Qashqadaryo.adliya.uz @qashqadaryoviloyatadliya Channel on Telegram

Qashqadaryo.adliya.uz

@qashqadaryoviloyatadliya


Murojaat va takliflaringizni https://t.me/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.

Qashqadaryo.adliya.uz (Uzbek)

Qashqadaryo Viloyati Adliya Telegram kanali - bu sizning yuridik masalalarga oid savollaringiz uchun muhim manba. Bu kanalda Qashqadaryo viloyati adliya tizimi to'g'risida yangiliklar, ma'lumotlar va qonunchilik yoshlar. Agar sizning murojaatingiz yoki takliflaringiz bo'lsa, https://t.me/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot manziliga murojaat qiling va xizmatlarimizdan foydalaning. Qashqadaryo Viloyati Adliya Telegram kanali bilan aloqani saqlab qoling va so'nggi yangiliklar bilan tanishing!

Qashqadaryo.adliya.uz

14 Jan, 03:27


#Адлия_табриги

Қадрли ватан ҳимоячилари!

Сизларни Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганлигининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни билан самимий муборакбод этамиз.

Юртимиз тинчлиги ва фаровонлиги, осойишта ҳаётини кўз қорачиғидек асраб-авайлашдек шарафли ва масъулиятли фаолиятингизда улкан муваффақиятлар доимий ҳамроҳ бўлсин.

Ҳурмат билан, Адлия вазирлиги жамоаси

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Qashqadaryo.adliya.uz

13 Jan, 12:32


#adliya__xabari

YАNGI YILDA YАNGI REJALAR

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Imomberdiyev tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va tezkorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatishning yangicha yondashuvlarini joriy etish, fuqarolarga davlat xizmatlaridan, xususan onlayn tarzda foydalanish qulayligi yuzasidan tushuntirishlar berilishi lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilish davomida markaz rahbarlari davlat xizmati ko‘rsatilishi samaradorligi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

13 Jan, 11:59


#HUQUQIY_MAHALLA

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari va yuridik xizmat markazlari, notariuslar ishtirokida “Huquqiy mahalla” loyihasini amalga oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda loyiha davomida bir xil amaliyotni joriy etish, Qarshi tumanidagi “Yertepa” mahallasida olib borilgan ishlar va tajribadan kelib chiqqan holda ishlarni aqlli yondoshuv asosida tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

13 Jan, 11:33


#yashil_makon

YAXShIDAN BOG‘ QOLADI

🌱Kasbi tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida markaz binosi atrofiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ushbu jarayonda markaz xodimlari uyushqoqlik bilan ishtirok etib, ekologik musaffolik hamda yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shdilar.

🌿Bunday jamoaviy tadbirlar xodimlar o'rtasida ijobiy muhitning shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

13 Jan, 08:12


"QASHQADARYO AXBOROTI" 2025-yilning 1-iyulidan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakllari tan olinadi.

#10jan #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
https://t.me/qashqadaryo_trk

Qashqadaryo.adliya.uz

13 Jan, 04:33


#Биласизми

🔖
Марказий тизимга уланган хонадонларда иссиқ сув 50-75°С бўлиши керак.

💧Иссиқ сув ҳароратининг йўл қўйиладиган четга чиқиши:

▪️тунги вақтда (соат 0:00 дан соат 05:00 гача)5°Сдан ортиқ эмас;

▪️кундузги вақтда (соат 05:00 дан соат 00:00 гача) 3°Сдан ортиқ эмас.

📌 Агар иссиқ сув юқоридаги талабларга жавоб бермаса, у учун тўловлар ичимлик суви тарифида тўланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Qashqadaryo.adliya.uz

11 Jan, 17:24


📢 Нодавлат нотижорат ва диний ташкилотлар диққатига!

Адлия вазирлиги огоҳлантиради.
Ўзбекистон Республикасининг “Нодавлат нотижорат ташкилотлари тўғрисида”ги Қонуни ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил10 мартдаги 57-сон қарори талабларига асосан нодавлат нотижорат ташкилотлари ҳар йили 1 февралгача рўйхатдан ўтказувчи адлия органларига ўз фаолияти тўғрисида ҳисоботлар тақдим этишлари шарт.
Ҳисобот шакли Адлия вазирлиги томонидан тасдиқланган.
Ҳисоботларни тақдим қилиш Нодавлат нотижорат ташкилотлари электрон портали (e-ngo.uz) орқали амалга оширилади.
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 239-моддасига мувофиқ нодавлат нотижорат ташкилотларининг ўз фаолияти тўғрисидаги ҳисоботларни рўйхатдан ўтказувчи органга тақдим этмаслиги, ўз вақтида тақдим этмаслиги ёки белгиланмаган шаклда тақдим этиши мансабдор шахсларга жарима солишга сабаб бўлади.

Qashqadaryo.adliya.uz

04 Jan, 06:11


#Биласизми

📜 Қонунчиликка кўра, етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болалар тўғрисидаги маълумотлар қуйидаги шахслар ва ташкилотлар томонидан 24 соат ичида асослантирувчи ҳужжатлар билан бирга (шу жумладан, электрон шаклда) бола аниқланган ҳудуддаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг туман (шаҳар)лардаги “Инсон” ижтимоий хизматлар марказига йўналтирилади:

▪️ижтимоий ходим, ҳоким ёрдамчиси, хотин-қизлар фаоли, ёшлар етакчиси ;
▪️ички ишлар органлари;
▪️нотариуслар;
▪️соғлиқни сақлаш органлари;
▪️судлар;
▪️таълим муассасалари;
▪️фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари.

Ваколатли органга тақдим этиладиган маълумотларнинг асосланганлиги, ишончлилиги ва белгиланган муддатда тақдим этилиши учун маълумотни киритаётган идораларнинг раҳбарларига шахсий жавобгарлик юкланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Qashqadaryo.adliya.uz

03 Jan, 09:33


#2025_йил_1_январдан

⚡️Қонунчиликка кўра:

▪️кам таъминланган оилалар болалари учун нафақа ва моддий ёрдам олаётган оилаларнинг расмий банд бўлмаган аъзолари ишга жойлашганда, ўзини ўзи банд қилганда ёки тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйганда ушбу нафақа ва моддий ёрдамни уларнинг муддати тугагунга қадар, бироқ 6 ойдан кўп бўлмаган муддатга тўлаш давом эттирилади;

▪️меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 1,5 бараваридан кам бўлмаган ойлик иш ҳақи тўланган ҳолда ишга жойлашган Камбағал оилалар реестрига киритилган оила аъзоси учун ижтимоий солиқ уч йил давомида 1 фоиз ставкада тўланади;

▪️ камбағал оилаларга кўмак чоралари ижтимоий шартнома асосида меҳнатга лаёқатли оила аъзоларининг бандлигини таъминлаш, ўз томорқасидан самарали фойдаланиш (экин экиш), оила аъзолари, шу жумладан, фарзандларининг билим олиши, касб-ҳунар ва хорижий тилларни ўрганиши ҳамда соғлиғини назоратга олиши, уй-жойини озода тутиши каби шартлар инобатга олинган ҳолда кўрсатилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Qashqadaryo.adliya.uz

03 Jan, 06:47


#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uz — sunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Bozordan avval ishlatilgan telefon sotib olgan edim. Uni ishlatishni boshlagan kunim menga Ichki ishlar xodimi telefon qilib idoraga kelishimni soʻradi. Bilsam telefon oʻgʻirlangan ekan, men uni bilmasdan sotib olibman meni javobgar qilishadimi?

📌 Kanalga ulanish

Qashqadaryo.adliya.uz

01 Jan, 06:19


#adliya_tabrigi

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni kirib  kelayotgan  2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi

Barchangizga  sihat-salomatlik, xonadonlaringizga esa, qut va baraka tilaymiz.

Hurmat bilan, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi jamoasi!

Qashqadaryo.adliya.uz

31 Dec, 18:09


#adliya_hudud

Yakkabog` tuman FHDYO mudirasi Ozoda Ashurovaning "Yangi yil" bayram tabrigi


Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

31 Dec, 05:57


#adliya_tabrigi

🎄Yangi 2024 yil muborak bo'lsin!

Yangi yilda barcha xayrli ishlaringizda sizga omad yor bo'lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut -baraka va oilangizdan shodu - xurramlik aslo arimasin,  oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda omad va mustahkam sog'lik tilayman!


Hurmat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i SALOXIDDIN NURIYEV!


Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

30 Dec, 05:10


#2025_йил_1_январдан

⚡️Қонунчиликка кўра:

▪️вазирлик ва идоралар, уларнинг тизим ташкилотлари ҳамда давлат улуши 50 фоиздан юқори бўлган хўжалик юритувчи субъектлар фуқаролар қабули ва сайёр қабулларни ўтказишда мажбурий тарзда сурдотаржимон иштирокини таъминлайди;

▪️вазирлик ва идоралар, уларнинг тизим ташкилотлари ҳамда давлат иштирокидаги корхоналарнинг фуқаролар мурожаатлари билан ишлаш бўйича бир нафар ходими сурдотаржимонлик курсларида ўқитилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Qashqadaryo.adliya.uz

28 Dec, 09:04


#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Rajabov Anvar Abdirasulovich - boshqarmaning Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Rajabov tayinlovga qadar boshqarmaning Inson resurslari sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida  faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi A.Rajabovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

27 Dec, 12:27


#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Xoliyarov Anvar Xakimovich- Kitob tuman adliya bo'limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Xoliyarov tayinlovga qadar Kitob tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi A.Xoliyarovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

27 Dec, 10:59


#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Xo‘jamov Zafar Normo‘minovich Muborak tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Z. Xo‘jamov tayinlovga qadar Muborak tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Z. Xo‘jamovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

27 Dec, 10:45


#bayram_arafasida

💫 Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida Yangi yil bayrami munosabati bilan oziq-ovqatlar yarmarkasi tashkil etildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

17 Nov, 03:07


https://uza.uz/posts/657240

Qashqadaryo.adliya.uz

15 Nov, 13:05


#adliya_hudud

🔹Qarshi shahar adliya bo‘limi (YuXKM, FHDY, DXM) va "Madad" maslahat markazi xodimlari tomonidan "Kamandi" MFYda "Huquqiy targ‘ibot kuni" tashkil qilindi.

🔸Tadbir davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan kundalik va huquqiy muammolar o‘rganildi va huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi va 3 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🔸Bundan tashqari, noyabr oyi - "Energetika xavfsizligi oyligi" doirasida aholiga yoqilgʻi - energiya resurslaridan noqonuniy foydalamaslik hamda yoqilgʻi - energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

🔸Shuningdek, fuqarolarga adliya vazirligi tomonidan yaratilgan “Huquq maktabi” mobil ilovasi qulaylik va afzalliklari tushuntirilib, foydalanishlari tavsiya etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

15 Nov, 13:01


⚡️Хорижга чиқиш биометрик паспортини почта хизмати орқали етказиб бериш хизмати йўлга қўйилади

Qashqadaryo.adliya.uz

11 Nov, 12:58


#TABRIK

OYNING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi xodimi”
ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2024-yil oktabr oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Usmanov Sharofxon Isomiddinovich – 2024-yil oktabr oyida “Oyning eng yaxshi xodimi” deb Koʻkdala tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi deb topildi.

💶Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔵• facebook |🎬• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🚀 • telegram |📷 • instagram

Qashqadaryo.adliya.uz

11 Nov, 09:59


https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSddV22j8yZcRpmIJzy_f25qlT40xjE6gUMV_gbIYyCnaMjaqA/viewform?usp=sf_link

Qashqadaryo.adliya.uz

11 Nov, 07:41


#adliya_hudud

Nishon tumanida adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 588-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o'quvchilar orasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg'usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi o'tkazildi.
❗️Bu kabi tadbirlardan maqsad o'sib-ulg'ayib kelayotgan yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish va ular orasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tuyg'usini shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

11 Nov, 04:55


🔍 Бугун 11-ноябрь — Ўзбекистонда Касаба уюшмалари куни!⭕️

Байрам муносабати билан ушбу соҳа вакилларининг барчаларини самимий табриклаймиз.

Qashqadaryo.adliya.uz

11 Nov, 04:32


#Биласизми

🔰 Ер участкасига бўлган ижара ҳуқуқини эътироф этиш учун қуйидаги миқдорларда бир марталик тўлов ундирилади:

🔹Тошкент шаҳрида — БҲМнинг 5 баравари миқдорида;

🔹Нукус шаҳрида ва вилоятлар марказларида — БҲМнинг 3 баравари миқдорида;

🔹вилоятлар бўйсунувидаги бошқа шаҳарларда — БҲМнинг 2 баравари миқдорида;

🔹бошқа аҳоли пунктларида — БҲМнинг 1 баравари миқдорида.

Манба: ЎРҚ-937-сон, 05.08.2024 й.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Qashqadaryo.adliya.uz

11 Nov, 04:28


Qarshi shahridagi Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozorida tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Qarshi shahar soliq inspeksiyasi xodimlari va davlat xizmatlari markazining sayyor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi avtobusi orqali, noqonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ijara shartnomasi tuzmagan tadbirkorlar ham qonuniy faoliyat yuritishga imkoniyat yaratilmoqda. Bu tadbirlar bozorni tartibga solish, soliq to‘lovlarini oshirish va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Telegram
📱Instagram
Facebook
Youtube
👉Sayt

Qashqadaryo.adliya.uz

09 Nov, 07:30


Qarshi shahridagi Yerqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozorida tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Qarshi shahar soliq inspeksiyasi va shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazining xodimlari tomonidan sayyor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi avtobus orqali, noqonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ijara shartnomasi tuzmagan tadbirkorlar ham qonuniy faoliyat yuritishga imkoniyat yaratilmoqda. Bu tadbirlar bozorni tartibga solish, soliq to‘lovlarini oshirish va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

08 Nov, 10:15


KOSONLIK FUQARO 22 YOSHIDA HUJJATLI BO'LDI

Koson tuman Shirintepa mahallasida yashovchi fuqaro Setora Rasulova 22 yoshida tug'ilganlik haqida guvohnoma oldi. Fuqaroning bildirishicha, u e’tiborsizlik tufayli 22 yoshga kirgunga qadar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ololmagan.

“Ota-onam shar’iy nikohda yashashganligi sabab menga vaqtida tug‘ilganligim to‘g‘risidagi guvohnomani olishmagan. Oradan yillar o‘tdi, ulg‘aydim. Oila qurish ostonasiga turgan vaqtimda   nikoh guvohnomasi olish uchun hujjatim yo'qligi pand berdi.
-Koson tuman FHDY bo'limi yordami bilan tug'ilganlik guvohnomasini oldim- deydi fuqaro S.Rasulova.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

08 Nov, 09:58


#Adliya_Reportaj

‼️Kitob tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati haqida batafsil tez kunda....

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

07 Nov, 09:34


#Амал_қилинг

Ҳайдовчиларнинг транспорт воситаларини пиёдалар йўлкаларидан юргизиши, йўловчиларга лойқа сачратиши БҲМнинг иккидан бир қисми миқдорида (187 минг 500 сўм) жарима солишга сабаб бўлади.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Qashqadaryo.adliya.uz

07 Nov, 09:30


YOSHLAR ADLIYA E'TIBORIDA

🏆Qarshi tuman adliya bo‘limi DXM xodimlari tomonidan otaliqqa olingan va barcha yoshlarni siyosiy-huquqiy faolikka chaqirish, ularni sportga jalb etish, yoshlar orasida sportni targ‘ib qilish maqsadida tizimli ravishda uchrashuvlar, hamkorlikda tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

🚴‍♂️ Bunday tadbirlarda yoshlarning jismoniy salomatligi va ruhiy, ma’naviy kamolotini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

⚽️Yoshlar orasida ularning ongida vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, Konstitutsiya va milliy qonunchilikka oid bilimlarini yuksaltirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish haqidagi normativ - huquqiy hujjatlar mohiyati ham tushuntirilib borilmoqda.

Uchrashuvlarda yoshlarning turli muammolari va ularni qiziqtirgan masalalar ham o‘rganilib borilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

07 Nov, 09:25


#adliya_mahalla

Joriy yilning 6-oktabr kuni  Qamashi tuman adliya boʻlimi, DXM, FHDY boʻlimi  hamda  YUXKM  xodimlari tomonidan tumandagi olis hududlardan Ravot  hamda  Oqrabod MFY larda targʻibot kuni munosabati bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida PF -80 sonli farmon ijrosi boʻyicha uyma- uy kirilib fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi va huquqiy tushunchalar berildi.  adliya.mahalla.uz  platformasi orqali  murojaatlar qabul qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

06 Nov, 12:12


#adliya_mahalla

Mirishkor  tumani adliya bo'limi,Davlat xizmatlari markazi xodimlari  tomonidan "Oltin Boshoq" MFY da   uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi. Jumladan, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari bo'yicha  adliya.mahalla.uz platformasi orqali murojaatlari qabul qilindi.

    Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni yuzasidan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, O'RQ-937-sonli qonuni  bo’yicha kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan ham fuqarolarga tushuntirish berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

06 Nov, 10:55


⚡️Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

-  Alibayev Ubaydulla Normamatovich- 
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Notariat, advokatura, mediatsiya sho'basi bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

U. Alibayev
tayinlovga qadar Dehqonobod tuman adliya bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi U. Alibayevni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

06 Nov, 10:35


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

-  Ashurova Ozoda Kattaboyevna-  Yakkabog
' tuman adliya bo'limi FHDY mudirasi lavozimiga tayinlandi.

O. Ashurova
tayinlovga qadar Dehqonobod tuman adliya bo'limi FHDY mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi O. Ashurovani tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

06 Nov, 10:30


#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

-  Jabborov Abdimo'min Ahmatovich-  Kasbi
tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

A. Jabborov
tayinlovga qadar Mirishkor tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi A. Jabborovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

06 Nov, 10:26


#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

-  Ruzimuratov Maxmud Xolmurodovich-  Mirishkor
tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

M. Ruzimuratov
tayinlovga qadar Muborak tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi M. Ruzimuratovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

06 Nov, 10:06


#adliya_olis_hududlarda

YAKKABOG'DA BIR OILAGA 5 TA GUVOHNOMA BERILDI

Yakkabogʻ tuman FHDY
bo'limi hamda DXM xodimlari bilan birgalikda tuman markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan Daryo MFY Chillabuloq qishlogʻida PF-80 ijrosi boʻyicha uyma-uy yurilib, aholining sohaga tegishli muommolari o'rganildi.

PF-80 Ijrosi boʻyicha xatlovga olingan Shar - shar MFY Do'ng qishlogʻida yashovchi fuqaro N.Erdonovani shu bugunga qadar tugʻilganlik guvohnomasi boʻlmagan  lo'li millatiga mansub 5 nafar farzandlariga  birinchi marotaba tugʻilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib sayyor tartibda topshirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

24 Oct, 14:04


Аёллар декретдан декретгача ишлайдими?

«Аёллар кўрсин!» ҳуқуқий подкастининг бу галги сонида ишга қабул қилишда аёллар дуч келадиган дискриминация, ҳомиладор ва ёш болали аёллар учун имтиёзлар, норасмий секторда аёллар ҳуқуқлари, меҳнат таътиллари ва мажбурий меҳнат каби муҳим мавзулар ҳақида сўз борди.

Тўлиқ видео: 👉 https://youtu.be/bAjZhX7FkgU

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Qashqadaryo.adliya.uz

24 Oct, 11:09


#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

🔸Tadbirda viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirok etdi va boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔸 Shuningdek, boshqarma xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, har bir tarkibiy bo‘linma tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, davlat xizmati markazlari, FHDY bo‘limlari tomonidan davlat xizmati kzrsatilishi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilinishi tartiblari va situatsion markaz faoliyati xususida tushunchaga ega bo‘ldilar.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

24 Oct, 11:01


ADLIYA TARG'IBOTI KUNI

🏛Qamashi tuman adliya bo'limi, FXDY, DXM va YXKM xodimlari tomonidan "To'qboy" MFY da “Adliya targ'iboti kuni” bo'lib o'tdi.

✔️Tadbir davomida fuqarolarga kundalik hayotda ko‘p uchraydigan muammolar yuzasidan huquqiy yechim topish bo‘yicha, shuningdek, xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari, odam savdosi girdobiga tushib qolmaslik toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlari olib borildi.

✔️Bundan tashqari, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi va 20 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.



Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

24 Oct, 10:10


#Adliya_xabari

TEZ KUNDA!

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

24 Oct, 07:51


Joriy yilning 24-oktyabr kuni Mirishkor  tumani adliya bo'limi, YXKM xodimlari , Davlat xizmatlari markazi va FHDY xodimlari tomonidan "Zafar" MFY da Mahalla yettiligi bilan uchrashilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80 sonli farmoni yuzasidan ularga tushuntirishlar berildi.

Shuningdek uyma-uy yurilgan holda ularning huquqiy muammolari o'rganildi va sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Jumladan, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari bo'yicha suhbat anketasi to'ldirildi hamda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni yuzasidan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, O'RQ-937-sonli qonuni  bo’yicha kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan ham fuqarolarga tushuntirish berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Qashqadaryo.adliya.uz

24 Oct, 07:35


#huquqiy_targ'ibot_kuni

Qarshi shahar adliya bo'limi (YXKM, FXDY, DXM) xodimlari tomonidan "G'.G'ulom" va "Ravoq" MFY larida "Huquqiy targ'ibot kuni" tashkil etildi.Tadbirda byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Qarshi shahar bo'limi boshlig'i ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi, ularning yechimi to'g'risida, ish bilan ta'minlash borasida, subsidiyalar berilishi, kasb-hunarga o'qitish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

1,796

subscribers

17,279

photos

2,221

videos