🇹🇷🇺🇿 Turkiyaning Alanya shahridagi
"Baygench" nashriyoti tomonidan Oʻzbekistondagi "Sine" qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan mamlakatimizdagi turli sohalarda faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol- qizlarning ijodiy ishlari jamlangan "Oʻzbekistan'in umutlu çiçekleri" (Oʻzbekistonning umidli chechaklari) kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
Ushbu kitobda Tashkent Perfect University Turizm 2- bosqich talabasi Oripjonova Goʻzaloyning Milliy hunarmandlik va esdalik buyumlari yoʻnalishidagi ijodiy ishlari oʻrin oldi
Albatta, bu kabi loyihalar ikki millat oʻrtasidagi adabiy, ilmiy, madaniy va doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi