Kaissa
Kaissa - frakiyalik driada, shaxmat ma'budasi. Kaissa ilk marta 1527-yilda italyan shoiri Ieronim Vidaning "Scacchia Ludus" she'rida uchraydi. She'rda Apollon va Merkuriyning boshqa ma'budlar ishtirokidagi shaxmat o‘yini tasvirlanadi. Ingliz sharqshunosi Uilyam Jons mazkur g'oyani 1763-yilda yozilgan "Kaissa" yoki "Shaxmat o'yini" she'rida ishlatgan. U.Jons she'rida Urush xudosi Mars Kaissaning chiroyiga mahliyo bo'ladi va faqat shaxmatni ixtiro qilish orqali unga erishadi.
XIX asrdan Kaissa shaxmat ma'budasi va shaxmat muzasi sifatida tilga olinadi.
Hozirda shaxmat dunyosida qaysidir grossmeyster juda yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, unga Kaissaning e'tibori tushdi, yoki aksincha omadsiz o‘yinlarda Kaissa undan yuz o‘girmoqda, iboralari uchrab turadi.
@kundaleaks