qatnashmagan shunqorchalar✔️
Ota-onalar, davomat bilan shug'ullanishi kerak!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

19 Dec, 13:57


Kolorado qo'ng'izining uchishi sekinlashtirilgan kadrlarda...

E'tibor bergan bo'lsangiz, kolorado qo'bng'izining uchishida birinchi juft qanotlari (ustki qanotlar) ko'tarish yuzasini hosil qilayapti va uchishda yordam bermoqda.

Yashil bronza qo'ng'izida esa birinchi juft qanotlar (ustki qanotlar) uchishda ishtirok etmay, faqatgina tanani qalqon sifatida himoya qilish vazifasini bajaradi.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

16 Dec, 17:26


📌Bugungi qahramonimiz chala maymunlar guruhiga mansub TUPAYlar.

Hindomalay biogeografik viloyatida uchraydi.
Voyaga yetganida kattaligi 18 sm, og'irligi 130 gr bo'ladi.
✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

15 Dec, 05:44


15-dekabr sanasidagi BLOK testdan lavhalar✔️

1-smena✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

15 Nov, 16:14


🤬‼️‼️‼️‼️🤬

🔥Siz uchun foydali🔥

🤬Tezda qõshilib oling🤬

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

15 Nov, 12:38


⭕️Diqqat❗️

🔍Eng sara BIOLOGIYA va KIMYO oid kanallar hammasi bir joyda: 〽️

Bõlajak shifkorlar uchun

👇Qo'shilish uchun 👇
https://t.me/addlist/1SkzETuwlpswYzAy
https://t.me/addlist/1SkzETuwlpswYzAy

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

15 Nov, 05:17


📣☄️Diqqat☄️📣
Biz haftalik testlarni davom ettiramiz.
Yakshanba kuni (17-noyabr) soat 9:00 va 13:30 (ikki smena)da
📌Ozod Murodovich ATM📌da
katta va kichik guruhlarimiz uchun shu kungacha o'tilgan mavzularidan

"Qarag'ayning "meva"si"

deb nomlangan
🔴‼️💣BOMBA💣🔴‼️ test bo'lib o'tadi.
Barcha kelib, bemalol qatnashishi mumkin.
Shogirdlarimga majburiy
😠😠
Kelmaganlarga jazo muqarrar
😠😠
Hech qanaqa bahona o'tmaydi. Barcha qatnashishi shart!
🔥

📊🔼💬

⚡️⚡️⚡️Jarima 500 ta oq list⚡️⚡️⚡️

🫡O'qishga kirgan shogirdlardan kimni vaqti bo'lsa nazoratga kelsin. Xursand bo'lamiz.🫡

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

09 Nov, 03:08


🔈🔈 MATEMATIKA BILIMDONLARI UCHUN AJOYIB TAKLIF💡💡

💵 Siz uchun hammasi tekin !


🗓17-noyabr (yakshanba) soat 14:00 da
🇺🇿"HUMO ACADEMY" oʻquv markazida MATEMATIKA fanidan "KIM ENG ZOʻRI" nomli sovrinli test boʻlib oʻtadi.

Test offline tartibda bo'ladi.


💵 Umumiy yutuq fondi: 700.000 soʻm

🟠-oʻrin: 200.000 soʻm
🔴-oʻrin: 150.000 soʻm
🟠-oʻrin: 100.000 soʻm
🔴-oʻrin: 50.000 soʻm
🟠-oʻrin: 50.000 soʻm

qoʻshimcha: 1️⃣8️⃣-oʻrin, 6️⃣7️⃣-oʻrin va 1️⃣4️⃣4️⃣-oʻrinlar ham 50.000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✏️ Test "Natural sonlar mavzusidan Ildizlar" mavzusigacha, jami 5️⃣0️⃣ ta test savolni o'z ichiga oladi.

⏱️ Test uchun belgilangan vaqt: 2,5 soat (150 daqiqa)

🔝 O'z kuchini bilmoqchi bo'lgan o'quvchilar va o'quvchilarini sinab ko'rmoqchi bo'lgan ustozlarni ushbu testga taklif qilamiz.



🖥 Testda qatnashish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish lozim!

Ro'yxatdan o'tish:
📱 Telegram: @Turopov_Amriddin
🔴 Telefon: +998949140914

📍Manzil: Samarqand shahri, Gelion chorrahasidan 150 metr Motrid tomonga.
Mo'ljal(39-Bog'cha)

Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/4nhXE4eM4roDcsi38

🌐 @samarqandmatematika

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

05 Nov, 18:38


📣Yakshanba (3.XI.2024) kungi test natijalari📣

☄️Natijalar bomba bo'lib yotibdi.
Malades yanada yondirib tashlanglar bundan keyin ham.

Afsuski testga kelmaganlar ham ko'pchilikni tashkil qilyapti
😠
Testda qatnashinglar shogirdlar
😡
So'ngi pushaymon o'zlaringa dushman
😮
Xulosa o'zlaringdan
🤨

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

05 Nov, 18:38


3-noyabr sanasida olingan Yakshanbalik testimizda quyidagi o'quvchilar qatnashmadi✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

05 Nov, 17:31


3-noyabr kunida olingan testimizning kaliti👆
Tekshirib olinglar. Tez orada natijalari chiqadi!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

01 Nov, 04:21


📣☄️Diqqat☄️📣
Biz haftalik testlarni davom ettiramiz.
Yakshanba kuni (3-noyabr) soat 9:00 va 13:30 (ikki smena)da
📌Ozod Murodovich ATM📌da
katta va kichik guruhlarimiz uchun shu kungacha o'tilgan mavzularidan

"Otning o'limi - itning bayrami"

deb nomlangan
🔴‼️💣BOMBA💣🔴‼️ test bo'lib o'tadi.
Barcha kelib, bemalol qatnashishi mumkin.
Shogirdlarimga majburiy
😠😠
Kelmaganlarga jazo muqarrar
😠😠
Hech qanaqa bahona o'tmaydi. Barcha qatnashishi shart!
🔥

📊🔼💬

⚡️⚡️⚡️Jarima 500 ta oq list⚡️⚡️⚡️

🫡O'qishga kirgan shogirdlardan kimni vaqti bo'lsa nazoratga kelsin. Xursand bo'lamiz.🫡

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

30 Oct, 04:46


📣☄️Diqqat☄️📣
Biz haftalik testlarni davom ettiramiz.
Yakshanba kuni (3-noyabr) soat 9:00 va 13:30 (ikki smena)da
📌Ozod Murodovich ATM📌da
katta va kichik guruhlarimiz uchun shu kungacha o'tilgan mavzularidan

"Otning o'limi - itning bayrami"

deb nomlangan
🔴‼️💣BOMBA💣🔴‼️ test bo'lib o'tadi.
Barcha kelib, bemalol qatnashishi mumkin.
Shogirdlarimga majburiy
😠😠
Kelmaganlarga jazo muqarrar
😠😠
Hech qanaqa bahona o'tmaydi. Barcha qatnashishi shart!
🔥

📊🔼💬

⚡️⚡️⚡️Jarima 500 ta oq list⚡️⚡️⚡️

🫡O'qishga kirgan shogirdlardan kimni vaqti bo'lsa nazoratga kelsin. Xursand bo'lamiz.🫡

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

28 Oct, 04:26


Ko'p allellilik

Mendel ishlariga koʻra, maʼlum bir gen har doim ikkita allelga ega boʻladi. Bugungi kunda esa bu holat har doim ham toʻgʻri chiqavermaydi. Individlarda (va barcha diploid organizmlarda) maʼlum bir gen ikki allelli bo'lsa-da, populyatsiya darajasida koʻp allellik kuzatilishi hamda ular populyatsiyadagi individlar boʻylab farq qilishi mumkin.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

28 Oct, 02:46


⬆️❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💛💛💛⬆️

📢Barcha BIOLOGIYA KIMYO kanallari bir joyda✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

27 Oct, 12:31


🔍 Eng sara BIOLOGIYA va KIMYO oid kanallar hammasi bir joyda: ♻️

🖇Bõlajak shifkorlar uchun🖇

👇Qo'shilish uchun 👇
https://t.me/addlist/CZpJvFtKXq82NmIy
https://t.me/addlist/CZpJvFtKXq82NmIy

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

26 Oct, 05:54


@mirjaxon_olimjonovich

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

25 Oct, 05:05


Olimpiada tuman bosqichida Bulung'ur tumanida Ozod Murodovich tayyorlov kursining o'quvchisi Axatov Shoxrux keyingi bosqichga o'tdi. Tabriklaymiz✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

25 Oct, 05:04


Olimpiada tuman bosqichida Jomboy tumanida Ozod Murodovich tayyorlov kursining o'quvchisi Joniqulov Shaxriyor keyingi bosqichga o'tdi. Tabriklaymiz✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

25 Oct, 03:59


📣Diqqat📣

Sertifikat guruhning bollari uyga vazifa testini darsxonadan olib ketsin!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

24 Oct, 13:23


Ushbu ro'yxatning 1-, 2-, 5- va 7-o'rindagi o'quvchilarini yaxshilab eslab qolinglar📌

Olimpiada Samarqand shahar bosqichidagi 7 ta o'quvchidan 4 tasi Ozod Murodovich tayyorlov kursining o'quvchilari hisoblanadi.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

24 Oct, 08:42


Bugun 11-sinflarga tushgan olimpiada savollari📌

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

23 Oct, 18:14


📣🔥20-oktabr kungi testimizning natijalari e'lon qilindi. 🔥
Testimizda qatnashib ko'rganlar biladi, testimizda oson savollarga aslo o'rin yo'q. Manaman degan abituriyentlarni qiynab qo'ygan shokolad savollar bo'ldi.
📌
➡️Lekin mana shu qiyin savollarda ham o'zini kutganimdan ham a'lo ko'rsatgan o'quvchilarim yetarlicha topildi.
Ota-onasiga rahmat shu o'quvchilarni.
🙏
Shu bilan bir qatorda kutilmalarimni oqlamagan ba'zi o'quvchilar ham bo'ldi.
😔

Shu o'rinda yana bir marta takrorlayman abituriyentlarim, ukalarim, singillarim:
Ko'zlaringni ochinglar. 👀
Vaqt kundan-kunga kam qolmoqda.

Ey abituriyent, gaplarimga quloq tut.
👂
Hozir ayni o'qiydigan vaqting. Kelajaginga narvon qo'yayapsan.
📌
Hech narsaga chalg'ima, faqat oldinga intil.
Eng zo'ri bo'lishga intil.
Dunyoda tengi topilmaydigan zo'r bo'lishga intil.
Seni yuqori marralar kutmoqda. Faqat mehnat qilish kerak. Hozirgidan kerak bo'lsa o'n chandon ko'proq mehnat qil. Avgustda rohatini ko'rasan. Shu vaqtda meni gaplarimni afsus bilan emas, faxr bilan eslaydigan bo'l.
Yaxshiyam ustozimni aytganlarini qilgan ekanman deb ich-ichingdan rahmat aytasan hali.
Faqat o'qi.
📚
Qolgan barcha gap-so'zlar safsata.
Faqat o'qi.
📚
Hech qayoqqa qaramay o'qi.
📖
Uyqulardan voz kechib o'qi.
📖
Telefonlaringni otib yuborib o'qi.
📚
Mendan ota-onam umidvor deb o'qi.
📖
Ustozim menga ko'z tikayapti deb o'qi.
📖
Ota-onamni yuzini yorug' qilaman deb o'qi.
📚
Ko'zlaring kitobdan boshqa narsani ko'rmasin.
Quloqlaring ustozing o'rgatganlaridan boshqasini eshitmasin.
Olov bo'lib yonib o'qi.
📖
Otash bo'lib yonib o'qi.
📖
Kunni kun, tunni tun demasdan o'qi.
📖
Kelajaging shu bilan bog'liqligi uchun o'qi.
📖
Sen albatta uddalaysan.

Men ishonaman.

Sen ham o'zinga ishon!!!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

23 Oct, 18:00


Testga qatnashmagan shunqorlar ro'yxati📌

E'tibor qiling, 60 dan ziyod odam testda qatnashmagan!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

23 Oct, 17:57


20-oktabr kungi Blok testimizning kalitlari👆

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

20 Oct, 05:57


20-oktabr sanasidagi BLOK testimizdan lavhalar📌
Afsuski 50 dan ko'p shogirdimiz testga kelmadi. Hammasi 1 blok oppoqqina list bilan darsga kiradi.
✔️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

19 Oct, 07:28


📣☄️Diqqat☄️📣
Biz haftalik testlarni davom ettiramiz.
Yakshanba kuni (20-oktabr) soat 9:00 (bir smena)da
📌Ozod Murodovich ATM📌da
katta va kichik guruhlarimiz uchun shu kungacha o'tilgan mavzularidan

"Ilonlarni yeydigan ilon"

deb nomlangan
🔴‼️💣BOMBA💣🔴‼️ test bo'lib o'tadi.
Barcha kelib, bemalol qatnashishi mumkin.
Shogirdlarimga majburiy
😠😠
Kelmaganlarga jazo muqarrar
😠😠
Hech qanaqa bahona o'tmaydi. Barcha qatnashishi shart!
🔥

📊🔼💬

⚡️⚡️⚡️Jarima 500 ta oq list⚡️⚡️⚡️

🫡O'qishga kirgan shogirdlardan kimni vaqti bo'lsa nazoratga kelsin. Xursand bo'lamiz.🫡

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

18 Oct, 09:56


Kimyo fanidan dars beradigan domlamiz, ba'zida dangasalik qilib yoki ulgurolmay qolib, vazifalarni to'liq bajarmasdan kelganimizda doim bir gapni takrorlardilar:
"Abituriyent - hayotini o'zgartirishga chiqqan shaxs.
Agar dangasalik, tanballik qilib, hech bo'lmasa 1 marta hayotingni o'zgartirishga urinib ko'rmasang, insonlikka da'vo qilma. Xohish bo'lsa, doim vaqt topiladi, inson istasa hammasini yodda saqlaydi. Shu yo'lni tanladingmi, qaytma. Qaytsang bilki, hayotingning yetuklik ostonasiga qo'yadigan qadamingning birgina qiyinchiligini yengishni ham uddalolmabsan..."

Oradan shuncha vaqt o'tibdi hamki, hayotimning ostonasidagi qancha qadamni shu so'zlar hamda tinimsiz harakat bilan bosib kelmoqdaman.
Shu o'rinda mening ham abituriyentlarimga aytadigan bir gapim bor:
Harakatni to'xtatdingizmi, vaqtingizni havoyi hislar va o'tkinchi tuyg'ularga sarflab o'tiribsizmi, bas - muvaffaqqiyatdan ham umidingizni uzing.
Talaba va talaba bo'lolmagan abituriyentga yuboriladigan xabarning birgina farqi bor: "Siz talabalikka tavsiya etildingiz"
"Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz"
Birgina shu xabardagi so'z sizni talaba bo'lolmagan abituriyentlardan ajratib turadi.
Besh oydan so'ng sizga qanday xabar kelishini o'zingiz tanlang.

Zero, hozir vaqtinggizni nimaga sarflayotgan bo'lsangiz - siz ayni o'shasiz.
Tanlov esa har doimgidek - o'zingizda.

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

18 Oct, 03:59


Bugun, ayni lahzada yo'lning boshidamiz o'rtoqlar!
Kimdir bugun o'z natijalaridan xulosa qilib, ko'proq o'qish kerakligini, shu kungacha qilayotgan mehnati, sarflayotgan vaqti yetarlicha emasligini uqtirish yakshanba kunlik imtihonlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ko'pincha o'quv kurslarimizning eng yaxshi savol va testlarini yakshanba uchun mo'ljallaymiz. Shuni tushinib yetgan abituriyentlarimizning ko'pchiligi, yakshanba imtihonlariga alohida tayyorgarlik ko'radi va albatta bundan foyda oladi.

Iltimos ota-onalar, farzandingizning natijalariga e'tiborli bo'ling, yakshanba imtihonlarimizga qatnashishlarini ta'minlab bering.

Barcha abituriyentlarimizga kuch-quvvat tilab qolamiz. Ilmdan qochmanglar, mehnatdan charchamanglar, bilimga chanqoq bo'linglar. Biz esa sizga bunda qo'limizdan kelguncha yordam beramiz!

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

18 Oct, 03:53


📣☄️Diqqat☄️📣
Biz haftalik testlarni davom ettiramiz.
Yakshanba kuni (20-oktabr) soat 9:00 (bir smena)da
📌Ozod Murodovich ATM📌da
katta va kichik guruhlarimiz uchun shu kungacha o'tilgan mavzularidan

"Ilonlarni yeydigan ilon"

deb nomlangan
🔴‼️💣BOMBA💣🔴‼️ test bo'lib o'tadi.
Barcha kelib, bemalol qatnashishi mumkin.
Shogirdlarimga majburiy
😠😠
Kelmaganlarga jazo muqarrar
😠😠
Hech qanaqa bahona o'tmaydi. Barcha qatnashishi shart!
🔥

📊🔼💬

⚡️⚡️⚡️Jarima 500 ta oq list⚡️⚡️⚡️

🫡O'qishga kirgan shogirdlardan kimni vaqti bo'lsa nazoratga kelsin. Xursand bo'lamiz.🫡

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

18 Oct, 03:45


​​Garvard universiteti talabalaridan 16 ta motivatsiya beruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.

2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.

3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.

4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.

5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?

6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.

7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.

8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.

9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.

10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.

11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.

13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.

15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.

16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.
​​

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

17 Oct, 15:28


⚡️ O‘quv dasturlari e'lon qilindi

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

14 Oct, 02:57


📌Õqishga kirmoqchi bõlganlar yuqoridagi havolaga TEZ qõshilib oling hamma⌛️

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

13 Oct, 12:34


🔍 Eng sara BIOLOGIYA va KIMYO oid kanallar hammasi bir joyda:

Qo'shilish uchun ⤵️
https://t.me/addlist/oPevan1g3StmMGVi
https://t.me/addlist/oPevan1g3StmMGVi

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

10 Oct, 03:27


Skatlar - barcha vakillari tirik tug'ib ko'payadigan tog'ayli baliqlardir!🐠

Magic Biology (by Ozod Murodovich)

09 Oct, 05:57


4 yillik bakalavriatni faqatgina davomat uchun sarflamang.

Universitetga qabul qilinib boʻldim, maqsadimga erishdim, endi men zoʻrman deb oʻylasangiz adashasiz. Hammasi endi boshlanadi endi. Koʻp harakat qilish kerak. Koʻp komfort zonadan chiqish kerak. Koʻp insonlar bilan tanishish kerak. Koʻp tajriba orttirish kerak.

Universitetni hayotingizning eng katta qismi qilib olmang. Toʻgʻri, darslarga qatnashmang demayman, lekin darsdan keyin sizda juda koʻp vaqt bor. Unumli foydalaning, yangi soha oʻrganing, sohangiz boʻyicha ishlang, yangi til oʻrganing, ijtimoiy hayotga kiring, tadbirlarga boring, netvorkingni oshiring. 4 yil oʻtgandan keyin, universitetga borishdan boshqa nima qilding deb soʻralganda, ayta oladigan ishlaringiz boʻlsin!