Qashqadaryo viloyati hokimi qarori bilan masʼullarga ushbu vazifalar yuklatildi.
“Yashil“ transportda, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni ragʻbatlantirish;
-plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish;
-oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish;
-suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish;
-chiqindilarni turlariga qarab saralashni yoʻlga qoʻyish;
-oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va mahalla tibbiyot punktlarida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning samarali tizimini joriy etish;
-koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar faoliyatini markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika poliklinikasi sifatida yoʻlga qoʻyish;
viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini zarur oʻrin-joylarni (koyka) yaratgan holda boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy koʻp tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etish;
viloyatda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga biriktiriladigan “yashil“ texnikumlar faoliyatini yoʻlga kuyish;
viloyatning har bir tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyatini tashkil etish;
“Kambagʻallikdan farovonlik sari“ dasturi doirasida kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlarini tashkil etish;
2025-yil 1-martga qadar toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishning inson salomatligiga foydasini targʻib qilishni kuchaytirsin.
Barcha sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasalarida:
-qoʻl yuvish joylarining zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlanishi;
-sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirilishi;
-yil davomida birinchi navbatda qoʻl yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish belgilansin - Murotjon Azimov.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️