Jahon siyosati @siyosiy2 Channel on Telegram

Jahon siyosati

@siyosiy2


Jahon siyosati (Uzbek)

Salom, Jahon siyosati Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda siz dunyo siyosati haqida so'nggi yangiliklarni va tushunchalarni topishingiz mumkin. Kanalimiz ushbu mavzuda yuqori sifatli maqolalar, intervyular va ko'plab ilmiy materiallar bilan to'ldirilgan. Siyosiy2 nomli foydalanuvchi tomonidan boshlangan bu kanal, global siyosat tizimida sodda va amalga oshiriladigan yangiliklar haqida sizga xabardor bo'lishga yordam beradi. Jahon siyosati kanali, dunyo siyosati sohasida bosh mu'ammoni takomillashtirish va obuna bo'lganlar uchun foydali va ma'qul ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida yaratilgan. Agar siz dunyo siyosati, xalqaro munaqashalar va mamlakatlararo aloqalar haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, Jahon siyosati Telegram kanaliga obuna bo'ling va so'nggi yangiliklar bilan tanishing!

Jahon siyosati

20 Nov, 04:17


🚀SpaceX Starship raketa tizimining oltinchi parvozini sinovdan o‘tkazdi

Uchirish marosimida SpaceX asoschisi Ilon Mask va AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ishtirok etdi. Kosmik kema orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi.

@daryo_live

Jahon siyosati

15 Nov, 05:11


Sherdor madrasasida 500 ming dollarlik konservatsiya va restavratsiya ishlari amalga oshiriladi

Batafsil o'qish...

Jahon siyosati

12 Nov, 05:17


🇺🇿🇸🇦🇵🇸 Шавкат Мирзиёев нутқини “Бисмиллоҳ” билан бошлади.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев навбатдан ташқари араб-ислом саммитида нутқ сўзлади.

Jahon siyosati

06 Nov, 06:50


Дональд Трамп сайловда ғалаба қозонди - The Hill

Jahon siyosati

05 Nov, 13:52


🇺🇸 Қўшма Штатларда президентлик сайлови бошланди

АҚШдаги илк сайлов участкалари Вермонт штатида маҳаллий вақт билан соат 5:00 да очилди. Қўшма Штатлардаги аксарият сайлов участкалари маҳаллий вақт билан соат 7:00 ёки 8:00 атрофида очилади. Энг охирида Гавайи оролларидаги участкалар очилади.

82 миллиондан ортиқ АҚШ фуқароси муддатидан олдин овоз берган. Президентлик сайловидан ташқари, 5 ноябр куни АҚШда Конгресс аъзолари, айрим штатларда эса губернаторлар ва қонун чиқарувчи орган вакиллари учун сайловлар ҳам бўлиб ўтади.

Jahon siyosati

26 Oct, 02:05


🇮🇱🇮🇷 Исроилнинг Эронга ҳужумида 100 дан ортиқ самолётлар, жумладан F-35 қирувчилари иштирок этмоқда — The Jerusalem Post.

🟦🟦

Jahon siyosati

23 Oct, 14:43


✉️Pavel Durov

Jahon siyosati

23 Oct, 02:43


23—29 октябрь кунлари республиканинг шарқий ва тоғли ҳудудларида 10-25 мм гача ёғин туўуши мумкин.

Иқлимшунос Муроджон Абдураҳмонов ўзининг телеграм каналида замонавий иқлим моделларига таяниб, келаётган 7 кунликда республиканинг Тошкент ва водий вилоятларида умумий 10 мм дан 25 ммгача ёғингарчилик кутилмаларини маълум қилган.

Мутахасисга кўра, бу ёғин дренаж тизими бетартиб бўлган водийнинг йирик шаҳарларида сув босиш ҳодисаларини чақириши учун етарли қийматдир. Ва жаннатмакон водий вилоятлари боғдорчилик тармоғида меваларни йиғиб олишда ҳам муаммо туғдириши мумкин.

Ундан ташқари, далаларда тўлиқ териб олинмаган пахта толалари сортининг пасайишига олиб келиши ҳам бор ҳақиқат.

Jahon siyosati

13 Oct, 02:49


Қашқадарёлик Рамазон Темиров "UFC"даги дебют жангида биринчи раунддаёқ рақибини нокаутга учратди

Jahon siyosati

10 Oct, 06:58


Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar

Marokash Meteorologiya bosh boshqarmasi xodimining ma’lum qilishicha, 30-50 yildan beri qisqa muddat ichida bunchalik ko‘p yog‘in kuzatilmagan.

📸 👉 https://kun.uz/51934930

Kun.uz rasmiy kanali

Jahon siyosati

08 Oct, 20:22


💬Павел Дуров Телеграмда тез орада хабар жўнатилгандан сўнг унга сурат ёки видео қўшиш имконияти пайдо бўлишини маълум қилди.

Jahon siyosati

07 Oct, 05:51


Дубайда 500 га яқин ўзбек миллионерлари борлигини билармидингиз?…

Jahon siyosati

06 Oct, 07:28


ENERGETIKA VAZIRI BILAN: BOYSUN FOJIASI, AES, 200 KILOVATT VA H.K. — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/gaof8I6P454

Dam olish kunlarida maroqli tomosha tilaymiz. YouTube’da layk bosib va izoh yozib bitta yondirvoraylik🔥 Bu sonni ko’pchilik ko’rishi kerak.

Suhbat mundarijasi:

00:00 Tizer
01:52 Mehmonimiz — Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov
02:57 Qish mavsumida xalqimizni nima kutyapti?
07:57 Qishda svet o‘chadimi?
11:40 Gaz zapravkalar ochiq-yopiqligini ko’rsatadigan ilova qachon ishga tushadi?
15:38 Boysundagi fojia
18:52 Nega yetarlicha axborot berilmadi?
31:58 Boysunning muammosi — O’zbekiston muammosi
37:55 Egasi bitta kompaniyalarning ham pudratchi, ham burg’ulovchi, ham quruvchi bo’lishi
39:58 AES qurilishi masalasi
49:39 Qurilish qaysi yilda boshlanib, qaysi yilda tugaydi?
54:32 Suyultirilgan gaz nega qimmatlashib ketyapti?
1:04:10 200 kilovatt oshiriladimi?
1:11:26 Tannarxda ochiqlik va shaffoflik masalasi
1:13:53 Gaz qazib chiqarish qisqarishi qachon to’xtaydi?
1:32:48 Yuqori amaldorlarning xususiy sektorga rahbar bo’lishi to’g’rimi?
1:35:46 Mahsulot taqsimlash shartnomalarini bekor qilsa bo’ladimi?
1:38:35 Qishda metan “zapravkalar”da vaziyat qanaqa bo‘ladi?
1:44:36 Mazut yoqishga majburmizmi?
1:48:57 Qachon to’liq xususiy energetika kompaniyalariga o’tamiz?
1:50:33 Quyosh panellarini majburlash bo‘yicha
1:57:35 “2030-yilga borib, biz Yevropaga yashil energiya sotamiz”
2:01:18 Maishiy texnikalarga bojlarni pasaytish bo‘yicha
2:04:12 Vazirning xayrlashuv so’zi

📹 https://youtu.be/gaof8I6P454


👉 @xushnudbek 👈

Jahon siyosati

01 Oct, 18:10


🇮🇷🇺🇸 Агар Қўшма Штатлар ўйламасдан ҳаракат қилса минтақадаги АҚШ базаларига зарба беришга тайёрмиз — Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси.

Jahon siyosati

01 Oct, 18:08


🇱🇧 Ливан жамоат ишлари ва транспорт вазири мамлакат ҳаво ҳудудининг икки соатга ёпилишини эълон қилди.

Jahon siyosati

01 Oct, 18:08


🇮🇷🇮🇱 Эрон Исроилга уюштирган зарбалари фонида ички ва хорижий авиарейсларни тўхтатди, дея хабар берди Теҳрон аэропорти раҳбари.

Jahon siyosati

01 Oct, 11:31


Ilm vaqt va yosh tanlamaydi!

🇪🇬 Bu misrlik 87 yoshli Zubayda Abd Ela. U 13 nabiraning buvisi. Zubayda Qohira shimolida joylashgan Al-Minufiya viloyatidagi savodxonlik maktabida o‘qish va yozishni o‘rganmoqda.

Zubaydani aytishicha, u ko‘p yillardan buyon o‘qish va yozishni o‘rganishni orzu qilgan, biroq otasi, keyin esa turmush o‘rtog‘i bunga yo‘l qo‘ymagan.