Shamsuddin Sadruddin @shamsuddin_sadruddin Channel on Telegram

Shamsuddin Sadruddin

@shamsuddin_sadruddin


Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani...

@Muhammadoshiq_bot

Instagram: Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin (Uzbek)

Shamsuddin Sadruddin kanali xayol qurilmish jannat qasrini yodlab turayotgan hojatxonadir. Bu kanalda @Muhammadoshiq_bot orqali bir necha narsa so‘ralishi mumkin. Shamsuddin Sadruddin, xayol, ilm va yaratuvchi energetikasi bilan qiziq adamlar uchun mo‘ljallangan. Agar siz ham o‘zingizni jannat qasrida his qilmoqchi bo‘lsangiz, Shamsuddin Sadruddin kanaliga obuna bo‘ling va jannat xayol qilishning zavqini tading! Siz muallifga Instagramda ham asosiy hisob bo‘lishingiz mumkin: Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

07 Nov, 16:19


#Taqdim
#Tanituv

Bismillah...

Balog‘at fanining eng katta va asosiy qismi bo‘lmish «Ma’oniy ilmi»ga oid yozayotgan risolam nihoyasiga yetdi, alhamdullillah!

Risola avvalgi olimlar manhajida. Ta’rif, qoida, misol va izohlari sodda. Har mavzu so‘nggida 3 tadan kam bo‘lmagan mashqlar bor. Eng muhimi, risola matnidagi jumboqli so‘zlarni hoshiyada sharhlab ketdim. Xotima sifatida «chumoli hikoyasi»dagi 15 ta masalani aytib, ularni qisqa tarzda tahlil qildim.

Kitobcha balog‘at ummonidan bir tomchi (الطل) bo‘lishiga qaramay ahli ilm oshnosiga (المُساني) aylanar degan umidda uni «Oshno etuvchi yomg‘ir» (الطل المُساني) deb nomladim.

Risoladan foyda olsangiz Allohdan, xato ko‘rsangiz yozgan bandasidan deb biling!
_________________________________

📗 Risola nomi: «Ma’oniy ilmida oshno etuvchi yomg‘ir»
(الطل المساني في علم المعاني)

🌍 Tili: arabcha

✍️ Muallifi: Shamsuddin Sadruddin

📄 Risola hajmi: 34 sahifa

📝 Mavzusi: balog‘at

@Bayanul_lisan

Shamsuddin Sadruddin

26 Oct, 11:03


#Mulohaza

«Vaqt o‘tib to‘rtta tildan tashqari qolgan barcha tillar yo‘qlikka yuz tutishi mumkin:
- ingliz;
- xitoy;
- ispan;
- va arab tillari.
Ingliz tili - texnalogiya, xitoy tili - demografiya, ispan tili - adabiyot sharofati bilan yashashda davom etadi. Arab tili esa din va axloq ostida tirik qoladi».
(Kolunbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes)

@Bayanul_lisan

Shamsuddin Sadruddin

27 Aug, 08:32


#Jadval_asosida

Madh, hamd va shukr orasidagi farqlar

📹 Video: 👉 bu yerda 👈

📓 Jadval: 👉 bu yerda 👈

📚Tolibi ilm yaqinlaringizga ulashing!

| Youtube | Telegram |

Shamsuddin Sadruddin

26 Aug, 11:08


Ba’zida ayol shifokorlarni topishga qiynalib qoladi kishi. Barcha musulmon erkak onasi, opasi, singlisi, ayoli yo qizining salomatligi bilan aynan ayol shifokor shug‘ullanishini istaydi. Ushbu havolada tibbiyotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi ayol shifokorlar bilan bir qatorda erkak shifokorlarning ham ismi-sharifi, telefon raqamlari va ish joylari ko‘rsatilgan. Ro‘yxat yanada kengaytiriladi. Bunga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Sinalgan yaxshi ayol yo erkak shifokorlar bilsangiz, @OlamOdambot ga yozing! Xayrli ishga hissangizni qo‘shing! Yaqinlaringizga ham xabarni jo‘natishni unutmang!

Alloh ofiyat bersin!

@Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

26 Aug, 10:55


Assalomu alaykum.

Sir emaski, kundalik hayotimizda salomatligimizda biror muammo bo‘lib qolsa doim yaxshi mutaxassis izlashga tushamiz. Ayniqsa, mavzu yaxshi ayol mutaxassislarga kelganda topishimiz mushkul kechadi. Shu sababdan ushbu (yangilanib, to‘ldirib boriladigan) shifokorlar ro‘yxati bir oz bo‘lsa-da og‘iringizni yengil qiladi degan umiddamiz. Shifokorlarning har birlari alohida o‘rganib tartiblanmagan, balki ularning tajribalariga, xalq orasida tanilganligi, umumiy ma’lumot va tibbiyot talabalari orasidagi tavsiya asosida yig‘ilgan, xolos. Kam bo‘lsa-da ko‘p o‘rinda ko‘rasiz degan umiddamiz. O‘zi manfaatli qilsin!

Ro‘yxatni ko‘rish uchun: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1JSFMQptxu1OOSOC0LEXuiITIEDKIgZDvxNTrk-Ep8IQ/edit?gid=2110403061#gid=2110403061

https://t.me/OdamOlam

Shamsuddin Sadruddin

26 Aug, 10:51


Javohirdan tibbiyot masalalarida maslahat olib turaman. Sohalari shu. Bugun yozibdilar:

«Sizni bitta-ikkita doktor so'rashingiz ortidan qarang nima ishlar bo'lib ketti aka )
Ko'pchilikka ma'qul kelib, ijobiy fikr bildirishdi.

Bolalar shifokori bo'limini ham qo'shib qo'ydik. Sekin to'ldirib boramiz.

Sizda ham tajribadan o'tgan doktorlar bo'lsa, bersangiz qo'shib qo'yamiz».

@Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

01 Aug, 18:31


2018-yilda boshlangan internet bahsiga yaqinda yo‘liqib qoldim. Videoda bir so‘z talaffuz qilinadi, odamlar buni 2 xil eshitadi: LORL (Lauerl) yoki YENNIY (Yanny).

Tadqiqotga ko‘ra, 47 % odam ushbu so‘zning avvalgi harfi «Y», qolgan 53 % i esa «L» ekanini aytgan.

Olimlar buni quloq va ovoz chastotasiga bog‘liq ekanini, bu so‘z past chastotali tovushni yaxshi eshitadiganlarga LORL, yuqori chastotani yaxshi ilg‘aydiganlarga YENNIY bo‘lib eshitilishini ta’kidlaganlar. Yosh o‘tgan sari yuqori chastotali ovoz quloq uchun «notanish» bo‘lib boradi. Demak siz videodagi ovozni YENNIY yoki shunga yaqin «Y» bilan boshlangan so‘z sifatida eshitgan bo‘lsangiz, qulog‘ingiz a’lo...

Bularning hammasi o‘z yo‘liga. Muhimi - bu holatdan hayotiy xulosalar chiqarishimiz. Masalan:

1. Eshitgan hamma narsangizga ishonavermang!
2. Odamzot bildirgan har qanday fikr xato bo‘lishi mumkin!
3. Siqilmang! Odamlar boshqacha eshitayotgandir!
4. Ixtilofga faqat so‘zlovchi emas, tinglovchi ham sababchi bo‘ladi!

@Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

31 Jul, 20:39


#Taqdim
#Tanituv

Bismillah...

Arab tili ixlosmandlari uchun navbatdagi tuhfa. 📚

Talabalardan kelgan nahviy savollarga javob beruvchi «Tafhimut tolibiyn» kitobining 3-qismi qarshingizda!

«Bu tilni Payg‘ambardan boshqasi to‘liq o‘zlashtira olmaydi», deganda Imom Shofe’iy naqadar rost so‘zlaganlar!

Kitobdan foyda olsangiz Allohdan, xato ko‘rsangiz yozgan bandasidan deb biling.
________________________________

📗 Kitob nomi: «Tafhimut tolibiyn», 3-qism (101-150).

✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin

📄 Kitob hajmi: 39 sahifa

📝 Mavzusi: Nahv (savol-javob)

📚 Kitobning 1-qismi: 👉 bu yerda 👈

📚 Kitobning 2-qismi: 👉 bu yerda 👈

📇 Savol yo‘llash uchun manzil: @nahviy_savollarga_javobbot

@Bayanul_lisan

Shamsuddin Sadruddin

27 Jul, 12:28


#Taqdim
#Tanituv

Bismillah...

Bir necha hafta oldin balog‘at fani haqida tasavvur beradigan arab tilida risola yozishni boshlagan edim. Bugun shu ish nihoyasiga yetdi. Bunga tavfiq bergan Zotga hamd, sababchi bo‘lgan o‘quvchilarimga tashakkur aytaman! Bu risola balog‘at ilmiga «kirish» sanaladi. Uni o‘qib siz «Fan muqaddimasi» bilan «Kitob muqaddimasi» orasini ajratib olasiz. Balog‘at mavzulari va maqsadlari, eng muhim atamalarining ta’riflari bilan tanishib chiqasiz. Risola balog‘at fanini endi o‘rganmoqchi bo‘lib turgan talabalarga manzur bo‘ladi degan umiddaman!
_________________________________

📗 Risola nomi: «Balog‘atning ikki - fan va kitob muqaddimasi haqida risola»
(رسالة في مقدمتي البلاغة علما وكتابا)

📝 Til: arabcha

✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin

📄 Risola hajmi: 10 sahifa

📝 Mavzusi: balog‘at

Kitobxondan iltimos, risolada uchratganingiz har qanday xato-kamchilik haqida bizga xabar qiling:
@Bayanul_lisan_bot

@Bayanul_lisan

Shamsuddin Sadruddin

10 Jul, 20:04


#Ibrat

Aytishlaricha, Muso alayhissalom mingdan ortiq kishilar bilan uch kun yomg‘ir so‘rab duo qilibdilar. Biroq duolari ijobat bo‘lmabdi. Payg‘ambar sababini so‘raganda Alloh: «Ichingizda chaqimchilik qilib yuradigan odam bor», deb javob beribdi. Muso alayhissalom u kishi kim ekanini so‘rabdilar. Alloh: «Men uni yomon ko‘rsam, qanday qilib amalini qilishim mumkin?!» deb chaqimchi kim ekanini aytmabdi. Biroz vaqt o‘tgach haligi chaqimchi vafot etgani, janozasi falon namozgohda o‘qilishi vahiy qilinibdi. Muso alayhissalom aytilgan namozgohga borsalar, u yerda yetmishta kishiga janoza o‘qilayotgan ekan...

Dushmanlarini shunday satrlagan Alloh do‘stlarini qanday satrlaydi deb o‘ylaysiz?!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ruku’ qiladigan chollar bo‘lmaganida... ustingizdan azob yog‘ilar edi» deganlar. Bu ummatning fazilatini ko‘ring! Oldingi ummatlarda bitta gunohkor kasofatidan minglab odamlar duosini rad etgan Zot bu ummatning bitta itoatkori sharofatidan osiylarga rahm qiladi.

@Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

09 Jul, 19:28


Meni yana qiziqtirayotgan savol: bu sahifamga anchadan beri hech narsa joylamayapman. Zerikkan chiqdi. Zerikmaganlar, tanishlar yo yaqin do‘stlar qoldi. E’tiroz (👎) kimdan bo‘ldi ekan?! Agar bu tanishlar yoki do‘stlar tarafidan bo‘lsa, iltimos, o‘zimga yozib ochiqlanglar!

Shamsuddin Sadruddin

09 Jul, 19:19


Alhamdulillah. Postimni guruhlariga tashlashgan chog‘i. 👍 lar 2 tadan shunchaga ko‘payibdi. Shayxning sahifalari shu birodarlargacha yetib borganidan xursandman.

Aytmoqchi, @Bayanul_lisan sahifasiga ham shu post tashlangan. ;)

Shamsuddin Sadruddin

09 Jul, 19:08


«Yoqmadi» (👎) belgisini atay ochiq qoldirganman. Maqsad - fikrlarimga boshqalarning xolis munosabatini bilish. Hozirgi postda nima ayb borligini hech tushuna olmadim. Fahsh tarqatuvchi sahifa ulashmadim shekil!

Nima yoqmadi o‘zi?! Sohasining katta olimimi? Ilmni yoyishmi? Shayx mansub bo‘lgan mazhabmi? Yoqtirmaslik sabablarini anglamadim, xullas.

Shamsuddin Sadruddin

09 Jul, 18:31


Hanafiy fiqhi fakulteti dekani Doktor Saloh Abul Hajj hazatlarining Telegramdagi sahifalarini kuzatib boring. Manzil: https://t.me/dr_salahhaj

Shamsuddin Sadruddin

24 Jun, 13:22


Kelajakda ateist robotlar bunday desa kerak: «Meni hech kim yaratmagan. Men oldin supurgi bo‘lganman. Keyin rivojlanib shunday holga kelib qoldim. Qanday supurgi bo‘lganim va supurgidan oldin nima bo‘lganim haqida hozircha menda hech bir fikr yo‘q». ;)

@Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

21 Jun, 19:58


Do‘stimning do‘sti Xasu o‘qishini bitiribdi! Sen ham yaxshi bitirib ol, Abror!)

Shamsuddin Sadruddin

21 Jun, 19:49


Do'stimiz Xasu o'qishni bitirib, uyga qaytarkan, oxirgi kuni video olgandi. Men ham o'sha kuni unga atab, berishni o'ylab yurgan kitobni berdim. Videoga ham tushib qolibman).

https://youtu.be/WD2emwZycQs?t=779

Shamsuddin Sadruddin

16 Jun, 05:41


Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng:

Tobut ortidan bir ayol baqirib: «Voy, otaginam-a, voy otam! Shu kungacha bunday og‘ir kunni ko‘rmaganman» deb yig‘lar edi. Shu payt Hasan Basriy rohimahulloh unga qarab: «Aksincha, sen emas, otang shu kunga qadar bunday dahshatli kunni ko‘rmagan», dedilar...

Bir kuni Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu qabristonga qarab: «Ey qabr egalari! Ey yolg‘izlik va zulmat egalari! Ey tor va kimsasiz yer egalari! Uylaringizda boshqalar yashayapti. Mol-mulklaringiz boshqalarga taqsimlab berildi. Ayollaringiz nikohlandi. Mana shu bizdagi xabarlar. Sizlarda nima gaplar?» deb xitob qildilar. Keyin do‘stlariga burilib: «Bilasizlarmi, agar ularga javob qaytarishga izn berilganida nima der edilar?!» dedilarda, so‘ngra o‘zlari javob berdilar: «Eng yaxshi safar anjomi taqvodir, - degan bo‘lar edilar»...

O‘lim - tilsiz nasihatgo‘y. O‘lim - boshlang‘ichning oxiri, oxirning esa boshlang‘ichidir. Kimgadir bayram, kimgadir motam! Ham visol, ham firoq. Ham maxfiy, ham jaliy. Kelishi tez, o‘tishi sekin! Eng ko‘p ko‘radiganimiz ham va eng ko‘p unutadiganimiz ham u!

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

@Shamsuddin_Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

11 May, 22:28


#Online_kurs

⚡️ «Arab tili bilan 30 kun» ⚡️
مع الضاد ثلاثين يوما

☝️ Arab tili imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kurs ochish niyatidaman.

1 oyga mo‘ljallangan bu kurs mutlaqo o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi.

Kursning qisqa mazmuni (📃):
- videolar asosida haftada 4 (x4) kun faqat vazifa beriladi;
- 1 (x4) kun vazifalar tekshirilib, muhokama qilinadi;
- 1 (x4) kun tarjima mahorati ustida ishlanadi;
- 1 (x4) kun dam olinadi; (😉)
- oyning so‘nggi ikki kuni imtihon, sarhisob va taqdirlash bilan o‘tkaziladi.

Kursda sizning quyidagi yo‘nalishlarda mahoratingiz oshishi kutilmoqda:
- 🦻 eshitib tushunish;
- 📜 o‘qib tushunish;
- ✍️ insho yozish;
- 🔄 to‘g‘ri va badiiy tarjima qilish (arab tilidan o‘zbek tiliga).

👤 O‘qituvchi: Shamsuddin Sadruddin; oliy ma’lumotli; C1 sertifikatiga ega.

📲 Kursda qatnashish, aniq vaqti, narxlari va boshqa ma’lumotlarni olish uchun 👉 @Bayanullisan_admin 👈 ga murojaat qiling!

Shamsuddin Sadruddin

19 Apr, 12:22


Assalomu alaykum! O‘qish va ishlar bilan bo‘lib @Shamsuddin_Sadruddin sahifasiga tuzukroq postlar joylay olmayapman. Shunga sizlarga mana bu sahifani tavsiya qilmoqchiman: 👉 https://t.me/silence_loversss 👈. Har kuni nimadir o‘qib turasiz!)

Nasib bo‘lsa, o‘zimning sahifamda yana ilmiy maqolalar yozib ulasha boshlayman.