NAVOIYSHUNOSLIK @navoiyshunoslik_rasmiy Channel on Telegram

NAVOIYSHUNOSLIK

@navoiyshunoslik_rasmiy


Nazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak,
Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy!

Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang!

https://t.me/Avaznazarov

Navoiyshunoslik ️ (Uzbek)

Navoiyshunoslik ️ kanali o'zbek tilida turk adabiyotining eng zarafshan shoiri va yozuvchisi - Mirzo Ulug'bek o'g'li Alisher Navoiyning hayoti, asarlari va turmush tarixini o'rganishga bag'ishlangan bir joy. Nazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanalda Navoiy haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Shahsiy hayoti, yaratgan asarlari, davlat shoir sifatida uning faoliyati va ko'p boshqa qiziqarli malumotlar kanalda mavjud. Sizga Navoiyning asarlarining ta'limotini, ularni tahlil qilish, ma'nolojik o'qishlar va boshqa turdagi qiziqarli matnlar bilishga imkon beradi. Kanalga a'zo bo'ling va Navoiyning eng zamonaviy vaqtida ham izgilari va g'aroyiboti haqida o'ylab chiqing! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko'rsatishni unutmang! Alisher Navoiyning eng zamonaviy qarashlari va asarlari haqida ma'lumotlar olish uchun https://t.me/Avaznazarov linkiga o'ting.

NAVOIYSHUNOSLIK

11 Jan, 03:13


​​ISHQ QACHON PAYDO BO‘LGAN?

Ishqning mohiyatini anglash alohida ahamiyatga ega. U qachon paydo bo‘lgan? Ishq inson vujudiga oid hodisami yoki ruhiyatiga? Bular fikr yuritishga arziydigan va benihoya ahamiyatli masalalardir. Hazrat Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida shoh Xusrav va asir Farhod o‘rtasida ishq mavzuida keskin bahs kechadi. Jumladan, asarda mana bunday misralarni o‘qiymiz:

Dedi: qay chog‘din o‘ldung ishq aro mast?
Dedi: ruh ermas erdi tang‘a payvast.

Ya’ni, qachondan buyon ishqqa mubtalo bo‘lgani haqidagi Xusravning savoliga Farhod u paytda ruhim vujudim bilan qovushmagan edi, deya javob beradi.
Buyuk Navoiydan qariyb to‘rt asr keyin yashagan ulug‘ shoir Muhammad Rizo Ogahiy she’riyatida ham ishqning shunga mutanosib talqiniga duch kelamiz. «Ta’viz ul-oshiqin» devonidagi “Paydo” radifli g‘azalida Ogahiy mana bunday yozadi:

Edi ishqingg‘a jonlar mubtalo ul chog‘dakim, erdi
Na tan, na tanda bosh, na boshda yuz, na yuzda lab paydo.

Ya’ni, jonlarimiz Sening ishqingga mubtalo bo‘lgan chog‘da vujud hali yaratilmagan edi, deb yozadi shoir.
Xulosa qilib ayganda, mutafakkir bobolarimiz e’tiqodiga ko‘ra, ishq vujudga emas, birinchi navbatda, ruhga tegishli hodisa. Ahli Haq ruhoniyat olamida ekanidayoq Yaratganning muhabbatiga oshno bo‘ladi. Vaqti kelib, bu ruhning vujud bilan qovushmog‘i natijasida haqiqiy oshiq dunyoga keladi.

Nurboy Jabborov

NAVOIYSHUNOSLIK

10 Jan, 14:24


Ilm va ijod – har ishda najot...

NAVOIYSHUNOSLIK

10 Jan, 11:43


#kitob
📜Nomi: G‘azaliyot devoni (Sultonali Mashhadiy qo‘lyozmasi asosida)
👥Muallifi: Alisher Navoiy
📖Beti: 268
🕵‍♂Holati: a‘lo
📚Muqovasi: qattiq. hajmi katta
🗓Nashr etilgan yili: 2021
📝Qo'shimcha ma'lumot: - Maxsus nashr.100 dona nashr etilgan.
🎭Murojaat uchun: @Xazinalar_ombori_admin
💰Narxi: 1 200 000 so'm

NAVOIYSHUNOSLIK

09 Jan, 15:25


#Tadqiqot

Маънавий лоқайдлик ёхуд Алишер Навоий асарлари нега хатолар билан нашр этилган?

"Ҳуррият" газетасининг 2022 йил 11 январь №1 сонида адабиётшунос Ваҳоб Раҳмоновнинг юқорида келтирилган номдаги мақоласи чиқди.

Адабиётшунос мақоласида 1987-2003 йилларда “Фан” нашриётида чоп қилинган Навоий куллиётининг 20 жилдликМукаммал асарлар тўплами” ва 2011 йилда Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи томонидан 10 жилдликТўла асарлар тўплами” "пала-партиш", "саводсизларча" нашр этилганини таъкидлаб, матн таҳлили билан бир қанча изоҳлар келтиради.
_____________________________
https://telegra.ph/Manavij-lo%D2%9Bajdlik-yohud-Alisher-Navoij-asarlari-nega-hatolar-bilan-nashr-ehtilgan-01-11

NAVOIYSHUNOSLIK

08 Jan, 16:37


#tadqiqot
#dissertatsiya
#40

Boltayeva G.Sh. O'zbek she'riyatida muxammas janri: genezisi, badiiy takomili. Fil.fan.dokt.diss. — Toshkent: 2024. — 266 b.

10.00.02 – O'zbek adabiyoti

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

08 Jan, 15:46


#tadqiqot
#dissertatsiya
#39

Karayev U.J. Badiiy tarjimada ijodiy vorisiylik va o'ziga xoslik (Hirot adabiy muhiti tarjimachilik an’analari misolida). Fil.fan.fals.dokt.diss. — Termiz: 2024. — 154 b.

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

07 Jan, 12:51


#Risolayi_tir_andoxtan_asaridan

Andoq rivoyat qilurkim, Pang‘ambar (a. s.) sahobalar birla bir kun borur erdilar. Sa’di Vaqqos farzandlarig‘a o‘q otmoq o‘grotur erdi. Hazrati Payg‘ambar (a. s.) zamone nishonagohga boqib turdilar. Bayakbor bir yigit paydo bo‘ldi, ilgida o‘q va yoy. Bu yigit kelib bir o‘q otti, ersa Payg‘ambar (a. s.) base shodmon bo‘ldi. Andin so‘ng sahobalar (r. a. a.) so‘rdilarkim: – Yo Payg‘ambari Xudo, ne sababqa shodmon bo‘ldingiz? Payg‘ambar (a. s.) aydilarkim: – Ul sababdin shodmon bo‘ldum: ul yigit kelur erdi – g‘arqi gunoh erdi. Chun o‘q otti, ersa barcha gunohlaridan pok bo‘ldi va gunohlari to‘kuldi. Xabarda andoqdururkim, Payg‘ambar (a. s.) buyurdi, har yernikim, masjid qilur bo‘lsalar qirq yil burun faxr qilur ermishkim, meni masjid qiladurlar. Va har yerdakim, o‘q otar bo‘lsalar sakson yil burun faxr va mubohot qilur ermishkim, meni nishonagoh qilib, bir kun o‘q otganlar. Amir ul-mo‘minin Ali (karamallohu vajhuhi) goho o‘q keltirur erdi, bosh va oyog‘larni yolang qilib, durud aytur erdi. Bir kun Sa’di Vaqqos o‘q otar erdikim, Jabroil (a. s.) keldi va Hazrati Payg‘ambar a. s.) Sa’di Vaqqos birla turub erdilar, Payg‘ambar (a. s.) aydilar: – Ey Sa’di Vaqqos, mening uchun bir o‘q otqil. Va Jabroil (a. s.) aydi: – Yo Rasululloh, Sa’di Vaqqosg‘a aytg‘il mening uchun ham bir o‘q otsun. Chun Vaqqos bu ikki o‘qni otmoqdin so‘ng Payg‘ambar (a. s.) aydi: Bir o‘q Xudoyi taoloning nomi uchun otqil. Sa’di Vaqqos yana bir o‘q otti. Andin so‘ng sahobalar (r. a. a.) borib, nishonagohdin o‘qlarni kelturdilar. Ammo ul o‘qkim, Xudoyi subhonahu taolo oti uchun otib erdilar, topmadilar. Jabroil (a. s.) kelib aydi: – yo Muhammad, Xudoyi taolo aydikim, ul o‘qni topmasunlar, aning uchunkim, ul behishtda Sa’di Vaqqosqa yer olib anda turdi.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

06 Jan, 02:01


https://youtu.be/7rnF7LNU3BQ?si=S9BMmhiAqnRAWbnw

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 17:06


#Луғат

Навоий асарлари учун луғатлар:

1. Шамсиев П., Иброҳимов С. Навоий асарлари луғати. – Тошкент: "Ғафур Ғулом", 1972. – 784 б.

2. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4 томлик, 1-том. – Тошкент: "Фан", 1983. – 656 б.

3. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4 томлик, 2-том. – Тошкент: "Фан", 1983. – 644 б.

4. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4 томлик, 3-том. – Тошкент: "Фан", 1984. – 624 б.

5. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4 томлик, 4-том. – Тошкент: "Фан", 1985. – 636 б.

6. Ҳасанов Б. Навоий асарлари учун қисқача луғат. – Тошкент: "Фан", 1993. – 375 б.

7. Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Тошкент: "O'zbekiston", 2014. – 320 б.

8. Манзар Абдулхайр. Навоий асарларининг изоҳли луғати. – Тошкент: "Ўзбекистон миллий энциклопедияси", 2018. – 560 б.

9. Абдувалиева Д. Алишер Навоийнинг "Тарихи мулуки Ажам" асарида қўлланган сўзларнинг изоҳли луғати. – 262 б.

10. Алишер Навоий: қомусий луғат. 2 жилдлик: 1-жилд. Масъул муҳаррир: Ш.Сирожиддинов. — Тошкент: "SHARQ" НМАК, 2016. — 536 б.

11. Алишер Навоий: қомусий луғат. 2 жилдлик: 2-жилд. Масъул муҳаррир: Ш.Сирожиддинов. — Тошкент: "SHARQ" НМАК, 2016. — 480 б.

12. Avaznazarov O. Navoiy timsollari so‘zligi. – Toshkent: Spectrum Media Group, 2024. – 288 b.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:40


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик. — Тошкент: «Фан».

1. Биринчи том. БАДОЙИЪ УЛ-БИДОЯ.
2. Иккинчи том. НАВОДИР УН-НИҲОЯ.
3. Учинчи том. Ғаройиб ус-сиғар.
4. Тўртинчи том. Наводир уш-шабоб.
5. Бешинчи том. Бадоеъ ул-васат.
6. Олтинчи том. Фавойид ул-кибар.
7. Еттинчи том. Ҳайратул-аброр.
8. Саккизинчи том. Фарҳод ва Ширин.
9. Тўққизинчи том. Лайли ва Мажнун.
10. Ўнинчи том. Сабъаи сайёр.
11. Ўн биринчи том. Садди Искандарий.
12. Ўн иккинчи том. ЛИСОНУТ-ТАЙР.
13. Ўн учинчи том. МАЖОЛИС УН-НАФОИС.
14. Ўн тўртинчи том. МАҲБУБ УЛ-ҚУЛУБ. МУНШАОТ. ВАҚФИЯ.
15. Ўн бешинчи том. ХАМСАТ УЛ-МУТАҲАЙЙИРИН. ҲОЛОТИ САЙЙИД ҲАСАН АРДАШЕР. ҲОЛОТИ ПАҲЛАВОН МУҲАММАД. НАЗМ УЛ-ЖАВОҲИР.
16. Ўн олтинчи том. МУҲОҚАМАТ УЛ-ЛУҒАТАЙН. МЕЗОН УЛ-АВЗОН. ТАРИХИ АНБИЁ ВА ҲУКАМО. ТАРИХИ МУЛУКИ АЖАМ. АРБАЪИН. СИРОЖ УЛ-МУСЛИМИН. МУНОЖОТ. РИСОЛАИ ТИЙР АНДОХТАН.
17. Ўн еттинчи том. НАСОЙИМ УЛ-МУҲАББАТ.
18. ўн саккизинчи том. ДЕВОНИ ФОНИЙ.
19. Ўн тўққизинчи том. ДЕВОНИ ФОНИЙ (давоми).
20. Йигирманчи том. ДЕВОНИ ФОНИЙ (давоми). ҚАСИДАЛАР. МУФРАДОТ. ИЛОВАЛАР.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:32


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, йигирманчи том. ДЕВОНИ ФОНИЙ (давоми). ҚАСИДАЛАР. МУФРАДОТ. ИЛОВАЛАР. — Тошкент: «Фан», 2003.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:31


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, ўн тўққизинчи том. ДЕВОНИ ФОНИЙ (давоми). — Тошкент: «Фан», 2002.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:30


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, ўн саккизинчи том. ДЕВОНИ ФОНИЙ. — Тошкент: «Фан», 2002.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:29


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, ўн еттинчи том. НАСОЙИМ УЛ-МУҲАББАТ. — Тошкент: «Фан», 2001.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:28


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, ўн олтинчи том. МУҲОҚАМАТ УЛ-ЛУҒАТАЙН. МЕЗОН УЛ-АВЗОН. ТАРИХИ АНБИЁ ВА ҲУКАМО. ТАРИХИ МУЛУКИ АЖАМ. АРБАЪИН. СИРОЖ УЛ-МУСЛИМИН. МУНОЖОТ. РИСОЛАИ ТИЙР АНДОХТАН. — Тошкент: «Фан», 2000.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:25


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, ўн бешинчи том. ХАМСАТ УЛ-МУТАҲАЙЙИРИН. ҲОЛОТИ САЙЙИД ҲАСАН АРДАШЕР. ҲОЛОТИ ПАҲЛАВОН МУҲАММАД. НАЗМ УЛ-ЖАВОҲИР. — Тошкент: «Фан», 1999.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Jan, 16:24


#20_томлик

Алишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, ўн тўртинчи том. МАҲБУБ УЛ-ҚУЛУБ. МУНШАОТ. ВАҚФИЯ. — Тошкент: «Фан», 1998.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

04 Jan, 06:55


Бир ёқда...

https://t.me/Najmiddin_Ermatov

NAVOIYSHUNOSLIK

03 Jan, 17:57


#Navoiyga_tarix
Savol:
Hazrat Navoiyning tug'ilgan yillari abjad hisobiga solinganda "jannat-jannat" deya o'girilgan ekan. Shu rostmi?

Javob:
Yuqorida Mirzo Abdulfattoh kotib qalamiga mansub "Tarixi vafoti Alisher Navoiy" deb nomlangan tarix-she’r matni berilmoqda. Unda shunday deyiladi:

Miri xurshedsifat Mir Alisherki u,
Raxt bar bast az in zoviyai purmehnat,
Soli tarixi vay az manzili u pursidam,
Omad ovoz zi firdavski: “Jannat-jannat”.


Xondamir "Makorimu-l-axloq"da keltirishicha, Hazrat Navoiy vafotlari hijriy-qamariy yil hisobi bilan 906-yilga to‘g‘ri keladi.
“Jannat-jannat” takror so‘zida "jim", "nun", "te" harflari 2 martadan ishtirok etgan.
Abjadda jim — 3, nun — 50, te — 400 hisobini anglatadi. Ya’ni bitta "Jannat" kalimasi 453 hisobini anglatadi. “Jannat-jannat” shaklida esa 906 hisobi kelib chiqadi.

Xulosa: Hazrat Navoiyning tavallud emas, vafot sanalari abjadda "Jannat-jannat" kalimasiga mos keladi.

BATAFSIL.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

03 Jan, 17:51


#TARIXI VAFOTI ALISHER NAVOIY

Yuqorida Mirzo Abdulfattohxo‘ja bin Mahdiyxonxo‘ja Buxoriy qalamiga mansub “Tarixi vafoti Alisher Navoiy” deb nomlangan tar’ix-qit’a matni berildi. Unda shunday deyiladi:

Miri xurshedsifat Mir Alisherki u,
Raxt bar bast az in zoviyai purmehnat,
Soli tarixi vay az manzili u pursidam,
Omad ovoz zi firdavski: “Jannat-jannat”.

Qit’ada ta’rix moddasi – “Jannat-jannat” (جنت جنت) takror so‘zida “jim”, “nun”, “te” harflari 2 martadan ishtirok etgan. Abjad hisobiga ko‘ra, jim (ج)– 3, nun (ن) – 50, te (ت) – 400 ga teng.
Ya’ni bitta “Jannat” kalimasi 453 hisobini anglatadi. Buning ikki karrasi 906 bo‘ladi. Bu hijriy yil hisobi bo‘yicha Hazrat Navoiyning vafot sanasini anglatadi. Shu o‘rinda, yana bir jihatni qayd etish joiz. Ta’rixnavislikda, odatda, muayyan shaxsning vafoti bilan bog‘liq sananing yechimi uchun ta’rix moddasi sifatida mazmunan mavzuga aloqador so‘z, birikma yoki jumla tanlangan va uning jumali (yig‘indisi)dan ishoraga ko‘ra, ma’lum miqdor isqot qilingan. Ayrim hollarda esa, shoirlar bu mavzudagi ta’rixlarni komilu-l-a’dod usulida, ya’ni jumal ko‘zda tutilgan sanani hech qanday qo‘shimcha amallarsiz aynan ifodalaydigan shaklda bitganlar. Yuqorida keltirilgan ta’rix qit’a ham xuddi shunday.
Hijriy yilni milodiy sanaga o‘tkazishning bir necha usuli mavjud bo‘lib, ulardan birida mazkur sananing milodiy hisobini ko‘ramiz:
(H+622)-(H:33)=milodiy yil
Bunda hijriy taqvimning boshlanishi 622 yil deb qayd etiladi. 33 soni esa hijriy (354 kun) va milodiy (365 kun) yillar orasidagi 11 kunlik tafovutning har 33 yilda to‘liq bir yil tashkil etishini anglatadi.
Yechim:
906+622=1528
906:33=27,45
1528-27,45=1500,55
Bu holatda qoldiq son hijriy yil keyingi yilda tugashini anglatadi:
Demak, Hijriy 906-yil Milodiy 1500 – 1501-yillarga to‘g‘ri keladi. Aniqrog‘i, hijriy 906-yil 1500-yilning 28-iyulidan 1501-yilning 16-iyuliga qadar bo‘lgan davr. Muarrix Xondamir “Makorimu-l-axloq”da Hazrat Navoiy vafotlari hijriy-qamariy hisob bilan 906-yil jumodu-l-oxirning o‘n ikkinchisida, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishini qayd etadi. Bu milodiy hisobga ko‘ra, 1501-yilning 3-yanvari.

Shahobiddin Nuriddinov,
filologiya fanlari doktori


KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

03 Jan, 11:31


Бугун Ҳазрат Навоий вафот этган кун: самимий дуоларимиздан руҳлари шод, охиратлари обод бўлсин. Афғонистоннинг Ҳирот шаҳри Сари Пули Инжил масжиди ҳовлисидаги қабрлари акс этган видео.

https://youtu.be/FlHC69wcdlg?si=O-_BuoCZeRDj0S6b

NAVOIYSHUNOSLIK

03 Jan, 02:08


Ҳушхабар: Янги китоб!

Ўзбекистон халқ ёзувчиси, Давлат мукофоти лауреати Муҳаммад Алининг “Мангу қуёш” номли янги тарихий-фалсафий романи улуғ шоир ва мутафаккир Алишер Навоийнинг қайноқ ва серташвиш ҳаётига бағишланган. Романда аниқ тарихий фактлар асосида Навоий ва Султон Ҳусайн Мирзоларнинг бетимсол ва чинакам дўстлиги янги талқинда ёритилади, шоирнинг ёруғ ва фожиали муҳаббати тасвирлари романнинг энг ёрқин ва нурли саҳифаларидандир. Адиб Навоийнинг Шахс сифатида буюклигини кўрсатишни ният қилган. Мазкур тарихий роман Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси “Адабиёт”нашриётида босиб чиқарилмоқда. Бу китобни албатта ўқинг!

📱 Telegram 📱 Facebook

NAVOIYSHUNOSLIK

02 Jan, 07:48


#Ҳикмат

Чун вафо гулбарги даврон боғида ер топмади,
Бежиҳатдур кимки истар бу гулистондин вафо.
Алишер Навоий

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

02 Jan, 03:44


Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса, Олтин бошнинг калла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса
Олтин бошнинг калла бўлгани шудир.
Бедил қолиб Демян Беднийни суйса,
Қора сочнинг малла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Дод демоққа палла бўлгани шудир.
Маърифатдан айри ўйнаса, кулса,
Аза чоғи ялла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Алдангани, алла бўлгани шудир.
Юлғич азиз бўлиб, билгич хор бўлса,
Пайтаванинг салла бўлгани шудир.

Эл комил бўлмаса, юрт эмас улуғ,
Беқадр маҳалла бўлгани шудир.
Қалб тўла нур халқнинг ризқи ҳам тўлиғ,
Омбор тўла ғалла бўлгани шудир.

Ўзбек ўзлигини англаса бекам,
Унинг "Баракалла" бўлгани шудир.
Оламга Навоий наслиман деган
Овози баралла бўлгани шудир.

Эркин Воҳидов, 1971-2000.

NAVOIYSHUNOSLIK

30 Dec, 16:49


Odam o'lg'on zebi zohirdin demas,
Kimki ondin faxr etar odam emas.
"Lisonu-t-tayr"dan.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

29 Dec, 02:45


Bundan 4 yil muqaddam ayni shu kun biz uchun ham quvonchli, hayajonli, ham masʼuliyatli, og‘ir kunlardan biri edi. Bu kun PhD dissertatsiyamizni muvaffaqiyatli himoya qilgan edik. Quyidagi havola orqali shu jarayonni tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/Trz_N08ScVU?feature=shared

NAVOIYSHUNOSLIK

28 Dec, 18:05


#Shohbayt

Навбаҳори даҳрға қўйманг кўнгулким, йўқ вафо
Не гули бўстонида, не лолайи худрўсида.
Алишер Навоий

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

28 Dec, 07:19


Ish uluqdur, shoh uluq, dargoh uluq,
Yo‘l qotiq, vodiy uzun, dilxoh uluq.
"Lisonu-t-tayr"dan.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

27 Dec, 05:32


#Shohbayt

Soqiyo, bir may bila vahmimni kamroq aylakim,
Shomi hajr osibidin behad harosonmen bugun.

Lug‘at:
Haroson - qo‘rquvchi, qo‘rqqan, qo‘rqoq;
Osib - ziyon, zarar, musibat, kulfat.

Nasriy bayon:
Ey soqiy, bir may tutib vahimamni kamaytir. Chunki bugun hajr qorong‘uligining musibatidan cheksiz qo‘rquvdaman.

Sharh:
Ey piri komil, fayz-u ma'rifating bilan xavotirimni arit. Chunki Haq vasliga yeta olmaymanmi deb behad qo‘rquvdaman.

Badiiy san'atlar:
Nido;
Tanosib - soqiy, may; vahm, osib, haroson;
Istiora - shomi hajr; soqiy; may.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

26 Dec, 02:23


https://youtu.be/poSqCGJFY1Y?si=uSgUBfmONEF7Sddi

NAVOIYSHUNOSLIK

25 Dec, 13:07


https://youtube.com/shorts/nE3m_4jD0ro?si=p0qrRN1RST8m7Ekg

NAVOIYSHUNOSLIK

24 Dec, 20:13


Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim,
El surudi ishrati motam fig‘onidur manga.
Alisher Navoiy

Lug‘at:
Surud – ashula, qo‘shiq.

Nasriy bayon:
Bu o‘tkinchi dunyoning boqiy emasligini anglaganimdan buyon elning shod-u xurramlik qo‘shig‘i menga motam fig‘oni bo‘lib tuyuladi.

Badiiy san’atlar:
Istiora – fano dayri;
Tazod – fano, baqo; ishrat, motam; surud, fig‘on;
Tashbeh – elning shodlik qo‘shig‘i motam fig‘oniga o‘xshatilmoqda.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:

👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

24 Dec, 05:08


Alisher Navoiy haqida 10 ta fakt!

#bilasizmi

Manba.

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

17 Nov, 02:22


#Shohbayt

60.
Чарх узукнинг ҳалқасидур, лек ҳар кавкаб анга,
Қатл учун остида қилғон заҳр пинҳон хотаме.
Алишер Навоий

Насрий баён:
Фалак гўёки узукнинг ҳалқаси, ҳар бир юлдуз эса кишини қатл қилмоқ учун ўша ҳалқадаги остига заҳар яширилган муҳрдир!

Байт шарҳи:
   Қадимда шаҳзодалар, ҳукмдорлар бармоғига тақиб юрган қимматбаҳо узукнинг кўзи остига заҳар яширилган бўларкан. Бундай махсус узук фавқулодда ҳолатларда ўз соҳибига қўл келган.

Бундан ташқари, инсоннинг тақдирини осмон ёритқичлари - юлдузлар билан алодор деб билишган.

Ҳазрат Навоий эса юқоридаги байтда ўзининг улкан олам ва митти одам муносабатлари ҳақидаги мушоҳадасини ана шу тамсил орқали баён қилган. 

Шоир инсон умрини бепоён чарҳ – осмонга, чархнинг инсон тақдири билан алоқадорлигини узукнинг ҳалқасига қиёс этади. Ана шу умр осмонидаги ҳар бир ҳаётий ҳодисалар – юлдузларни эса остига заҳар яшинган узук кўзига менгзайди. Ва бу билан шоир инсоннинг фалакдек бепоён, узук ҳалқасидай гўзал, жозибали умри давомида остида заҳар яширинган узук кўзидек жимжимадору, юлдузлардек сон-саноқсиз ғам-андуҳлар, қайғу-ҳасратлар, ҳижрону хиёнатлар заҳридан зарра каби йўқ бўлиб кетишидан, яъни инсоннинг бундай аччиқ қисматидан фарёд чекади!

Одилжон Раҳматуллоҳ

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

17 Nov, 01:59


Channel photo updated

NAVOIYSHUNOSLIK

16 Nov, 18:13


#Tasavvuf_sözligi

Humayra – 1. Hazrati Oysha. 2. tas. Hazrati Payg‘ambar a.s. ma’no olamiga yuksalmoqni istagan paytlarida hazrati Bilolga “Azon o‘qi va bizni farahlantir”, ma’no olamidan bu olamga kelmoqni ixtiyor qilganlarida esa hazrati Oyshaga “Yo Humayra, men bilan gaplash”, – der edilar.

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

16 Nov, 05:49


#Tadqiqot

Bugun qimmatli tadqiqotlardan biri kitoblar javonimizdan joy oldi.

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

16 Nov, 02:37


#Shohbayt

59.
Икки дунёдин кечиб ёр истаган топмиш висол,
Эй Навоий, келки йўқтур эҳтимоли ўзгача.
Алишер Навоий

Насрий баён
Икки дунёдан кечиб ёрни истаган киши, албатта, висолга етади. Эй Навоий, бундан ўзгача бўлмоғи мумкин эмас!

Байт шарҳи:
Нега энди ҳақиқий ёр бўлмиш Тангри висолига етиш учун икки дунёдан кечиши керак? Бу ўткинчи дунё неъматларидан, моддиятдан кечишни тушуниш мумкин. Аммо боқий дунё – нариги дунёдан кечиш масаласи таҳлилталаб. Ахир инсонлар умри давомида қанчадан-қанча хайрли, савобли ишларни нариги дунёда роҳатга, жаннатга эришиш учун қилишадику?!
   Бир ривоятга кўра, Робия Адавия исмли авлиё аёл кунларнинг бирида бир қўлида машъала, бирида бир челак сув кўтариб йўлда югуриб кетаётганмиш. Ундан буларни кўтариб қаерга кетяпсан, дейишса, сув билан дўзахни ўчириб, машъал билан жаннатни ёқиб юбормоқчиман, деган экан. Бу билан Робия одамлар дўзахдан қўрққани, жаннатни орзу қилгани учун Оллоҳга сиғиниб, эътиқод қилишади. Аслида нимаики амал қилсангиз, дўзахдан эмас Оллоҳдан қўрққанингиз ва жаннатни эмас Оллоҳ жамолини орзу қилганингиз учун қилинг, демоқчи бўлган.
   Демак, у дунёдаги жаннату дўзах, ёки бу дунёдаги неъматлар каби воситаларга эмас, балки тўғридан-тўғри Оллоҳнинг ўзига интилган киши унинг висолига эришар экан! Навоий эътирофича, бундан ўзгача бўлиши мумкин эмас!

Одилжон Раҳматуллоҳ

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

15 Nov, 15:08


Bugundan g'azal tahlili darslarining yangi mavsumini boshlaymiz...

NAVOIYSHUNOSLIK

15 Nov, 07:52


Парирў, маҳлиқолар ўхшагайдурлар,
Даҳолар, подшолар ўхшагайдурлар,
Расуллар, авлиёлар ўхшагайдурлар –
«Алишербек назири йўқ киши эрди»¹.

Хижолатдан чўкар ҳар шом – қуёш айтсин,
Фасоҳат баҳсида булбул – талош, айтсин,
Қаро кўз ҳам қаро хол, эгма қош айтсин:
«Алишербек назири йўқ киши эрди».

Агар Мирзога ҳам хўп туҳфалар этмиш,
Хуросону Хитони сарбасар этмиш,
Фақирлик рутбасин бунча баланд тутмиш!
«Алишербек назири йўқ киши эрди».

Ажаб, сўз шоҳию – ранги сомон, ё раб!
Жиловдори – шаҳаншоҳи замон, ё раб!
Забун этмиш вале қоши камон, ё раб!
«Алишербек назири йўқ киши эрди».

Наво иста, томирларга шабоб келгай,
Агар Фоний десанг, аксилжавоб келгай,
Ҳануз Сўз мулкидан бир инқилоб келгай:
«Алишербек назири йўқ киши эрди».

Nodira Afakova

¹ Ушбу сатр "Бобурнома"дан олинган

NAVOIYSHUNOSLIK

15 Nov, 02:17


Assalomu alaykum!

Universitetimizda bizning O’zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedramiz tashabbusi bilan “Temuriylar davrida adabiy-estetik tafakkur takomili: Abdurahmon Joniy va Alisher Navoiy” mavzusida xalqaro anjuman o’tkazdik. Shu munosabat bilan “O’zbekiston tarixi” telekanaliga kamina va turkiyalik tasavvufshunos do'stimiz Kemal Yavuz Atamanning intervyumizni e’tiboringizga havola etishdan mamnunman!

Nurboy Jabborov

──── • ✤ • ────

Ассалому алайкум!


Университетимизда бизнинг Ўзбек адабиёти тарихи ва матншунослик кафедрамиз ташаббуси билан “Темурийлар даврида адабий-эстетик тафаккур такомили: Абдураҳмон Жомий ва Алишер Навоий” мавзусида халқаро илмий анжуман ўтказдик. Шу муносабат билан “Ўзбекистон тарихи” телеканалига камина ва туркиялик тасаввуфшунос дўстимиз Кемал Явуз Атаманнинг интервьюмизни эътиборингизга ҳавола этишдан мамнунман.

Нурбой Жабборов

Telegram / Facebook

NAVOIYSHUNOSLIK

14 Nov, 16:17


#tavsiya

Sizga o‘zim ko‘p noyob kitoblarni xarid qilgan onlayn kitob do‘konlaridan yana birini tavsiya qilmoqchiman. Qulay jihatlaridan yana biri kitoblarni bepul va tez yetkazib berishadi:

https://t.me/Jahon_kitoblari_olami

NAVOIYSHUNOSLIK

14 Nov, 14:28


#Ğazal_tahlili_dars
#Umumiy

“G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 455-g‘azal

Yona ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.

Za’fdin qaddim alif bo‘ldi, ul ikki lomi – zulf
Har yonimdin fitnagar, vah, ne ajab, gar lolmen.

Itlaringning izidin yuz gul ko‘zum bog‘idadur,
Shukr erur bu hamki, ishqing yo‘lida pomolmen.

Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung g‘amidin dolmen.

Itti ul ko‘nglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi o‘lgali ishqingda forig‘bolmen.

Ishq o‘ti bu nav’kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.

Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun bo‘lg‘ali bozichayi atfolmen.

Vazn:
– V – – / – V – – / – V – – / – V – /
Fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lun /
Ramali musammani mahzuf

O‘qilishi:
Yo-na-ne:-qad / jil-va-qil-di: / kim,-de-mak-din / lo-l-men, /
Yo-na-qay-si: / zul-f o-chil-di: / kim,-pa-ri:-shon / ho-l-men. /

Qofiya: lolmen, parishonholmen, lolmen, pomolmen, dolmen, forig‘bolmen, xolmen, atfolmen.
Raviy: “l” tovushi.
Qofiya turi: mutlaq qofiya.
Ridf: “o” tovushi.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

14 Nov, 14:24


#радиоэшиттириш

"Олтин воҳа" радиосининг "Бир осмон остида" эшиттиришида Жейнов араблари ҳақида суҳбатлашдик.
13.11.2024

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

14 Nov, 09:55


​​"ВАҚФИЯ" МУҚАДДИМАСИДАГИ ИККИ БАЙТ ШАРҲИ

Анга ҳамдким, илмлари тайб эрур,
Ва шул илм ила Олим ул-ғайб эрур.

Алиймеки, бир зарра илмида фош
Бидоят спеҳрида юз минг қуёш.

Ҳазрат Алишер Навоийнинг “Вақфия” асари муқаддимасида келган ушбу байтлар Аллоҳ таолонинг мақтовига бағишланган бўлиб, таҳмид байтлар дейилади. “Тайб” – “таййиб” сўзининг қисқартирилган шакли, бу ўринда “юксак” маъносида келган. Мазмуни: шундай Зотга мақтов бўлсинки, илмлари юксак, яъни чексиздир. Қуръони каримнинг “Луқмон” сураси 27-оятида: “Агар Ер юзидаги дарахтларнинг барчаси қалам бўлиб, денгиз – унинг ортида етти денгиз мадад бериб туриб (сиёҳ) бўлса ҳам, Аллоҳнинг калималари, яъни илмини ёзиб тугата олмас”, дейилади. Ул Зот ана шу илми билан “Олим ул-ғайб”, яъни ғайб оламини, яширин, беркитилган нарсаларни ҳам билгувчидир. “Вақфия”нинг ҳозирги нашрларида бу жумла “олам ул-ғайб” деб хато ўқилган ва шу ҳолатда нотўғри табдил этилган. Аллоҳ таолога “олам” сифатини бериш эътиқодга ҳам зиддир.
“Алийм” – Аллоҳ таолонинг барча илмларни мукаммал билишини ифодаловчи сифати. “Алиймеки, бир зарра илмида фош Бидоят спеҳрида юз минг қуёш” дейилганда, Унинг олимлиги шу даражадаки, Аллоҳнинг илмларидан ҳатто бир заррасида ҳам борлиқнинг бошланишидаги юз минг қуёш, яъни бутун галактикада кечаётган ҳодисалар моҳияти фош, яъни равшан бўлади.
Буюк бобокалонимизнинг бу сингари байтлари бугунги авлодлар қалбини ҳикмат ёғдулари билан ёритади, эътиқодини мустаҳкамлайди, маърифатини юксалтиради.

Нурбой Жабборов

NAVOIYSHUNOSLIK

14 Nov, 03:41


#Ğazal_tahlili_dars

Tahlil:
7. Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki majnun bo‘lg‘ali bozichayi atfolmen.

Lug‘at:
Bozichayi atfol – qo‘g‘irchoq, yosh bolalar o‘yinchog‘i.

Nasriy bayon:
Ey Navoiy, yuzim uzra yosh yugursa ajablanarli joyi yo‘q, chunki yosh bolalarga o‘yinchoq bo‘lish uchun devonaman.

Badiiy san’atlar:
Nido – ey Navoiy;
Tashbeh – oshiq o‘zini yosh bolalar o‘yinchog‘iga o‘xshatmoqda;
Kalomi jome’ – shikoyat.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

12 Nov, 19:07


#Ğazal_tahlili_dars

Tahlil:
6. Ishq o‘ti bu nav’kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.

Lug‘at:
Uryon – yalang‘och;
Churkamoq – kuydirmoq;
Mushkin – qora.

Nasriy bayon:
Ishq o‘ti yalang‘och tanimni shunday kuydirdiki, dard ahli uchun fano yuziga tushgan qora xolga aylandim.

Badiiy san’atlar:
Mubolag‘a;
Tanosub – ahli dard, fano;
Istiora – ishq o‘ti; fano yuzi; xol.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

12 Nov, 17:39


⚡️HOZIR NASHRDAN CHIQDI!

Ushbu qo‘llanma o'quvchilarning mavzularni o‘zlashtirishida soddalik yo‘lidan borilgan bo'lib, ularning mavzuni tushunish, hayotda qo‘llash, baholash kabi sifatlarni shakllantirishda juda katta yordam bera oladi.

Qo'llanmada bir mavzuning turli qirralarini ko‘ra olish imkoniyati yaratilgan. Berilgan topshiriqlar esa til o'rganuvchining kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Kitobda o‘quvchilar bilan ham individual ham guruhlarda ishlashga alohida e’tibor berilgan.

Ranglarning turlicha ekanligi o‘quvchini zeriktirmaydi.

Dars jarayoniga tatbiq etilganda yangicha dars mashg‘ulotining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Jadvallar, diagrammalar ham matn hisoblanadi, albatta. Ushbu matnlarni o‘qish orqali o‘quvchilarning matn o‘qish savodxonligini rivojlantira olamiz.

📔Kitobdan NAMUNA

Kitob xarid qilish uchun:
📞+998932477508
🕊@unfluer1
🕊@unfluer

NAVOIYSHUNOSLIK

12 Nov, 02:28


#Ğazal_tahlili_dars

Tahlil:
5. Itti ul ko‘nglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi o‘lgali ishqingda forig‘bolmen.

Lug‘at:
Forig‘bol – xotirjam, ko‘ngli tinchlangan.

Nasriy bayon:
Ko‘nglim vasl uchun yashashni istar edi, ammo hayotini yo‘qotdi. Shukr, endi ishqingda o‘lmoq uchun xotirjamman.

Badiiy san’atlar:
Tazod – hayot tilamoq, itmoq;
Kalomi jome’ – shikoyat;
Mutarodif – itmoq, o‘lmoq;
Tashxis – ko‘ngilning hayotini yo‘qotishi.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

11 Nov, 11:00


#tadqiqot
#dissertatsiya
#Umumiy

"NAVOIYSHUNOSLIK"da joylangan dissertatsiyalar:

1. Авазназаров О. Алишер Навоий ижодида соқий образи. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Қарши: 2020. — 155 б.

2. Шодмонов Ғ. Порсо Шамсиев илмий лабораторияси: тадқиқ усуллари, тамойиллари, матншунослик тараққиётидаги ўрни. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Тошкент: 2021. — 176 б.

3. Намозова З. НАВОИЙ ЛИРИКАСИ МАТНШУНОСЛИГИ ТАДҚИҚИ ТАДРИЖИ (Ҳамид Сулаймон илмий фаолияти асосида). Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Тошкент: 2020. — 158 б.

4. Қораев Ш. Темурийлар даври адабий мажлислари (Алишер Навоий қарашлари асосида). Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Қарши: 2021. — 162 б.

5. Абдулхайров М.Х. Навоий асарлари матни табдилини амалга ошириш усуллари, тамойиллари ва амалий масалалари. Фил.фан.докт.дисс. — Тошкент: 2020. — 251 б.

6. Умарова С.З. Суйима Ғаниева илмий-адабий мероси: тадқиқот усуллари ва мезонлари. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Тошкент: 2021. — 133 б.

7. Ashurova G.N. Mustaqillik davri o'zbek adabiyotida Alisher Navoiy obrazining badiiy talqini. Fil.fan.dokt.diss. — Toshkent: 2023. — 269 b.

8. Iskandarov F.M. Alisher Navoiy dostonlaridagi na'tlar poetikasi. Fil.fan.fals.dokt.diss. — Toshkent: 2023. — 164 b.

9. Izzatillayev P.I. Eron navoiyshunosligi: tadqiq, talqin va tarjima. Fil.fan.fals.dokt.diss. — Toshkent: 2023. — 156 b.

10. Сулейманов Х.С. Текстологическое исследование лирика Алишера Навои. В трех томах: Том первый. Дисс.докт.фил.наук. — Ташкент — Москва: 1955—1961. — 426 б.

11. Асадов М.Ҳ. Ўзбек мумтоз шеъриятида риндона маъно ва лирик қаҳрамон характери. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Тошкент: 2017. — 138 б.

12. Асадов М.Ҳ. Ўзбек мумтоз адабиётида соқийнома (генезиси, тараққиёт босқичлари, поэтик хусуиятлари). Фил.фан.докт.дисс. — Тошкент: 2020. — 275 б.

13. Ҳайитов Ш.А. Алишер Навоий насрида комил инсон образи (улуғ шоир маноқиблари асосида). Фил.фан.докт.дисс. — Фарғона: 2020. — 307 б.

14. Ражабова М.Б. Алишер Навоий ижодида фольклор жанр, мотив ва образлари стилизацияси. Фил.фан.докт.дисс. — Бухоро: 2021. — 285 б.

15. Давлатов О.Д. Алишер Навоий шеъриятида Қуръон оятлари ва ҳадисларнинг бадиий талқини. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Самарқанд: 2017. — 160 б.

16. Раззоқов А.А. Алишер Навоий шеъриятида илм ва маърифат талқини. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Қарши: 2019. — 174 б.

17. Шарипова Н.Н. Алишер Навоийнинг "Ҳайрат ул-аброр" достони поэтикаси. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Самарқанд: 2021. — 178 б.

18. Norkulova Sh.T. Alisher Navoiy g'azallarida ko'z va qosh timsolining badiiy talqinlari. Fil.fan.fals.dokt.diss. — Termiz: 2023. — 164 b.

19. Джабборова М.Р. Ўзбек мумтоз адабиётида Жамшид образининг бадиий талқини. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Тошкент: 2020. — 142 б.

20. G'ulomova N.S. Alisher Navoiy mualliflik korpusi va uning semantik teglari bazasini yaratish ("Badoye' ul-vasat" devoni asosida). Fil.fan.fals.dokt.diss. — Toshkent: 2022. — 190 b.

21. Эшонқулов Ҳ.П. Алишер Навоий ғазалиётидаги ишқ поэтикасининг қиёсий-типологик таҳлили ("Хазойин ул-маоний" мисолида). Фил.фан.докт.дисс. — Бухоро: 2020. — 275 б.

22. Исомиддинов Фарҳод. Шайх Санъон ҳақидаги қиссаларнинг қиёсий таҳлили (Фаридиддин Аттор ва Алишер Навоий асарлари асосида). Фил.фан.номз.дисс. — Тошкент: 2001. — 138 б.

23. Гулова А.А. Алишер Навоийнинг тасаввуфий қарашларида умуминсоний қадриятлар масалалари. Фалс.фан.фалс.докт.дисс. — Бухоро: 2022. — 162 б.

24. Абдулҳакимова Ю.Ғ. Алишер Навоий ва Муҳаммад Фузулий "Лайли ва Мажнун" достонларининг қиёсий таҳлили. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Тошкент: 2022. — 160 б.

25. Мелиев Сувонқул (Сувон Мели). Глобал илмий-бадиий талқин поэтикаси. Фил.фан.докт.дисс. — Тошкент: 2020. — 226 б.

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

11 Nov, 10:55


#tadqiqot
#dissertatsiya
#24

Абдулҳакимова Ю.Ғ. Алишер Навоий ва Муҳаммад Фузулий "Лайли ва Мажнун" достонларининг қиёсий таҳлили. Фил.фан.фалс.докт.дисс. — Тошкент: 2022. — 160 б.

10.00.06 – Қиёсий адабиётшунослик, чоғиштирма тилшунослик ва таржимашунослик

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

11 Nov, 10:49


#tadqiqot
#dissertatsiya
#23

Гулова А.А. Алишер Навоийнинг тасаввуфий қарашларида умуминсоний қадриятлар масалалари. Фалс.фан.фалс.докт.дисс. — Бухоро: 2022. — 162 б.

09.00.03 – Фалсафа тарихи

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

11 Nov, 10:12


#Ğazal_tahlili_dars

Tahlil:
4. Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung g‘amidin dolmen.

Nasriy bayon:
Agar zulfing g‘ami tufayli egilgan qaddim bilan dol harfiga o‘xshab ko‘rinsam ajab emas, negaki jismim g‘am-anduh ichida, dard ostida qolgan.

Badiiy san’atlar:
Tashbeh – oshiq o‘z qomatini egiklikda dol harfiga o‘xshatmoqda;
Kitobot – arab harflaridan so‘z o‘yini qilish;
Tanosub – jism, qad, zulf;
Kalomi jome’ – shikoyat; anduh, dard;
Mutarodif – sinonimlarni qo‘llash: anduh, dard.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

11 Nov, 05:08


#Ğazal_tahlili_dars

Tahlil:
3. Itlaringning izidin yuz gul ko‘zum bog‘idadur,
Shukr erur bu hamki, ishqing yo‘lida pomolmen.

Lug‘at:
Pomol – ezilgan, oyoq ostida qolgan.

Nasriy bayon:
Ey yor, itlaring izidan ko‘zim bog‘ida yuzlab gullar ochilgandir. Shunisiga ham shukrki, ishqing yo‘lida oyoq ostiman.

Badiiy san’atlar:
Mubolag‘a;
Tanosub – gul, bog‘;
Istiora – ko‘zum bog‘i.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

10 Nov, 14:06


Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

NAVOIYSHUNOSLIK

10 Nov, 12:18


#tadqiqot
#dissertatsiya
#25

Мелиев Сувонқул (Сувон Мели). Глобал илмий-бадиий талқин поэтикаси. Фил.фан.докт.дисс. — Тошкент: 2020. — 226 б.

10.00.07 – Адабиёт назарияси

KANALGA ULANISH:
👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

10 Nov, 05:18


📣 #Эълон

KURS:

10-NOYABRDAN
GʼAZAL TAHLILI + TEST

🎙 Ustoz:
Odiljon Avaznazarov, PhD, dotsent;

📚 20 ta gʼazal tahlili;
🗓 Haftada 3 kun;
💰 Narxi - 120 ming soʻm;

📢Murojaat uchun 👇👇👇

@Qurbonboyev_Hamid

PLASTIK RAQAM: 
UZCARD
8600 0609 7363 65 00
Yoki
HUMO:
9860 0803 9105 3735
X Kurbanbayev nomida

Toʼlov qilgach albatta skrinshot qilib yuborish esdan chiqmasin!
TEL: 90 304 50 00

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

10 Nov, 03:05


#Ğazal_tahlili_dars

Tahlil:
2. Za’fdin qaddim alif bo‘ldi, ul ikki lomi – zulf
Har yonimdin fitnagar, vah, ne ajab, gar lolmen.

Lug‘at:
Za’f – kuchsizlik, kasallik, zaiflik.

Nasriy bayon:
E voh, bemorlikdan qaddim alifdek ingichka bo‘ldi, yorning lom harfidek u ikki zulfi esa har tomonimdan fitna qiladi. Agar lol-u hayron bo‘lsam, ajabmas.

Badiiy san’atlar:
Kalomi jome’ – shikoyat;
Tashbeh – oshiq qomati nozik va ingichkalikda alif harfiga, yor zulflari esa lom harfiga o‘xshatilgan;
Istixroj – arab harflarini qo‘llab yangi so‘z keltirib chiqarish: l (lom)+o (alif)+l (lom)=lol;
Mubolag‘a;
Tashxis – yor zulfi fitna qiluvchi sifatida shaxslantilgan.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

09 Nov, 13:06


#Yangi_nashr

Avaznazarov O. Navoiy timsollari so‘zligi. – Toshkent: Spectrum Media Group, 2024. – 288 b.

✍️ Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq,
Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat erur.


🔥Tasavvuf adabiyotini, qolaversa, adabiyotdagi tasavvufiy ma'no-mohiyatni anglashni istaganlar uchun ajoyib yangilik!

📔Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Odiljon Avaznazarovning “Navoiy timsollari so‘zligi” kitobi sotuvga chiqdi!

📚 Majoz tariqida so‘z aytmoq haqiqat ahlining yo‘lidir. Shu sababli haqiqat ahli so‘zidagi haqiqatni anglamoq uchun majozning mohiyatiga yetmoq kerak.

Ushbu so‘zlik (lug'at) nafaqat hazrat Alisher Navoiy ijodi, balki mumtoz adabiyotimizning boshqa namoyandalari ijodida majoz qatiga yashiringan irfoniy-tasavvufiy ma’noni yaxshiroq anglashingizga xizmat qiladi.

Mazkur so‘zlik tasavvufiy atamalar izohlangani bilan avvalgi lug‘atlardan farqlanadi. Unda 1300 ga yaqin tasavvufiy istiloh izohlangan.

📥 Buyurtma berish uchun:
☎️ +998946227133
👤 @yoqubbek_zamon_kitob

NAVOIYSHUNOSLIK

09 Nov, 03:31


#Ğazal_tahlili_dars

Tahlil:
1. Yona ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.

Nasriy bayon:

Yana qaysi qaddi qomat egasi jilva qildiki, ta’riflamoqqa tilim lol. Yana qaysi zulf yoyildiki, holim parishon bo‘ldi?!

Badiiy san’atlar:
Anafora – misralarning ayni so‘z bilan boshlanishi: yona;
Tanosub – qad, zulf;
Tajohuli orif – bilib bilmaslikka olish;
Istiora – qad deganda yor nazarda turilmoqda.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

08 Nov, 16:37


#Ğazal_tahlili_dars
#Umumiy

“G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 455-g‘azal

Yona ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.

Za’fdin qaddim alif bo‘ldi, ul ikki lomi – zulf
Har yonimdin fitnagar, vah, ne ajab, gar lolmen.

Itlaringning izidin yuz gul ko‘zum bog‘idadur,
Shukr erur bu hamki, ishqing yo‘lida pomolmen.

Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung g‘amidin dolmen.

Itti ul ko‘nglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi o‘lgali ishqingda forig‘bolmen.

Ishq o‘ti bu nav’kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.

Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun bo‘lg‘ali bozichayi atfolmen.

Vazn:
– V – – / – V – – / – V – – / – V – /
Fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lo-tun / fo-i-lun /
Ramali musammani mahzuf

O‘qilishi:
Yo-na-ne:-qad / jil-va-qil-di: / kim,-de-mak-din / lo-l-men, /
Yo-na-qay-si: / zul-f o-chil-di: / kim,-pa-ri:-shon / ho-l-men. /

Qofiya: lolmen, parishonholmen, lolmen, pomolmen, dolmen, forig‘bolmen, xolmen, atfolmen.
Raviy: “l” tovushi.
Qofiya turi: mutlaq qofiya.
Ridf: “o” tovushi.

Odiljon Rahmatulloh

KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

08 Nov, 12:21


https://www.youtube.com/watch?v=Bx4-fnQjKk4&t=4000s

NAVOIYSHUNOSLIK

08 Nov, 02:13


#қитъа

“G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 16-qit’a:

Dushmandin tahzir qilmoqkim, biymi bo‘lg‘ay, xususankim, ul dushmani qadimiy bo‘lg‘ay

Chu dushman o‘ldi qadimiy ziyonidin hazar et,
Agarchi nutqi ravonbaxshi jong‘a rohat erur.
Su birla o‘t aro ziddiyat o‘ldi chun azaliy,
Agar hayot suyidurki, o‘tqa ofat erur.

Lug‘at:
Tahzir qilmoq – hazar qildirmoq, qo‘rqitmoq;
Biym – qo‘rquv, xavf.

Nasriy bayon:
Dushmandan ogohlantirmoq, xususankim, eski dushmani bo‘lganning qo‘rquvi bo‘lgay!
Madomiki eski dushmaning bo‘lsa, agar nutqi ravonbaxsh, jonga rohat beruvchi bo‘lsa ham uning ziyonidan ogoh bo'l.
Suv bilan olov orasidagi ziddiyat azaliy bo‘lgani uchun, agar hayot suvi bo‘lsa ham, u olov uchun ofatdir!


Badiiy san’atlar:
Baro’ati istehlol – she’r boshida mazmunga ishora;
Kalomi jome’ – nasihat;
Tazod – suv va olov.
Tamsil


©️Odiljon Avaznazarov, PhD, dotsent


Kanalga
ulanish:

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

07 Nov, 14:17


https://youtu.be/FezxSvNVy44?si=aHG7ykwMf-AZtCOZ

NAVOIYSHUNOSLIK

07 Nov, 08:15


https://youtu.be/-p5X58h9AlI?si=LL2S_5SxPzRzyb6J

NAVOIYSHUNOSLIK

07 Nov, 02:31


#қитъа

“G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 14-qit’a tahlili:

ZOHIDI RIYOYIY KO‘NGLIDIN MALOMAT AHLI
KIYNI RISHTASIN UZMAGU SALOMAT
YO‘LIN KO‘RGUZMAK

Ko‘rsang, ey zohid, muqomirvash qalandarpeshaye,
Bo‘lma ko‘p mashg‘ulu dunyo shug‘lidin qil ijtinob.
Dona o‘ynab vajhin isor etsang andin yaxshikim,
Evurub tasbihu yormoq sudin etkaysen hisob.

Lug‘at:
Muqomir
– qimor o‘ynovchi, qimorboz;
Muqomirvash – qimorboz kabi;
Qalandarpesha – qalandarlikni odat qilgan, qalandar.
Shug‘l – shug‘ullanish;
Ijtinob qilmoq – uzoqlashmoq, tortinmoq;
Vajh – xizmat haqi;
Iysor etmoq – bag‘ishlamoq;
Yormoq – tanga, pul

Nasriy bayon:

Riyokor zohid ko‘nglidagi malomat ahliga bo‘lgan gina iplarini uzmoq va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rguzmoq

Ey zohid, agar qimorboz qalandarni ko‘radigan bo‘lsang, undaylar bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lib qolishdan o‘zingni tort. Tasbih ag‘darib tursang-u xayoling tanga pulingni hisoblash bilan band bo‘lsa, undan ko‘ra dona (qimor) o‘ynab tushgan pulni ehson qilganing yaxshiroq!

Odiljon Avaznazarov

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

06 Nov, 02:37


#қитъа
Audiotahlil:
“G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 12-qit’a
So‘zga quloq solmoq-u og‘iz ochmamoq, gavharni terib, o‘z gavharin sochmamoq
Quloqda asra garonmoya so‘zniyu fikr et
Ki, dursiz o‘lsa, ne bo‘lg‘usidur sadaf holi.
So‘zungni dag‘i ko‘ngul ichra asrag‘ilkim, hayf
Kim, o‘yla durjni guhardin etkasen xoliy.
Bu durj-u ikki sadafni to‘la dur etkanga,
Zihe uluvvi guhar, balki gavhari oliy.

Lug‘at:
Garonmoya – qimmatli, foydali;
Durj – qimmatli toshlar solinadigan quticha, og‘iz;
Xoliy etmoq – bo‘shatmoq;
Zihe – yaxshi;
Uluvv – oliy.

Nasriy bayon:
Boshqalarning so‘zini tinglab, ammo o‘zi so‘zlamaslik go‘yo gavharni terib, o‘z gavharini sochmaslikdir!
Qimmatbaho, foydali so‘zlarni quloqqa il va fikr qilki, dursiz sadafning holi nima bo‘ladi?!
Yana shuki, so‘zingni ko‘ngling ichra asra. O‘ylab ko‘r, qimmatbaho toshlar solinadigan qutichani gavharlardan bo‘shatish achinarlidir!
Bu ko‘ngil durjini hamda ikki sadaf bo‘lmish quloqni dur bilan to‘ldirgan [ya’ni foydali so‘zlarga quloq osgan] kishining mukofoti oliy gavhar, balki gavhari oliydir!


Badiiy san’atlar:
Baroati istehlol – sarlavhada mazmunga ishora;
Kalomi jome’ – nasihat;
Tashbeh;
Istiora – durj, gavhar;
Tanosib – durj, gavhar, dur.


©️Odiljon Avaznazarov, PhD, dotsent


Kanalga
ulanish:

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

NAVOIYSHUNOSLIK

05 Nov, 13:54


2019-yil bahor oylari edi adashmasam. Qarshi davlat universitetiga Faxriddin Hayit boshchiligidagi "Yoshlik" jurnali hamda bir guruh yosh shoirlar ijodiy uchrashuvga kelishdi. Adabiy kechada balki o'ndan ortiq, hali jamoatchilikka ko'p ham tanilib ulgurmagan yosh yigitlar minbarga bir-bir chiqib otashin she'rlar o'qishdi.

O'sha uchrashuvda men bir guruh iste'dodlarni o'zim uchun kashf qildim, she'riyatimizga yangi ob-u havo kirib kelayotganga o'xshadi o'shanda. Ular orasida Mansur Jumayev, Suxrob Ziyo, Najmiddin Ermatov (Najmiddin "Kelma" she'rini o'qigandi!), Xurshid Abdurashidlarning she'rlari o'zgacha, ta'sirchan, nazariy jihatdan ham ancha pishiq edi.

O'tgan yillar davomida ularning she'riyatini doimiy kuzatib keldim. Garchi bu ijod namunalari haqida bir nima qoralamagan bo'lsam-da, darslar davomida talabalarimga doimo she'riyatimiz ulug'lari qatorida bu shoirlarni ham tanishtirishga harakat qildim...

Bugun kitob javonimni "Akademnashr"ning "Izlam" ruknida chop qilingan Jontemirning "Jazba", Xurshidning "Faqat u qoldi", Najmiddinning "Turon sog'inchi" kitoblari qatorida Mansur Jumayevning "Biz kutgan fasl" kitobi bezab turibdi.

Menimcha, xalqimiz, kitobxonlarimiz bu yigitlarimizni qadrlasa, ular iste'dodlarini avaylasa, kelajakda she'riyatimizda chinakam avlod bo'lib shakllanishiga umid bog'lash mumkin.

Ming afsus, bugun ana shu shoirlardan biri, tumandoshim, mirishkorlik iste'dod Mansur Jumayev chin dunyoga safar qilibdi. Barcha yaqinlari, do'stlariga ta'ziya izhor qilaman.
Alloh oxiratini obod qilsin. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.


Shoir do'stlarim, qatoringizda xato bo'lmasin, boshingiz omon bo'lsin!

Odiljon Rahmatulloh, dotsent

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

6,321

subscribers

910

photos

256

videos