Tarix va Tahlil @tarix_va_tahlil Channel on Telegram

Tarix va Tahlil

@tarix_va_tahlil


🌐 Kanaldagi aksariyat ma'lumotlar internet manbalaridir. Admin ularning manbasini ko'rsatib borishga harakat qiladi;
❗️Kanaldan ma'lumot olinsa, ''Tarix va Tahlil'' nomi bo'lishi shart;

Tarix va Tahlil (Uzbek)

🌐 Tarix va Tahlil kanalida aksariyat ma'lumotlar internet manbalaridir. Admin ularning manbasini ko'rsatib borishga harakat qiladi. Kanaldan ma'lumot olinsa, 'Tarix va Tahlil' nomi bo'lishi shart. Bu kanalda o'zbek va dunyo tarixi haqida eng so'nggi yangiliklar va analizlar bilan tanishishingiz mumkin. Tarixiy voqealar, shahslar, davrlar va ularning o'zgarishlari bu kanalda tezda e'lon qilinadi. Agar siz dunyo tarixi va tahlili bilan shug'ullanishni istasangiz, 'Tarix va Tahlil' kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Tarix va Tahlil

17 Jan, 19:07


😀😆
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

17 Jan, 04:36


SSSR va afg’on kommunistlari 1987-yili Qandahor shahrini shunchalik tor-mor qilishgandiki, u yerda urushdan oldin 200 ming kishi yashagan bo’lsa, jangdan keyin 25 000 kishi shaharda qoladi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

16 Jan, 12:06


🌟 Bilim va Zakovat Uchun Eng Yaxshi Kanallar!

🧠 Sizni bilimga oshno qiladigan jild!
Bu yerda eng qiziqarli ma’lumotlar, tarixiy sarguzashtlar va aqlni charxlaydigan faktlar sizni kutmoqda.

💡 Bilim doirangizni kengaytirish, yangi narsalarni kashf etish va o‘zingizni sinashga tayyormisiz?

👉 Jildni oching, ajoyib kontentni qo‘ldan boy bermang!

📌 Bugunoq o‘zingizni rivojlantirishni boshlang!

Tarix va Tahlil

16 Jan, 05:32


Umar Ibn Hattob va Xristianlar oʻrtasida sulh imzolangan. Va bu sulhda Quddus musulmonlar qoʻliga o'tadi, lekin qisqa muddat yahudiylar egallaydi. Xristianlar va musulmonlar birlashishi Quddus yana musulmonlar qoʻliga o'tishi haqida ma'lumot bor. Lekin bu ma'lumotni qayerdan topsak boʻladi.

#Rt qadrlanadi.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

15 Jan, 18:50


​​Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) ni madh etib she'r bitgan Xitoy imperatori

Xong-Vu (shuningdek, Chju Yuanchjan nomi bilan ham tanilgan) milodiy 1368-1398 yillar oralig'ida Xitoy imperatori bo'lgan. U Min sulolasining ilk imperatori bo'lib, uning qoʻl ostida boʻlgan qoʻshin mamlakatni bosib olgan va mo'g'ullar boshchiligidagi Yuan sulolasini mag'lub etgan.

Xong-Vu musulmon bo‘lmaganiga qaramay, Nankin, Yunnan, Guangdong va Futszyanda bir qancha masjidlar qurishga farmon bergan. U Nankindagi Jinjue masjidini qayta bunyod etdi va uning hukmronligi davrida shaharga ko‘p sonli hui (musulmon xitoylari) aholisi ko‘chib keldi.

Uning armiyasida Chang Yuchun, Lan Yu, Ding Dexing, Mu Ying, Feng Sheng va Xu Dahai kabi 10 ga yaqin musulmon generallari bor edi. Bundan tashqari, Xong-Vuning turmush o'rtog'i qirolicha Ma musulmon oilasidan kelib chiqqan, u dastlab Guo Chjixin boshchiligidagi musulmon harbiylar guruhining a'zosi edi.

Imperator Xong-Vu Islom, Alloh va payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamni madh etuvchi 100 so'zli she'r bitgan va ularni o'zi qurishni buyurgan masjidlarga yozdirgan.

---

Borliq yaralmasdan burun
Xudo olamda tengi uchramas, buyuk imon sohibi boʻlgan insonni tanladi.
U G'arbda dunyo yuzini koʻrdi, Muqaddas bitikni oldi
Va u 30 qismdan (juz) iborat kitob edi.
U barcha maxluqotlarga yoʻl-yo'riq edi.
Barcha hukmdorlar hukmdori,
Avliyolar avliyosi,
Rabbiydan madad olib,
O'z millatini hifz etish uchun,
Besh vaqt namoz ila,
Tinchlik umidi bilan,
Qalbini Allohga bogʻlab,
Kambag'allarga shijoat va kuch baxsh etib,
Ularni falokatdan qutqarib,
G‘aybni ko‘rib,
Qalb va ruhni yomonlik va ma'siyatdan xalos etib,
Dunyoga rahm-shafqat istab,
Ajdodlar Ulug'vor yo'lidan yurib,
U barcha yovuzlikni yakson etdi.
Uning dini pok va haq, oʻzi esa -
Muhammad,
Oliy, buyuk zot.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

14 Jan, 19:32


Hamma narsani bilishni da'vo qiladigan inson shunchalar johil, u dunyo sirlarini bilaman deb da'vo qiladi-yu, aqlli oʻzini ham bilmaydi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

14 Jan, 18:12


Xech shu Gnoseologiya ( Bilish nazariyasi ) kitobini oʻqiy olmayapman. 🥲
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

14 Jan, 17:04


Sovet Ittifoqi Afg'onistonda shunchalik ko'p mina qo'ygan ediki, ularni to'liq yo'q qilishga 4278 yil sarflanishi lozim ekan. Bu haqida 1994-yili Xalqaro qizil xoch tashkiloti ma'lum qilgandi. SSSR ja'mi 15 million yer minasi joylashtirgan bo'lib, urush payti bu minalar 25 000 afg'onni o'ldirgan. Aholining 4-5 foizi aynan sovet minalari sabab nogiron bo'lgan.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

13 Jan, 15:30


Nyuton o‘zining «Tabiiy falsafaning matematik tamoyillari» asarining yakunida shunday yozgan:

«Quyosh, sayyoralar va kometalarning bunday nafis kombinatsiyasi faqatgina aqlli va qudratli Zotning xohishi va hukmronligi bilan sodir bo‘lishi mumkin. ...Bu Zot dunyoning ruhi sifatida emas, balki, koinotning hukmdori sifatida hamma narsani boshqaradi va o‘zining hukmronligiga ko‘ra, Qodir Xudo Robbi deb nomlanishi kerak.

Uning haqiqiy hukmronligidan shunday xulosa kelib chiqadiki, haqiqiy Xudo tirik, aqlli va qudratli Zotdir; Va Uning boshqa kamolotlaridan yana U oliy yoki eng mukammaldir. U abadiy va cheksiz, hamma narsaga qodir va hamma narsani biluvchidir; ya’ni Uning muddati abadiyatdan abadiyatgacha yetib boradi; Uning borligi cheksizlikdan cheksizgacha; U hamma narsani boshqaradi va nima bo‘lishini yoki qilinishi mumkinligini biladi.»

Va yana, «Isaak Nyutonning hayoti, yozuvlari va kashfiyotlari haqidagi xotiralar» kitobida:
«Ilohiylikka qarama-qarshilik kasbda ateizm va amalda butparastlikdir. Ateizm insoniyat uchun shunchalik be’mani va jirkanchki, unda hech qachon ko‘p professor bo‘lmagan.
Tasodifan barcha qushlar, hayvonlar va odamlarning o‘ng va chap tomoni bir xil shaklga ega bo‘lishi mumkinmi (ichaklaridan tashqari); yuzning har ikki tomonida faqat ikki ko‘z tasodifmi? boshning har ikki tomonida faqat ikkita quloq tasodifmi? yoki ikkita teshikli burun tasodifmi? yoki ikkita old oyoq, ikkita qanot yoki ortiq emas faqat ikki qo‘lni yelkadaligi, faqat ikki oyog‘ini sondaligi tasodifmi?
Agar bu Yaratganning dono rejasi natijasi bo‘lmasa boshqa barcha tashqi ko‘rinishdagi bir xillik qayerdan kelib chiqadi?
Har xil tirik mavjudotlarning ko‘zlari tubigacha shaffof tashqi tomondan esa qattiq shaffof teriga ega, o‘rtada kristal linza, ob’ektivli ko‘z qorachig‘i, ularning barchasi shunchalik nozik shaklda va ko‘rish uchun moslashtirilganki, agar biri ishdan chiqsa hech kim ularni tuzata olmaydi? Ko‘r yorug‘lik borligini va uning sinishi nima ekanligini bilarmidi va barcha jonzotlarning ko‘zi unga mos keladimi? Bu va shunga o‘xshash fikrlar har doim insoniyatni dunyoni yaratgan va qudrati bilan ushlab turgan, undangina qo‘rqish kerak bo‘lgan Zotga ishonishga olib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi.
Demak, biz yagona Xudoni, cheksiz, abadiy, hamma joyda mavjud, hamma narsani biluvchi, hamma narsaga qodir, hamma narsaning Yaratuvchisi, eng dono, eng adolatli, eng yaxshi, eng muqaddas ekanligini tan olishimiz kerak.

Biz Uni sevishimiz, Undan qo‘rqishimiz, hurmat qilishimiz, Unga ishonishimiz, Unga ibodat qilishimiz, shukrona aytishimiz, Uni ulug‘lashimiz, ismini ulug‘lashimiz, amrlariga bo‘ysunishimiz kerak».


©️umarov​

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

12 Jan, 06:39


Ilgarilari o'g'ri, muttaham, birovning haqini yeganlarni shunday jazolashgan.

Qoshg'ar. XX asr boshlari.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

11 Jan, 08:12


Ilgarilari shunaqa orqa kokil qo'yish urf bo'lgan ekan.

Samarqand.1932.


Hozirda ham uchrab turadi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

10 Jan, 14:38


Izoh sizdan

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

09 Jan, 19:57


Tirikman men, kel istasang muridim bo‘l,
Sen Islomdan iymon darsin o‘rgan, dunyo!
— — —
DUNYO

Menga boqib miyig‘ida kulgan dunyo,
Meni tuproq, o‘zni osmon bilgan dunyo,
Seni momom cho‘miltirgan yuvib-tarab,
Seni bobom tetapoya qilgan, dunyo!..

Ey, o‘tmishdan o‘tgan kunin so‘ramagan,
O‘zbek borsa kim qo‘liga qaramagan?
Botirlari qul bo‘lishga yaramagan,
Suluvlari bo‘yniga osilgan dunyo!

Moziy manim borimni yod etib siylar,
Dilin obod, ruhlarin shod etib siylar.
Shoh G‘azzoliy, shoh Tabriziy, shoh Rumiylar...
Chorig‘ini yelkasiga ilgan dunyo.

Sen sig‘ingan — o‘sha jondin ortiq senga
Tojmahal ham bir bobomdan tortiq senga.
Kulma menga, iddaolar qilma menga —
To‘qqiz kunda Temur bosib olgan dunyo!

Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi,
Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi.
Sinoning etagin o‘pib Ovruposi,
Amriqosi Beruniydan qolgan dunyo.

Mening ko‘shkim ko‘kda — unga yetmaydi qo‘l,
Mening ko‘rkim ko‘ngil, unga eltgay bir yo‘l,
Tirikman men, kel istasang muridim bo‘l —
Sen Islomdan iymon darsin o‘rgan, dunyo!..

©️Muhammad Yusuf

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

09 Jan, 19:52


Oʻqiganlar bormi🧐

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

09 Jan, 19:50


Menga nima!

Usmoniy hukmdor Qonuniy Sulton Sulaymonni davlatni tanazzulga uchratuvchi asosiy illat nima ekani qiziqtiradi?
Ushbu savolga ustozi Shayx Yahyo hazratlaridan javob istab, u zotga maktub yozadi va uni bosh vaziridan berib yuboradi. Vazir qaytib kelib:
– Yahyo hazratlari maktubingizni o‘qidilar-u, javob yozmadilar, faqat  bir gap aytdilar, xolos, – deydi.
Sulton:
– Nima dedilar? – deb so‘raydi.
– "Menga nima" deyilgan zamon… – dedilar.

Oradan bir necha kun o‘tgach Sulton Sulaymon Shayxga yana bir maktub yozib, iborasini kengroq  sharhlab berishlarini iltimos qiladi.
Shayx Yahyo hazratlari maktubga bunday javob yozadi:
"Qaysi bir davlatda zulm kuchaysa;
qator-qator haqsizliklar yuz bera boshlasa;
adolat oyoqosti qilinsa va buni ko‘rib turganlar "menga nima" deya sukut saqlasa;
arboblar yetim-esirlarning, beva-bechoralarning, kambag‘allarning ahvoli bilan qiziqmasa;
muhtojlarning ohini toshlar eshitsa-yu, odamlar eshitmasa;
amaldoru ulamo bularning barini anglab, bilib tursa-yu, "menga nima" deya o‘z nafsi bilan ovora bo‘lsa;
hokimlar hukmdorni aldash yo‘liga o‘tsa…
Ana o‘shanday davlatda fuqarolarning hukumatga ishonchi va hurmati yo‘qoladi. Xalqda osoyishtalik qolmaydi. Bunday davlatlar tanazzulga mahkumdir!"

Sulton Sulaymon bu javobni o‘qib, yig‘lab yuborgan ekan…

Shayx Yahyo hazratlarining bu maktubi hozirda Istanbuldagi To‘pkapi saroyi muzeyida saqlanmoqda.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

08 Jan, 20:35


Markaziy va Janubiy Afrika, Etnografiyasi juda ham qiziq..
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

08 Jan, 17:42


"Bazi bir chalasavod kishilar "Ilmli odam dinsiz boʻladi, kishining ilmi qancha koʻpaysa, uning dinsizligi ham shuncha ortadi", deb oʻylaydi.
Haqiqatda esa xech bir zamonda ilm oʻz egasini hudosizlikka olib bormagan.
Haqiqiy olim toʻgʻri ilmiy ishlar olib borgani sayin, oʻzining cheksiz bir olamda yashayotganini his etib boraveradi. Bu olamda ajoyib tartibini intizom hukum so'rayotganini, xech bir narsa tartibsiz yoki behuda emasligini toʻla tushunadi.
Bularni idrok etish Allohga ishonishga olib keladi. Germaniyalik olim Dinard oxirgi to'rt asrda yashab, insoniyat madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan 290 nafar olimning fikrini oʻrganib chiqib, quyidagi natijalarni toʻplagan: 290 kishidan 20 kishi xech bir aniq e‘tiqodga ergashmaganini, 242 kishi Allohga ishonishini, faqat 20 kishigina din bilan qiziqmasligini aytgan.
Agar din bilan qiziqmagan kishilarni (olimlarni) "ateist " deb atasak, dunyo miqyosidagi ushbu 290 nafar ulkan olimdan 92% dindor boʻlib chiqadi.

©️Olam va odam, din va ilm.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

08 Jan, 13:23


Ўзбекистонда тақиқланган диний материаллар рўйхати

Олий суд томонидан Ўзбекистонда диний экстремизм, терроризм ва ақидапарастлик ғояларини тарғиб қилувчи деб топилган ҳамда интернетдаги тақиқланган манбалар рўйхати тасдиқланди (08.01.2025).

Tarix va Tahlil

06 Jan, 20:59


Sezdingizmi?

Tarix va Tahlil

06 Jan, 17:39


to‘rt yil Makkada yashaganlar. So‘ng, payg‘ambarimiz Muhammad alayhi
salomning hadisi shariflarini to‘plab tartibga solmoq niyatida bir qancha islom
mamlakatlarini kezib shayxu ulamolardan to‘plab, hadislar yozib olganlar. Jami
600 ming hadis to'plab, shulardan 100 ming "saxix" va 200 ming "g‘ayri saxix"
hadislarini yod olganlar. Hadis ilmi bobida quvvatu iqtidorlari benihoyat ortib
islom olamida katta shuhrat qozonganlar. Minglab shogirdlar yetishtirganlar.
Muslim ibn Hattok, Iso at-Termiziy, an-Nasoniy, Yusuf al-Farobiy kabi mashhur
muhaddislar shular jumlasidandir.
Imom Buxoriy, ona yurtlari Buxoroga qaytib kelgach hadis ilmini targ‘ib
etishga kirishdilar. Ammo, ul zotning boshlagan bu sa‘yu harakatlari hukmdorga
xush kelmadi, shu boisdan Buxoroni tark etib, Samarqand yaqinidagi Xartang
qishlog‘iga ravona bo‘ladilar va o‘sha yerda istiqomat qilib qoladilar. Hijriy 256
yilda Ramazon hayiti kuni 62 yoshida vafot etadilar va shu yerning o'zida dafn
qilinadilar.
Imom Buxoriyning "Al-Jomi‘ as-saxix" (Ishonarli to‘plam) deb nomlangan
4 jild (juz)dan iborat hadislari to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar
tuzgan hadis to‘plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. To‘plamda
payg‘ambar salallohu alayhi va sallam hadislaridan tashqari, fiqh (islom
huquqshunosligi), islom marosimchiligi, axloq-odob, ta‘lim-tarbiya hamda o'sha
davr tarixi va etnografiyasiga doir ma‘lumotlar ham mavjud. Unga 600 ming
hadisdan faqat 275 ta eng "saxix" hadislar kiritilgan. Mazkur to‘plam Misr va
boshqa bir qancha mamlakatlarda juda ko‘p marta chop etilgan, unga yirik
ulamolar tomonidan sharhlar yozilgan.
Hozir Samarqand yaqinida (Chelak tumanida) Imom Buxoriy nomlari bilan
bog‘liq ziyoratgoh mavjud bo‘lib, u Xoja Ismoil masjidi nomi bilan mashhur. 1988
yilda ul zotning 1225 yilliklari keng nishonlandi.
Imom Buxoriyning Islom olamida Qur‘oni Karimdan keyin ikkinchi
muqaddas kitob hisoblanadigan "Al-Jomi‘ as-saxix" asarining o‘zbek tilida
xalqimizga yetkazilishi katta voqea bo‘lib, u dinu e‘tiqodimizni hamda ma‘naviy
qadriyatlarimizni tiklashda, kishilarda axloq, odob, hallolik, rostgo‘ylik, poklik
singari umuminsoniy fazilatlarni qaror toptirish va mustahkamlashda muhim
ahamiyatga egadir.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

06 Jan, 17:39


Hadis va muhaddislar haqida.


"Hadis", "Sunnat" so‘zlari muqaddaslar o‘rtasida bir ma‘noda tushunilib,
janob payg‘ambarimizining aytgan so‘zlari, fe‘l-atvorlari, aloqalari, tahrirlari va
payg‘ambarlikka qadar bo‘lgan hamda payg‘ambarlik yillaridagi siyratlarni, ya‘ni
hayot yo‘llarini anglatadi. Rasululloh Sallololohu alayhi vassalamning turli
sharoitlarida shariat qoidalariga oid aytgan so‘zlari ham hadis bo‘lib, fe‘l-atvorlari
esa ul zot qilgan va sahobalar tomonidan naql etilgan amallardir. Sahobalarning
payg‘ambarimiz ma‘qullagan sopzlari va hatti-harakatlari taqrir deyilib, ular
shar‘iylik huquqiga egadir. Zero janob Rasululloh shariatga xilof narsalarni hech
qachon ma‘qullagan emaslar.
Hadislar janob Rasululloh hayotliklarida jamlangan emas edi. Chunki janob
payg‘ambarimiz sahobalarga:

"Mendan Qur‘oni Karimdan bo‘lak hech narsani
yozib olmanglar, agar kimki biron narsa yozib olgan bo‘lsa, uni yo‘q qiling!" der
edilar.

Bundan albatta payg‘ambarimizning hayotliklarida hadislar mutlaqo yozib
borilmagan degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki, ba‘zi hollarda
payg‘ambarimizning o‘zlari sahobalarga mol-mulkdan olinadigan zakot miqdori
haqida joylardagi hokimlarga yozib yuborishni amr qilganlar. Shuningdek, ayrim
sahobalarga o‘z shaxsiy maqsadlar uchun hadislarni qayd qilib borishiga ijozat
berilgan edi. Abdulloh Ibn Amir ibn Anas, Ali ibn Abu Tolib va boshqalar
to‘plagan hadislar bunga dalildir. Dastlabki hadis to‘plamlari to‘g‘ri (saxix)
bo‘lgan, ammo keyinchalik, milliy siyosiy ixtilofdir, dinga foyda keltirish
maqsadida payg‘ambarimiz nomlaridan yolg‘on hadislar to‘qish, fikr va ilmi
kalom sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo‘ylik oqibatida
ko‘plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga kelgan. Ana shunday bir sharoitda
o‘zlarining butun bilim va hayotlarini to‘g‘ri hadislarni aniqlab, jamlashdek ezgu
ishga sarflashni o‘zlariga maqsad qilib qo‘ygan shaxslardan – xalifa Umar ibn
Abdulaziz bo‘ldi. U joylardagi o‘z noiblariga Muhammad alayhi salomning
hadislarini jamlashni amr qildi. Undan keyin birin-ketin ko‘plab hadis to‘plamlari
tasnif etila boshladi. Biroq Ibn Ishhob az-Zuhriy va u kishidan keyingi
muhaddislarining hadis to‘plamlari muayyan tartibga solinmagan boblarga
ajratilgan bo‘lib, ularga payg‘ambarimiz hadislari sahobalar va tobeinlarining
fatvolari bilan chalkashtirib yuborilgan edi.
Hijriy III-asr, darhaqiqat ilmi hadis uchun oltin davr bo‘ldi. Bu davrda hadis
ta‘lif etish "musnad", "saxix" va "sunan" deb atalmish turli yo'nalishlar vujudga
keldi.
1) "Musnad" yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzudagi
hadislar bir joyda keltirilishi uchun hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom
dinini qabul qilgan vaqtiga ko‘ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdulloh ibn
Muso, Imom Ahmad Iyun Xanbalning hadis kitoblari ana shu yo'nalishga
mansubdir.
2) "Saxix" yo‘nalishiga buyuk muhaddis Imom Buxoriy asos
solganlar. Bu yo‘nalishda ta‘lif etilgan to‘plamlarda esa, to‘g'ri, ishonarli hadislar
bilan birga "zaif" hadislar ham keltirilgan. Abu Dovud, Sho-at-Termiziy, anNasoiy, Ibn Mojaning mualliflari ana shu yo‘nalishga mansubdirlar.
Movarounahrda birinchi bo‘lib hadis to‘plami yaratgan muhaddis – Imom
Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziydir. Bundan tashqari, vatandoshlarimizdan
Imom Ahmad ibn Xanbal il-Marvoziy, Ishoq ibn Rahovayx al-Marvaziy, Imom alHaysam ibn kulayb at-Isomiy, Jamoluddin an-Nasafiy va boshqalar ham hadis
to'plamlarini tasnif etishganlar.
Ikkinchi – "saxix" yo‘nalishining asoschisi, islom olamida eng yetuk va
mashhur muhaddis

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hijriy 194
yilda Buxoroda tavallud topganlar. 7 yoshga to‘lmaslaridan ilmi hadis
o‘rganmoqqa kirishganlar. 16 yoshlarida onalari va akalari bilan birga hajga borib,

Tarix va Tahlil

06 Jan, 15:19


1410-yilda o‘rnatilgan ushbu soatlar hali ham o‘z funksiyasini mukammal bajaradi. 600 yildan ortiq vaqt davomida ishlayotgan bu soatlar tarixiy boylikdir!
2. Chex ustalarining dahosi!
Soatlarni soatsoz Mikulash Kadanyalik va astronom Yan Shindel yaratgan. Ularning asari nafaqat vaqtni, balki Chex xalqining mahoratini ham abadiylashtirdi.
Jonlanadigan haykallar har soatda namoyishda!
Soatlar har soatda hayotga kiradi: 12 havoriylar figuralari oynalarda ko‘rinadi, O‘lim, Ziqna yahudiy, Turk va Maqtanchoqlik haykallari harakatlanib, o‘z hikoyasini so‘zlab beradi. Buni ko‘rish – vaqtning o‘zini his qilishdek!
Usta haqidagi sirli afsona!
Afsonaga ko‘ra, shahar hukmdorlari bu soatning tengsizligini saqlab qolish uchun ustaning ko‘zini ko‘r qilgan. Shu bois, Orloy dunyoda yagona!

©️Facebook

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

05 Jan, 20:03


©️Twitter

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

05 Jan, 15:09


Ijtimoiy tarmoqlar maydoni bizning maishiy hayot tarzimiz, oddiylik va soddalikka boʻlgan targ'ibimiz, ilm-fanga nisbatan orqa oʻgirishimiz, tarmoqlarni kundalik odatlarimizni bayon etadigan va stress va charchoqlarni aritadigan vosita sifatida koʻrishimiz bois, oʻzining potensial foydalari, keltirishi mumkin boʻlgan manfaatlaridan mahrum etilmoqda. Biz buni yuzaga chiqara bilmayapmiz. Qoʻlimizdagi mazkur vositalarni ham oʻzimizning uslubga solib qoʻyyapmiz.

Koʻpchiligimiz bu yerda allaqanday maishiy mavzular ustida "chaq-chaq"lashayotgan chogʻimizda, ba'zilar qayerdadir boshqa vositalar orqali ilm-fanga nisbatan yirik da'volarni qoʻyib, uning ustida "chaq-chaq"lashib oʻtirishibdi, tarixga, dinimizga nisbatan mutlaqo oʻzgacha baholar berib yotishibdi, yetmaganidek, ilm-fan uchun chegaralarni oʻzlari istagan uslub va yoʻllarda chizib berishmoqda. Va katta va keng, eng muhimi yosh qatlamni oʻzlarining bogʻlaridan chiqqan sharbatlar bilan to'yintirmoqdalar.

Bizning esa doiramiz, mavzumiz, chegaramiz bitta va aniq. Bundan chiqish yoʻq. Oʻylashimcha ilmga nisbatan e'tiborsizligimiz sabab maʼlum davr oraligʻida feysbukka kirib va bu yerdagi holatni koʻrgach, hafsalasi pir boʻlgan, ranjigan, soʻngra esa boshqa sarhadlar tomon oshiqqan ilm vakillari koʻp ekan. Ularning aksari ayni damda tvitterda qoʻnim topgan yoxud ijtimoiy tarmoqlardan chekingan (aniqrogʻi foydalanish maqsadini oʻzgartirgan). Bu narsani odatiy lentada chiqadigan postlarning muayyan qismiga bildiriladigan reaksiyalar, izohlar miqdoridan ham yaxshi anglash mumkin. Bundan xuddiki fikrlashga emas, balki oddiylikka, fikrlamaslikka, ilmsizlikka targʻib kelib chiqadigandek koʻrinadi. Hattoki fikrlash istilohining ortidagi asl maʼnoni ham unutib qoʻygandekmizki, fikrlash natijasida yozilgan postlarga nuqul eʼtibor bermaslikka, kezi kelsa tanqid qilishga harakat qilaveramiz.

Eng yomoni hamma narsaga xalqona monopolistik yondashuv, urf shu yerda ham oʻz taʼsirini oʻtkazib qoʻyganki, maʼlum bir toifaning postlari, kuzatuvchilari doimo yuqori, koʻplar ularning atrofida girdikapalak boʻlgan holatda, zaruriy yoʻsinda muntazam ravishda ularga oʻz e'tiborini, munosabatini bildiradi. Muayyan fanlar, yoʻnalishlar, mavzular, jiddiy tadqiqiy sohalar, aqlga undovli postlar doimo juda katta ignor ostida, eʼtiborsizlikda, tanqidda boʻlib qolaveradi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Jan, 09:30


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Jan, 08:25


"O'zbek ishi" da Gdlyanning yaqin sherigi bo'lgan Nikolay Veniyamniovich Ivanov Nafaqadagi advokat. U 80-yillar Gdlyan bilan birga O'zbekistonni "chistka" qilganlardan biridir.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

02 Jan, 14:26


"Ko’p Turkistonliklar ayniqsa qariyalar 1917-yil inqilobini qanchalik xursandchilik bilan qarshi olgani sir emas. Ammo, bu quvonchimiz uzoqqa bormadi. Inqilob bizning umidlarimizni yiqdi, ishonchimizni bititrdi, adashganimizni ochiq ko’rsatdi. Keng yurtimiz qurbon bo’lgan o’z bolalarining qoni bilan sug’orilib, uning tani bilan qoplandi. Minglarcha Turkiston yigitlari yangi maska taqib olgan eski mustamlakachilarga qarshi urushib o’ldilar. Inqilob umumillliy fojeamizga aylandi".

Mustafo Cho’qay.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

01 Jan, 13:55


Zato metan ochrad boʻlmaydi. Ekanom taxi

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

01 Jan, 08:23


Sovet askarlari 1944-yildan SHarqiy Yevropaga kirib borishadi. Ammo ular o’zlarining ittifoqchilari bo’lgan Polsha, Vengriya, Chexoslovakiya aholisiga nisbatan zo’rlik holatlarini ham ishlatishadi. Ayniqsa Polshada qizil askarlar ayollarni zo’rlashni odatga aylantirishgan. Polsha ichki armiyasi (Armia Krajowa) askarlari rus qoʻshinlari tomonidan quvgʻin qilinib, tabiiy ravishda qamoqqa tashlangan. Birgina 1945 yilning o‘zidayoq Polsha davlatining Sibirga va Sovet Ittifoqidagi turli mehnat lagerlariga surgun qilingan a’zolari soni 50 ming kishiga yetdi. Sovet armiyasi fashizmga qarshi kurashgan polyaklarni aynan fashist deya e’lon etgan va qamoqqa olgan.
Vengriya egallangach 50 mingdan 200 minggacha yaqin ayol, qizlar zo’rlangan. Budapeshtda qizil askarlar xunrezliklari badiiy va ilmiy asarlarda ham aks etgan. Yugoslaviyada zo’rlashning 1000 dan ortiq raqami beriladi.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

01 Jan, 07:43


Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan beri fashizmning amalga oshirgan qabihliklari haqida juda ko’p yozilgan va aytilgan. Bugun esa qisqacha kommunizm urush jinoyatlari haqida eslaymiz:

Sovet ittifoqi Germaniya bilan ittifoqda 1939-yili Polshaga zo’ravonlik ila bostirib kirdi. Keyin esa Finlandiyaga. Polsha sharqiy qismi egallangach sovet davlati u yerdagi polyak va yahudiylarni zo’ravonlik ila deportatsiya qilish siyosatini olib bordi. 1939–1941 yillar davomida sovet tuzumi tomonidan hududda yashovchi 1,45 million kishi deportatsiya qilingan. Polsha tarixchilarining maʼlumotlariga koʻra, bu odamlarning 63,1% polyaklar va 7,4% yahudiylar edi. 1939–1945-yillarda deportatsiya qilingan 1.45 million odamdan 350 000 ga yaqin odam oʻlgani taxmin qilinadi.

Latviya, Litva va Estoniya respublikalarida ham xuddi shunday boʻldi. 1940-1953 yillarda Boltiqboʻyidan 200 mingdan ortiq odam deportatsiya qilingani taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, kamida 75 ming kishi GULAGga yuborilgan. Boltiqboʻyi aholisining 10 foizi deportatsiya qilingan yoki mehnat lagerlariga yuborilgan. 1989 -yilda mahalliy latviyaliklar o'z mamlakati aholisining atigi 52 foizini tashkil etdi. Estoniyada bu ko'rsatkich 62% ni tashkil etdi. Chernovtsi viloyati va Moldaviyadan 200 000 dan 400 000 gacha bo'lgan ruminlar deportatsiya qilingan.
1941-1945 yillarda mamlakat ichida bir qancha xalqlar deportatsiya qilingan. Taxminan 1.9 million kishi o’z yashab turgan yeridan majburan Sibir va O’rta Osiyoga haydaladi. Chechen, ingush, qorachoy, bolqor, qrim tatar, mesxeti turk, ingush, qalmiq, bulg’or, grek, armani, volga nemislari kabi xalqlar surgun qilinadi. Musulmon Kavkazlik va Qrimliklarning deyarli 20 foizi qirilib ketadi. Qrim tatarlari esa yarmiga qisqaradi.
Sovet armiyasi urushdan keyingi 3 yilda Sharqiy Germaniyada deyarli 600 000 kishini qirib tashlagani ma’lum. Kaliningraddan nemislar quvib chiqarildi va ruslar joylashtirildi. 1945 yil may oyida urush tugagach, Yevropada yashab kelgan millionlab sobiq sovet fuqarolari SSSRga majburan (o'z xohishlariga qarshi) qaytarildi.
Urush asirlariga nisbatan munosabat yomon bo’ldi. Bu yerda albatta sovetlar o’zlari ozod qilgan sobiq fuqarolariga nisbatan qo’llagan siyosatini aytmoqdamiz. Urushdan keyin nemislardan ozod etilgan va vataniga qaytishni xohlagan sovet asirlaridan 4 million kishi NKVD ga yuborildi. Ulardan 15 foizi 1946-yilgacha GULAGga surgun qilindi. Bir qismi otib tashlandi. Yana ba’zi qismlari sekinlik ila GULAGga joylashtirildi. Stalin harbiy asirlarni xoin deya e’lon etgan edi. Urush nogironligi bo’lgan askarlar orasida yo’qolib qolish, mahfiy ravishda o’ldirilish holatlari urushdan keyin oz bo’lmagan.

Urush boshlanishi ila NKVD GULAG mahbuslarini sharqqa ko’chirishga urinadi. Ko’p holatda esa mahbuslarni ko’chirishga hojat yo’q sifatida baholanib, o’ldirib yuborilgan. O’sha paytlarda Ukrainada 9000, sharqiy Polshada 20-30 ming kishi, qolgan hududlar bilan hisoblasak ja’mi 150 000 mahbus ommaviy qatl etilgan. Mahbuslar odatda piyoda holatda sharqqa surgun qilingan. Yo’lda ko’pchiligi kasal bo’lgan yoki o’lgan. Hech qanday inson huquqlari bo’lmagan.
Belarusdagi Chervin qatlida 1000 mahbus, Glubokoyeda 800 nafar polsha mahbuslari, Polshadagi Grodnoda 1700 mahbus, Vileykada bir necha yuz kishi, Tartuda 193 kishi qatl etilgan. Bular soni juda ko’p.
1941-yili Polshadagi Katin degan joyda NKVD 22 000 polyakni ommaviy qirib tashladi. Lvovda 4000 kishi o’ldirildi. Estoniya SSSRga zo’rlik ila kiritilgach butun urush davomida 300 000 dan ortiq fuqarosini boy beradi. Sovet armiyasi 1939-yil Finnlandiyaga hujum qilgani ma’lum. Ushbu urush yuz minglab odamlar o’limiga sabab bo’lgan.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

31 Dec, 04:20


#marhamat | TAKLIFNOMA 🕊

🌍 Olam haqida ajoyib maʼlumotlarga qiziqasizmi? Jahon siyosiy maydonida "shaxmat doskasi" sifatida oʻyin olib boradigan geosiyosiy liderlar haqida nimalarni bilasiz? Harbiy va tarixiy jarayonlardagi sirlar bilan yaqindan tanishmoqchimisiz?

📌 Unda ushbu hamma nishonni bir oʻq bilan uring. Quyidagi jildga aʼzo boʻling va bu orqali miyangizga ziyofat qilib bering!

✈️ Qani, quyidagi jildga ketdik...

Tarix va Tahlil

29 Dec, 17:23


Napoleonga qarshi o’q yoy ila urushgan turkiylar.
Rossiya imperiyasi o’z qo’l ostidagi turkiy va kazak jangchilarni Napoleon Bonapartga qarshi oddiy o’q va yoy,nayza ila yuborgan edi. Tarixga nazar tashlasak boshqird, kazak va qalmoqlar Napoleon armiyasiga oddiy ibtidoiy qurollar ila shiddatli qarshilik qilgani oydinlashadi. 1806/7 yillarda rus qo’shini tarkibida 600 qalmiq, 1000 kazak va 7000 boshqird jangchisi bo’lgan. Fransuzlar oddiy yoy va o’q ila daxshatli jang qilgan bu askarlarni qadimiy yunon ilohi Erosga o’xshatishgan. Napoleon Rossiyaga kelgach ham, undan keyingi janglarda ham boshqirdlarning 28 polki rus qo’shini tarkibida olishgan. Ammo ruslarda ularni qurollantirish uchun umuman imkon bo’lmagan. Armiya otliqlarining bir qismi sifatida boshqird va kazak otliqlari rus qo'shinlariga fransuzlarni Gamburg, Erfurt, Berlin, Veymardan quvib chiqarishda yordam berishdi. To'qqizta boshqird polki, 2-Teptyar, 2-Mishar, 8-Orenburg kazak polklari 1814-yili Parijga g'alaba bilan kirishdi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

29 Dec, 17:19


Dunyodagi eng katta elchixona AQSHning 2009-yili Bag’dodda ochilgan rasmiy vakilligi hisoblanadi. Mettyu Tiller boshqarayotgan ushbu binoda 300 dan ziyod hodimlar ishlaydi. Elchixona qurilishi uchun 750 million dollar sarflangan. Ushbu bino 5500 nafar amerikaliklar uchun mo’ljallangan va bino ilk marotaba ochilganida naqd 16 000 hodimga ega bo’lgan. Bag’dod elchixonasi dunyodagi eng notinch hududlardan birida bo’lgani sabab tez-tez hujumga uchrab turadi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

28 Dec, 02:47


Islom ummati uxlamoqda. Lekin muammo shundaki, ular oʻlmagan. Agar bu ummat uygʻonib qolsa, asrlar osha yoʻqotgan narsasini yillar ichida qaytarib oladi.

Amerikaning sobiq davlat kotibi - Genri Kissinjer

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

28 Dec, 02:45


Sharqiy Turkiston Islom Respublikasida musulmon pasporti koʻrinishi, (1933).


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

27 Dec, 10:01


Yirik sarkarda va hukmdor Chingizxon haqida tarixda bir necha bor badiiy film va teleseriallar olingan. Xususan:

“Chingizxon” – 1950-yil Filippin kinoijodkorlari ijod mahsuli. Film lentasi 2018-yilgacha yo’qolgan deb hisoblangan.
“G’olib” - 1956-yil suratga olingan AQSH filmi.
“Chingizxon” -1957-yilgi Hind kinoijodkorlari mehnati mahsuli
“Chingizxon” – 1965-yili Holllywood ijodkorlari tomonidan yaratilgan film.
“Aaakhri Chattan" – 1978-yilgi Pokiston islom respublikasining Chingiz haqidagi seriali.
“Chingizxon” – 1987-yil suratga olingan Gonkong seriali.
“Chingizxon” – 1987-yil suratga olingan yana bir Gonkong seriali.
“Abadiy moviy osmon ostida” – 1990-yilgi mo’g’ul film
“Bosqinchining soyasi” – 1991-yili “Qozoqfilm” ishlagan kino.
“Chingizxon” – 1992-yilgi AQSH, Britaniya va Italiya mahsuloti bo’lgan tugallanmagan film.
“Jannatning mahbubi, Chingizxon” – 1998-yili suratga olingan Xitoy-Mo’g’ul filmi.
“Chingizxonning siri” – 2002-yilgi Ukrain filmi
“Chingizxon” -2004-yili suratga olingan Xitoy seriali.
“Mongol” – 2007-yili suratga olingan Rossiya, Qozog’iston va Germaniya filmi.
“Chingizxon. Yer va dengizning tegrasigacha” – 2007-yili suratga olingan Yapon-Mongol filmi.
“O‘lib bo‘lmaydi, Chingizxon” – 2008 –yili Mo’guliston tomonidan suratga olingan film.
“Chingizxonning siri” – 2009-yili suratga olingan Rossiya, Mo’g’uliston va AQSH filmi.
“Qotillikka yakun” – 2012-yilgi Xitoy filmi.
“Chingizxon” -2018-yili Xitoy ijodkorlari tomonidan ishlangan film.

Taqqoslash uchun aytish lozimki Amir Temur va temuriylar hamda Xorazmshohlar va Jaloliddin Mangburniy haqida 90-yillarda va 2021-yili ishlangan o'rta saviyali 2 tagina film va serial bor xolos.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

25 Dec, 17:13


21-asrga qayting va buni AQSh va uning terrorizmga qarshi urushi bilan solishtiring (dastlab bu o'sha paytdagi prezident Jorj Bush tomonidan salib yurishi deb nomlangan).
Dunyoviylik (sekulyarizm) nima va Islom unga tizim sifatida o'ziga xos xavf soladimi?
"Dunyoviylik - bu diniy e'tiqod va ibodatning barcha turlarini rad etadigan e'tiqodlar tizimi. Shuningdek, jamoat ta'limi va fuqarolik siyosatining boshqa masalalari diniy elementlar kiritilmasdan amalga oshirilishi kerak degan qarashdir. ”
Bugungi dunyoviy jamiyatlar, ilgari muhokama qilingan o'rta asrlar davridan farq qiladi, chunki avvalgi davr birinchi navbatda imonga, ya'ni cherkovga va hokazolarga asoslanadi. Diniy jamiyatlar dinni faqat shaxsiy siyosatga yoki jarayonlarga ta'sir qilmasligi yoki shakllantirmasligi kerak. XVI -XVII asrlar intellektual qobiliyatlar va dunyoviy intilishlarni rivojlantirishga intildi, hamda ezoterik dindorlikni afzal ko'rdi. Demak, diniy ritorika shunchalik ijtimoiy ahamiyat kasb etadiki, biz bugungi kunda turli dinlarning asosiy tamoyillari va ta'limotlariga, ya'ni LGBT harakatiga zid bo'lgan liberalizm qolipiga intilishning guvohi bo'lamiz, bu elementlarni voyaga yetmaganlar uchun jinsiy ta'lim dasturiga kiritishga urinish buning misolidir.
Islom dunyoviy muhitda
Ba'zi olimlarning ta'kidlashicha:
Dunyoviylik konsepsiyasi islomiy jamiyatlarning asosiga ziddir. E'tiqod va ibodat o'sha jamiyat [to'qnashuvi] bilan bog'liq. ”Shariat ta'lim va fuqarolik siyosatini boshqaradi.
Biroq, yuqoridagi fikrni, asosan, musulmonlar yashaydigan jamiyatlarda amalga oshirish mumkin bo'lsa -da, asosan dunyoviy kontekstda to'liq qabul qilish qiyin. Ya'ni, Islomni individual va jamoaviy asosda qo'llash qobiliyati bunday muhitda bo'lishi mumkin va shunday bo'lib qolmoqda. Aslida, islom huquqining doktrinaviy va huquqiy tamoyillari (Maqosid shariat), dunyoviy jamiyatning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlab qo'yilgan asosiy jihatlari bilan mos keladi. Kadrlar deklaratsiyasining 30-moddasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
3 -modda: "Har kim yashash huquqi, erkinligi va shaxsiy xavfsizligiga ega".
16 -modda: "1) Voyaga yetgan erkaklar va ayollar turmush qurish va oila qurish huquqiga ega. Ular nikohda, nikoh paytida va u ajrimda teng huquqlarga ega.
2) nikoh faqat er -xotinning erkin va to'liq roziligi bilan tuziladi.
3) oila jamiyatning tabiiy va ajralmas qismi bo'lib, jamiyat va davlat himoyasida bo'lish huquqiga ega".
17 -modda: «1) Har bir inson yakka o'zi va boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega.
2) hech kim [o'zboshimchalik bilan o'z mulkidan mahrum qilinmaydi] ”.
18 -modda (qisman): "Har kim fikrlash, vijdon va din erkinligiga ega ..."
Maqosid shariatining insoniyatga qo'yadigan beshta asosiy talabi quyidagilarni tartibga solishni nazarda tutadi:
Aql (aql)
Din (din)
Hayot (nafs)
Nasl
Boylik (maal)

Xulosa
Dinning ijtimoiy va shaxsiy hayotning turli sohalariga ta'sirini kamaytirishga urinish, sekulyar bo'shliqni yaratdi, unda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-madaniy darajalarda liberalizmning tajovuzkor va murosasiz shakllari orqali axloqiy pasayish kuzatilmoqda.
Ko'pgina jamiyatlarda - bunga javoban, biz ham ijtimoiy konservatizm qaytganiga guvoh bo'lamiz - ba'zilari boshqalarga qaraganda ancha qulay. Masalan, diniy jamoalar o'z e'tiqodlarining asosiy va o'zgarmas tomonlariga zid hisoblangan liberal siyosatni rad etishmoqda - boshqa muxolifat guruhlari bilan birlashib, ularning qarama -qarshiliklarini yuzaga chiqarishdi. Trump prezidentligi davrida populizmning kuchayishi va unga ergashuvchi mutaassiblik, Yevropada o'ta o'ng guruhlarning ta'siri kuchayishi bilan bir qatorda, liberal ekstremal qadriyatlarni rad etishning misolini ham keltirish mumkin
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

25 Dec, 17:10


Islomofobiya va uning kelib chiqishi: dunyoviylik va islom

Islomofobiya ta'rifi: islom diniga yoki umuman musulmonlarga nisbatan qo'rquv, nafrat yoki xurofot, ayniqsa geosiyosiy kuch yoki terror manbasi sifatida qaralsa.
Ma'lum bo'lishicha, bu atama birinchi marta 20 -asrning boshlarida ishlatilgan:
"Bu atama birinchi marta 20 -asrning boshlarida foydalanilgan va 1970 -yillarda [yangi paydo bo'lgan ifoda] sifatida yuzaga kelgan. 1980-90 -yillarda undan foydalanish tezlashdi va Runnymede Trustning Britaniya musulmonlari va islomofobiya bo'yicha komissiyasi (CBMI) "Islomofobiya: hammamiz uchun muammo" (1997) nomli hisoboti bilan davlat siyosatining ahamiyatiga erishdi. Bu atamaning kiritilishi hisobotning "so'nggi yillarda musulmonlarga qarshi noto'g'ri qarashlar shunchalik tez va shiddat bilan o'sib ketdiki, so'z boyligiga yangi element kerak" degan baho bilan asoslandi.
Termin tarixi
Bu atamani rassom Alphonse Etienne Dinet va jazoirlik ziyolisi Sliman ben Ibrohim 1918-yilda Islom payg'ambari Muhammad tarjimai holida ishlatgan. Fransuz tilida yozishganda, ular islomofobiya atamasini ishlatishgan. Robin Richardsonning yozishicha, kitobning ingliz tilidagi versiyasida bu so'z "islomofobiya" deb tarjima qilinmagan, aksincha "islomga o'xshamaydigan tuyg'ular" deb tarjima qilingan. Dahou Ezzerhouni 1910 va 1912-yildan 1918-yilgacha fransuz tilida boshqa bir qancha qo'llanmalarni keltirgan.
Kristofer Allenning so'zlariga ko'ra, bu atamaning hozirgi ishlatilishi, hozirgi zamonda bo'lgani kabi, bir xil ma'noga ega emas edi, chunki ular musulmonlardan qo'rqish yoki nafratlanish emas, balki liberal musulmonlar va musulmon feministlarining Islomdan va musulmonlardan qo'rqishini tasvirlab berishgan. Fernando Bravo Lopesning ta'kidlashicha, islomofobiyaning dastlabki ta'rifi fransuz mustamlakachisi byurokrat Alen Kvellening doktorlik dissertatsiyasida uchraydi:
"Ba'zilar uchun musulmon - nasroniy va yevropaliklarning tabiiy va murosasiz dushmani; Islom - bu sivilizatsiyani inkor etish, vahshiylik, yomon niyat va shafqatsizlik - Muhammaddan kutish mumkin bo'lgan eng yaxshilari ".
Bundan tashqari, u Quellienning ishi, 1902–06-yillardagi fransuz mustamlakasi bo'limi ma'murining ishiga asoslanadi, u Jon Espozitoning "Islom tahdidi: afsona yoki haqiqat"ini aks ettiradi.
Oksford inglizcha lug'atiga ko'ra, atamaning ingliz tilida birinchi marta qo'llanilishi 1923-yilda The Journal of Theological Studies jurnalida chop etilgan maqolada keltiriladi.
Islom va musulmonlarda nisbatan notoʻgʻri qo'rquv islomofobiya atamasi paydo bo'lishidan oldin ham mavjud bo'lgan.
"Islomofobiya" atamasi nisbatan yangi bo'lishi mumkin, lekin salib yurishlari davridan oldin ham Islom va musulmonlardan qo'rqish va hadik mavjud edi. Yetarli arxiv va tarixiy hisobotlar musulmonlarga qarshi kayfiyat qanchalik isbotlanganini ko'rsatadi - islomofobiya musulmonlarning mavjudligini yo'q qilish kampaniyalariga sabab bo'lgan. 1095 -yil 24 -noyabrda Papa Urban II umumiy dushman - musofir "boshqa" musulmonlarga qarshi birinchi salib yurishiga chaqiriq berdi:
"XI asrning oxiriga kelib, Muqaddas maskan - hozirda Yaqin Sharq deb ataladi - Yevropa xristianlari uchun ziddiyatli nuqtaga aylandi. 6 -asrdan boshlab, nasroniylar tez -tez o'z dinlarining paydo boʻlgan joyiga ziyorat qilar edilar, lekin Saljuqiy turklari Quddusni egallab olgach, nasroniylar Muqaddas shahardan uzilib qoladilar. Turklar Vizantiya imperiyasiga bostirib kirib, Konstantinopolni tortib olish bilan tahdid qilganlarida, Vizantiya imperatori Aleksiy I Urbandan maxsus yordam so'rab murojaat qildi.
"Fransiyadagi bir necha yuz ruhoniylar va zodagonlar yig'ilgan Klermont Kengashida Urban boylarni ham, kambag'allarni ham urushlarni to'xtatishga va adolatli urushni boshlashga chaqirib, Sharqdagi o'z dindoshlariga yordam berish hamda Quddusni qaytarib olishga undovchi to'lqinlantiruvchi va his-hayajonga boy nutq so'zladi. Ushbu nutqda musulmonlarni sharmanda qilib, ularning nasroniylikka qarshi harakatlari haqidagi hikoyalari bo'rttirib ko'rsatildi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

24 Dec, 14:20


Gerasim Alekseevich Kolpakovskiy – rus generali, Qo’qon xonligining Yettisuv hududini zabt etishda jonbozlik ko’rsatgan harbiyning Sankt Peterburgdagi Nikolskiy qabristonida joylashgan abadiygohi. Kolpakovskiy 1860-yili Qo’qonlik Qanoatshoh otaliqqa qarshi Uzun og’ochda jang qilgan.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

23 Dec, 16:58


"Ateizm juda mantiqsizlikdir. Men quyosh tizimiga qaraganimda, men issiqlik va yorug'likning kerakli miqdorini qabul qilish uchun Yerning quyoshdan to'g'ri va aniq masofada turganini kuzataman. Bu hech qachon tasodifan sodir bo'lmagan."

© Isaak Nyuton
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

23 Dec, 16:55


Turkiston muxtoriyatini himoya qilib halok bo'lgan Qo'qonlik 20 yoshli yigit surati.
Uni 1918-yilda Armani dashnoqlar va qizil askarlar o'ldirishgan. Afsuski Marg'ilondagi muzeyda saqlanayotgan bu suratdagi shaxs biografiyasi mavjud emas.

U unsiz va nom nishonsiz halok bo'lgan minglab o'zbekning bir oddiy vakili.

Hozir ana shu marhumlar avlodlari bir vaqtlar Qo'qonni qon qaqshatgan kimsalarga sharaflar aytib, Georgiy Lentasini taqib, raqsga tushmoqdalar.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Dec, 15:36


Assalomu aleykum azizlar!

Tarixdan bilamizki toju-taxt ilinjida hatto aka-ukalar o'rtasida qonli to'qnashuvlar bo'lib o'tgan va achinarlisi hatto g'olib taraf o'z mag'lub jigarini qonini to'kishgacha borgan. Lekin bu safar voqea rivoji ancha ibratli tus olgan. IX asrda Movaraunnahr o'lkasida shakllangan Somoniylar davlati tarixida hijriy ikki yuz yetmish beshinchi yili seshanba kuni jumod al-oxir oyining o'n beshinchisida (25 oktyabr 888) yil aka-uka Amir Nasr ibn Ahmad va Amir Ismoil ibn Ahmadlar orasida urush xarakatlari bo'lib o'tadi. Jang yakunida amir Ismoil Farg'ona qo'shinini yengadi va amir Nasr qo'shini sarkadasi Abul Ash'as yengilib qochdi. Amir Nasr lashkari hammasi yengilib qochgan va Nasrning o'zi ham ozgina odamlari bilan qolib u ham mag'lubiyatga uchraydi. Amir Ismoil qo'shinidan bo'lgan xorazmliklarning bir to'dasi Nasrga yetib borib uni o'ldirmoqchi bo'ladilar, lekin amir Nasr va Ismoillarning otasining quli bo'lgan sipohsolar Siymoul-kabir xorazmliklarga qichqirib, ularni amir Nasrdan uzoqlashtiradi, keyin o'zi otdan tushib Nasrning otini uzangisini o'padi. Siymoul-kabir Ismoilga bu voqea xabarini yetkazadi. Shundan so'ng Nasr ibn Ahmad otdan tushgan holda yostiq ustiga o'tiradi. Bir ozdan so'ng amir Ismoil yetib kelib, otdan tushgan holda jigari Nasrning oldiga keladi va o'zini yerga tashlab Nasrning yostig'ini o'pgan holda:
"Yo amir! Xudoning hukmi shu ekanki, meni senga qarshi qo'ydi va biz shunday zo'r bir ishni o'z ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz",-dedi.
Amir Nasr: "Men bu qilgan ishlaringa ajablanaman, o'z amiringa bo'ysunmading va xudoyi taoloning senga bergan buyrug'ini bajarmading!"-dedi.

Amir Ismoil:
"Ey amir! Men xato ish qilganimga iqrorman; hamma gunoh menda, sen fazilatda (mendan) ulug'roqsan va mening bu gunohimdan o'tib avf etasan",-dedi.

Manba: Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy "BUXORO TARIXI".

Arzimas dunyo matoxi uchun yuz ko'rmas bo'layotgan jigarlarga ajoyib real tarix, hech qanday to'qima yoki afsona emas. G'olib tarafning mag'lub oldidagi iqrori va mag'lubning, g'olib oldidagi g'alabasi. Tarix shunday adolatni sevgan va sevadi.
Menimcha bu voqeaga Islom olamida sharq renesansi ila nom qozongan davr muhiti katta tasir ko'rsatgan bo'lsa kerak. Islom adolatni sevadi. Eslang diyorimiz qancha buyuk alloma va shunday adolatli hukmdorlarni insoniyat tamadduni uchun taqdim etgan.
Xulosa o'zingizdan.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

21 Dec, 16:21


Ko’pkari so’zi ko’kbo’ridan keladi. Ba’zi afsonalarda hayvonlarga ko’p zarar bergan bo’ri o’rtaga olinib o’ynalgani aytiladi, keyinchalik esa totem bo’lgan hayvon o’rniga echki bolasi uloqqa almashgan ko’rinadi. Shu sabab tilimizda uloq va ko’pkari ayni o’yinni anglatadi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

21 Dec, 09:12


Alouddin Haljiyga qarshi urushib, Somnath ibodatxonasini himoya qilishda halok bo'lgan Hammirji Gohil nomli hind askariga qo'yilgan yodgorlik. Albatta bunday yodgorliklar qo'yilishi hindlar uchun tarixiy shaxslarga hurmat ramzidir. Ammo nega Alouddin Haljiydek buyuk hukmdorga atab tuzukroq xotiranomalar qilinmaydi-yu aynan unga qarshi kurashganlar e'zozlanadi degan savol paydo bo'ladi. Bu ham Hind diyorida tarixga bir tomonlama qarash natijasidir.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

19 Dec, 15:43


Abu Mansur al Moturudiy


Samarqandda madrasani xatm qilgan imom Moturidiy
madrasada fiqh va kalom ilmidan saboq bergan.
Ilm bilan shug‘ullanib, qimmatli qo‘llanmalar, risolalar yozgan. U zotning

"Kitob al-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob"),

"Ta’vilot ahl as-sunna" (“Sunniylik an’analari sharhi")

"Kitob al-tavhid"
haligacha bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotining birinchi asari hisoblanadi. Madrasalarda bu kitob darslik sifatida o‘rgatigan.

Imom Moturidiy qalamiga mansub asarlarning soni o‘n beshtaga yetib qoladi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Abu Mansur Moturidiyning

📚“Kitobu-t-tavhid” (“Tavhid kitobi”),

📚Kitobu-l-maqolot”
(“Moqolot kitobi”),

📚“Ma’xazu-sh-sharoi’” (“Shariatlar manbai”),

📚“Kitobu- l-jadal” (“Munozara kitobi”),

📚“Ta’vilotu-l-Qur’on” (“Qur’on ta’villari),

📚“Kitobu bayoni vahmi-l-mu’tazila” (“Mo‘taziliylarning xom-hayolini bayon etuvchi kitob”),

📚“Raddu-l-usul al-hamsa” (“Besh asosga raddiya”),

📚“Kitobu raddi availi-l-adilla li-l-Ka’biy” (Ka’biyning asosiy dalillariga raddiya kitobi),

📚“Raddu kitobi-l-Ka’biy fi va’idi-l-fussoq” (“Ka’biyning fosiqlarning va’idiga bag‘ishlangan kitobiga javob”)
kabi asarlari mavjud. Lekin sanab o‘tilgan bu kitoblar haqida to‘liq bir tasavvur yo‘qligi tadqiqotchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Chunki ilk o‘rta asr mutakallimlarining ko‘pgina ilmiy merosi kabi Abu Mansur Moturidiy asarlarining aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Uning ilmiy merosidan faqat

“Kitobut-tavhid” va “Ta’vilotu-l-Qur’on”lar saqlanib qolgan.

Bulardan tashqari Abu Mansur Moturidiyga yana boshqa ba’zi asarlar ham nisbat berilgan. Bunga misol qilib,
Abu Hanifaning “al-Fiqhu-l-akbar” risolasiga sharh tarzida yozilgan “Sharh al-Fiqhi-l-akbar” nomli asarni olish mumkin. Ushbu asar ham ba’zi manbalarda Abu Mansur Moturidiyga tegishli deb ta’kidlangan.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

18 Dec, 18:34


Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
-Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi?
-Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi.
-Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi.
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
-Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

18 Dec, 16:56


Abu Mansur Moturidiy 15-asrda yashaganmi👀

Tarix va Tahlil

18 Dec, 16:51


"Ўрта асрларда бизда ҳамма уч тилни билган, арабча, форсча, туркчани ёрворган" деган қараш бор. Аммо бу ҳақиқатга мос келмайди.

Аввало, тил ўрганиш имконияти ҳаммадаям бўлмаган. Аралаш маҳаллаларда яшаган, бозорларда ишлаган одамлар ўзаро мулоқот натижасида оғзаки тилларни ўзлаштирган бўлиши мумкин, аммо уларнинг билими маиший сўзлашув даражасида қолган.

Китобий тилни ёзадиган, илмий, сиёсий мавзуларда гаплашадиган даражада ўрганиш имкониятига ҳукмрон сулола болалари, аслзода ва бойларнинг фарзандлари, шунингдек, амаллаб мадрасада 15—20 йил ўқиш йўлини қилганлар эга бўлган холос.

Худди ҳозир инглиз тилини ўрганаман деб йиллаб қийналиб юрганингиз каби, ўтмишда ҳам тил ўрганиш осон бўлмаган. Ҳозиргидан қийинроқ бўлган ҳатто (методлар қолоқлиги боис). Биз билган кўп машҳурлар ичида бирорта чет тилини билмаганлар бор. Масалан, Кўчкунчихон ёки Шайбонийхоннинг ўғли Муҳаммад Темур Султон ҳақида шунақа маълумотлар бор.

Айниқса араб тилини ўрганиш қийин бўлган. Баъзи машҳур олимлар умрининг охиригача араб тилини мукаммал ўргана олмай қийналгани айтилади. Масалан, машҳур тилшунос Сибавайҳ ан-Наҳвийнинг ёзма арабчаси зўр бўлган, аммо сўзлашув арабчасида жуда қийналган.

Ибн Сино арабчани яхши билмагани учун кўп танқид остига олинган. Кейинчалик у арабчани мукаммал ўрганди, дейилади; балки машҳур бўлиб кетганидан сўнг шунчаки пиарини тўғрилаб қўйишгандир. Ҳарқалай, унинг китобларини оригиналда ўқиган ҳамкасблар арабчаси ростдан яхши эмаслигини, форсчани калькалаб кўп ишлатиб юборганини айтишади.

Абу Мансур Мотуридийнинг ҳам арабчаси яхши бўлмаган. XV асрдан сўнг минтақада ўзи арабчани яхши биладиган одам оз қолган, ҳатто мадрасалардаям жуда зўр ўргатилмаган.

Manba:
AsanovEldar

Nima deysiz @Tarix_va_Tahlil kanali a'zolari, Asanovga

Ibn Sino va Abu Mansur Moturidiy asarlaridan.
1000 sumdan yig'ib olib berarmiz- a nima deysiz.?
Oʻqib chiqsa)))

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

17 Dec, 09:11


"Umar (r.a) davridagi "Yangi dunyo tartibi" korporativ manfaatlar tomonidan boshqariladigan va ochko'zlikdan turtki oladigan zamonaviy vazifadoshidan farqli o'laroq, shariat tomonidan boshqarilgan va asl hidoyatni yoyish istagidan turtki olgan."

🗄"Umar, uning hayoti va zamonasi", Doktor Sallabiy

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

08 Dec, 03:56


Qonun haqida

​​Qonunlar xalqning intilishlari, birlikdagi taraqqiyotini aks ettirmas ekan, xalq ularga tanqidiy koʻz bilan qarashga nafaqat haqli, balki oʻz haqqini talab qilishi, va qonunlarning ishlashi borasida takliflar berishi majburdir. Bunda bizga tarixni eslash katta koʻmak beradi.

Tarix bugun kun - jarayon, voqelik asosi hisoblanadi. Yaqin tarixga boqing, uning qanday kechgani, sizning bugungi kuningizni belgilab berganini koʻrasiz. Tarixning o'zgartirilgani, qayta yozilgani, hamda begona tarixlarning oʻchirib yuborilgani ma'lum. Bunga sabab hukmronlik va mustahkamlakachilikni barqaror saqlash edi. Professor Vael Hallaq shunday yozadi:

Dunyoda aslida Yevro-Amerika tarixidan boshqa hech qanday tarix yo'q. Oldingi/qadimgi tarixning kichik qismlari qutqarib qolingan yoki "qayta tiklangan" bo'lishi mumkin - masalan, yunon "demokratiyasi", Aristotel, Magna Carta, va hokazo - ammo bular zamonaviy tarixiy rivoyatning imperativlariga va "G'arb sivilizatsiyasi" taraqqiyotiga bo'ysunuvchi bo'lib qolmoqda. Afrika va Osiyo, ko'p hollarda, o'z an'analari va tarixiy tajribalariga tayanish sharafidan voz kechibgina qolmay, balki kim bo'lganligini va qisman kim bo'lishi mumkinligini qo'lga kiritish uchun ham kurashmoqda.
Gegemon nutqi qudratli zamonaviy G‘arbning institutlari va ziyolilari tomonidan belgilab qo‘yilgan zamonaviylik - modernlik o‘z tarixini va shu bilan birga organik yashash usullarini yo‘qotgan dunyo aholisining uchdan ikki qismiga adolatli silkinishni taklif etmadi".
(Imkonsiz davlat)

Qadimgi an'anaviy qonunlar, muayyan madaniyatlarga xos ijtimoiy normalar bugungi kunda unutilgan va mavjud emas. Ayni dunyoda zamonaviy milliy davlatlar yashamoqda. Ularda muayyan belgilar, atributlar hukmron, masalan - suverenlik, konstitutsiya, ijtimoiy institutlar, millat, til, hudud, chegara va hkz. Ushbu barcha atributlarning asosi 1648-yildagi Vestfaliya tinchlik shartnomasida topiladi. AQSHdagi konstitutsiyaviy islohotlar keyinchalik butun dunyoning konstitutsiya ishlab chiqishiga sabab boʻlgan. Bugungi jumhuriyat belgilari, demokratiya osorlari, konstitutsiya asoslari Islom tarixining ilk davridayoq shakllangan edi. Masalan, 14 asr oldin Paygʻambarimiz alayhissalom Madina Konstitutsiyaga asos solganlar. Biz bugun u haqida nimadir bilamizmi?

Bugungi kunda qonunlar asosi boʻlgan konstitutsiya nega ishlamayapti? Xalq va uning oʻrtasida nega arzigulik bogʻliqlik yoʻq? Oʻrtada erishib boʻlmas chegara bor. U xuddi xristianlar qoʻlidagi Injilga o'xshaydi. Boisi shuki, u mahalliy xalqlar, millatlar, dinlarning emas, balki oʻzga madaniyatlar, xalqlarning intilishi, taraqqiyoti uchun ishlab chiqilgan. Ulardagi qusurlarga aybdor faqat xalqning oʻzigina emas. Xalqni uygʻotish uchun unga tarixiy o'zligini eslatish lozim. Konstitutsiya bu bizning hayotimiz, bugunimiz va kelajagimizdir. U faol ishlashi uchun, bizning koʻzlov, maqsad va intilishlarimizni aks ettirishi kerak.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

06 Dec, 17:08


Ibn Xisrav.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

06 Dec, 16:47


Kim yozgan ekan-a?
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

06 Dec, 14:35


Abulxayrxonning o'limi !!! 1510-yil Movarounnahr o'zbeklar davlatchiligi asoschisi Muhammad Shayboniyxon safaviylar tomondan o'ldirilgach, uning yaqinlari Eron shohining qudratidan cho'chib, sulh imzolashadi. Ko'p o'tmay Safaviy shohi Boburni qo'llashi natijasida 1510-1512-yillarda ikki orada jang-u jadal tinmaydi oqibat shayboniylar mamlakatni Bobur va shialardan tozalashadi. Ubaydullo sulton qozoq sultoni Qosimxonga maktub yozib uni Safaviyga yana hal qiluvchi zarba berishga undaydi. Qosimxonning o'g'li Abulxayrxon boshliq qozoq askarlari va Ubaydulloh, Jonibek va Muhammad Temur qo'shini 1514-yil boshida 160 000 askar bilan Amudaryodan o'tishadi. Abulxayr 4 yil oldin Muhammad Shayboniyxon Ismoil Safaviyni qanday jangga chorlagan bo'lsa shunday ohangda maktub yozadi. Safaviy shohi ham urushni kechiktirmay 1514-yil martida Xuttalon viloyatida shayboniy va qozoq askarlari bilan jang qilib, raqiblarini halokatga yetaklaydi. "Olam Aroyi Safavi" asari muallifi Abulxayrxon shaxsan Ismoil tomonidan o'ldirilib, boshi sharob ichiladigan idishga aylantirilganini yozadi. Ubaydulloxon dushman Amudaryodan o'tmasligi uchun ko'prikni buzadi uning orqasidan kelayotgan ittifoqchi qozoqlar (taxminan 30 000 kishi)ko'prikdan o'tolmay dushmanga asir tushishadi. Bu qozoqlar Xurosonda shialikni qabul qilib qozoqlu nomida yashashgan. Muhammad Shayboniyning o'g'li Muhammad Temur ham taxminan shu jangda og'ir yaralanib vafot etadi. Ismoil Safaviy Movarounnahrga kirmay ortga qaytadi. Bu jang hal qiluvchi emas edi. Lekin Ismoilshoh o'limiga qadar shayboniylar ortiq uni bezovta qilishmaydi. Vafot etgan qo'mondon Abulxayrxon aynan Qosim sulton farzandi ekani noma'lum. Qozoq sultonlari shajarasida bunday nom yo'q. Yana shayboniy Hamza sulton (Bobur tomonidan 1511-yil o'ldirilgan) ning ham shu nomli farzandi bo'lgani ma'lum. XIX asrda Shayboniyxon qabri buzilganda uning yonida Abulxayrxon jasadi ham dafn etilgani ma'lum bo'ldi. To'g'risini Olloh biladi !!!

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

06 Dec, 02:42


Shunchaki taqqoslash uchun

- Buyuk Britaniya 1854-yili industrial davlat bo’lgan.
- O’zbekiston esa 2018-yildan industrial davlatga aylangan.

Bu raqamlardan shuni ko’rish mumkinki, biz tariximizga nisbatan eng yaxshi davrda yashayapmiz.

Tarix va Tahlil

05 Dec, 14:16


◉ 𝙊‘𝙯𝙗𝙚𝙠 𝙩𝙞𝙡𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙚𝙣𝙜 foydali 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙩𝙖𝙠𝙡𝙞𝙛 𝙚𝙩𝙖𝙢𝙞𝙯‼️
---

📚 O‘zbek tilidagi eng foydali kanallarni sizga tavsiya etamiz!

◉ Katta kanallar

📘 @Fotih_Duman_kitoblari – Qiziqarli kitoblar va boy bilim manbai. O‘qish istagidagi har bir kishining tanlovi!

💡 @TgQiziqarliFaktlaruz – Hayratlanarli faktlar va bilimlar dunyosiga sho‘ng‘ing!

🧘‍♀️ @yordamchi_psixolog – Psixologiyangizni yaxshilash uchun kerakli maslahatlar.

🧠 @fikraat – Fikrlash doirasini kengaytiradigan aqlli g‘oyalar markazi.

◉ O‘rtacha kanallar

📝 @Mulohazalarim — Tarix o'tmishdagi - siyosat, siyosat esa hozirgi tarixdir !

📜 @artefaktlar – Tarixning siz bilmagan jumboqlari va sirli topilmalar.

📚 @Tarix_va_Tahlil – Milliy tarix va bugungi voqealarga tahliliy yondashuv!

⚙️ @Harbiy_texnik – Harbiy texnologiyalar va zamonaviy qurollar haqida eng qiziqarli ma’lumotlar.

🌍 @Tarixi_dunyo – Dunyo tarixidagi muhim voqealar va qiziqarli lahzalar.

📊 @jahon_statistikalar – Foydali statistikalar, raqamlar va faktlar.

🧠 @Quyosh_odami – Ijodiy fikrlash va innovatsiyalar dunyosi!

◉ Kichik kanallar

📕 @Unutsam_Eslaat – Badiiy kitoblar, she'riyat, hikoyalar, hikmatli soʻzlar va ibratli filmlar

🧠 @filosof_kundaligi – Falsafiy mulohazalar va hayotga o‘zgacha qarash.

@tarixning_saboqlari - Eng sirli tarixni birgalikda o'rganamiz.

📌 @bilimlar_koni_official – IQ darajasi 100dan yuroqilar uchun

✏️ @tahlilfronti – Ma'lumotga intiling, tahlilda ilg'or bo'ling.

⌛️ @Buyuk_Turkiston_Tarxi – Ajdodlari tarix yozgan avlodlar tarih o'qish bilan kifoyalanmas
---
📌 Eslatma: Ushbu kanallar yuqori sifatli kontent bilan boyitilgan. Obuna bo‘ling va o‘zingizga foydali bilimlar oling!

Tarix va Tahlil

05 Dec, 12:15


Andijon voqealari

Bundan 19 yil muqaddam, 2005 yil 13 may kuni Andijon shahrida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng qonli voqealar ro‘y berdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 31 nafar vakili o‘ldirilgan. Hozirga qadar rasmiy va norasmiy doiralar bu voqealar xususida turli qarama-qarshi fikrlarni bildirib keladi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Dec, 13:01


Misrni zabt etgan Xorazmlik bahodir !!!! Tarix ba'zan afsonalarga cho'milgan olamni eslatadi. Vaqt o'tib boraverishi natijasida real voqealar unutilib uzuq yuluq ammo bugungi kun uchun hayratlanarli afsonalar tarzida avlodlar qo'liga yetib keladi. Umuman olganda Turon yoki Turkiston tarixi nihoyatda qadimiylikka ega bo'lib, manbalarning yetishmasligi natijasida bugun biz qadim ajdodlarimiz haqida nihoyatda kam ma'lumotlarni bila olamiz. Biz hozir sizga so'zlaydigan tarixiy shaxs hayoti ham xuddi shunday nihoyatda kamchil manbalardagina saqlangandir. Xullas dunyodagi ilk yirik imperiyaga asos solgan ahamoniy forslar davlati shohi Kambiz II otasi Kayxusrav o'limidan so'ng taxtga o'tiradi va uning siyosiy maqsadi Misrni egallash bo'ladi. Manbalarda ko'rsatilishicha fors qo'shinining eng tezkor va chaqqon hamda xavfli bo'linmalari sak-massaget va xorazmlik suvoriylardan tuzilgan bo'lib, ko'plab jang-u jadallarda bu qismlar yordami bilan muvaffaqiyat ta'minlangan. Qo'mondonlik ham asosan ana shu xalqlar vakillaridan tuzilar edi. Bunday qo'mondonlarning ba'zilarininggina ismlari bizgacha saqlangan. Xususan Misrga qarshi miloddan avvalgi 525-yilda(2545 yil oldin) bo'lgan bu yirik harbiy hujumga shoh Kambiz Xorazmlik Xarchin ismli shaxsning o'g'li bo'lgan sarkarda Dargmanni bosh qo'mondon etib tayinlaydi va barcha qo'shinni unga ishonadi. Bu haqida yirik misrshunos Eduard Mayer Misrdagi qadimiy Yet shahri qoldiqlari orasida topilgan ivrit tilida yozilgan bitikni o'qish natijasida ma'lumot beradi. Ushbu sarkarda boshchiligida ulkan qo'shin ham quruqlik va suvda Misrga hujum boshlaydi va o'sha yili Pelusiya yonidagi daxshatli jangda Misr armiyasi tor mor qilinadi. Bu g'alabada Dargmanning hissasi juda katta bo'ldi, natijada Misr tez orada tor mor etiladi va Kambiz II Memfisda o'zini firavn deb e'lon qiladi. Afsuski bu vatandoshimizning keyingi taqdiri biz uchun juda qorong'u bo'lib qoldi. Lekin fors armiyasi tarkibida bo'ysundirilgan sak va massaget hamda xorazm,boxtar va sug'd jangchilari keyinchalik ham asosiy kuch bo'lib, yunon -fors urushlarida faol qatnashishadi. Makedoniyalik Aleksandrga ham aynan ana shu xalqlar kuchli qarshilik qilishgan. Keyinchalik ularning avlodlari va qondoshlari bo'lgan turkiylar sosoniylar saltanati qo'shinida( Bahrom Chubin ular ichida mashhur turk sarkardasi edi), Vizantiya qo'shinida, Kiyev Rusi armiyasida, Xazar xoqonligi va ayniqsa arab xalifaligi armiyasida eng katta kuch sifatida dunyoga dong taratishadi. Mashhur arab muarrixlaridan biri turkiylarning bunday kuchga qanday erishgani sababini qidirib oxiyri " turklar ayol, din, uy,qarindosh, boylik yoki shoh uchun emas balki o'z harbiy mahoratlarini rivojlantirish uchungina jang qilishadi va bu ularning buyuk jangchi bo'lib yetishishlari uchun asosiy ko'mak bo'ladi" deb yozgan edi. Yozganlarimiz to'qima emas, balki ko'p o'qish va izlanish natijasida yaralgan ma'lumotlardir. Buning uchun tarixchi ustozlarimizga rahmat !!!
🗄 Eduard Mayer " Xronology of ancient Egupt". Sh.Kamoliddin " Proisxojdeniya Samanidov", Ahmad Zaki Validiy " Umumiy turk terixiga kirish".
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Dec, 05:57


Bolalar o'limi, o‘gaylangan musulmon aholi, non payogi, “o‘lganning ustiga tepgan” 1917–1923-yillarda Turkistonda ocharchilik davri qanday bo'lgan?

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

03 Dec, 18:44


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

03 Dec, 10:27


Shu qoʻshiq eskirarmikan-a? Hech koʻngil qolmaydi-ya!.. 🙂

Sensan sevarim, xoh inon xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma...

🎵 Azim Mullahonov „Xoh inon, xoh inonma“

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

03 Dec, 06:02


Birinchi salibchi qirol !!! Norveg qiroli Sigurd (1090-1130) salib yurishlarida shaxsan qatnashgan ilk qirol edi.Uning 60 kema va 5000 armiyasi portugal va ispan qirg'oqlariga hujum qilib Lissabonda 100 ming musulmon va yahudiylarni qiradi.Keyinchalik Italiyaga va Falastinga yurish qildi.Janglarda qatnashdi so'ngra Konstantinopolga borib imperatorga boyliklari va kemalarini topshirib o'zi uchqur otlarda Norvegiyaga yetib oldi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

02 Dec, 04:24


Taniqli o'zbek yozuvchisi Tohir Malik
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

01 Dec, 16:14


Ha tarixga qiziquvchilar
😃
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

01 Dec, 14:58


Rimni maymun boshqarganmi ??? Rimning axmoqligi va qonxo'rligi bilan nom qozongan imperatori Kaligula(12-41-yillar) o'z otini senatorlikka saylagan.Kunlardan bir kun u senat majlisida Rimus laqabli maymunini yetaklab kelib uni imperaator deya e'lon qiladi.Ertasi kuni esa maymunni o'z lavozimidan ozod qiladi. Bu voqea tarixiy haqiqat emas deb hisoblagan tarixchilarga javoban italyan arxeologlaridan biri Rim imperatorlar sag'anasidan maymunning mo'miyolangan jasadini topdi va bu olamshumul haqiqatga aylandi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

01 Dec, 03:09


O'zbek genotsidi !!! Ma'lumki 1916-yil Jizzax viloyatida rus hukumatiga qarshi qo'zg'olon bo'lib o'tgan edi.Qo'zg'olonchilar ozod davlat tuzish uchun kurash olib borishgan.Ammo rus mustamlakachilari 1 oy davom etgan bu qo'zg'olonda Jizzax aholisining 70 foizini qirib tashlashdi.Butun shahar aholisi sahroga haydaldi.O'zbek olimlaridan biri yaqinda rus askarlarini o'zbek xalqini atayin yo'q qilish uchun ommaviy qirg'in o'tkazganini davo qilganda,rus olimlari qarshi chiqishgan edi.Ammo Jizzaxda ommmaviy ko'milgan qabrlarning topilishi buni isbotladi.Umuman qo'zg'olonda jabr ko'rganlar asosan o'zbek xotin qizlari va oddiy dehqonlar bo'ldi.Ayollar rus askarlari tomonidan ochiqdan ochiq xo'rlangan.Qo'zg'olon boshliqlaridan 23 kishi osib o'ldirilgan.Yuqoridagi surat shuning isboti.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

30 Nov, 15:17


Xayr Kuz
😁🙂
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

30 Nov, 10:49


Qulog'i kesilgan Qorako'lliklar !!! Ma'lumki bir biriga asrlar davomida dushman bo'lib kelgan Xiva va Buxoro xonliklari orasida juda ko'plab harbiy harakatlar bo'lib o'tgan. Ba'zan ikki tomon urushdan qochib shunchaki talon tarojlik va odamlarni qiynash bilan shug'ullanganlar. Muhammad Rahim I (1806-1825) davrida Xivaliklar Buxoroga hujum qilib Qorako'l aholisining erkak va ayollari va bolalarini tutib olib quloqlarini kesib olib haydab yuborishgan. Manbalarda " Qorako'lliklar quloqsiz bo'lib qoldilar" deya achinish bilan yozilgan. 🗄Muhammad Hakimxon " Muntahab ut tavorix".
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

29 Nov, 17:41


Kichik taqqoslash. 1.1870-yili Qo'qon aholisi mexanik soat yasashni kashf qilgan ustani "shayton"deya toshbo'ron qiladi. 2. 1870-yili Nyu Yorkda ilk metro bekati ochiladi. Manba : "Tarixi Aziziy" va "Great period".
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

29 Nov, 10:08


🇺🇿Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Siyosat , Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga 30 dan ortiq kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz.

Siz ushbu "Ilmiy" jildimiz orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.

Kanallarga a'zo boʻlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing.

Tarix va Tahlil

27 Nov, 15:54


Qirol Hammurapining AQSh Kongressida insoniyat tarixidagi eng yaxshi
23 qonun chiqaruvchidan biri sifatidagi yozuvi
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

27 Nov, 10:00


Zardushtiylik yolg’onmidi !!?
Ma’lumki islomdan avval Eron-u Turonda Zardushtiylik dini bo’lib, uning asoschisi Zardusht bo’lgan. Bizning zamonaviy darsliklarda bu din haqida juda samimiy fikrlar bildiriladi. Ammo Beruniy “ Osor ul boqiya” asarida Zardushtiylik hindlarning Braxma dinining ko’chirmasi bo’lib, uning asoschisi Midiya shaxzodasi Zardushtra bo’lgani va u 70 yoshida shu ishi uchun Turon hukmdori Arjasp tomonidan o’ldirilganini yozgan. Bu haqida Beruniyga Ibn Sino ma’lumot bergan. Zardusht yunonlar tomonidan “munajjim” sifatida e’zozlanmagan, aslida yunonlar uni payg’ambar emas balki “soxtakor” sifatida bilishgan. Buni Arastu yozgan. Iso payg’ambar milodiy 33-yili vafot etgach, uning ikki shogirdidan eroniylar foydalanib “Ikkinchi Injil ya’ni Soxta Injil”ni yaratishadi va ularni o’ldirib yuborishadi. Bu ishni eroniy majusiylar yakkaxudolik-islom va nasroniy dinlarini buzish va o’z e’tiqodlarini mustahkamlash uchun qildilar. Zardusht yozgan kitob va “Soxta Injil” qovushtirilib –Avesto yaratilingan. Avesto qoidalariga ko’ra qarindoshlar: ota va qiz, aka va singil, ona va o’g’il nikohi mumkun edi va natijada nogiron farzandlar vujudga kelib,ularni tog’larda yirtqichlarga tashlashgan. Shuningdek bir jinslilar nikohiga ham ruxsat berilgan.Aynan bugungi ushbu illat Zardushtiylikdan olingan. Ushbu bir jinslilar yaqinligi keyinroq buzg’unchilar orqali ayrim musulmon ruhoniylarga odat bo’lib kirib islomning g’oyasiga zarar berdi. Bugungi kunda g’arbda rivojlangan turli faxsh filmlar va odatlarni biz aynan Avesto kitobidan o’qib hayratda qoldik. Zardushtiylik g’oyasini Moniy va Mazdaklar davom ettirganlar va buni Muqanna qonun qoida sifatida joriy qilgan. Bu din umuman Xorazmga oid emas. Asoschisi Midiyalik shaxzoda edi. Avesto ham sosoniylar davridagina shakllangan.Undagi quyosh xudosi Mitra esa hindlardagi Indra bilan aynan bir ekani ushbu dinning ko’chirma va soxtaligini anglatadi. Dinning axloqsizliklari haqida yana juda ko’plab misollar bor. Bizda esa uni ko’klarga ko’tarishadi. Aslida bu bizning kitob emas.

Manba: Beruniy “ Osor ul boqiya” va Sh.Ergashev “ Zardushtiylik”.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

26 Nov, 13:39


Bag'dod - urush va qon shahri !!! Tinchlik shahri deya e'zozlangan bu shahar umuman bu nomga munosib emasdek. 762-yilda asos solingan Bag'dod juda ko'p marotaba dushman o'ljasiga aylangan. 1. 812-813-yilda shahar Xorun Ar Rashidnning o'g'li Ma'mun tomonidan bosib olindi. 2. 945-yilda esa Buvayhiylar Bag'dodni egallashdi. 3. 1055-yilda shaharni saljuqiy turklar bosib olishdi. 4. 1157-yilda esa shahar yana bir bora saljuqiylar tomonidan o'qqa tutildi. 5. 1196 va 1217-yilda shaharga Xorazmshohlar qo'shini yurish boshladi ammo maqdsadga erisha olmadi. 6. 1225-yili shahar Jaloliddin Manguberdi tomonidan olinishiga bir bahya qoldi. 7. 1258-yilda esa 30 kutubxonaga ega bo'lgan Bag'dod o'z tarixidagi eng yomon bosqinga duchor bo'ldi: Mo'g'ullar shaharni egallab millionga yaqin kishini qirdilar va vayron qildilar. 8. 1393 va 1401-yilda Temur armiyasi ham Bag'dodni ikki bora zabt etdi. 9. 1411-yili shaharni avval qoraquyunli turkmanlar 1469-yili endi oqquyunli turkmanlar egallashdi 10. 1508-yili shaharni Safaviylar egallab barcha avliyolar maqbarasini buzib, suyaklarini kuydirdilar. 11. 1523-yil shaharni kurdlar egallashdi. 12. 1534-yili Usmonli turklar shaharni safaviylardan olib qo'yishadi. 13. 1623-yili shaharni Abbos I safaviy egallab yana vayron qiladi. 14. 1638-yili nihoyat usmonli turklar Bag'dodni egallab 1917-yilgacha qo'llarida tutishadi. 15. 1917-yili Birinchi jahon urushi davomida inglizlar shaharni bosib oldilar. 16. 2003-yilda AQSH boshliq koalitsiya shaharni Iroq armiyasidan tortib olishadi. Hozirgacha shahar o'zining avvalgi mavqeini qayta tiklay olmadi.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

26 Nov, 09:44


🇺🇸 AQSH
🇨🇦 Canada
🇬🇧 Buyuk Britaniya
🇪🇺 Yevropa
🇯🇵 Yaponiya
🇰🇷 Korea

Davlatlariga :
O'qish vizalarini
Turist visalarini
🔴 GovisaX bilan qo'lga kiriting

Bizda turli xil grantlar va Til sertifikatsiz o'qishga ichki imtihon orqali biz bilan birgalikda topshirishingizni imkoniyatlari mavjud va shuningdek Til kurslarimizham mavjud , Til kurslarimizning muddati 2 haftadan boshlanadi sizdan talab qilinadigan hujjtalar :

Passport
Foto
Atestat yoki Diplom , smestir baholari

✈️ Bizda bu visalarni qo'lga kiritishingiz uchun judda kop g'oyalar va tajribalar mavjud

Bepul Konsultatsiya hizmatimiz majvud quyidagi link ustiga bosing LINK

Bog'lanish : ☎️+998931636473

Tarix va Tahlil

26 Nov, 06:41


Bekovich Cherkasskiy la'nati !!! 1717-yil Pyotr I buyrug'i ila Xiva hamda Buxoroni zabt etishga chog'langan sobiq musulmon Davlat Girey( rus qiziga uylanish uchun xristian diniga o'tgan) Xivada kallasidan duchor bo'lganini yaxshi bilamiz. Bu rus xalqi ongida qattiq alamni vujudga keltirgan. Pyotr I ham o'limi oldidan "Xivani egallay olaganim asosiy armonim" deya aytgani haqiqat. Xivaliklar keyinroq yarashish uchun elchi yuborganlarida " elchiga o'lim yo'q" taomili buzilib, Xiva elchisi qamoqqa olinadi va o'sha yerda o'ladi. 1873-yilda Amerikalik jurnalist, Xiva yurishida qatnashgan Magmagon " "Bekovich arvohi Sherg'oziyxonni la'natlagan, rus askarlari Sherg'oziyxon qabrini buzib tashlab, revansh oldilar " deya xursand bo'lib yozgan.

🗄 R.Pochekaev. Sudba Cherkasskiya.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

25 Nov, 07:45


ASL...

📌Hayotimiz islomdan shu qadar uzoqlashib ketganki, kimdir chiqib asl qoidalarni aytsa, ajablanyapmiz. Axir, biz yashayotgan "islom"da teskarisiku, deb.

📌Chindanam teskari-da, ana Ummu Dardosi oʻzidan taqvoli boʻlgan Abu Dardolar aytsin, farz boʻlmagan ishlarni qilayotgani uchun ayolining dashnomlariga indamay quloq tutgan Hazrati Umarlar aytsin adolat va huquq neligini...

📌Paygʻambardan turmushga chiqishdagi haqqini soʻrab olgan va oxirida buni oʻzi bilishini, olmish javobi keyingilarga ibrat boʻlib qolishini istagan kelin aytsin huquqning oliy koʻrinishi rost dinda ekanini.

📌Buxoriy aytsin ilm uchun farzandini olis yurtlarga olib borib, "oʻlimim xabari ham ilmdan chalgʻitmasin" deb uqtirgan va shu bilan ismini tarix sahifalariga kiritishdan taqvo qilgan onaizorini.

📌Oʻzi umuman, qanchalik Rosululloh sallollohu alayhi vasallam davriga yaqinlashar ekanmiz, islomning sof siyrati namoyon boʻlaveradi.

📌Oʻlchovlar buzilgan, asl adolat mezoni oʻzgalar tomoniga oʻtib qolgan ayanchli zamonda yashamoqda hozirgi musulmonlar. Ammo xavotirim yoʻqligiga sabab - islom va Qurʼon Allohning muhofazasida, demakki, aslga qaytish baribir mavjud.

🗄 Xayrulla Hamidov
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

25 Nov, 04:06


Barbarossaning axmoqligimi yoki ilohiy taqdir kuchimi? Barbarossa (qizil soqol) nomi bilan mashhur nemis imperatori Fridrix I kutilmaganda 1190-yili Salib yurishiga otlandi va musulmonlarni aqlini kiritmoqchi bo'ldi. Katta qo'shin ovozasi islom lashkarboshisi Salohiddin Ayyubiyga ham yetib bordi. Turkiya hududidagi Salaf daryosiga yetib borgach, hamrohlari ko'prik qurishni boshlashdi. Ammo qirol buni kulgiga olib," men otda shundoq kechib o'taman" deb daryoga ot solishi bilan og'ir sovutli "Buyuk hukmdor" ning oti qiziquvchanligidan suv parilarini ko'rgisi keldimi yoki suv ostidagi o'tlarga qiziqdimi, har holda egasi bilan abadiy safar qilish uchun daryo ostiga kirib ketishdi. Hukmdor cho'milishdan hadeb chiqavermagach, askarlari zerikib, orqaga qaytishga qaror qildilar. Bu vaqtda Fridrix allaqachon o'lim farishtalariga qarshi salib yurishlarida band edi.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

24 Nov, 15:31


Boshqa davlatni Boqish uchun Gaz berib, Tappi yoqan Oʻzbegim.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

24 Nov, 14:33


◉ 𝙊‘𝙯𝙗𝙚𝙠 𝙩𝙞𝙡𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙚𝙣𝙜 foydali 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙩𝙖𝙠𝙡𝙞𝙛 𝙚𝙩𝙖𝙢𝙞𝙯‼️
---

📚 O‘zbek tilidagi eng foydali kanallarni sizga tavsiya etamiz!

◉ Katta kanallar

1. 📘 @Fotih_Duman_kitoblari – Qiziqarli kitoblar va boy bilim manbai. O‘qish istagidagi har bir kishining tanlovi!

2. 💡 @TgQiziqarliFaktlaruz – Hayratlanarli faktlar va bilimlar dunyosiga sho‘ng‘ing!

3. 🧘‍♀️ @yordamchi_psixolog – Psixologiyangizni yaxshilash uchun kerakli maslahatlar.

4. 🧠 @fikraat – Fikrlash doirasini kengaytiradigan aqlli g‘oyalar markazi.

◉ O‘rtacha kanallar

1. 📜 @artefaktlar – Tarixning siz bilmagan jumboqlari va sirli topilmalar.

2. 📚 @Tarix_va_Tahlil – Milliy tarix va bugungi voqealarga tahliliy yondashuv!

3. ⚙️ @Harbiy_texnik – Harbiy texnologiyalar va zamonaviy qurollar haqida eng qiziqarli ma’lumotlar.

4. 🌍 @Tarixi_dunyo – Dunyo tarixidagi muhim voqealar va qiziqarli lahzalar.

5. 📊 @jahon_statistikalar – Foydali statistikalar, raqamlar va faktlar.

6. 🧠 @Quyosh_odami – Ijodiy fikrlash va innovatsiyalar dunyosi!

◉ Kichik kanallar

1. 🧠 @filosof_kundaligi – Falsafiy mulohazalar va hayotga o‘zgacha qarash.

2. @tarixning_saboqlari - Eng sirli tarixni birgalikda o'rganamiz.

3. 📌 @bilimlar_koni_official – IQ darajasi 100dan yuroqilar uchun🤯
---
📌 Eslatma: Ushbu kanallar yuqori sifatli kontent bilan boyitilgan. Obuna bo‘ling va o‘zingizga foydali bilimlar oling!

Tarix va Tahlil

24 Nov, 05:26


Hayratlanarli Hindiston tarixi !!!
1.Dunyodagi ilk universitet Hindistonda 2700 yil oldin paydo bo’lgan.
2.Hindiston o’z tarixida umuman chet elga hujum qilmagan.
3.Eng qadimiy tibbiyot maskani Ayurveda ham Hindistondadir.
4.Hindiston eng ko’p din va millat yashab keladigan mamlakat.
5.Hindiston Angliya bosib olguniga qadar dunyodagi eng boy davlat edi.
6.Hindiston navigatsiyaning 6 000 yillik vatanidir.
7.Dunyodagi eng qadimiy astronomlardan biri Bxaskaracharya Hindistonlikdir.
8.Hindistonlik Budxayana ilk bor pul qiymatini tushuntirib berdi.
9.Hindiston matematikaning asoschisidir.
10.1896-yilgacha brilliantlar faqat Hindistonda mavjud bo’lgan.
11.Ilk simsiz aloqa Jagdesh Bose tomonidan kashf qilingan.
12.Ilk suv to’g’oni Saushatra shahridan topilgan.
13.Sushruta ismli hind olimi ilk jarrohlik amaliyotini 2600 yil oldin o’tkazgan.
14. Insonning eng ko’p xo’rlanishi hodisalari ham aynan Hindistonda uchraydi.
15.Eng sifatli temir buyumlar Hindistonda quyilgan.
16. Dunyodagi eng katta va qimmat taxt Hindistonda qurilgan.
17.O’rta asrlardagi eng katta armiya Hindistonda bo’lgan (500 ming kishi).

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

24 Nov, 05:18


Vatanimizdagi birinchi namozni kim o'qigan ? Xalifa Muoviya I Sosoniylar qo'lidan Marv shahrini tortib olgach, butun Xurosonga Muhammad(s.a.v) ning hamrohlari, hadisshunos va sahoba Al Hakim ibn Amirni(?-671) tayinlaydi. Arablarning Xuroson va bizning vatanimiz hududini bosib olishini "Futux al buldon" asarida yozib ketgan Jobir al Balazuriy "bu oliyjanob inson Amudaryodan o'tgan va u yerda namoz o'qigan musulmonlar orasida birinchisi edi "deya eslaydi. Al Hakim Marvda dafn etilgan.
🗄 Manba" Futux al buldon".

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

23 Nov, 14:39


3 asrda yashagan insonni bilasizmi? Ka-Nah-Be-Ouey Vens ismli bu hindu 1791 yildan 1920 yilgacha 129 yil umr ko'rgan. Uning o'limidan bir necha yil oldin olingan surat. Shuningdek bu ro'yxatda Ozarboyjon, Xitoylik va Hindistonlik "qariya"lar ham o'rin olgan.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Nov, 04:35


Qutayba ibn Muslim Xorazmda nega kitoblarni yondirgan?
Qutayba ibn Muslim XX asr 20-yillariga qadar yurtimiz tarixchilari tomonidan islom dini tashuvchisi sifatida ulug'langan. Sovet davri va mustaqillik davrida u faqat bosqinchi va qonxo'r. Uni Xorazmda kitoblarni yondirganini ko'p yozishadi. Siz bu voqeani chuqurroq o'qiganmisiz? Keling Xorazm tarixi bilimdoni S.Tolstov nima degan ekan bu haqida. Uning fikrlari mag’zini beramiz.
“ Xorazmshoh Chag'onga ukasi Hurzod isyon qiladi va akasi hamda uning a’yonlarini talab, o’ldirib, ayniqsa ularning qizi va juvonlarini olib ketadi. Chag’on esa Qutaybadan yordam so’raydi. Qutayba qo’shin yuborib isyonni tor-mor qiladi va olimlarni quvib, kitoblarni yondiradi. Endi nega u bu ishni qilganini ko’ramiz: Hurzod boshliq isyonchilar nega asosan ayollarni olib ketishdi? Chunki Hurzodchilar mazdakiylik tarafdori hisoblanishgan. Mazdakiylikda jamoaviy nikoh ustun ( ya’ni bir ayolga butun jamoa erlik qilgan). Ular endi hamma xotin umumiy bo’ladi deya e’lon qilganlar. Albatta islom tarafdorlari buni kufr deyishgan. Qutaybaning o’ldirgan va quvgan olimlari esa mazdakiylikni tarqatayogan kohin edilar. Eng asosiysi ular xorazmlik emas- balki yahudiy kohinlar bo’lishgan. Chunki Taboriy o’sha kohinlarni ahborlar deya ataydi. Ahbor esa yahudiy xalqi demakdir. Ularning yozgan kitobi esa asosan mazdakiylik g’oyalari – jamoaviy erlik va islomga to’g’ri kelmagan g’oyalar bo’lgan. Aynan shuning uchun ular yondirilgan. Yahudiylar esa Hazariya qochganlar. Beruniy yozishicha yondirilgan kitoblar ichida tarixiylari ham bo’lgan ammo arablar bunga e’tibor bermaganlar, bundan tashqari ular mazdaizm va zardushtiylik odatlari bilan aralash berilgan”. – (S.P.Tolstov. Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasi izidan).
Bu yerda arablar bosqinchiligini oqlash emas, balki ular nega bu ishni qilganini chuqur tekshirish natijalari berildi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Nov, 04:28


Eng mashhur musulmon tarixchilaridan biri, Beruniyning yaqin do'sti Abulfazl Bayhaqiyning "Tarixi Ma'sudiy" asarini o'qishni tavsiya qilamiz.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

21 Nov, 11:49


Tarixning eng katta jumboqlaridan biri : Temurbek Boyazidni xo'rlaganmidi yoki bu shunchaki ig'vomidi???
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

20 Nov, 14:36


Eng katta haramga ega temuriy mirzolar.
1.Amir Temurda 19 xotin, 28 kanizak bo’lib, ulardan 8 o’g’il 10 qiz ko’rgan.
2.Jahongir mirzo ibn Temur 20 yoshida vafot etganda 3 xotinidan 6 farzand ko’rgan edi.
3.Temurning taxt vorisi Muhammad Sulton 7 xotindan 11 farzand ko’rgan.
4.Uning ukasi Pirmuhammad Kobuliy esa 4 xotindan 20 farzandli bo’lgan.
5.Umarshayx mirzoda 11 xotin va 18 avlod mavjud edi.
6.Uning o’g’li Pirmuhammad Sheroziy 4 xotin va 10 farzandli bo’lgan.
7.Rustam mirzo ibn Umarshayxda 5 xotindan 17 farzand tug’ilgan edi.
8. Rustamning ukasi Ahmad mirzoda 4 xotin va 13 farzand bo’lgan.
9.Saydi Ahmad ibn Umarshayxdan 7 xotin va 13 farzand qolgan.
10. Isyonkor Boyqaro mirzoda 8 xotin va 16 o’gil-qiz.
11.Husayn Boyqaro otasida – Mansur mirzoda 2 xotin va 10 farzand qoldi.
12. Husayn Boyqaroning o’zi 12 dan ortiq xotinli bo’lib, 21 o’g’il hamda 18 qizi bor edi.
13.Badiuzzamon mirzoda 7 xotindan atigi 3 avlod qoldi.
14. Mironshoh mirzoda 10 xotin va 19 o’gil-qiz qoldi.
15. Uning katta o’g’li Abu Bakrda 7 xotin va 12 farzand qoldi.
16.Xalil sultonda 3 xotin va 8 og’il hamda qiz qolgan edi.
17. Abu Said mirzodan esa 37 ayol va 60 dan ortiq o’gil qiz qolgan.
18. Uning o’g’li Mahmud mirzo 7 rafiqadan 17 farzadli bo’lgan.
19. Boburning otasi Umarshayxda 7 ayol va 9 farzand bor edi.
20. Bobur mirzoing o’zida 8 xotindan 18 bola qoldi.
21.Shoxruxda 6 xotin 15 farzandi bo’lgan.
22.O’g’li Suyurg’atmishda 7 xotin 8 bola qoldi.
23.Ulug’bek mirzoda 18 xotin va 24 farzand qolgan.
24.Boysungurda 6 xotin va 13 avlod qoldi. Ushbu ma'lumotlar Jon Vudsning Temurid Geneology va noma'lum muallifning Muiz ul ansob nomli asarlaridan olindi.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

19 Nov, 17:59


O'zbeklarning milliy kiyimimi?
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

19 Nov, 11:57


Misrdagi mo'miyolangan jasadlarni sotuvchi kishi va "bechora" jasadlar.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

19 Nov, 05:08


Dukchi eshon haqida fikrlar. Dukchi eshon haqida tarixchi Muhammad Aziz Marg’iloniy shunday yozgan:
“Shunchalik ahvoliga shundoq ulug’ amri azim ishga iqdom(jur’at) qilganidan ma’lum bo’ldiki, asli xalifaning (Dukchi eshon) o’zida aqli komil va xushi solim yo’q ekan, balki kashfu jinni shayotni (shayton va jinlar kashfi) bilan hamroz bo’lib qolgan ekan. Shul mahalda ilmi bor bo’lsa edi, o’zi o’ylab ko’rur erdi: “Bu o’rusiyaning o’zi katta podshohlikdur, to’pi to’pxona va askari ko’pdur. Bu lashkarimning ko’pi qari, silohsiz, sipohiylikni bilmaydigan va bir burda osh-u non uchun yurganlardir. Bularni kasofatiga qolib yurmay“ deb o’ylamadi.
Dukchi eshon haqida tarixchi Abdulaziz Somiy shunday yozgan:
“Andijondagi yer silkinishi (1902) Ollohning o’sha qo’zg’olonni uyushtirib ko’p musulmonlarning o’limiga sabab bo’lganlarga nisbatan jazosidir”.
Dukchi eshon haqida tarixchi Fozilbek Otabek o’g’li shunday yozgan:
“Dukchi eshon sabab va bahona bo’lib, qo’zg’olonga umuman aloqasi yo’q juda ko’p Andijon aholisi rus miltig’i o’qidan halok bo’ldilar”.
Dukchi eshon haqida tarixchi Hamid Ziyoev shunday yozgan:
“Dukchi eshon mol-mulk to’plashga berilmay, nazr va sovg’aga keltirilgan barcha boylikni kambag’allarga bergan. Uning hovlisida har kuni odamlarga tekin ovqat berilgan”.
Turkiston harbiy okrugi shtab boshlig’i N.Belyaevskiy :
“Dukchi eshonga Turk sultoni Abdulhamid II dan kelgan xat qalbakidir”.
General-leytenant I.I.Korolkov yozishicha :
“Dukchi eshon doimo aholining xulqi buzilib, oldin bo’lmagan foxishabozlik, ichkilikbozlik kabi harom illatlar kuchayayotganidan qattiq tashvishlangan”.
Harbiy prokuror Dolinskiy:
“Dukchi eshon o’lkada rus hokimiyatini ag’darish uchun qishloq va shahar aholisini qurol bilan otlantirdi”.
Dukchi eshonning xalqqa murojaati :
“O’lkamizga o’rus kelganiga 30 yil bo’lmay, musulmonlar harom va halolni farq qilmay qo’yishdi, qozilar bo’yniga xoch taqadigan bo’lishdi. Hurriyat g’oyib bo’ldi. O’zimiz o’tmas, so’zimiz kesmas bo’ldi. Xudoyor ketib Kaufman keldi, Umarxon taxtiga Chernyayev o’tirdi. Hamma joyda butxonalar qo’ng’irog’i paydo bo’ldi. Ey Voh…Olloh bizdan rozi emas”
Tarichi N.Veselovskiy :
“Kazarmadagi o’ris askarlari qo’zg’olonchilarni quvayotganda bir mulla Qur’onni baland ovozda o’qiy boshlagandi.Uni va atrofdagi barchani shu zahoti otib tashlashdi”
Jami 777 kishi qamoqqa olindi, 32 kishi oqlandi. 18 yoki 21 kishi osildi. 5 qishloq buzilib, 700 uy yo’q qilindi. 22 nafar o’lgan rus askari uchun 17 ming bergan.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

10 Nov, 06:46


17 kunda ikki marta o'limdan qutulgan prezident yoxud bir erkakni o'ldirishga uringan ikki ayol.
AQSH prezidenti Jerald Ford 1975-yil 5-sentyabrida avval Linet Fromm, keyin esa 22-sanada Sara Jeyn Mor tomonidan o'qqa tutildi. Birinchisida jiddiy jarohat olmagan Ford ikkinchi hujumda o'lishiga sal qoldi. Birinchi o'q uning oyog'iga tegdi, ikkinchisi esa qo'riqchi xizmati ila boshiga tegmay, haydovchini jarohatladi. Ikki ayol ham uzoq muddatga qamalib, 2007 va 2009-yillarda, Ford o'limidan keyin ozod qilindi.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

08 Nov, 12:57


"Kim mening bu farmonimni buzsa va cherkovga zarar yetkazsa islomga va Olloh rasuliga qarshi chiqqan bo'ladi" .
Mana bu so'zlar Muhammad (s.a.v.) ning 620-yil Quddusdagi Yekaterina cherkovini soliqlardan, talonchilikdan va buzilishdan himoya qiladigan farmonida bitilgandir.
Payg'ambar Muhammad (s.a.v) butun dunyodagi barcha din vakillarining tinch va osuda yashashi va bag'rikeng bo'lishini juda ko'p bora ta'kidlagan.
Bu farmon ila Yekaterina cherkovi 1400 yil umuman zarar ko'rmay kelmoqda. Farmonning o'zi Sulton Salim tomonidan Istanbulga olib kelingan.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

07 Nov, 09:13


Amir Temur zardushtiylarni nega qatl etgan?
Sohibqiron 1398-99-yillarda Hindistonga yurish paytida gabrlar deya ataluvchi odamlar jamoasiga to'qnash keladi. Gabrlar zardushtiylikka itoat etuvchi xalqlar bo'lib, etnik tarkibi forslar, hindlar va pushtunlar bo'lgan. Gabrlar Temurning amriga bo'ysunmay, uning diniga kirmasligi oqibatida Movarounnahrlik askarlar tomonidan qirg'inga duch kelishadi. Dehligacha bo'lgan hududda juda ko'plab gabrlar yashaydigan yerlar yakson etiladi.
Bugun biz ham Temurni va ham zardushtiylarni teng holatda ko'ramiz, ammo o'tmishda bu ikki toifa juda murosasiz bo'lgani ma'lum.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

06 Nov, 16:05


Tarixiy-falsafiy-matematik savol:
Prezidentlar kelajak deganda aynan qaysi davrni nazarda tutishgan?

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

05 Nov, 15:08


Mixail Gorbachev 88 yoshga to'lganida atrofdagilari undan bunday uzoq umr sirini so'rashibdi. Gorbachov ularga shunday degan ekan:
" SSSR ni bo'lib tashlaganimdek, jahannamni ham shu ahvolga solishimdan qo'rqishsa kerak-ki, haligacha tepaga chaqirishmayapti.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Nov, 14:47


Tarixda bilasizmi

Qaysi shaxs eng koʻp xaqoratlangan va hozirda ham xaqoratlanadi.
Va eng koʻp maqtovlar ham ungadir

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Nov, 12:01


Bu sizga Kaliforniya emas, o'zimizning Orolbo'yi oazisi.
Amerikadan kam joyimiz yo'q.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Nov, 11:28


Stalin va Islom dini haqida qisqacha yozib ketishingiz uchun.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

04 Nov, 11:23


Sulton Abdulhamid II maqbarasi.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

03 Nov, 14:41


Arman manbasida Temur va uning armanlarga hujumi shunday so'zlar bilan yozilgan ekan:
"Agar kimdir ularga to'sqinlik qiladigan qasr bilan qarshilik ko'rsatgan bo'lsa, ular tez orada u yerga etib kelishdi, uni chigirtka kabi o'rab olishdi, qichqirgan, hayqirgan, uvillashgan, baland ovozda vovullagan, nola qilgan, barabanlarni urgan, karnay-surnaylarni chalgan, kamonlarni to'g'rilagan, o'qlar bilan yog'dirgan, toshlarni otgan holatda qasrni 1 kunda zabt etishdi. Qasr esa butunlay vayron bo'ldi, ming yillik inshootlar yiqildi".

Haqiqatdan Temurning Armaniyaga hujumi armanlar uchun faqat o'lim va vayrona olib bordi. Ular islomni qabul etishmadi va shaharlari qayta qurilib berilmadi. Suratdagi qabrlar ana shu urushda o'lganlarga tegishli. Tirik qolganlar Samarqandga imorat qurish uchun olib ketildi.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

03 Nov, 04:23


Веренанинг айтишича, аёллар фарзанд кўришдан бош тортишлари керак, чунки болалар катталардан кўра кўп нафас олиб чиқаради ва оқибатда ҳаводаги карбонат ангидрид миқдори ошиб кетади. Бу ҳолат эса кучли иқлим ўзгаришларига олиб келади.

Бу иблисий китобдан айрим иқтибослар келтираман:

«Болалар - тоза иқлимнинг биринчи рақамли қотилларидир».

«Болалар ҳеч қачон ўз ота-оналарини бахтли қилмайдилар. Аксинча, уларни зомбига айлантирадилар».

«Гўдаклар сайёрамизни ифлослантиришдан бошқа ҳеч нарсага ярамайдилар».

«Ҳаётининг энг гўзал дамларини чақалоғининг ахлатини тозалашга сарфлайдиган аёлларнинг психикаси бузуқдир».

«Аёллар, болалардан озод бўлинг! Тухум босадиган уй товуқларига айланиб қолманг!»...

Бу китоб – бошланғич синфларга немис тилидан дарс берадиган, яъни доимий равишда болалар билан ишлайдиган, аммо инсониятнинг барча муаммоларида болаларни айблайдиган «ўқитувчи»нинг китоби.
Бу шайтоний китоб ўтган икки йил ичида Ғарбда ниҳоятда машҳур бўлди ва дунёнинг бир нечта тилларига таржима қилиниб, тарқатилди.

🗄 Дилфуза Комил
Femenist Erkak va Ayolar oʻqimasin.
✈️@Tarix_va_Tahlil ✈️

Tarix va Tahlil

02 Nov, 15:35


Soddaroq tushuntiraman. Falastinliklar shuncha yil
Quddus uchun jonini topshirib keldi.
Endi boʻlsa Shaytonlar Falastinda Istehkomlar va blok postlar qurishni boshlashdi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

02 Nov, 15:18


Roxmandan Major proyekti…

Link: https://t.me/major/start?startapp=1393262723

Tarix va Tahlil

02 Nov, 03:57


Zardushtiylikda oila ichidagi nikohlar borasida savol berildi.
Biz Avesto parchasidagi Zardushtning so'zlarini keltiramiz.
Qorada belgilangan "Xvaytvadatxu" so'zi aynan oila ichidagi nikohni anglatadigan termindir. Demak bu o'rinda Zardusht yaqinlar bilan nikohga fatvo berganligi oydinlashadi.
Ikkinchi suratda Beruniy ma'lumotlari. U ham Zardusht fatvosi haqida yozgan.
Yana Meri Boys ham buni o'z tadqiqotlarida tan olgan.

Biz zardushtiylikni yomonlash niyatida emasmiz. Shunchaki fakt keltirdik.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

28 Oct, 09:40


1917 yil 22 noyabrda V.I.Lеnin tomonidan
yozilgan "Rossiya va Sharqning barcha musulmon mеhnatkashlariga"
murojaatnomadir. Unda shunday jumlalarni o’qiymiz... "Bundan buyon sizlarning
urf-odatlaringiz, sizlarning milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz
dеb e'lon qilinadi. O’z milliy hyotlaringizni erkin va bеmalol uyushtira bеringiz,
sizlarning bunga xaqqingiz bor. ..Sizlar o’zlaringiz o’z vataningizning hokimlari bo’lishingiz lozim. O’z
rasm-rusumingizga binoan hayotingizni uyushtirishingiz lozim. Sizning bunga
haqqingiz bor, chunki sizlarning taqdiringiz-o’zingizning qo’llaringizda".

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

27 Oct, 19:35


Inson tuproq. Buyuk Yaratuvchi, o'ziga qarshi chiqanlarni hattoki yaratgan tuprog'iga qorishiga ham rozimas.

Kim uchundir bu oddiy eksponat

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

26 Oct, 08:04


18+

Yil erkagi. Efiopiyaning Bodi qabilasi orasidagi so'rovnoma bo'yicha suratdagi odam 2013-yil erkagi sifatida tan olingan.


Nima balo "osh markazi" Efiopiyagacha yetib bordimi?

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

25 Oct, 05:27


O'tmishni qoloqlikda ayblash zamonaviy insonlar uchun xos holat. Ammo bilib qo'yish lozimki har bir davrning o'ziga xosligi, takrorlanmasligi mavjud.
Suratdagi mis va kumushdan yasalgan, mexanik jihozlangan, kod ila ochiladigan va buyum saqlanadigan ajoyib quticha o'tmish insonlarining naqadar qo'li gul mavjudot bo'lganiga isbotdir.

Ushbu buyum Ko'niya saljuqiylar davriga oid deya hisoblanadi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

24 Oct, 18:41


Faqat eshshaklar molga havas qiladi ..
Maqsadni katta olavering..

🗄Vazifam

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

24 Oct, 17:47


Biz juda ko'p marotaba oriylar millatchiligi, paneronizm haqida yozdik. Ulardagi millatchilik tarixni buzayotganini ta'kidladik.
Endi tenglik bo'lishi uchun o'zimizning fikrlashga o'rnashgan ammo ko'pchiligimiz sezmaydigan- panturkizm haqida.
Panturkizm- turkiy xalqlarni ulug'laydigan, birlashtiradigan sistema. Birlashsa nima qilibdi deyishingiz mumkin? Birlashsa ajoyib bo'ladi...
Ammo tanganing ikkinchi tomoni: panturkizm- faqat turkiylarni N1 ko'rsatadigan, boshqa xalqlarga nisbatan 2-darajada qaraydigan atamani anglatadi.
O'zbek ziyolilari unchalik millatchi emas. Ammo ular ishlatadigan ayrim atamalar panturkizm elementlarining ko'rinishidir.

Misol uchun deyarli har bir asar "biz buyukmiz" degan g'oyadan start oladi.
Bizning bobolar xorijda olib borgan urushlar "bunyodkorlik", boshqa xalqlarning bizga hujumi "bosqinchilik" deya uqdiriladi.
Turk dunyosida esa holat yanada salbiy. Ayniqsa turkiylar hamma xalqlardan eng qadimiyligi g'oyasi tez tez uqdiriladi. Turkiylar bir qarasa Shumerlar, yana birida Amerika hindulari, hatto Rimni qurgan Romul va Rem, etrusklarga ajdod bo'lgani-yu, Aleksandr Makedonskiy ham turkiy bo'lgani haqida tez tez propoganda olib boriladi.

Men bir holatni ta'kidlamoqchiman: har qanday teoriyani qabul qilish mumkun, qachonki faktga ega bo'lsa.
Turkiylar o'nlab imperiyalar vujudga keltirgan buyuk xalq bo'lgani aniq. Ammo bugun mifologiya va fantastik qarashlar panturkizm g'oyasi orqali turkiy tarixni buzmoqda.

Bu hayratlanarli faktlarni bizda omma qabul qilmoqda. Bu esa bizda ta'lim zaifligini ko'rsatadi.

Tarixchi xolislik, aql zakovat va faktga tayangan holda tarixni o'qishi lozim.

O'zbek xalqining yumshoqfe'lligi bu g'oyalarning avj olib ketishi-yu, qo'shni millatlar ila janjalga aylanib ketishidan saqlaydi.
Ammo boshqa turkiylarchi?
Bugun turk, qirg'iz, ozar, qozoq kabi xalqlardagi "feyk" g'oyalar qo'shnilar bilan munosabat taranglashuviga sababdir.

Ayniqsa qirg'izlardagi tarixiy teoriyalar qanchalik ajablanarli tomonga ketib qolganini bilamiz.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

24 Oct, 14:03


"Titanik"ning boshiga yetgan aysberg. Suratdagi muz bo'lagi biz bilgan o'sha mudhish fojeaning yuz berishiga sababchi bo'lgan deya aytishadi. Uning nomi "Shahzoda Adalberg" aysbergidir. Ya'ni "Titanik" cho'kkan 15-aprel 1912-yil da aysbergni "Adalberg" nomli kemada suratga olishgan. Bu muzlikning yagona fotosi. O'sha kema a'zolari ushbu muzlikdagi g'alati bo'yoqlarga duch kelishgan. Bu bo'yoqlar "Titanik" rangi bilan bir xil bo'lgan. "Titanik"da omon qolganlar so'ziga qarasak aysberg to'q ko'k rangda bo'lgan. Ammo o'sha tunda "Titanik' atrofida boshqa muzliklar ham bo'lgani aytilinadi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

23 Oct, 17:21


Ushbu suratda Yakkabog' tumani hokimiyati aks ettirilgan. XIX asr oxiriga oid.

O'sha vaqtlarda ham shahardagi eng oldi bino hokimiyat bo'lgan ekan.

Davlat hokimiyati xalq manfaatlaridan ustunligini namoyon etuvchi yorqin surat.

Hozir ham ahvol o'zgarmagan bo'lsa kerak. Buni albatta Yakkabog'liklar yaxshi biladi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

23 Oct, 17:17


Kim qanday jang qiladi?🤔🤔
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

23 Oct, 14:01


◉ 𝙊‘𝙯𝙗𝙚𝙠 𝙩𝙞𝙡𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙚𝙣𝙜 foydali 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙩𝙖𝙠𝙡𝙞𝙛 𝙚𝙩𝙖𝙢𝙞𝙯‼️

⎙ Katta kanallar:

📘
@Fotih_Duman_kitoblari – Boy bilim manbai va qiziqarli kitoblar olami.

🔥
Yo'qolgan tarix - 🕰 Sirli tarix izidan! Siz eshitmagan va sizdan yashirilgan tarixiy ma'lumotlar

🧠
@Fikraat – Ijodiy fikr va innovatsiyalar!

💡
@TgQiziqarliFaktlaruz – Ajoyib faktlar va hayratlanarli bilimlar.

🧘‍♀️
@yordamchi_psixolog – Sizning psixologiyangiz uchun kerakli maslahatlar.

⎙ O‘rtacha kanallar:

📚
@Tarix_va_Tahlil – O‘z tarixi va bugungi kunga tahlillar!

⚙️
@Harbiy_texnik – Zamonaviy harbiy texnologiyalar haqida!

🌍
@Tarixi_dunyo – Dunyo tarixidan eng muhim voqealar!

📊
@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami

⎙ Kichik kanallar:

🧠
@filosof_kundaligi – Falsafiy o‘ylangan kundalik mulohazalar.

📜
@jadidlar_kundaligi – Jadidchilik harakati tarixi va tahlili.

🔍
@Tarixning_saboqlari – Tarixdan olib borilgan saboqlar.

🧠
@bilimlar_koni_official - IQ darajasi 100dann yuqorilar uchun

🌐
Global info - informatsion telegram sahifa...!

---

📌 Eslatma: Taklif etilgan kanallar yuqori sifatli kontent bilan boyitilgan. Obuna bo‘lib o‘zingizga foyda oling!

Tarix va Tahlil

23 Oct, 07:49


M.A. Terentev 1865-yil shunday fikrlagan edi.
"Katta bilim boʻlgan musulmon yetti qavat osmon haqida oʻz fikrlarini Qur'ondan olingan ma'lumotlardan boshqa biror dalil bilan isbot bera olmaydi. Odamlarni islomning sog'lom fikrlarini uygʻotuvchi ta'siriga tashlaganimizdan koʻra, ularni ibtidoiy holatda saqlaganimiz toʻgʻriroqdir. Biz Oʻrta Osyoga Gʻarbdan keldik. Biz bilan birga " Buyuk haqiqat" keldi. Bu haqiqat- Xristian dinidir.
@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Oct, 16:50



Endigina 20 bahorni qarshilagan Abdulhamid Cho’lpon 1918 yilda Turkiston
Muxtoriyatini tabriklab "Ollohu akbar" va "Ozod Turk bayrami" kabi shе'rlarni bitdi.
Uning "Ozod Turk bayrami" dеgan shе'ri madhiya sifatida qabul qilingan edi.
Jadidchi shoir o’z quvonchini quydagi o’tli satrlarda bayon etdi...


Ko’z oching boqing har yon!
Qardoshlar, qanday zamon!
Shodlikka to’lar jaxon!
Fido bu kunlarga jon!


Turkistonli-shonimiz, Turkistonli-unvonimiz.
Vatan-bizni jonimiz, fido o’lsin qonimiz!
Bizlar tеmir jonlimiz!
Shavkatlimiz-shonlimiz!
Nomusli, vijdonimiz!
Qaynagan turk qonimiz!

Muxtoriyat olindi,
Ishlar yo’lga solindi.
Milliy marshlar chalindi,
Dushman o’rtandi endi.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Oct, 12:24


Manba:Twitter

Tasdiqlanmagan nazaryalar hayratdadur
😬🤔

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Oct, 12:16


“Fors Don Juani” – Urujbek Bayot haqida !!!
1599-1602-yillarda Safaviylar shohi Abbos I Buyuk Usmonlilar imperiyasiga qarshi ittifoq uchun Ispaniyaga o’zining 4 nafar yaqinlarini jo’natadi. E’tiborlisi ushbu 4 kishidan 3 nafari tezda islomdan chiqib, xristian dinini qabul qiladi. Ulardan biri Urujbek Bayot turkman bo’lib, ilgarilari Abbos I ning Abdullaxon o’zbekka qarshi yurishlarida qatnashgan. Urujbekga qirol Filipp III ning xotini Margarita cho’qintirilgan ona bo’ldi va unga Fors Don Juani nomini berdi. Aliqulibekka esa Filipp III otalik qilib,Fors Don Filippi nomini berdi. Yana bir elchi Bunyodbek esa Fors Don Diegosi nomini oldi.
Ammo Fors Don Juani – Urujbek Bayotga bu qaror omad keltirmadi. 1604-yili u 44 yoshida ko’chadagi mushtlashuvda o’ldirildi. Uning “ Fors Don Juani tarixi” nomli asari saqlangan.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Oct, 12:08


Germaniyada topilgan 80 smli bosh kiyim.
Bronza davriga oid.

Tilladan qalpoq kiyish uchun temir kalla kerakmikan?


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

22 Oct, 05:08


Vereshchagin

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

21 Oct, 14:43


Mustafo Cho'qayev Rossiya haqida nima degan edi? Mustafo Cho'qayev 1917-yil Rossiya va bolshevizm, Turkiston muxtoriyati kelajagi haqida quyidagicha so'zlagan edi: "To'la qonli davlatni darhol qurish oson emas. Buning uchun bizda na kadr bor, na tajriba. Va eng muhimi, kelajakdagi avtonomiyani himoya qiladigan armiya yo'q. Rossiya qanchalik zaiflashmasin, u bizdan ancha kuchli. Biz Rossiya bilan tinchlik va do'stlikda yashashimiz kerak. Geografiyaning o'zi buni belgilaydi. Men Sovetlar siyosatini qabul qilmayman, lekin men bolsheviklarning halokatli kuchiga ishonaman".

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

21 Oct, 13:11


🇺🇿Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Siyosat , Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga 30 dan ortiq kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz.

Siz ushbu "Ilmiy" jildimiz orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.

Kanallarga a'zo boʻlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing.

Tarix va Tahlil

20 Oct, 14:57


Мени хафа қиладиган нарса шуки, Яҳё Синвар ёлғиз ўзи, бир қўли ярадор ҳолида, бошқа қўлида эса ёғоч билан жанг қилди. Холбуки ундан бир неча километр узоқликда аҳолиси бир юз ўн тўрт миллион бўлган, етти юз минг кучли қуролланган аскари ва зобити бўлган давлат бор эди!
Яқинда бу арабларнинг бошига мисли кўрилмаган бало тушади. Уларнинг ҳолига вой бўлсин!

Доктор Муҳаммад Мухтор Шинқитий

https://t.me/Abdulqodir_Polvonov

Tarix va Tahlil

20 Oct, 14:56


ETİMOLOGIYA

"Men juda charchadim, dunyoni bilishdan charchadim".

🌔Dunyo aslida pastki degan ma'noni anglatadi. Arab tilida edna "eng past" so'zi bilan bir xil ildizdan keladi.

U pastlik va yomonlik ma'nosini bildiruvchi denaet so'zi bilan ham bog'liq.
Xulosa dunyo; Bu qorong‘u quduq, u odamlarni o‘ziga tortadi va unga tushganda cho‘kadi.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

20 Oct, 09:59


Turkistonliklarni odam o'rnida ko'rmaydigan General gubernator Kuropatkin Toshkentga qadam ranjida qlmoqda.1916-yil tasviri. Bir tomonda Turkistonlik ulamolar va boylar unga "xush kelibsiz yarimposhsho" ma'nosida salom berishmoqda.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

20 Oct, 02:46


Ushbu yolg'iz maqbarada bir vaqtlar butun musulmon sharqida ma'lum va mashhur bo'lgan Sulton Sanjar orom olmoqda. Uning o'limiga Davlatshoh Samarqandiy ba'zi teoriyalar beradi. Ya'ni Samarradagi tog'da,shialar har hafta Mahdiyni kutadigan joyda Sanjar Mahdiy minishi lozim bo'lgan yasatilgan otni o'ziga olib qoladi. Ikkinchidan esa umrining keyingi davrlarida ilm ahillaridan uzoqlashadi. Nihoyat shu kasofatlar uni 1140-yil qoraxitoylardan,1153-yil o'g'uzlardan yengilishiga olib kelgan deyiladi. Albatta bu sharq mualliflari fikri. Sanjar 1157-yili vafot etishi bilan uning davlati ham qulaydi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

18 Oct, 07:32


Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast,

Jamolingni ko‘rib kim bo‘lmagan mast,

Kim qilich ko‘tarib kelsa qoshingga,

Niyatlari qadar ketavergan past.



Necha asrlarkim ne-ne yurtlardan

Tavof aylamakka kelgaylar shoshib.

Bir bor boqmoq uchun sening husningga,

Yuraklar hapriqib, yuraklar toshib,



Arslonning o‘ligi ham arslon derlar,

Hamon shuhratingni ko‘tarib ko‘kka,

Tuprog‘ing to‘ldirib yotibdi sherlar,

Tiriklar poyida tusharlar cho‘kka.



O, sening yerlaring baxt maydonidir,

Shohlar orzu qilgan taxt maydonidir.

Ojiz, zaiflarga kuch – qudrat bergan,

Shiddat maydonidir, shaxt maydonidir.



Sohibqiron Temur senga ishonib,

Butun yer yuzini mo‘ljalga oldi.

Alisherning yigit yuragi yonib,

Mangu muhabbating nazmga soldi.



Samarqandni sevib, sayragim keldi,

Sha’niga so‘z izlab yayragim keldi.

Sevgim chinligiga yetsa ham ko‘zim,

Uning tasvifiga yetmadi so‘zim...
🗄

✈️@Tarix_va_Tahlil ✈️

Tarix va Tahlil

17 Oct, 16:27


Prezident Hindenburg Hitlerga Germaniyani topshirmoqda !!!

"O'g'lim Adolf, Germaniya endi seniki !!! " deb nomlanuvchi surat.

30.01.1933.


@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

17 Oct, 09:56


Chingiziylar hokimiyatda
1220-yil Xorazmshohlar davlatining ikkinchi poytaxti Samarqand egallanishi bilan Chingiziylar sulolasining yurtimizdagi hukmdorligi qaysidir ma’noda boshlangan edi. Bu sulola vakillari tanaffuslar yoki ikkinchi darajali status orqali 1220-1806-yilgacha hukmdorlik qilib keldilar. Chingiz bilan birga kelgan qabilalardan tarqalgan sulolalar esa 1920-yilga qadar o’z hukmdorliklarini tugatishmadi.
Chingiziylar turli sulolalarga bo’lindilar,xususan:
1.Chig’atoiylar sulolasi (1224-1405.taxminan, va Abu Said davrida soxta xonlar mavjudligi mavhum) – ja’mi 30 xon.
2.Shayboniylar sulolasi ( 1501-1601) – ja’mi 17 xon yoki ba’zi hollarda undan ko’proq mustaqil sultonlar.
3.Ashtarxoniylar (1601-1756) –jami 17 nafar. Buxoroda 12, Balxda 1712-1740 –yillar 4 xon. Xorazmda 1.
4.Xorazm shayboniylari-Arabshohiylar (1511-1727) – 29-32 yoki 33 nafar ( sulola tarixida chigalliklar bor, bu yakuniy raqam emas). Ulardan Buxoroda 2 nafar. Samarqandda -1.
5.To’qay Temuriylar Xorazmda ( 1727- 1805) – 12 dan ko’proq.
Chingiziy bo’lmagan ammo unga oid qabilalarga tegishli sulolalar
1.Temuriy barloslar (1370-1501-1507)- 21 nafar ;Movarounnahr,Xurosonda. Ba’zi hududlarda yarim mustaqil mirzolar bunga kirmaydi.
2.Xorazm so’fiylari (XIVasr 60-yillar-1388) – 3 nafar.
3.Xiva qong’irotlari (1770-1920)- 13 nafar.
4.Buxoro mang’itlari (1756-1920)- 11 kishi. 1 nafari soxta xon.
5.Qo’qon minglari(1709-1876) jami 24 nafar(lekin Qo’qonda taxt talashishlar ko’pligi ba’zida xonlar borasida chalkashliklar tug’diradi)
Bulardan tashqari Shahrisabz kenagaslar, Hisor va O’ratepa yuzlar, Balx,Qunduz va Qobodiyonda boshqa Chingiziy qabilalardan chiqqan sulolalar mavjud bo’lgan.
Yurtimizda deyarli 700 yuz yil ( 1220-1920) shu sulolalar hukm surdilar ammo tarixshunosligimizda Chingizxonning olib kelgan migratsiyasi va uning ahamiyati kamsitilinadi.

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

17 Oct, 09:30


O'qimading bir umr namoz
Sig'indingmi bugun haykalga?
Ey o'zbek, nega biliming sayoz?
Bilib qo'y : sajda bo'lur faqat
Buyuk Allohga !!!

@Tarix_va_Tahlil

Tarix va Tahlil

16 Oct, 09:05


1969-yil may oyida Nyu York atrofidagi maydonlardan birida Vudstok musiqa festivali bo'lib o'tadi. Bu festivalda qatnashish uchun uzoq yaqindan 400 mingdan ortiq kishi jamlanadi.
Betartiblik va ayovsizlik, axloqsizlik shu darajada avj oladiki, festival yakunidan keyingi davr mobaynida bir necha o'n minglab nikohsiz farzandlar dunyoga keladi. Ba'zilar bu raqamni 200 ming deya ko'rsatishadi.
Nima bo'lgan taqdirda ham bu festival ommaviy madaniyatning o'ziga xos jihatini namoyon qilib beradi.

@Tarix_va_Tahlil