Psixologiya BAZA @psixologiyabaza Channel on Telegram

Psixologiya BAZA

@psixologiyabaza


Psixologik darsliklar, metodikalar, testlar, slaydlar. Barchasi shu kanalda!
1000 dan ortiq psixologik testlar, kitoblar.

Asosiy kanalimiz: @Psixodiagnostika

admin: @az_uz
Psixolog Azamat Baxriddinov

Donate uchun:
https://tirikchilik.uz/azuz

Psixologiya BAZA (Uzbek)

Psixologiya BAZA kanali - bu psixologik darsliklar, metodikalar, testlar, va slaydlarni jamlangan texnologiyalar markazi. Kanalda eng zamonaviy va foydali psixologik testlar, kitoblar va materiallar mavjud. Iltimos, kanalga obuna bo'ling va o'zingizga yararingiz bo'lgan qiyinliklarga yechim toping!

Psixologiya BAZA kanalini boshqaruvchisi Psixolog Azamat Baxriddinov bo'lib, kanalda o'z ko'nikmalarini ulgurishi va foydali materiallar taqdim etishga intilgan. Agar sizning hayotingizda psixologik muammo bo'lsa, yoki o'z o'zingizni oshirish, yaxshi yuksaltirishni hohlaysiz, Psixologiya BAZA kanali siz uchun eng yaxshi manba bo'ladi!

Kanalda barcha maqolalar va materiallar O'zbek tilida mavjud. Agar siz bu sohada mustaqil xarakterga ega bo'lmagan bo'lsangiz ham, Psixologiya BAZA kanalidan foydalanishingiz mumkin.

Asosiy kanalimiz Psixodiagnostika kanalidir. Agar siz psixologik sinovlardan, diagnoslar yozuvlari tug'ilishi va boshqalar haqida ma'lumotga ega bo'lishni hohlaysiz, ushbu kanalga ham obuna bo'lishingiz mumkin.

Psixologiya BAZA kanalida o'zingizni taraqqiyotga olib kelganda, muammo va chegaralarga yechim topishingiz uchun kerakli materiallar sizni kutmoqda. Obuna bo'ling va hayotingizni o'zgartiring! admin: @az_uz Psixolog Azamat Baxriddinov

Sizga yoqimli bo'lgan yoki kanalda ko'rishmoqchi bo'lgan materiallar uchun donate qilish imkoniyati mavjud. Donate uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: https://tirikchilik.uz/azuz

Psixologiya BAZA

13 Nov, 17:32


Mana ushbu kitob! Yoqimli ishtaxa va osh bo'lsin 😉

Psixologiya BAZA

13 Nov, 17:30


Yaqin kunlar davomida ushbu kitobdagi keltirilgan baʼzi buzilishlar haqida gaplashamiz.

Psixologiya BAZA

13 Nov, 17:30


DSM-5 (Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders, Fifth Edition) nima uchun kerak?

Tasavvur qiling siz har kuni sababsiz nimadandir tashvishlanmoqdasiz, kundan kunga xavotir oshib bormoqda. “Psixologga borishim kerak” degan xulosaga keldingiz va psixolog qabuliga bordingiz.

1-psixolog sizga depressiya deb tashxis qoʻydi. Lekin siz bunga ishonmadingiz
2-psixolog sizga Bipolyar buzilish deb tashxis qoʻydi. Lekin siz bunga ham ishonmadingiz.
3-psixolog esa sizga “Olam vibratsiyalarini qabul qilishning buzilishi” deb tashxis qoʻydi. “Bu psixologni tomi ketganmi” deb oʻylab qoldingiz va yana boshqa psixolog qidirishga tushdingiz.

Afsuski nechta psixologga bormang barchasi sizga turli xil tashxis qoʻymoqda.

Rostdan ham bu haqiqat, bizda nafaqat psixologlar, balki shifokorlarda ham bu holat bor. Hamma oʻzicha bir bemorga turli xil tashxis qoʻyadi.

Demak yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish uchun, DSM-5 (Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders, Fifth Edition) kitobi ishlab chiqilgan. Yaʼni, ushbu kitob psixologik buzilishlar va ruhiy kasalliklarni diagnostika qilishda yagona tizim sifatida qoʻllaniladi. Psixolog va tibbiyot xodimlariga psixologik buzilish hamda ruhiy kasalliklarni bir xil tushunish, shuningdek bir xil tashxis qoʻyish imkonini beradi. Yana ushbu kitob yildan yilga takomillashtirilib, yangi buzilish va kasalliklar kiritilib, yangilab boriladi.

Bizda ham shu kabi tizim yoʻlga qoʻyilsa aʼlo boʻlar edi.


© Psixologiya

Psixologiya BAZA

13 Nov, 17:30


Kitob haqida

DSM-5-TR:
1. Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va tasnifi boʻyicha ilmiy asoslangan mezonlarni oʻz ichiga oladi.
2. Ruhiy salomatlik boʻyicha mutaxassislar uchun muayyan kasalliklarni aniqlashda yoʻriqnoma sifatida xizmat qiladi.
3. Har bir tashxis uchun aniq belgilangan mezonlar, belgilari, differensial diagnostika va statistik maʼlumotlarni taqdim etadi.
4. DSM-5 ga nisbatan baʼzi terminologiya va tasniflarda oʻzgarishlar va yangilanishlar kiritilgan.

Kimlar uchun moʻljallangan?
Psixiatrlar, psixologlar, terapevtlar va boshqa ruhiy salomatlik bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun zarur manba hisoblanadi.
• Shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar va tibbiyot talabalari uchun ham qimmatli qoʻllanma sifatida xizmat qiladi.

Ushbu kitob ruhiy salomatlik sohasidagi eng keng qoʻllaniladigan diagnostik qoʻllanmalardan biri boʻlib, dunyodagi koʻplab kliniklarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy manba sifatida foydalaniladi.

Psixologiya BAZA

07 Nov, 05:47


❗️Noqonuniy psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bu bo‘yicha qonun prezident tomonidan imzolandi.

Bundan buyon psixologik yordam ko‘rsatish bilan faqat psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega shaxslargina shug‘ullana oladi. Mazkur qonun internet orqali turli psixologik trening o’tkazadigan shaxslarga ham taalluqli bo’ladi.

Agar psixologik yordam bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatilsa yoxud aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etilmasa, quyidagicha jazo chorasi qo’llanishi mumkin:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima tayinlanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Psixologiya BAZA

02 Nov, 15:13


“Depressiyadan halos bo’lish” darsligini BEPUL olish uchun quyidagi shartlarni bajarishingiz kerak:

@taskin_markaz kanalimizga a’zo bo’lasiz.
@naimjon_azimov guruhiga a’zo bo’lib 5ta yaqin do’stingizni qo’shasiz.
Ushbu xabarni do’stlaringiz guruhiga yuborasiz.


Shartlarni bajargach skrinshot qilib @azimov_admin ga yuborsangiz sizga darslik tashlab beriladi.

Psixologiya BAZA

29 Oct, 19:36


Ҳамма ота-оналар эшитсин!🔞

🔴 14-ёшида зўравонликка учраган қиз 7йил давомида буни ҳатто онасидан ҳам беркитиб юрган…

Ёш фарзанди бор ота-оналарга юбориб қўйинг!
▶️
@taskin_markaz

Psixologiya BAZA

28 Sep, 18:24


Demak, suitsidal mijoz bilan ishlashingizda o'zimning tavsiyalarimni berib o'taman. Quyidagi maqolada ushbu haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

Psixologiya BAZA

28 Sep, 11:01


OʻZINGIZNI SINAB KOʻRING!

Anaqa ismli mijoz (bemor) psixolog (psixoterapevt) qabuliga keldi. Mijozda suitsidal axloq aniqlangan va u bir necha bor tugallanmagan suitsidal aktni amalga oshirgan.

Tasavvur qiling sizning qabulingizga shunday mijoz keldi. Sizning harakatingiz, rejangiz va faoliyatingiz qanday boʻlar edi?

Fikrlaringizni izohda kutaman.

© Psixologiya

Psixologiya BAZA

25 Sep, 07:01


Umidsizlik — suitsidal axloq shakllanishida eng muhim psixologik omillardan biridir. Umidsizlik, odam oʻz muammolarini hal qilishning hech qanday yoʻlini koʻrmayotgan va kelajakdan hech narsa kutmayotgan holatda paydo boʻladi. Bunday holat odamni oʻz joniga qasd qilishni yechim deb koʻrishga majbur qilishi va u oʻzining jismoniy yoki psixik azoblaridan qochishning yagona yoʻli deb oʻylashi mumkin.

© Psixologiya

Psixologiya BAZA

25 Sep, 06:48


Suitsidal axloqni diagnostika qilishga yordam beruvchi keyingi testimiz, umidsizlik mavzusida bo'ladi.

Test nomi: Umidsizlik shkalasi
Yosh darajasi: 15-35 yosh
Bajarish vaqti: 20-25 daqiqa

Psixolog uchun yoʻriqnoma: Ushbu testning nomi va maqsadini sinalluvchiga maʼlum qilish tavsiya etilmaydi. Yaʼni ushbu testni oddiy savolnoma sifatida tavsiya eting. Shu orqali test javoblarida holislikni taʼminlaysiz.

© Psixologiya

Psixologiya BAZA

23 Sep, 06:57


Suitsidal axloqni diagnostika qilishga yordam beruvchi birinchi testimiz, depressiya mavzusida bo'ladi.

Chunki, depressiya suitsidal fikrlar shakllanishida asosiy omil sifatida baholanadi.


Test nomi: Depressiya darajasini baholash testi
Yosh darajasi: 16—40 yoshgacha
Bajarish vaqti: 20 daqiqa

Psixolog uchun yoʻriqnoma: Ushbu testning nomi va maqsadini sinalluvchiga maʼlum qilish tavsiya etilmaydi. Yaʼni ushbu testni oddiy savolnoma sifatida tavsiya eting. Shu orqali test javoblarida holislikni taʼminlaysiz.

© Psixologiya

Psixologiya BAZA

20 Sep, 14:07


Ushbu rasm koʻpchilikka tanish.

Bu 2002-yilda Zlata Koroleva tomonidan ishlab chiqilgan "Sizning suitsidal moyilliklaringiz" nomli testda koʻrsatilgan nomsiz figura.

Testning yoʻriqnomasi boʻyicha ushbu figurani, sinaluvchi oʻziga yoqqan koʻrinishda boʻyab, figuraga yakuniy koʻrinish berishi kerak.

Testning interpitatsiyasi esa sinaluvchi boʻyagan uslub, boʻyalgan qism joylashuvi, konturlarning boʻyalganligi, toʻliq yoki notoʻliq, chap yoki oʻngdaligiga qarab xulosa qilinadi.


Ushbu testning ishonchliligi va ilmiy asoslari haqida bahs-munozaralar mavjud. Psixologiyada proyektiv testlar, jumladan Zlata Korolevaning "Sizning suitsidal moyilliklaringiz" testi, subyektiv talqinlarga asoslanadi. Bu shuni anglatadiki, test natijalari koʻpincha uni oʻtkazuvchi mutaxassisning tajribasi va fikrlariga bogʻliq boʻladi.

Shunday qilib, "Sizning suitsidal soyilliklaringiz" testi ishonchli diagnostik vosita sifatida qabul qilinmaydi. U shaxs haqida maʼlum fikrlarni berishi mumkin boʻlsa-da, uning natijalari ilmiy jihatdan asoslanmagan va subyektiv talqinlarga tayanadi.

Psixologik yoki klinik amaliyotda bu kabi testlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ularni boshqa ishonchli va valid testlar bilan toʻldirish lozim. Shuningdek, suitsidal mavzular bilan ishlashda har doim etik meʼyorlarga rioya qilish va mutaxassislarning koʻrsatmalariga amal qilish muhimdir.

© Psixologiya

Psixologiya BAZA

20 Sep, 06:36


Suitsidal axloqni diagnostika qilishga yordam beruvchi, yaʼni aynan suitsidal mavzuga aloqador boʻlgan qanday psixologik testlarni bilasiz?

Agar shunday testlar boʻlsa, nomlarini izohga yozing. Har bir bir testni o'rganib, tekshirib koʻramiz.


© Psixologiya

Psixologiya BAZA

18 Sep, 08:34


Amaliy psixologlar uchun yana bir imkoniyat!

🇺🇿 Respublikamizdagi barcha ta’lim (maktab, bog'cha, OTM) muassasalari va boshqa tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi psixologlar uchun BEPUL TRENING dasturini taqdim etamiz!🤩

📍 Bepul trening dasturimizda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz, hudud yoki tumaningizdagi psixologlar bilan bir jamoa tashkil etib, bizga aloqaga chiqing. Biz ushbu psixologlar jamoasiga amaliy trening o'tib beramiz!

Trening davomida siz:
Mijozlar bilan samarali konsultatsiya olib borish;
"СДВГ" bilan ishlash;
Addiksiya diagnostikasi va korreksiyasi;
Autizm psixodiagnostikasi va korreksiyasi;
Zamonaviy texnikalar bilan tanishasiz.


Bizga aloqaga chiqing:
📥
@azimov_admin
☎️ 935555568

Psixologiya BAZA

16 Sep, 05:05


Tasavvur qiling!

Bir mijozda suitsidga moyillik mavjud. Mijozda suitsidallik indikatorlari ham aniq koʻrinib turibdi. Fikrlarida ham suitsid qilishi yaqqol yangramoqda.

Endi savol: Psixolog shunday mijozlar bilan suitsid mavzusida suhbat qilishi qanchalik toʻgʻri? Oʻzi mijoz bilan suiqasd qilish haqida gaplashish mumkinmi? Nima deb oʻylaysiz?

Fikrlarni izohga yozing va sababini ham koʻrsating.


© Psixologiya

Psixologiya BAZA

13 Sep, 17:42


Kuni kecha bir inson bilan gaplshdim. U o'z joniga suiqasd qilib tirik qolgan.

“Qilgan ishingizdan afsuslanganmisiz” degan savolimga u quyidagicha javob berdi.

“Boʻynimga sirtmoq ilib oʻzimni osganimdan keyin 5 sekund ham oʻtmasdan afsuslanishni boshlaganman. Jonim hiqildogʻimga keldi. Yordamga chaqiray desam ovozim chiqmaydi, havo ichimga tiqilib qoldi. Xuddi boshim bilan tanam ikkiga ajralgandek boʻlardi. Nega bu ishni qildim, nega oʻzimni osdim, maza qilib yashasam boʻlardi-ku deb oʻzimga savol berdim. Oʻlishni xohlamayman deb baqirgim keldi. Nega oʻzimni oʻldiryapman nega? ...


Haqiqatdan chuqur hissiyotlarga berilib oʻzini nobud qilmoqchi boʻlgan odam soʻngi soniyalarda qilgan ishidan pushaymon qiladi. Buning sababi esa oddiy, tirik qolish instinkti.

Agar insonda tirik qolish, yashash, xavfsizlik instinkti ishga tushsa, barcha hissiyotlar, xafalik, gina, qasos, sevgi, alam, hijron esdan chiqib ketadi. Insonning miyasida faqat "nima qilib bo'lsa ham tirik qolish kerak" degan fikr boʻladi xolos. Shuning uchun ham koʻp aytaman qalb ogʻrigʻi degan narsa mavjud emas. Insondan faqat tana ogʻrigʻi bor. “Qalbim ogʻridi eh-voh endi oʻzimni oʻldiraman” degan odam adashadi. Qalb ogʻrigʻi va tana ogʻrigʻi haqida keyinroq gaplashamiz.


®️ Psixologiya

Psixologiya BAZA

13 Sep, 06:44


Suitsidni diagnostika qilishdan oldin quyidagi tashqi indikatorlar (belgilar)ni hisobga olish zarur. Agar ushbu 9 ta indikatorlarning bir donasi ham mijozda kuzatilsa yoki mavjud boʻlsa, demak, suitsidal axloq mavjud boʻlishi mumkin.

1. Suitsidal fikrlar va ifodalar:
• Oʻz joniga qasd qilish haqida ochiq gapirish, "Men oʻlib qolsam yaxshiroq boʻlardi" yoki "Men yashashni istamayman" kabi ifodalar suitsidal xavf belgisi hisoblanadi.

2. Kelajak haqida umidsizlik:
• Oʻz hayoti va kelajakka boʻlgan umidning yoʻqolishi, "Mening kelajagim yoʻq" yoki "Barcha muammolarimni hal qilolmayman" kabi fikrlar bilan ifodalanishi mumkin.

3. Izolyatsiya va ijtimoiy aloqalarni uzish:
• Doʻstlar va oila bilan aloqani kamaytirish, izolyatsiyaga intilish, oddiy kundalik faoliyatlardan voz kechish yoki boshqa odamlardan uzoqlashish belgisi sifatida koʻriladi.

4. Emotsional holatdagi keskin oʻzgarishlar:
• Kayfiyat oʻzgarishlari, depressiv holatlar, tez-tez stress holatiga tushish, xavfli xatti-harakatlarga qoʻl urish (masalan, spirtli ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish yoki oʻziga zarar yetkazish).

5. Suitsidal rejalarning mavjudligi:
• Oʻz joniga qasd qilish uchun reja tuzish yoki oʻlimga olib keluvchi vositalarni izlash. Agar shaxs oʻz joniga qasd qilish rejasi haqida gapirsa, bu alohida xavf omili hisoblanadi.

6. Anormal xatti-harakatlar:
• Oddiy faoliyatdan voz kechish, oʻz mulkini boshqalarga berish, vasiyatnoma yozish kabi xatti-harakatlar suitsidal niyatni koʻrsatishi mumkin.

7. Jismoniy holatlar:
• Oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga urinish (masalan, ogʻriq yoki uzoq davom etgan kasallik tufayli). Ogʻriq qoldiruvchi yoki sarxush qiluvchi dorilarni oʻzida sinab koʻrishi mumkin.

8. Oldingi suitsidal urinishlar:
• Oldingi oʻz joniga suiqasd qilish urinishlari boʻlgan odamlar yana bunday fikrlarni sinash xavfi yuqoridir.

9. Moddiy yoki emotsional yoʻqotishlar:
• Yaʼni, yaqinlarining oʻlimi, ish yoʻqotish, ajralish yoki moliyaviy qiyinchiliklar suitsidal fikrlarni kuchaytirishi mumkin. Yana online qimor yoki tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlardagi omadsizliklar.

© Psixologiya

Psixologiya BAZA

13 Sep, 03:01


Suitsid qilish xavfi yuqori boʻlgan mijozlar bilan gaplashishda, konsultatsiya va terapiya vaqtida har bir gapingiz va beradigan savollaringizga eʼtiborli boʻlishingiz shart.

Agar suitsidal mijozga berilishi mumkin boʻlmagan savol yoki taʼkid bersangiz, bu mijozning izolyatsiya qilishiga sabab boʻlishi mumkin.

Quyida mijozga berilishi tavsiya etilmaydigan savol va taʼkidlarni roʻyxati hamda ularni nima uchun tavsiya etilmasligi sabablarini koʻrishingiz mumkin:

1. "Siz oʻzingizni shunchalik noqulay his qilyapsizmi?"
• Sababi: Bu savol mijozning his-tuygʻularini yengil qabul qilishdek tuyuladi va u oʻzini tushunilmagan his qilishi mumkin.

2. "Hayotdan zavqlanishingizga nima xalaqit bermoqda?"
• Sababi: Bu savol mijozni oʻzini aybdor his qilishiga olib keladi va masalani yanada yomonlashtirishi mumkin.

3. "Bunday fikrlardan voz kechishingiz kerak!"
• Sababi: Bu psixologning hukm qilayotganini koʻrsatadi va mijozni oʻz his-tuygʻularini yashirishga undaydi.

4. "Hali ham shu yomon fikrlarni oʻylayapsizmi?"
• Sababi: Bu savol mijozning his-tuygʻularini inkor etishga oʻxshab koʻrinishi va uni oʻzini izolyatsiyalashiga olib kelishi mumkin.

5. "Nega bunday qilmoqchisiz? Hayotda yaxshi narsalar ham bor-ku!"
• Sababi: Bu savol mijozning muammolarini yengil qabul qilganlikdek tuyulishi mumkin va ular oʻz his-tuygʻularini qabul qilingandek his qilmaydi.

6. "Siz buni qilasiz (suiqasd) deb oʻylamayman."
• Sababi: Bu savol mijozning hissiyotlarini inkor qilish va eʼtiborsiz qoldirish deb talqin qilinadi, bu esa mijozning izolyatsiyaga tushishiga olib kelishi mumkin.

7. "Boshqa odamlar sizdan ham yomonroq holatda!"
• Sababi: Bu yondashuv mijozning individual his-tuygʻularini eʼtiborsiz qoldirishga olib keladi va ularning oʻzini qadrsiz his qilishiga sabab boʻladi.

8. "Buni qilmaslik kerak edi."
• Sababi: Bu aybdorlik hissini kuchaytirishi va mijozning oʻz his-tuygʻularini yashirishga olib kelishi mumkin.

9. "Bular shunchaki xayoliy narsalar, oʻtib ketadi."
• Sababi: Bu mijozning his-tuygʻularini haqiqiy deb qabul qilmaslikdek tuyuladi va ular oʻzlarini tushunilmagan his qilishlari mumkin.

10. "Boshqalar ham shunday holatda boʻlishgan, lekin ular buni yengib oʻtishdi!"
• Sababi: Bu savol individual tajribani eʼtiborsiz qoldiradi va mijoz oʻz dardlarini qadrsiz his qilishi mumkin.

11. "Siz haqiqatan ham bunday niyatda emassiz, toʻgʻrimi?"
• Sababi: Bu savol mijozning his-tuygʻularini rad etadi va ular uchun xavfli boʻlishi mumkin.

12. "Siz bunday qilmasligingiz kerak!"
• Sababi: Bu savol hukm qiluvchi va tanqidiy ohangda koʻrinadi, bu esa mijozni oʻzini tushunilmagan his qilishiga olib keladi.

Bunday savol va taʼkidlar oʻrniga mijozni qoʻllab-quvvatlaydigan va his-tuygʻularini tan oladigan muloqotni tashkil eting.

© Psixologiya

Psixologiya BAZA

12 Sep, 14:56


MUROJAAT!
ILTIMOSNOMA!


Hurmatli hamkasblar va kanalim kuzatuvchilari, ushbu "Suitsidal axloq" mavzusidagi ma'lumotlarni barcha vakolatli mutaxassis hamda psixologlar bilan ulashing.

Masala jiddiy va hozirgi mavsumda o'ta dolzarb, chunki depressiv oylar yaqinlashmoqda. Ushbu bilimlar orqali kimningdir hayotini saqlab qolishga hissangizni qo'shing.


KANALIMNI KUZATISHDA DAVOM ETING!

Psixologiya BAZA

12 Sep, 13:16


Suitsidal axloqli mijozlar bilan ishlashda samarali va xavfsiz psixologik yondashuvni taʼminlash uchun bosqichma-bosqich reja zarur. Quyida suitsidal mijozlar bilan psixologik ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tartibini keltirib oʻtaman.

Psixologiya BAZA

11 Sep, 17:50


Suitsidal axloq haqida har joyda ham eshitavermaysiz. Mening kanalimda esa keyingi 3-4 kun davomida ushbu gapirilmaydigan mavzu haqida fikrlashamiz.

Ushbu hafta davomida, suitsidal axloqning ishonchli diagnostikasi va maxsus terapiyasi haqidagi bilimlarim bilan boʻlishaman.


© Psixologiya

Psixologiya BAZA

16 Aug, 15:55


Talabingizga binoan maktab oʻquvchilari uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan zamonaviy testlar haqida maʼlumotlarni jamladim.

Quyidagi maqolada zamonaviy testlarning 10 tasi haqida maʼlumot berib oʻtganman.