PSIXODIAGNOSTIKA @psixodiagnostika Channel on Telegram

PSIXODIAGNOSTIKA

@psixodiagnostika


PSIXOLOGIYANI BIZ BILAN O'RGANING
YAGONA ILMIY PSIXOLOGIK KANAL

YOU TUBE kanal: https://bit.ly/3qvEaI1

Psixologik testlar, trening materiallari: @PsixologiyaBaza


Admin: Psixolog Azamat Baxriddinov @az_uz



Donate uchun:
https://tirikchilik.uz/azuz

PSIXODIAGNOSTIKA (Uzbek)

PSIXODIAGNOSTIKA Telegram kanali sizga psixologiya sohasida ko'proq bilim va tajriba olish imkoniyatini taqdim etadi. Kanalga azamat baxriddinovning boshqaradi va uni https://bit.ly/3qvEaI1 orqali tomosha qilishingiz mumkin. Psixologik testlar va trening materiallariga @PsixologiyaBaza kanalidan murojaat qilishingiz mumkin. Psixolog Azamat Baxriddinov @az_uz kanalning admini va sizga savollaringiz bo'yicha yordam berishga tayyor. Agar kanal faol faoliyatini davom ettirish uchun yordam bermekchi bo'lsangiz, https://tirikchilik.uz/azuz saytiga tashrif buyuring. Siz psixologik bilimlarni o'rganish va o'z hayotingizdagi muammoatlarga echim topish uchun PSIXODIAGNOSTIKA kanaliga a'zo bo'ling!

PSIXODIAGNOSTIKA

04 Feb, 06:05


QARAM SHAXS BUZILISHI

Qaram shaxsiyat buzilishi, doimiy va haddan tashqari gʻamxoʻrlikka ehtiyoj, itoatkor va yopishqoq xatti-harakatlar hamda ajralishdan qoʻrqish bilan tavsiflanadigan jiddiy buzilishlardan biri.

Ushbu buzilish oʻsmirlik yoshidan boshlab turli vaziyatlarda namoyon boʻladi va quyidagi belgilardan kamida beshtasi (yoki undan koʻprogʻi) shaxsda kuzatilishi, qaram shaxs buzilishi tashxisiga asos boʻladi:

1. Kundalik qarorlarni qabul qilishda boshqalarning haddan tashqari maslahat va tasdigʻiga ehtiyoj sezadi.
2. Hayotining aksariyat muhim jabhalarida boshqalarning javobgarlikni oʻz zimmasiga olishiga ehtiyoj sezadi.
3. Boshqalarning qoʻllab-quvvatlashi yoki maʼqullashini yoʻqotishdan qoʻrqib, ular bilan aslo konfliktga bormaydi va nimagadir eʼtiroz bildirishda qiynaladi.
4. Oʻz-oʻzidan tashabbus koʻrsatishda yoki ishlarni mustaqil bajarishda qiyinchilik sezadi (bu motivatsiya yoki energiya yetishmovchiligi tufayli emas, balki oʻz qobiliyatlari va qarorlarining toʻgʻriligiga ishonchsizlik tufaylidir).
5. Boshqalarning gʻamxoʻrligi va qoʻllab-quvvatlashini olish uchun haddan tashqari chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan yoqimsiz yoki ogʻir vaziyatlarni qabul qilishga ham tayyor boʻladi.
6. Yolgʻiz qolganida oʻzini noqulay yoki ojiz his qiladi, chunki u oʻzini parvarish qila olmasligidan haddan tashqari qoʻrqadi.
7. Yaqin munosabat tugaganidan soʻng, zudlik bilan yangi munosabat topishga intiladi, chunki unga gʻamxoʻrlik va qoʻllab-quvvatlash manbai kerak boʻladi.
8. Yolgʻiz qolganda oʻzini boshqara olmaslikdan haddan tashqari xavotirga tushadi.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

02 Feb, 18:22


Shaxs buzilishlari mavzusini davom ettiramiz!

PSIXODIAGNOSTIKA

21 Jan, 13:31


Ertaga Qo'qonda ko'rishamiz!

PSIXODIAGNOSTIKA

21 Jan, 13:29


Farg’ona, Qo’qon shahrida trening!

🔴 22-yanvar soat 11:00da Qo’qon universitetida “Taskin” - psixologik markazi psixologlari tomonidan ajoyib trening va savol-javob bo’lib o’tadi.

Treningda qatnashish Bepul.

📍Manzilni biladiganlar bemalol boraverasiz.

▶️ @taskin_markaz

PSIXODIAGNOSTIKA

18 Jan, 05:47


KURSIMIZ DAVOMIDA OʻRGANADIGAN TESTLARIMIZ HAQIDA QISQACHA MAʼLUMOT BERAMAN.

1. MMPI (Minnesota Multiphasic Personality Inventory)
Nima uchun ishlatiladi: MMPI psixologik diagnostika uchun eng mashhur testlardan biridir. Asosan ruhiy salomatlik muammolarini aniqlash va shaxsiy xususiyatlarni oʻrganishda qoʻllaniladi.

Imkoniyatlari:
Depressiya, xavotir, psixoz kabi psixik buzilishlarni aniqlaydi.
• Sud-psixologik ekspertizalarda, klinik psixologiyada va ishga qabul qilish jarayonida qoʻllaniladi.
• Mijozning shaxsiy va ijtimoiy moslashuv darajasini baholaydi.


2. NEO PI-R (NEO Personality Inventory-Revised)
Nima uchun ishlatiladi: NEO PI-R shaxsiyatni “Big Five” modeli asosida baholash uchun yaratilgan. U insonning beshta asosiy shaxsiyati yoʻnalishlarini oʻrganadi.

Imkoniyatlari:
Neurotizm, Ekstraversiya, Ochiklik, Moslashuvchanlik va Masʼuliyatlilik kabi yoʻnalishlarni baholaydi.
• Shaxsiy rivojlanish, ishda samaradorlik va jamoa bilan ishlash qobiliyatini aniqlashda qoʻllaniladi.
• Psixoterapiya va karyera yoʻnalishini aniqlashda foydalidir.


3. MBTI (Myers-Briggs Type Indicator)
Nima uchun ishlatiladi: MBTI odamlarning fikrlash, his qilish va qaror qabul qilish uslublarini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu test shaxsiyat tipini aniqlaydi.

Imkoniyatlari:
Shaxsni 16 ta turga ajratadi (masalan, ISTJ, ENFP).
• Karyera tanlash, jamoada ishlash va yetakchilik qobiliyatlarini aniqlashda yordam beradi.
• Terapiyada shaxs diagnoslash uchun foydali test.

4. 16 PF (Sixteen Personality Factor Questionnaire)
Nima uchun ishlatiladi: Bu test insonning 16 ta asosiy shaxsiy xususiyatlarini aniqlashga moʻljallangan.

Imkoniyatlari:
Ish joyida shaxsiyatni tahlil qilish va rahbarlik qobiliyatlarini aniqlashda ishlatiladi.
• Shaxsiy rivojlanish va oʻzini anglash jarayonida foydali.
• Qaror qabul qilish va stressga chidamlilik darajasini aniqlaydi.


5. MCMI-IV (Millon Clinical Multiaxial Inventory-IV)
Nima uchun ishlatiladi: Bu test klinik shaxsiyat buzilishlarini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Ayniqsa, psixologik salomatlikni baholashda muhimdir.

Imkoniyatlari:
Chegaradagi shaxsiyat buzilishi, depressiya va boshqa shaxs buzilishlarini aniqlaydi.
• Psixoterapiyada diagnostika va davolash yoʻnalishini belgilashda yordam beradi.
• Klinik sharoitda psixologik diagnostika uchun moslashgan.


Bu testlar shaxsning psixologik holatini turli yoʻnalishlarda chuqur oʻrganish va uni toʻgʻri baholashda jahon psixologlari tomonidan ijobiy eʼtirof etilgan.

PSIXODIAGNOSTIKA

17 Jan, 12:44


“Psixoterapiyagacha diagnostik usullar” — Online Kurs! 📊

Sizga, olam vibratsiyalari, koinot energiyalari, chakralar yoki pulga ochilishni emas, ilmiy diagnostik vositalardan foydalanishni oʻrgataman.


📌 Kursda nimalarni oʻrganasiz?
🔹 Psixologik testlar va diagnostik vositalardan foydalanish.
🔹 Mijoz muammolariga zamonaviy yondashuvlar.
🔹 Real holatlar asosida diagnostika amaliyotlari.
🔹 MMPI testi.
🔹 NEO PI-R test.
🔹 MBTI.
🔹 16 PF.
🔹 MCMI-IV kabi shaxs va klinik testlarni qoʻllashni oʻrganasiz.

📅 Oʻtkazilish vaqti: 1 oy, haftada 2 marotaba.
🌐 Format: Online. 20.01 kuni, 21:00dan boshlanadi.
🎓 Kim uchun: Amaliyotdagi psixologlar uchun.

Xizmatlar N:336021 raqamli litsenziyaga ega.
Kurs soʻngida rasmiy sertifikat beriladi.


🎯 Joylar cheklangan! Vaqt kam!

Kurs narxi: 1 mln soʻm

ROʻYXATDAN OʻTISH UCHUN @az_uz ga yozing.

PSIXODIAGNOSTIKA

15 Jan, 07:48


#yangilik

Yana bir kitobim bugun nashrdan chiqdi!

PSIXODIAGNOSTIKA

13 Jan, 19:42


Barcha safdoshlarimni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

VATAN, SHARAF, JASORAT!


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

06 Jan, 16:49


#Yangilik

Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-noyabrdagi “Aholiga psixologik yordamni koʻrsatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-989-son
Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi psixologik yordam koʻrsatish standartlarini ishlab chiqdi.

Ushbu standartlar tibbiy va notibbiy psixologik sohaga tatbiq qilinadi.

Bu nima degani:

Hujjat kuchga kirgan kun (2025-yil 1-mart)dan boshlab barcha psixolog, klinik psixolog, tibbiy psixolog va psixoterapevtlar ushbu milliy standartlar asosida oʻz faoliyatini tashkil etishi shart boʻladi.

Sodda qilib aytganda: Ushbu standartlar aholiga psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha yagona talablarni belgilaydi.

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

03 Jan, 18:51


INGLIZ TILI VA PSIXOLOGIYA

Oʻzbekistonda psixologiya fanining bugungi rivojlanish yoʻlida ingliz tilini bilish masalasi eng muhim omillardan biri sifatida har doim eʼtiborimni tortadi. Dunyoning turli burchaklarida psixologiya sohasidagi izlanishlar doimiy tarzda boyitilib borilayotganini hisobga olsak, xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini bilish ushbu ilm-fan vakillari uchun ayni muddaodir. Qator mutaxassislarning fikricha, ilmiy adabiyotning aksar qismi, yangi tadqiqot natijalari va ilmiy yangiliklar avvalo ingliz tilida eʼlon qilinadi. Psixologlarimizning jahon maydoniga kirib borishi, xalqaro konferensiyalarda qatnashishi yoki zamonaviy ilmiy maqolalar bilan bevosita tanishishi aynan ingliz tili orqali keng imkoniyatga ega boʻladi.

Men Oʻzbekiston psixologlari orasida xorijiy tilni bilishga sust yondashish kuzatilayotganini koʻrib, bu holatni achinarli, deb hisoblayman. Agar chet tilini bilmaslik davom etsa, jahon psixologiya tajribasidan chetda qolish xavfi yuzaga kelishi mumkin (aslida shundoq bo‘lsa ham). Xorijiy tadqiqotlar bilan kechikib tanishish yoki ularni ikkilamchi manbalar orqali oʻrganish bilimning toʻliq va mustaqil rivojiga toʻsqinlik qiladi.

Keng miqyosdagi ilmiy manbalarga murojaat qilish, malakali tadqiqotlarni kuzatish, zamonaviy trening va seminarlarda ishtirok etish psixologning kasbiy saviyasini oshirishi tabiiy. Yangi metodologik yondashuvlarni oʻrganish va ularni amaliyotga joriy etish orqali odamlarning psixologik holatini yanada chuqurroq tushunish imkoniyati paydo boʻladi. Professional hamjamiyatda raqobatbardoshlikni taʼminlash ham aynan shunday uzluksiz oʻqish va malakani mustahkamlashga bogʻliq.

Ingliz tilini oʻrganish vaqt va sabr-toqat talab qilishi tabiiy hol, lekin bu jarayonni ertaga qoldirish oʻrniga, bugun boshlash muhim, deb oʻylayman. Ushbu yoʻlda boshlangʻich saboqlarni oʻzlashtirishdan tortib, ilmiy maqola oʻqish darajasiga yetguncha, har bir bosqichda oldinga intilish zarur.

Doimiy mashq, ilmiy matnlar bilan tanishish va xorijiy hamkasblar bilan aloqalarni rivojlantirish ham psixologiyani chuqur anglash, zamonaviy ilmiy samaradorlikka erishish uchun mustahkam poydevor boʻla oladi. Shu bois men oʻzbek psixologlarini ingliz tilini oʻrganishga hozirning oʻzidayoq kirishishga, kasbiy faoliyatida yangi ufqlarni kashf etishga chorlashni istardim. Bu saʼy-harakatlar jamiyatimizdagi psixologik xizmat sifatini oshirishga, ilm-fanimizni jahon miqyosida munosib tanitishga sabab boʻladi, degan umiddaman.


Yangi 2025-yildagi asosiy maqsadlaringizdan biri sifatida ingliz tilini fan uchun o’rganish va kasbiy rivojlanishni belgilab qo'ying!

Xullas shunaqa gaplar!

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

01 Jan, 09:20


YANGI YIL VA OSHQOZON SARGUZASHTLARI

Birinchi yanvar! Yaʼni yangi yilning birinchi kuni organizmimiz kechadan beri toʻliq “bazm rejimida” ishlamoqda. Ishtahamiz karnay, yana kimlardadir holsizlik.

Kecha nima boʻldi oʻzi?

Ovqat yedik, oshqozon kengayib, sigʻim yetmay, hazm qilish fermentlari odatdagidan 2-3 baravar koʻp ajraldi. Koʻp va yogʻli ovqatlarimiz jigarni mehnat taʼtilidan qaytarib, ikki smena ishlashga majbur qildi. Kechadan beri “toʻydim” degan soʻzlar miya markazida ishlamay qolgan boʻlsa, hayron boʻlmang – biologik ritmlar ham bayramni nishonlagan shekilli, bugun ishtahamiz kun yarmigacha yaxshi boʻlmadi.

Xoʻsh, buni qanday bartaraf etamiz?

1. Dam bering! Oshqozon va jigar ham “Yangi yil bazmi”dan keyin orom olishni xohlaydi. Odatdagi rejimga qaytish (kechki payt ovqatni kamaytirish, erta yotish) biologik “timer”ni yana ishga soladi.
2. Koʻproq suyuqlik isteʼmol qiling – lekin shakar bilan “boyitilgan” gazlangan ichimliklar emas. Issiq suv yoki oʻsimlik choylari organizmni “general tozalash”dan oʻtkazish uchun yaxshi yordamchi.
3. Meʼyor juda muhim. Kechagi bayram dasturxonidan qolgan taomlar ustiga yana yangi yil sovgʻalaridan qoʻshib yeb, oshqozondan “qoʻngʻiroq” kelib qolmasin!
4. Faol harakat – hech boʻlmasa, bolalarni olib aylangani chiqing. Qon aylanishi yaxshilanib, hazm qilish tizimi “energiya quvvatini” oladi.


Yana boshqa bayramlar ham oldinda. Shuning uchun organizmga “Yangi yil syurprizlari”ni meʼyor bilan, kulgi va shodlikka hamohang ravishda taqdim eting. Axir, salomatlik – Yangi yil sovgʻamizning eng qimmatli qismi!

Oʻzingizni asrang! Yangi yilingiz bilan!

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

31 Dec, 03:40


YANGI YIL HAZILI

Eng yaqin do'stlarimizga jo'natamiz🤣

Yana adashib boshqaga jo'natib yurmang 😉

PSIXODIAGNOSTIKA

30 Dec, 09:00


NARSISTIK SHAXSIYAT BUZILISHI

Narsistik shaxsiyat buzilishi oʻsmirlik davridan boshlab turli sharoitlarda namoyon boʻladigan, quyidagi belgilar bilan ifodalanadigan, doimiy dabdaba (fantaziya yoki xulq-atvorda), haddan tashqari olqish (hayrat-ehtirom) istagi va empatiya yetishmasligidan iborat boʻlgan xulq-atvor shaklidir.

Demak, quyida keltirilgan toʻqqiz belgidаn besh yoki undan ortigʻi mavjud boʻlsa, ushbu buzilish tashxisiga asos boʻladi:

1. Oʻzining ahamiyati haqida haddan tashqari yuqori tasavvurga ega boʻlish. Masalan, erishgan yutuqlari va isteʼdodlarini boʻrttirib koʻrsatadi, oʻziga mos boʻlmagan holda “ustun” sifatida tan olinishni kutadi.

2. Cheksiz muvaffaqiyat, kuch, isteʼdod, goʻzallik yoki ideal muhabbat haqida fantaziyalar bilan band boʻlish.

3. Oʻzini “oʻzgacha” va betakror deb bilish. Faqat boshqa “oʻzgacha” yoki yuqori maqomdagi shaxslar yoki muassasalar uni tushunishi mumkin deb hisoblaydi va ular bilan muloqot qilishga intiladi.

4. Haddan tashqari maqtov va eʼtiborga kuchli xohish.

5. Haq-huquq hissi (entitlement). Oʻz talablarini hech qanday sababsiz bajarish yoki maxsus munosabatga ega boʻlishni kutadi.

6. Boshqalardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanish

7. Empatiya yetishmasligi. Boshqalarning his-tuygʻulari va ehtiyojlarini tan olish yoki tushunishga tayyor emas.

8. Boshqalarga hasad qilish yoki boshqalar unga hasad qiladi, deb oʻylash.

9. Takabbur yoki mensimaslikni koʻrsatadigan xulq-atvor yoki munosabatlar.


Narsistlarga joʻnatib qoʻyamiz 😂

©️
Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

30 Dec, 08:19


HISTRIONIK SHAXSIYAT BUZILISHI

Histrionik shaxsiyat buzilishi – haddan tashqari emotsionallik va doimiy ravishda eʼtibor markazida boʻlish istagi bilan xarakterlanadigan buzilishdir. Hozirgi kunda u eng koʻp uchraydigan shaxsiyat buzilishlaridan biri sanaladi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarni jalb qilish maqsadida turli “shov-shuvli” yoki provokatsion xatti-harakatlar guvohi boʻlmoqdamiz.

Ushbu buzilish odatda oʻsmirlik davrida shakllana boshlaydi va tashxis uchun quyidagi belgilardan kamida besh yoki undan ortigʻi mavjud boʻlishi kerak:

1. Eʼtibor markazida boʻlmaslikda noqulaylik his qilish. Yaʼni ularga kimlardir eʼtibor bermay qoʻysa yoki diqqat markazida boʻlmaganda oʻzini notinch hamda noqulay his qiladi.

2. Nooʻrin jinsiy jozibadorlik yoki provokatsion xatti-harakatlar. Yaʼni boshqalar bilan muloqot qilganda, shaxs nooʻrin tarzda jinsiy jozibadorlik yoki odobga zid qiliqlarni namoyish qiladi.

3. Tez oʻzgaruvchan va yuzaki emotsiyalar. Yaʼni emotsiyalari juda tez oʻzgaradi, emotsiyalarda aniqlik va samimiylik boʻlmaydi.

4. Eʼtibor jalb qilish uchun tashqi koʻrinishdan foydalanish. Yaʼni diqqatni oʻziga qaratish maqsadida kiyinish, boʻyanish yoki tashqi koʻrinishning boshqa jihatlariga ortiqcha eʼtibor beradi.

5. Taʼsirchan, ammo detallarga boy boʻlmagan nutq uslubi. Masalan gapirishda juda emotsional boʻladi, dramatik nutq elementlaridan foydalanishga harakat qiladi.

6. Oʻzini dramatik va teatrga xos tarzda namoyish qilish. Yaʼni koʻpincha hissiyotlarni boʻrttirgan holda, teatrona va juda hayajonli tarzda oʻzini tutadi.

7. Oson taʼsirchanlik (suggestivlik). Yaʼni atrofdagilar yoki turli sharoitlardan oson taʼsirlanadi, fikrlarini tez-tez oʻzgartirib turadi.

8. Munosabatlarni haddan tashqari yaqin deb hisoblash. Yaʼni real vaziyatga nisbatan munosabatlarini ortiqcha yaqin va samimiy deb biladi, lekin aslida bunday darajada yaqindan boʻlmasligi mumkin.

Yuqoridagi rasm masxaraboz emas, aynan mavzuga mos boʻlgan va odamlarni o‘ziga jalb qilmoqchi boʻlgan xistrionik shaxsiyat buzilishi kuzatilgan shaxs tasvirlangan.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

29 Dec, 17:53


ANTISOTSIAL SHAXSIYAT BUZILISHI

Antisotsial shaxsiyat buzilishi (psixopatiya) – bu boshqa odamlarning doimiy ravishda huquq va manfaatlarni mensimaslik, ularga zarar yetkazishga moyillik bilan ifodalanadigan buzilishdir. Bunday shaxslar odatda jamiyatda tez-tez uchrab, boshqalarning tinch hayotini buzadi. Ushbu buzilish koʻpincha oʻsmirlik (taxminan 15 yoshdan boshlab) davrida paydo boʻladi va katta yoshda ham davom etadi.

Demak quyida keltirilgan belgilardan kamida uchtasi (yoki undan koʻpi) mavjud boʻlsa, mutaxassislar ushbu shaxsga antisotsial shaxsiyat buzilishi tashxisini qoʻyishi mumkin:

1. Ijtimoiy meʼyorlarga rioya qilmaslik, masalan qonun va qoidalarga boʻysunmaslik. Aniqrogʻi qonunbuzarlik yoki hibsga olib keluvchi xatti-harakatlarda kuzatiladi.

2. Aldov va firibgarlik, takror-takror yolgʻon gapirish, oʻz foydasi yoki manfaatini koʻzlab oʻzgacha ism yoki hujjat bilan harakat qilish, boshqalarni aldash.

3. Impulsivlik yoki maqsadsizlik, xatti-harakatlarda shoshma-shosharlik, kelajakka umidsizlik, aniq bir maqsadning mavjud emasligi.

4. Jahldorlik va tajovuzkorlik, masalan tez-tez jismoniy janjal yoki mushtlashishga moyillik, agressiyani nazorat qilolmaslik, doimiy konfliktda yurish.

5. Xavfsizlikka beparvolik, masalan oʻzining yoki boshqalarning xavfsizligiga eʼtiborsizlik bilan yondashish. Bizning jamiyatda haydovchilarni koʻz oldingizga keltiring.

6. Doimiy masʼuliyatsizlik, masalan ish yoki moliyaviy (kredit) majburiyatlarini atayin bajarmaslik, beparvo boʻlish, doimiy kech qolish.

7. Empatiya yoki afsuslanish hissining yoʻqligi, masalan qilgan harakatlari bilan boshqalarga zarar yetkazgani yoki ularni aldagani uchun hech qanday pushaymonlik sezmaslik yoki bu xatti-harakatlarni oqlashga urinish.


Eslatma: Tashxis qoʻyishda, antisotsial xulq-atvorni shizofreniya yoki bipolyar buzilish davridagi vaqtinchalik oʻzgarishlar bilan bogʻliq emaligini alohida tekshirish shart. Chunki ushbu xulq-atvor belgilari shizofreniya yoki bipolyar buzilish davridagi vaqtinchalik oʻzgarishlar bilan ham kuzatilishi mumkin.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

26 Dec, 18:51


POLIGRAF NIMA?

Poligraf, (koʻpincha yolgʻon detektori deb ham ataladi) insonning fiziologik reaksiyalarini oʻlchaydigan qurilma boʻlib, uning yordamida odam (tekshiriluvchi)ning soʻzlari va jarayondagi fiziologik holati oʻrtasidagi muvofiqlikni aniqlashga harakat qilinadi. Ushbu apparat insonning yurak urish tezligi, nafas olish ritmi, terlash darajasi va qon bosimiga oʻxshash parametrlarni qayd etadi. Maqsad ― odamning psixik holatida yuzaga keladigan oʻzgarishlarni kuzatish orqali yolgʻon gapirilayotgan vaziyatlarni farqlash.

Poligraf ishlaydigan prinsip shundaki, odam yolgʻon gapirganda uning organizmi stress holatiga kirishi mumkin. Bu esa yuqoridagi fiziologik koʻrsatkichlarning oʻzgarishiga olib keladi. Bugungi kunda poligraf asosan xavfsizlik xizmatlari, tergov yoki soʻroq qilish va ayrim ishga qabul qilish jarayonlarida qoʻllaniladi.
________________________________________

POLIGRAFOLOG KIM?

Poligrafolog (yaʼni kamina) ― bu poligraf qurilmasi yordamida insonning fiziologik reaksiyalarini tahlil qiladigan va natijalarga asoslangan xulosalar beradigan mutaxassis. U insonning yolgʻon yoki haqiqat gapirayotganini aniqlashda, poligrafning koʻrsatkichlarini toʻgʻri tushunishda va ulardan foydalanishda muhim rol oʻynaydi. Poligrafolog nafaqat qurilmani boshqaradi, balki sinov jarayonini toʻgʻri tashkil etish, savollarni mantiqiy tarzda tuzish va test natijalarini obyektiv tahlil qilish uchun ham javobgardir.

Poligrafolog test vaqtida tekshiriluvchi bilan muloqotni samarali tashkil etishi, uning hissiy va psixologik holatini baholashi lozim. Shu bilan birga, sinov natijalari faqat toʻgʻri talqin qilinsa, ishonchli boʻlishi mumkin.

Poligrafologlar odatda huquqni muhofaza qilish organlari, xavfsizlik xizmatlari va kadrlarni tanlash jarayonlarida faoliyat yuritadilar. Ularning ishi aniq va masʼuliyatli boʻlib, har bir holatda individual yondashuvni talab qiladi. Ushbu kasb boʻyicha ishlash uchun maxsus tayyorgarlik va sertifikatsiya talab qilinadi, chunki test natijalarining toʻgʻri interpretatsiyasi inson hayotiga yoki faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

26 Dec, 15:15


Endi bizda Poligraf ya'ni yolg'on detektori aparati bor.

Sizlarga aytmoqchi bo'lgan yangiligim shu edi.

PSIXODIAGNOSTIKA

26 Dec, 13:51


SHIZOTIPAL SHAXSIYAT BUZILISHI.

Shizotipal shaxsiyat buzilishi kuzatilgan shaxslar yaqin munosabatlarda oʻzini noqulay his qiladilar, sababi bu kabi buzilishi bor shaxslarning fikrlari hammaga ham yoqavermaydi. Chetdan qaraganda ularning boshqa bir dunyosi bordek koʻrinadi. Bu kabi gʻalati fikrlashga, ularning kognitiv yoki idrok qilishdagi buzilishlari sabab boʻladi. Ushbu holat ham boshqa shaxsiyat buzilishlari singari ilk oʻsmirlik davridan namoyon boʻlishni boshlaydi.

Quyidagi belgilar orasidan kamida 5 tasi kuzatilsa, demak ushbu shaxsda Shizotipal buzilish bor:

1. Ismlar yoki voqealarni notoʻgʻri talqin qilish: Garchi bu deluziya darajasida boʻlmasa ham, odam oʻziga aloqador boʻlmagan narsalarni oʻziga bogʻlashga moyil boʻladi. Yaʼni uning atrofidagi har qanday voqea va holatni oʻziga bogʻlashga harakat qiladi. Masalan: “bugun yomgʻir yogʻdi, demak bugun menda xafalik boʻlishi mumkin” kabi fikrlaydi.

2. Gʻalati eʼtiqodlar yoki mistik fikrlash: Oʻzicha yangi eʼtiqod yoki harakatlarni amalga oshiradi. Har doim yangi ish qilishdan oldin, oʻzi oʻylab topgan rituallarni amalga oshiradi. Mistik xayollar, kelajakni oldindan bilish, telepatiya yoki “oltinchi his”ga ishonchi yuqori boʻladi.

3. Noyob idrokiy tajribalar: Oʻz tana aʼzolarini oʻzgacha his qiladi. Masalan: Qoʻl kaftlaridan yorugʻlik yoki energiya chiqayotganini his qilib turadi.

4. Gʻalati fikrlash yoki nutq: Ularning fikrlashida noaniqlik, uzilgan, ortiqcha izohli, ramziy nutqlar doimiy koʻrinib turadi. Masalan: “mening auram buni qabul qilmaydi”, “mening olamimda unga joy yoʻq” kabi ramziy yoki majoziy jumlalar koʻp takrorlanadi.

5. Shubhalanish yoki paranoyak fikrlash: Atrofidagi odamlarga yoki voqealarga nisbatan ishonchsizlik hissi yuqori boʻladi. Masalan: “meni har doim kuzatib yurishadi”.

6. Nooʻrin yoki cheklangan hissiy reaksiyalar: Oʻzaro munosabatlarda hissiyotlarning mos kelmasligi yoki yetarlicha ifodalanmasligi. Masalan: aytgan gapiga yuz ifodalari yoki emotsiyalari mos kelmaydi, yoki arzimagan voqeaga ham kuchli emotsional qoʻzgʻalishni namoyon qiladi.

7. Gʻalati yoki ekssentrik xulq-atvor va tashqi koʻrinish: Yaʼni tashqi koʻrinish yoki kiyinishda ham qandaydir maʼnoni bildiruvchi aksentlar, belgilar koʻrinib turadi. Masalan: kiyimlarining orasida ajralib turuvchi yoki koʻzga yaqqol tashlanuvchi narsa (oʻzgacha tugma, lenta, taqinchoq, toʻq rangli latta parchasi)lar boʻladi.

8. Yaqin doʻstlarning yoʻqligi: Ularning noodatiy fikrlashi oqibatida yaqin munosabatlar, masalan, doʻst yoki dugonalik kuzatilmaydi.

9. Ortib boruvchi ijtimoiy xavotirlik: Bu xavotirlik vaqt oʻtishi bilan kamaymaydi va odatda paranoyak qoʻrquvlar bilan bogʻliq boʻladi. Masalan: qandaydir xavf yuzaga kelishini har doim kutib yashashadi.
________________________________________
Eslatma: Yuqoridagi simptomlar shizofreniya, bipolyar buzilish yoki depressiv buzilishning psixotik xususiyatlari bilan bir vaqtda yuzaga kelmaydi. Shuning uchun tashxis qoʻyishda shaxs buzilishi bilan ruhiy kasallikni adashtirmaslik kerak.

Ma’lumot uchun: ezoterika, olam vibratsiyalari, shaxs energiyalari, raqamlarning inson taqdiriga ta’siri, astral dunyo, “kodlar”, DNKni tozalash, gen kodlari, yomon energiya, chakralar, koinot energiyalari kabi mistika va safsatalarga kuchli ishonish, SHIZOTIPAL BUZILISH belgisi hisoblanadi.

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

25 Dec, 07:50


Yangi yilga sizlar uchun yangiliklarim bor. Tez kunda barchangiz bilan bo'lishaman.

PSIXODIAGNOSTIKA

22 Dec, 14:29


Instagramga kirsam psixoximiklar ancha koʻpayib qolibdi. Ularning daʼvosiga koʻra, mijozlarni hamda bemorlarni hech qanday dorilarsiz katta dardlardan davolayotgan ekanmish. Muammolarni ildiz bilan yoʻq qilib tashasharkan. Pullar boʻyicha muammolarni hal qilishar ekan. Hatto jigar sirrozi bilan ogʻriganlarni kasallikdan qutqarishar ekan. Shunaqa… Fantastika… Bunaqa fikrlar MARVEL ijodkorlarni ham hayoliga kelmagan…

Menga desa oʻzga sayyoraliklar bilan ishlashsin, lekin psixologiya yoki psixologman degan daʼvolari meni har doim “olam vibratsiyalarini qabul qilishimga toʻsqinlik qiladi” 😂

__________

Xoʻsh, asl psixoximiya nima? degan savolga javob beraman.

Psixoximiya — bu inson ongidagi, hissiyotlari va xulq-atvoridagi oʻzgarishlarga kimyoviy moddalar hamda biologik jarayonlar qanday taʼsir koʻrsatishini oʻrganuvchi ilmiy yoʻnalish. Ushbu soha miyadagi neyrotransmitterlar, gormonlar va boshqa kimyoviy omillar ong, kayfiyat hamda xulqni qanday boshqarishi yoki shakllantirishini tadqiq qiladi.
Boshqacha aytganda, psixoximiya psixologik jarayonlar (fikrlash, his-tuygʻular, xulq) hamda kimyoviy omillar (masalan, dori-darmonlar, organizmdagi ichki kimyoviy reaksiyalar) oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni chuqur oʻrganish bilan shugʻullanadi.


_________

Endi bizning “ximiklar”ga qaytamiz.

Shunda bizning psixoximiklarni hammasini uyida laboratoriyasi bormi? Ular menimcha kimyo, molekulyar biologiya, farmakologiya, neyrobiologiya, psixiatriya, nevrologiyani ham ezoterika singari suv qilib ichvorganmi? Ularning daʼvosi boʻyicha “bemorlarni dorilarsiz davolaymiz” deyishgan edi. Lekin asl psixoximiya boshqacha ekan-ku.

Bularning soxtakorligini yana bir isboti bor. Asl psixoximiya bu ilmiy tadqiqot yoʻnalishi hisoblanadi va u bevosita terapiya jarayoni boʻlolmaydi. Yaʼni psixoximiya yoki psixoximik faqat tadqiq qilishi mumkin xolos, davolayolmaydi.


Shunday ekan, oʻzini psixoximikman deganlar sizni davolayman desa ishonmang. Ular ham boshqa soxta-psixologlar singari firibgar, aldaydi, pulingizni oladi, yordam bermaydi.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

22 Dec, 05:26


O'zimizdagi "Psixoximik"lar haqida eshitganmisiz?

Bugun shu "ximiklar" haqida fikrlashamiz.

PSIXODIAGNOSTIKA

21 Dec, 16:36


#Savol

SHIZOID shaxsiyat buzilishi va SHIZOFRENIYA bir xil narsami?
________________________________________
Yoʻq, shizoid shaxsiyat buzilishi va shizofreniya bir xil narsalar emas, ammo ular oʻxshash nomga ega boʻlgani uchun, koʻpincha chalkashtiriladi. Quyida ularning asosiy farqlarini keltiraman:
________________________________________

Shizoid shaxsiyat buzilishi: Bu shaxs buzilishi boʻlib, odamning ijtimoiy munosabatlardan uzoqligi, hissiy sovuqligi va aloqalarni istamasligi bilan xarakterlanadi. Ushbu buzilishda psixotik simptomlar (masalan, gallyusinatsiya yoki illuziya) mavjud emas.

Shizofreniya: Bu ruhiy kasallik boʻlib, odatda haqiqatni idrok qilishdagi jiddiy buzilishlar (masalan, gallyusinatsiyalar, illuziyalar, gʻalati fikrlash) bilan xarakterlanadi. Shizofreniya shaxs buzilishiga emas, balki psixotik buzilishlar kategoriyasiga kiradi.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

21 Dec, 15:52


SHIZOIDLI SHAXSIYAT BUZILISHI

Ijtimoiy munosabatlardan uzoqlashish va shaxslar-aro munosabatlarda his-tuygʻularni ifodalashning cheklanganligi bilan kuzatiluvchi keng tarqalgan holat. DSM-5-TR diagnostik mezonlariga koʻra, bu buzilishning xususiyatlari va belgilarining shakllanishi oʻsmirlik davrida paydo boʻlishi mumkin, ammo ular odatda yoshlik davrida barqaror tarzda namoyon boʻladi.
________________________________________
Quyidagi belgilardan kamida toʻrttasi mavjud boʻlishi, shizoidli shaxsiyat buzilishi tashxisi qoʻyilishiga asos boʻladi:

1. Yaqin munosabatlarni xohlamaydi yoki ulardan zavq olmaydi, jumladan, oilaning bir qismi boʻlishni ham xohlamaydi.
2. Doimiy ravishda yolgʻiz bajariluvchi faoliyatlarni tanlaydi.
3. Qarshi jins vakillariga deyarli qiziqmaydi.
4. Xobbilar yoki qiziqib bajaradigan ishlari deyarli boʻlmaydi.
5. Yaqin qarindoshlari (ota-onasi va aka-uka, opa singillari)dan tashqari, ishongan insonlari yoki doʻstlari boʻlmaydi.
6. Boshqalarning maqtov yoki tanqidiga befarqlik bilan munosabat bildiradi.
7. Emotsional sovuqlik, befarqlik yoki hissiy reaksiyalar munosabatlarda koʻzga tashlanmaydi.

________________________________________
Eslatma: Yuqoridagi xulq-atvor belgilari:
shizofreniya, bipolyar buzilish yoki depressiv buzilishning psixotik xususiyatlari bilan birga;
― boshqa psixotik buzilish yoki autizm spektri buzilishi;
― yoki boshqa tibbiy holatning fiziologik taʼsirlaridan kelib chiqmaydi.

________________________________________

Shizoidli shaxsiyat buzilishi odatda shaxsning uzoq muddatli xatti-harakatlari va turmush tarzi asosida baholanadi. Ushbu tashxis shaxsning madaniy va ijtimoiy hayotini hisobga olgan holda ehtiyotkorlik bilan qoʻyilishi kerak, chunki baʼzi sharoitlarda ijtimoiy aloqalardan chekinish normal yoki odatdagi xulq-atvor sifatida koʻrilishi mumkin.

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

18 Dec, 13:54


PARANOIDLI SHAXSIYAT BUZILISHI

Paranoidli shaxsiyat buzilishida, atrofdagilarga nisbatan kuchli ishonchsizlik va shubhalanish yuqori boʻladi. Boshqalarni, hattoki yaqinlarining harakatini oʻziga nisbatan yomonlik sifatida talqin qilinadi. Ushbu holat yoshlik davridan boshlanadi va turli koʻrinmas harakatlarda namoyon boʻladi.

Demak, quyidagi belgilardan kamida toʻrttasi shaxsda mavjud boʻlsa, Paranoidli shaxsiyat buzilishi tashxisi tasdiqlanishiga asos boʻladi:

1. Yetarli asoslar boʻlmagan holda boshqalar uni ekspluatatsiya qilayotgani, zarar yetkazayotgani yoki aldayotganidan shubhalanadi.
2. Doʻstlari yoki hamkasblarining sadoqati yoki ishonchliligi haqida asossiz shubhalarga ega.
3. Boshqalarga oʻz sirlarini aytishdan tiyiladi, chunki maʼlumotlar unga qarshi yomonlik bilan ishlatilishidan qoʻrqadi.
4. Oddiy izohlar, voqealarda yashirin haqorat yoki tahdid maʼnosini oʻqigandek yoki sezgandek boʻladi.
5. Doimiy ravishda gina saqlaydi, yaʼni haqorat, jarohat yoki kichik tushunmovchiliklarni kechirmaydi.
6. Oddiy muloqot holatlarida oʻzining feʼl-atvori yoki obroʻsiga nisbatan fikr bildirilsa ham uni, yomonlik yoki zarar deb qabul qiladi va tezda gʻazab bilan javob beradi yoki qarshi hujum qiladi.
7. Turmush oʻrtogʻi yoki sevgilisini sadoqatiga asossiz shubhalar qilgan holda qayta-qayta tekshirishga harakat qiladi.

____
Ush
bu tashxis odatda klinik intervyu orqali aniqlanadi va uzoq muddat davomida shaxsning hayotidagi ushbu xususiyatlarni tasdiqlovchi dalillarni talab qiladi.

Shuningdek, paranoidli shaxsiyat buzilishi madaniyat va ijtimoiy kontekstni hisobga olgan holda baholanadi, chunki ayrim madaniy guruhlar yoki ijtimoiy sharoitlar ishonchsizlikni tabiiy reaksiya sifatida qabul qilishi mumkin.

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

18 Dec, 10:48


• Paranoid shaxs buzilishi — boshqalarga ishonchsizlik va har narsaga shubha bilan qarash. O’zini taqib qilinayotgandek his qilish.
• Shizoid shaxs buzilishi — ijtimoiy aloqalardan uzoqlashish va hissiy ifodaning cheklanganligi.
• Shizotipal shaxs buzilishi — yaqin munosabatlarda ....

PSIXODIAGNOSTIKA

18 Dec, 07:44


SHAXS BUZILISHI BILAN RUHIY KASALLIK BIR NARSAMI?

Baʼzida psixologik hamda psixiatrik faoliyatda, shaxs buzilishi bilan ruhiy kasallikni adashtirish holatlari kuzatilib turadi. Bu esa mijoz yoki bemorning holatini yanada ogʻirlashtirishi mumkin. Shuning uchun ham SHAXS BUZILISHI haqidagi mavzularni boshlashdan oldin buzilish va kasallik oʻrtasidagi farqlarga qisqacha toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Shaxs buzilishi va ruhiy kasallik bir xil tushunchalar emas. Shaxs buzilishi insonning doimiy xarakter xususiyatlariga taalluqli boʻlib, bu holatlar odatda bolalik yoki oʻsmirlik davrida shakllanadi. U shaxsning xulq-atvori va boshqalar bilan oʻzaro munosabatlariga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Ruhiy kasallik esa, miya faoliyatidagi biologik yoki kimyoviy disbalanslar natijasida yuzaga keladi va odatda hissiyotlar, fikrlash hamda xatti-harakatlarda sezilarli oʻzgarishlarga olib keladi.

Shaxs buzilishida odam oʻzining muammolarini kamdan-kam holatlarda tan oladi, davolash esa uzoq muddatli psixoterapiyani talab qiladi. Ruhiy kasallik esa koʻpincha dorivor va psixoterapevtik davolashga muhtoj boʻladi.

Asosiy farq shundaki, shaxs buzilishlari inson xarakteriga, ruhiy kasalliklar esa asosan miya funksiyasiga bogʻliq.

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

15 Dec, 14:20


Bu yilni, yaʼni dekabr oyining oxiriga qadar, murakkab lekin juda kerakli mavzuni oʻrganish bilan yakunlaymiz.

Soʻngi 15 kun davomida sizlar bilan shaxs buzilishlari, uning turlari, sabab va oqibatlari, yana bir dunyo narsalar haqida gaplashamiz.


Bizdan uzoqlashmang, bizni kuzatishda davom eting, like va podpiska tugmasini bosib qoʻying 😂😂😂😂😂😂

Eslatma: Shaxs buzilishlari bo'yicha barcha ma'lumotlarni "DSM-5-TR" asosida taqdim etaman.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

15 Dec, 08:17


So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xizmatlarini ilgari surayotgan yangi ezoterika mutaxassislari — rodologlar paydo bo‘ldi. Ularning ta’kidlashicha, inson hayotida sodir bo‘layotgan barcha muammolar uning ajdodlari hayotida yuz bergan travmatik voqealar bilan bog‘liq.

PSIXODIAGNOSTIKA

15 Dec, 05:52


Rodolog yoki rodologiya haqida eshitganmisiz?

Bugun shu haqida gaplashamiz.

PSIXODIAGNOSTIKA

10 Dec, 12:09


#Javob

Jinsiy zoʻravonlikka uchragan mijozlar bilan ishlash psixologdan nozik yondashuv va ishonchli muhit yaratishni talab qiladi. Bunday mijozlarni diagnostikadan oʻtkazish muhim boʻlib, bu orqali stress darajasi, travmaning chuqurligi va psixologik yordamga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanadi. Har bir mijozga individual yondashuv qoʻllanilib, ruhiy tiklanish va hayotga qayta moslashuvni amalga oshirish maqsad qilingan boʻlishi zarur.

Jinsiy zoʻravonlikka uchragan mijozning holatini baholash va unga yordam berishda quyidagi toʻrt jihat albatta diagnostika qilinishi shart. Sababi ushbu jihatlarning diagnostikasi orqali, mijoz bilan terapiyaning butun bir rejasi ishlab chiqiladi.

1. Psixologik holat diagnostikasi

― Travmatik stress darajasi: Post-travmatik stress buzilishi (PTSB) belgilarini aniqlash (qayta eslashlar, bezovtalik, qoʻrquv, tushkunlik).
― Depressiya: Jinsiy zoʻravonlik qurbonlari koʻpincha depressiya holatiga tushishi mumkin. Shuning uchun ham ular bilan depressiyaga mos diagnostika oʻtkaziladi.
― Anksiyete: Doimiy tashvish va bezovtalik mavjudligi diagnostika qilinadi.
― Oʻz-oʻzini qadrlash: Mijozning oʻziga boʻlgan munosabati va oʻzini past baholash darajasi.

2. Emotsional holat diagnostikasi

― Qaygʻu va gʻazabga nisbatan reaksiya: Emotsional javoblar va qaygʻu jarayoni aniqlanadi.
― Shaxslar-aro munosabat: Jinsiy zoʻravonlikdan soʻng koʻpincha jamiyatdan ajralganlik hissi rivojlanadi. Shuning uchun ham JZ qurbonlari yolgʻizlik va izolyatsiya hissi bilan yashaydilar. Ushbu holatni ham koʻzdan qochirmaslik zarur.

3. Kognitiv holat diagnostikasi

― Hodisaga boʻlgan munosabat: Qurbonning zoʻravonlik hodisasi haqidagi fikrlari va bu fikrlarning salbiy oqibatlari (masalan, oʻzini aybdor his qilish)ni ham oʻrganish zarur.
― Diqqat va xotira buzilishlari: Stress tufayli kognitiv faoliyatdagi buzilishlar baholanadi.

4. Xulq-atvor belgilari

― Qochish xulq-atvori: Mijozning maʼlum joylar, odamlar yoki vaziyatlardan qochish tendensiyasi.
― Autodestruktiv yoki suitsidal xulq-atvor: Jinsiy zoʻravonlik qurbonlarida oʻzini oʻzi jarohatlash yoki oʻz joniga qasd qilish xavfi yuqori boʻlishi mumkin.

Diagnostik metodlar
1. Intervyu va soʻrovnomalar: Diagnostika bilan bogʻliq soʻrovlar.
2. Psixometrik testlar: PTSB, depressiya va anksiyete uchun moʻljallangan testlar (masalan, Beck Depression Inventory, PTSD Checklist).
3. Proyektiv metodlar: ART TERAPIYA, rasm chizish va boshqalar orqali ichki hissiyotlarni ochish.


Zarur hollarda tibbiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻrganish ham kerak bo'ladi.

Esdan chiqarmang! Har qanday samarali terapiyaning asosida, toʻgʻri diagnostika qilish yotadi.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

10 Dec, 10:47


BIR OʻQUVCHIM SAVOL BERMOQDA:

Jinsiy zoʻravonlikka uchragan mijozning psixologik holati aniq boʻlsa, uni yana nimasini diagnostika qilamiz? Birdaniga terapiyaga oʻtsak boʻlmaydimi?

...........

Sizningcha ushbu savolga qanday javob berish mumkin? Rostdan ham birdaniga terapiyaga oʻtsa boʻladimi?

Fikrlaringizni izohga yozing⬇️⬇️⬇️

PSIXODIAGNOSTIKA

06 Dec, 04:27


Jinsiy zoʻravonlikka uchragan mijozlar bilan terapiya yoki diagnostika jarayonida savollar berishda juda ehtiyot boʻlish kerak. Mijoz bilan ishlovchi psixolog tomonidan quyidagi kabi mazmundagi savollarni bermaslik tavsiya etiladi:
________________________________________
1. "Nima uchun u joyga (jinoyat yoki zoʻrlangan joy) bordingiz?"
Sababi: Bu savol jabrlanuvchini aybdor qilayotgandek tuyulishi mumkin. Jinsiy zoʻravonlik hech qachon jabrlanuvchining harakati yoki qarori bilan oqlanmaydi. Bu savol ularning aybdorlik hissini kuchaytirishi mumkin.
________________________________________
2. "Siz nima qildingizki, bu sodir boʻldi?"
Sababi: Bu savol jabrlanuvchiga u notoʻgʻri harakat qilgani yoki jinoyatga sababchi boʻlgani kabi taassurot qoldiradi. Bu ularning oʻzini himoyasiz va yakkalanib qolgan his qilishiga olib kelishi mumkin.
________________________________________
3. "Siz u yerga bormasligingiz kerak edi, toʻgʻrimi?"
Sababi: Bu savol orqali jabrlanuvchi tanqid qilinayotgandek tuyulishi mumkin. Bunday savollar ularni qoʻllab-quvvatlash oʻrniga, ruhiy zararni yanada kuchaytiradi.
________________________________________
4. "Nima uchun qochib qutulishga harakat qilmadingiz?"
Sababi: Bu savol jabrlanuvchining qoʻrquv va shok holatida boʻlganini hisobga olmaydi. Zoʻravonlik paytida odamning jang, qochish yoki muzlash reaksiyalari yuzaga keladi va bu tabiiy himoya mexanizmidir. Bunday savollar ularning tajribasini kamsitadi.
________________________________________
5. "Holatingiz haqida hozirgacha hech kimga aytmadingizmi?"
Sababi: Bu savol jabrlanuvchining jim turish qarorini shubha ostiga qoʻyadi. Jinsiy zoʻravonlik haqida gapirish juda qiyin boʻlishi mumkin, ayniqsa, ularning atrofidagilar bu mavzuda ochiq muloqot qilishga tayyor boʻlmasa.
________________________________________
6. "U sizni nimalar qildi?"
Sababi: Bu savol jabrlanuvchini zoʻravonlikning ogʻirligini baholashga majbur qiladi va travmani qayta yashashga olib keladi. Har qanday zoʻravonlik jiddiy hisoblanadi va eʼtiborsiz qoldirilmasligi kerak.
________________________________________
7. "Nima kiyib olgan edingiz?"
Sababi: Bu savol zoʻravonlikni jabrlanuvchining kiyinish tarzi bilan bogʻlaydi, bu esa jamiyatdagi notoʻgʻri stereotiplarga asoslanadi. Bu jabrlanuvchini aybdor his qilishiga olib keladi.
________________________________________
8. "Balki bu ishga (zoʻrlanishga) sizda xohish boʻlgandir?"
Sababi: Bu savol jabrlanuvchini yolgʻon gapirayotgan yoki voqeani notoʻgʻri talqin qilayotgan kabi koʻrsatishi mumkin. Bu ularning ishonchini yoʻqotishiga olib keladi.
________________________________________
9. "Haqiqatan ham bunday boʻldi deb oʻylaysizmi?"
Sababi: Bu savol jabrlanuvchini yolgʻon gapirayotganlikda ayblash yoki voqeani kattalashtiryapti deb tushunishga olib keladi. Bu ishonchni yoʻqotish va qayta travmatizatsiyaga olib kelishi mumkin.
________________________________________
10. "Bu sizga qanday taʼsir qildi?"
Sababi: Voqea haqidagi his-tuygʻularni soʻrash ularni qayta travmatizatsiya qilishi yoki ular oʻzlarini qoʻllab-quvvatlanmayotgandek his qilishiga olib kelishi mumkin. Buning oʻrniga ular uchun qulay boʻlgan paytda va ehtiyotkorlik bilan muhokama qilish kerak.


©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

04 Dec, 05:40


Hamkasbimning hikoyasi

Jinsiy zoʻravonlikka uchragan (mijoz) ayol psixologik yordam olish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda (instagramda) mashhur boʻlgan bir psixologga murojaat qiladi. Ushbu psixolog esa, ilmiy asosga ega boʻlmagan va jabrlanuvchining emotsional holatini yanada ogʻirlashtiruvchi notoʻgʻri fikrni bildiradi: "Aslida, siz buni ong ostingizda xohlagansiz." Yaʼni mijoz jinsiy zoʻrlanishni ong ostida xohlagan emish…

Tabiiyki bu gaplar ayolga yoqmaydi va boshqa psixolog bilan ishlashga qaror qiladi. Ayol boshqa tajribali psixolog (hamkasbim)ning qabuliga boradi. Hozirda ushbu ayolning psixologik holati yaxshi va ijtimoiy hayotga qaytgan.


Bu kabi yondashuv professional psixologiya tamoyillariga mutlaqo zid boʻlib, jabrlanuvchini qoʻllab-quvvatlash oʻrniga, uning aybdorlik hissini kuchaytiradi va jarohatini chuqurlashtiradi.

Shuni taʼkidlash kerakki, haqiqiy psixologning vazifasi – jabrlanuvchini tinglash, tushunish va unga professional tarzda yordam berishdir. Bunday holatlarda notoʻgʻri tashxis va aybdorlikni oshirish nafaqat axloqiy, balki huquqiy jihatdan ham javobgarlikka olib kelishi mumkin.

©️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

02 Dec, 13:21


Jinsiy zoʻravonlik psixologiyasi haftaligi davomida, menda, JZ (jinsiy zoʻravonlik) qurbonlari bilan ishlash, boshqa psixoterapiyalardan farq qiladimi, degan savol paydo boʻldi. Bu savolni soʻnggi kunlarda oʻzimga ham koʻp bora berib keldim. Oʻzimcha ichki bahslar olib borib, ushbu masalaga "yoʻq, farq qilmaydi" deb javob berishni istardim, chunki bu masala atrofida mavjud boʻlgan qoʻrquv yoki qarshilikni kuchaytirishni xohlamadim.
Ammo, yakunda jinsiy zoʻravonlik bilan ishlash boshqa psixoterapiyalardan farq qilishini tan olishga majbur boʻldim. Ushbu farqlarni hurmat qilish va ularni ochiq-oydin tushunish jinsiy zoʻravonlik qurbonlari bilan ishlash sifatini yanada oshirishi mumkinligi tushundim.
________________________________________
Misol (tushunishingiz uchun):
Birinchi mijoz: yaqin qarindoshi (onasi vafot etgan) ayrilgan. Mijoz shuqur depressiya holatida. Ushbu mijozda PTSB (post-travmatik stress buzilishi) aniqlandi.
Ikkinchi mijoz: yaqin tanishi tomonidan zoʻrlangan 22 yoshli qiz. Mijoz shuqur depressiya holatida. Ushbu mijozda PTSB (post-travmatik stress buzilishi) aniqlandi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz yuqoridagi ikki mijozda ham bir xil tashxis mavjud. Odatda tibbiyotdagi singari psixologiyada ham takror holatlarga bir xil korreksiya qoʻllaniladi. Lekin JZga uchragan mijozlar bilan ishlashda alohida munosabat talab etiladi.
________________________________________
Demak, JZga uchragan mijoz bilan ishlash boshqa psixoterapiyalardan nimasi bilan farq qiladi? Ushbu savolga, quyidagi oʻta muhim qoidalar orqali javob berishga harakat qilaman.

JZga uchragan mijozlar bilan ishlashning 5 qoidasi

1️⃣ Ish muhitini tashkil etish: Barcha suhbatlar va terapiya seanslari qatʼiy maxfiylik asosida olib borilishi lozim. Mijoz oʻzini xavfsiz his qiladigan muhitni taʼminlash, xonani yorugʻlik, tovush va qulay jihozlar bilan taʼminlash muhim. Mijozning shaxsiy chegara va xohishlariga qatʼiy rioya qilinishi shart. Mijozning jinsini ham inobat olish zarur, yaʼni JZga uchragan mijoz bilan qarshi jins vakili ishlashi tavsiya etilmaydi.

2️⃣ Muloqot yondashuvi: Psixolog mijoz bilan ishlash jarayonida empatiyani namoyon etib, mijozni qoʻllab-quvvatlashi kerak, shuningdek mijozni tanqid qilmaslik yoki u haqida salbiy fikr yuritmasligi lozim. Mijozning his-tuygʻulari va soʻzlariga toʻliq eʼtibor berish zarur.

3️⃣ Davolashning individual yondashuvi
― Travmaning darajasini aniqlash: Zoʻrlanish natijasida mijozda yuzaga kelgan psixologik jarohat darajasini baholash.
― Davolash rejasi: Mijozning ehtiyojlariga qarab individual terapiya rejasi ishlab chiqiladi.
― Uzoq muddatli yordam: Agar mijozga uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlash kerak boʻlsa, bu haqida maslahatlar berish.

4️⃣ Xatolardan qochish
Shoshilmaslik: Mijozni oʻz travmasini tezda eslashga majbur qilish mumkin emas. Masalan, tajovuz qilgan shaxs haqida soʻramaslik, zoʻrlangan kundagi jismoniy ogʻriqlar yoki hissiyotlar haqida aslo gap ochmaslik kerak.
Haddan tashqari mulohaza yuritmaslik: Faqat kerakli paytda tavsiya yoki tahlil berish lozim. Yaʼni mijoz bilan uzoq muddatli ishlash jarayonida faqat tinglash, mijozning his-tuygʻulari har doim jiddiy qabul qilish zarur.
________________________________________
5️⃣ Oʻzini asrash
Psixolog oʻzining emotsional holatini nazorat qilish uchun oʻz-oʻzini parvarish qilish usullaridan foydalanishi muhim. Travma bilan ishlash psixologga ham taʼsir qilishi mumkin, shuning uchun u oʻz holatini nazorat qilish va professional yordam olishga tayyor boʻlishi lozim. Bu holatda psixolog oʻzining holatini esdan chiqarmasligi kerak. Baʼzida, mijozlar bilan terapiyadan keyin, ayol psixologlarda mijoz (agar mijoz ayol boʻlsa va erkak tomonidan zoʻrlangan boʻlsa) singari erkaklarga nisbatan ishonchsizlik, nafrat, qoʻrquvlar yuzaga kelishi mumkin.
________________________________________

Agar sizga JZga uchragan mijoz murojaat qilsa va siz oldin bu kabi mijozlar bilan ishlamagan boʻlsangiz “oʻzimni sinab koʻraman, shunaqa mijozlar bilan ham ishlash koʻray-chi” deb mijozni hayotini xavf ostiga qoʻymang!


®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

28 Nov, 17:28


Shunaqa soxta tabiblarni koʻrsam, soxta psixologlar (ezoterik, psixogenetik, numerolog, astrolog, kvant-psixolog, regressolog, shakrashunos, qalbshunos, ongshunos, yana birbaloshunoslar. bularni biram nomlari koʻpeee) esimga tushaveradi-da 😂😂😂

®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

27 Nov, 07:14


Xayollardagi jinsiy zoʻravonlik va stereotiplar

Stereotiplar – bu muayyan guruh yoki shaxslarga nisbatan shakllangan, koʻpincha umumlashtirilgan va noaniq fikrlardir. Ular odatda madaniyat, tarix va ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi. Jinsiy zoʻravonlik kontekstida stereotiplar quyidagi jarayonlar fonida namoyon boʻladi:
1. Ijtimoiy munosabat fonidagi stereotiplar - bu jamiyat hayoti davomida shakllangan va baʼzi fundamental qarashlar natijasida shakllangan fikrlar. Masalan:
• Ayollar “uydan tashqariga chiqmasliklari kerak" va "oila bilan cheklangan" boʻlishi lozim;
• "Ayol oʻz qilmishi bilan zoʻravonlikni chaqiradi" yoki "koʻchada ochiq kiyinish zoʻravonlikka undaydi";
• Oilaviy zoʻravonlikni shaxsiy masala sifatida qabul qilish va uni jamiyat tomonidan jiddiy qabul qilmaslik;
• “Ayol (xotin) faqat erga tegishli”;
• “Ayollar tugʻishi kerak, boʻldi” degan qarashlar.

2. Jinsiy fantaziyalar fonidagi stereotiplar – bu jinsiy ogʻishish yoki kognitiv chalkashlik natijasida yuzaga yuzaga keluvchi qarshi jins vakillariga nisbatan qarashlar. Masalan:
• “Erdan ajrashgan demak jinsiy munosabatga ochiq”
• “Ochiq kiyingan, demak yengil tabiatli”
• “Menga kulib qarayapti demak men unga yoqyapman”
• “Ayollar ham qiziqadi” kabi fikrlar.

Yana bir holat bor-ki, aksariyat erkaklarda kuzatilishi mumkin. Yaʼni koʻchada, jamoat joyida ayollarga jinsiy mayl (hirs) bilan qarash. Ushbu qarashning ortida qanday xayol va fantaziyalar borligini tasavvur qilish qiyin. Bu ham bizning jamiyatda normal deb qaraluvchi jinsiy ogʻishishlardan biri.
____
Ste
reotiplarning jinsiy zoʻravonlikka taʼsiri
Stereotiplar jinsiy zoʻravonlikka yoʻl ochib beradi va zoʻravonlarni oqlash yoki jabrlanuvchini aybdor qilish uchun zamin yaratadi. Masalan, ayollar yoki jabrlanuvchilarning harakati, kiyimi, yoki oʻtmishdagi xatti-harakatlari zoʻravonlik uchun sabab qilib koʻrsatiladi. Bu esa jabrlanuvchilarning himoya va adolatga boʻlgan huquqlarini cheklaydi.
Yuqoridagi kabi stereotiplar sababli jabrlanuvchilar koʻpincha jinsiy zoʻravonlik haqida gapirishdan qoʻrqadi. Ular jamiyat tomonidan tanqid qilish, sharmanda boʻlish yoki ularga ishonilmaslikdan xavotirlanadi.


Xullas, stereotiplarga qarshi turish uchun oʻzimizdan boshlashimiz zarur. Bolalarimizga jinsiy tarbiyani toʻgʻri berishimiz ham jinsiy zoʻravonliklarga yechim boʻlishi mumkin.

Menimcha hozir yana bir ikkita kognitiv faoliyati toʻliq shakllanmagan (oʻzbekchada “kaltafahm”, koʻcha tilida “tormoz”) odamlar yozadi, “Jinsiy tarbiya bu yomon”, “Bolaga jinsiy aloqani oʻrgatasanmi” deb. Sizlarga foydasi boʻlmasa ham aytaman, jinsiy tarbiya degani bu jinsiy aloqa yoki Kamasutra yoki pornografiya emas. Jinsiy tarbiya oʻz nomi bilan tarbiya, oʻzini qadrini bilish, erkaklik va ayollik farqini anglash, shaxsiy chegarani qoʻyish degani.

®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

26 Nov, 05:25


Eng muammoli mijozlar sirasiga jinsiy jinoyatdan jabrlanganlarni bemalol kiritishimiz mumkin. Chunki ular bilan ishlash jarayonida, tajribali psixologning o’zida ham ba’zi salbiy holatlar paydo bo’lishi mumkin.

Men psixolog sifatida jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bilan ishlash jarayonida psixologlar duch keladigan ba’zi qiyinchiliklar haqida siz bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
________________________________________
Psixologlarda yuzaga keladigan qiyinchiliklar:

1. Mijoz bilan ishonchni o‘rnatishdagi qiyinchiliklar:
o Ishonchni tiklash: Jabrlanuvchilar ko‘pincha boshqalarga ishonishda qiynaladilar, chunki ular o‘zlariga yaqin kishidan yoki notanishdan zo‘ravonlikni boshdan kechirishgan.
o Ochilish qiyinligi: Mijozlar o‘z hissiyotlari va tajribalarini ifoda etishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, bu esa terapevtik jarayonni sekinlashtiradi.
________________________________________
2. Travmatizatsiya va uning alomatlari:
o Posttravmatik stress buzilishi (PTSB): Jabrlanuvchilarda kuchli stress, bezovtalik, tushkunlik va qo‘rquv alomatlari mavjud bo‘lishi mumkin, bu esa terapiya jarayonini murakkablashtiradi.
o Dissotsiativ holatlar: Ba’zi mijozlar travmani eslashdan qochish uchun dissotsiativ xatti-harakatlarni namoyon qiladi, bu esa ularga yetib borishni qiyinlashtiradi.
________________________________________
3. Transfarensiya va kontrtransfarensiya:
o Transfarensiya: Mijozning o‘zidagi his-tuyg‘ularini psixologga yo‘naltirishi, masalan, qo‘rquv yoki g‘azabni terapevtga qaratishi mumkin.
o Kontrtransfarensiya: Psixologning mijozga nisbatan shaxsiy his-tuyg‘ulari paydo bo‘lishi, bu esa professional munosabatni saqlashni qiyinlashtirishi mumkin (masalan, psixologning mijozga kuchli achinishni his etishi).
________________________________________
4. Emotsional kuyish va ikkilamchi travmatizatsiya:
o Vikarius travma: Psixolog mijozning og‘ir tajribalarini eshitish orqali o‘zi ham ruhiy zarba olishi mumkin.
o Burnout (emotsional kuyish): Uzoq muddatli stress va hissiy yuk psixologning o‘zida charchoq, motivatsiyaning pasayishi va ishga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
________________________________________
5. Madaniy va ijtimoiy to‘siqlar:
o Stigmatizatsiya: Jamiyatdagi salbiy qarashlar sababli jabrlanuvchilar o‘z tajribalarini oshkor qilishdan qo‘rqishi mumkin.
o Madaniy farqlar: Psixolog va mijoz orasidagi madaniy to‘siqlar samarali muloqotni qiyinlashtirishi mumkin.
________________________________________
6. Huquqiy va axloqiy masalalar:
o Maxfiylikni saqlash: Psixolog mijozning ma’lumotlarini maxfiy saqlashi kerak, ammo ba’zi hollarda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish zaruriyati tug‘ilishi mumkin.
o Etik dilemma: Mijozning xavfsizligini ta’minlash va uning roziligisiz harakat qilmaslik orasida muvozanatni topish qiyin bo‘lishi mumkin.
________________________________________
Jinsiy zo‘ravonlikka uchragan mijozlar bilan ishlash psixologlardan katta sabr-toqat, bilim va o‘ziga g‘amxo‘rlikni ham talab qiladi. Ushbu qiyinchiliklarni anglash va ularni yengish yo‘llarini izlash orqali biz jabrlanuvchilarga yanada samarali yordam ko‘rsatishimiz mumkin. Psixolog sifatida men nafaqat mijozlarimning, balki o‘z ruhiy salomatligimni ham saqlashga intilaman, chunki bu bizning ishimizda muvaffaqiyatning kalitidir.


®️
Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

25 Nov, 13:58


Ma'lumot uchun:

Oʻzbekistonda oʻtgan 2023-yilda 449 ta jinsiy jinoyatga oid, eng ogʻir nomusga tegish jinoyatlari qayd etilgan.

Nomusga tegish deyilganda absolyut jinoyatchi sifatida erkaklar koʻz oldimizda gavdalanadi. Lekin oʻtgan 2023-yilda nomusga tegish jinoyatining 99.1 ulushi (~445 nafari) erkak jinoyatchilarga qolgan 0.9 foizi (~4 nafari) ayollarga tegishli.

PSIXODIAGNOSTIKA

25 Nov, 12:54


Hurmatli obunachilar,

Jinsiy zoʻravonlik mavzusi har birimiz uchun nozik va ogʻriqli boʻlishi mumkin, ammo uni ochiq muhokama qilish, sabablari hamda oqibatlarini tushunish orqali jamiyatda oldini olishga hissa qoʻshishimiz mumkin.

Jinsiy zoʻravonlikning umumiy psixologik sabablari
Jinsiy zoʻravonlikning sabablari koʻpincha inson psixologiyasining murakkab holatlariga borib taqaladi. Shu sababli, uning kelib chiqish sabablari haqida toʻxtalib oʻtaman:

1. Travmatik bolalik tajribalari: Zoʻravonlik sodir etuvchi shaxslarning aksariyati bolaligida oʻzi shunga oʻxshash tajribalar (voqealar)ni boshdan kechirgan. Bu ularda notoʻgʻri xatti-harakat modelini shakllantirgan boʻlishi mumkin.

2. Shaxsiyat buzilishlari: Baʼzi zoʻravonlar psixik muammolar, masalan, antisosial shaxsiyat buzilishi yoki narsissistik tendensiyalar tufayli boshqalar ustidan hukmronlik qilishga intiladilar.

3. Gender stereotiplari: Patriarxal jamiyatlarda erkakning hokimiyati ustun, ayolning esa "boʻysunuvchanlik" roli targʻib qilinadi. Bu zoʻravonlikni "qabul qilinishi mumkin" deb oʻylashga undashi mumkin.

4. Madaniy va ijtimoiy omillar: Baʼzi ijtimoiy guruhlarda jinsiy zoʻravonlikni qoralash darajasi past. Bu esa jinoyatchilarning jazodan qutulib qolishiga olib keladi va bu kabi xatti-harakatlar davom etishiga zamin yaratadi.

Oqibatlar haqida
Jinsiy zoʻravonlik jabrlanuvchining nafaqat jismoniy, balki psixologik salomatligiga ham katta zarar yetkazadi.

1. Posttravmatik stress buzilishi (PTSB): Jabrlanuvchi zoʻravonlikdan keyin kuchli ruhiy stressni boshdan kechiradi. Oʻtmishdagi voqealar tez-tez yodiga tushadi, qoʻrquv va xavotir holati kuchayadi.

2. Depressiya va oʻz-oʻzini ayblash: Zoʻravonlikni boshdan kechirgan shaxslar koʻpincha oʻzlarini aybdor his qiladi, bu esa ruhiy tushkunlik va oʻziga boʻlgan ishonchning yoʻqolishiga olib keladi.

3. Ijtimoiy aloqalarning buzilishi: Jabrlanuvchilar yaqin munosabatlarni oʻrnatishdan qoʻrqishadi, bu ularning jamiyatdagi faoliyati va munosabatlariga salbiy taʼsir qiladi.

4. Jismoniy sogʻliq muammolari: Jabrlanuvchilar koʻpincha stress bilan bogʻliq kasalliklardan aziyat chekadi: uyqusizlik, bosh ogʻrigʻi, yurak kasalliklari va boshqalar.

Biz nima qila olamiz?
Har birimiz jinsiy zoʻravonlikka qarshi kurashda oʻz hissamizni qoʻshishimiz mumkin:

1. Xabardorlikni oshirish: Ushbu mavzuda maʼlumot tarqatish, uni jamiyatda muhokama qilish zoʻravonlikka qarshi kurashning birinchi qadami boʻlishi mumkin.

2. Yordam va qoʻllab-quvvatlash: Jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish va ularning holatini tushunishga harakat qilish ularga hayotini davom ettirish uchun ruhiy kuch beradi.

3. Psixologik yordamni tashkil etish: Maxsus markazlar va dasturlar orqali jabrlanuvchilarga professional yordam koʻrsatish muhim ahamiyatga ega.

4. Gender tengligini targʻib qilish: Ayol va erkak huquqlari tengligini jamiyatda chuqurroq targʻib qilish jinsiy zoʻravonlikka qarshi kurashning samarali vositasi boʻlishi mumkin.

Jinsiy zoʻravonlik nafaqat jabrlanuvchiga, balki butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy muammo. Uning psixologik sabablari va oqibatlarini tahlil qilish orqali biz bu muammoning ildizini chuqurroq tushunib, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz mumkin. Men psixolog sifatida har bir jabrlanuvchini qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam koʻrsatishga tayyorman. Unutmang, bu kurashda har birimizning oʻrnimiz muhim!


®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

23 Nov, 10:32


Hurmatli obunachilar!

Jinsiy zoʻravonlik — jamiyatimizda hal qilinishi kerak boʻlgan muhim masalalardan biri. Ushbu muammoni chuqurroq tushunish va unga qarshi kurashishda psixologiyaning ahamiyati juda katta. Shu sababli, men sizlar bilan "Jinsiy zoʻravonlik psixologiyasi" mavzusidagi ikki haftalik maxsus kontent loyihasini boshlamoqdaman.

📅 Loyiha davomiyligi: 2 hafta

🧠 Haftalikda nimalar boʻladi?
Jinsiy zoʻravonlikning psixologik sabablari va oqibatlari;
• Jamiyatdagi stereotiplar va ularning zoʻravonlikka taʼsiri;
• Jabrlanganlarga yordam berish usullari va terapiya;
• Qiziqarli faktlar va dolzarb statistik maʼlumotlar;
• Zoʻravonlikning oldini olishda individual va jamiyatning roli
, kabi mavzularda maqola va ma'lumotlar beriladi.

🎯 Maqsadimiz:
Muammolarni ochiq muhokama qilish va koʻmakka muhtoj insonlarga yordam berish yoʻllarini oʻrganish.
Ushbu mavzuga qiziqqan barcha obunachilarni muntazam ravishda kanalimizni kuzatishga taklif qilaman. Har kuni yangi postlar va foydali maʼlumotlar bilan sizni xabardor qilib boraman.

📲 Kanalga obuna boʻlishni unutmang va yaqinlaringiz bilan ulashing. Birgalikda oʻzgarish sari qadam qoʻyaylik!

Sizning ishtirokingiz jamiyat uchun katta ahamiyatga ega!

®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

22 Nov, 02:59


22-NOYABR XALQARO PSIXOLOGLAR KUNI

Barcha hamkasblarimni bugungi bayram bilan tabriklayman!

Har doim xalqning nazaridagi kasbimizga loyiq bo'lib yuraylik!


®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

20 Nov, 18:54


Boplashibti 😂

PSIXODIAGNOSTIKA

18 Nov, 15:04


Ana endi asosiy savolga qaytamiz. “Psixolog maslahat bermaydi” iborasi qanchalik asosli? Psixolog maslahat berishini nimasi yomon? Maslahat berishning yomon tomoni yoʻq, faqat psixologiyada emas.

PSIXODIAGNOSTIKA

18 Nov, 05:41


QIZIQ SAVOL

Psixolog maslahat bermaydi, deyishadi. Sizningcha, bu qanchalik toʻgʻri? Nega psixolog maslahat bermasligi kerak?

Psixolog maslahat bermasa, unda “psixologik maslahatlar” degan soʻz qayerdan paydo boʻldi?

Fikrlar boʻlsa izohga yozing

PSIXODIAGNOSTIKA

15 Nov, 18:06


KOFEINGA QARAMLIK

Kofeinga qaramlik yoki kofein bilan bogʻliq buzilishlar (Caffeine-related disorders) — bu organizmda kofein isteʼmoli natijasida yuzaga keladigan psixologik va fiziologik buzilishlardir.


Kofein — dunyoda eng koʻp isteʼmol qilinadigan psixoaktiv moddalardan biri boʻlib, jumladan, qahva, choy, kofeinli gazli ichimliklar, "energetik" ichimliklar, retseptsiz beriladigan ogʻriq qoldiruvchi va shamollashga qarshi dorilar, vazn yoʻqotishga yordam beruvchi preparatlar hamda sevimli shokoladda ham mavjud. DSM-5 (Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders, Fifth Edition) da yozilishicha kofeinga oʻrganib qolgan insonlarda, quyida keltirilgan belgilardan kamida beshtasi kofein isteʼmoli paytida yoki undan keyin kuzatiladi:
• Asabiylik.
• Tashvish.
• Hayajon.
• Uyqusizlik.
• Yuzning qizarishi.
• Siydik haydashning kuchayishi (diurez).
• Oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi.
• Mushaklarning tirishishi.
• Fikr va nutqning tartibsiz oqimi.
• Yurak urishining tezlashishi (taxikardiya) yoki yurak ritmining buzilishi.
• Cheksiz energiyani his qilish (charchamaslik).
• Psixomotor bezovtalik.

Kofein intoksikatsiyasi (koʻp istemol qilish)ning xavflari:
Yurak urishining tezlashishi yoki yurak ritmi buzilishi jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.
• Haddan tashqari tashvish va hayajon insonning psixologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
• Uyquning buzilishi organizmning tiklanishiga xalaqit beradi va umumiy salomatlikka zarar yetkazadi.


Kofein yaxshi narsa, shu oʻziga oʻrgatib qoʻyishi yomon oqibatlarga olib keladida.

Iloji boʻlsa ushbu postni, har kuni menga oʻxshab kofe ichuvchilar oʻqimasin! Agar matnni shu joyigacha oʻqigan boʻlsangiz, foydasi yoʻq 😂


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

13 Nov, 19:03


AHDH belgilari va diagnostikasi (DSM-5 TR boʻyicha)

1. Diqqat yetishmovchiligi boʻyicha diagnostika mezonlar

6 oy davomida quyidagi belgilarning eng kamida 6 tasi, 16 yoshgacha boʻlganlarda hamda ushbu belgilarning kamida 5 tasi, 17 yosh va undan kattalarda kuzatilsa, diqqat yetishmovchiligi tashxisi qoʻyiladi:

Ish yoki oʻqishda, doimiy detallarni eʼtiborsiz qoldirish, xatolarga yoʻl qoʻyish.
• Eʼtiborni saqlashda qiyinchilik.
• Toʻgʻridan-toʻgʻri gapirilganda ham eshitmayotgandek koʻrinadi.
• Koʻrsatmalarga amal qilmaslik yoki vazifalarni tugallay olmaslik.
• Ishlarni tashkil etishda qiyinchilik.
• Aqliy kuch talab qiluvchi vazifalardan qochish.
• Tez-tez narsalarni yoʻqotish (masalan, oʻyinchoqlar, daftarlar, aksessuarlar, kalitlar).
• Eʼtiborning tashqi omillar taʼsirida tez chalgʻishi.
• Kundalik vazifa yoki ishlarni tez unutish (masalan, kechagi yegan ovqati, uy vazifasi, odamlarni ismi, yurgan koʻchalari).


2. Giperfaollik va impulsivlik belgilarining diagnostika mezonlar

6 oy davomida quyidagi belgilarning eng kamida 6 tasi, 16 yoshgacha boʻlganlarda hamda ushbu belgilarning kamida 5 tasi, 17 yosh va undan kattalarda kuzatilsa, giperfaollik va impulsivlik tashxisi qoʻyiladi:

Qoʻllar yoki oyoqlarni oʻynatish, tinch oʻtira olmaslik.
• Vaqtli turish qiyinligi (masalan, oʻrnidan tez-tez turib ketish).
• Notoʻgʻri joylarda yugurish yoki sakrash (kattalarda - bezovtalik hissi).
• Tinch va sokin oʻyinlarga qiziqmaslik.
• Har doim harakatda yoki "motor" kabi doimiy harakatda boʻlish.
• Koʻp gapirish.
• Savol tugatmasdan javob berish.
• Navbat kutishda qiyinchilik.
• Boshqalarning ishiga aralashish yoki ularni bezovta qilish.


Qoʻshimcha diagnostik talablar

Belgilar kamida ikki xil muhitda (masalan, bolalarda uyda va maktabda yoki kattalarda uyda va ishda) kuzatilishi kerak.
• Belgilar hayot faoliyatiga salbiy taʼsir qilishi kerak (masalan, oʻqish, ish hamda ijtimoiy aloqalarda buzilishlar).
• ADHD belgilarini boshqa psixik buzilish (masalan, depressiya, bipolyar buzilish) belgilari bilan adashtirmaslik kerak.



Demak, yuqoridagi diqqat yetishmovchiligi, giperfaollik va impulsivlik belgilar bir shaxsda, uzluksiz 6 oy davomida kuzatilgan boʻlsa, ushbu shaxsda diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik buzilishi (Oʻzbek tilida – DYGB. Rus tilida – СДВГ. Ingliz tilida – AHDH) mavjud.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

13 Nov, 17:16


Diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik buzilishi (Oʻzbek tilida – DYGB. Rus tilida – СДВГ. Ingliz tilida – AHDH)

DSM-5-TR boʻyicha Diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik buzilishi (Ingliz tilida: Attention-Deficit/Hyperactivity Disorder – ADHD) tushunchasi va diagnostika mezonlari boʻyicha kiritilgan asosiy maʼlumotlar quyidagicha (maʼlumot qisqartirilgan).

ADHD umumiy yavsifi

ADHD — diqqatni jamlash qiyinchiligi, impulsivlik va giperfaollik bilan xarakterlanadigan neyropsixologik buzilishdir. Ushbu buzilish, odatda, bolalik davrida boshlanadi, ammo kattalarda ham davom etishi mumkin. ADHD belgilarining darajasi va ifodasi yoshga qarab oʻzgarishi mumkin, ammo u hayot sifatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

ADHD turlari

DSM-5-TR da ADHD, quyidagi uchta asosiy subturga ajratilgan:

1. Diqqat yetishmovchiligi turi (Predominantly inattentive type) — diqqatni jamlashda qiyinchiliklar asosiy belgi sifatida namoyon boʻladi.

2. Giperfaollik va impulsivlik turi (Predominantly hyperactive-impulsive type) — giperfaollik va impulsivlik belgilari ustunlik qiladi.

3. Kombinatsiyalangan turi (Combined type) — diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik-impulsivlik belgilari birgalikda namoyon boʻladi.

davomi bor...

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

13 Nov, 07:06


DSM-5 (Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders, Fifth Edition) nima uchun kerak?

Tasavvur qiling siz har kuni sababsiz nimadandir tashvishlanmoqdasiz, kundan kunga xavotir oshib bormoqda. “Psixologga borishim kerak” degan xulosaga keldingiz va psixolog qabuliga bordingiz.

1-psixolog sizga depressiya deb tashxis qoʻydi. Lekin siz bunga ishonmadingiz
2-psixolog sizga Bipolyar buzilish deb tashxis qoʻydi. Lekin siz bunga ham ishonmadingiz.
3-psixolog esa sizga “Olam vibratsiyalarini qabul qilishning buzilishi” deb tashxis qoʻydi. “Bu psixologni tomi ketganmi” deb oʻylab qoldingiz va yana boshqa psixolog qidirishga tushdingiz.

Afsuski nechta psixologga bormang barchasi sizga turli xil tashxis qoʻymoqda.

Rostdan ham bu haqiqat, bizda nafaqat psixologlar, balki shifokorlarda ham bu holat bor. Hamma oʻzicha bir bemorga turli xil tashxis qoʻyadi.

Demak yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish uchun, DSM-5 (Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders, Fifth Edition) kitobi ishlab chiqilgan. Yaʼni, ushbu kitob psixologik buzilishlar va ruhiy kasalliklarni diagnostika qilishda yagona tizim sifatida qoʻllaniladi. Psixolog va tibbiyot xodimlariga psixologik buzilish hamda ruhiy kasalliklarni bir xil tushunish, shuningdek bir xil tashxis qoʻyish imkonini beradi. Yana ushbu kitob yildan yilga takomillashtirilib, yangi buzilish va kasalliklar kiritilib, yangilab boriladi.

Bizda ham shu kabi tizim yoʻlga qoʻyilsa aʼlo boʻlar edi.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

11 Nov, 05:32


Kitob haqida

DSM-5-TR:
1. Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va tasnifi boʻyicha ilmiy asoslangan mezonlarni oʻz ichiga oladi.
2. Ruhiy salomatlik boʻyicha mutaxassislar uchun muayyan kasalliklarni aniqlashda yoʻriqnoma sifatida xizmat qiladi.
3. Har bir tashxis uchun aniq belgilangan mezonlar, belgilari, differensial diagnostika va statistik maʼlumotlarni taqdim etadi.
4. DSM-5 ga nisbatan baʼzi terminologiya va tasniflarda oʻzgarishlar va yangilanishlar kiritilgan.

Kimlar uchun moʻljallangan?
Psixiatrlar, psixologlar, terapevtlar va boshqa ruhiy salomatlik bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun zarur manba hisoblanadi.
• Shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar va tibbiyot talabalari uchun ham qimmatli qoʻllanma sifatida xizmat qiladi.

Ushbu kitob ruhiy salomatlik sohasidagi eng keng qoʻllaniladigan diagnostik qoʻllanmalardan biri boʻlib, dunyodagi koʻplab kliniklarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy manba sifatida foydalaniladi.

PSIXODIAGNOSTIKA

11 Nov, 05:27


Yaqin kunlar davomida ushbu kitobdagi keltirilgan baʼzi buzilishlar haqida gaplashamiz.

PSIXODIAGNOSTIKA

11 Nov, 04:55


PSIXOLOGIYADA TAJRIBASIZLIK BELGISI.

Tajribasiz yoki yosh psixologlar baʼzida, psixologik muammo va muammoli vaziyatni bir-biridan farqlay olishmaydi.

Misol uchun: Ikki psixolog suhbati.
— A: Bugun bir mijoz bilan bilan ishladim.
— B: Psixologik muammosi nima ekan?
— A: Oilaviy ajrim.
— B: …


Rostdan ham koʻpchilik oilaviy ajrimni psixologik muammo deb biladi. Yoʻq, oilaviy ajrim bu muammoli vaziyat. Tajribasiz psixolog esa psixologik muammolar qolib vaziyat bilan ishlashni boshlaydi.

Demak, psixologik muammo va muammoli vaziyatni farqlashni oʻrganamiz.
Fanda "psixologik muammo" va "muammoli vaziyat" tushunchalari bir-biriga yaqin boʻlib, koʻpincha bir-biri bilan chalkashib ketadi. Biroq, ularning oʻrtasida aniq farqlar mavjud. Ushbu tushunchalarni toʻgʻri anglash terapiya jarayonida muhim ahamiyatga ega.

1. Psixologik Muammo — shaxsning psixologik jarayonlari natijasida yuzaga keladigan, hissiy yoki kognitiv disbalansni keltirib chiqaruvchi holat. Bu shaxsning oʻz hayotidan qoniqmasligiga, xatti-harakatlaridagi noqulayliklarga va turli emotsional holatlarga olib kelishi mumkin. Misol uchun, depressiya, xavotirlik buzilishlari, oʻz-oʻziga ishonchsizlik, stress.

2. Muammoli Vaziyat — tashqi omillar sababli yuzaga kelgan noqulay holat boʻlib, shaxsni noaniq qaror qabul qilishga majbur qiladi. Bu vaziyatda shaxs tashqi muhitga nisbatan moslashadi yoki muammoni hal qilish yoʻlini izlaydi. Misol uchun, oilaviy ajrim, yangi ishxonaga oʻtish, yangi joyga koʻchib borish, kasal boʻlish, janjal.


Psixologik muammo va muammoli vaziyat bir-biriga bogʻliq boʻlishi mumkin, lekin ular oʻrtasidagi asosiy farq — muammo ichki ziddiyatlarga asoslangan boʻlsa, vaziyat tashqi omillar natijasida yuzaga keladi. Psixologik muammolarni hal qilishda psixoterapiya, kognitiv terapiya yoki boshqa psixologik yondashuvlar kerak boʻlsa, muammoli vaziyatlarda koʻproq amaliy yechimlar, moslashuvchanlik va qaror qabul qilish koʻnikmalari talab etiladi.

Fikrlar boʻlsa izohga yozing

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

10 Nov, 08:56


YOSH DAVRLARIDAGI OʻLIM QOʻRQUVI VA ANGLANISHI

Odam tugʻiladi va 4-5 yoshgacha oʻlim xavfini sezmasdan yashaydi.

5 yoshdan keyin esa odamda oʻlimdan anglanmagan qoʻrquv shakllanib boradi.

12 yoshdan keyin esa anglangan qoʻrquvlar orasida oʻlimdan qoʻrqish ham paydo boʻladi. Yaʼni oʻlim bu YAKUN ekanligini anglab yetadi.

15 yoshdan 25 yoshgacha sarguzasht sevarlik va oʻlimni axloqan tan olmaslik, xavf-xatarga qiziquvchanlik, jamiyat bosimini tan olmaslik.

25 yoshdan 40 yoshgacha jamiyat bosimlari fonida oʻzini anglashga urinish va ijtimoiylashuvning eng yuqori choʻqqisiga intilish, yaʼni ijtimoiy status. Oʻlimdan ongli qoʻrqish va oʻzini asrashga urinish kuchayadi.

40 yoshdan keyin tabiiy oʻlim xavfini kamaytirishga harakat qilish, sogʻlikka alohida eʼtibor berish boshlanadi. Organizmda zaiflik sezish ortadi.

50 yosh (yarim asr)dan boshlab safdoshlar kamayishini sezish. Atrofida vafot etganlar haqida xabarlarning tez-tez takrorlanishi. Imkonsizlik va zaiflikni qabul qilishga adaptatsiya davri boshlanadi.

60 yosh qoʻrquvlarni jilovlash hayot mazmunini anglashga urinish, ichki xotirjamlik va tinchliksevarlikni ortishi yuz beradi. Imkonsizlikni qabul qilishga kuchli tayyorlanish. Oʻlimga nisbatan vahimaning ortishi.

70 yosh ekzistensial qadriyatlarning yuksalishi, tiriklikdan mamnunlik, bolalikni qumsash va taʼsirchalik ortadi. Imkonsizlikka adaptatsiyaning soʻngi bosqichi.

80-90 yosh organizmning hayotiylik faoliyatining buzilishi.

Yakun.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

09 Nov, 12:06


Mijozning shikoyatlari:

Alisher oxirgi olti oy davomida oʻzida davomiy tushkunlik va sababsiz tashvishlanishni his qilmoqda. Ishtahasi va uyqusi oldingidek yaxshi emas. Bundan tashqari, oʻzi va kelajagi haqida salbiy fikrlar uni qiynamoqda. Oʻzini boshqalar bilan tez-tez solishtiradigan odati ham uni bezovta qilmoqda...

PSIXODIAGNOSTIKA

09 Nov, 03:24


Bugun KBT bo'yicha depressiya mavzusiga chuqurroq kiramiz. Ya'ni depressiya aniqlangan mijoz bilan KBTni qanday qo'llanishi haqida fikrlashamiz.

Va shu bilan KBT mavzusini yopamiz.

PSIXODIAGNOSTIKA

08 Nov, 06:15


Keys: Depressiya

Keys tavsifi: Zafar, 40 yoshda, ishidan ayrilib qolgan va shundan beri doimiy ravishda tushkunlik holatida. U har kuni oʻzini befoyda va hech narsaga qodir emasdek his qiladi. Doimiy yomon kayfiyat, uyquning buzilishi va ishtaha kamayishi kabi belgilari bor.

Terapiya jarayoni: Seans 6-7 ta

1. Kognitiv qayta baholash: Zafarning salbiy fikrlari ("Men hech narsaga yaramayman" yoki "Meni hech kim ishga olmaydi") aniqlandi. Bu fikrlarni qayta baholash va ularning asoslarini aniqlash uchun savollar beriladi.

2. Faoliyat rejalari va faoliyatsizlikni yengish: Zafarga kundalik yuritish tavsiya etiladi. Kundalikda kichik, erishilishi oson boʻlgan maqsadlar va harakatlar belgilanadi. Bu Zafarga faoliyatsizlikni kamaytirishga va oʻziga boʻlgan ishonchini tiklashga yordam beradi.

3. Pozitiv xotiralarni tiklash: Oʻtmishdagi yutuqlarini eslash va uni qayta tiklash orqali Zafarning oʻz-oʻzini qadrlash darajasi oshiriladi.

4. Davriy baholash va progress monitoringi: Zafarning haftalik hisobotlarini koʻrib chiqish orqali terapiyada ijobiy oʻzgarishlarni o'ziga namuna sifatida koʻrsatiladi. Umumiy holatda Zafarning oʻziga boʻlgan ishonchi oshishni boshlaydi.

5. Relapsdan (qayta takrorlanish) oldin strategiyalar: Zafarga, aslida faoliyatsizligiga sabab uning salbiy fikrlari ekanligi tushuntiriladi. Fikrlarni ratsionallashtirish boʻyicha texnikalar oʻrgatiladi.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

08 Nov, 04:24


KEYS: Obsesiv-Komplusiv Buzilish (OKB)

Keys Tavsifi: Nilufar, 30 yoshda, doimiy ravishda qoʻllarini yuvishga majbur boʻlmoqda. U tozalik masalasida haddan tashqari xavotirlanadi va har qanday joyga tegishdan qoʻrqadi. Kun davomida qoʻllarini yuvish odati uning hayotiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Terapiya jarayoni: Umumiy seans 6-7 ta.

1. Oʻylangan vaziyatlar va xavotirlarni tahlil qilish: Nilufarga uning qoʻrquv va majburlovchi odatlarini qayta koʻrib chiqish uchun kerakli savollar beriladi. Qoʻrqinchli fikrlar va ularning haqiqiy xavf darajasi koʻrib chiqiladi. Yaʼni qoʻllarni yuvish majburiyati qayerdan kelib chiqishini ratsional asoslantirish uchun savollar beriladi.

2. Qoʻrquv vaziyatiga solish: Nilufar bilan uning qoʻrquvlarini keltirib chiqaradigan vaziyatlar asosida mashqlar qilinadi. Masalan ART terapiya usuli yordamida loydan shakllar yasash. Ushbu holatda Nilufar bor eʼtiborini ifloslikka emas, loydan shakl yasashga qaratadi.

3. Ekspozitsiya va reaksiya oldini olish (ERP): Nilufar oʻz qoʻllarini doimiy ravishda yuvmaslikka qaror qiladi va asta-sekin oʻzi qoʻrqqan narsalarga duch keladi. Bunda qoʻllarni yuvish majburiyatini oʻrinsizligini isbotlash uchun turli mashqlar qilinadi.

4. Kognitiv qayta baholash: Nilufar oʻzining har bir "ifloslanish" fikriga mantiqiy savollar orqali javob beradi va ularni qayta baholaydi.

5. Relapsdan oldin strategiyalar: Kelajakda majburlovchi xatti-harakatlar qaytarilsa, unga qanday munosabatda boʻlish kerakligi va qay tarzda oʻzini boshqarish mumkinligi haqida reja tuziladi.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

07 Nov, 14:34


Keys: Ijtimoiy Fobiya

Keys Tavsifi: Anna, 25 yoshda, odatda omma oldida nutq soʻzlashdan yoki yangi, notanish odamlar bilan tanishishdan qoʻrqadi. U doimiy ravishda boshqalar uni notoʻgʻri tushunishi yoki uning ustidan kulayotgandek tuyuladi. Ijtimoiy vaziyatlarga tushishdan saqlanish uchun imkon qadar uyda qolishni afzal koʻradi. Bu holat uning ish faoliyatiga va ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Terapiya jarayoni: Umumiy seans 5-6 ta

1. Oʻzgarishlarga tayyorgarlik: Anna bilan uning qoʻrquvlari haqida ochiq suhbat oʻtkaziladi. Mijozga ushbu qoʻrquvlarning mantiqiy asoslarini tahlil qilish va ularni baholash uchun turli savollar beriladi. Annani qiynaydigan salbiy fikrlar qogʻozga yozib qoʻyiladi va umumiy terapiya soʻngida ishlatish uchun olib qoʻyiladi.

2. Kognitiv qayta baholash: Anna oʻz fikrlarini aniqlab, ijtimoiy vaziyatlarda oʻzi haqidagi salbiy taxminlarini qayta koʻrib chiqadi. Bu fikrlarning qanchalik asosli ekanligi va ular bilan bogʻliq dalillarni koʻrib chiqish kerak.

3. Ekspozitsiya terapiyasi: Anna asta-sekin ijtimoiy vaziyatlarga kirib boradi. Bu vaziyatlar kam odam boʻlgan joydan koʻp sonli kishilar bor joylarga qarab rivojlanadi. Har bir tajribadan keyin Anna bilan oʻsha vaziyatlarni tahlil qilish orqali ijobiy natijalar va oʻzgarishlar muhokama qilinadi.

4. Boʻlajak vaziyatga tayyorgarlik: Nutq qilish yoki odamlar bilan muloqot qilish boʻyicha kichik mashqlar tayyorlanadi. U kichik jamoalarga nutq qilishdan boshlaydi va asta-sekin qiyinroq vaziyatlarga oʻtadi.

5. Salbiy fikrlardan voz kechish: Anna bilan odamlar orasiga kirib oʻz tajribasini ottirganligi muhokama qilinadi. Terapiya boshidagi fikrlar qayta koʻrib chiqiladi. Terapiya boshida, qogʻozga yozilgan salbiy fikrlar qayta tahlil qilinadi. Annaning hozirgi fikrlari va birinchi marta terapiya kelgan fikrlari solishtiriladi.

6. Terapiya yakuni: Annaga oʻz fikrlarini boshqarish va har bir salbiy fikrlarni ratsional asoslantirish texnikasi oʻrgatiladi.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

07 Nov, 14:28


KBTga qaytamiz ))

PSIXODIAGNOSTIKA

07 Nov, 10:27


Aslida o'zini gipnolog yoki gipnoterapevtman deganlarning ham faoliyatiga shubham bor. Menimcha gipnozni ham taqiqlangan faoliyat turlariga kiritishadi.

PSIXODIAGNOSTIKA

07 Nov, 09:57


“Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 7-modda:

7-modda. Psixologik yordam koʻrsatish standartlari
Psixologik yordam koʻrsatish standartlari Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Psixologik yordam koʻrsatish standartlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

psixologik yordam koʻrsatishning ruxsat etilgan usullari va vositalarini;
— ...


Bu nima degani? Yaʼni SSV tomonidan ilmiy asosga ega boʻlgan va psixologlar foydalanishi mumkin boʻlgan psixologik faoliyat turlari tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlangan faoliyat turidan tashqariga chiqish mumkin emas.

Masalan: Oʻz psixologik faoliyatida, ezoterika, numerologiya, psixogenetika, chakrashunos, karmashunos, qalbshunos, regresslog, astrologiya, frenologiya, grafologiya, parapsixologiya, fiziognomika, evolyutsion mistika kabi fandan tashqari boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanish ham taqiqlanadi.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

07 Nov, 09:33


“Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 13-modda:

Psixologik yordam koʻrsatish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan oʻz xizmatlarini reklama qilishda yoki firma nomida “psixolog” degan soʻzdan, shuningdek unga oʻxshash boʻlgan boshqa soʻzlardan foydalanish taqiqlanadi.

Bu nima degani? Yaʼni psixologiya boʻyicha eng kamida bakalavr diplomiga ega boʻlmagan, yoki qayta tayyorlovdan oʻtmagan shaxslar, oʻzidan psixolog yasab olishi, ijtimoiy tarmoqlarda psixologman deb reklama qilishi mumkin emas. Psixolog soʻziga yaqin boʻlgan yoki psixologiya sohasiga aloqador nomlarni ishlatishi ham mumkin emas.

Masalan: Ijtimoiy tarmoqlarda, asli psixolog boʻlmasa ham, lekin oʻzini "Psixogenetik" "Kvant psixolog" yana bir-balo psixolog kabi nomlar bilan reklama berish va tarqatish ham taqiqlanadi.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

07 Nov, 09:17


“Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 13-modda:

Psixologiyadan boshqa taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun psixologiya mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga, shuningdek malaka sertifikatiga ega boʻlishi kerak. Bunda ushbu shaxslar psixologik yordamning faqat psixologik maslahat va psixologik trening turlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.

Bu nima degani? Ya'ni psixologiyaning tegishli sohalari bo'yicha qayta tayyorlov (masalan Nizomiy nomidagi TDPU qayta tayyorlov kursi)dan o'tib psixologik sohada yurganlar, faqatgina trening yoki konsultatsiya berishi mumkin holos.

Bu psixologlar masalan, psixologik profilaktika, psixologik koʻrik, psixologik reabilitatsiya, psixologik korreksiya kabi faoliyat turlari bilan shugʻullanolmaydi.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

07 Nov, 05:47


❗️Noqonuniy psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bu bo‘yicha qonun prezident tomonidan imzolandi.

Bundan buyon psixologik yordam ko‘rsatish bilan faqat psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega shaxslargina shug‘ullana oladi. Mazkur qonun internet orqali turli psixologik trening o’tkazadigan shaxslarga ham taalluqli bo’ladi.

Agar psixologik yordam bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatilsa yoxud aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etilmasa, quyidagicha jazo chorasi qo’llanishi mumkin:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima tayinlanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

PSIXODIAGNOSTIKA

06 Nov, 07:26


Kognitiv-Bihevioral Terapiyada (KBT) qoʻllaniladigan usullar, mijozning salbiy fikrlash sifatlarini aniqlash, ularni qayta baholash va mos xulq-atvor koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. KBT usullari asosan fikr, his-tuygʻu va xulq-atvor oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻzgartirishga qaratilgan. Quyida KBTda keng qoʻllaniladigan asosiy usullar haqida batafsil maʼlumot keltirilgan:

PSIXODIAGNOSTIKA

03 Nov, 17:18


Ushbu videodagi ishlar kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali hayp qilish, diqqatni jalb qilish uchun provokatsion yoki zararli harakatlarni namoyish etish, psixologik jihatdan bir qancha buzilishlar va tendensiyalar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Demak, qanday buzilishlar yuqoridagi kabi shaxslarda kuzatiladi?

1. Narsissistik shaxsiyat buzilishi (Narcissistic personality disorder, NPD)
Tadqiqotlar: Narsissizm oʻzini boshqalardan ustun deb bilish, diqqat va eʼtiborni haddan tashqari talab qilish bilan ifodalanadi. Tadqiqotlarga koʻra, narsissizm ijtimoiy tarmoqlarda koʻp eʼtibor qozonish yoki shov-shuv yaratish uchun ekstremal usullar qoʻllash ehtimolini oshiradi. Narsissistik shaxsiyatga ega odamlar ijtimoiy tarmoqlarni oʻzlarini ideal yoki ajralib turuvchi qilib koʻrsatish vositasi deb bilishadi (Buffardi & Campbell, 2008).
Xatti-harakatlar: Bunday shaxsiyatdagi odamlar yomon yoki provokatsion kontent orqali eʼtibor qozonishga harakat qiladi va diqqat markazida boʻlishni asosiy maqsad sifatida koʻradi. Ular uchun salbiy yoki ijobiy eʼtiborning hech qanday ahamiyati yoʻq, asosiy maqsad diqqatni oʻziga qaratishdir.

2. Antisosial shaxsiyat buzilishi (Antisocial personality disorder, ASPD)
Tadqiqotlar: Antisosial shaxsiyat buzilishi odamlar hissiyotlarini mensimaslik, manipulyatsiya qilish, zoʻravonlikka moyillik kabi belgilar bilan tavsiflanadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, antisosial shaxsiyatga ega odamlar ijtimoiy normaga zid keladigan harakatlar orqali qiziqish uygʻotishga moyil. Bu turdagi odamlar empatiya yetishmovchiligi tufayli boshqalarning his-tuygʻularini inobatga olmay, diqqat qozonish uchun nomaqbul xatti-harakatlarni amalga oshirishadi (Hare, 2003).
Xatti-harakatlar: Ular zararli yoki zoʻravon mazmundagi kontent orqali eʼtibor jalb qilishadi, boshqalarning his-tuygʻularini inobatga olmaydi va oʻz harakatlarining oqibatlari haqida oʻylamaydilar.

3. Histrionik shaxsiyat buzilishi (Histrionic personality disorder, HPD)
Tadqiqotlar: Histrionik shaxsiyat buzilishi diqqatni haddan tashqari talab qilish, haddan tashqari emotsional reaksiya va dramatik chiqishlar qilish bilan bogʻliq. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, histrionik shaxsiyatdagi odamlar ijtimoiy tarmoqlarda oʻziga diqqat qaratish uchun gʻayrioddiy yoki koʻpincha manipulyatsion harakatlarni amalga oshirishi mumkin (APA, 2013).
Xatti-harakatlar: Histrionik shaxsiyatdagi odamlar provokatsion yoki shov-shuvli kontent yaratish orqali ommani oʻzlariga qaratishga intilishadi. Ularning bunday xatti-harakatlari koʻpincha haddan tashqari emotsional va odatda ijtimoiy qoidalarga zid keladi.

4. Qaror qabul qilish va impuls nazoratida buzilish (Impulse control disorder)
Tadqiqotlar: Bunday buzilishga ega odamlar oʻz harakatlarining salbiy oqibatlarini anglamay impulsiv ravishda xatti-harakatlar qilishadi. Tadqiqotlarga koʻra, impuls nazoratidagi buzilishlar bilan bogʻliq odamlar tez-tez diqqat qozonish yoki hayp qilish uchun tahlikali yoki provokatsion xatti-harakatlarni amalga oshirishadi (Moeller et al., 2001).
Xatti-harakatlar: Oʻzlariga darhol diqqat qaratish istagi tufayli ular zararli yoki tahlikali kontentlar yaratib, shov-shuv qilishga urinadilar. Ularning impulslarini nazorat qilish qobiliyati past boʻlgani sababli, ular bunday xatti-harakatlarning salbiy oqibatlarini hisobga olmaydi.

Xullas, bu odamning ijtimoiy tarmoqlarda diqqatni jalb qilish uchun oʻz otasiga zarar yetkazishga vaʼda berishi — juda nomaqbul va axloqiy normalarga zid harakatdir. Bunday qiliq insoniy qadriyatlarni mensimaslik, boshqalarning his-tuygʻularini hurmat qilmaslik va eʼtiborni zararli yoʻllar bilan qozonishga urinishdan darak beradi. Diqqatni bu kabi ekstremal usullar bilan jalb qilish nafaqat shaxsiyatsizlik, balki insoniy munosabatlar chegaralarini buzish hisoblanadi. Ushbu xatti-harakat nafaqat uyatli, balki ijtimoiy nuqtai nazardan ham qoralashga loyiqdir.

Video manbasi

© @jinoyat_psixologiyasi

PSIXODIAGNOSTIKA

03 Nov, 11:28


KOGNITIV-XULQ-ATVOR TERAPIYASI (CBT) haqida batafsil maʼlumot

Kognitiv-xulq-atvor terapiyasi (CBT) nima?
Kognitiv-xulq-atvor terapiyasi (CBT – Cognitive Behavioral Therapy) psixologik salomatlik muammolarini hal qilishda foydalaniladigan psixoterapevtik usul boʻlib, u odamning fikr va xulq-atvorini oʻzgartirishga qaratilgan. CBTning asosiy gʻoyasi shundaki, bizning fikrlarimiz, his-tuygʻularimiz va xulq-atvorimiz oʻzaro bogʻliq, shuningdek salbiy fikrlar hamda xulq-atvorlar psixik buzilishlarga olib kelishi mumkin.

CBTning asosiy tamoyillari
1. Kognitiv qayta tuzish: Bunda salbiy yoki notoʻgʻri fikrlarni aniqlash va ularni ijobiy yoki realistik fikrlarga almashtirish amalga oshiriladi.
2. Xulq-atvorni oʻzgartirish: Bu jarayon xulq-atvorlarni aniqlash va ularni ijobiy yoki konstruktiv xulq-atvor bilan almashtirishni oʻz ichiga oladi.
3. Maqsad qoʻyish va rejalar tuzish: CBTda mijoz va terapevt birgalikda maqsadlar qoʻyadi hamda ularga erishish uchun rejalar tuzadi.
4. Progress monitoring: Mijozning taraqqiyoti muntazam ravishda kuzatilib, zarur boʻlganda davolash rejasi yangilanadi.


CBTni qanday qoʻllash mumkin?

1. Depressiyani davolash
Depressiya uchun CBTda asosiy yondashuv salbiy va notoʻgʻri fikrlarni aniqlash va ularni ijobiy fikrlarga almashtirishdan iborat. Misol uchun, bir mijoz oʻzini "men yoqimsizman" deb oʻylasa, terapevt ushbu fikrni tahlil qiladi va mijozga bu fikrning notoʻgʻri ekanligini koʻrsatadi. Soʻngra, mijozga ijobiy fikrlarni rivojlantirishga yordam beradi, masalan, "Men birinchi navbatda o’zim uchun kerakman."

2. Tashvish va xavotirni davolash
Tashvish va xavotir bilan bogʻliq muammolar uchun CBTda mijozga realistik va konstruktiv fikrlash oʻrgatiladi. Misol uchun, mijoz omma oldida nutq qilishdan qoʻrqsa, terapevt unga bu qoʻrquvni yengish uchun nafas olish texnikasini oʻrgatishi mumkin.

3. Obsessiv-kompulsiv buzilish (OCD)
Obsessiv-kompulsiv buzilish (OCD) davolashda CBTda mijoz oʻzining obsesiv fikrlarini tahlil qiladi va ularni konstruktiv fikrlarga almashtirishga oʻrganadi. Misol uchun, mijoz oʻz qoʻllarini tez-tez yuvish zaruratini sezsa, terapevt unga bu fikrni tahlil qilish va oʻzining xavotirini kamaytirish uchun boshqa strategiyalarni oʻrgatadi.

4. Fobiyani davolash
Fobiyalarni davolashda CBT fobiyaga olib keluvchi fikrlarni aniqlash va ularni konstruktiv fikrlarga almashtirish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, bir mijoz yirtqich hayvonlardan qoʻrqsa, terapevt unga bu qoʻrquvning asoslarini tahlil qilish va realistik fikrlarni rivojlantirishga yordam beradi.

CBTning afzalliklari
Ilmiy asoslangan: CBTning samaradorligi koʻplab ilmiy tadqiqotlar orqali tasdiqlangan.
• Qisqa muddatli: CBT koʻpincha qisqa muddatli boʻlib, bir necha oylik davolash kursini talab qiladi.
• Fokusli yondashuv: CBT konkret muammolar va maqsadlar ustida ishlashga qaratilgan.
• Faol ishtirok: Mijoz terapiya jarayonida faol ishtirok etadi va oʻz rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi.


CBT psixologik salomatlik muammolarini hal qilishda juda samarali usul boʻlib, turli xil buzilishlarni davolashda muvaffaqiyatli qoʻllaniladi. Mijoz va terapevtning yaqin hamkorligi orqali mijoz oʻz fikrlari va xulq-atvorini oʻzgartiradi va psixologik salomatligini yaxshilaydi.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

27 Oct, 16:01


Kognitiv xulq-atvor terapiyasi (CBT: Cognitive Behavioral Therapy)ni birdaniga oʻrganish oson emas, shuning uchun ham yuqoridagi maʼlumotni anglashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi tabiiy.

Yuqoridagi maʼlumot CBTning asosiy pazzli hisoblanadi. Va barcha bilimlarni ketma-ketlikda oʻrganamiz. CBT boʻyicha keyslar muhokamasiga kelganimizda, sizda ushbu terapiya usuli haqida yetarlicha koʻnikma shakllanadi.

PSIXODIAGNOSTIKA

27 Oct, 13:54


Ushbu diagramma Kognitiv xulq-atvor terapiyasi (CBT: Cognitive Behavioral Therapy) ning ishlash mexanizmlarini tasvirlaydi. CBT usuli insonning fikrlari, his-tuygʻulari va xulq-atvorini qanday oʻzaro taʼsir qilishini tushuntiradi hamda ularning asosiy qarashlar bilan bogʻliqligini koʻrsatadi.

Keling, diagramma elementlarini batafsil tushuntiraman:

Asosiy qarashlar (Core Beliefs)

Diagramma markazida "asosiy qarashlar" joylashgan. Bu qarashlar odamning oʻzi, boshqalar va kelajak haqida chuqur, ichki fikr va xulosalaridir. Asosiy qarashlar insonning bolaligida yoki hayoti davomida egallagan tajriba, bilimlari asosida shakllanadi va odatda avtomatik ravishda, yaʼni nazoratsiz yuzaga chiqadi.
Oʻzi haqida qarashlar (Yourself): Bu odamning oʻzi haqidagi asl xulosa va qarashlari. Masalan, siz oʻzingizni omadli yoki omadsiz deb hisoblaysiz. Ushbu qarashlar sizning oʻzingizni qanchalik qadrlayotganingiz va oʻzingizni qanchalik ishonchli deb bilishingizga taʼsir qiladi. Natijada insonda oʻziga nisbatan baho shakllanadi.
Boshqalar haqidagi qarashlar (Others): Sizning boshqalar haqidagi qarashlaringiz. Masalan, "Odamlar menga berahm" yoki "Ularni meni qadrimga yetmaydilar" kabi qarashlar. Bunda odamlar boshqalar haqida shaxsiy xulosa va fikrlarga ega boʻladi.
Kelajak haqida qarashlar (Future): Kelajak haqidagi qarashlaringiz. Masalan, "Kelajak uchun rejaning yoʻqligi" yoki "5 yildan keyingi sizning rolingiz" kabi qarashlar. Yaʼni sizning kelajak haqidagi rejalar, maqsad va fikrlaringiz.

Yuqoridagi ushbu qarashlar odamning fikrlari, his-tuygʻulari va xulq-atvorini boshqaradi.

Fikrlar (Thoughts)
Fikrlar bizning kundalik hayotimizda paydo boʻladigan mental jarayonlardir. Fikrlar koʻpincha bizning asosiy qarashlarimizdan kelib chiqadi. Masalan, agar kimdir oʻzini “baxtsiz” deb hisoblaydigan boʻlsa, uning fikrlari ham bu qarash bilan mos ravishda rivojlanadi: "Men bu hayotda baxtsizman" kabi asosiy qarashga ega boʻlgan insoning fikrlari ham ushbu baxtsizlikni tasdiqlovchi argumentlari takrorlaydi.

Hislar (Feelings)

Hislar insonning fikrlari taʼsirida paydo boʻladi. Agar biror kishi oʻzi yoki hayoti haqida salbiy fikrlar qilayotgan boʻlsa, u oʻzida salbiy his-tuygʻularga namoyon etishi mumkin. Misol uchun, "Men baxtsizman" degan fikr odamni tushkunlik yoki xavotirga solishi mumkin. Yaʼni buning tagida oddiy psixologik arifmetika yotibdi: Odam salbiy fikr qilsa, salbiy his-tuygʻular yuzaga chiqadi, aksincha ijobiy fikrlar ijobiy his-tuygʻularni keltirib chiqaradi.

Xulq-atvor (Behavior)
Insonning his-tuygʻulari uning xulq-atvoriga taʼsir qiladi. Masalan, agar kimdir oʻzini noqulay yoki xavotirli his qilsa, u vaziyatlardan qochishi yoki passiv boʻlishi mumkin. Xulq-atvor koʻpincha avtomatik ravishda amalga oshadi, lekin fikrlar va hislar taʼsirida paydo boʻladi.
Demak, salbiy qarashlar salbiy fikrlarni yaratadi, bu esa salbiy hislar va salbiy xulq-atvorga olib keladi.

Qanday qilib CBT yordam beradi?

• Fikrlar oʻzgarsa: Inson oʻz fikrlarini oʻzgartirganda, his-tuygʻulari va xulq-atvori ham oʻzgaradi. Misol uchun, salbiy fikrlar realistik yoki ijobiy fikrlarga aylantirilganda, odamning oʻzini qanday his qilishi va qanday harakat qilishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
• Hislar oʻzgarsa: Inson oʻz his-tuygʻularini boshqara boshlaganda, uning fikrlari va xulq-atvori ham yaxshilanadi.
• Xulq-atvor oʻzgarsa: Agar inson oʻz xulq-atvorini oʻzgartirsa, uning fikrlari va his-tuygʻulari ham ijobiy tomonga oʻzgaradi.

CBT terapevtlari bu bogʻliqlikni tushuntirib, insonlarga oʻz fikrlari va xulq-atvorini oʻzgartirishga yordam beradi. Ular mijozlar bilan birga salbiy asosiy qarashlarni aniqlaydilar va bu qarashlarni yanada realistik hamda ijobiy qarashlar bilan almashtirishga harakat qiladilar. Bu esa fikrlar, hislar va xulq-atvorni ijobiy yoʻnalishga olib keladi.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

26 Oct, 10:33


Yuqorida, “Siz tahsil olgan yoki olayotgan oliy taʼlim muassasasida PSIXOTERAPIYA usullari yoki PSIXOTERAPIYA fani oʻtilganmi?” deb nomlangan soʻrovnomada 73% qatnashuvchi, inkor munosabat bildirgan. Ijobiy (Ha oʻtilgan) munosabat bildirganlarning aksariyati esa Psixoterapiya fanini boshqa, shunga yaqinroq fanlar bilan adashtirishgani maʼlum boʻldi.

Rostdan ham bizning oliy taʼlim muassasalarimizda (tibbiy OTMlardan tashqari) Psixoterapiya deb nomlanuvchi fan deyarli oʻtilmas ekan. Bu menimcha juda yomon. Sababi psixologman deb yurgan mutaxassis, mijozga samarali psixoterapevtik xizmat koʻrsatolmasa, mijozning holati yanada ogʻirlashishiga olib keladi.

Umumiy holatda, bizning oliy taʼlim muassasalarida boʻlajak psixolog talabalarga psixoterapiya usullari keng koʻlamda oʻrgatilmasligining 3 ta sababi bor.

1-SABAB. Universitetlarning oʻquv dasturlari:
Oliy taʼlimda psixologiya boʻyicha oʻquv dasturlari asosan umumiy psixologiya fanlariga asoslangan boʻlib, koʻproq nazariy bilim berishga yoʻnaltirilgan hamda dasturlarni tuzishda, baʼzi hollarda, psixoterapiya amaliyotiga yetarlicha eʼtibor qaratilmaydi. Oʻquv rejalarida psixologiyaning keng qamrovli nazariyalari va usullari yoritiladi, lekin amaliy psixoterapiya boʻyicha chuqurlashtirilgan kurslar yoki alohida fanlar kam yoki umuman yoʻq.

2-SABAB. Mutaxassislar yetishmovchiligi:
Boʻlajak psixologlarga psixoterapiya usullarini oʻrgatish uchun malakali va tajribali oʻqituvchilar kerak. Bizning universitetlarda amaliy psixoterapiya boʻyicha yetuk mutaxassislarning yetishmasligi ham bu usullarni taʼlim dasturlariga kiritishni qiyinlashtirishi mumkin. Masalan Toshkent shahrida bir nechta kuchli psixoterapevtlarni taniyman. Ular uchun oliy taʼlimda dars berish jozibador emas (oylik kam). Universitetlarda dars bergandan koʻra, oʻz shaxsiy kurslarini oʻtishni afzal koʻradilar.

3-SABAB. Tibbiy va psixologik sohaning ajratilganligi:
Koʻpincha, psixoterapiya tibbiyot bilan bogʻliq soha sifatida koʻriladi, shuning uchun psixoterapiya usullari koʻproq psixiatrlar va klinik psixologlar tomonidan oʻrganiladi. Lekin aksariyat hollarda aholi yaʼni mijozlar bilan tibbiyot universitetlarini bitirgan psixologlar emas, aynan ijtimoiy sohaga asoslangan universitetni tamomlagan psixologlar ishlamoqda. Bu esa sifatsiz terapiyani koʻpayishiga olib kelmoqda.

Xullas oʻrtoqlar, oliy taʼlimda oʻrgatishmagan boʻlsa, oʻzimiz oʻrganishimizga toʻgʻri keladi. Buning uchun ushbu kanalni kuzatib boring. 1-2 hafta davomida sizlar bilan Kognitiv behavioral terapiya (CBT) haqida gaplashamiz va yangi bilimlarni oʻrganamiz.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

24 Oct, 19:01


Vatan tinchligi yo’lida xizmat qilayotgan barcha Ichki ishlar organlari xodimlarini bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab qolaman. Ayniqsa IIV tizimidagi psixolog (kriminalist-psixolog, inspektor-psixolog, mutaxassis psixolog)larni alohida tabriklayman.

®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

21 Oct, 06:38


Shu yaqin kunlarda sizlar bilan Kognitiv behavioral (xulq-atvor) terapiya haqida batafsil gaplashamiz!

Maʼlumot uchun: KBT (Kognitiv behavioral (xulq-atvor) terapiya) quyidagi buzilishlarda eng samarali usul hisoblanadi.

Depressiya
Bipolyar buzilish
Psixoz
Shizofreniya (boshlangʻich koʻrinishi)
Addiktsiya (giyohvandlik, kashandalik, Ludomaniya, internetga qaramlik)
Ovqatlanish buzilishi
Post travmatik stress



© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

15 Oct, 18:12


Atrofidagi odamlarni his qilmaslik, yaʼni empatiya yetishmasligi yoki ijtimoiy yuklama va normalarga befarqlik, aynan bizning tilimizda koʻp yangraydigan hamda koʻpchilikda uchraydigan, farosatsizlik bilan bevosita bogʻliqdir.
Aniqroq aytganda atrofdagi odamlarni his qilmaslik holatini farosatsizlik deb atash ham mumkin. Bunday odamlar jamiyatda boshqalarning erkin yashashini qiyinlashtiradi.

Demak hozirgi aytadigan gaplarim farosatsizlarning psixologik xususiyatlari haqida boʻladi.

Farosatsizlarda empatiya yetishmasligini yaqqol koʻrishimiz mumkin, yaʼni boshqalarning his-tuygʻularini, fikrlarini va holatlarini tushunish qobiliyatining pastligi yoki yoʻqligini anglatadi. Empatiya yetishmasligi odatda narsisistik yoki antisotsial shaxsiyat buzilishlarida uchraydi.

Farosatsizlarda antisotsial xulq-atvor belgilarini ham koʻrishimiz mumkin. Bu kabi xulq-atvorga ega odamlar koʻpincha boshqalarning his-tuygʻulariga befarq boʻlishadi. Ular ijtimoiy meʼyorlarni buzish, boshqalarning huquqlarini hurmat qilmaslik va odatda yolgʻon gapirish kabi xatti-harakatlarni amalga oshirishga moyildirlar.

Farosatsizlik koʻpincha kognitiv dissonans bilan bogʻliq boʻlib, inson oʻz xatti-harakatlari va eʼtiqodlari oʻrtasidagi ziddiyatni sezmaydi yoki eʼtiborsiz qoldiradi. Bu xatti-harakat oʻzini-oʻzi anglashga va oʻz qobiliyatlarini real baholashga qaratilgan harakatlarga toʻsqinlik qiladi.

Farosatsizlik koʻpincha psixologik himoya mexanizmlari, masalan, inkor qilish (denial), yoki proyeksiya orqali ifodalanadi. Bu mexanizmlar insonning noxush yoki tashvishlantiruvchi his-tuygʻularidan qochishiga yordam beradi, ammo real holatni tushunishni murakkablashtiradi.

Aslida atrofidagi odamlarni his qilmaslik qandaydir psixik kasalliklar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Lekin men yuqorida, sogʻlom farosatsizlar haqida gapirdim.

Ushbu postni “sen haqingda ekan” deb farosatsizlarni oʻziga joʻnatib qoʻyamiz 😂


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

10 Oct, 03:39


Atrofidagi odamlarni his etmaydigan insonning psixologiyasi haqida nimalarni bilasiz?

Fikringiz bo'lsa izohga yozing.

PSIXODIAGNOSTIKA

28 Sep, 18:23


Demak, suitsidal mijoz bilan ishlashingizda o'zimning tavsiyalarimni berib o'taman. Quyidagi maqolada ushbu haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

PSIXODIAGNOSTIKA

28 Sep, 10:59


OʻZINGIZNI SINAB KOʻRING!

ANNA ismli mijoz (bemor) psixolog (psixoterapevt) qabuliga keldi. Mijozda suitsidal axloq aniqlangan va u bir necha bor tugallanmagan suitsidal aktni amalga oshirgan.

Tasavvur qiling sizning qabulingizga shunday mijoz keldi. Sizning harakatingiz, rejangiz va faoliyatingiz qanday boʻlar edi?

Fikrlaringizni izohda kutaman.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

25 Sep, 08:03


AGAR MEN EZOTERIK YOKI QALBSHUNOS BO'LGANIMDA, QUYIDAGICHA NUTQ TAYYORLAR EDIM 😂😂😂

"Azizlar, bugun sizlar bilan koinotning ulug'vor energiyasi haqida gaplashmoqchiman. Har bir insonning hayoti koinotning qudratli vibratsiyalari bilan bog'liq. Buni his qilish uchun siz o'zingizdagi aura bloklarini tozalab, chakralaringizni uyg'otishingiz kerak. Barchamizning ichimizda oliy ruh mavjud bo'lib, bu ruh bizni astral olam bilan bog'laydi.

Sizning karmaingiz hayotingizga tortishish qonuni orqali ta'sir qiladi. Kvant olamdagi energiyalarni o'z hayotingizga to'g'ri jalb qilish orqali, siz DNK tozalash jarayonini boshlashingiz mumkin. Unutmang, sizning psixogenetik kodlaringiz koinot bilan uyg'unlikda bo'lishi uchun ruhiy energiyalaringizni tartibga solish juda muhimdir.

Shu bilan birga, har biringiz koinotning tortishish qonuni asosida hayotga ijobiy niyatlar bilan yondashing. Sizning niyatlaringiz koinot orqali sizga qaytadi va hayotingizni yangi bosqichga olib chiqadi. Olam sizga energiya beradi, lekin siz uni qabul qilishga tayyor bo'lishingiz kerak. Oliy ruh sizni qo'llab-quvvatlaydi va hayotingizga qudratli vibratsiyalar olib keladi."

Sizlarni bilmadim-ku, ezoterik va qalbshunoslarni rasmdagidek tasavvur qilaman 😂😂😂.

Rostdan ham ularni kiyinish uslubi shunaqa boʻlsa, "besh ketdim".


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

25 Sep, 07:01


Umidsizlik — suitsidal axloq shakllanishida eng muhim psixologik omillardan biridir. Umidsizlik, odam oʻz muammolarini hal qilishning hech qanday yoʻlini koʻrmayotgan va kelajakdan hech narsa kutmayotgan holatda paydo boʻladi. Bunday holat odamni oʻz joniga qasd qilishni yechim deb koʻrishga majbur qilishi va u oʻzining jismoniy yoki psixik azoblaridan qochishning yagona yoʻli deb oʻylashi mumkin.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

25 Sep, 06:47


Suitsidal axloqni diagnostika qilishga yordam beruvchi keyingi testimiz, umidsizlik mavzusida bo'ladi.

Test nomi: Umidsizlik shkalasi
Yosh darajasi: 15-35 yosh
Bajarish vaqti: 20-25 daqiqa

Psixolog uchun yoʻriqnoma: Ushbu testning nomi va maqsadini sinalluvchiga maʼlum qilish tavsiya etilmaydi. Yaʼni ushbu testni oddiy savolnoma sifatida tavsiya eting. Shu orqali test javoblarida holislikni taʼminlaysiz.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

23 Sep, 06:55


Suitsidal axloqni diagnostika qilishga yordam beruvchi birinchi testimiz, depressiya mavzusida bo'ladi.

Chunki, depressiya suitsidal fikrlar shakllanishida asosiy omil sifatida baholanadi.


Test nomi: Depressiya darajasini baholash testi
Yosh darajasi: 16—40 yoshgacha
Bajarish vaqti: 20 daqiqa

Psixolog uchun yoʻriqnoma: Ushbu testning nomi va maqsadini sinalluvchiga maʼlum qilish tavsiya etilmaydi. Yaʼni ushbu testni oddiy savolnoma sifatida tavsiya eting. Shu orqali test javoblarida holislikni taʼminlaysiz.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

20 Sep, 14:06


Ushbu rasm koʻpchilikka tanish.

Bu 2002-yilda Zlata Koroleva tomonidan ishlab chiqilgan "Sizning suitsidal moyilliklaringiz" nomli testda koʻrsatilgan nomsiz figura.

Testning yoʻriqnomasi boʻyicha ushbu figurani, sinaluvchi oʻziga yoqqan koʻrinishda boʻyab, figuraga yakuniy koʻrinish berishi kerak.

Testning interpitatsiyasi esa sinaluvchi boʻyagan uslub, boʻyalgan qism joylashuvi, konturlarning boʻyalganligi, toʻliq yoki notoʻliq, chap yoki oʻngdaligiga qarab xulosa qilinadi.


Ushbu testning ishonchliligi va ilmiy asoslari haqida bahs-munozaralar mavjud. Psixologiyada proyektiv testlar, jumladan Zlata Korolevaning "Sizning suitsidal moyilliklaringiz" testi, subyektiv talqinlarga asoslanadi. Bu shuni anglatadiki, test natijalari koʻpincha uni oʻtkazuvchi mutaxassisning tajribasi va fikrlariga bogʻliq boʻladi.

Shunday qilib, "Sizning suitsidal soyilliklaringiz" testi ishonchli diagnostik vosita sifatida qabul qilinmaydi. U shaxs haqida maʼlum fikrlarni berishi mumkin boʻlsa-da, uning natijalari ilmiy jihatdan asoslanmagan va subyektiv talqinlarga tayanadi.

Psixologik yoki klinik amaliyotda bu kabi testlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ularni boshqa ishonchli va valid testlar bilan toʻldirish lozim. Shuningdek, suitsidal mavzular bilan ishlashda har doim etik meʼyorlarga rioya qilish va mutaxassislarning koʻrsatmalariga amal qilish muhimdir.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

20 Sep, 06:36


Suitsidal axloqni diagnostika qilishga yordam beruvchi, yaʼni aynan suitsidal mavzuga aloqador boʻlgan qanday psixologik testlarni bilasiz?

Agar shunday testlar boʻlsa, nomlarini izohga yozing. Har bir bir testni o'rganib, tekshirib koʻramiz.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

16 Sep, 05:04


Tasavvur qiling!

Bir mijozda suitsidga moyillik mavjud. Mijozda suitsidallik indikatorlari ham aniq koʻrinib turibdi. Fikrlarida ham suitsid qilishi yaqqol yangramoqda.

Endi savol: Psixolog shunday mijozlar bilan suitsid mavzusida suhbat qilishi qanchalik toʻgʻri? Oʻzi mijoz bilan suiqasd qilish haqida gaplashish mumkinmi? Nima deb oʻylaysiz?

Fikrlarni izohga yozing va sababini ham koʻrsating.


© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

13 Sep, 17:42


Kuni kecha bir inson bilan gaplshdim. U o'z joniga suiqasd qilib tirik qolgan.

“Qilgan ishingizdan afsuslanganmisiz” degan savolimga u quyidagicha javob berdi.

“Boʻynimga sirtmoq ilib oʻzimni osganimdan keyin 5 sekund ham oʻtmasdan afsuslanishni boshlaganman. Jonim hiqildogʻimga keldi. Yordamga chaqiray desam ovozim chiqmaydi, havo ichimga tiqilib qoldi. Xuddi boshim bilan tanam ikkiga ajralgandek boʻlardi. Nega bu ishni qildim, nega oʻzimni osdim, maza qilib yashasam boʻlardi-ku deb oʻzimga savol berdim. Oʻlishni xohlamayman deb baqirgim keldi. Nega oʻzimni oʻldiryapman nega? ...


Haqiqatdan chuqur hissiyotlarga berilib oʻzini nobud qilmoqchi boʻlgan odam soʻngi soniyalarda qilgan ishidan pushaymon qiladi. Buning sababi esa oddiy, tirik qolish instinkti.

Agar insonda tirik qolish, yashash, xavfsizlik instinkti ishga tushsa, barcha hissiyotlar, xafalik, gina, qasos, sevgi, alam, hijron esdan chiqib ketadi. Insonning miyasida faqat "nima qilib bo'lsa ham tirik qolish kerak" degan fikr boʻladi xolos. Shuning uchun ham koʻp aytaman qalb ogʻrigʻi degan narsa mavjud emas. Insondan faqat tana ogʻrigʻi bor. “Qalbim ogʻridi eh-voh endi oʻzimni oʻldiraman” degan odam adashadi. Qalb ogʻrigʻi va tana ogʻrigʻi haqida keyinroq gaplashamiz.


®️ Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

13 Sep, 06:44


Suitsidni diagnostika qilishdan oldin quyidagi tashqi indikatorlar (belgilar)ni hisobga olish zarur. Agar ushbu 9 ta indikatorlarning bir donasi ham mijozda kuzatilsa yoki mavjud boʻlsa, demak, suitsidal axloq mavjud boʻlishi mumkin.

1. Suitsidal fikrlar va ifodalar:
• Oʻz joniga qasd qilish haqida ochiq gapirish, "Men oʻlib qolsam yaxshiroq boʻlardi" yoki "Men yashashni istamayman" kabi ifodalar suitsidal xavf belgisi hisoblanadi.

2. Kelajak haqida umidsizlik:
• Oʻz hayoti va kelajakka boʻlgan umidning yoʻqolishi, "Mening kelajagim yoʻq" yoki "Barcha muammolarimni hal qilolmayman" kabi fikrlar bilan ifodalanishi mumkin.

3. Izolyatsiya va ijtimoiy aloqalarni uzish:
• Doʻstlar va oila bilan aloqani kamaytirish, izolyatsiyaga intilish, oddiy kundalik faoliyatlardan voz kechish yoki boshqa odamlardan uzoqlashish belgisi sifatida koʻriladi.

4. Emotsional holatdagi keskin oʻzgarishlar:
• Kayfiyat oʻzgarishlari, depressiv holatlar, tez-tez stress holatiga tushish, xavfli xatti-harakatlarga qoʻl urish (masalan, spirtli ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish yoki oʻziga zarar yetkazish).

5. Suitsidal rejalarning mavjudligi:
• Oʻz joniga qasd qilish uchun reja tuzish yoki oʻlimga olib keluvchi vositalarni izlash. Agar shaxs oʻz joniga qasd qilish rejasi haqida gapirsa, bu alohida xavf omili hisoblanadi.

6. Anormal xatti-harakatlar:
• Oddiy faoliyatdan voz kechish, oʻz mulkini boshqalarga berish, vasiyatnoma yozish kabi xatti-harakatlar suitsidal niyatni koʻrsatishi mumkin.

7. Jismoniy holatlar:
• Oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga urinish (masalan, ogʻriq yoki uzoq davom etgan kasallik tufayli). Ogʻriq qoldiruvchi yoki sarxush qiluvchi dorilarni oʻzida sinab koʻrishi mumkin.

8. Oldingi suitsidal urinishlar:
• Oldingi oʻz joniga suiqasd qilish urinishlari boʻlgan odamlar yana bunday fikrlarni sinash xavfi yuqoridir.

9. Moddiy yoki emotsional yoʻqotishlar:
• Yaʼni, yaqinlarining oʻlimi, ish yoʻqotish, ajralish yoki moliyaviy qiyinchiliklar suitsidal fikrlarni kuchaytirishi mumkin. Yana online qimor yoki tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlardagi omadsizliklar.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

12 Sep, 17:39


Suitsid qilish xavfi yuqori boʻlgan mijozlar bilan gaplashishda, konsultatsiya va terapiya vaqtida har bir gapingiz va beradigan savollaringizga eʼtiborli boʻlishingiz shart.

Agar suitsidal mijozga berilishi mumkin boʻlmagan savol yoki taʼkid bersangiz, bu mijozning izolyatsiya qilishiga sabab boʻlishi mumkin.

Quyida mijozga berilishi tavsiya etilmaydigan savol va taʼkidlarni roʻyxati hamda ularni nima uchun tavsiya etilmasligi sabablarini koʻrishingiz mumkin:

1. "Siz oʻzingizni shunchalik noqulay his qilyapsizmi?"
• Sababi: Bu savol mijozning his-tuygʻularini yengil qabul qilishdek tuyuladi va u oʻzini tushunilmagan his qilishi mumkin.

2. "Hayotdan zavqlanishingizga nima xalaqit bermoqda?"
• Sababi: Bu savol mijozni oʻzini aybdor his qilishiga olib keladi va masalani yanada yomonlashtirishi mumkin.

3. "Bunday fikrlardan voz kechishingiz kerak!"
• Sababi: Bu psixologning hukm qilayotganini koʻrsatadi va mijozni oʻz his-tuygʻularini yashirishga undaydi.

4. "Hali ham shu yomon fikrlarni oʻylayapsizmi?"
• Sababi: Bu savol mijozning his-tuygʻularini inkor etishga oʻxshab koʻrinishi va uni oʻzini izolyatsiyalashiga olib kelishi mumkin.

5. "Nega bunday qilmoqchisiz? Hayotda yaxshi narsalar ham bor-ku!"
• Sababi: Bu savol mijozning muammolarini yengil qabul qilganlikdek tuyulishi mumkin va ular oʻz his-tuygʻularini qabul qilingandek his qilmaydi.

6. "Siz buni qilasiz (suiqasd) deb oʻylamayman."
• Sababi: Bu savol mijozning hissiyotlarini inkor qilish va eʼtiborsiz qoldirish deb talqin qilinadi, bu esa mijozning izolyatsiyaga tushishiga olib kelishi mumkin.

7. "Boshqa odamlar sizdan ham yomonroq holatda!"
• Sababi: Bu yondashuv mijozning individual his-tuygʻularini eʼtiborsiz qoldirishga olib keladi va ularning oʻzini qadrsiz his qilishiga sabab boʻladi.

8. "Buni qilmaslik kerak edi."
• Sababi: Bu aybdorlik hissini kuchaytirishi va mijozning oʻz his-tuygʻularini yashirishga olib kelishi mumkin.

9. "Bular shunchaki xayoliy narsalar, oʻtib ketadi."
• Sababi: Bu mijozning his-tuygʻularini haqiqiy deb qabul qilmaslikdek tuyuladi va ular oʻzlarini tushunilmagan his qilishlari mumkin.

10. "Boshqalar ham shunday holatda boʻlishgan, lekin ular buni yengib oʻtishdi!"
• Sababi: Bu savol individual tajribani eʼtiborsiz qoldiradi va mijoz oʻz dardlarini qadrsiz his qilishi mumkin.

11. "Siz haqiqatan ham bunday niyatda emassiz, toʻgʻrimi?"
• Sababi: Bu savol mijozning his-tuygʻularini rad etadi va ular uchun xavfli boʻlishi mumkin.

12. "Siz bunday qilmasligingiz kerak!"
• Sababi: Bu savol hukm qiluvchi va tanqidiy ohangda koʻrinadi, bu esa mijozni oʻzini tushunilmagan his qilishiga olib keladi.

Bunday savol va taʼkidlar oʻrniga mijozni qoʻllab-quvvatlaydigan va his-tuygʻularini tan oladigan muloqotni tashkil eting.

© Psixologiya

PSIXODIAGNOSTIKA

12 Sep, 14:54


MUROJAAT!
ILTIMOSNOMA!


Hurmatli hamkasblar va kanalim kuzatuvchilari, ushbu "Suitsidal axloq" mavzusidagi ma'lumotlarni barcha vakolatli mutaxassis hamda psixologlar bilan ulashing.

Masala jiddiy va hozirgi mavsumda o'ta dolzarb, chunki depressiv oylar yaqinlashmoqda. Ushbu bilimlar orqali kimningdir hayotini saqlab qolishga hissangizni qo'shing.


KANALIMNI KUZATISHDA DAVOM ETING!

PSIXODIAGNOSTIKA

12 Sep, 13:16


Suitsidal axloqli mijozlar bilan ishlashda samarali va xavfsiz psixologik yondashuvni taʼminlash uchun bosqichma-bosqich reja zarur. Quyida suitsidal mijozlar bilan psixologik ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tartibini keltirib oʻtaman.