"Taraqqiyot strategiyasi" markazi @dscuzbekistan Channel on Telegram

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

@dscuzbekistan


"Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanali.

Официальный канал Центра "Стратегия развития".

Тел.: +998 71 239-01-91

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi (Uzbek)

Salom va xush kelibsiz! Bu yerda "Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanalini tanitamiz. Kanalimizda O'zbekistonning rivojlanish strategiyasi va uning muhim batafsillari haqida yangiliklar, maqolalar, va ma'lumotlar bo'lishi mumkin.

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishi uchun strategik yo'nalishlari o'rganish va rivojlanish ustida ishlashni maqsad qilgan markazdir. Bizning kanalimizda siz davlat siyasatining so'nggi yangiliklarini, dasturlar va loyihalarni o'rganishingiz mumkin.

Agar siz ham O'zbekistonning rivojlanish jarayonida qatnashishni istasangiz va so'nggi malumotlardan xabardor bo'lishni istasangiz, bizning kanalga obuna bo'ling!

Bizning aloqa ma'lumotlari:
Tel.: +998 71 239-01-91

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

20 Jan, 05:14


💬Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida davra suhbati oʻtkazildi. Unda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi sudyalar tomonidan muhokama qilindi.

🔺Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Davlat dasturi loyihasining ustuvor yoʻnalishlari va ularda nazarda tutilayotgan muhim chora-tadbirlarga toʻxtalib, ayni paytda oʻtkazilayotgan jamoatchilik muhokamalari va mazkur jarayonning hujjatni yanada takomillashtirishdagi ahamiyati haqida gapirdi.

🔺Muhokama ishtirokchilariga Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari Ikrom Muslimov Davlat dasturi loyihasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishida, jumladan sud tizimidagi raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar haqida maʼlumot berdi.

📎Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting!

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

13 Jan, 02:41


Tahlilnoma | 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi: Eng muhim TOP yangiliklar va ekspertlar mulohazalari
#12jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

12 Jan, 08:42


✍️ 2025 - йилга мўлжалланган Давлат дастури лойиҳаси жорий йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

🔈📣Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаймиз.

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

11 Jan, 13:48


Давлат дастури – 2025 лойиҳасида кўзда тутилаётган айрим муҳим чоралар билан қуйидаги инфографикада танишишингиз мумкин.

❗️Лойиҳа 2025 йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

🔈📣Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаймиз.

*****

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

11 Jan, 10:12


📣 “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга ошириш бўйича давлат дастури ва уни тасдиқлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳалари ишлаб чиқилиб, кенг жамоатчилик муҳокамаси учун www.uzbekistan2030.uz порталига жойлаштирилди.

❗️Давлат дастури лойиҳасида кўзда тутилаётган айрим муҳим чоралар билан қуйидаги инфографикада танишишингиз мумкин.

Лойиҳа 2025 йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

🫂 Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаймиз. 🔈

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

16 Dec, 04:41


“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston va Yevropaning yetakchi tahlil markazlari bilan hamkorlikda Brussel shahrida “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” tahlil markazlari forumi o‘tkazildi.

Forum Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning kirish so‘zi bilan boshlandi. Tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan munosabatlari ko‘rib chiqilib, hamkorlikning asosiy jihatlari, xususan, mintaqada ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

12 Dec, 14:04


📱 13-14-dekabr kunlari Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi tomonidan bu yil toʻrtinchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro Strategik Kommunikatsiya Forumi – Stratcom Summitʼ24 boʻlib oʻtadi.

❗️ Mazkur nufuzli tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etadi. Sammitning “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sunʼiy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar” mavzusiga bagʻishlangan panel sessiyasi Eldor Tulyakov moderatorligida boʻlib oʻtadi.

💬 Xalqaro tadbirda qatnashish uchun dunyoning 30 ta davlatidan yetakchi tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va tahlil markazlari ekspertlari, jami 3 mingdan ortiq mehmonlar taklif etilgan.

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

12 Dec, 11:38


Parij shahrida “Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlarining dolzarb masalalari hamda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda Yevropa rivojlanish va xavfsizlik instituti hamkorligida tashkil etildi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston va Fransiyaning yetakchi tahlil markazlari vakillari, diplomatlar, siyosatchilar hamda Yevropaning turli mamlakatlaridan 40 ga yaqin xalqaro ekspertlar qatnashdi.

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

05 Dec, 14:02


✔️Bugun Toshkent shahrida 2024-yilgi Oʻzbekiston parlamenti saylovlari natijalarini va yangi parlament hamda fuqarolik jamiyatining islohotlarni ilgari surishdagi rolini muhokama qilish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

💬 Tadbirda siyosatchilar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va xalqaro ekspertlar yigʻilib, siyosiy raqobat darajasi, yangi parlament tarkibi va uning mamlakat kelajagini shakllantirishdagi oʻrnini tahlil qilishdi.

🔺Anjumanda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etib, oʻz nutqida mahalliy kengashlarning vakolatlarini kengaytirish, ularni muhim qarorlarni qabul qiladigan faol organlarga aylantirish boʻyicha erishilayotgan natijalarga toʻxtalib oʻtdi.

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube