QASHQADARYO FVB I Rasmiy @qarshifvb Channel on Telegram

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

@qarshifvb


🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Murojaat uchun: @qashfvbax
🚨 1050 yoki 101

QASHQADARYO FVB I Rasmiy (Uzbek)

Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali juda muhimdir! Kanalimizda sohaga oid eng so'ngi yangiliklar va tahliliy ma'lumotlar mavjud. Agar sizga ushbu viloyatdagi so'nggi fikrlar, xabarlar va ma'lumotlar kerak bo'lsa, bizning kanalimizni obuna bo'lishingizni maslahat beramiz

Kanalimizga murojaat uchun @qashfvbaxga yozib yuboring. Sizga ustuvor xizmat ko'rsatish uchun 1050 yoki 101 raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Endi siz ham Qashqadaryo viloyati bo'yicha eng oxirgi ma'lumotlarga ega bo'ling!

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

17 Feb, 10:12


"QASHQADARYO AXBOROTI" Joylarda odamlar orasida qutirish kasalligining oldini olish borasida maxsus taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

17 Feb, 06:59


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кувайт Давлати Амири Шайх Мишъал ас-Сабоҳнинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Эмира Государства Кувейт Шейха Мишааля ас-Сабаха отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Kuvayt #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Feb, 15:54


Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан самимий мулоқот ўтказиб, уларни янги марралар сари руҳлантирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Feb, 15:39


#Mutaxassis_tavsiyasi

Zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha mutaxassisdan muhim yo‘riqnoma.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Feb, 12:55


Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Kecha, 13-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida intizom buzilish holatlari, jinoyat holatlari va yoʻl transport hodisalari hamda huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan Muborak tuman Favqulodda vaziyatlar va Muborak GQIZ OYoXTTE bo'limi shaxsiy tarkibi ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda, masʼullar ishtirok etibgina qolmay oʻzlarining fikr va mulohazalarini misollar keltirgan holda bildirib oʻtdilar. Oʻtkazilgan yigʻilish soʻngida, mas'ullar tomonidan har bir ishchi-xizmarchilar o'z xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarishi, ongiga xalq manfaatlariga xizmat qilish sharafli va muqaddas burch ekanligini singdirish, korrupsion holatlari va shu bilan birga diniy oqimlarga aralashib qolmaslik hamda kasbiy burchini bajarishda qonuniylikka qat'iy rioya etishi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Feb, 10:49


#Maʼrifat_soati

Bugun, 14-fevral "Zahiriddin Muhammad Bobur- adolatli shoh va buyuk shoir" mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirida Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari L.Qambarov tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Mashg‘ulot yakunida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining qahramonona xizmati aks ettirilgan "Qutqaruvchi" nomli hujjatli film namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Feb, 07:21


Бироздан сўнг Кўксарой қароргоҳида Президент Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз ёшлари билан мулоқоти бошланади. Учрашувда ёшлар билан ишлаш натижадорлигини янада ошириш, уларга янада кенг имкониятлар яратиш чора-тадбирлари муҳокама қилинади, фаол ёшларнинг таклифлари эшитилади.

Вскоре в резиденции Куксарой начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью нашей страны. На встрече будут обсуждены меры по дальнейшему повышению эффективности работы с молодежью, созданию для нее еще более широких возможностей, а также будут рассмотрены предложения активной молодежи.

Facebook|Instagram|X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Feb, 05:32


Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi

🖋Bugun buyuk siymo, shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. U o‘zidan nafaqat qudratli saltanat, balki bebaho adabiy, ilmiy va tarixiy meros qoldirgan buyuk zotdir.
“Boburnoma” — bu shunchaki xotiralar yoki tarixiy asar emas. Bu hayot maktabi, tajriba, saboq va ibrat manbai. Bobur o‘z hayoti, yurishlari va boshqaruv tajribasi haqida shunchalik aniqlik bilan yozganki, uning asarlari bugun ham yoshlarimizga saboq bo‘lib xizmat qilmoqda.
Biz ajdodlarimiz qoldirgan merosni o‘rganish, qadrlash va undan saboq olish orqali o‘z kelajagimizni barpo etamiz. Boburdek buyuk zotlarning hayoti bizga shuni o‘rgatadi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

13 Feb, 14:23


O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish. Favqulodda vaziyatlar vazirligining kundalik hayoti mana shunday.
——
Своевременно предупредить, спасти и помочь. Вот такими являются будни МЧС.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

13 Feb, 10:56


Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev yoshlar bilan, undan so‘ng tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanali reportajlarida.
——
Министр по чрезвычайным ситуациям генерал-майор А.Х.Кулдашев провёл встречу с молодёжью, а затем и с предпринимателями. Подробности диалога в репортажах на телеканале "Узбекистан 24".

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Feb, 14:47


Maqsadlar aniq, vazifalar qat’iy belgilandi

Yaqinda, vazirlikning 2024-yil yakuniga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishida vazir general-mayor A.X.Qo‘ldoshev tomonidan Qashqadaryo viloyati shahar-tuman Davlat yong'in nazorati inspektorlarining ishlari samarali tashkil etilmaganligi ta'kidlanib, bu borada mas'ullarga bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
Shu munosabat bilan, bugun 8-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik F.Mirzayev raisligida ushbu yo'nalishdagi mas'ullar ishtirokida tezkor yig'ilish o'tkazildi. Dast avval, "Ma'muriy amaliyot, shaharsozlik sohasida va yong'inlar profilatikasi" yo'nalishida har bir shahar-tuman mas'ulllarining hisobotlari tinglandi va yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shu kabi muammolar tahlil qilinib, kelgusida bu borada samarali ish tashkil etish bo‘yicha qat'iy vazifalar belgilandi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Feb, 10:52


PROFILAKTIKA ...

Bugun, 7-fevral kuni boshqarma harbiy xizmatchilari tomonidan Qarshi shahridagi "Qashqadaryo Milliy elektr tarmoqlar" AJ qarashli yuqori kuchlanishli podstansiyasi ishchi-xizmatchilari o'rtasida yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, botulizm va ovqatdan zaharlanishni olidini olish hamda o'ta yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo'lish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish borasidagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Shuningdek, FVV Akademiyasi kursandlari egallagan bilimlarini amaliyot orqali bog'lash maqsadida ushbu o'tkazilgan profilaktik tadbirlarida berilgan sohaga oid ya'ni, favqulodda vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish va tezkor choralar ko'rish kabi muhim ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Feb, 09:59


#rolik

Botulizm qanday kasallik?

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Feb, 07:17


“YOSH QUTQARUVCHI” MUSOBAQASINI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETISH YUZASIDAN SEMINAR BO'LIB O'TDI

Kecha, 6-fevral kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o'tkazilgan seminarda viloyat hududidagi daxldor ta’lim muassasalari, Turizm va sport bosh boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi kengashi shahar-tuman mas’ullari, qolaversa, Qarshi shahar 34-maktab va QDU qoshidagi Akadimek litseyining “Yosh qutqaruvchi” klubi a’zolari ishtirok etishdi.
Unda, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish shuningdek, “Yosh qutqaruvchi” klublari faoliyatini tashkil etish va 2025 yilda rejalashtirilgan musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish borasida kelishib olindi.
Tadbir jarayonida, ko'ngillilar klubi faoliyatini tashkil etishga oid muhim amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Feb, 06:51


Alisher Navoiy ijodi va hayotiga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi

Bugun, 7-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi ma'rifat soatida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Tadbirda harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etib, ulug‘ shoirning boy adabiy merosi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Ochiq dars davomida boshqarma Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o'qituvchisi I.Muqimov tomonidan Alisher Navoiyning asarlari, ularning mazmun-mohiyati hamda o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma'lumot berildi. Bunday tadbirlar harbiylarimizning ma’naviy bilimlarini boyitish, buyuk ajdodlarimiz merosidan ilhom olish va milliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

06 Feb, 11:12


SEMINARDA MUHIM MASALALAR KO'RIB CHIQILDI

Yong‘inlarni o‘chirish uchun ishlatiladigan asosiy vosita bu - suv bo‘lib, suv ta’minoti tizimidagi yong‘in o‘chirish yer osti suv olgichlari yoki sun’iy, yoxud tabiiy manbalar orqali olinadi. Ushbu manbalarning yetarli darajada va doimiy soz holatda bo‘lishi yong‘inlarni bartaraf etishning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.

Bugun, 6-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan seminarda aynan shu masalalar muhokama qilindi.

⚡️Seminarda mas'ullar tomonidan viloyat hududidagi mavjud nosoz yong‘inga qarshi suv manbaalarini soz holga keltirish, sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun tabiiy va sun’iy suv manbalaridan samarali foydalanish hamda aholi yashash joylarining suvsiz hududlarida yangi yong‘in o‘chirish suv hovuzlarini barpo etish borasida so'z yuritildi.

Boshqa yangiliklar👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Feb, 15:15


Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligida 2024-yil yakuni yuzasidan hududlarda muhokama o‘tkazilmoqda

Muhokamaning navbatdagi manzili Qashqadaryo viloyatida boʻlib o‘tdi. Unda, shaxsiy tarkib bilan belgilangan topshiriqlar ijrosi shuningdek, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, xususan, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi va boshqa tegishli yo‘nalishlar boʻyicha soha mas’ullari ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida 2025-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Feb, 07:38


Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Favqulodda vaziyatlar bo‘imining yangi binosini ochilish marosimida ishtirok etdi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev shu yerda xizmat olib boruvchi shaxsiy tarkibiga obyektning ramziy kalitini topshirdi. Ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi M.B.Azimov batafsil...
—-
Министр по чрезвычайным ситуациям генерал-майор А.Х.Кулдашев принял участие в церемонии открытия нового здания отдела по чрезвычайным ситуациям

В Касанском районе Кашкадарьинской области в торжественной обстановке было сдано в эксплуатацию новое здание отдела по чрезвычайным ситуациям. Символический ключ от объекта личному составу ОЧС вручил министр по чрезвычайным ситуациям генерал-майор А.Х.Кулдашев. На церемонии открытия также выступили хоким Кашкадарьинской области М.Б.Азимов подробно...

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

02 Feb, 15:28


#Premyera

🔰Joriy yilning 4-fevral kuni  soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’at saroyida “Qutqaruvchi” nomli toʻliq metrajli badiiy filmning taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 

Ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda suratga olingan.

🔹Gʻoya muallifi - Ulugʻbek Zufarov;
🔹ssenariy mualliflari - Javlon Saloh, Ilhom Atamirzayev;
🔹postanovkachi rejissyor - Ilhom Atamirzayev.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

02 Feb, 08:42


Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo'ldoshev Qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda yoshlar va yosh tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga vazir tomonidan javoblar oldi, uchrashuv ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

#vazirvayoshlar #qashqadaryo

Telegram | Instagram | Facebook

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

01 Feb, 14:12


Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev Qarshi shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Unda viloyat hokimi oʻrinbosari, Qarshi shahar sektor rahbarlari, Savdo sanoat palatasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi rahbari va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirayotgan, sohaga yangi loyihalarni olib kirayotgan ishbilarmonlar bilan yaqindan suhbatlashildi. 

Shuningdek, jarayonda tadbirkorlarning obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishi hamda "Fuqaro muhofazasi"ni tashkil etish sohasida yuzaga kelayotgan muammolari tinglandi va ularning tezkor ijobiy yechimi xususida mas'ullarga topshiriq va vazifalar belgilandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

01 Feb, 11:45


Bu yilgi "Vazir va yoshlar" uchrashuvi tadbiri Qashqadaryo yoshlari bilan uchrashishdan boshlandi

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi uchrashuv Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi rahbariyati, Qarshi shahar sektor rahbarlari ishtirokida Qarshi davlat universitetida tashkil etildi.

Unda tizimda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchi va xizmatchilar, otaliqqa olingan yoshlar, talabalar, faol mahalla yoshlari, yosh tadbirkorlar, jamiyatda yuqori natijalarga erishgan yoshlar, xususan, fan olimpiadalari g‘oliblari, sportchilar ishtirok etdi.

📌Batafsil: https://gov.uz/fvv/news/view/34803

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

22 Jan, 12:52


"QASHQADARYO AXBOROTI" Qarshi tumanida o'tkazilgan profilaktik tadbirlar Qashqadaryo TV muxbiri lavhasida

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

22 Jan, 11:24


PROFILAKTIKA-XAVFSIZLIK GAROVI: Fuqarolar hayoti va sog‘ligini, ularning mol-mulklarini asrash yo‘lida...

⚡️Bugun, 22-yanvar kuni Ko'kdala tumanida o’tgan 2024-yil davomida sodir bo'lgan favqulodda vaziyat va yong'inlar soni bo'yicha qizil hududga kiritilgan “Mangu yurt” mahallasida mutasaddi tashkilotlar jalb etilgan holda keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir avvalida, tuman FVB mas'ullari tomonidan mahalla va mutasaddi idora vakillariga “Xonadonbay” tamoyili asosida amaliy ishlarni tashkillashtirish lozimligi tushuntirildi.
❗️Jarayonda, xonadonlarda aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo'yicha joyida bartaraf etilib, fuqarolarga yong’in va is gazidan zaharlanish kabi noxushliklarni oldini olishga oid muhim tavsiyalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

22 Jan, 10:51


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati sovuq tushishi munosabati bilan aholiga murojaat qilib, xonalarni isitishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga chaqirdi. Asosiy tavsiyalar ushbu lavhada o‘z ifodasini topgan.
————
В связи с похолоданием информационная служба МЧС обратилась к населению с призывом соблюдать технику безопасности при обогреве помещений. Основные рекомендации прозвучали в данном сообщении.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

21 Jan, 15:36


"VAZIYAT" Muborak tumanida o'tkazilgan profilaktik tadbirlar OʻZBEKISTON 24 TV muxbiri lavhasida.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

21 Jan, 12:39


TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI...
Bugun, 21-yanvar kuni Qarshi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan tegishli kuch-tuzilmalar hamkorligida G'uzor tumanida joylashgan “Qorako'l” mahallasidagi 59-maktab o'quvchilari uchun “Men ham harbiy bo'laman” mavzusida targ'ibot tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mas'ullar yoshlarni yurtga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida muhim tavsiyalarni aytib o'tishdi. Shuningdek, yoshlarga sohalarga oid qurol-yaroq va asbob-anjomlarning texnik xususiyatlari tanishtirildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

21 Jan, 04:21


Amir Temur jangovar bayrog'i” Shahrisabz shahrimizga yеtib kеldi

Avvalroq, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga taqdim etilgan “Amir Tеmur jangovar bayrog'i” Qarshi shahrida kutib olinganligi haqida xabar bеrilgan edi.

Bugun esa qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrimizga mudofaachilarimiz tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan armiya tizimida ta’sis etilgan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” tantanali ravishda yеtkazib kеlindi.

Shu munosabat bilan Shahrisabz shahrining yuragi bo‘lmish tarixiy maydonida qad rostlagan buyuk sarkarda Amir Tеmur bobomiz haykali poyida yuksak faxrimiz va iftixorimiz bo'lgan jangovar bayroqni  mudofaamiz qudratini yanada mustahkamlashga, yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ahamiyatiga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.

Tadbirda hokimlik, DXX, harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Unda Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni general-mayor Farxodjon Shermatov, Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riеv, viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi boshlig'i Isoq To'raеvlar so'z olib, jangovar bayroq juda katta e'tirof bo‘lib, faxr va iftixor bag'ishlashini taʼkidlashdi. Shu bilan bir qatorda barcha mudofaa tizimi vakillarini va yig'ilganlarni ushbu yuksak mukofot bilan qizg'in va samimiy muborakbod etishdi.

Tadbirda davomida harbiy qism askarlari va Tеmurbеklar maktabi kursantlari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

20 Jan, 07:35


"Yashillik uchun kurashamiz"... Viloyat FVB tashabbusi bilan 45 gektar maygonga 90 ming tup saksoul nihollari ekildi. Tafsiloti Qashqadaryo TV muxbiri lavhasida.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

20 Jan, 03:52


Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani xavfsiz isitishning asosiy qoidalari bilan tanishing!
——————-
Угарный газ смертельно опасен! Ознакомьтесь с основными правилами безопасного обогрева помещений!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

18 Jan, 11:53


"QASHQADARYO AXBOROTI" Muborak tumanida o'tkazilgan profilaktik tadbirlar Qashqadaryo TV muxbiri lavhasida.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

18 Jan, 10:16


"Qizil" hududlarda profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Bugun, 18-yanvar kuni Qarshi tumanining "Paxtakor" mahallasida tegishli xizmarlar hamkorligida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Mazkur "Paxtakor" mahallasi ham o'tgan 2024-yilda sodir bo'lgan favqulodda vaziyat va yong'inlar soni bo'yicha qizil hududga kiritilgan. Shu bois, ushbu hududda kelgusida yong'inlar, havo gaz aralashmasining chaqnashi va is gazi bilan zaharlanish kabi noxushliklarni oldini olish maqsadida tashkil etilayotgan targ'ibot tadbirlarida asosan yashash xonadonlariga e'tibor qaratildi. Shuningdek, mas'ullar tomonidan mahalla hududidagi ta'lim va tibbiyot muassasalarida profilaktik o'rganish ishlari ham olib borildi. Jarayonda, obyektlarni isitish tizimining ishlash holati bilan tanishib, yog'ilg'i mahsulotlaridan xavfsiz va oqilona foydalanish borasida muhim tavsiyalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

18 Jan, 07:36


VAZIYAT BIZ HAQIMIZDA...

"Vaziyat" gazetasining 1-sonida viloyat FVB faoliyatiga oid maqolalar chop etilgan.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

18 Jan, 07:36


OAV BIZ HAQIMIZDA...

"Xalq so'zi" gazetasining 11-sonida viloyat FVB ga oid maqola chop etilgan.

BATAFSIL

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

18 Jan, 06:33


Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich O‘zbekiston Respublikasi FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Shukurllo Hamroyevichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

17 Jan, 15:52


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati is gazining zarari haqida navbatdagi videorolikni tayyorladi. Is gazi to‘g‘risida iloji boricha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling. Tavsiyalar ushbu videorolikda.
————-
Информационная служба МЧС подготовила очередной ролик об опасности угарного газа. Ознакомьтесь с этим явлением как можно лучше. Инструкция в данном видеоролике.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

10 Jan, 18:41


Is gazidan ogoh bo‘ling!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

10 Jan, 09:40


Kasbi tumamida "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi" munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 14:15


#Armiya_va_yoshlar

Bugun, Koson tumanida "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi" munosabati bilan “Armiya va yoshlar” shiori ostida o'tkazilgan harbiy vatanparvarlik saylida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 5 ta maxsus texnika va qariyb 100 nafar harbiy xizmatchilar ham munosib ishtirok etishdi.
Jarayonda, harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlar uchun yong‘in-qutqaruv texnikalari va undagi zarur jihozlarning ko‘rgazmali namoyishi o‘tkazilib, ularning taktik-texnik xususiyatlari tanishtirildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 11:29


"QASHQADARYO AXBOROTI" Koson tumani "Yangiobod" mahallasida mutasaddi tashkilotlar jalb etilgan holda keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Jarayonda, xonadonlarda aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo'yicha joyida bartaraf etilib, fuqarolarga yong’in va is gazidan zaharlanish kabi noxushliklarni oldini olishga oid muhim tavsiyalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 10:09


Qashqadaryoda “Armiya va yoshlar” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sayli bo‘lib o‘tmoqda

Koson tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Armiya va yoshlar” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sayli bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 07:23


#live

Tadbirning asosiy qismi boshlandi...

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 07:17


#live

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 06:34


#live

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 06:31


#live

Ayni paytda Koson tumani markazida tashkil etilgan festival jarayonidan lavhalar....

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 06:28


Live stream finished (1 minute)

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Jan, 06:26


Live stream started

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Jan, 13:45


Chorshanba - "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi" kuni
Bugun, viloyatmizning barcha hududlarida profilaktika kuni munosabati bilan aholi turar-joylari, ijtimoiy va iqtisodiyot soha obyektlarida yong‘inlar, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi o‘rganishlar olib borildi. Unda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi bilan keng ko‘lamli tushuntirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, mahallalarda uyma-uy yurish orqali yong‘in sodir bo‘lishiga olib keladigan holatlar bartaraf qilinib, xavfsizlik qoidalarini o‘zida aks etgan eslatmalar tarqatildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Jan, 12:58


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni! Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati ushbu sanaga bag‘ishlangan maxsus videorolikni taqdim etadi.
———-
14 января – День защитников Родины! Информационная служба МЧС подготовила специальный видеоролик, приуроченный к этой дате.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Jan, 10:43


Qadrli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Armiya va yoshlar” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sayli bo’lib o’tadi. Sayl doirsida harbiy parad, harbiy texnikalar, qurol aslahalar ko’rgazmalari, qo'l jangi chiqishlar, sport musobaqalari va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xonanda Janob Rasul taniqli el suygan san’atkorlar ishtirokida shou-galakonsert dasturi o‘tkaziladi.

Vatanparvarlik festivali 9-yanvar kuni soat 11:00da bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Qashqadaryo viloyati Koson tumani Mustaqillik shox ko’chasi,
Mo’ljal: Koson
tuman hokimligi binosi
Ushbu festivalga kirish mutlaqo bepul. Barcha vohadoshlarni kutib qolamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Jan, 10:17


PROFILATIKA FAOLLIKNI TALAB ETADI

Bugun, 8-yanvar kuni Qarshi shahridagi "Beklar" mahallasi hududi bo'ylab profilaktik tadbirlar faollik bilan tashkillashtirildi. Unda, viloyat FVB mas'ullari ishtirok etib, hamkorlikdagi xizmatlarga aholi xonadonlarida qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vazilatlarni oldini olishga qaratilgan ishlarni olib borish yuzasidan kerakli yo'riqnomalar berildi.
Amaliy tadbirlar davomida daxldor idora vakillari guruh-guruhlarga bo'linib, xonadonlarda gaz uskunalari va boshqa isitish moslamalarining texnik holati ko'zdan kechirildi. Jarayonda, yong‘in kelib chiqishi yoki insonlarni is gazidan zaharlanishiga sababchi omillarni joyida bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Jan, 05:57


8-yanvar – O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

Sana munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi soha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Jan, 11:59


Dehqonobod tumanidagi "Oqrabod" dovoni va Qarshi shahridagi "Milliy elektr tarmoqlari" AJ ga qarashli yuqori kuchlanishli podstansiyada o'tkazilgan o'quv mashg'iloti Qashqadaryo Tv muxbiri lavhasida.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Jan, 10:24


PROFILAKTIKA-XAVFSIZLIK GAROVI: Fuqarolar hayoti va sog‘ligini, ularning mol-mulklarini asrash yo‘lida...

⚡️Bugun, 7-yanvar kuni Koson tumanida o’tgan 2024-yil davomida sodir bo'lgan favqulodda vaziyat va yong'inlar soni bo'yicha qizil hududga kiritilgan “Yangiobod” mahallasida mutasaddi tashkilotlar jalb etilgan holda keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir avvalida, boshqarma boshlig'ining profilaktika bo'yicha o'rinbosari mayor H.Qosimxo'jayev tomonidan mahalla va mutasaddi idora vakillariga “Xonadonbay” tamoyili asosida amaliy ishlarni tashkillashtirish lozimligi tushuntirildi.
❗️Jarayonda, xonadonlarda aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo'yicha joyida bartaraf etilib, fuqarolarga yong’in va is gazidan zaharlanish kabi noxushliklarni oldini olishga oid muhim tavsiyalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

04 Jan, 13:58


#LIVE

Ayni paytda, Qarshi shahar bo'ylab viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tasarrufidagi maxsus texnikalarda ovoz kuchaytirgichlar yordamida yong'in, havo gaz aralashmasini chaqnashi va is gazidan zaharlanish kabi nohushliklarni oldini olishga oid profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar asosan aholi ko'p to'planadigan joylarda o'tkazilishiga e'tibor qaratilgan.

🚒Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

04 Jan, 03:49


2024-yilda favqulodda vaziyatlar soni bir qator ko'rsatkichlar bo‘yicha 2023-yilga nisbatan kamaydi. Ushbu infografikada ko'rsatkichlar qiyosiy tartibda keltirilgan.
———
Количество чрезвычайных ситуаций в минувшем 2024 году по ряду показателей снизилось по сравнению с 2023 годом. В данной инфографике отражены показатели в сравнительном порядке.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Jan, 05:35


#rolik

Botulizm qanday kasallik?

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Jan, 04:35


Qor ko‘chkisi: ehtiyot choralari hamda ko‘chki vaqtida to‘g‘ri harakat qilish qoidalari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

01 Jan, 06:45


Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini kirib kelgan yangi 2025-yil bilan tabriklaydi!
————-
Министерство по чрезвычайным ситуациям поздравляет жителей страны с новым 2025 годом!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

31 Dec, 10:50


Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik F.Mirzayevning tizim shaxsiy tarkibi va faxriylarga bayram tabrigi.

👉Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

31 Dec, 05:59


Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan tabriklaydi!
————-
Министерство по чрезвычайным ситуациям поздравляет жителей страны с наступающим, новым 2025 годом!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

30 Dec, 12:24


MUHIM MAVZUDA SEMINAR BO'LIB O'TDI

Xabaringiz bor, Prezidentimiz raisligida 2024-yil 13-dekabr kuni ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Oilaviy bolalar uylari” ni etishda “Milliy gvardiya tajribasi”ni keng targ‘ib etish vazifasi belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini vazirlik tizimida ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati FVB da “Oilaviy bolalar uylari”ni tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Tadbirda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etib, “Oilaviy bolalar uylari”ni tashkil etish tartibi va imtiyozlari hususida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

30 Dec, 11:52


Yangi yil bayrami hamda qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan kunu tun profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari FVB tomonidan aholini uzluksiz energiya resurslari bilan ta’minlash shuningdek, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda maxsus xizmatlarning shayligini oshirishga ham alohida e'tibor qaratildi.

Unda, ijtimoiy soha obyektlari, bozorlar, bayram tadbiri bo‘ladigan joylar va boshqa obyektlarda xizmat olib borayotgan ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar, yong‘in va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda harakatlanish tartiblari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.

Bu kabi profilaktik tadbirlar Respublikamizning barcha hududlarida olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

28 Dec, 05:28


SHAHRISABZ SHAHRIDA SODIR BO'LGAN YONG'IN YUZASIDAN MA'LUMOT

Ushbu holat bo‘yicha, bugun 28-dekabr kuni soat taxminan 08.45 lar atrofida Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga avtomobil yonayotganligi bo’yicha xabar kelib tushgan.
Xabarga ko’ra, voqea joyiga 5 ta yong'in-qutqaruv boʻlinmasi soat 08.48 da yetib borib, yongʻinni 09.51 da toʻliq o‘chirgan.
Aniqlanishicha, Shahrisabz shahar "Ipak yoʻli" koʻchasida joylashgan Qashqadaryo Neft bazasi MCHJ Shahrisabz filialiga qarashli 3-sonli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida, Zil 130 rusumli yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yongan. Yong'indan hech kim tan jarohati olmagan hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Hayriyatki, yongʻin oqibatida shoxobchaning hech bir qoʻshimcha binolariga zarar yetmagan.


👉Kanalga ulanish uchun.

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

27 Dec, 12:26


FVV qutqaruvchilari tomonidan quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarib olindi

Bugun, 27-dekabr kuni soat 12:37 da Toshkent viloyati, Angren shahar “Ko‘kterak” mahallasi Musojalil ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridagi quduqqa fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni quduqdan chiqarib olgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Fuqaro yengil tan jarohati olgan va hozirda shifokorlar nazorati ostida bo‘lib uning sog‘ligi yaxshi holatda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

27 Dec, 05:54


TUNGI PROFILAKTIK OʻRGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

Albatta bu galgi o'rganilgan manzillarda ham obyektlarning tungi navbatchilik xizmati to'g'ri yo'lga qo'yilganligiga va isitish tizimining ishchi holatiga e'tibor qaratildi.
Birinchi navbatda mas'ullar tomonidan Qarshi shahridagi 17-sonli IChBUIT maktabida yong'in xavfsizligi ta'minlanganligi ko'zdan kechirilgan bo'lsa, Nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktab internatida ishchi-xizmatchilarining tungi hushyorligi oshirildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

26 Dec, 04:41


#Xavfsiz_bayram

Yangi yil bayramini yorqin bezatilgan archasiz tasavvur qilish qiyin. Biroq, yangi yil archasi yong'in xavfsizligi qoidalariga muvofiq o'rnatilishi va ishlatilishi kerak.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

25 Dec, 15:28


"QASHQADARYO AXBOROTI" Yangi yil bayrami arafasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining quyi tizimlari tomonidan
joylarga profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

25 Dec, 15:27


#sarhisob

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2024-yil davomida turli ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Asosiy raqamlar ushbu infografikada aks ettirilgan.
——
На протяжении 2024 года Министерством по чрезвычайным ситуациям проделана серьёзная работа в деле предупреждения и ликвидации разного рода ЧС. Основные цифры отражены в данной инфографике.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

25 Dec, 12:47


YASHILLIK UCHUN KURASHAMIZ...

Bugungi kunda atrof muhit muhofazasini ta'minlash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilayotgan xayrli tadbirlar orqali yurtimizda yashil hududlar kengayib boryapti. Shu bois, Mirishkor tumanidagi 1 gektar maydonga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli Muborak NGQChB OYoXTTE va Mirishkor tuman bo‘limi xodomlari tashabbusi bilan mingdan ortiq iqlimga mos daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Dec, 11:39


Siz uchun juda muhim...

Is gazi haqida qisqacha ma'lumotga ega bo'ling.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

09 Dec, 09:34


Taxtaqoracha dovonida oʻtkazilgan oʻquv mashgʻulot tafsilotlari Qashqadaryo TV muxbiri lavhada.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Dec, 12:11


"Biz zo'ravonlikka qarshimiz"...

Kecha, 6-dekabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda respublika miqiyosida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” doirasida tizimda faoliyat yuritib kelayotgan ayollarni xabardor qilish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat markazi direktori K.N.Ismoilova “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida so'z yuritib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berib oʻtdi.

🔗Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Dec, 11:09


"Yong'in xavfsizli oyligi" doirasida tadbirlar davom etmoqda

Bugun, boshqarma OYOXTTEB xodimlari tomonidan "Yong'in xavfsizli oyligi" doirasida Qarshi Xalqaro Aeroporti rahbariyati va ishchi-xizmatchilari bilan profilaktik uchrashuv o'tkazildi. Unda, mazkur oylikning ikkinchi 10 kunligi davomida amalga oshirilayotgan va yo'l qo'yilgan ishlar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

07 Dec, 06:46


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev FVV harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini bayram munosabati bilan qizg‘in qutladi.

Tadbir doirasida FVV Akademiyasi qoshidagi ofitserlar tayyorlash kursini tamomlagan, vazirlik tizimida kontrakt asosida xizmat qilayotgan oliy maʼlumotli oddiy askar va serjantlar tarkibidagi bir guruh harbiy xizmatchilarga “leytenant” harbiy unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

06 Dec, 04:16


Live stream finished (1 minute)

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

06 Dec, 04:14


Live stream started

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

05 Dec, 17:41


Kitob tumani Taxtaqoracha dovonida oʻtkazilgan bugungi oʻquv mashgʻuloti jarayonidan lavhalar.

🔗Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

05 Dec, 12:25


"Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida ijtimoiy soha obyektlarida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida, viloyat FVB xodimlari tomonidan keng qamrovli targ'ibot tadbirlari tashkil etilyapti. Qator korxona ishchi-xizmatchilarini oylik doirasida o'tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirib, yashash xonodonlari va ish joylarida qo'lbola elektr va gaz uskunalaridan foydalanmaslik kerakligini, nostandart elektr va gaz uskunalaridan foydalanish qanchalik ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirildi. Shuningdek, yong'in o'chirish vositalaridan qayerda va qanday foydalanish yuzasidan zarur bo'lgan tavsiyalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

05 Dec, 12:20


#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi

Navoiy, Toshkent, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari
FVB xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar, shuningdek, Xorazm viloyati FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

05 Dec, 06:44


"QASHQADARYO AXBOROTI"  "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Qamashi va Gʻuzor tumanlarida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

🔗Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

05 Dec, 04:02


#live

Qomusimiz – faxrimiz

Bugun, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida viloyat Adliya boshqarmasi Yuridik bo‘lim boshlig‘i S. Turopov ishtirokida tadbir tashkil etildi. U yangilangan konstitutsiyamiz bo‘yicha kerakli va qiziqarli ma’ruza qildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

04 Dec, 15:44


#DIQQAT E'LON

Hurmatli fuqarolar, yurtimiz mehmonlar!

⚡️Ertaga, 5-dekabr kuni Kitob tumani hududidan o'tuvchi M-39 "Almata-Beshkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo'lining 1135-1146-kilometridagi Taxtaqoracha dovonida viloyat Hokimi - Fuqaro muhofazasi boshligʻining tegishli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O'quv mashqi rejasiga ko'ra, ushbu avtomobil yo'lida fuqarolar va trasport vositalarining xavfsiz harakatlanishlarini ta'minlash maqsadida, yo'l atrofidagi ko'chki va tosh qulashi xavfi mavjud bo'lgan hududlarda tegishli muhandislik-texnik tadbirlar amalga oshiriladi.
❗️Shu munosabat bilan, mazkur avtomobil yo'lida fuqarolar va transport vositalarini harakatlanishi qisqa muddatli cheklanadi (2 va 3 marotaba, unda 30 yoki 40 daqidadan oshmagan holda) va yo'l yopiladi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Dec, 12:49


SANA MUNOSABATI BILAN...

Bugun, 3-dekabr - “Xalqaro nogironlar" kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi musiqali drama teatrida hayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Ushbu hayriya aksiyasida Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham ishtirok etishib, o‘z hissasini qo‘shishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Dec, 12:49


"QASHQADARYO AXBOROTI"  "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Dehqonobod tumanida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

🔗Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Dec, 09:20


#Yashil_makon

Bugun, 3-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik F.Mirzayev rahbarligida Qarshi shahrida ajratilgan hududda “Yashil makon” umummilliy loyiha asosida manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Jarayonda, boshqarma apparati va Qarshi shahar boʻlimi harbiy xizmatlari tomonidan 300 ga yaqin daraxt nihollari ekildi.

🔗Kanalga ulanish uchun.

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Dec, 07:42


BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!

''3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni'' munosabati bilan Qashqadaryo viloyati qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga bolajon” shiori ostida beg’araza donorlik aksiyasi o’tkazilmoqda.

Ushbu aksiyada viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xadimlari ham ko’ngilli ravishda qon topshirib, faol ishtirok etmoqda.

🔗Kanalga ulanish uchun

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Dec, 03:04


HUSHYORLIKKA CHORLOV

Kecha, 2-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati FVB OYoXTTE boʻlimi xodimlari tomonidan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishchi-xizmatchilari uchun "Yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilaylik" mavzusida seminar tashkil etildi.
Jarayonda, yig'ilganlarga yashash xonadonlarida mavjud gaz isitish moslamalari va elektr qurilmalaridan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Ayniqsa, is gazidan zaharlanishdan saqlanish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

03 Dec, 03:03


🔊Hurmatli yurtdoshlar!

Yurtimizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabr kuniga qadar "Yong‘in xavfsizligi" oyligi o‘tkaziladi.

Ushbu targ'ibot tdbirlarida siz ham faol ishtirok eting! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda oilangiz va mol-mulkingizni yong‘indan asrang!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog‘ligiga befarq bo‘lmang!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

02 Dec, 04:58


Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani xavfsiz isitishning asosiy qoidalari bilan tanishing!
——————-
Угарный газ смертельно опасен! Ознакомьтесь с основными правилами безопасного обогрева помещений!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

01 Dec, 17:47


TUNGI O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Bugun, 1-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati FVB mas'ullari rahbarligida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Qarshi shahridagi ''Qarshi savdo majmuasi"da tungi yong‘in o‘chirish amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.
⚡️Jarayonda, hamkorlikdagi xizmatlarning sodir bo‘lgan yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarni evakuatsiya qilish va turli favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazildi.

🔗Kanalha ulanish uchun.

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

01 Dec, 06:02


BOZORLARDA PROFILAKTIKA...

Bugun, 1-dekabr kuni viloyat FVB mas'ullari tomonidan Qarshi shahridagi ayrim savdo majmualarida energiya tejamkorligi, qo'lbola isitish qurilmalari sotuvini cheklash hamda yoqilg'i mahsulotlaridan oqilona va xavfsiz foydalanish borasida profilaktik ishlar olib borildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

17 Nov, 06:23


XAVFSIZLIK YOʻLIDA FAOLLIK BILAN...

Oʻtkazilayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida soha vakillari tomonidan bir qator obyekt va jamoat transportlarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasida targʻibot ishlarini olib borilyapti.
Xususan, kuni kecha Qarshi, Yakkabogʻ, Dehqonobod va Nishon tumanlarida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda mutaxassislar tomonidan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish va is gazidan saqlanish borasida muhim maʼlumotlar berildi.

🔗Kanalga ulanish uchun.

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

16 Nov, 11:12


AHOLI XAVFSIZLIGI YO'LIDA...

Bugun, viloyat FVB va Qarshi shahar bo'limi mas'ullari “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib bormoqda. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish borasida ishtirokchilarga tushunchalar berilib, mavzuga doir eslatma, buklet va boshqa tarqatma materiallari tarqatilmoqda.
Qolaversa, mahallalarda ovoz kuchaytirgichlar yordamida fuqarolar ogohlikka chaqirilmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

16 Nov, 05:05


#E'LON

🔊Hurmatli yurtdoshlar!

Yurtimizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabr kuniga qadar "Yong‘in xavfsizligi" oyligi o‘tkaziladi.

Ushbu targ'ibot tdbirlarida siz ham faol ishtirok eting! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda oilangiz va mol-mulkingizni yong‘indan asrang!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog‘ligiga befarq bo‘lmang!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

15 Nov, 11:32


OYLIK DOIRASIDA

Respublikamiz bo‘ylab "Yong‘in xavfsizligi oyligi" ga start berildi. Shu munosabat bilan joylardagi FVB bo'lim (bo'linma) xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ta'lim muassasalari, tadbirkorlik subyeklari va aholi ko'p yig'iladigan maskanlarda hamda aholi xonadonlarida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlarni olib bormoqda. Jarayonda, aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilyapti.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

15 Nov, 09:04


"YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" BOSHLANDI

Yurtimiz bo'ylab "Yong'in xavfsizligi oyligi" jadal suratlarda boshlab yuborildi. Xususan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Fuqaro muhofazasi instituti va Yunisef tashkiloti hamkorligida Qarshi shahridagi 34-maktabda "Fuqaro muhofazasi" kuni tashkil etildi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan turli favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda ishchi-xizmatchilarning vazifalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, mazkur ta'lim maskani ishchi-xizmatchilaridan iborat “Aloqa va xabar berish”, “Qutqaruv”, “Yong‘in o‘chirish”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” va boshqa talab etiladigan guruhlari ishtirokida shartli zilzila va yong'in natijasida binodan o'quvchilarni xavfsiz hududga olib chiqish harakatlari sinovdan o'tkazildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Nov, 10:59


"TAHLIL 24/7" ko'rsatuvida viloyat FVB mas'ullari tomonidan "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabr kuniga qadar "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida rejalashtirilgan ishlar xususida ma'lumotlar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

14 Nov, 10:12


#E'LON

🔊Hurmatli yurtdoshlar!

Yurtimizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabr kuniga qadar "Yong‘in xavfsizligi" oyligi o‘tkaziladi.

Ushbu targ'ibot tdbirlarida siz ham faol ishtirok eting! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda oilangiz va mol-mulkingizni yong‘indan asrang!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog‘ligiga befarq bo‘lmang!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

13 Nov, 09:19


#JONLI_EFIR

"Oltin voha" viloyat radiosinig "POSTDA" eshittirishida viloyat FVB mas'ullari tomonidan "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabr kuniga qadar "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida rejalashtirilgan ishlar xususida ma'lumotlar berildi.

👉TO'LIQ OVOZ

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

13 Nov, 08:55


O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xabaringiz bor, har bir shahar-tuman Hokimliklari husuridagi “Kuz-qish” bo‘yicha tezkor shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
⚡️Bugun, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va viloyat boshqarmasi mas'ullari Dehqonobod tumanida bo‘lib, ushbu yo‘nalishda tashkil etilgan shtab faoliyatini o‘rgandi.
U yerda mutaxassislar bilan ishlash tizimidagi muammo va takliflari bilan tanishib, bu borada ish samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berib o‘tishdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

13 Nov, 08:40


Tungi nazorat-profilaktika tadbirlar o‘tkazilmoqda

Qashqadaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan viloyatda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, barcha hududlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida kunu-tun kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Unda, soha xodimlari ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari, bozorlar, savdo majmualari, qurilish obyektlari hamda tunda insonlar qoladigan maskanlarda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlariga e'tibor qaratilmoqda. Xususan, o'tgan sutka davomida Koson, Chiroqchi tumanlari va Qarshi shahar FVB xodimlari tomonidan qariyb 10 ga yaqin obyektlarda tungi nazorat tadbirlari olib borildi.
Jarayonda aniqlangan yong'in chiqish xavfi bilan bog'liq kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf ettirish choralari ko'rilib, mas'ullarga zarur tavsiyalar berilmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

13 Nov, 03:42


#profilaktika

⚡️Hammasi bugundan boshlanadi.

Dudburonlarini hozirdan tozalab, sozligiga e'tibor bering!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

12 Nov, 14:37


"ZILZILA HAFTALIGI" DAVOM ETMOQDA...

Joylarda "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Jarayonda viloyat FVB va joylardagi shahar-tuman bo'lim mas'ullari ishtirokchilarga zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin harakatlanishlari bo‘yicha tushunchalar berilib, ularning bilim, ko‘nikmalari oshirildi hamda sohaga oid eslatmalar tarqatildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

12 Nov, 13:35


Президент Шавкат Мирзиёев COP29 саммитида нутқ сўзлади

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на саммите COP29

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

12 Nov, 06:58


Live stream finished (53 seconds)

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

11 Nov, 10:41


Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi...🚒

Quyidagi tavsiyalarga amal qiling!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

11 Nov, 10:40


Давлатимиз раҳбари амалий ташриф билан Саудия Арабистони пойтахти Ар-Риёдга келди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

11 Nov, 05:58


"ZILZILA HAFTALIGI" DAVOM ETMOQDA...

Bugun, Yakkabog' tumanidagi maktabda "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat FVB va Yakkabog' tumani bo'limi mas'ullari ishtirokchilarga zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin harakatlanishlari bo‘yicha tushunchalar berilib, ularning bilim, ko‘nikmalari oshirildi hamda sohaga oid eslatmalar tarqatildi.
Shuningdek, mutaxassialar noyabr oyining 15-sanasidan boshlab o'tkazilishi rejalashtirilayotgan "Yong'in xavfsizligi oyligi" ni yuqori saviya tashkil etish va o'tkazish borasida muhim takliflar berib, kuz-qish mavsumida yashash xonadonlarida mavjud gaz isitish moslamalari va elektr qurilmalaridan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Ayniqsa, is gazidan zaharlanishdan saqlanish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

11 Nov, 04:43


11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni

Sana munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi va barcha shaxsiy tarkibi nomidan tizimdagi fidoyi ishchi xodimlarimizni, shuningdek, respublikamizdagi korxona va tashkilotlarda samarali mehnat qilayotgan barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etamiz!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

11 Nov, 04:13


Avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish bo‘yicha muhim tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

10 Nov, 09:51


Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ўзбекистон соғлиқни сақлаш соҳаси ходимларига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Республики Узбекистан работникам сферы здравоохранения Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

10 Nov, 08:45


Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha soha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

10 Nov, 03:31


Yakkabogʻ va Qamashi tumanlarida qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari o‘rganildi

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman boʻlimi masʼullari tomonidan aholi va hududlarni sel, suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida, Yakkabogʻ tumanining Sharsharbogʻod MFY hududidagi Benomsoy hamda Qamashi tumanining mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Qashqadaryoda olib borilayotgan o‘zan tozalash, qirg‘oq mustahkamlash va damba tiklash ishlarining holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas'ullarga kerakli tavsiyalar berildi.

🔗Kanalga ulanish uchun.

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Nov, 11:25


HAFTALIK DOIRASIDA...

Bugun, Qarshi davlat universitetida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati FVB boshligʻining birinchi oʻrinbosari-Shtab boshligʻ podpolkovnik M.Ostonov ishtirokida talabalarga zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin harakatlanishlari bo‘yicha tushunchalar berilib, ularning bilim, ko‘nikmalari oshirildi hamda sohaga oid eslatmalar tarqatildi.
Shuningdek, talabalarga yashash xonadonlarida mavjud gaz isitish moslamalari va elektr qurilmalaridan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Ayniqsa, is gazidan zaharlanishdan saqlanish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

08 Nov, 09:30


Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X Qo‘ldoshev rahbarligida Qashqadaryo viloyatida qo'mondonlik-shtab mashqlari o'tkazildi. Ushbu mashqlar davomida ixtisoslashgan tuzilmalarning yaqinlashib kelayotgan sovuq ob-havoga tayyorligi tekshirildi. Tadbir tafsilotlari "Axborot 24" dasturining kechki efirlarida namoyish etildi.
—————
Под руководством министра по чрезвычайным ситуациям генерал-майора А.Х.Кулдашева в Кашкадарьинской области прошли командно-штабные учения. В ходе данных учений проверялась готовность профильных структур к предстоящим холодам. Сюжет о мероприятии был показан в вечернем выпуске программы "Ахборот 24".

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

02 Nov, 12:48


Qashqadaryo viloyatida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev hamda Qashqadaryo  viloyati hokimi M.B.Azimov boshchiligida ushbu o‘quv mashqlari joyidan nazorat qilib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Qashqadaryo viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/26201

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

02 Nov, 10:50


Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi harbiy xizmatchi hamda xizmatchilari o‘rtasida ''Kurash'' sport turi bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qizgin va murosasiz o‘tgan musobaqa yakuniga ko’ra, umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni Samarqand viloyati FVB terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Surxandaryo FVB terma jamoasi viloyati va 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati FVB terma jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorilar kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

01 Nov, 15:19


O'QUV MASHQIDA...

G'uzor tumanida joylashgan Milliy elektr tarmoqlari AJ ga qarashli G'UZOR 500/220/110/10 KV yuqori kuchlanishli podstansiyada sodir bo‘lgan texnogen avariyani bartaraf etish bo‘yicha stansiyaning ham "Fuqaro muhofazasi" tuzilmalarining harakatlari sinovdan o'tkazildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

24 Oct, 09:42


HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH PROFILAKTIKASI!

      ⚡️Qashqadaryo viloyati FVB hamda Qarshi harbiy prokuraturasi mas'ullari ishtirokida shaxsiy tarkib oʻrtasida tartib intizom va huquqbuzarliklar, jinoyat va korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.
     Yigʻilishda nutq soʻzlagan Qarshi harbiy prokurorining oʻrinbosari adliya mayori O.Baxronov, harbiy intizomni mustahkamlash, individual tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda xizmat va shaxsiy avtomashinasini boshqarish, korrupsion holatlari va shu bilan birga diniy oqimlarga aralashib qolmaslik haqida toʻxtalib oʻtdi.
    Yigʻilish soʻngida yuqoridagi sanab oʻtilgan holatlarni oldini olish va yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

24 Oct, 06:30


Ўзбекистон Президентининг Қозонга амалий ташрифининг биринчи куни самарали учрашувларга бой бўлди

Первый день рабочего визита Президента Узбекистана в Казань был насыщен плодотворными встречами

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

24 Oct, 06:14


PROFILAKTIKA...

Kecha, 23-oktabr kuni Muborak tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi va Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Qarshi garnizoni yong'in nazorati inspeksiyasi hamkorligida Muborak tumanidagi harbiy shaharchada kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazishga qaratilgan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.
Jarayonda, mas'ullar tomonidan isitish mavsumida yoqilg'i mahsulotlaridan xavfsiz va oqilona foydalanish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan tegishli ma'lumotlar berib o'tildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

24 Oct, 05:51


#tavsiya

Farzandlarimizga xavfsizlik qoidalarini va gugurt o'yinchoq emasligini o'rgataylik...

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

24 Oct, 05:31


O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Yurtimizda yoshlar bandligini ta'minlash va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilib kelinyapti. Eng avvalo, bu sohadagi harbiylarni yoshlarga biriktirilganligi qolaversa, mahallabay tamoyili asosida ishlarni tashkillashtirilganligi muhim ahamiyatga ega. Shu bois, viloyat FVB mas'ullari tomonidan joylarda bu boradagi ishlar o'rganilmoqda.
Xususan, viloyat FVB boshlig‘ining o'rinbosari podpolkovnik O'.Hakimov Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tumanlari 2-sektoridagi ayrim mahallalarida bo'lib, otaliqqa olingan yoshlar yo'nalishida mahallalariga biriktirilgan harbiy xizmatchi va boshqa mas'ullar bilan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ahvoligi ishlar bilan tanishdi.
Jarayonda, ushbu yo'nalishdagi amaliy chora-tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbar va biriktirilgan harbiy xizmatchilarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

QASHQADARYO FVB I Rasmiy

23 Oct, 12:21


Harbiy prokuratura Kasbi tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Qarshi harbiy prokurorining Kasbi tumanidagi "Madaniyat markazi"da sayyor qabuli oʻtkazildi.
Sayyor qabulga tuman Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa ishlari bo'limlari, Tibbiyot birlashmasi hamda boshqa tegishli soha mutaxassislari jalb qilinib, sayyor qabulda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, shuningdek, ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda Qarshi harbiy prokurori soʻzga chiqib, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga yaratilgan sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar hamda sayyor qabulni oʻtkazishning maqsadi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Qabulda bandlik, uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqa masalalarda murojaat tinglanib, aksariyat murojaat joyida qanoatlantirildi. Qolaversa, muddat talab etiladigan murojaatlar nazoratga olingan holda vakolatli tashkilotlarga yuborildi.
👉MANBAA
Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube

2,077

subscribers

10,505

photos

2,247

videos