Muvaffaqiyat kaliti @dilshoda_sherboboyeva Channel on Telegram

Muvaffaqiyat kaliti

@dilshoda_sherboboyeva


Фақат ўсишда ва ривожланишда бўлинг.
Олдингизга олий мақсадларни қўйинг.
Келажагингизни муваффақиятли тасаввур қилинг.
Мен сизга ишонаман. Сиз буни албатта уддалайсиз.
Энг муҳуми Сиз хечқачон таслим бўлманг..!!!!

Muvaffaqiyat kaliti (Uzbek)

Salom, sevgan do'stlar! Bugun sizga yangi Telegram kanalimiz haqida xabardor bo'lishni xohlagan edik. Kanalimiz nomi "Muvaffaqiyat kaliti" va unda @dilshoda_sherboboyeva ishtirok etadi. Bu kanalda sizga faol hayotni rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish va o'zingizga aylaningizda qilgan yutuqlar to'g'risida maslahatlar beriladi. Dilshoda Sherboboyeva sizga o'zingizga o'zgartirishlar kiritishda va maqsadlarga erishishda yordam beradi. Uning so'zlariga ishonishingizni istaymiz. Siz bunga albatta erishasiz. Eng muhim narsa, siz hech qachon to'xtovsizlik qilmang, harakat qiling va muvaffaqiyatga erishing! Sizni @sherboboyevna ga o'zbek tilida rahmatlini uchun, maqsadli hayotga yo'l qo'ymoqchi bo'lishingizni tilaymiz. Muvaffaqiyat sizning qo'lga keladi!

Muvaffaqiyat kaliti

22 Jan, 16:07


Ҳар куни уйқудан олдин эртанги кунингиз қандай мўжизалар ва яхшиликларга тўла бўлиши ҳақида тасаввур қилинг, кўп жиҳатдан тасаввур қилганингиздек бўлишини кўрасиз!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Jan, 06:06


💡Нимага ишонсангиз ўша нарсани яшайсиз, ўшани яратасиз.

➡️ Меҳрга лойиқ эмасман деб ўйласангиз ва бунга ишонсангиз, инсонлар сизни севмаслигига сабабчи бўласиз.

➡️ Бахтсизлигингизни тан олсангиз, ҳаётингизда ҳар хил муаммолар келиб чиқаверади. 

➡️ Қурбон бўлганингизга ишонсангиз, ҳар нарсада ўзингизни қурбон қилаверасиз. Ҳам ўз қўлларингиз билан!

➡️ Ўзингизга ҳақсизлик қилаверсангиз,  ҳамма сизга шундай қилади!

🩷 Ўзингизни ва руҳингизни асранг, қизлар!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Jan, 01:03


🔑 Shukr qilganingiz sari shukr qiladigan narsalaringiz koʻpayaveradi...

🌱 Biror yoqimsiz soʻzni aytishdan oldin umuman gapira olmaydiganlarni yodingizga oling...

🌱 Taomdan shikoyat qilishdan oldin, yeyishga bir tishlam noni yoʻqlarni esga oling...

🌱 Hayotingizdan shikoyat qilishdan oldin, umri ayni gullagan yoshida tugaganlarni eslang...

🌱 Uyni tozalash, kim pol yuvishi haqida janjal koʻtarishdan oldin, millionlab uysiz odamlar ham borligini yodga oling...

🌱 Ishingiz ogʻirligidan nolishdan oldin, qanchadan-qancha odamlarga siznikidek ishi boʻlishligi orzu ekanligini ham bilib qoʻying...

🌱 Birovni barmogʻingiz bilan koʻrsatib, uning gunohlarini sanashdan oldin, oʻzingizning ham gunohkor banda ekanligingiz va bir kun Alloh oldida javob berishing koʻz oldingizda tursin...


🏠 Hayot – bu bebaho hadya. Doimo shukr qiluvchi bandlari qatorida boʻlishlik nasib qilsin ilohim...


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Jan, 16:08


Ҳаётингиз давомида ушбу нарсалар ҳақида атрофдагиларга гапирманг:

мақсадларингиз

даромадингиз

қўрқувларингиз

заиф томонларингиз

шахсий ҳаётингиз

кучли томонларингиз...

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Jan, 11:03


Кун маслаҳати:

Унутманг, агар сиз кутиб ўтирсангиз, сизга келган нарсани оласиз, ҳаракат қилиб интилганда эса, ўзингиз хоҳлаган нарсани оласиз!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Jan, 06:05


#KINO

“BOSH QAHRAMON”

O’yin ichida ekanligingni angla!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Jan, 01:01


Бешта оддий қоидани эсланг:

1. Юрагингизни нафратдан тозаланг - сизни хафа қилган барчани кечиринг.
2. Қалбингизни ташвишлардан озод қилинг - уларнинг аксарияти фойдасиз.
3. Оддий ҳаёт кечиринг ва бор нарсангизни қадрланг.
4. Кўпроқ беринг.
5. Камроқ кутинг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Jan, 01:01


🍀 Daryo boʻlib yashang....

Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradigan, oʻzini baxtsiz hisoblaydigan shogirdiga piyolada suv uzatdi-da, unga bir siqim tuz aralashtirib, tatib koʻrishni buyurdi. Yigit aytilgan ishni qildi.
– Taʼmi qanaqa ekan? – soʻradi ustoz.
– Shoʻrligidan tilni oʻyaman, deydi-ya!
Ustoz shogirdini daryo boʻyiga olib bordi. Yana bir siqim tuz uzatar ekan, dedi:
– Endi buni daryoga tashlab, suvning mazasini totib koʻr.
Yigit bu safar suvni huzur bilan ichdi.
– Xoʻsh, shoʻrligi sezildimi? Mazasi qanaqa ekan?
– Ajoyib. Shoʻri yoʻq boʻlib ketibdi, umuman sezilmadi.
Bu soʻzlardan mamnun boʻlgan ustoz nasihat qildi:
– Hayot qiyinchiliklari bir siqim tuzdek gap. Qalbingni keng qilsang, bilinmay ketadi. Hayotda misoli bir piyola suv emas, daryo boʻlib yashashni oʻrgan...!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Jan, 16:04


💡Qisqichbaqa mentaliteti.

Tajribadan ma'lumki, agar biror paqir yoki idishga bir qancha qisqichbaqalarni solsak, u yerdan chiqmoqchi bo'lgan qisqichbaqa paqir og'ziga yetganida, boshqa qisqichbaqalar uni oyog'idan qisib orqaga tortishar ekan.

🧤Zoologlar aslida ular xam yuqoridagi tayanchga suyanib tashqariga chiqmoqchi bo'lishadi ammo alal oqibat xech qaysi qisqichbaqa idishdan chiqa olmaydi. Buni qisqichbaqa mentaliteti deyiladi.

🧤Odamlarda ushbu mentalitet kuchli rivojlangan. Masalan oddiy chekishni tashlamoqchi bo'lsangiz - Ovora bo'lma tashlolmaysan, yoki chekib ham uzoq yashab yurganlar bor deyishadi. YOki sport bilan shug'ullanib ozmoqchi bo'lsangiz sport bilan ozish mumkin emasligini ta'kidlashadi.

Aslida o'zlari sizning orqangizda qolishni istashmaydi. Ular qisqichli qisqichbaqalardir.

⭐️Xulosa 100 ta qisqichbaqa orqaga tortsada yanada kuchliroq bo'lib oldinga harakat qiling.


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Jan, 11:04


Quyida kayfiyatingizni koʻtarishingizda yordam beradigan oʻnta maslahatni taqdim etamiz.

◽️Sizda xar doim yaxshi kayfiyat boʻlishi uchun oʻzingizni boshqara oling. Xar narsadan xafa boʻlavermang, yaqinlaringiz bilan tortishmang, kechirimli boʻling;

◽️ Hayotga kulib boqing. Hatto sizni xafa qilishsa ham, siqilmang. Hammasi oʻtadi, bu ham;

◽️ Hammadan xafa boʻlib, uyda qamalib oʻtirmang. Koʻchada sayr qilish, doʻstlar davrasida boʻlish — yaxshi kayfiyat paydo qilishi isbotlangan;

◽️ Odatlaringizni oʻzgartiring. Oʻzingizga yangi mashgʻulot toping, u albatta sizni oʻziga jalb qila olsin;

◽️ Dam olishni oʻrganing. Masalan biror yumushni bajarib boʻlgach, albatta biror nima bilan dam olishga harakat qiling;

◽️ Suzish bilan shugʻullaning. Sport qon aylanishining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

◽️ Suzish esa boshqa sport turlariga nisbatan kamroq jarohat yetkazadigan hisoblanadi;

◽️ Hayotga sodda nigoh bilan boqing. Xar bir mayda yutuqlardan ham xursand boʻla oling.

◽️ Hozir qilayotgan ishingizdan quvona olish xam kerak
!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Jan, 06:11


⚡️”Одамлар нима дейди?!”- деб яшаманг!

🔥 Одамлар барибир гапиради! Ўз билганингиздан, тўғри деб ҳисоблаган йўлингиздан боринг!

☝🏻 Видеони яқинларга юборишни унутманг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Jan, 01:10


🤔Ҳеч ўйлаб кўрганмисиз, нега кечга бориб чарчаб қоламиз?

Инсон мияси кун давомида 50 мингдан ортиқ фикр ишлаб чиқаради! Ҳар сонияда миямизда юзлаб фикрлар пайдо бўлади, уларнинг кўпчилиги эса сезилар-сезилмас ҳолда ўтиб кетади. Шу сабабдан ҳам, кечга бориб бошқа нарсани ўйлай олмайдиган даражада толиқиб қоламиз.

📌Энг қизиғи шундаки:

💡Кўпинча фикрларнинг деярли 60-70% негатив, 80-95% эса кечаги фикрларнинг такрори бўларкан.

Фикрларимизни бошқаришни ўрганмасак, улар бизни бошқаради.

Бир-неча дақиқа фикрларингизни кузатиб туринг, сизда ҳозир қайси турдаги фикрлар кўпроқ? Негатив ёки позитив?

Агар онгимизда негатив фикрлар ҳукмрон бўлса, энергиямизни тугатиб, ўзимизни бахтсиз ҳис қилишимизга сабаб бўлади.

Позитив фикрлаш эса - ҳаётимизни тубдан ўзгартиради!

❗️Унутманг, мия- бизнинг энг кучли қуролимиз! Уни қандай фикрлашга ўргатсак, ҳаётимиз ҳам шу тарафга ўзгариб бораверади.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

19 Jan, 16:06


☝🏻Бу видеодан кейин ҳаётингизни 180° га ўзгартира оласиз

Бўш келманг! Видеони ҳаётига янгилик олиб киришни истаганларга юборинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

19 Jan, 11:05


👤 Saidmurod Davlatov
🎧 Fikrlash strategiyasi
🎛 Qismlar soni : 2
📲 2-qism

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

19 Jan, 06:06


👤 Saidmurod Davlatov
🎧 Fikrlash strategiyasi
🎛 Qismlar soni : 2
📲 1-qism

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

19 Jan, 01:03


СИЗДА ИЧКИ СУЯНЧНИ ЗАИФ ЭКАНЛИГИНИ 5ТА АЛОМАТИ.

- Бошқаларга тақлид, кимгадир ўхшашни ҳоҳлаш.

- Бошқаларни фикрига қарамлик

- Ўзига зарар бўлсаям "ЙЎҚ" деёлмаслик.

- Қарор чиқаришини қийинлиги.

- Ўзини ҳаётидан норозилик ва хаммасини қандай ўзгартиришни тушунмаслик.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

18 Jan, 06:03


Саёҳатчи чўпондан сўради:
- Бугун об-ҳаво қандай бўлади?


Бунга чўпон жавоб берди:
- Менга ёқадиган об ҳаво бўлади.

- Об-ҳаво айнан сизга ёқадиган бўлишини қаердан биласиз?

- Ўзингиз ёқтирган нарсани ҳар доим ҳам олишнинг иложи йўқлигини англадим ва ҳаётимда нима бўлса шуни севишни ўргандим. Шунинг учун, об-ҳаво айнан менга ёқадиган даражада бўлишига аминман ...

Борингизни севинг..берган неъматларига шукур қилинг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

18 Jan, 01:01


Офисдаги шароит ходимнинг уйидаги шароитидан яхшироқ бўлиши керак!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

17 Jan, 16:05


Ёшим 40га чиқди, энди орзу қилишни нима кераги бор?
50га кирганда саёҳат қила олмайман, соғлигим энди кўтаролмайди...

🥀Баъзида шундай деб, хоҳиш-истакларимизни ортга суриб яшашдан тўхтамаймиз.
Ҳар душанбадан "озамиз", янги мақсадлар қўйиш учун янги йил кириб келишини 1 йил кутамиз, бирор янги одат шакллантирмоқчи бўлсак янги кун, янги ҳафта, янги ой бошланишини кутиб ўтирамиз.

🥀Нега шундай? Нега ҳозир ва шу пайтда эмас?

Ёки "душанба"нинг қандайдир сеҳрли каромати борми?

🥀Қизлар, то ҳаёт экансиз, ҳали кечмас!
🌱Яшаяпсизми, нафас оляпсизми, демак, ҳали имкон бор!

📌Ҳақиқатдан ҳам кеч бўладиган кун эса ҳар кимнинг бошида бор...

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

04 Jan, 06:05


Қуйидаги кичик маслаҳатлар сизни яхши ота-она бўлиш сари етаклайди:

1. Асабийлашманг. Сиз қанчалик мулойим ва сокин бўлсангиз, болангиз ҳам шунчалик осуда бўлиб ўсади.

2. Алдаманг. “Овқат есанг, бувингникига олиб бораман!”, дедингизми, олиб боринг ёки ундай ваъда берманг. Болага берилган ваъдани устида туриш муҳим. Шунда у сизга ишонади ва талабларингизни осон бажара олади.

3. Урманг. Болани уришдан ёмони йўқ. Урмай туриб ҳам жазолаш мумкин, урмай туриб ҳам ота-она ўз гапини ўтказиши мумкин. Уриш даражасига бордингизми, демак айб сизда.

4. Ҳар нарсани ман қилаверманг. У мумкин эмас, бу мумкин эмас, “Уни қилма, буни қилма”, каби гапларни эшитаверган бола бора-бора бу гапларга эътиборсиз бўлиб қолади.

5. Ёмон намуна бўлманг. Ўзингиз хунук сўзларни ишлата туриб болангизга “Хунук гапирма!” дея олмайсиз.

6. Айбингизни тан олишни билинг. Бирон ишда хато қилиб қўйсангиз болангиз олдида уни тан олишга одатланинг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

04 Jan, 01:02


VAQT shunday narsaki:

🕐 Uni ko‘rib turasan, ammo ushlolmaysan..

🕑 VAQT shunday narsaki:
~Unda yura olasan, yugura olasan, ammo to‘xtata olmaysan..

🕒 VAQT shunday narsaki:
~Undan xursand bo‘lishing mumkin, ammo xafa bo‘lolmaysan

🕓 O‘tayotgan VAQT qadrini Ota Onangizda ko‘ring, bolalaringizda ko‘ring..

🕔 Kechagina sizni qo‘llarida ko‘tarib yurgan Ota Onangiz, bugun sizni qo‘llaringizga muxtojdirlar...

🕕 Kechagina sizni qo‘lingizda turgan farzandlaringiz, bugun sizni qo‘llari bilan ushlab turishibdi..

🕝 Nolimang, VAQT bu imtixon.
Hayot esa bir katta maktabdir..

🕝 O‘tayotgan umrimizni, vaqtimizni savob ishlarga, yaxshiliklarga sarf qilaylik!

VAQT -- bu yil, oy, kun, soat, soniya, laxza degani...
Agar siz ana shu Vaqtni ichida bor ekansiz -- demak BAXTLISIZ !

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

03 Jan, 16:04


ЎЗГАРИШЛАР!!!

♻️ Ўзгартиринг!
Бу жуда осон. Бунинг учун хоҳиш ва ҳаракат бўлса кифоя.
☝️ Ҳаётингизни бошқа томонга ўзгартириш - Сизни бутунлай бошқа бир инсонга айлантиради!

🌑 Ўз қобиғингиздан чиқинг, ўзингиз ўйлаб топган " Қоидалар" ни ва ўзингиз қуриб олган "Чегаралар" ни бузинг. Ҳаёт Сиз ўйлаганчалик мураккаб эмас...

😇 Ўзингизни ва нуқтаи назарингизни ўзгартириш орқали тасаввур қилмаган натижаларни қўлга киритасиз!
👉 Шунчаки қадам ташланг...
👉 Шунчаки хоҳланг...
👉 Шунчаки ишонинг...

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

03 Jan, 11:08


💥 💥💥 Сизга атрофингиздаги кимдир екмаяптими ,демак узингизга узингиз екмаяпсиз💥

💢 💢 💢 Каршимиздан чиккан хар бир инсон бизнинг аксимиздир.Агар кузгуга карасангиз кимни курасиз, албатта узингизни.💢

💦 💦 💦 Бир инсонни кайсидир киликлари ,сизни гашингизга тегадими, сизнинг ичингизда хам шу феьл атвор бор.Кузатиб куринг.Сиз уни эмас ,аслида узингизни кабул кила олмайсиз 💦💦

💨💨 💨 Чунки енингиздаги хамма хам сиз сезган ва курган камчиликларни курмаган ва сезмаган булиб чикади.Чунки сизда мавжуд хатти харакатларни каршимиздаги инсон узимизга кайтариб акс эттириб бера олиш хусусиятига эга холос💨💨

💞 💞💞 Узгаларни камчилигини узларига айтиб тугирлатгандан кура ,узимизни шу екимсиз куринишлардан холи килиш осонрок албатта💞💞

💝 💝 💝 Шундай экан келинг узимизни боримизча кабул килайлик.Севайлик.Шундагина бошка инсонларни хам сева оламиз ва мехр бера оламиз.Чунки сиз узингизда бор нарсанигина бера оласиз, йугини эмас.💝💝💝

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

03 Jan, 06:05


Har qanday transfarmatsiya...
Hayotingizdagi har qanday o'chib qolish holati bu sizning

yangi o'lchamga

📈 yangi bosqichga

💡 yangi ongga

🧬 yangi tajribaga

🖼 kenglikka o'tish jarayoningiz hisoblanadi....

👆🏻 Yaʼni hayotingizda qandaydur muammo paydo bo'ldimi rivojlanish fursati keldi degani...

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

03 Jan, 01:00


2025 йил режаларида биринчи ўринда ўзига ғамхўрлик қилишни режалаштирганлар борми????🔥🔥🔥 қолдиринг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

02 Jan, 16:07


Бир доно одам айтди:

✔️Одамларни ҳаммани олдида мақтанг. Танқидни эса ёлғиз бўлганда қилинг.

✔️Одамларга иккинчи имконият беринг, лекин учинчи эмас.

✔️Пул сизга бахт олиб келишини кутманг.

✔️Агар бой бўлишни истасангиз, мол-мулкингизни кўпайтиришни ўйламанг, фақат очкўзликни камайтиринг.

✔️Катта орзулар қилинг, лекин кичик қувончлардан завқ топинг.

✔️Аввал уч марта ўйлаб кўринг, кейин жим туринг.

✔️Ҳеч қачон таслим бўлманг, охиригача боринг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

02 Jan, 11:05


Олим ўғил тарбияламоқчимисиз унда...

Болани ҳурмат қилинг, камситманг, масхара қилманг, беҳуда танбеҳ берманг.
Уни тўлиқ исми билан чақиринг лақаб қўйманг.
Масъулиятли вазифаларни ишониб топширинг. У билан маслаҳатлашинг, фикринини ҳурмат қилинг.
Олимлардек кийинтиринг, олимлардек муомила қилинг.
Олим бўлишини эслатиб туринг, илмли инсонлар даврасига қўшинг, ҳаққига дуода бўлинг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

02 Jan, 06:04


🧩 ЎЗИНГИЗ ЎЗИНГИЗГА МОТИВАТОРСИЗ!


❤️️Мақсадларни амалга оширишда кичигидан бошланг, лекин, катта натижа ҳақида орзу қилинг

❤️Бир вақтда кўп ишлар билан шуғулланманг , руҳий толиқасиз

❤️Аввало, оддий ва кўп меҳнат талаб қилмайдиган ишларни бажаринг

❤️Мақсадларга 100% етишни истасангиз, босқичма-босқич оддийсидан қийинроқларига ўтинг

Бугунингизни қадрланг ва келажак учун катта мақсадлар қўйишдан қўрқманг!

Ҳаммаси осон!
Сиз ҳаммасини уддалайсиз!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

02 Jan, 01:03


Ҳар куни тонгда уйғонган пайтимиз, олдимизда икки йўл туради:
1. Яна ухлаб орзуларга бой ширин тушлар кўриш.
2. Уйқудан уйғониб, ўша ширин орзуларни ҳаётимизда давом эттириш!
Танлаш ихтиёри доимгидек ўзимизда!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Jan, 18:25


2025 йил учун пархез:

-Эрталаб, ўзингизга бир стакан меҳр беринг;
- Бегона одамларнинг фикрларини диетангиздан чиқариб ташланг;
-Негатив ва фойдасиз маълумотлардан фойдаланишни камайтиринг;
-Ухлашдан олдин ташвишли фикрлар билан онгингизни банд қилманг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Jan, 16:07


🔍Ҳалиям шунақамисиз? Ҳали ҳам ниманидир ўзгартиришдан, ҳаётингизга янгилик киритишдан қўрқаяпсизми?

Унда бутууун дунё аёлларига ноқулай либосдан воз кечиб, қулай кийим кийишни ўргатган Коко Шанель бугун сизга мотивациянинг зўрини беради

KOKO SHANELотаси етимхонага ташлаб кетган қизалоқнинг бугунгача энг қиммат ва машҳур мода империясини қуришигача бўлган оғриқли ҳаёт йўли билан танишамиз… Томоша қилинг!

❤️Бу фильмдан кейин ичингизда шундай бир олов ёнадики,🔥 ривожланмагунча тинчимайсиз, қизлар


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Jan, 13:03


​​​​#Audiokitob
💿 Audio nomi: Muvaffaqiyatga erishishning mo'jizaviy 10 yo'li
👤 Muallif: Bill Nyumen
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Biznes, moliya
💾 Hajmi: 117.4 MB
Davomiyligi: 2 soat 8 daqiqa

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Jan, 11:06


AYOL ENERGIYASI💕
ASOSIY QOIDALAR:👇

💕 o'zingizdan zavqlaning, o'zingizga iltifot, sovg'alar, mehr va vaqt bering.

💕 hech kimni haqorat qilmang, hasad qilmang va g'iybat qilmang.

💕 o'zingizni solishtirmang, o'zingizga baho bermang, birovning hayotini ideallashtirmang.

💕 o'zingizga hozirda mavjud bo'lgan eng yaxshi, eng mazali taom kiyim/parfyum/kosmetikani bering.

💕 soya tomoningizni qabul qiling va buzg'unchi munosabatlarga kirmang.

Agar post yoqqan bo'lsa ❤️

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Jan, 04:29


Ҳамма фойдаланиши керак бўлган 5 та одат:

• Ҳар қандай яхшилик учун ўзингизни мақтанг!

Буни ҳар куни қилишни одат қилинг. Уч кундан кейин сизнинг кайфиятингиз бир текис ва ижобий бўлади ва сиз ўзингизга кўпроқ ҳамдардлик ва ҳурмат билан муносабатда бўлишни бошлайсиз.

• Оила ва дўстларингизга мақтовлар айтинг. Ҳаддан ташқари мақташдан қўрқманг, чунки бизда эътибор ва яхши сўзлар жуда кам! Шифокорларнинг таъкидлашича, самимий сўзлар ҳатто тикланишга ёрдам беради.

• Эрталаб уйғонганингизда табассум қилинг. Зўр техника, оптимизм билан тўлдиради. Ва ҳар қандай вазифа сизга боғлиқ бўлади!

• Овқатланаётганда ёқимли нарсалар ҳақида ўйланг. Бу қоида, айниқса, компьютер экранига тикилиб, иш столида чайнайдиганларга тегишли. Овқатланаётганда шошиб, ишдаги муаммолар ҳақида ўйлаш ёки югуриб овқатланиш зарарли.

• Қийинчилик юз берса ҳам, ҳамма нарсадан ижобий томонларни изланг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

31 Dec, 16:02


⚡️2025-йилда ҳар қандай мақсадга эришиш учун...

❤️ Мақсадингизни амалга ошириш муддатингизни аниқлаб олинг!

📌 Қачон ўйлаган ишингизни бошлайсиз ва унга бир кунда қанча вақтингизни сарфлайсиз?

📌 Мақсад аниқ бўлсин!

📌Масалан, ҳар куни инглиз тилини ўрганиш учун YouTube орқали дарс қиламан, соат 17:00 дан 18:00 гача.

❤️Ҳар сафар мақсадни бажарганингизда ўзингизни мукофотланг!

📌Масалан, мазза қилиб музқаймоқ енг!

❤️ 2025-йилда янгиликларни ҳаётингизга олиб киришни, ўзгаришни истар экансиз, сизни қўллаб-қувватловчи, сизга энергия берувчи инсонлар билан атрофингизни ўраб олинг!

🎉Келаётган 2025-йил барчамиз учун яхшиликлар ва янгиликлар йили бўлсин!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

31 Dec, 11:01


Доим шикоят қилиш одатидан воз кечинг. Ҳеч кимга бошқа одамларнинг муаммолари қизиқ эмас.

• Агар сиз айбдор бўлсангиз, дарҳол тан олинг ва баҳона изламанг.

• Ҳар бир инсоннинг ўз ҳақиқати борлигини ва у кўпинча сизникига тўғри келмаслигини доимо ёдда тутинг.

• Инсоннинг муаммолари фақат унинг бошида.

• Ҳар бир воқеадан завқ олишга ҳаракат қилинг.

• Доимо эсда тутингки, сизда бошқа ҳаёт бўлмайди.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

31 Dec, 06:02


Буларни ёдда тутинг:

• Одамларга эмас, орзуларингизга эргашинг.

• Ҳеч қачон гўзаллик ҳиссини йўқотманг.

• Сиз ўйлаганингиздан ҳам кўпроқ нарсага қодирсиз.

• Ҳеч нарсадан афсусланманг. Хатолардан сабоқ олинг.

• Сизнинг ягона чегарангиз - ўзингиз.

• Кўз очиб юмгунча умр ўтади. Ундан баҳра олинг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

31 Dec, 01:01


Орзу-мақсадларни ортга сурсак, нима бўлади?

☝🏻 Эртани, келаси ойни, янги йилни, кейинги туғилган кунингизни кутмасдан… ҳозир истаганингизни қилинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

31 Dec, 00:59


Assalomu-alaykum qadrdonlarim🤗
Kirib kelayotgan 2025-yil bilan hammani muborakbod etaman💫
Yangi yilimiz yangi bilimlarga, yangi muvaffaqiyatlarga, yangi quvonchlarga, yaxshi yangiliklarga to'la yil bo'lsin🙌
Ezgu niyatlarimiz amalga oshib , xotirjamlikda, baxtga to'yib hayot kechirishlik nasib qilsin🤲
Ko'tarinki kayfiyat yil bo'yi tark etmasin. Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo'lsin❤️

Muvaffaqiyat kaliti

28 Dec, 01:00


12 ТА ҚУЧОҚ МЕТОДИКАСИ

Агар бир кунда болангизни ҳеч бўлмаса 4 марта қучоқлашсангиз, бу унинг ер сайёрасида нормал инсонлар қаторида бўлишига ёрдам беради.

8 таси унинг фаоллигини таъминлайди. Кучли инсон бўлиб етишади.

12 ва ундан ортиқ бағрингизга босганингизда эса унинг организми ўсиб ривожланиши аниқланган.

Яна бир факт, болангизни қучоқлаб ўпиб қўйиш - сиз ота-оналарнинг ҳам саломатлигингиз ва руҳий хотиржамлигингизга ижобий таъсир кўрсатиб иш коэффициентингизни оширади!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

27 Dec, 16:21


Javoblar

26-30 ball:
Sizning energiya darajangiz yuqori!
Siz uyg'unlik va ichki kuch holatidasiz. Energiya sizni bosib oladi va siz atrofingizdagilarni ilhomlantirasiz. Ushbu muvozanatni saqlashda davom eting va o'zingizga dam berishni unutmang.🧘🏻‍♀️

17-25 ball:
O'rtacha energiya darajasi.
Sizning hayotiy energiyangiz barqaror darajada qoladi, lekin ba'zida siz kuchni yo'qotishni his qilasiz. Jismoniy va hissiy holatingizga e'tibor bering: ko'proq dam oling, hayotga faollik va ozgina quvonch qo'shing.☀️

10-16 ball:
Sizning energiya darajangiz past.
Siz tez-tez charchagan, befarqlik va kuch etishmasligini his qilasiz. Bu hayot tarzingizni to'xtatish va qayta ko'rib chiqish vaqti kelganligi haqidagi signaldir. Kichik qadamlar bilan boshlang: yurishlarni, sog'lom ovqatlanishni, zaryadlovchilar bilan muloqotni qo'shing. Bu holat orqali ishlash sizga kuch va ilhom baxsh etadi.🥰

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

27 Dec, 16:00


Energiya darajasini qanday aniqlash mumkin? Javobingizni tanlang va natijalarni hisoblang. 🙌🏻

1. Ertalab o'zingizni qanday his qilasiz?
a) Kuch va ilhomga to‘la, tog‘larni ko‘chirishga tayyor – 3 ball
b) uyg'onishim qiyin, lekin bir muncha vaqt o'tgach, men "yoqilaman" - 2 ball
v) Ertalab charchoq va apatiya - 1 ball

2. Jismoniy faollikka qanday munosabatdasiz?
a) Men sportni, mashg'ulotni yaxshi ko'raman va doimo faolman - 3 ball
b) Men buni ba'zan qilaman, lekin muntazam emas - 2 ball
v) Sport men uchun emas, ko'pincha mashg'ulotlardan qochaman, harakatsiz turmush tarzini olib boraman - 1 ball

3. Siz qanchalik tez-tez hayotda quvonch va zavqni his qilasiz?
a) Men har kuni baxt lahzalarini topaman - 3 ball
b) Bu sodir bo'ladi, lekin men ularni har doim ham sezmayman - 2 ball
c) Nega baxtli bo'lish kerak? Menda xursand bo'lish uchun hech qanday sabab yo'q - 1 ball

4. Stress bilan qanday kurashasiz?
a) Men xotirjamlikni saqlay olaman va tezda tuzalib ketaman - 3 ball
b) Stress menga ta'sir qiladi, lekin men uni engish yo'llarini topaman - 2 ball
v) Men tez-tez tushkunlikka tushaman va uzoq vaqt o'zimga kelolmayman - 1 ball

5. Maqsad va rejalaringiz sizni qanchalik ilhomlantirdi?
a) Mening maqsadlarim aniq va ular sari ishonch bilan harakat qilaman - 3 ball
b) Maqsadlar bor, lekin ba'zida motivatsiya yetishmaydi - 2 ball
c) o'zimni yo'qolgandek his qilyapman, nimaga intilayotganimni bilmayman - 1 ball

6. Boshqalar bilan muloqotga qanday munosabatdasiz?
a) Men aloqani osongina topaman va muloqotdan energiya olaman - 3 ball
b) Tanlab muloqot qilaman, lekin yolg‘izlik meni tushkunlikka solmaydi - 2 ball
v) Men tez-tez odamlardan charchaganimni his qilaman - 1 ball

7. O'z tanangiz va sog'lig'ingizga qanday g'amxo'rlik qilasiz?
a) Men dietamni, uyquni va farovonligimni diqqat bilan kuzatib boraman - 3 ball
b) Men muvozanatni saqlashga harakat qilaman, lekin ba'zida o'zimni e'tiborsiz qoldiraman - 2 ball
v) Men o'zimni unutaman va unga ahamiyat bermayman - 1 ball

8. Sizni uyg'unlik o'rab turganini his qilyapsizmi?
a) Ha, men o'zim va atrofimdagi dunyo bilan tinchlikdaman - 3 ball
b) Ba'zida nomutanosiblikni sezaman, lekin men buning ustida ishlayapman - 2 ball
v) Men tartibsizlik va tartibsizlikda yashayman - 1 ball

9. Yangi imkoniyatlarga qanday munosabatdasiz?
a) Men qiyinchiliklarni osongina qabul qilaman va rivojlanishga intilaman - 3 ball
b) Ba'zida men shubhalanaman, lekin baribir yangi narsalarni sinab ko'raman - 2 ball
c) Men o'zgarishdan qo'rqaman va undan qochishga harakat qilaman - 1 ball

10. Ko'pincha kayfiyatingiz qanday?
a) Ijobiy, optimistik va barqaror - 3 ball
b) Kayfiyatning o'zgarishi sodir bo'ladi, lekin ular tanqidiy emas - 2 ball
v) Men tez-tez qayg'uli, xavotirli yoki asabiylashaman - 1 ball

Endi ochkolaringizni hisoblang.🙌🏻

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

27 Dec, 11:01


💙 Бир кун ҳаммаси яхши бўлади, деймиз, aслида бугунимиз ҳам энг яхшиси эканлигини билмаймиз.

💙 Бир кун келиб ҳозир бизга қийин туюлаётган муаммоларни эсласак кулармиз, қарзлар узилар, уй-машина олинар, ватанга қайтилар, касалликлар тузалиб кетар...

💙 Аммо... Аммо, ўша вақтда бугунгидек бўлмайсиз.

Ўша бир куни бугунги иштиёқингиз, шижоатингиз, кучингиз, қувватингиз бўлмаслиги мумкин.



🎀 Шундай экан, бугунингизни қадрланг!

🎀 Аслида, энг яхши кун - бугундир!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

27 Dec, 06:02


🔥”Любой” одамни ўйлантириб қўядиган видео

⁉️ Сиз 2024- йилда оилангиз билан кераклича вақт ўтказдингизми?

#yiltahlili

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

27 Dec, 01:01


2025-ЙИЛ БОШҚАЧА БЎЛСИН ДЕСАНГИЗ...

Ҳар сафар янги кун, янги ҳафта, янги йил ёки янги ойдан нималарнидир ўзгартиришни ўзимизга ваъда берамиз.

📌"Душанбадан озаман, 1-январдан умуман бошқача яшайман, феврал ойидан инглиз тилини ўрганишни бошлайман!"- деймиз-у лекин барибир олдинги ҳаётимизни ўзгаришсиз давом эттираверамиз...

🗣️Янги йилда ҳаммаси бутунлай ўзгача бўлишини истайсизми?!

Унда мана бу одатларга амал қилинг:

Ишни ўзингизни тинглашдан бошланг. Ҳисларингизни, туйғуларни, ички ҳолатингизни таҳлил қилинг. Танангиз ва руҳингиз сизга нима демоқчи? Эшитинг!

Бирор режангиз борми? Уни кичик ҳаракатлар билан босқичма-босқич амалга оширинг.

Ўзгариш бирданига эмас, балки секин-секин содир бўлади. Шундай экан, мабодо биринчи уринишда ўхшамай қолса, ташлаб қўйманг!



⁉️ Қизлар, 2025-йилдан амалга оширмоқчи бўлган ээээнг катта орзуингиз нима?
🤗 Агар сир бўлмаса, комментда ёзинг!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

26 Dec, 16:02


Ҳар куни кечқурун эртанги қилинадиган ишлар рўйхатини ёзиб қўйинг. Сиз ухлайсиз, лекин онг остингиз ухламайди. Сиз ухлаётганингизда онг остингиз ушбу ишларни қандай қилиб энг яхши усулда бажариш ҳақида қайғуради. Эртанги кунингиз янада самарали бўлади.


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

26 Dec, 10:01


💡ПСИХОЛОГИК МАСЛАҲАТЛАР

Ҳаётингиздаги ҳар бир мураккаб вазиятга бу вақтинчалик деб қаранг. Тушкунлик сизни ўз домига тортишига йўл қўйманг. Ана шунда мураккаб вазиятдан чиқиб кетишингиз осон бўлади.

Хасталик безовта қилаётган маҳал умидсизликка берилманг. Токи юрагингиз уриб турган экан, демак, яшашга, яшаганда ҳам чиройли яшашга умид бор! Шу ҳақиқатни унутманг! Хунук ўйлар бостириб келса, дарров ўзингизни чалғитинг-да, ўрнини ижобий фикру хаёллар билан тўлдиринг.

Имкон қадар кўпроқ ҳаракатда бўлишга интилинг. Организмда қон айланиши яхшиланса, кайфият кўтарилади, демак, соғлиқ тез тикланади.

Китоб ўқинг. Иложи бўлса, психологияга оид оптимистик руҳдаги асарларни мутолаа қилсангиз, иродангиз янада мустаҳкамланади.

Дуога қўл очинг, Яратгандан астойдил мадад сўранг. Бу ҳам ўзига хос медитация, яъни келажакка ишонч ҳиссини уйғотувчи синалган психологик усул.


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

26 Dec, 04:16


🤍 Дунё қалбингиз гўзаллиги даражасича гўзалдир... Яъни қалбингизда яхшилик ва ёруғлик бўлса, дунё ҳам гўзал. Қалбингизда қоронғулик, ғашлик бўлса, дунё кўзларингизга тор бўлиб кетади...

💓 Шундай экан аввал қалбингизни гўзал қилинг....

💞 Дунёга, ҳаётга позитив нигоҳ билан боқинг!
🤍 Нигоҳларнинг илдизи эса қалбдадир, қалб кир бўлса юз-кўзингизни минг ювганингиз бекор...

🫶🫶
Ушбу сўзларни ўқиётган ҳар бир гўзал қалб эгасига бахт, омад ёр бўлсин!

Кунингиз хайрли ўтсин!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

26 Dec, 03:02


🤩 Nima sizni charchatsa, o'sha narsadan energiya olishni o'rganing

Bu postni  aynan bolajonlar bilan tarbiyasi bilan mashg'ul, uyi tartib turmaydigan, bolalari charchatadigan "asab bo'lib qolganman" deydigan onalar o'qisin.

Siz nimani yoqtirasiz? Har bir odam maza qilib ishlaydigan ishi bo'ladi-ku, o'shani so'rayapman. Masalan, bir ayol maqola yozishni yaxshi ko'radi. Nimadir yozsa, zavqi keladi, kayfiyati ko'tariladi.
Ba'zilar nimadir pishirsa, ko'ngli yayraydi.

Xuddi shunday, farzand tarbiyasiga ham, sevimli mashg'ulotingizday qarang. Cho'miltirib, har xil ovqatlar tayyorlab berib, gaplashib, birga lego yasab maza qiling.

Rostan rohatlaning shu ishdan. Shunda sizni charchatadigan bolajonlar bilan ancha kelishib olasiz. Ishlaydigan maslahat, sinab ko'ring

👍 Post manfaatli bo'lgan bo'lsa reaksiyalar qoldirishni unutmang-a !🔥

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

25 Dec, 15:37


Ҳар кун учун 12 та ақлий машқлар

- Ўзингизни барча мақсадларига осонлик билан эришадиган одам деб ҳисобланг;

- Ўзингизни бу дунёда муҳим роль ўйнайдиган одам деб ҳисобланг;

- Ўзингизни ҳис-туйғуларин эркин ифода этувчи шахс деб ҳисобланг;

- Ўзингизни ўз ҳаётини қадрлайдиган ва унинг ҳар бир дақиқасидан завқланадиган инсон сифатида тасаввур қилинг;

- Ўзингизни эркин фикр билдирувчи, ўз истеъдоди қадрини тан оладиган инсон сифатида тасаввур қилинг;

— Ўзингизни ўзига ва атрофидаги одамларга ҳурмат билан муносабатда бўладиган инсон сифатида тасаввур қилинг;

- Ўзингизни меҳр ва қўллаб-қувватлашга лойиқ инсон деб ҳисобланг;

- Ўзингизни энергия ва некбинлик билан тўлган одам деб ҳисобланг;

- Ўзингизни ўзини тута оладиган шахс деб ҳисобланг;

- Ўзингизни баркамол ва хотирам одам деб ҳисобланг;

— Ўзингизни конструктив ва ижодкор шахс деб ҳисобланг;

- Ўзингизни жозибали одам деб ҳисобланг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

25 Dec, 08:40


☝🏻 Оталар кўриши шарт бўлган видео! Максимално репост қилинг

⁉️ Сиз фарзандингизга яхши ўргак бўла олаяпсизми? Ахир, қуш уясида кўрганини қиладику?!🕊️

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

25 Dec, 03:45


Шогирд устозидан сўради:

-Кимдир мени ғазабимни чиқаришга, атайлаб хафа қилишга уринса нима қилишим керак?

Устоз жавоб берди:
- Агар, кимдир сенга совға-салом олиб келса, аммо сен уни олмасанг совға кимники бўлади?!

- Олиб келган инсонники.

-Худди шундай, нафрат, ғазаб, ҳасад ҳам сиз қабул қилмагунингизгача олиб келган одамнинг ўзига тегишли бўлади...

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

24 Dec, 08:56


Ҳеч қачон кеч эмас!

Ўзингиз орзу қилган ҳаётни яшашни бошланг;
Ҳар доим орзуларингиз бўлсин;
Ёмон одатларни ўзгартиринг;
Ўзингизни борингизча қабул қилинг;
Яхши томонга ўзгаришни бошланг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

24 Dec, 05:07


Qush qorni to‘ygandan keyin o‘grildi va uchib ketdi...
Qolgan donlarni o‘ylamadi...
Yonimga olib olay, zaxira qilib qo‘yaman, ertaga yeyman, demadi...
Hammayoq qor, ertaga och bo‘lsam, yegulik topolamanmi? - deb tashvishlanmadi!...
Chunki rizq beruvchisidan ko‘ngli xotirjam edi. Rizq beruvchisi uni unutib qo‘ymasligini juda yaxshi bilardi....

💚 Shunday ekan, dunyo tashvishini qilib jondan aziz farzandlarimizning bolaligini o'tkazib yubormaylik.
Post manfaatli bo'lgan bo'lsa —🔥

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

24 Dec, 04:06


4 та асосий қоида:

1. Ҳеч қачон таслим бўлманг.

2. Агар сиз таслим бўлишни истасангиз, 1-бандни ўқинг.

3. Агар сиз ҳамма нарсадан воз кечмоқчи бўлсангиз, унда келажак ҳақида ўйланг ва 1-бандни ўқинг.

4. Агар ҳамма нарса режадагидек кетмаса ва ҳеч нарса чиқмайдигандек туюлса, 1-бандни ўқинг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

23 Dec, 10:53


Эста тутиш фойдали бўлган
нарсалар:

1. Бахт ичингизда бўлади.
2. Ўз-ўзингизга ғамхўрлик қилиш ҳашамат эмас заруратдир.
3. Дам олиш самаралидир. .
4.Яхшилик бепул.
5.Миннатдорчилик доридир.
6.Ўзингиз учун энг яхши совға одамларни кечиришдир.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

23 Dec, 08:10


😁🥹 Кулишингниям, йиғлашингниям билмайдиган саволлар фақатгина болалардан чиқади!?

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

23 Dec, 02:10


Бахтли ҳаёт қоидалари:

• Оламнинг асосий қонунини эсланг: инсон нима ҳақида ўйласа, ўзига тортади.

2. Ўзингизни ва дунёни ўрганинг.

3. Ағрофингизда ёрқин, дўстона ва ёқимли одамлар бўлишига эътибор беринг!

4. Истакларни кўз олдингизга келтиринг ва тўғрини юкланганлардан фарқлашни ўрганинг.

5. Бошқа одамларни танқид қилманг, муҳокама қилманг, ҳукм қилманг.

6. Ички уйғунликни сақланг, хотиржамликни ўрганинг.

7. Ғазаб ва нафратни сақламанг.

8. Ўзингизга ишонинг ва ўзингизни қабул қилинг.

9. Психосоматика ҳақида унутманг (руҳий муаммолар жисмоний касалликларга олиб келади).

10. Пулни мақсад эмас, балки восита сифатида қабул қилинг.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Dec, 14:14


Keling bugun yakshanba kunida kino tomosha qilamiz.
"Ikki olam aro" filmi
Bu kino kimlargadir hayratlanarli, kimlargadir fantastik, va yana kimlargadir haqiqatdek tuyilishi mumkin.
Darvoqe film haqida fikrlaringizni komentariyada qoldiring

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Dec, 14:08


Бир миллиардердан қандай қилиб бой бўлиш мумкинлигини сўрашганда у шундай жавоб берди:

1. Агар сиз бой оиладан бўлмасангиз, унда бой оила сиздан бошланиши керак.
2. ЙЎҚ дейишни ўрганинг.
3. Сиздан кўра кўпроқ иш қиладиган одам сизни танқид қилмайди. Сиздан кам иш қиладиган одам сизни танқид қилади.
4. Ғолиб - бу яна уриниб кўришдан тўхтамайдиган мағлубдир.
5. Одамлар сиздан фойдаланишларига йўл қўймасангиз, жаҳли чиқади.
6. Бой бўлинг, лекин ҳеч ким сизнинг бой эканлигингизни билмасин.
7. Ютуқларингизни ижтимоий тармоқларда баҳам кўрманг. Аҳмоқ нарсаларни баҳам кўринг. Одамлар сизни муваффақиятли деб билмасин. Чунки, одамлар тараққиётдан нафратланади.
8. Сиз дангаса бўлсангиз, бу сизга ишонганларга ҳурматсизликдир.
9. Асаларилар чивинларга асалнинг ахлатдан яхшироқ эканлигини тушунтиришга вақт сарфламайдилар.
10. 6 ойлик тартиб-интизом ҳаётингизни тубдан ўзгартириши мумкин.


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Dec, 14:16


Ўзингизни яхши ҳис қилишингиз учун🔽

• Туйғуларингиздан қочманг, уларни яшанг!
• Ўзингиз билан ижобий муносабатда бўлинг!
• Сизни қадрламайдиган инсонларга вақт сарфламанг!
• Саломатлигингизга эътибор беринг!
• Ўзингизни ёмон ҳис қилган жойни тарк этинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Dec, 03:31


O'zini sevgan ayolni qaytarib bo'lmaydi 😍 Ko'zlari quvonchdan porlaydi, tabassumi olamni yoritadi, qalbi baxt ritmida uradi. Bunday ayol ilhomlantiradi va zavqlantiradi. U o'zining qadr-qimmatini biladi, o'ziga xosligini tushunadi va har bir xususiyatni mehr va hurmat bilan qabul qiladi💖

O'z-o'zini sevish - bu xudbinlik emas, balki uyg'unlik va baxtning asosi 🥰 Bu sizning jismoniy va hissiy salomatligingizga g'amxo'rlik qilish, chegaralarni belgilash va istaklaringizni qadrlash qobiliyatidir. Bu oynaga qarash va kamchiliklarni emas, balki sizning go'zalligingiz va o'ziga xosligingizni ko'rish qobiliyatidir.

💃Ayol o'zini sevsa, o'ziga ishonch nur sochadi. Uning kuchi va jozibasi tashqaridan ma'qullashni talab qilmaydi, ular ichkaridan keladi.

Keling, qalbimiz g'amxo'rlik va sevgidan gullaydigan gul ekanligini eslaylik 🌺 O'zingiz bo'lishingizga imkon bering va shu uchun o'zingizni seving. Axir siz betakrorsiz, go'zalsiz va siz eng samimiy, chuqur sevgiga loyiqsiz.


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Dec, 17:35


Ҳар оқшом фикрларингизни қайта кўриб чиқинг.

Ёмонларни ўчириб ташланг, яхшиларини ўзингизда қолдиринг.

Бу сизни умрингизни узайтиради.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Dec, 00:57


Бу дунёда тасодифлар мавжуд эмас

● Баҳоналар бугунингизни осон, эртангизни қийин қилади;
Интизом эса бугунингизни қийин, эртангизни осон қилади;

● Эртанги кун учун энг яхши тайёргарлик - бугунги кун учун белгиланган ишни 100% қилиб бажаришдир;

● Ҳар бир вазифа устасига топширилиши керак. Бу – вазифа ижросининг тўлиқ, тўғри ва сифатли таъминланишига хизмат қилади;

● Тасодиф мавжуд эмас бу дунёда. Ҳамма нарса имтиҳон ёки жазо, мукофот ёки билдириш;

● Қийинчилик кўрган одам хавфлидир. Чунки у қандай курашишни билади;

● Ҳар бир рақибингни ҳурмат қил, аммо бирортасидан қўрқма!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Dec, 00:54


#мотивация

❤️ ЎЗИНГИЗГА ИШОНИНГ!

🔴Мени қўлимдан ҳеч иш келмайди, деган гапингизни бугундан унутинг!

🔴 Сизда фақат ақл, идрок, дарс ва натижа бор холос.

Барча сиз босиб ўтган йўллар, ўтган дарслар, эришган натижалар сизни яшашга ўргатади.

🔴 Барча қийинчиликлар, тўсиқлар, бирор бир дарсни олиш учун, тушуниш учун берилади. Қийинчиликлар сизни йиқитади, ўстиради ва тажриба беради.

🔴 Ўйлашни, ўзингизга қайта-қайта савол беришни бугундан бошлаб тўхтатинг.

🔴 Ўзингизни бахтсизман дейишни тўхтатинг, чунки бу ёлғон бўлиб қолади.

💪🏻Ҳаммаси ўз қўлингизда!.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

18 Dec, 11:03


Самарали, 10 лик рўйхати:

* сиз яхши бажара оладиган 10 та нарса;

*сизга ёқадиган 10 та фаолият;

* келаётган йилда эришишни истаган 10 та мақсад;

* сиз одамларда қадрлайдиган ва ўзингизда ривожлантиришни истайдиган 10 тахислат;

* сизни мақсадларингизга олиб борадиган 10 та ҳаракат;

* сизни ҳаракатдан тўхтатадиган 10 та зарарли одат.

Буларни албатта, оқ қоғозга ёзинг, чунки қоғозга ёзилган фикрлар онгостимизга таъсири кучлироқ бўлади. Дангасалик қилмасдан 15 минутингизни ажратинг ва бу сизга бир неча баробар фойдалироқ бўлади!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

17 Dec, 05:41


"Тўғри фикрлаш, кўп нарсани билгандан кўра қимматлироқдир"

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

16 Dec, 10:54


Ҳаёт ва мамот... Ҳар бир нарсанинг ибтидоси бўлганидек, интиҳоси ҳам албатта бўлади. Шу билан бирга инсон умрини ҳам. Интиҳо қачон бўлишини билмайман. Лекин бир нарсани аниқ биламан, бу дунё мағзунлик ва сиқилиб юриш учун жуда қисқалик қилади.

Ҳаётни борича қабул қилинг, мақсадлар томон интилинг, хато қилишдан қўрқманг. Бугунги ишни эртага қўйманг, кечирим сўрамоқчимисиз, сўранг. Севишингизни айтмоқчимисиз айтинг. Бизнес қилмоқчимисиз, бошланг. Ўйлашга, тўхташга вақт йўқ, у жуда тез, бир куни ҳамма имконият биздан олиб қўйилганда, нега уларни қилмаганман деб афсусланасиз. Шундай экан вақтингиздан максимал фойдаланинг, камроқ ўйланг...

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

16 Dec, 01:00


Қизлар, бугун сиз билан комедия кўрайлииииик!!! Бир кайфиятни кўтариб, янги ҳафтани катта энергияда бошлаб олайликчи!😉

📌”ҚУДАЛАР” номли бугунги кинодан кейин кайфият 100% бўлиши аниқ!

Қардош халқ - Қозоғистон фильми. Икки ёшнинг бошини қўшиб, ўзлари яна бир нималарни бошлаб юрадиган қудаларга бағишланади…☝🏻😅

Бошлаймиз, томошани!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

15 Dec, 17:42


🔥 ЖУДА ТАЪСИРЛИ ВИДЕО

🥺 Болаларингизга эътибор беришга улгураяпсизми?

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

15 Dec, 15:02


daromadning 2 turi mavjud

⛏️ Siz pul uchun ishlaysiz

• Bevosita ishtirok etish talab etiladi

• Majburiy ish vaqti

• xavfsiz lekin kam daromad

• Investitsiya talab qilmaydi

👨‍💻 Pul siz uchun ishlaydi

•Uxlayotganingizda pul ishlaysiz

• erkin ish vaqti

•xavfli lekin ko'p daromad

• Investitsiya talab qiladi

Uxlayotganingizda pul topishning yo'lini topmasangiz, oxirgi kuningizgacha ishlab yurasiz.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

15 Dec, 07:42


BAXT SARI 5  QADAM .

1⃣  “Hal qilinmaydigan muammoning oʻzi yoʻq. Shunchaki, xayolni chalgʻituvchi vaziyatlar bor, xolos”. Ana shu iborani yodda saqlang.

2⃣ Hayotingizga yangilik kiritishni istasangiz, ishni oʻzingizdan boshlang. Zero, oʻzingiz oʻzgarmas ekansiz, buni boshqalardan talab qilish toʻgʻri boʻlmaydi.

3⃣  “Hech qachon hech nimadan afsuslanmang! Hammasi yaxshilikka!” Oddiy soʻz boʻlgani bilan bilib aytilgani rost.

4⃣ Bir eshikni ochish uchun ikkinchisini yopishga toʻgʻri keladi. Ammo ortda qolganini zichlab yopingki, keyin  yana ochish istagi paydo boʻlmasin.

5⃣  Ishoning! Bu tuygʻu har birimiz uchun gʻoyat zarur! Hatto atrofingizdagilar “tamom boʻldi” deyishsa ham, “yashashni endi boshlayapman” deya ishonch bildiring. Oʻzingizga, qalbingizga va tanlagan yoʻlingizning toʻgʻriligiga.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

08 Dec, 06:15


🎬 "The Secret" (Sir) deb nomlangan filmni qayta va qayta ko‘rishni tavsiya qilamiz!

Nega: bu filmda siz atrofingizdagi voqealarning;

1. YARATISH jarayoni fundamental bosqichi ochilgan.
2. Shukronalik juda katta insonning HOLAT ilmi ekanligi ochib beriladi.
3. VIZUALIZASIYA va PUL haqida fundamental bilimlar berilgan.
4. SEVGI va MUNOSABATLAR qandayligi va ularni yaratish ilmini o‘rganasiz.
5. Eng asosiy SALOMATLIK haqida bilim berilgan. Agar salomatlik bo‘lmasa eng yaqin insoningizga ham yuk bo‘lasiz.
6. Atrofingizdagi NEGATIVlardan uzoqlashish haqida o‘rganasiz.
7. YARATISH jarayonidagi CHEKSIZLIK haqida bilimlarni o‘rganasiz!

Video dunyodagi biznes maktablarning eng asosiy boshlang‘ich bosqichdagi bilimlarni beradi.
O‘rganishda davom eting, sizning qo‘lingizdan juda ko‘p ishlar keladi!!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

08 Dec, 04:13


АЧЧИҚ ҲАҚИҚАТ...

Кўп орзу-мақсадлар қиламиз, ҳаётимизни ўзгартиришни истаймиз-у лекин олдинга бир қадам ҳам ташламаймиз...

Биласизми нега? Чунки биз қўрқамиз... Биз хато қилишдан, йиқилишдан қўрқамиз

Лекин, унутманг! Ҳаракат қилмаган одамгина хато қилмайди. Чунки у БИР ЖОЙДА ҚОТИБ ҚОЛАДИ. Ҳаракатда бўлган, орзуси учун курашаётган одам кичик бўлса ҳам хатога йўл қўяди. Бу табиий!

Шундай экан, қўрқманг, қизлар! "Хато қилиб қўйсам, устимдан кулишади"- деб қўрқувда яшаб, бутун умрни беҳуда ўтказиб юборгандан кўра, орзу-мақсадлар учун кичик бўлсада қадам ташлаган минг марта яхшироқ


Хатолардан сабоқ чиқариб, олдинга ҳаракат қилишда тўхтаманг!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

07 Dec, 16:08


Кўпчилигимизда пул билан муносабатда англашимиз керак бўлган хатолар бор. Мана шу хатоларни қайта-қайта такрорлаш орқали баракани ўзимиздан қуваверамиз.

Бугун сизга дунёнинг энг бой одами Уоррен Баффетдан пул билан боғлиқ, асосий қооидаларни эслатиб ўтмоқчимиз:

♥️Пул топишда:
Ҳеч қачон битта фойда манбасига қараб қолманг. Иккинчи манбани яратиш учун билим олинг ва сармоя қилишдан қўрқманг!

♥️Сарфлашда:
Кераксиз нарсаларни сотиб олаверсангиз, тез орада керакли нарсаларингизни сотишингизга тўғри келади...

♥️Жамғаришда:
Сарфлашдан ортган пулни жамғариш бефойда. Чунки сизга ҳозир кераксиз бўлган сариқ чақаларгина қолади.

Аввал қўлингизга тушган пулдан камида 10% ни жамғариш, кейин ортган пулни сарфлашга ўрганинг

♥️Инвестиция қилишда:
Ҳамма тухумларингизни битта саватга солманг! Чунки сават тушиб кетса, барча тухумлар синади. (Тушундингиз-а?)

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

07 Dec, 07:59


Тўсиқ – бу инсон ўз мақсадидан кўзини олганда кўзи биринчи бўлиб тушадиган нарса. 

©Том Краузе

💫 Кўзингизни мақсаддан асло узманг, қизлар! Яратганнинг ўзи ҳар қадамда, ҳар нафасда сизни қўллайди! Чалғиманг ва фокусни бошқа жойга қаратманг!

💫 Сиз албатта орзуингизга етасиз!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

07 Dec, 07:56


♥️ҲАЁТИНГИЗДАГИ 10 ТА КЕРАКСИЗ НАРСАЛАР !

Ушбу рўйхатдаги нарсалардан ҳаётингизни тозаласангиз, ўзингизни бахтли ва енгил ҳис қиласиз. Фақат ўқиш камлик қилади, қизлар, амалга ошириш керак😉... Бир уриниб кўринг!

1. Ҳақлигингизни исботлашга уринманг!

2. Ҳамма нарсани назорат қилишни тўхтатинг

3. Айблашни тўхтатинг

4. Доимий шикоят қилишни тўхтатинг. Борига шукр қилишни бошланг

5. Танқид қилишдан воз кечинг

6. Бошқаларда таассурот қолдириш, уларга исботлаш ўрнига ўзингизга зўрлигингизни “доказать” қилишга ўтинг

7. Ўзгаришлардан қўрқманг! Комфорт зонадан чиқиб, янги нимадир ўрганишга, қилиб кўришга интилинг

8. Ўтмишга боғланиб қолманг.

9. Қўрқувдан қутилинг. Ўзингизни кўрсатишдан, намоён қилишдан қўрқманг!

10. Бошқа одамларнинг ҳаёти, орзулари билан яшашни тўхтатинг. Ўз мақсадингиз, ўз ҳаётий қадриятларингиз бўлсин


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

07 Dec, 05:33


💫 Аёл - юлдуз...

Ўзидан ёруғлик ва нур таратишда қуёшдан кам бўлмаган юлдуз у. Аёллар улкан юлдуз каби илиқлик улашиб, энергия таратиш ва янги ҳаёт яратиш учун дунёга келишган, аслида.

Ҳеч ким қуёш жуда ёрқин бўлиб кетса ёки атрофни ўта иситиб юборса, ундан хафа бўлмайди. Чунки, қуёшнинг миссияси шу эканини яхши биламиз.

Аёлга ҳам шундай муносабат қилиниши керак, аслида. Аёл сизни қадрласа, сиз учун хавотирда бўлса, сизни севиб-ардоқласа, мана шу сувгининг қадрига етинг. Уни маҳкам қучиб "Раҳмат, юлдузим!", "Ҳаётимни ёритувчи қуёшим!"- деб эркаланг.

Сизга кераклигини ва қадрлилигини билган юлдуз ҳеч қачон сўнмайди! Ҳар куни хонадоинингизни меҳр, қалбингизни севги билан ёритиб туради

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

06 Dec, 11:10


💦 Қадрингга мос жойда бўл!

Супермаркетда бир шиша сув 3000 сўм туради. Худди ўша сув кафеда 8000 сўмга сотилади.

Яхши ресторан ёки меҳмонхонада унинг нархи 12000 сўмгача бўлиши мумкин. Аэропортда эса ўша сувни 20000 сўмга сотиб оласиз.

Ўша идиш, ўша сув, ўша бренд, ягона фарқи – ўша сувнинг қаерда бўлиши. Бир маҳсулот турли жойда турлича қийматга эга бўлади.

Қаердадир сизни қадрлашмаётганини ҳис қилсангиз ёки паст назар билан қарашаётганини сезсангиз, у ерда қолманг, жойингизни ўзгартиринг! Жойни ўзгартиришга ўзингизда куч топинг ва қадрингизга мос жойга боринг! Иккиланманг! Албатта жойингизни топасиз!

Сизни қадрлайдиганлар орасида бўлинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

06 Dec, 03:45


Ҳеч қачон шикоят қилманг!

📌Сизни позитив, кучли, бақувват ва ғайратли инсон сифатида танишсин. Шикоят қилган кишидан қочишга, ундан узоқроқ бўлишга интилишади.

📌Бундай кишилар атрофдагиларни қўрқитади ва кўп ҳолларда муваффақият қозона олмайди. Доим “орқа қаторда” қолиб кетади.

©️Робин Шарма


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

05 Dec, 15:40


🟣Мақсадингиз борми?
🟣У сиз учун муҳимми?
🟣Ўша мақсад тақдирингизнинг бир қисми бўлишини чин дилдан истайсизми?

▶️Унда баҳоналарни бир четга суриб, ҳаракатни бошланг! Мақсадингизни амалга ошириш учун четдан суперқаҳрамон кутманг!

▶️Ўша қаҳрамон сиз ўзингизсиз!
Сиз ҳаётингизни ўзгартира оладиган, сизнинг мақсадингиз сари бора оладиган ягона СУПЕРҚАҲРАМОНСИЗ!

▶️Шундай экан, чиройли мақсад ва катта умидлар билан ишга киришинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

😉 Постни мақсадлиларга юбориб қўямиз!

Muvaffaqiyat kaliti

05 Dec, 04:29


▶️ Ўз ҳаёти билан яшашнинг 3 қадами:

☑️1. Мақсадларингизни аниқланг: сиз учун энг биринчи нима муҳимлигини ўзингиз учун тушуниб олинг. Унчалик муҳим бўлмаган режаларни кейинги ўринларга қолдиринг. Уларни асосий мақсадлардан кейин бажарасиз. Вақтингиз ва кучингизни фақат сизга ўта муҳим бўлган режаларга сарфланг

☑️2. Тўғри қарор қабул қилишни ўрганинг: Бошқаларнинг фикрига эмас, балки, ўз қадриятларингиз ва хоҳишингизга қараб қарор қабул қилишингиз керак. Агар бошқалар учун яшасангиз, "Болам учун, эрим учун, оилам учун..." ўз қарорларингизни оёқости қилсангиз, бора-бора сиздаги ички бўшлиқ кенгайиб кетаверади. Шунинг учун яхшисини энг аввал ўзингизга раво кўринг. Сиз ўзингиз учун энг тўғри қарорларни қабул қила оладиган ягона инсонсиз

☑️3. Ҳаракатдан тўхтаманг! Тўғри ўйлаш ва тўғри қарор қилишнинг ўзи камлик қилади. Натижа учун, янги босқичга чиқиш учун ҳаракат қилиш, янги билимлар ўрганиш, уни ҳаётга тадбиқ қилиш керак бўлади. Ҳаракат - ярим муваффақият.


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

05 Dec, 04:16


⚡️ СИЗ ҚАЙСИ БУРЖ ВАКИЛИСИЗ?

☝🏻 Қийинчиликларни қандай енгиб ўтасиз?😅Видео тўғри келдими?

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

04 Dec, 04:40


Филм «Один на миллион»

Талабларга биноан ва нихоят биз узок кутган филм премерасини узбекча талкинини топдик дустлар, барчамизга таниш булган ва бугунги кунда бутун дунё тан олиб келаётган инсон катта бизнесмен куплаб тармоклари мавжуд хар сохадан хабари бор профессионал бизнес тренер САМО асосчиси ва шогирдлари орасида 30 дан зиёд миллионерларни чикара олган инсон САИДМУРОД ДАВЛАТОВНИНГ хаёти хакида жуда ажойиб премера, бу филмда бу инсон хаётда кандай йулларни босиб утганлиги нима кунларни бошдан кечирганлиги ва миллион $ карздан кандай килиб чикиб кетиб кандай муваффакият козонганлиги, канака оиладан чикиб бугунги кунда кандай инсон булиб кетганлиги хуллас барча 0 дан то хозиргача булган хаёти киска килиб шу филмда акс эттирган.

Филм 80% реал хаётдан олинган ☝️👌

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

04 Dec, 01:17


Ҳаётингдаги паст-баландликлар сени безовта қилмасин…

Бу тириклигинг белгисидир. Чунки ҳаёт йўли юрак уриши чизмасига - кардиограммага ўхшайди.

Агар бир текис чизиқни кўрсатиб қолса, бу сенинг ўлганингни англатади… Яшашдан, ривожланишдан тўхтатинг дегани бу

Тирикмисан, билгинки, яшашинг керак!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

03 Dec, 11:06


7 та оддий ҳақиқат:

1. Ўтмишни ўзгартириб бўлмайди.
2. Бошқа одамларнинг фикри сизни ҳаётингизни белгиламайди.
3. Ҳаддан ташқари ўйлаш ғамгинликка сабаб бўлади.
4. Бахт инсоннинг ичида.
5. Ижобий фикрлар ижобий натижаларга олиб келади.
6. Яхшилик қилиш учун сабаб керак эмас.
7. Агар жим турсангиз бирор нарсага эришиш қийин.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

02 Dec, 02:06


10 маслаҳат!

1. Бойлар ва камбағаллар ўртасидаги ягона фарқ уларнинг вақтини қандай сарфлашида.

2. Қанча пул топаётганингиз эмас, уларнинг қанчасини сақлаб қолаётганингиз муҳим.

3. Бадавлат инсонлар активларни сотиб олишади. Камбағалларда фақатгина харажатлар бор. Ўртаҳоллар эса мажбуриятларни сотиб олиб, уларни активлар деб ўйлашади.

4. Меҳнат қилиш узоқ муддатли муаммоларни ҳал этиш учун жуда қисқалик қилади.

5. Амин бўлингки, бирор ишга киришар экансиз, дўстларингиз сиздан кўпроқ нарсаларни талаб қилади ёки уни нима сабабдан уддалай олмаслигингизни тушунтиришга ҳаракат қилишади.

6. Камбағал, омадсиз, бахтсиз ва касал одамларгина “эртага” сўзини тез-тез ишлатади.

7. Пул — сув, таом, ҳаво ва турар жой каби барча нарсаларга тааллуқли бўлган манбалардан ҳисобланади. Аммо, нима учундир айрим олимларни пулни ўз ижтимоий мақомидан пастда деб ўйлашади.

8. Ҳар бир муаммо қаърида имкониятлар ётади.

9. Бугун — ғолиблар қўллайдиган сўз.

10. Эртага — омадсизлар қуроли.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Dec, 05:16


👇🏻Қизлар, агар жуфтингиз билан муносабатда мана бу белгилар бўлса, демак, уни яхшилаш бўйича жиддий ўйлаб кўриш керак:

🔜Келажак мақсадларингиз қарама-қарши бўлса. (Сиз ишга киришни истайсизу, эрингиз сизнинг ривожланишингизни истамаса)

🔜Агар унга ишонмасангиз. (Муаммоларингизни у билан маслаҳатлашиб, ҳал қилишдан кўра, ўзингиз ечишни афзал кўрсангиз)

🔜Уни кўрганда қалбингизга илиқлик кирмаса. (Унга нисбатан ҳиссиз ва бегонадек бўлиб қолган бўлсангиз)

🔜Унинг камчиликлари тез-тез кўзингизга ташланаётган бўлса. (Пайпоғини нотўғри жойга ечгани, яхши картошка танлай олмагани ғашингизга тегса)

🔜Унинг қаршисида ўзингизни "жертва"дек ҳис қилсангиз. (У зўравон бўлса-ю сизни тез-тез камситиб, хафа қилса. Унинг ёнида эркин бўла олмасангиз)

🔜Унга ғамхўрлик қилиш истаги бўлмаса. (Кеч келганида хавотир олмасангиз, унга бефарқ бўлсангиз)


⁉️Сизнинг муносабатларингизда қайси белги кузатилиб туради?


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Dec, 03:59


Ассалому алайкум!

Ўтган кунларда ишингиз сиз кўзлагандай бўлмадими?
Кетма кет омадсизликлар ҳолдан тойдирдими?

Тўхтаманг!
Сиз излаётган муваффақиятнинг асл кўриниши мана шундай бўлади👆👆👆

Бир кун келиб ҳаммаси сиз истагандек бўлади, фақат ҳеч қачон ҳаракат қилишдан тўхтаб қолманг!

Омадли бошланган кунингиз билан!
Хайрли тонг!☕️

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

30 Nov, 10:50


Ҳар бир кунингизни қандай яшаб ўтказсангиз, бутун ҳаётингиз шундай тарзда ўтади. Олдимизда қанча кунлар бор, “Бир кун ҳеч нимани ҳал қила олмайди”- деган фикр билан ўзимизни тинчлантиришимиз осон.

Аммо, ҳаёт - маржонда терилган дурлар сингари олдинма кейин келган ва бахтли яшалган кунлардан ташкил топган.

Ҳар бир куннинг ўз қадри бор. Ўтмиш ортда қолиб кетган, келажак - тасаввуримиз меваси, бугун эса - сиз яшаётган ҳаёт! Ўтмиш ва келажак сизники эмас, бугунингиз сизники! Шундай экан, сизники бўлган нарса билан ақлли муомала қилинг.

Бугун яшанг!

Бугун кулинг!
Бугундан бахтни тўлақонли ҳис қилинг!
Бахт ҳаммамизда тўкис, аслида!!!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

30 Nov, 07:32


⚠️“10-10-10” қарор қабул қилиш техникаси:

Бу техникалар ҳар қандай вазиятга осон ва енгил қарашда, уни тез ҳал қилишда ёрдам беради 

Сиз ўзингиз учун 3 саволга жавоб беришингиз керак:

➡️10 дақиқадан сўнг ҳозирги шу вазият ва танловим мен учун муҳим бўладими?
➡️10 ойдан кейинчи?
➡️10 йилдан кейинчи?


Шу саволларни ўзингизга беринг ва ичингизда ўйлаб жавоб топинг.

Агар шу саволларга жавобингиз "Ҳа" бўлса, вазиятни ҳал қилишга жиддийроқ киришинг. Агар "Йўқ!" бўлса жавобингиз, у ҳолда вазиятни шунчаки осонгина қўйиб юборинг. Барибир у сиз учун муҳим эмас...😊

10 йилдан кейин бу вазият ҳақида ҳатто эсламайсиз ҳам😉

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

30 Nov, 07:09


Бой бўлишнинг 6 сири

1. Биринчи бўлиб ўзингиз учун сарфланг. Ўзингизга энг яхшисини раво кўринг
2. Устозлардан билим олинг
3. Пулларингизни билим олиш ва ишлашга тикинг. Уларни ёстиқ остида сақламанг. Пул ҳаракатни яхши кўради
4. Қарз олманг;
5. Пулларингизни фақат ўзингиз билган, тушунган соҳага инвестиция қилинг;
6. Аллоҳ берганига миннатдор бўлинг ва ҳаракатдан тўхтаманг

🤗 Зеро, пул ҲАРАКАТНИ ВА ҲАРАКАТДАГИЛАРНИ севади


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

29 Nov, 13:52


Xarizmani rivojlantirishning yana bir usuli bu - Tana tilini rivojlantirishdir


Ochiq tana tili: Qo‘llarni ko‘ksingizga qovushtirmang, tabassum qiling va ko‘z bilan aloqa o‘rnating.

Ishtiyoqni namoyon qiling: Qo‘l harakatlari va yuz ifodalaringizda hissiyotlaringizni ko‘rsating.

Tik turish va to‘g‘ri o‘tirish: Qomatga e'tibor bering, bu sizni ishonchli ko‘rsatadi.

Siz tana tilidan foydalanasizmi?

HA - 🔥 YO'Q - 👍

Obuna bo'lishni unutmang
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

29 Nov, 12:30


🔻Xarizmangizni rivojlantirish uchun quyidagi usullarni qo‘llashingiz mumkin.

1. O‘ziga ishonchni oshirish bu asosiy usullaridan biri! Buning uchun:

🔹O‘z kuchli tomonlaringizni biling: Qobiliyatlaringizni tan oling va ulardan foydalaning.

🔹Qo‘rquvni yenging: Omma oldida so‘zlash yoki yangi odamlar bilan muloqot qilishni mashq qiling.

🔹O‘z qiyofangizga e'tibor bering: Toza va tartibli kiyinish, to‘g‘ri qomat saqlash o‘ziga ishonchni oshiradi.

O'zingizga ishonchingiz kuchlimi?

HA - 🔥 YO'Q - 👍


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

29 Nov, 08:49


Xarizma nima?

Xarizma – bu insonning boshqalarga ta'sir o'tkazish qobiliyati, ularda qiziqish va ishonch uyg‘otish, o‘ziga jalb qilish kuchidir.

Xarizmatiklik belgilari:

1. O‘ziga ishonch: Xarizmatik insonlar o‘z fikrlariga qat'iy ishonadilar va boshqalarga o‘z e'tiqodlarini yetkaza oladilar.


2. Hissiyotlarni boshqarish: Ular o‘z hissiyotlarini nazorat qila oladi va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishga qodir.


3. Ijtimoiy mahorat: Tanish va notanish odamlarga osongina yaqinlashadi, suhbatda samimiy va quvnoq bo‘ladi.


4. Jozibadorlik: Ularning harakati, so‘zlash uslubi yoki tashqi ko‘rinishi boshqalarni o‘ziga jalb qiladi.

Xarizmani rivojlantirish usullari sizga qiziq bo'lsa 🔥 qoldiring!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

29 Nov, 05:10


#hikoyatime

9 ёшли болага отаси оғзи кичик идиш ичида катта мева турганини кўрсатди. Бола ҳайрон бўлди. Қандай қилиб бу мева оғзи кичик идишнинг ичига сиғди экан-а?

Бола идиш ичидаги мевани чиқаришга ҳаракат қилмоқчи бўлди, ўхшамади…
Ота болани қўлидан ушлаб боғга олиб кирди. Қўлига бир бўш шишани олиб энди пишиб келаётган мева ғўрасини ичига солиб, шохга боғлаб қўйди.

Кунлар ўтди. Мева катта бўлди. Буни кўрган бола сирдан воқиф бўлди.

Ота болага насиҳат қилди:
-Болажоним, кўрдингми, ёмон одатларга ёшликдан ўргансанг, катта бўлганингда ундан халос бўлиш идиш ичидаги мевани чиқариш каби қийин бўлади.


Шунинг учун болаларимизни ёшликдан яхши одатларга ўргатайлик. Ёмон одатлардан уларни эҳтиёт қилайлик


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

29 Nov, 05:05


Ҳаётингизни яхшилайдиган муҳим нарсалар:

Қабул қилинг: Одамларни ўзгартиришга урунманг, уларни борича қабул қилинг!

Беринг: кутманг, ўзингиздан кўпроқ яхшилик, меҳр, ширин сўз улашинг.

Кечиринг: сизни хафа қилганларни кечиринг, бу улар учун эмас, сиз учун муҳим.

Қутулинг: салбий фикрлар ва айбловлардан халос бўлинг.

Миннатдор бўлинг: ҳар бир нарса учун шукр қилинг.

Хурсанд бўлинг:
ёшингиз нечида бўлишидан қатъий назар ҳаётга табассум билан боқинг.



https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

28 Nov, 14:59


Бахт чексиз!

БАХТ- ҳеч қаердан қидирилмайди.
Сизнинг қайсидир орзуингизнинг ушалиши, сизни бахтли инсон қила олмайди.

Доим умид билан кутиб яшаш, яхши иш, чин дўстлар, кошона уй
буларнинг ҳеч бири сизга бахт яратиб беролмайди. Бу факат ёлғон ўй-хаёллар.

Агар сиз ҳозир шу ерда, шу ишда, шу уйда, шу шаҳарда бахтни ҳис қила олмагунингизча, сиз умид билан кутиб, яшаётган вақт келганда ҳам бахтли инсон бўла олмайсиз.

Шундай экан кутиб, умид билан яшашни тўхтатинг! Ҳозирги ҳолатда, ёниздаги инсонлар билан, шу ҳолатингиз билан бахтни ҳис этинг.

БАХТ- сизнинг ичингизда, шундай экан ҳозирок ичингиздаги БАХТни топинг ва БАХТ ли бўлинг.


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

28 Nov, 03:23


Бизнинг эътиборимиз ҳақиқатни шакллантирадиган муҳим воситамиздир.

Шунинг учун ҳам, ахборот майдонингизни сизга ёқадиган, сизни илҳомлантирадиган, сизга қизиқ бўлган нарсалар билан тўлдиринг!

Диққатингизни орзуларингиздан узоқлаштирадиган ёки нейтрал ҳолатда ушлаб турадиган нарсаларга эмас, балки орзуларингизга яқинлаштирадиган нарсаларга қаратинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

28 Nov, 03:23


Ҳеч қачон ўзингизни чекламанг!

Энг яхши, меҳмонга олиб қўйган чинни идишларингизда ўзингиз чой ичинг! Оддий дўконга чиққанингизда ҳам чиройли кийимларингизни кийиб чиқинг!
Ҳаёт ўтиб кетади! Уни яшаш керак!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

24 Nov, 10:28


⚡️Сиз қаерда, қачон ва кимнинг оиласида туғилишингизни танлай олмайсиз. Қаерда ва қандай ўлишингизни ҳам сиз белгиламайсиз. Аммо қаерда ва қандай яшаш сизнинг измингизда. Уни бемақсад сарф қилинган кунлар билан тўлдириш ҳам, яшаш мақсадингиз билан ҳар дақиқасидан унумли фойдаланиш ҳам ўзингизга боғлиқ.

🤍Ўз ҳаётингизни мазмунли ўтказишга интилинг. Ўзингиз учун қадрли бўлган бир ҳаётда яшанг. Қадрлаш аввал ўзингиздан бошланади. Унутманг, ўзини қадрламаган инсонни бошқалар қадрлаши қийин…


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

23 Nov, 07:17


Bodo shefer
Tarmoqli marketing haqida
https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

23 Nov, 02:45


Бахт, факат 2 та нарсани ўрганганингизда келади: қабул қилиш ва қўйиб юбориш...
Бахтли инсон ким?!
Бахтли инсон-бу, ҳаётда тўғри йўлни топган инсон эмас, балки, ўз йўлини севган инсондир... Ҳар бир мағлубият, синовлар, курашлар... Ҳаммасини сева олган инсон!..

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

23 Nov, 02:44


Ҳар куни эрталаб уйғонганимизда худди кийимимизни танлаганимиз каби, кайфиятимизни ҳам ўзимиз танлаймиз! Шунинг учун "бахт" ни танланг, у доим модада.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Nov, 16:43


Баъзан орқангиздан ким югуришини кўриш учун югуришингиз керак. Баъзан сизни ким тинглашини билиш учун жуда секин гапиришингиз керак. Баъзан эса, сиз билан ким қолишини кўришингиз учун нотўғри қарорлар қабул қилишингизни ўзи етарли.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Nov, 09:06


Кичик эслатмалар:

👌Ғазабланган пайтингизда ҳеч кимга жавоб берманг;

👌хурсанд бўлганингизда ҳеч нарса ваъда қилманг;

👌хафа бўлганингизда эса, асло, қарор қабул қилманг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Nov, 01:45


Vaqtingiz chegaralangan, shuning uchun ichki ovozingizni o‘zgalar fikri shovqini ostida qolib ketishiga yo‘l qo‘ymang.
Stiv Jobs
Xayrli tong!☕️

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Nov, 06:29


ҲАЁТНИНГ ЭНГ МУҲИМ ҚОИДАЛАРИ......

ҚАБУЛ ҚИЛИШ

Ҳар биримизнинг ҳаётимизда феъл-атвори бизга тўғри келмайдиган, жаҳлимизни чиқараётган инсонлар бор… уларни борича қабул қилишга ҳаракат қилинг. Шунда сизнинг азобларингиз ўтмишда қолади...

БЕРИШ

Камроқ сўраб, кўпроқ беришга ҳаракат қилинг. Бу - парвариш, меҳр, яхшиликлар, билимлар орқали ҳам бўлиш мумкин. Бунинг эвазига ҳеч қандай мукофот кутманг...

МИННАТДОРЧИЛИК

Ҳаётни, тақдирни, дўстларни ва сизни ўраб турган инсонлар учун ҳам миннатдорчилик билдирган заҳотингиз, ўзингизда ажойиб натижани сезасиз...

ВОЗ КЕЧИШ

Хафагарчиликдан, ғазабдан, айбловлардан ва бошқа сизга негатив таъсир қиладиган ўй фикрлардан. Айнан сизнинг бахтсизлигингизда мана шуларнинг ўрни каттадир...

КЕЧИРИШ

Ҳаммани, ҳаттоки энг кечира олмайман деганларингизни ҳам кечириш. Шунда оғриқлар ўтмишда қолади...

ЗАВҚ ОЛИШ

Ёшингиз нечада бўлишдан қатъий назар дунёга кулиб боқинг. Ҳар бир ишингизни дилга ёқадиган мусиқа ва табассум билан бажаринг..

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Nov, 04:47


Siz betakrorsiz ☺️

🪒 Ustara tig'i o'tkir. Lekin, u bilan o'tin chopib bo'lmaydi.

🪓 Bolta baquvvat. Lekin, u bilan soch olib bo'lmaydi.

Bu dunyoda har bir inson betakror va muhim. Shunchaki, ularning qobiliyati nimada ekanligini topish kerak xolos.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

18 Nov, 13:15


#мотивация

Ҳаётингда маҳкам тутишинг керак бўлган энг ажойиб ҳикмат – сен ҳақингда айтиладиган гапларга аҳамият бермаслигингдир. Кимлигингни бошқалардан кўра ўзинг яхшироқ биласан, Яратган эса сенинг ҳолатинг ва ниятингни ўзингдан ҳам яхшироқ билади.

💫Шундай экан қилаётган ишларингни оқлаб, қадру- қимматингни тушириб юрма!


https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

18 Nov, 05:16


⚡️УЧ ЭЛАК ҲАҚИДА РИВОЯТ

Бир киши донишманддан сўради:
- Дўстингиз сиз ҳақингизда нима деганини айтайми?
- Шошма, -деди донишманд, - аввал айтмоқчи бўлган гапингни учта элакдан ўтказ...
- Учта элак?
- Бирор гапни айтишдан олдин, уни учта элакдан ўтказиш лозим. Аввал ҲАҚИҚАТ элагидан. Айтмоқчи бўлган гапинг ҳақиқат эканлигига ишончинг комилми?
- Йўқ, мен уни шунчаки эшитдим, холос.
- Демак, сен унинг рост ёки ёлғонлигини билмайсан. Энди иккинчи – ЯХШИЛИК элагидан ўтказамиз. Сен менга дўстим ҳақида бирор яхши гапни айтмоқчимисан?
- Йўқ, аксинча
- Демак, -давом этди донишманд, - сен менга ҳақиқатлигини билмай туриб ёмон хабарни етказмоқчисан. Энди учинчи элакдан ўтказамиз – ФОЙДА элаги. Сенинг гапингни эшитишим шартми, у менга фойда келтирадими?
- Йўқ, ҳожати йўқ
-Демак, -хулоса қилди донишманд, - сен етказмоқчи бўлган хабарда ҳақиқат ҳам, яхшилик ҳам, фойда ҳам йўқ экан. Унда уни менга айтиб нима қиласан?

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

17 Nov, 10:54


Агар сиз ҳозир ҳеч нарса қилмасангиз, кейинроқ ҳам ҳеч нарса қилмайсиз! Агар сиз доим ҳаракатларингизни кейинга: эртага, кейинги ҳафтага, кейинги йилга қолдиришда давом этсангиз, ҳаётингиз ҳеч қачон ўзгармайди.

Ниманидир ўзгартирмоқчимисиз, орзуйингиздаги ҳаётни яшамоқчимисиз-ҳозир, шу сафар ҳозир қилинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

17 Nov, 03:48


Ўзингизни аниқланг!
Сиз қайси тоифа одамларига кирасиз?

Биз билан бир қадам олдиндасиз!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

17 Nov, 03:35


🤍 Одамлардан фаришталикни талаб қилманг! Чунки бу дунёда ожиз бандалар яшайди фаришталар эмас.

Ҳар биримиз адашамиз, хато қиламиз, билиб билмай кимнингдир кўнглига озор берамиз. Лекин, кўнглимизни оғритган берган ўша ёмонни ҳам, қандайдир бир яхши хислати бор…

Бизга берилган озорларни эслаб, юк қилиб ортиб юрмаслигимиз учун унутиш ва кечириш туйғулари берилган эмасми?!

Яқинларингиздан ва дўст-у ёрингиздан хафа бўлган бўлсангиз, унинг ҳам инсон эканини, хато қилиш, нотўғри гапиришга ҳаққи борлигини ўйлаб кўринг!

🤍 Кечиринг ва ҳаммасини унутинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

16 Nov, 12:59


Ривожланган ва ўзига ишончи баланд аёл бўлишнинг синалган 5 усули:

1. Энг биринчи ўқиш ва уқиш керак! Фарқи йўқ, китобми... янги подкастми, интернет орқалими... Ҳар куни нимадир янгилик ўрганишга ва ҳаётга тадбиқ қилишга ҳаракат қилинг!

Тасаввур қилинг, ҳар куни 1 нарса ўргансангиз, 1 йилда 365 хил билимни онгингиз қабул қилади. Олаётган англашларингиз орқали ҳаётингизга янгилик ва ёруғлик кириб келаверади
.

2. Ичкарини тозаланг! Ўз-ўзини англаган, нима исташини аниқ билган аёл гулдек очилади. Бошқалардан гина сақлаб, ўзини ичидан "еб" ташлайдиган аёл бир куни сўлиб битади...

Шундай экан, негатив ҳисларни ҳаётингиздан қувиб чиқариб, позитивларга "Салом, хуш келибсизлар қалбимга!"- денг.


3. Мақсад қўйинг ва ҳаракат қилинг! Орзуларингиз борми? Уларни бир четга суриб, кўрмаганга олманг ўзингизни. Орзуни аниқ мақсадга айлантиринг ва уларга эришиш учун қадам ташланг.

Қўрқманг! Сиз уддалайсиз! Мақсад сари ҳаракат қилсангиз, албатта ривожланасиз ва ўзингизнинг энг яхши версиянгиз бўласиз.


4. Соғлиғингизга эътибор беринг! Жисмоний ва руҳий саломатлик - ривожланишнинг асоси. Ўз танасини севиб, ғамхўрлик қилган, эмоционал ҳолати устида ҳам ишлайиган аёллар ривожланишдан тўхтамайди.

Қолаверса, соғлом танада соғлом ақл, ажойиб ғоялар, катта мақсадлар учун энергия ҳам бўлади
.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

15 Nov, 08:24


💓Орзуингиздаги ҳаёт учун 20 дақиқа

➡️Ҳар куни 20 дақиқа спорт билан шуғуллансангиз, саломатлигингиз сизни безовта қилмайди.

➡️Ҳар куни 20 дақиқа уйингизни тозалаш ишлари билан шуғуллансангиз, бетартиблик кузатилмайди.

➡️Ҳар куни 20 дақиқа диққатни жамлаб, бир нуқтага қаранг, сизнинг ақлий фаолиятингизда инқироз кузатилмайди.

➡️Ҳар куни 20 дақиқа турмуш ўртоғингизни жон қулоғингиз билан эшитинг, муносабатда муаммолар кузатилмайди.

➡️Ҳар куни ҳеч бўлмаганда 20 дақиқа кераксиз ахборотларни эшитмасликка ҳаракат қилинг, миянгизни кераксиз маълумотлардан ҳимоя қиласиз.

➡️Ҳар куни 20 дақиқа харажатларингизни ҳисоб-китоб қилсангиз, молиявий муаммоларга дуч келмайсиз.

➡️Ҳар куни 20 дақиқа ҳеч нарсани ўйламасдан, руҳан ва жисмонан ором олсангиз, чарчоқ нималигини унутасиз.

➡️Ҳар куни 20 дақиқа бадиий китоб ёки фойдали қўлланма ўқисангиз, тажрибангиз ошади, дунёқарашингиз кенгаяди.

➡️Ҳар куни 20 дақиқа ташқи кўринишингиз парваришига вақт ажратсангиз, соғлом ва гўзал бўласиз.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

11 Nov, 04:13


Сиз инсонларда кўраётган муваффақият, бахт, бойлик бу аввало, натижа. Ҳар бир нарса учун ҳаракат ва меҳнат қилиш зарур.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

11 Nov, 04:06


Муваффақият учун ҳаракат қилиш ва қўрқувларни енгиш ҳам зарур.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

09 Nov, 12:02


💜“Маззада буларга, муваффақиятга эришган, ҳамма нарсаси бор…”-деймиз ҳаётда ўз ўрнини топган инсонларни кўрсак.

📌Лекин мана шу муваффақият ортида узун йўл ва тўсиқлар борлигини пайқамаймиз.
Токи ўзимиз шу йўлга тушмагунча.

Биласизми, муҳими нима?!
Муҳими - енгилмаслик ва олға бориш. Ҳеч нарсадан қўрқмаслик, ҳатто, хато қилиш ва қайта бошлашдан ҳам.

🙂Агар сиз аниқ мақсад қўйиб, унга етишишни истасангиз, йўлнинг узоқ-яқинлиги, қийинчиликларига рози бўлинг. Унутманг, натижагa етишингиз биланоқ, ҳамма қийинчиликлар унут бўлиб кетади.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

07 Nov, 06:46


📹 Fikrlashingizni o'zgartiring

Saidmurod Davlatov

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

06 Nov, 11:00


Intizom- hayotingizni osonlashtiradi.
Intizom- bor joyda rivojlanish bo'ladi. Doim har bir qilgan ishingizga e'tiborli bo'ling, tartib va intizom bilan qilingan har bir ishda natija bo'ladi.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

06 Nov, 03:13


🦋 Бир капалак сабоғи

Қадимда шогирдлари кўп бир донишманд бор эди. Улар орасида
зуккороғи устозини синамоқчи бўлди. “Устозим тўғри жавоб бера
олмайдиган савол бераман”, - деб ўйлади у.

Боғда учиб юрган энг чиройли капалакни тутди ва кафти орасига
бекитди. Устозининг ёнига табассум билан келди ва сўради:
— “Айтинг-чи, қўлимдаги капалак тирикми ё ўликми?”

У кафтида капалакни маҳкам тутиб тураркан, донишманд “ўлик” деса,
кафтини очиб капалакни учириб юборишни, “тирик” деса, секин қисиб
ўлдириб, кейин кафтини очишни мўлжалларди.

Донишманд шогирдининг қўлига қиё ҳам боқмай, жавоб берди:
— Ҳаммаси ўз қўлингда…

🤍 Хулоса ўзингиздан…

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

06 Nov, 03:11


🥹 Видеодан ким нимани тушунди?

🔥 Отасини яхши кўрганлар комментарияда реакция қолдиринг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

05 Nov, 04:18


Ҳаётни кейинга қолдирманг!

Ўз-ўзидан ақллироқ ва иқтидорлироқ бўлишни кутманг-ҳозироқ ҳаракат қилинг!
Фақат бирор нарса қилиш, ўрганиш орқали сиз яхшироқ бўлишингиз мумкин. Ҳаракатсизликдан ва қулай фурсат келишини кутишдан воз кечинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

02 Nov, 15:15


ҲАЁТДАН НОЛИМАНГ, НЕГАКИ...

➡️ Машаққатли ишингиз ҳар бир ишсизнинг орзуси;
➡️ Сизни безор айлаган фарзандингиз ҳар бир бепуштнинг орзуси;
➡️ Кичик уйингиз ҳар бир ватангадонинг орзуси;
➡️ Озгина пулингиз ҳар бир қарздорнинг орзуси;
➡️Соғлиғингиз ҳар бир беморнинг орзуси;
➡️Табассумингиз ҳар бир тушкунликка тушганнинг орзуси…


Шундай экан, “Алҳамдулиллаҳ”ни тилингизга дўст қилинг🤗

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Nov, 08:22


💪🏻СОҒЛОМ БЎЛИШ УЧУН

қуйидаги 6 ҚОИДАга амал қилинг☝🏻😊

Шу орқали ҳам жисмонан, ҳам руҳан соғлом бўласиз.

⁉️Сиз қайсиларини доимий бажарасиз?

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

01 Nov, 08:17


👀Кўз - қўрқоқ, қўл - ботир…

💜Бекорга эмас бу гап! Биз бажаришга иккиланган, уддалай олишимизга ишонмаган ишларни осонлик билан бажариб қўйишимиз мумкин.

Биласизми, бу ерда асосийси нима? Ишонч ва интизом!

Бошлашдан қўрқманг!
Бажариб кўринг!

🙂Ўхшаса, ғалаба бўлади, ўхшамаса, катта тажриба… Лекин, амин бўлингки, Аллоҳ пешонангизга шу зинапоялардан кўтарилишни битган бўлса, сиз уддалайсиз!

💜Албатта ўхшайди!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

30 Oct, 16:17


Ҳар куни шуларни такрорланг...

💎Барча куч менинг ичимда. Мен ҳаммасини қила оламан.

💎Юлдуз бўлиш учун, мен ўз нуримни сочишим керак. Ўз йўлимда бораман ва қоронғуликдан қўрқмайман. Шу сабаб юлдуз каби ёрқинроқ порлайман.

💎Ҳеч қачон бошимни эгмайман. Дунёга тик боқаман.

💎Меҳрибон ва лаҳзадан завқланадиган аёлман. Ҳаётим фақат яхшиликлардан иборат

💎Агар мен кеча йиқилган бўлсам, бугун яна ўрнимдан туриб, давом этаман.

💎Ҳар бир куним - ноёб, такрорланмас.

💎Аллоҳ мени шунчаки яратмаган, мен ўз миссиямни бажаришим керак.

💎Мен шу ерда бўлганлигим сабабли, дунё янада яхшироқ бўлишини хоҳлайман.

💎Ҳеч қачон таслим бўлмайдиган инсонни енгиш қийин. Мен таслим бўлмайман!

💎Муваффақият бу– иштиёқни йўқотмасдан омадсизликлардан ўтиш.

💎Инсон хаёлида нимаики ўйласа ва ишонса, у амалга ошади.

💎Вақт чегараланган. Шундай экан, уни бировнинг ҳаёти билан яшаб беҳуда сарфламайман.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

28 Oct, 06:18


Шуни ёдда тутинг...

1.Ҳаётий шеригингизни фақат ўзингиз танлайсиз.

2. Касбни фақат сиз танлайсиз.

3. Яшаш учун шаҳар ва мамлакатни фақат сиз танлайсиз.

4.Молиявий аҳволингизни фақат сиз танлайсиз.

5. Атрофингизда кимлар бўлишини фақат сиз танлайсиз.

6. Севимли машғулотларни фақат сиз танлайсиз.

7. Бўш вақтингизни фақат сиз танлайсиз.

8. Ўзингизни қандай нарсалар билан ўраб олишни фақат сиз танлайсиз.

9. Қандай маълумотларни қабул қилишни фақат сиз танлайсиз.

10. Ким бўлишни фақат сиз танлайсиз.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

26 Oct, 02:04


Бахтга эришиш учун идеал бўлишингиз шарт эмас. Бахт сизни борлигингизча севади ва ҳаётингизга кириб келади.

Сиз ҳам ўзингизни борингизча севинг…🤍

Кунингиз мазмунли ўтсин!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

26 Oct, 02:03


✔️Ҳар бир кичик муваффақият ҳам катта мақсадлар томон ташланган қадамдир.

✔️Шундай экан, ҳар бир ғалабани нишонланг. Уни катта-кичиклиги аҳамиятсиз.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

25 Oct, 04:40


Ҳаёт - биз учун берилган бебаҳо неъмат.
Яшаётган ҳар бир дақиқамиз ғанимат, аслида. Бугун кўз очиб, уйғондикми, демак бахтлимиз. “Алҳамдулиллаҳ!” билан бошлансин ҳар бир кунимиз.🤍

Нафрат, йиллаб елкада юкдек ортиб юрилган гиналар, хафагарчилик ва ҳасад инсоннинг ғанимат бўлган вақтини ўғирлайди, яшашни қийинлаштиради. “Ҳаммаси яхшиликка!”- деган оптимистларгина ҳаётда фақат + ларни кўриб яшайди.☝🏻☺️

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

25 Oct, 04:39


🌺Ҳаёт аслида содда…

Ариқдаги сув ўз йўланишида оқаверади, бошланган кун тунга алмашинганидек ҳаётимиз сониялари Аллоҳ тақдиримизга биткандек ўтаверади.
Муҳими - мана шу сонияларни ҳузур билан, қалбан қаноатланиб яшаш, мураккаблаштирмаслик.

🤍Илоҳим, ҳар бир лаҳзангиз қувончда ўтсин!
🤍Севги ичида бўлинг, севимлилар!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

24 Oct, 10:20


🔔Муваффақиятли инсонларнинг сирлари

✔️1. Ўзига ишонч. Агар инсон ўзига ишонмаса, биров унга ишониши даргумон. Бошланган ишни охирига етказишга ишониш ярим муваффақият дегани.

✔️2. Позитив кайфият. Агар сиз позитив кайфиятда бўлсангиз, атрофингизга ҳам магнит каби позитив одамларни тўплайсиз.

✔️3. Бошқача иш қилиш. Агар сиз бошқалар эришган марраларни забт этмоқчи бўлсангиз улардек ишланг. Агар сиз умуман бошқалар эриша олмаган марраларни забт этмоқчи бўлсангиз, ҳеч ким қилмаган ишларни қилинг.

✔️4. Вақтни тўғри сарфлаш. Тайм-менеджментга эътибор қаратинг. Ҳаётида муваффақиятга эришган инсонлар вақтини тўғри тақсимлай олади. Вақт ҳаётингиздаги энг қимматли ресурс.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

24 Oct, 08:27


❤️Ўзингизга бермай туриб ўзгалардан кутманг!

Шундай инсонлар бор-ки, бошқалар учун ўзидан шу қадар воз кечадики, охирги ЭНЕРГИЯСИгача уларга сарфлайди.

Шундай одамлар борки, ўзгаларга ёрдам беришда ўз қатъиятини кўрсатишга интилади, аммо, ўзларига қандай ёрдам беришни билмайди.

Улар ўзларидан бошқа барчага севгисини, меҳрини беради ва ўзларига ҳам кимдир шундай эътибор беришини кутади.

Биласизми, охир-оқибат нима бўлади?! Ҳаракат қилишдан қаттиқ чарчайди... Чарчоқнинг сабаби - борини атрофга сарфлаб, ўзини унутганида. Шу қадар толиқадики, энди ўзи ўзгалар меҳрини КУТИБ яшайдиган позицияга ўтиб қолади.

❗️Аслида ғамхўрликни ўзимиздан бошлашимиз керак эмасми, қизлар?

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Oct, 04:09


Бир куни бир киши устозидан сўради:

-Ҳаётим яхши томонга ўзгариши учун қанча вақт кутишим керак?!

Устоз қаттиқ хўрсиниб жавоб берди:

-... узоқ кутишингга тўғри келади!


Кутманг, нимадирни ўзгартирмоқчимисиз, ҳаракат қилинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

22 Oct, 04:07


💜Ўзингизни қийнаманг!

Ҳозир амалга ошириш мушкул бўлган вазиятлар учун айбламанг ўзингизни, мажбурламанг...
Вақт ва имконият беринг ўзингизга!

Ҳар нарсанинг ўз вақти-соати бор. Муҳими, сиз ҳаракат қилаяпсизку!

💜Ҳаракат орқасидан ҳаммаси келади - муваффақият ҳам…бойлик ҳам…бахт ҳам…

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

21 Oct, 06:17


Ҳайдовчига ҳам, ишчига ҳам, фаррошга ҳам табассум қил. Эҳтимол, уларнинг маоши телефонингнинг чеки ёки бир шиша атирингга етмаслиги мумкин.

Ёмон муомаланг билан уларнинг қалбини оғритма. Гўзал хулқинг билан юқори мартабага кўтарил. Зеро, Аллоҳнинг ҳузурида барчамиз баробармиз!


☀️Кунингиз гўзал ўтсин, қизлар!
☀️Бошланган ҳафта муборак!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Oct, 02:48


🤦‍♀Яна кимда шунақа ҳолат!

😁Дам олиш кунингиз билан!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Oct, 02:39


✔️Ўзини яхши кўриш - ёмон эмас!

✔️Ўзи учун ҳаракат қилиш ва ўзига энг яхшисини мос кўриш - ёмон эмас!

Шу оддий ҳақиқатлар сизга ўзингизни севишнинг нормал ҳолат эканлигини исботлаб беради, гулюзлар!
Сиз тўғри йўлдасиз, давом этинг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

20 Oct, 02:39


Vaqtni boshqaring

Aslida sizning ishingiz ko'p emas, shunchaki vaqtingizni to'g'ri boshqara olmaysiz.

Vaqtingizni to'g'ri boshqaring:
- erta turing
- ishlar ro'yxatini tuzing
- tugatilishi kerak bo'lgan vaqtni belgilang
- rejangizdan chiqib ketmang

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

19 Oct, 15:14


🔸Бугундан ўзингиз учун янги вазифаларни бажаришга аҳд қилинг…😊👆🏻

🔸Ушбу одатлар ҳар тонгда сиз бажарадиган доимий кундалик одатларга айлансин!

➡️ Сабаби буларнинг ҳар бир сизга руҳий ўсишда ва жисмоний чиниқишда ёрдам беради.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

19 Oct, 02:31


❣️Эмоцияларга бой видеоролик...

Биз фарзандимизга...
🫶 оқ ва қора нима эканлигини эмас, уларни қандай ажратишни кераклигини,
🫶 муваффақият йўлини чизиб бермай, ҳаёт харитасидан фойдаланишни,
🫶 унга тўғри инсон бўлишни уқтирмай, ўзини қабул қилишни, ўзидан уялмасликни ўргатишимиз керак.


☁️ Сиз фарзандингизга яна нимани ўргатган бўлар эдингиз?!

✏️Изоҳларда ёзиб қолдиринг!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

18 Oct, 00:04


🔹 ESLATMA

Risksiz 🔹 Mukofot yo'q
Og'riqsiz 🔹 O'sish Yo'q
Rostgo'yliksiz 🔹 Ravshanlik Yo'q
Ishonchsiz 🔹 Do'stlik Yo'q
Intizomsiz 🔹 Talant befoyda
Sadoqatsiz 🔹 Sevgi Yoq
Sarmoyasiz 🔹 Daromad Yo'q
Jasoratsiz 🔹 Hurmat yo'q
Harakatsiz 🔹 Natija Yoq

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

17 Oct, 23:58


Hayotingizda 3 turdagi odamlar bor!

1. Barg odamlar. Bular sizning hayotingizga faqat 1 mavsumgina paydo bo'ladi. O'zlariga kerak bo'lgan narsani oladilarda, hayotingizga biroz sovuq kunlar kelishi bilan ular yo'q bo'lib ketishadi.

2. Shox odamlari. Garchi bular barglardan kuchliroq bo'lsalarda, ularni sinab ko'rishingiz kerak. Ishingiz tushganda pand qo'yishlari mumkin. Ular siz bilan bir necha mavsum qolishlari mumkin, ammo hayot qiyinlashganda ular ajralib ketishadi.

3. Va nihoyat ildiz odamlari. Bu odamlar juda muhim. Ular sezilarli narsalarni qilmaydi. Ularning yagona istagi sizni qo'llab-quvvatlash va bu uchun hech qanday manfaaat kutmaydi. Qiyin vaziyatni boshdan kechirsangiz ular sizni ushlab turishadi. Ular siz qanday bo'lsangiz, shunday yaxshi ko'radilar.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

16 Oct, 08:47


#Кун_ҳикмати

Ҳаётий тажрибалар шуни кўрсатадики, муваффақиятга қобилиятдан кўра кўпроқ тиришқоқлик билан эришилади.
Ўз ишига жон-у жаҳдини бериб ишлаган инсон албатта ғолиб бўлади!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

16 Oct, 08:38


💜Ниманидир ўзгартириш кераклигини ҳис қилаяпсизми?

▶️Ҳаётингизни бу зайлда кетишини истамайсиз-у лекин бир хилликдан чиқишдан қўрқаяпсизми?

❗️Иккиланманг!
Агар қалбингиз “Тўхта! Кел, бошқача қилиб кўрамиз! Орзуларинг ёниб битмасидан бир марта уриниб кўр!”- деса, уни тингланг.

💜Ишонаверинг, атрофингиздаги инсонлар қолипидан чиқиб, янги қадам қўйиш сиз учун катта тажриба бўлади!

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

15 Oct, 16:04


🔆Ҳамма нарсани борича қабул қилишни бошлаганингиз заҳоти, сизга қийиндек кўринган нарсалар осон ва оддийлигига гувоҳ бўласиз.

🪐Аслида, ҳаёт мана шу оддийлик устига қурилади. Биз инсонлар, ўз тақдиримизни ўзимиз қийинлаштириб юборамиз…

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

15 Oct, 01:51


#коида

21/40/90 қоидасини ҳеч қўллаганмисиз ҳаётингизда?

Унга кўра, янги одатга кўникишимиз  учун 21 кун, уни доимий турмуш тарзига айлантириш учун эса 90 кун керак бо‌лади.

2️⃣1️⃣ Дастлабки 3 ҳафта давомида мияда янги нейрон алоқалар ҳосил бу‌лади, бу эса келажакда бу одатга бу‌лган эҳтиёжни таъминлайди.

4️⃣0️⃣ Янги одатни тузатиш ва эскисини унутиш босқичи ҳисобланади. Янгиси учун кучли иродали ҳаракатлар ҳали ҳам талаб қилинади, аммо унинг устида ишлаш ёқимли бўла бошлайди.

9️⃣0️⃣ кундан сўнг, янги одат ҳаво каби ҳақиқий ва зарур бўлиб қолади. У махсус иродали ҳаракатларни талаб қилмайдиган автоматик тоифага ўтади.

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

15 Oct, 01:47


Вақти келади деманг, вақт келмайди. Вақт фақат кетади.
Хайрли тонг!☕️

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

13 Oct, 18:36


🖌️Аёл эрига деди:
- Мендаги сиз ўзгартиришни ҳоҳлайдиган барча салбий сифатларимни ёзиб берсангиз. Мен аъзо бўлган аёллар жамияти шуни хоҳлаяпти.

✏️Эр қоғозга ёзди:
"Мен хотинимни қандай бўлса шундайлигича севаман. Унда ҳеч қанақа айб кўрмайман".
 
💜Эр букланган қоғозни аёлига узатди…
Эртаси уйига келганида хотини уни бир қучоқ гул билан кутиб олди. Унинг кўзларида шодлик кўз ёшлари  жилваланар эди. У эрига деди:
"Бу мен учун кутилмаган иш бўлди. Айниқса бу мақтов ёзилган мактубни кўпчиликнинг орасида очганим ..."

🔥Эр айтади:
"Хотинимни ўндан ортиқ айблари бор эди. Аммо мен шуни билдимки, айбларни қайта-қайта айтган билан ҳеч қачон муолажа қилиб бўлмас экан".

✔️Энг қизиғи, шу воқеадан кейин аёл 70% ўзгарди. Негалигини биласизми? Бу мақтовнинг қарши чиқиб бўлмайдиган сеҳридир.
  
💜Айбларни айтиш нафрат, адоват ва саркашликни пайдо қилади. Мақтов эса муҳаббат ва сурурни...
Уй ва оилада ижобий энергия ҳосил қиладиган ҳам айни мақтовдир…

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

13 Oct, 03:27


❤️Бахтли инсон ҳеч қачон бировга озор бермайди ва бировнинг хаётига аралашмайди, чунки уни бунга вақти йўқ....

📌Бошқаларни ҳаётига аралашиб озор бериш - бахтсиз инсоннинг иши, шундай экан ундайлар билан курашманг...

💫Аксинча бахт тиланг ва йўлингизда давом этинг…

Билмаймиз кимнинг қанча умри қолган, зеро шундай экан бу гўзал ҳаётда фақат ўзингиз билан ишланг ривожланинг, қўлингиздан келса яхшилик қилинг, қўлингиздан келмаса ёмонлик ҳам қилманг. Чунки олдинда ҳар бирининг тўлови бор....

Ўзингизнинг кунингиз, вақтингиз ва умрингиз билан яшанг !

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva

Muvaffaqiyat kaliti

12 Oct, 11:20


🐸 Кунларнинг бирида қурбақаларнинг тўдасидан  икки қурбақа чуқурликка тушиб кетибди.
🐸Барча қурбақалар чуқурлик тепасида жамланиб  олиб  -  «Бўлди энди,  шу  ерда ўлиб кетасизлар…ҳадеб  сакрайверишдан фойда  йўқ"-дебди.

➡️Узоққа бормай, икки қурбақанинг  бири қўрқув ва қаттиқ тушкунлик  оқибатида нобуд  бўлди. 
➡️Иккинчи қурбақа  эса, тинмай сакрашда давом этар эди. Ҳар сафар сакраганда, илгаригисидан баландроқ сакрар эди.

🔥Аммо, юқоридаги қурбақалар ҳамон:  "Бўлди қил энди! Фойдаси йўқ"  дейверар эдилар.  Кўп ўтмай, бояги қурбақа чуқурдан чиқишга муваффақ  бўлди.

🐸Тепадаги қурбақалар қаттиқ  таажжубда эдилар. Сўнг ундан сўрашди: "Қандай  буни уддаладинг?!"

💚У  жим турарди. Кейин билсалар,  унинг қулоқлари эшитмас экан. Ҳар сафар уни сакрашдан қайтарганларида,  улар мени қўллаб-қувватламоқдалар  деб  ўйлаб, бу мушкул ишни уддасидан чиққан экан.

🎓 «Балки, энг зўри бўлишингизга  инсонларнинг сиз  ҳақингиздаги гаплари тўсқинлик қилаётгандир?»

https://t.me/Dilshoda_Sherboboyeva