Ingliz tilini o'rganamiz @ingliz_tiliuz Channel on Telegram

Ingliz tilini o'rganamiz

@ingliz_tiliuz


Ingliz tilini noldan boshlab mustaqil o'rganing.

Aloqa uchun: @ingliz_tiliuzbot

Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/141

Ingliz tilini o'rganamiz (Uzbek)

Ingliz tilini o'rganamiz kanalimiz Sizga ingliz tilini noldan boshlab o'rganish imkoniyatini taqdim etadi. Bu kanal orqali, Siz ingliz tilining asoslarini va rivojlanishini o'rganib, o'z egatingizga qo'yadigan mahoratni yaratishingiz mumkin. Kanalimizga a'zo bo'lib, har kuni yangi darslar va vazifalar bilan tanishing, ingliz tilini chuqur tushunishingizga yordam beramiz. Sizga yordam beringan botimiz @ingliz_tiliuzbot orqali savollaringizni yuborishingiz va ingliz tilini o'rganishda yordam so'rab olishingiz mumkin. Bizning kanalimiz reklama xizmatini taklif qiladi, bu orqali siz ham o'zingizning kanalingizni kengaytirib, ko'rsatib turishingiz mumkin. Sizga ingliz tilini o'rganishda yordam beradigan kanalimizga a'zo bo'ling va yangi bilimlar o'rganganizda o'zning o'zingizda qanday o'zgarishlar yaratganini hisoblang. Ingliz tilini o'rganamiz kanalimiz sizni ingliz tilini yaxshi darajada o'rganishda, yangi imkoniyatlar ochishda yordam beradi. Siz ham o'zingizda yangiliklar yaratishga tayyormisiz?

Ingliz tilini o'rganamiz

27 Oct, 15:13


📣Ingliz tilini qanday o‘rganish siz uchun qulay bo‘lsa shunday o‘rganing. Sizni qulayiga yo‘naltirish bizdan. Tanlang:

▶️ Audio so‘zlashgich orqali o‘rganish
Videokurs orqali o‘rganish
📚 Kitoblar orqali o‘rganish
💖 Audiokitoblar orqali o‘rganish
⚡️ Lug‘atlar orqali o‘rganish
Grammatika orqali o‘rganish
🎬 Filmlar orqali o‘rganish
🎤 Qo‘shiqlar orqali o‘rganish
IELTS'ga tayyorlanish
😎 CEFR'ga tayyorlanish
💬 Speaking'ni o‘stirish

Ingliz tilini o'rganamiz

26 Oct, 05:10


#Cartoon
😎 Ko'ring va so'zlarning talaffuziga e'tibor bering
💖 «Folktales: Around the World (1)»

Inglizcha subtitrda

👉 ️@ingliz_tiliuz

Ingliz tilini o'rganamiz

24 Oct, 16:32


Turk tilini shunaqa oson o‘rgansa ham bo‘larkan:
Turk tili oson

Ingliz tilini o'rganamiz

24 Oct, 05:01


#Grammar_time

🔖 Mavzu: Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (2-qism)

💡Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:
💡to forget - esdan chiqarmoq, yoddan koʻtarilmoq degan ma'nolarda to infinitive bilan qoʻllaniladi. Ish-harakat bajarilmay qoladi.
🔹️I forgot to lock the door, it was left open. (Eshikni kalitga yopish yodimdan koʻtarilibdi, u ochiq qoldi.)
💡to forget - unutmoq, esdan chiqarmoq degan ma'nolarda avval sodir boʻlgan ish-harakatni eslay olmaslikni bildiradi va gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔹️I forgot lending you any money. (Sizga qarzga pul berganimni eslay olmayapman)

💡to stop - toʻxtamoq (biror ish qilish maqsadida) ma'nosida to infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔹️He stopped to smoke. (U chekish uchun toʻxtadi.)
🔹️After 2 hours we stopped to have a snack. (Ikki soatdan keyin biz tamaddi qilib olish uchun toʻxtadik.)
💡to stop - toʻxtatmoq, tugatmoq (biror ish-qilishni) degan ma'nolarida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔹️He stopped smoking. (U chekishni toʻxtatdi/tashladi)
🔹️When she came in, we stopped talking. (U kirganida, biz gaplashishni toʻxtatdik)

💡to need - kerak, lozim boʻlmoq ma'nolarida gapning egasi shaxs (ish-harakat bajaruvchisi) boʻlganda aniq nisbatda to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔹️I need to get up early tomorrow. (Men ertaga erta turishim lozim)
💡to need - kerak, lozim boʻlmoq majhul nisbat ma'nosida gerund bilan qoʻllaniladi.
🔹️My car needs cleaning. (Mashinam tozalanishi kerak.)
🔹️My grandmother is old. She needs looking after.

💡Yuqoridagi ma'noda to want/require fe'llari ham gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔹️My car wants cleaning.

💡to go on - biror ish qilishda davom etish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔹️We must change our ways. We can't go on living like this any more.
💡to go on - biror ish qilishdan ikkinchi ishga oʻtish ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔹️Jack was busy writing letters. Then he went on to do his homework.

💡to mean - biror ish qilishni anglatadi, bildiradi degan ma'noda gerundiy bilan qo'llaniladi.
🔹️In those days, being a student meant spending long hours in the library. (O'sha paytlarda talaba bo'lish kutubxonada uzoq vaqtlab o'tirishni bildirar edi)
💡to mean - niyatda bo'lmoq degan ma'noda to+infinitive bilan qo'llaniladi.
🔹️Sorry, I didn't mean to hurt your feelings. (Kechirasiz, Sizni ko'nglingizga tegish niyatim yo'q edi)

💡to learn/teach - biror fanni o'rganish/o'rgatish, dars berish ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
🔹️She teaches painting at a local adult education centre.
💡to learn/teach - biror ish qilishni o'rganish/o'rgatish, ko'nikmaga ega bo'lish ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
🔹️I'd love to learn to paint well.

💡to imagine/consider - o'ylamoq, tasavvur (hayol) qilmoq degan ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
🔹️I'm considering going to evening classes.
🔹️Imagine being a graduate!
💡to imagine/consider - (sifatida) bilmoq, (sifatida) tasavvur qilmoq degan ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
🔹️Everyone considers it to be the best grammar book on the market.
🔹️I imagine him to be a good teacher.

​​​​​➡️ ️@ingliz_tiliuz 

Ingliz tilini o'rganamiz

23 Oct, 15:03


#Vocabulary

🚩 His-tuyg'ularni ifoda etuvchi so'zlar to'plami

💥 Absolutely - So'zsiz
💥 Alas! - Attang! Afsus!
💥 Exactly so - Aynan shunday
💥 Oh, my God! - Ey Hudoyim!
💥 I don't know what to say - Bir nima deyishni ham bilmayman

💥 Oh, damn! - Jin ursin!
💥 Really? - Rostdanmi?
💥 I can't believe it! - Bo'lishi mumkin emas!
💥 I hope so - Shunday deb umid qilaman
💥 I feel ill - O'zimni yomon his qilyapman

💥 I feel good - O'zimni yaxshi his qilyapman.
💥 Not a bit - Hechamda
💥 That's nice - Hammasi joyida
💥 No way! - Befoyda, Foydasi yo'q!
💥 It is none of your business! -  Ishingiz bo'lmasin!

💥 That's too much - Bu endi oshib tushdi
💥 That's wonderful  - Bu ajoyib
💥 My feelings were hurt - Meni hissiyotlarim toptaldi
💥 My hope is betrayed - Mening umidim sindi
💥 Vice versa - Aksincha

💥 Who knows - Kim bilsin
💥 What a good chance! - Qanday omad!
💥 Wonderful! - Ajoyib, Qoyil
💥 With pleasure - jonim bilan
💥 What a pity! - Qanday achinarli!

​​​​​➡️ ️@ingliz_tiliuz

Ingliz tilini o'rganamiz

23 Oct, 14:00


📣📣📣 Ulgurib qoling!

🧡 English Learners! ⭐️ 
🔈 30/40 Day Challenge ga start berishga tayyormiz! 

📚 Kurs barcha darajadagi oʻrganuvchilar uchun: 
👶 Beginner: 30 kun 
🌱 Elementary: 30 kun 
🧑‍🎓 Pre-Intermediate: 40 kun 
🎓 Intermediate: 40 kun 

🔥 ENG ARZON NARXDA, ENG SIFATLI TA’LIM!
💸 Ajoyib imkoniyat! O‘zingiz uchun ortiqcha sarflanishlarsiz, sog‘ligingiz va hayotingizga e’tibor bering. Bizda esa➡️ MAKSIMAL SIFAT-MINIMAL NARX

🩶ENG tajribali oliy ma'lumotli (WEBSTER UNIVERSITY'S graduates🎉) öqituvchilar xizmatingizda.
🌱 Main teacher va Support teacher hamrohligida TARGET natijangizga osonlik Nolan erishing!
📈 Bu kurs orqali darajangizni 100% kafolat bilan oshirasiz! 
🔖 Har kuni yangi darslar 
🧠 Yodlash texnikalari va nazorat bilan muvaffaqiyatga tezroq yetishasiz! 
🔥 Siz uchun mos, samarali va jonli feedbacklar bilan yuqori natijalar! 

“Ta’lim — eng yaxshi sarmoya.”
💸 Pulni tejab, ta’lim oling — bu kursni boshlash vaqti hozir! Siz butun koinotga keraksiz, azizlarim! 🌐

💥 Shoshiling! Joylar cheklangan!

🌟 Ro‘yxatdan o‘tish va kurs narx haqida batafsil bilish uchun quyidagi havolaga öting⤵️
https://t.me/pari_englishhub

Ingliz tilini o'rganamiz

22 Oct, 05:09


#Grammar_time

🔖 Mavzu: Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (1-qism)

💡Ingliz tilida (oldingi darslarda o'rganilgan fe'llardan tashqari) qaysi fe'ldan keyin gerundiy yoki infinitiv ishlatilishining qat'iy qoidasi yoʻq. Ammo siz fe'lning ma'nosidan kelib chiqib, undan keyin nima qoʻllanishini bilib olishingiz mumkin.
💡Gerundiyda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'l bilan bir vaqtda sodir boʻladigan yoki undan oldin sodir boʻlgan ish-harakatni ifodalaydi:
🔹️I enjoy swimming. (bir vaqtda sodir boʻladi…suzayotganda zavqlanaman)
🔹️I regret buying that coat. (sotib olish oldin boʻlgan…sotib olganimdan afsusdaman)

💡Infinitivda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'ldagi ish-harakatdan keyin sodir boʻladigan ish-harakatni bildiradi.
🔹️We hope to see you next week. (hozir umid qilaman seni keyingi hafta koʻrishga)
🔹️We decided to buy a new house.(oldin qaror qildik, endi sotib olamiz)

💡Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:
🔹️to remember - esga tushmoq (oldin esga tushib, keyin biror ish-harakatni bajarsak) remember+to infinitive qoʻllaniladi.
🔹️I remembered to post the letter which was urgent. (…esimga tushdi va keyin xatni joʻnatdim.)
🔹️to remember - xotirlamoq, eslamoq (avval, oʻtmishda sodir boʻlgan ish-harakatni eslasak) remember+gerund qoʻllaniladi.
🔹️I still remember walking with Jane along the river. (Men haligacha Jeyn bilan daryo boʻylab sayr qilganimni eslayman.)

🔹️to regret - afsusda boʻlmoq (biror xabarni aytishda regret to say/to tell/to inform/ to confirm/to report fe'llari bilan qoʻllaniladi.)
🔹️I regret to tell you that your application hasn't been accepted. (Sizning hujjatingiz qabul qilinmaganligini aytishdan afsusdaman.)
🔹️to regret - pushaymon boʻlmoq (avval qilingan ishdan afsusda boʻlish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi)
🔹️I regret being so rude to her. (Unga qoʻpol munosabatda boʻlganimdan pushaymonman.)
🔹️He regrets buying (or having bought) an Opel. He would rather have bought a BMW.

🔹️to try - urinmoq, harakat qilmoq ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔹️I tried to open the door but I couldn't. (Men eshikni ochishga harakat qildim, ammo qoʻlimdan kelmadi.)
🔹️Please try to be quiet when you come home. Everybody will be asleep.
🔹️to try - sinab koʻrmoq ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔹️If you don't like Coca-Cola, try drinking Pepsi. (Agar Koka-Kolani yoqtirmasang, Pepsi ichib koʻr.)
🔹️If the mashine doesn't work, try pressing the green button again. (Agar uskuna ishlamasa, yashil tugmani yana bosib ko'ring)

​​​​​👉 ️@ingliz_tiliuz

Ingliz tilini o'rganamiz

18 Oct, 09:03


6. O‘yinlar orqali til o‘rganing
Hattoki kichik tanaffus yoki hordiq vaqtida ingliz tilini o‘rganishda davom etish mumkin. Wikium yoki Learnenglishkids kichik o‘yinlar orqali xotirangizni o‘stirishingiz, tezkor javob qaytarish va e'tiboringizni yaxshilash imkoniga egasiz. Saytning ingliz tilidagi talqinini tanlang va vazifalarni bajaring. Jumboqlarni yechish sizdan ingliz tilidagi so‘z va atamalarni tez vaqt ichida yod olishni talab etadi, buning evaziga xohlagan sevimli kompyuter o‘yiningizni ingliz tilida o‘ynash imkoni beriladi. Bu usul bir vaqtning o‘zida ham dam olish, ham bilim egallashga ko‘maklashadi.

7. Ingliz tilidagi serial va filmlarni subtitrlari bilan tomosha qiling
Til o‘rganishning yana bir samarali yo‘li ingliz tilidagi seriallarni kadr ostidagi yozuvlari bilan birgalikda tomosha qilishdir. Bu chet tilini eshitib tushunishga, yangi so‘zlarning yozilishini va to‘g‘ri talaffuzini egallashga xizmat qiladi.
Ularni ham o‘z bilim darajangizga qarab tanlab olishingiz mumkin. Internet tarmog‘ida ingliz tilidagi film va seriallarga mo‘ljallangan saytlar keragidan ortiq. Biz boshlanishiga quyidagilarni tavsiya etamiz: 
Ororo;
Show-English;
Lingualeo.

8. Sevimli qo‘shiqchingiz bilan birgalikda kuylang
Qo‘shiqlar — til o‘rganishning ajoyib vositasi. Sevimli qo‘shiqchi yoki guruh bilan birgalikda kuylab so‘z yodlash, mazmunni tushunish va talaffuzni o‘stirish mumkin. 
Ushbu saytlarda juda ko‘p qo‘shiqlar matnlarini uchratishingiz mumkin:
Online Teachers UK;
Lyrsense;
Native English.

Shuningdek, Shazam dasturidan ham foydala olasiz. U nafaqat qo‘shiqlarni izlab beradi, balki sizga so‘zlarni taqdim etib, ijrochi bilan kuylash imkoniyatini yaratadi.

⤴️ Xulosa
Til o‘rganishning asosi tizimlilikdan iborat. Odatlaringizni biz o‘rgatganday o‘zgartiring va tez orada uning samarasini payqaysiz. So‘z boyligingiz, talaffuz qobiliyatingiz va tinglab tushunishga oid bilimlaringiz oshishi kafolatlangan. Qolaversa, bu tavsiyalar katta vaqt va kuch talab etmaydi.

Nazokat Qarshiyeva tayyorladi

​​​​​👉 ️@ingliz_tiliuz

Ingliz tilini o'rganamiz

18 Oct, 08:00


Oyiga 800$ gacha online oylik olish endi muammo emas!

Imkoniyatlarimiz:
-350$-700$ gacha oylik;
-Ish turi online;
-Oshib boruvchi oylik;

Batafsil ma'lumot uchun kanalimizga qo'shiling va soat 21:30 dagi ovozli chatimizda qatnashing:
https://t.me/+BDbBFuGAboAxZGRi
https://t.me/+BDbBFuGAboAxZGRi

Ingliz tilini o'rganamiz

17 Oct, 10:35


📚 Abituriyent va talabalar uchun turli fanlardan bepul va sifatli videodarslar shu yerda

Ingliz tilini o'rganamiz

17 Oct, 05:07


#Grammar_time

🔖 Mavzu: Bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) ishlatilishi

💡Quyidagi fe'llar oʻzidan keyin bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv ) boʻlishini talab qiladi. Bu fe'llar nutqda juda koʻp qoʻllanilgani bois, men ularni buyuk fe'llar metaforasi bilan atayman.
🔹️ make - majburlamoq
🔹️ let - ruxsat bermoq, yo'l qo'ymoq
🔹️ have - yollamoq, koʻndirmoq
🔹️Hot weather makes me feel tired. (Issiq havo meni charchatadi)
🔹️Her parents wouldn't let her go out alone. (Uning ota-onasi unga yolg'iz koʻchaga chiqishga ruxsat berishmaydi.)
🔹️I had Jack write all my notes. (Men Jekga hamma konspektlarimni yozdirdim.)
🔹️I made him promise that he wouln't tell anyone what had happened.

💡Majhul nisbatda:
🔹️We were made to wait for two hours. (Bizni ikki soat kutishga majbur qilishdi)

💡Let's (Let us) - Keling… iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllaniladi.
🔹️Let's go swimming tonight. (Kelinglar, bugun kechqurun suzishga boramiz.)

💡Why/Why not….? - Nimaga/Nimaga…emas? iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllanishi lozim.
🔹️Why wait for them? (Nimaga ularni kutamiz?)
🔹️Why not go to a restaurant tonight? (Nimaga kechqurun restoranga bormaymiz? (boraylik degan ma'noda)

💡anything but/… nothing but/except+bare infinitive qurilmasining ishlatilishiga ham e’tibor bering:
🔹️He does nothing but yawn at the lessons. (U darsda faqat esnab o'tiradi)

💡Agar ketma-ket bir nechta infinitiv qoʻllaniladigan boʻlsa, ikkinchi fe'l to qo'shimchasiz ishlatiladi.
🔹️We decided to come and see you.

​​​​​👉 ️@ingliz_tiliuz 

Ingliz tilini o'rganamiz

15 Oct, 05:22


#Grammar_time

🔖 Mavzu: Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi

🔹️want –
xohlamoq
🔹️expect - kutmoq
🔹️would like -
xohlamoq
🔹️ask -
soʻramoq
🔹️mean - niyatda boʻlmoq
🔹️would prefer -
afzal koʻrmoq

💡Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin:
💡verb+to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi)
🔹️He would like to come. (U kelishni xohlaydi)
🔹️I asked to see the manager. (Men menejer bilan ko'rishishni so'radim)
🔹️We expected to be late.
💡verb+object +to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.)
🔹️He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.)
🔹️I asked Tom to help. (Men Tomdan yordam berishni so'radim)
🔹️We expected him to be late.

💡help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to+infinitive yoki bare infinitive qoʻllanishini mumkin.
🔹️Can somebody help me (to) move this table?

💡Quyida keltirilgan fe'llar esa asosan verb+object+to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.
🔹️tell - aytmoq
🔹️warn - ogohlantirmoq
🔹️enable - imkon bermoq
🔹️order - buyurmoq
🔹️force - majburlamoq
🔹️teach - oʻrgatmoq
🔹️remind - esga solmoq
🔹️invite - taklif qilmoq
🔹️persuade - koʻndirmoq
🔹️get - koʻndirmoq (to get somebody to something)
🔹️cause - sabab boʻlmoq
🔹️entitle - huquq bermoq
🔹️challenge - chaqirmoq, chorlamaoq
🔹️dare - undamoq
🔹️convince - ishontirmoq
🔹️hire - yollamoq
🔹️urge - undamoq
🔹️instruct - koʻrsatma bermoq
🔹️require - talab qilmoq
🔹️Remind me to phone Ann tomorrow. (Ertaga menga Annaga telefon qilishimni eslatgin)
🔹️He warned me not to touch anything. (U meni hech narsaga tegmaslik haqida ogohlantirdi)
🔹️I got Jack to repair my car. (Men Jekka mashinamni tuzattirdim)
🔹️Who taught you (how) to drive?

💡Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering.
🔹️I was warned not to touch anything.

💡Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, infinitive qoʻllanishi lozim.
🔹️ allow - ruxsat bermoq
🔹️
recommend - tavsiya qilmoq
🔹️
permit - ruxsat bermoq
🔹️
encourage - ruhlantirmoq
🔹️
advise - maslahat bermoq
🔹️ urge - undamoq
🔹️I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
🔹️I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
🔹️They don't allow parking in front of the building.
🔹️They don't allow people to park in front of the building.

⤴️Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz:
🔹️Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan)
🔹️You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan)

​​​​​👉 ️@ingliz_tiliuz 

Ingliz tilini o'rganamiz

14 Oct, 14:02


#Listening_with_text

📣 How Han Kang won the Nobel Prize

We start with a South Korean female author making history.
For more on Han Kang's Nobel Prize win, I'm joined by our culture correspondent, Song Yoo-jin in the studio.
Welcome, Yoo-jin!

Great to be here, Jung-min!

What a huge moment for Korean literature, right?

Absolutely!
I got goosebumps when I heard the news that Han Kang was announced as the winner.
To celebrate her win, I looked into what has made her work resonate so deeply with international readers.
Let’s take a look.

"The Nobel Prize in Literature for 2024 is awarded to South Korean author Han Kang."

History made. Again.
That's how author Han Kang’s remarkable three-decade-long career can be described.
Han has become the first South Korean writer to receive the prestigious award, and only the second Nobel laureate in Korean history, following the late former President Kim Dae-jung’s Nobel Peace Prize in 2000.
The 53-year-old is also the first Asian woman and the 18th female author to receive the honor.

"I'm honored and I really appreciate your support, the support of the prize. And yeah I just appreciate it."

While this may be her first Nobel win, Han is already a celebrated figure in Korean literature.
She rose to international fame when she became the first and only Korean to date to win the Man Booker International Prize for her novel "The Vegetarian."
Alongside the Nobel Prize and France’s Prix Goncourt, it’s considered one of the world’s three major literary awards.

"Han Kang’s Booker win opened the door for more Korean literary works that incorporate unique perspectives and timely themes to be published and translated globally. This has led to greater interest in Korean literature."

So, what sets Han's work apart?

"She has a unique awareness of the connections between body and soul, the living and the dead, and in a poetic and experimental style, has become an innovator in contemporary prose."

But her works couldn't have touched readers worldwide without skilled translation.

"She has consistently explored the depths of society and history, seeking true love and inner beauty in her works. Her unique writing style, praised by the Nobel Committee, has been brilliantly captured by her translators, resonating deeply with international readers and fostering empathy."

With this historic win, Han Kang is paving the way for Korean literature to shine even brighter on the global stage.

I’m excited to see what amazing achievements Korean literature will reach next!
And I’m sure many of our international viewers are curious about Han Kang’s works after her big win.
Which of her books would you recommend?

Jung-min, do you have a personal favorite?

I’d have to go with her most well-known book, "The Vegetarian."

I knew it!
I can read you like a book.
Going back to your question, the Nobel Committee asked Han Kang the same question right after her win.
The author recommended "I Do Not Bid Farewell," which last year won the Prix Medicis for foreign literature.
It’s set to be published in English with the title "We Do Not Part" next January.
Han says that the book will be a great starting point for those who are new to her work.
She also suggested "Human Acts" and "The White Book," which she describes as a very personal book for her because it's quite autobiographical.
And of course, there's "The Vegetarian," which won her the Booker Prize.

So many great choices to check out this fall!
And Yoo-jin, I completely agree that skilled translation is essential for Korean literature to gain more global recognition.
What’s being done to support this?

The Literature Translation Institute of Korea has been running its translation academy since 2008, to nurture future literary translators.
Many of the translators involved in Han Kang’s works have come from this program. ...

My pleasure.

​​​​​👉 ️@ingliz_tiliuz 

Ingliz tilini o'rganamiz

14 Oct, 05:58


💖 Gapirish

Ovoz chiqarib o'qing. Ovoz chiqarib o'qish sizga a'lo darajada mashq qilish imkonini beradi. Yodingizda saqlang, tajriba kamolotga yetkazadi. Ovoz chiqarib o'qish bilan siz grammatik jihatdan bekamu-ko'st  ingliz tilida gapirayotgan bo'lasiz. Agar siz odatiy suhbat qursangiz, albatta, xatoliklar bo'ladi. Bu narsa nafaqat til o'rganuvchilariga, balkim o'z tilida so'zlashuvchilar uchun ham xosdir. Agar bir xil xatolar doimiy ravishda qaytarilaversa, ularni to'g'irlash ham shunchalik qiyinlashaveradi. Shuningdek, bu jarayonda siz odatda ishlatmaydigan so'zlarni ham uchratasiz. Oddiy bir soatlik suhbatda taxminan 30 daqiqa bir qancha xatolar bilan gapirishingiz mumkin, lekin ovoz chiqarib o'qiganingizda esa siz bir soat grammatik xatolarsiz yangi so'zlarni ishlatib gapira olasiz .

💖 Sarflanadigan vaqt: kamida 1-2 soat.

Yuqorida aytib o'tilganlarni har kuni bir oy davomida bajaring va sizga va'da berib ayta olamanki, til ko'nikmangiz qay darajada rivojlanganini o'zingiz his etasiz. Tilni puxta o'rganishni hech qanday siri yo'q, shunchaki hayotingizni butunlay boyitadigan biror nimani zabt etish uchun sizdan qattiq mehnat qilishingiz talab etiladi, xolos.

Omadli insonlar omadsizlar qilgisi kelmagan ishlarni bajarganlardir!

Sizni bu sayohatingizda barcha ezgu tilaklarni tilab qolamiz!

​​​​​👉 ️@ingliz_tiliuz 

Ingliz tilini o'rganamiz

14 Oct, 05:58


#Maqola

⚡️ Ingliz tilini samarali o'rganish usullari

Ingliz tilini o’rganishni ikki qismga bo’lish mumkin: input va output.

😎Input o’qish va tinglashdan iborat, output esa yozish va so’zlashdan. Aniqroq aytganda, yaxshi darajadagi outputga erishish uchun, sizda juda ko’p input bo’lishi kerak. Bu xuddiki bola gapirishni boshlashidan oldin qanchalik uzoq vaqt tinglashiga o’xshaydi. Biz katta odamlar esa gapira olishga urinishdan oldin, ikki yil kuta olmaymiz, ammo bizda input qancha ko’p bo’lsa, biz shuncha ko’p output ishlab chiqara olamiz. Xuddi shu narsa o’qish va yozishga ham xosdir. Qancha ko’p o’qisangiz, shuncha yaxshi yoza olasiz. Qancha ko’p o’qisangiz, yozsangiz va tinglasangiz, shu yaxshi gapira ham olasiz.

Barcha ingliz tilini jiddiy o’rganuvchilarga maslahatim, maqsadingizga tezroq olib boradigan yo’ldan boring. Ya’ni effective emas, efficient ishlashga harakat qiling. Yillar davomida xorijiy tillarni o’rganish va o’qitish tajribamga asoslanib, men siz uchun tilning har bir jabhasini o’rganishni eng samarali usullarini yig’dim.

Output

💖 O'qish


Kuniga hech bo’lmasa 5 ta so’z o’rganing. Bir tomoniga yangi so’z, ikkinchi tomoniga uning ma’nosi yozilgan stiker yoki qog’oz bo’lakchalaridan fordalaning. So’zlarga qarab, ularni ma’nolarini aytishga harakat qiling. So’z izohlarini iloji boricha qisqa va aniqroq qilib yozing. 5 tadan 7 tagacha so’zlar yodlash yetarlidir. Agar siz har kuni 5 ta so’z yodlasangiz, bir yilda 1825 ta so’z bo’ladi. Siz shu yo’sinda davom etsangiz, bir necha yil ichida ingliz tilida yozilgan deyarli barcha narsani tushuna olasiz.

💖Sarflanadigan vaqt: 30 daqiqa.

💖 Tinglash

Ingliz tilidagi podcast yoki radio tinglang. Ingliz tilida tinglashdan maqsad qisqa muddat ichida iloji boricha ko’proq so’zlarni eshitishdir. Bitta so’zni qancha ko’p eshitsangiz, shu so’zni shuncha yaxshi tushuna olasiz. Shuning uchun ingliz tilida radio tinglash eng samarali usuldir. Bunday audio larda turli so’zlar ishlatiladi, telivizordan farqli ravishda vizual vositalardan foydalinilmaydi. Mashina haydash, ovqat tayyorlash, ovqatlanish, kiyinish kabi va boshqa mashg’ulotlar bilan band ekanligingizda iloji boricha ko’proq radio tinglashga harakat qiling. Agar qo’lingizdan kelsa, uxlashdan oldin ham va ertalab uyg’onganingizda ham ingliz tilidagi audiolarni tinglang. Bu sizning miyangizga ingliz tiliga moslashishga yordam beradi.

💖 Yozish ko'nikmasi

Bir kundalik tutib, unga har kuni kamida 500 ta so'z yozing. Doimiy ravishda yozib borish bilan siz barcha o'rganganlaringizni mustahkamlab borgan bo'lasiz. Shuningdek, bu narsa sizni yozayotganlaringizni to'g'ri ekanligini tekshirishingizga undaydi. Bu intensiv ravishda fikringizni bir joyga jamlash jarayoni beixtiyor miyangizdagi bir talay ma'lumotni tartibga solishingizga yordam beradi. Istagan narsangiz haqida yozing, ammo yangi so'zlar va turli grammatik strukturalar ishlatishga o'zingizni undang.

💖 Sarflanadigan vaqt: 30 daqiqa.