Avvalo oʻqituvchi tomonidan metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya oʻylab topiladi. (yoziladi) Soʻng, ushbu metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya maktabning tegishli fan metodbirlashmasida koʻrib chiqiladi. Metodbirlashmaning tavsiyasi bilan maktabning pedagogik kengashida koʻriladi va ijobiy xulosa berilgan taqdirda (maktab miqyosida ommalashtirilsin deb qaror qabul qilingan taqdirda) ommalashtirish.uz platformasiga joylanadi.
Platformaga 1-martdan joylash boshlanadi. Demak, oʻqituvchilar hozirda metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiyani tezroqda yozib tugatishlari va metodbirlashmada, pedagogik kengashda qaror qabul qilinishi kerak. Ma’lumot uchun ish tajribalarni ommalashtirishga favqulodda navbatdan tashqari metodbirlashma yigʻlishi va pedagogik kengash oʻtkazilishi mumkin.
Demak, eng asosiysi metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya yozish kerak. Uning tuzilishi quyidagicha boʻladi:
Muqova (titul), Sarlavha, Annotatsiya, Tarkib (muallif, masʼul muharrir, taqrizchilar nomma nom kiritilishi kerak), Mundarija, Kirish, Asosiy qism, Xulosa, Ilovalar (qoʻshimcha materiallar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, testlar, xaritalar – agar bor boʻlsa.)
Ishlarini ommalashtirmoqchi bo'lgan o'qituvchilarga yetkazingizlar
👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘ring!
💰Oylik bot
Ta'limga oid barcha hujjatlar
shu kanalda!
👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/talimiy_hujjatlar
https://t.me/talimiy_hujjatlar