𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜 @toshkentyoshlariuz Channel on Telegram

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

@toshkentyoshlariuz


𝐓𝐨𝐬𝐡𝐤𝐞𝐧𝐭 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐦𝐚𝐬𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐭𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢

𝐌𝐮𝐫𝐨𝐣𝐚𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐦𝐢 @yoshlar_portali_bot

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜 (Uzbek)

Toshkent yoshlari - bu toshkent shahar yoshlar ishlar boshqarmasinining rasmly teleg'ram kanali✅nnBu kanalda Toshkent shahridagi yoshlar o'rtasida muhokama va maslahatlar bo'yicha portali @yoshlar_portali_bot mavjud. Kanalda Toshkentdagi yoshlar uchun men maqolalar, intervyular, ijodiy ishlar, yangiliklar, va ko'pgina boshqa foydali materiallar taqdim etaman. Agar siz Toshkentdagi yaxshi va foydali yangiliklardan xabardor bo'lishni xohlaysiz, unda bu kanal aynan siz uchun!

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

04 Dec, 11:21


#Meningkonstitutsiyam

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlangan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

🗣 Davra suhbatida "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi N.A.Ovlaqulov, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

✍️ Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning mazmuni, mohiyati, ahamiyati hamda Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi ekanligi to'g'risida fikr yuritildi.
Konstitutsiyaga kiritilgan yangi normalarga alohida to'xtalib mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

🗄 Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

04 Dec, 10:35


⚡️“Yoshlar forumi-2024” doirasidagi “Kasblar tanlovi”ning Toshkent shahar bosqichida yosh nonvoylar mahorat maydonida o‘zaro bellashdilar.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Kasblartanlovi” uch bosqichda amalda oshiriladi. Bunda “Yoshquruvchi”, “Payvandlash ustasi”, “Elektromontaj ustasi”  “Novvoychilik” hamda “Dizaynerlik” yo’nalishlarida tumanlardan g’olib bo’lgan 18-21 yosh toifasidagi (bunda,dizaynerlik yo’nalishida 31 yoshga to’lmagan) yoshlaro’zaro bahs olib borishadi.
Joriy yilning 3-6 dekabr kunlari respublikamizningbarcha hududlarida ushbu tanlovning barcha yo’nalishlari o’tkazilishi belgilab olingan.

Joriy yil 3-dekabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumani joylashgan Respublika kasbiy ko’nikmalar markazi “Ishga marhamat mono markazi”da tashkil etilgan ushbu tanlovning “Novvoychilik” yo’nalishlarida tumanlardan g’olib bo’lgan yoshlarimiz o’zaro bahs olib borishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

04 Dec, 07:40


⚡️“Yoshlar forumi-2024” doirasidagi “Kasblar tanlovi”ning Toshkent shahar bosqichida yosh elektriklar mahorat maydonida o‘zaro bellashdilar.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Kasblartanlovi” uch bosqichda amalda oshiriladi. Bunda “Yoshquruvchi”, “Payvandlash ustasi”, “Elektromontaj ustasi”  “Novvoychilik” hamda “Dizaynerlik” yo’nalishlarida tumanlardan g’olib bo’lgan 18-21 yosh toifasidagi (bunda,dizaynerlik yo’nalishida 31 yoshga to’lmagan) yoshlar o’zaro bahs olib borishadi.
Joriy yilning 3-6 dekabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida ushbu tanlovning barcha yo’nalishlari o’tkazilishi belgilab olingan.

Joriy yil 3-dekabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumani joylashgan Respublika kasbiy ko’nikmalar markazi “Ishga marhamat mono markazi”da tashkil etilgan ushbu tanlovning “Elektromontaj ustasi” yo’nalishlarida tumanlardan g’olib bo’lgan yoshlarimiz o’zaro bahs olib borishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

23 Nov, 10:15


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent atrofida "yashil belbog’” barpo etish doirasidagi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

23 Nov, 04:08


⚡️Yoshlar uchun yana bir imkoniyat!

24-noyabr soat 10:00 da Xalqlar do'stligi saroyida "25 yoshgacha biznes boshlaganlar" forumi bo'lib o'tadi. Forumda Startup loyihalari tanlovi hamda "Top Menejer Auksioni" bo'lib o'tadi.

Men ham ushbu tadbirda Spiker sifatida ishtirok etaman, sizlarni ham ushbu forumga taklif qilaman.
Forumda ishtirok etish uchun;

Pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting;

Kelajakdagi maqsadingizni 1 ta gap bilan ifodalab bering;

Ro'yxatdan o'tish muddati: 🗓23-noyabr, 18:00.

https://forms.gle/By5EixHmcH4HWs668

Manzil: Xalqlar do'stligi san'at saroyi

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

23 Nov, 04:06


🔆Kitobxon yoshlar diqqatiga!

🇺🇿 Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan kitobsevar yoshlarning bilim va salohiyatini namoyish etish, ularni rag'batlantirish maqsadida "Men sevgan asar" insholar tanloviga start beriladi. 🏁
Ishtirokchilar o'zlari sevib o'qigan asar 📚 bo'yicha 300ta so'zdan kam bo'lmagan insho yozishlari talab etiladi🤓.

🏆1-2-3-o'rinlar maxsus sertifikat hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.
‼️Eslatma: Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati 29-noyabr🗓

🙋‍♀️🙋‍♂️Qatnashish istagida bo'lgan yoshlar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:👇👇
https://forms.gle/gLPTvLgUhW7Sptvx5

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

22 Nov, 10:36


🇺🇿 “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi davom etadi.

✈️ Turizm jahon iqtisodiyotida daromadli va jadal rivojlanib boruvchi sohalardan biri sanaladi. Bu soha bozorining asosiy segmentlaridan biri esa — yoshlardir. Shundan kelib chiqqan holda bugun Toshkent shahridagi “Zakovat arena”da turizmga qiziquvchi yoshlar uchun soha mutaxassislari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda sohaga qiziquvchi yoshlar uchun bir qator imtiyoz va imkoniyatlar haqida ekspertlar tomonidan qiziqarli ma’lumotlar va kerakli maslahatlar berildi.

Xususan, Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, “HotelPro management” kompaniyasi, “Whyndham Garden” Toshkent mehmonxonasi kabi tashkilotlar vakillari yoshlarni soha bo‘yicha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

20 Nov, 07:27


Prezidentimiz Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.

Prezident Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab bo‘lmasligi qayd etildi.

Shu bois Hukumat o‘z faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerak, buning uchun unga kuchli rahbar, ya’ni, Bosh vazir zarur.

Davlatimiz rahbari bu masalani atroflicha o‘ylab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini aytdi.

Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani ta’kidlandi.

Ushbu nomzod bugun Hukumat oldiga qo‘yilgan, ko‘lami va miqyosi benihoya katta bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

20 Nov, 06:14


Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida qatnashmoqda va bir qator masalalarga to’xtalib o’tmoqda.

O‘tgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bog‘cha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha ta’limda – 74 foizdan, oliy ta’limda esa – 39 foizdan oshdi.

Ijtimoiy xizmatlar tizimida ham katta islohotlar bo‘lmoqda. Barcha hududlarda “Inson markazlari” ochilib, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar.

“O‘zbekiston tarixida ilgari hech qachon bo‘lmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-g‘ayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlatimiz rahbari.

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

20 Nov, 05:09


🎉 Sizga bir qop imkoniyat olib keldik!

Qizlar akademiyasi hamda Mehrigiyo kompaniyasi hamkorlikda qizlar uchun amaliyot tashkillashtirilmoqda.

Amaliyot davomida 8 kunlik taʼlim va bepul tur amalga oshiriladi.

Eng qizigʻi, amaliyotni muvaffaqiyatli oʻtagan ayol-qizlar kompaniyaga ishga taklif qilinadi!

Diqqat: amaliyot dasturi hozircha faqat Toshkent shahrida yashovchi ayol-qizlar uchun!

Sizga qiziq boʻlsa, ariza topshiring.
Batafsil maʼlumot izohlarda!

Qizlar akademiyasi Telegram kanali obuna bo‘ling.


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

20 Nov, 05:06


Kunni yangi xabarlar bilan boshlang!

🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi sonini o‘qishni unutmang!

🟢Toshkent yoshlarni sevadi;
🟢Deputatlikka saylangan yoshlar yetakchilari;
🟢Viloyat hokimi bo‘lgan yoshlar yetakchisi;
🟢Imtiyozlar bittaga ko‘paydi;
🟢“Innoweek-2024” innovatsion g‘oyalar maydoni;
🟢Jismoniy kapital va inson kapitali.

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Nov, 16:51


O’zbekiston A guruhda o’rnini saqlab qoldi

Bugungi g’alaba biz uchun muhim edi. O’yinda ayniqsa jarima maydonchasi ichida qo’l bilan o’ynalgani uchun Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko’rsatilgani va penalti belgilanishi, O’tkir Yusupov penaltini qaytargani haqiqiy drama bo’ldi!

Terma jamoamiz esa shundan so’ng 10 nafar futbolchi bilan o’ynadi va ishonchli g’alabaga erishdi. G’alaba sabab O’zbekiston terma jamoasi 13 taga yetkazib olib, A guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o’tamiz uchrashuvdagi golga 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.

Terma jamoa 7-tur uchrashuvini 2025-yilning 20-mart kuni qo‘shni Qirg‘izistonga raqiblik qiladi.

Barakalla, yigitlar!

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Nov, 16:28


Olg’a O’zbekiston 🥳🔥

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Nov, 16:28


Safarda bir kishi kam bo'lib g'alaba qozondik 🔥

🌍 JCh-2026 saralash 3-bosqich | 6-tur

🇰🇵 KXDR 0:1 Oʻzbekiston 🇺🇿

⚽️ Gol: Abbosbek Fayzullayev 44'

🔴 Qizil kartochka: Eshmurodov 83'

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Nov, 12:02


⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 19-noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da Ventyan shahrida "Lao" stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Nov, 06:02


🔥 #MATCHDAY

JCH-2026 saralashi: KXDR - O‘zbekiston

⚡️
Bugun, 19-noyabr, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida KXDR (Shimoliy Koreya) terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

⏰️O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Uchrashuvni “Sport” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿O‘zbekiston — 🇰🇵Shimoliy Korea

🤝Yigitlarimizga omad tilaymiz. Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Nov, 05:58


18-noyabr — O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i qabul qilingan kun Mirobod tumanining Taras Shevchenko ko'chasida ham nishonlandi 🇺🇿

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Nov, 05:42


"Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!" — Shavkat Mirziyoyev

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

18 Nov, 14:16


Yoshlar va mutaxassislar o’rtasida axborot texnologiyalari sohasida ochiq muloqot forumi.

Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi davimida ko’plab ochiq muloqtlar forumi bo’lib o’tmoqda. Bugun 18-noyabr kuni beruniy mavzesidagi zakovat arenada bo’lib o’tgan axborot texnalogiyalari soxasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Muloqot mobaynida yoshlar ozlaruga tegshli bo’lgan sovollariga javob olib o’z soxlaroda yanada tajribaga ega bo’ldilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

15 Nov, 10:48


🔰Yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi
"FAN VA TA‘LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA
OCHIQ MULOQOT FORUMI"


"Toshkent yoshlari sevadi" loyihasi doriasida Yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi "FAN VA TA‘LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA OCHIQ MULOQOT FORUMI"
bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Turin palitexnika universiteti rektori, tadbirkorlar va RoboCode akademiyasi asoschilari ishtirok etishdi. Yoshlar talim soxasida zamonaviy kasblar yo‘nalishlarida o‘zlarin qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

15 Nov, 08:42


Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi

Yoshlar markazida oylik doirasida Toshkent shahar Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ilk bora tashkil etilgan kengash yig‘ilishida 500 nafardan ziyod maktablar, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar hamda tayanch doktorantlar qatnashdi.

Yig‘ilishda “Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashi” tuzilib, boshqaruv raisi etib iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, yosh olim, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi Shohrux Boymurodov saylandi.

Shuningdek, kengashning 2025-yilga mo‘ljallangan ish reja va dastur loyihalari ko‘rib chiqildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

11 Nov, 15:46


Talabalar assotsatsiyasi kengashi raisi aniqlandi.

🔰Joriy yilning 11-noyabr kuni “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida Toshkent shahar talabalar kengashining 1-ta'sis yig’lish bo’lib o’tdi. Unda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet koordinatorlari, talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, uyushmalari, assotsatsiyalari, kengashlari, harakatlari, guruhlari rahbarlaridan iborat 550 nafar delegatlar ishtirok etdi.

🎗Taqdimotlardan so‘ng, Talabalar assotsiatsiyasi raisi va uning turli yo‘nalishlar bo‘yicha yordamchilari ochiq ovoz berish yo‘li orqali saylandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 11 nafar o‘z tashabbusi bilan nomzodini qo‘ygan talabalar ichidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti Otabek Sobitov eng ko‘p ovoz to'plagan nomzod deb qayd etildi va bir ovozdan assotsiatsiya raisi etib saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

11 Nov, 14:04


⚡️@mutolaaxona tayyorlagan bayram marafoni tayyor ekan!

Qaysi spiker bilan muloqotni kutmoqdasiz?

Qanday savollaringiz bor spikerlarga?

@mutolaaxona

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

11 Nov, 13:53


Talabalar assotsatsiyasi kengashi raisi aniqlandi.

🔰Joriy yilning 11-noyabr kuni “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida Toshkent shahar talabalar kengashining 1-ta'sis yig’lish bo’lib o’tdi. Unda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet koordinatorlari, talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, uyushmalari, assotsatsiyalari, kengashlari, harakatlari, guruhlari rahbarlaridan iborat 550 nafar delegatlar ishtirok etdi.

🎗Taqdimotlardan so‘ng, Talabalar assotsiatsiyasi raisi va uning turli yo‘nalishlar bo‘yicha yordamchilari ochiq ovoz berish yo‘li orqali saylandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 11 nafar o‘z tashabbusi bilan nomzodini qo‘ygan talabalar ichidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti Otabek Sobitov eng ko‘p ovoz to'plagan nomzod deb qayd etildi va bir ovozdan assotsiatsiya raisi etib saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

09 Nov, 14:17


⚡️Qoraqalpog’istonda yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot

Bugun Qaxramon Qo‘chqorovich Quranboyev, Otabek Abdurashidovich Hasanovlar bilan Nukus shahridagi Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan holda, Yoshlar media markazida mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning taklif va fikrlarini qo’llab-quvvatlashni bildirdik.

Shundan so’ng qoraqalpog’istonlik yoshlar bilan erkin va samimiy suhbat doirasida 300 nafarga yaqin yoshdan 30 dan ortiq taklif hamda murojaatlar bildirildi.

➡️Misol uchun, Qural Atabaev axborot texnologiyalar sohasida xizmat ko’rsatish va malaka oshirish bo’yicha amali yordam so’radi. Biz Quralni O’zbekistondagi eng tajribali kompaniyalar bilan bog’lab qo’ydik.

➡️Shuningdek yoshlar tomonidan eng nufuzli universitetlarida tahsil olish va bu uchun amaliy ko’nikmalarni o’rganish maqsadida “El-yurt umidi” jamg’armasi o’quv-seminarlarini tashkil etish yuzasidan takliflarni berishdi.

➡️Xususan yosh fermerlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularning innovatsion g’oyalari tanlovini tashkil etish hamda O‘zbekistondagi eng yaxshi brendlarni Qoraqalpog‘istonga jalb etish masalalari ko‘tarildi.

➡️Ayniqsa, ko’ngilli yoshlar kunning eng dolzarb mavzularidan bo‘lgan ekologiya masalasida yangi loyihalarni boshlash maqsadida amaliy yordam so‘rasa, o‘z shaxsiy brendini yaratmoqchi bo‘lgan yosh dizayner, ishbilarmonlar xorijda malaka oshirishlari uchun yordam so‘rab, ishsiz tengdoshlariga o‘rnak hamda ko‘plab yoshlar bandligini ta'minlashini ishonch bilan gapirdi.

Yoshlarning zakovat, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

09 Nov, 07:35


🌱 9-noyabr kuni poytaxtimizda "Yashil shahar" kuni o‘tkazilishi munosabati bilan Olmazor tumanidaham “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berild.

Bugun erta tongdan Olmazor tumani Yuqori Beshqo'rg'on mahallasi huduida Click kompaniyasi hamkorligida saf yig‘ilishi o‘tkazilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi.

Unda tuman sektor rahbarlari, Click kompaniyasi hodimlari, “mahalla yettili”gi, tumandagi ijtimoiy soha vakillari, kommunal soha mas’ullari, mahalla faollari ishtirok etdilar.

🌳 Keling, shahrimizni birgalikda yanada yashil qilaylik!

#Yashil_makon
#Yashil_shahar
#Yashil_meros

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

09 Nov, 04:59


⚡️Afruza Hamdamova shaxmat bo'yicha 16-yoshida allaqachon 2 karra jahon chempioni!

🇺🇿 Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova yana bir tarixiy natijaga erishdi!

🏆 Afruza Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval g'alaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi! Eslatib o'tamiz, 2023-yilda Hamdamova Italiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, ayollar orasida O'zbekistonlik birinchi jahon chempioniga aylangandi.

👏Barakalla, Afruza! Ota-onangiz va ustozlaringizga rahmat!

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

09 Nov, 03:58


Assalomu alaykum, do'stlar, biz Nukus shahridamiz.

Qoraqalpog'istonlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz 12:00da Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan Al-Xorazmiy maktabida bo'lib o'tadi.

Uchrashuv barcha uchun ochiq hamda ro'yxatdan o'tish shart emas.

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

08 Nov, 14:11


“Yashil shahar”

Hurmatli poytaxtimz yoshlari!

Toshkent shahar hokimligi hammda Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida Yashil shahar eko aksiyasiga start berild.

Barcha poytaxtimz yoshlarini aksiyaga taklif qilamiz.

📍Manzil: Elbek bog’i, Yangi O’zbekiston bog’i
🕒Vaqt: 9-noyabr, soat 15:00

Tabiatga befarq bo'lmagan barcha yurtdoshlarimizni ushbu aksiyada faol qatnashishga chaqiramiz!
Birgalikda yashil Toshkent uchun o'z hissamizni qo'shaylik!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

08 Nov, 13:16


🔰Poytaxtda mega loyiha: SMM maktab o‘quvchilari va sohaga qiziqqan qizlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

8-noyabr kuni “Zakovat arena” binosida Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahar yoshlar ushlari agentligi tashabbusi bilan SMM sohasiga bepul o‘qitilayotgan qizlar va sohaga qiziqqan boshqa ishtirokchilar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

08 Nov, 11:56


Poytaxtda mega loyiha: SMM maktab o‘quvchilari va sohaga qiziqqan qizlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

8-noyabr kuni “Zakovat arena” binosida Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahar yoshlar ushlari agentligi tashabbusi bilan SMM sohasiga bepul o‘qitilayotgan qizlar va sohaga qiziqqan boshqa ishtirokchilar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, jurnalistlardan Yulduz Olimova, Mahliyo To‘raboyeva, o‘qituvchilardan Kumushoy Nazarqulova, Og‘abek Kazakov, Humoyun Xolmurodov hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan aktrisalar Gulruh Pirnazarova, Marjona Mirzaaliyeva va Mavluda Hikmatovalar ham yoshlar bilan muloqot qilishdi.

Yana bir quvonarli jihati shuki, qizlar SMM maktabda endigina bir hafta o‘qishgan bo‘lsada, ularga allaqachon vazirlik, idora va turli tashkilotlardan ish takliflari chiqa boshladi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

31 Oct, 15:53


⚡️Hozirgi kundagi eng dolzarb mavzulardan biri bu – ekologiya.

Bolajonlarimiz uchun yana bir katta sovg'a – "Yashil Makon" multseriali. Juda katta bilim va qadriyatlarimiz ustiga qurilayotgan yana bir global loyiha. Nafaqat O'zbekiston balkim butun dunyo bolalari uchun tabiatni ardoqlash uni anglash yo'lida katta loyihani boshlayapmiz.

Marhamat, izohlar va ulashish orqali "Global Animation Group" jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan multserialni qo'llab-quvvatlang: https://youtu.be/06pN8vb5XiI?si=VQD_TqoL7HJJWQXh

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

31 Oct, 13:36


⚡️Do'stlar, yoshlar uchun yana bir mega loyihamiz e'lon qilishga tayyor. Ayniqsa, tabiatimizni asrashda, uni qadrlashga qo'yilgan katta qadamlarimizdan biri.

Bu safar qaysi mavzuga atalgan loyihani yo'lga qo'ydik deb o'ylaysiz?

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

31 Oct, 09:18


Tozalikni saqlaylik! Biz ko'pmiz — Toshkent bitta


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

30 Oct, 12:14


⚙️ Roʻyxatdan oʻtish osonlashdi!

Xabaringiz bor, baʼzi texnik muammolar sabab Qizlar akademiyasi ilovasiga kirish cheklangan edi.

Endilikda bu muammoga chek qoʻyildi — Telegram bot orqali ham ilovaga roʻyxatdan oʻtish mumkin. Buning uchun ilova versiyasini yangilash lozim.

Oʻzingiz sinab koʻring! Ilovamizni yangi versiyasini yuklab oling:
Google Play | App Store

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

30 Oct, 12:12


Har bir maqola – yangi dunyoqarash va ilhom manbai!

🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi sonida:

🟢O‘zbek yoshlari dunyo nigohida;
🟢Murojaat ortida inson taqdiri;
🟢Porloq kelajak uchun ovoz;
🟢Firib yegan tengdoshlar;
🟢Qoraqalpoq Alpamisi;
🟢Ranglar tirik mavjudotga o‘xshaydi.

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Ha aytgancha, maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

30 Oct, 12:07


📚Yosh kitobxon

♻️ Tumandagi 104-sonli ummum ta'lim maktabida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mahalla yoshlari ishtirok etib, onlayn test bajarishdi. Musobaqa soʻngida gʻoliblarga faxriy yorliqlar berildi, sektor bosqichiga yoʻllanma olishdi.

🔰Shuningdek, "Yosh kitobxon" musobaqasi tumanimizning barcha mahallalarida davom etmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

26 Oct, 11:32


#Gandbol
#Toshkent_shahar
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi” kubogining Toshkent shahar final bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqada 17-30 yoshdagi Toshkent shahrining 12 ta tumanidan g‘olib bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇I oʻrin Yakkasaroy tumani jamoasi;
🥈II oʻrin Shayxontohur tumani jamoasi;
🥉III oʻrin Yunusobod tumani jamoasi.


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

26 Oct, 11:32


#Gandbol
#Toshkent_shahar
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi” kubogining Toshkent shahar final bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqada 17-30 yoshdagi Toshkent shahrining 12 ta tumanidan g‘olib bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇I oʻrin Yakkasaroy tumani jamoasi;
🥈II oʻrin Shayxontohur tumani jamoasi;
🥉III oʻrin Yunusobod tumani jamoasi.


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 17:24


Befarq bo‘lmang! O‘z kelajagingizni o‘zingiz tanlang! Ovoz bering!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 17:01


“Saylov va yoshlar”

Men mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonlarga befarq emasman. “Baxtiyor kelajagimiz uchun ovoz beraman!”

🎭 Ichtimoyi tarmoqlarda mashxur bloger Dili.me ham saylovga tayyor sizchi siz tayormisz.

‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 16:46


🔰“Saylov va yoshlar”

“Toshkent yoshlarni sevadi yosh saylovchi”
shiori ostida Yashnabod tumani hokimligi va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligda yoshlar sayli bo’lib o’tdi. Yoshlarni saylov oldi bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boyicha galla konsertlar hududlarda bo’lib o’tmoqda.

Ushbu konsertda estradamiz yulduzlari blogerlar hamda tanqli shaxslar tomonidan shu konsert dasturi ko’tarinki ruhda bo’ib o’tdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 16:16


🇺🇿Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasidagi “Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati va sport sohasida erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi xalqaro uchrashuv

#Jarayon #Xalqarosessiya

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 14:59


“Saylov va yoshlar”

Men mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonlarga befarq emasman. “Baxtiyor kelajagimiz uchun ovoz beraman!”

🎭 Ichtimoyi tarmoqlarda mashxur blogerlar ham saylovga tayyor sizchi siz tayormisz.

‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 14:58


🔰Men mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonlarga befarq emasman. “Baxtiyor kelajagimiz uchun ovoz beraman”

‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 13:25


⚡️Bugun xorijlik mehmonlar va yoshlarimiz bilan ochiq muloqot tashkil etdik.

Ko'pchilik yoshlarning Ustozlari Quronboyev Qahramon Qo'chqorovich hamda Ikramov Adham Ilhamovich bilan birgalikda mahalla yettiligi, ommaviy sportni rivojlantirish hamda yoshlar uchun yangi loyihalarni muhokama qildik.

Ayniqsa, xorijlik mehmonlardan Pokiston Bosh Vazirining yoshlar ofisi taqdimoti ham yuqori saviyada tashkil etildi.


Qiziq savol, Siz loyihalarimizning qaysi birida ishtirok etgansiz yoki rejangiz bor?

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 12:47


Saylov va yoshlar”

Men mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonlarga befarq emasman. “Baxtiyor kelajagimiz uchun ovoz beraman!”

🎭 Ijtimoiy tarmoqlarda mashxurlar ham saylovga tayyor sizchi siz tayormisz.

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

25 Oct, 10:40


🔰Men mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonlarga befarq emasman. “Baxtiyor kelajagimiz uchun ovoz beraman!”

Chilonzor tumani yoshlari saylovga tayyor sizchi siz tayormisz.

#chellnj#kelajakuchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman

‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

22 Oct, 06:09


“International inclusive hub” o’quv markazida ekskursiya tashikil etildi.

🔰Joriy yilning 19-aktabir kuni Mirzo Ulug’bek tumani yoshlari IT park binosida joylashgan “International inclusive hub” bilan taniship chiqishdi

Ushbu tadburda 100 dan ortiq yoshlar ishtrok etishdi ulardan 52 nafari maxsus o’quv dasturlarida bepul talim olish istagin bildirip,royhatdan o’tdilar

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

22 Oct, 06:01


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va maxalliy kengashlar deputatlari sayloviga 7 kun qoldi.


‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

22 Oct, 05:52


⚡️O'zbekiston bolalar tashkiloti haqida eshitganlar bormi?

Bu juda muhim. Yangi loyihani qo'llab-quvvatlash maqsadida obunachilarimi fikrini o'rganishni boshladik.

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

21 Oct, 13:05


Yangi hayot tumani “Yorqin hayot”MFY yoshlarni otaliqqa olish bo’yicha sayiharakatlar.

Yorqin hayot” MFYdan 250 nafar yoshlarni Toshkent shahar ichki ishlari bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi hodimlari ma’sul etib belgilandi.
Otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ijobiy yondashuvlar o’z samarasini berib bormoqda.

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

21 Oct, 12:55


#Yosh_saylovchi

"Yurtimiz ravnaqi uchun, kelajagimiz uchun" ovoz beraman. Sizchi?

Xalqimiz nazaridagi yosh san’atkorlar ham bu saylovda faol!

#chellenj

‌‌‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

21 Oct, 07:28


⚡️O'zbek tili shunchaki vosita emas, haqiqiy manba tiliga aylanishida mehnat qilayotgan barchaga tashakkur.

Tilimiz uchun katta loyihalar amalga oshirayotgan @wikistipendiya @mutolaaxona @ibratfarzandlari @ustozai @uzchess va juda ko'plab boshqa ijodkorlarga ham ta'zim bajo keltiraman.

Sizda o'zbek tilini, ona tilimizni rivojlantirish uchun qanday loyihalar bor?

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

21 Oct, 05:56


#Yosh_saylovchi

"Yurtimiz ravnaqi uchun, kelajagimiz uchun" ovoz beraman. Sizchi?

Migratsiyadagi yoshlarimiz ham tayor. sizchi?

#chellenj

‌‌‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

20 Oct, 10:05


Yodingizda bo'lsa, bolalarimiz uchun milliy kontent haqida Sizlar bilan muloqot qilgan edik. Shundan so'ng, shaxsan o'zimga juda ko'p kreativ loyihalar bilan jamoalar taklif olib kelishdi.

Aynan o'sha takliflardan biri buyuk ajdodimiz Beruniy haqida multfilm olish edi. Animatorlar (Astir Animation) jamoasi loyiha ustida ko'plab izlanishlar olib borishdi. Vanihoyat Beruniyning Mineralogiya sohasiga qo'shgan hissasi haqida kichik seriya bilan bu katta loyihaga birinchi qadamni qo'yishdi.

Marhamat, hozircha multfilmning kichik "tizer"ini ko'rib, unga baho bersangiz. Ishonchim komil, yaqin yillarda nasib qilsa bolalarimiz uchun o'nlab milliy kontentlarimiz, kerak bo'lsa global dunyo uchun yuzaga chiqadi.


👉https://youtu.be/IIaiP4JDpE4

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

20 Oct, 08:48


⚡️O'zbekiston yoshlari va bolalari uchun yana bir katta sovg'amiz tayyor. Atrofimizda minglab kuchli jamoalar paydo bo'layotganidan faqat xursand bo'lamiz.

Yana qanday loyiha bo'lishi mumkin-a, do'stlar?

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

20 Oct, 05:33


🌟 Olmazor yoshlarni sevadi

💃🕺Ayni vaqtda Olmazor tumanida joylashgan Beruniy maydonida Ichki Ishlar Vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Olmazor yoshlarni sevadi" nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

📍Manzil: Beruniy metro

#Olmazor_yoshlarni_sevadi

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 16:37


#Сайлов_ва_ёшлар
#Галаконцерт

Хабар берганимиздек, туманимиздаги Ғафур Ғулом номидаги маданият ва истироҳат боғида туман ёшларини бирлаштирган катта концерт дастури бўлиб ўтди.

“Сайлов ва ёшлар” деб номланган ушбу галаконцертда таниқли хонандаларнинг чиқишлари ёшларимизга байрамона кайфият бахш этди.

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 16:07


Hurmatli do'stlar, avvalo hammangizga rahmat. Tashabbusni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun.

Barchangizga so'z bera olmadik. Minglab izohlar bo'ldi. Bularga shaxsan javob berishga harakat qilaman.

Umid qilamanki, yaqin kunlarda yoshlar uchun, yuz minglab yoshlar uchun katta loyihalarimiz amalda o'z isbotini topadi!

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 14:06


Muloqotimiz boshlandi. Marhamat quyidagi link orqali muloqotda ishtirok etishingiz mumkin:

👉 https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 14:06


Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning yoshlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Ovozli suhbatga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin.

➡️https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 11:58


#Saylov_2024

🇺🇿Chilonzor tumanida yoshlar, fuqarolar, aholining barcha qatlamlari o’rtasida saylov targ’iboti  ishlari #Yoshlar_yetakchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

#Kelajak_uchun_ovoz_ber!
#Ertangi_kun_uchun_ovoz_ber!
#Sening_ovozing_muhim!
#Men #Saylovga tayyorman #Sizchi?

‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 10:10


Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

Xalqaro shaxmat akademiyasida federatsiyaning navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Unda federatsiya mas'ullari, shaxmatchilar, murabbiylar hamda hududiy studiyalardan shaxmat faollari ishtirok etdilar. Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

Biz Bobur Sattarovga mazkur mas'uliyatli lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 10:05


⚡️Shaxmat Federatsiyasiga Bosh kotib tayinlandi

Bugun O’zbekiston shaxmat Federatsiyada murabbiylar, shaxmatchilar bilan birgalikda 2026-yil Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik, shaxmatchilarni rivojlantirish, Shaxmat Federatsiyaga Bosh kotib tayinlash masalalar yuzasidan muhokama yig’ilish o’tkazdik.

Bugungi yig’ilishda ko’pchilikning fikr va takliflariga asosan Bobur Sattorov O’zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi etib tayinlandi.

Bobur Sattorovning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz!

@alisher_sadullaev

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 08:31


⚡️Muloqotimiz 19:00da boshlanadi: Ushbu havola unda ishtirok etishingiz mumkin: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Taklif va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin..

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 07:53


Men mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonlarga befarq emasman. Baxtiyor kelajagimiz uchun ovoz beraman!”

‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 07:28


"Сайлов участкаси манзилини аниқлаш" хизматидан фойдаланиш тартиби

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 07:26


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va maxalliy kengashlar deputatlari sayloviga 7 kun qoldi.


‌‌BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 06:27


🇺🇿 Yosh saylovchi 2024

♥️ SEVIMLI SERGELI YOSHLARI!

📣Bugun, 19-oktabr kuni soat 18:00 dan 22:00 ga qadar "Yangi bunyodobod" mfy "Bolalar kutubxonasi"ning orqa tarafidagi saylgohda tashkil etilayotgan "Sergeli yoshlarni sevadi❤️" shiori ostida bo'lib o'tadigan GALA KONSERT DASTURIGA taklif etamiz!!!

🌟 Konsertda mashxur estrada yulduzlari ishtirokida qiziqarli loyihalar va ko'ngilochar boshqa dasturlar namoyishi kutilmoqda.

Barchangizni oila a'zolaringiz bilan konsert dasturiga taklif etamiz!


BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

𝗧𝗢𝗦𝗛𝗞𝗘𝗡𝗧 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥𝗜

19 Oct, 05:20


Bugun kechroq telegram orqali onlayn muloqot qilsak nima deysizlar?

Zamonaviy kasblar va chet tillarini o'qitish yuzasidan muloqot qilsakchi?

Birinchi, "O'zbekiston o'quv markazlari forumi" mavsuzini ham muhokama qilib olsak bo'ladi!

Qanday fikrlar, do'stlar?