Tez kunda “Taskin” psixologik markazimiz Psixologlar assotsiyatsiyasi bilan memorandum imzolashga kelishdik.
Qolaversa, fevral oyidan kuchga kiradigan qonun bo’yicha, har bir psixolog birorta psixologlar assotsiyatsiyasiga a’zo bo’lishi kerak.
(Hozirda bunday assotsiyatsiya O’zbekistonda bitta)
Amaliyotchi psixologlar assotsiyatsiyaga a’zolikdan tashqari litsenziya olishi kerak. Litsenziya olish uchun esa maxsus TESTDAN o’tishi kerak.
Testdan o’tish uchun esa avvalo psixologlar 72 soatlik malaka oshirish o’qishidan o’tgan bo’lishi kerak. U malaka oshirish o’qishini Litsenziyaga ega xususiy psixologik markazlarga topshirilish ehtimoli baland (yangi qonun uchun ko’rib chiqilayotgan dasturda bu punkt ham bor, faqat uni tasdiqi kutilayapti).
Bizni “Taskin” markazimiz esa ayni shunda LITSENZIYAGA ega markazlardan biri hisoblanadi.
▶️ @taskin_markaz