Mom & Me | onalar blogi @momandme_ertatalim_onalarblogi Channel on Telegram

Mom & Me | onalar blogi

@momandme_ertatalim_onalarblogi


Eng asosiy ta’lim maktabgacha bo’ladi!

https://t.me/busybooks_uz erta ta’lim materiallari sotuv kanalim

Mom & Me | onalar blogi (Uzbek)

O'z onasi bilan birgalikda o'qish va o'rganish imkoniyatlarini qidirayotgan ona bo'lsangiz, "Mom & Me | onalar blogi" kanali siz uchun ajoyib bir manba bo'ladi. Bu kanal, erta ta'lim, uyda ta'lim, va o'z onasi bilan qiziqishlaringizni bahramand etadigan bir joy

"Mom & Me | onalar blogi" kanalida ayniqsa, sizning oilangizga oid foydali ma'lumotlar, masaliylar, va maslahatlar paydo bo'ladi. Bu, sizning oilangizni kengaytirish, erta ta'limda o'z qiziqishlaringizni qo'llab-quvvatlash va barcha onajonlarning do'stlariga muvofiq ma'lumotlar olish uchun ideal bir manzil

Agar sizning imkoniyatlaringizni kengaytirishga qiziqishingiz bo'lsa, "Mom & Me | onalar blogi" kanaliga a'zo bo'ling va o'z oilangizga oid foydali ma'lumotlar bilan tanishing. Bu kanal sizning onasi bo'lsangiz, erta ta'lim va uyda ta'limda o'z oilangizni qanday qo'llab-quvvatlashni o'rganishingizga yordam beradi

Yangi maslahatlar olishga va o'z onamiz bilan birga o'rganishga tayyormisiz? Keyin "Mom & Me | onalar blogi" kanali sizning yordamingizda! Sizni o'qishga va o'rganishga soliqqa tortamiz

Agar sizning uyingizda yoki oilangizda erta ta'limni qanday o'rganish, o'z qiziqishlaringizni qanday rivojlantirish va oilangizni so'nggi yangiliklari bilan tanishingni xohlaysiz, shu holda, "Mom & Me | onalar blogi" kanaliga xush kelibsiz! Bu yerda siz uchun eng foydali ma'lumotlar va maslahatlar mavjud

Uzun vaqt, qiziqishlaringizni qadrlantirish va oilangiz bilan birgalikda yangi narsalar o'rganish imkoniyatlarini qidirayotganlar uchun, "Mom & Me | onalar blogi" kanali sizning xizmatda. Barcha o'quvchilar va ota-onalar uchun mo'ljallangan bu kanalga a'zo bo'ling va o'z oilangizga oid yangiliklar bilan tanishing

Uyda ta'lim, erta ta'lim va onalar blogi mavzularida eng so'nggi ma'lumotlarni olish uchun, "Mom & Me | onalar blogi" kanali sizning hayotingizni o'zgartirishga yordam beradi. Ajoyib ma'lumotlar va maslahatlar olish uchun bu kanalga a'zo bo'lishingizni tavsiya qilamiz!
Agar sizning oilangizni muvofiq o'rganish, yangi chet el mamlakatlariga sayohat qilish va ozingizni rivojlantirishni xohlaysiz, shu holda, "Mom & Me | onalar blogi" kanaliga a'zo bo'ling va oilangizga oid foydali ma'lumotlar olishga boshlang. Bu, sizning oilangiz uchun eng yaxshi manba bo'ladi va sizga o'rganishda yordam beradi

"Mom & Me | onalar blogi" kanali sizni oilangizni muvofiq o'rganish, oilangizga oid yangiliklarni bilish va oila munosabatlaringizni mustahkamlashda yordam beradi. Sizga eng yaxshi maslahatlar va ma'lumotlar bilan ta'minlashimizga ishonch hosil qiling!

Mom & Me | onalar blogi

12 Jan, 17:44


Tug’ib tashlash bilan bo’lmas bola, bo’lgay balo sizga.
Vujudi tarbiyat topsa bo’lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiyat topsa bo’lur olim.
Buzilsa xulqi, Luqmon o’g’li bo’lsa ham bo’lg’usi zolim.
Avloniy

Mom & me | onalar blogi

Mom & Me | onalar blogi

10 Jan, 08:34


#oyinchoq
ENG FOYDALI O’YINCHOQLAR

Bizda 2 yoshdan 6 yoshgacha qiziqib o’ynalib kelayotgan o’yinchoqlar asosan rezina hayvonchalar, yumshoq lego, turli xil konstruktor, magnetic tiles va ko’p bosqichli pazllar, logika o’yinlari va busy booklarimiz bo’ldi.

Menimcha bunday mayda detalli o’yinchoqlar imkon qadar ko’p qismli bo’lgani ma’qul, sababi xalqimiz serfarzand, hammaga yetishi kerak.

Lekin, ularni o’z o’rnini ko’rsatib alohida idishlarda saqlashni yo’lga qo’yilmasa qancha ko’p va qimmat bo’lmasin, hammasi ko’p o’tmay yo’qolib ketadi.

Bu biz onalardan ancha sabr talab qiladi, kun oxirida bolalar bilan birga yig’ishtiramiz, shu usulda ularni o’yinchoqlarni asrash va mehnatimizni qadrlashga o’rgata olamiz!

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

10 Jan, 05:47


#jumamuborak

Kichkintoyim bilan band bo’lib, endi kattalarimdan xabar oldim, hammasi yaxshi, ular o’z ishlari, ya’ni o’yin bilan band.

Eng to’zg’igan uyning bolalari eng baxtli bo’ladi degani shu bo’lsa kerak, mazza qilib o’ynashyapti asallarim:)

Tartibni o’rgatish kerak, lekin bu o’ynamaslik kerak degani emas!

Ularga bag’rikeng bo’laylik! Bolaning ishi o’yin, ularni ishdan qoldirmaylik!

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

08 Jan, 03:23


Bir kelinchak ishga chiqmoqchiligini va 1 yosh bolasiga yaxshi enaga qidirayotganini aytdi.

Fikrimni so’radi, men aytdim:

— Enaga bolaga sendan yaxshiroq qaraydigan, sendan bilimliroq, shafqatli va sabrliroq bo’lsa juda yaxshi fikr. Unday enaga tabiiyki qimmat turadi, va bunday enaga uchun ishlab pul topsang arziydi!

— Unda oyligimni enagaga berishdan ko’ra ishlamasdan bolaga qaraganim yaxshiku:)

Hayronman, bola hayvonmidi istalgan odamga berib boqiladigan….

Mom & Me | onalar blogi

06 Jan, 11:28


Ozgina ilm bilan unga qilingan amal, ko’p ilmga ega bo’lib, unga amal qilmagandan yaxshiroqdir!

“Xadichai-Kubro” ayol-qizlar madrasasi bitiruvchisi!
“Yangi asr” universiteti talabasi!

Kanalda:daqiq, ilmiy va aniq manbaga asoslangan ma’lumotlar:arab, rus, ingliz va turk tillarida joylab boriladi

https://t.me/+2x4aPfyUAohhOWU6

Mom & Me | onalar blogi

04 Jan, 19:39


📹 Мои эмоции.

Эмоции могут разные. Мира и Гоша, как и все другие люди, злятся, обижаются, грустят и ревнуют. А так же радуются и веселятся. Кстати, их родители тоже. Они все важны.

https://youtu.be/5IOVvn-AQPo?feature=shared

Mom & Me | onalar blogi

03 Jan, 21:19


O’zimga eng yoqqan video sohibasiga hadya va’da qilgandim, yetib boribdi, hammaga qatnashganlari uchun tashakkur!

2025-yildagi o’zgarishlardan biri, kanalda bundan keyin tanlov e’lon qilinsa hech bir reaksiya soniga qarab baho berilmaydi!

Va hech qanday sovg’a va’da qilinmaydi, maqsad o’zaro bellashish emas, o’zaro ilm almashish va jarayondan zavqlanishdir!

Shunga rozi bo’lganlar uchun navbatdagi mavzu: Men hissiyotlarimni tanib oldim!

Yanvar oyi oxirigacha maqsad bolalarga emotsiyalar haqida ma’lumot berish, qaysi emotsiyani qay holatda kerakligini tushuntirish, bolani o’zining va boshqalarning ruhiy va hissiy holatlarini tushunish va hurmat qilishga o’rgatish!

Mavzu yuzasidan tayyorlagan dars yoki materialingizni ulashasiz. Bola bilan savol-javob tarzda yoki kreativ video tayyorlashingiz mumkin. Video qabul qilish 25-yanvar kunduzi 12:00gacha!

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

02 Jan, 17:15


#pikr

So’ramasa maslahat ham sadaqa ham berma, zoye ketadi, so’raganni esa rad etma, o’sha yerda saodat topasan!

Qiziq, maslahatimga muhtojlar, tajribalarimni qadrlaydigan begonalarga vaqtim yetmaydi, o’zim yaqin olib tanishlarga ulashsam gapim havoda qolib ketadi…jim bo’lishni ancha o’rgatishdi…borlariga shukur!

Savdoda ham mijoz bilan suhbatlashar ekanman, shularni hisoblab bering deb turganlarida ham nimaga qarab tanlayapsiz deb aniqlashtiraman, sababi avvalo pedagog sifatida mijoz to’g’ri tanlov qilishini xohlayman.

Lekin ba’zilari ularga mutaxassis ko’magi kerak bo’lsa ham rad etishadi, va pullarini bekorga sovurishni tanlashadi. Nima deysiz, bu yerda ham jim bo’lish ma’qulmikin?

Mom & Me | onalar blogi

01 Jan, 13:37


Talabalik davrimda komyuterxonada soatiga 200 so’m to’lab internetdan foydalanardik, men uchun miyam eng tez ishlagan, maksimal o’qish tezligimni har safar rekordini yangilagan soatlarim edi…

1 oylik stipendiyamni 1 haftada internetga sarflab yuborgan kunim esimda…o’shanda ilk komyuterim va internetga ulanadigan qurilma sotib olish rejasini tuzganman.

Faqat stipendiyaga yashaydigan talabaning kompyuter olishi avvalo qo’shimcha pul topishga taqalardi, dars o’tish menda shunday boshlangan.

Shunday qilib mendan 1 kurs kichik 6 ta qizga ingliz tilini o’rgatishni boshladim, bu qo’shimcha daromad oyma-oy rejadagi xarid uchun yo’naltirildi— birinchi oy narxlarni o’rganish va klaviatura va sichqoncha xarid qilish bilan boshlandi. Keyingi 2 oylik daromadga monitor va modem( internet uchun), va oxirgi keys uchun navbatdagi 2 oylikni kutolmagan men yangi guruh ochdim va ikkala guruhdan kelgan daromadimga keys sotib oldim. Shu kompyuterim keyinchalik unga hamroh printerginam 10 yil davomida dars o’tishimda ko’maklashishdi.

Qizig’i hozirgi bo’lib to’lash xizmatlari o’shanda bo’lganda o’sha paytdagi Zarifa ehtimol foydalangan bo’lardi, lekin baxtiga unday xizmat yo’q edi😄

Ovolib to’lash qulay lekin yoqimsiz, pul yig’ib olish qiyin lekin to’g’ri, qismlarga bo’lib olish esa o’sha paytda men uchun judda qiziqarli va realistik ko’ringan.

Ko’p emas 2 yillik online savdo faoliyatim davomida, ayniqsa oxirgi paytlar ko’pchilik bo’lib to’lashni iltimos qiladi, nazarimda buning 2 ta sababi bor nafsimizga ergashib yashayotganimiz va yoki vaqt shu qadar tezlashganidan ulgurib qolishlik hissi…

Nima bo’lganda ham qarzga, va har qanday bo’lib yo kreditli to’lashdan tiyilishimiz kerak, zero ertamiz tugul hozirimizdan bexabar bandalar bo’ynimizda qarz bilan ketib qolishdan Alloh o’zi asrasin!

Mom & Me | onalar blogi

01 Jan, 11:38


Mom & Me | onalar blogi pinned «#eslatma Farzandingizning kelajakda kim bo’lishiga qayg’urib, bugun kim ekanligini unutib qo’ymang! E’tibor bering ruhi va ongi ham qorni kabi to’q bo’lsin! ✍️ Zarifa Bozorova 👉 Mom & Me | Onalar blogi 👈»

Mom & Me | onalar blogi

01 Jan, 11:12


Inson to’ldirishi mumkin bo’lgan eng yomon idish bu qorindir!

Hayronman, bir haftalik taomni bir kunda yeyishni kimdan o’rgandik?!

Muborak oylardan biri rajab oyi boshlandi, nafl ro’zalarni tutishga munosib vaqt hozir, zero Mohim Ramazon yaqinlashmoqda.

Bugun farzandlarim va o’zim uchun yangi 100 kunlik reja tuzyapman, siz nimani reja qildingiz? Allohim hammamizni rejali, amalli qilsin, ezgu niyatlarimizga yetkazsin!

Mom & Me | onalar blogi

27 Dec, 16:58


Darvoqe, men shu videoga olovcha bosgan edim🔥, shu qizaloqning oyisi menga yozing!

Mom & Me | onalar blogi

27 Dec, 16:55


Hurmatli kanalimiz a’zolari, konkursda hammani teng g’olib deb e’lon qilsak, nima deysizlar, reaksiyalarni hisoblab o’tirmoqchi emasman, chunki baribir kimdir norozi bo’lishi aniq, allaqachon talashib boshlashdi( lekin bunisi ortiqcha edi)

Men bu yerda kimnidir g’olib kimnidir mag’lubga chiqarishni maqsad qilmaganman!

Sizlardan iltimosim, avvalo o’zingizga va boshqalarga ham manfaatli bo’lish haqida o’ylab ko’ring, sizga harakatlanish uchun albatta sovg’a va’da qilinishi shart ham emas!

Har oy biror mavzuda fikrlashib, o’zimizni isloh qilsak, bir-birimizdan nimadir o’rgansak degan niyatda boshlagandim….

Hammangizga tashakkur, qatnashuvchilarning barchalariga sotuv kanalimizdan 10% chegirma taqdim etamiz! 15 kun ichida foydalanishingiz mumkin!

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

26 Dec, 15:03


N9 Tanlov uchun

Egizak qizlarimiz Osiyo&Oisha 3yoshda.

Uy ishlariga juda qiziqishadi.
Ularga qo'llaridan keladigan yengil ishlarni sekindan o'rgatib boryapman.

Hamirni shunaqa mashinkada qilsam unini elab beraman o'zi soladi.

Idishlar yuvyotib piyola bakallarni chayishi mumkinligini aytaman va o'zim uni kuzatib turaman.

Hamirli taom qilyotib bir bo'lakdan hamirni beraman istagancha ijod qilishadi.

Bundan tashqari pilesos qilosh oyinchoqlarini yigishga ham yordam berishadi.

Alhamdullillah

Mom & Me | onalar blogi

26 Dec, 14:43


N8 tanlov uchun.

Muslima 3 yosh 👧va Mustafo 1,5 yosh🧒 .Kunlik barcha ishlarni birgalikda qilamiz . Avval xavfsizlik qoidalarni o'rgatib qo'yaman.👉

1-o’yinchoq va kitoblarni tartiblash 📚📙
2- kiyimlarni ilgakga ilish👗🧦

3- xonalarni yig’ishtirish va kir kiyimlarni savatlarga solish.🗑

Bu videodagi barchasi kunlik ishlarimiz yura boshlagandan beri bajarib kelishadi. Bog'chaga borishmaganu uchun band qilib, zeriktirmaslik uchun birgalikga bajartirishga harakat qilaman.

Mom & Me | onalar blogi

26 Dec, 14:37


N7 tanlov uchun

Biz ham tartib haqida video tayyorladik
Avvalo o‘z farzandlarim uchun va foydasi bo‘lsa boshqa bolalarga ham bazi tavsiyalar berib o‘tdik. Video cho‘zilmasligi uchun eng muhimlarinigina etishga harakat qildik.
Alloh foydamizga hujjat qilsin 🌹

Mom & Me | onalar blogi

25 Dec, 07:08


N6 tanlov uchun

Xadichaxon 3 yoshda, hamma ishlarga qarashgisi keladi, idishlarni hozirda o'zi mustaqil yuvib qo'yadi. Yechgan kiyimlarini kir moshinaga solib qo'yadi, non qilganimizda unga ham bo'lib beraman kulcha qiladi, o'yinchoqlarni yig'ishtirib qo'yadi va "aya meni yaxshi ko'rasizmi" - deb so'rab qo'yadi:)

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

24 Dec, 18:05


N5 Tanlov uchun.
Yasmina 2 yosh 8oylik

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

23 Dec, 12:37


N4 Dunyo. Dekabr oyi 2 yoshni toʻldirdi.

Hali ukasi oʻyinchoq oʻynaydigan boʻlmasa-da,bir oʻzi butun uyni algʻov-dalgʻov qila oladi☺️ va bu meni oxirgi vaqtlarni uyni saranjom qilish uchun koʻp vaqtimni olib qoʻydi. Endi oʻyinchoqlarini saranjom qilishni oʻrgatib boshlaganimda bu marafon tashkil etildi. Juda xursand boʻldim. Qizimga sabr bilan kiyimlarini, oʻyinchoqlarini tartiblashni oʻrgata boshladim. Alhamdulillah bir haftaga qolmay buni eplaydigan boʻldi. Uxlash oldi tish yuvish va uy saranjomlashni rejimga kiritib oldik. Marafon davomida haqiqiy Montessori ham qoʻlladik: idishlarni chayib,joyiga oʻzi qoʻyyapti. Faqat sabr kerak onalarga. Marafon bizga xayrli boʻldi☺️. Alloh sizdan rozi bo'lsin!

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

23 Dec, 12:19


🌷Tanlov uchun
N3. Zakiyyaxon 3 yosh

👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

21 Dec, 19:32


Farzandni so’z bilan tarbiyalab bo’lmaydi!
👉Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

20 Dec, 03:42


#eslatma

Farzandingizning kelajakda kim bo’lishiga qayg’urib, bugun kim ekanligini unutib qo’ymang!

E’tibor bering ruhi va ongi ham qorni kabi to’q bo’lsin!

✍️ Zarifa Bozorova
👉 Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

18 Dec, 03:45


N2. Fazilatxon 5 yosh.

Uy ushlarini bolalarga o'rgatishni osonlashtiradigan 5 usul

👉 Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

17 Dec, 08:18


Biznikilar shu kunlarda DIY ijod bilan band. (qo’l mehnati ishlari)

Yana Numberblocks multfilmini arab tilida ko’rib boshlashdi. ( inglizchasini yodlab olishgan)

Haftada 4 kun 1 soatdan TV time berilgan, unumli foydalanib qolishadi:)

Keling izohlarda foydali multfilmlar haqida suhbatlashamiz📥

Mom & Me | onalar blogi

17 Dec, 06:17


N1.

Saidaxon 5 yosh
Kiyimlarni taxlashni o’rganamiz!
👉 Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

14 Dec, 02:24


#pikr

“Hayosiz ayollar miqdori qancha?!” dedi nodon shogird fikrlamay keng
Ustoz javob qildi o’ylanib ancha— dayus erkaklarning soni bilan teng!

👉 Mom & Me | Onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

11 Dec, 11:02


Shakar haqida hikoya.

https://t.me/eco_qulay

Mom & Me | onalar blogi

17 Nov, 15:53


#foydali

🤩Bog’chalar shunday bo’lsa-da
Hech bo’lmasa bolajonlarimizga uyda imkon qadar sharoit yaratib beraylik. Ular o’rganishga muhtoj!

https://t.me/busybooks_uz

Mom & Me | onalar blogi

14 Nov, 18:06


N3

Malikaxon 8 yosh. Qizim hali ikkiga ham to'lmagani va make-up mavzusi haqida unda tushuncha bo'lmagani bois jiyanim Malikaxon bilan tajriba o'tkazdik. Bu qizcha bo'yanishga juda qiziqadi. Bayram,to'ylarda salon kiraman,deydi va bu u uchun zararli ekanligini qo'ldan kelgancha tushuntirishga harakat qildik. Kamchiliklar bo'lsa,ayb sanamaysizlar. Rahmat kattakon,biz uchun manfaatli bo'ldi. Alloh rozi bo'lsin.

https://t.me/momandme_ertatalim_onalarblogi

Mom & Me | onalar blogi

14 Nov, 12:20


#Tavsiya

https://youtu.be/C82Ld956n5A?si=_SpCL9izl_j4_y_S

Shu havola orqali quizlar ishladik, bolalarim shunday topshiriqlarni mazza qilib ishlashadi. Sizlarga ham ulashgimiz keldi.

Hammasi ham tilga bog’liq emas, ko’z mashqlari, farq toping oyinlarini istalgan bola qiziqib ishlaydi.

https://t.me/momandme_ertatalim_onalarblogi

Mom & Me | onalar blogi

14 Nov, 05:51


To’liq suhbatni ko’rish uchun https://youtu.be/3DFCMQXrpBM?si=15UJ5yAGa7i16AoK

Mom & Me | onalar blogi

11 Nov, 14:30


#izohbering

— Hozirgina yedingu bolam
— Buni archguncha qornim yana ochqoladi oyijon:)

Tomosha qilguncha siqilib qolganlar bormi?

Mom & Me | Onalar blogi

Mom & Me | onalar blogi

10 Nov, 04:57


Agar sizga faqat sizning oldingizdagina intizomli bo'ladigan bola kerak bo'lsa, uni bemalol jazolayvering.

Ammo ongli ravishda intizomni sevuvchi farzand istasangiz, videoni, albatta ko'ring. 🎞

Bizni qo'llashingizni layk va izohlaringizdan, qolaversa videolarni yaqinlarga ulashishingizdan his qilib turamiz! 🤗

@bambini_rasmiy

Mom & Me | onalar blogi

09 Nov, 15:01


https://youtu.be/RFrpXcHtplA?feature=shared

Mom & Me | onalar blogi

07 Nov, 12:04


N2

Qizim kichkinaligidan bo‘yanish joni dili edi. Bo‘yoqlarni o‘ynab , bo‘yanib o‘tirishni juda yoqtirardi. Va ichki qiziqishi kamaygunicha imkoniyat berganman bazi bazida.

Hozir alhamdulillah surmaslik kerakligini bilib olgan va nima mumkunligini etib bula saniki surishin, ishlatishin mumkun dib kelishib oganimiz.

Shu haqida gapirib berishni so‘ragandim o‘ylaganichalik oson emas ekan🙈. Qo‘ldan kegancha albatta, foydali bo‘lsa hursand bo‘lamiz


Mom & Me | Onalar blogi

Mom & Me | onalar blogi

05 Nov, 06:34


Make-up mavzusi siz uchun muammo emas shekilli, video kelmayapti😄

Mom & Me | onalar blogi

04 Nov, 17:08


Shu kichkinagina sahifalarimga reklama so’rab murojaat qiluvchilar talaygina.

Shu o’rinda aytib o’tgim keldi, men sotuv kanalimda ham, bu blogimizda ham reklama olmaslikka harakat qilaman.

Sababi o’zim bilmagan va sinamagan mahsulot yo xizmatni menga ishonganlarga ko’r-ko’rona tavsiya qilib ishonchni suiste’mol qilishdan qo’rqaman.

Shu sabab sizga foydali deb bilgan narsamni xolis tavsiya qilsamgina ulashaman, pullik reklama xizmatidan qimmatroqsizlar, bilib qo’ygan yaxshi🤭

https://t.me/momandme_ertatalim_onalarblogi

Mom & Me | onalar blogi

04 Nov, 13:00


Farzandingizni mustaqil, baxtli va o‘ziga ishongan qilib tarbiyalashni xohlaysizmi?

Rivojlantiruvchi o'yinlar, foydali maslahatlar va hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha eng kerakli va qiziqarli resurslar endi bir joyda! 🌱

Shu vaqtgacha quyidagi mavzularni yoritib ulgurdik:

- Hech qachon bu so'zni farzandiingizga aytmang 🚫👶

- Onalarga ham oson emas 😢

- Bola va Bozor 🛍

- 1-3 yoshgacha bolalar harakatlarini rivojlantirish: Nimalar yordam beradi, nimalar to‘siq bo‘ladi? 🌟

Bundan tashqari, sizni har kuni yangi videolar instagram va youtube platformasida kutib turibdi.

Obuna bo‘ling va farzandingizning baxtli va mustaqil kelajagini birga quraylik! 🌱

👉 Sahifaga o‘tish: @bambini_rasmiy

Mom & Me | onalar blogi

04 Nov, 05:08


N1- 5 yoshli Fazilatxon “Make-Up “

Assalomu alaykum. Makeup mavzusida 5 yosh qizim Fazilatxon bilan tarbiyaviy video tayyorlashga harakat qildik. Xato va kamchiliklar uchun uzr. Tirnoqlarni bo'yashni ham qo'shib kettik, chunki aynan shu narsa juda qiziq bo'lib turibdi, ilojini topib bo'yashga tushadilar. Urushmayman, lekin doim shunaqa tushintirib ketaman. Qizim ikkalamiz uchun ham qiziq jarayon boldi.

Mom & Me | Onalar blogi

Mom & Me | onalar blogi

01 Nov, 10:53


Mom & Me | onalar blogi pinned «🧡🧡🧡 Shakar mavzusida konkurs videolavhalari sizga yoqdi degan umidda bugun yangi mavzuni e’lon qilmoqchiman. Mavzu N2 - Make -up 💄 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan qizaloqlarimiz ham tabiiyki bo’yanishga qiziqishadi, bu davrda ularga tushuntirish qiyin kechadi.…»

Mom & Me | onalar blogi

01 Nov, 10:48


Qizim Azizaxon ham bo’yoqlarni yaxshi ko’rardi, shu epizod bizga yordam bergan, yuzga parvarish kerak, ammo rangli bo’yoqlar zararli va yosh qizaloqlar uchun noo’rinligini tushunib yetgan.

Qizalog’ingizga (uni fikrini bo’lmasdan, o’zi xulosa chiqarguncha) ko’rsating, tavsiya qilaman.

Mom & Me | onalar blogi

01 Nov, 10:47


https://youtu.be/pWf7qtRKc8U?feature=shared

Mom & Me | onalar blogi

01 Nov, 10:20


🧡🧡🧡 Shakar mavzusida konkurs videolavhalari sizga yoqdi degan umidda bugun yangi mavzuni e’lon qilmoqchiman.

Mavzu N2 - Make -up 💄
1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan qizaloqlarimiz ham tabiiyki bo’yanishga qiziqishadi, bu davrda ularga tushuntirish qiyin kechadi. Bo’yanishdan qaytarish kerakmi, qanday qilib? Aynan qanday yo’l tutish kerak?!

Bu haqda farzandingiz bilan birga 2-3 daqiqadan oshmagan videolavhangizni https://t.me/ZarifaBazarova yuboring. Bu safar sovg’a va’da berolmayman:), faqat 3 kishiga online do’konimizdan 1 martalik 10% chegirma imkoniyatini bera olaman. Aslida, bir-birimizga manfaatli bo’lishimizning o’zi katta narsa.

Yana qanday mavzular sizni qiziqtiradi, izohlarda yozib qoldiring!

Mom & Me | onalar blogi

31 Oct, 16:38


Nima qilish emas nima qilmaslik kerak

Bolalarga yaxshi tarbiya berishga emas, balki tarbiyasini buzmaslikka intilishimiz kerak! Alloh sof fitratida ato qilgan qalbni qotirmaslik bilan farzandlarimizning tarbiyasini saqlab qolgan bo’lamiz!

Qilmasligimiz kerak:

bolani qo’rqitmaslik
behuda koyimaslik
xatosi uchun izza qilmaslik
qiziqish bildirganda ra’yini qaytarmaslik
istamasa majburlamang
hali bola deb bola bilan hisoblashmaslikdek xatolarni qilmang

Mom & Me | Onalar blogi

Mom & Me | onalar blogi

31 Oct, 12:46


“Bolamga ingliz tilini qanday o’rgataman, hech narsani tushunmaydiku “ deydiganlarga shu videoda javob bor☺️

🌷English with Mom & Me 🌷

Mom & Me | onalar blogi

31 Oct, 12:39


Ingliz tili kanali alohida https://t.me/english_with_mom_me
Shu sahifada bolalarga til o’rgatishda foydalangan materiallarimizni manbalari bilan ulashganmiz.

🗣 Qanday qilib o’rgataman deb ikkalanmang, muhimi sinovdan o’tgan darsliklarni oling va ko’p o’ylamasdan boshlang, teshik quloq eshitadi, eshitdimi yod oladi, namoyish qilishiga esa vaqt kerak. Natija esa Allohdan!

Mom & Me | onalar blogi

31 Oct, 12:38


Kichik b va d harflarini ko’pchilik bolalar adashtirishadi, foydali bo’ladi degan umiddamiz:)

https://t.me/english_with_mom_me

Mom & Me | onalar blogi

30 Oct, 17:47


Ijtimoiy va hissiy ko'nikmalar 🤝

Munosabatlarni o'rnatish, his-tuyg'ularni boshqarish va ijtimoiy belgilarni tushunish ijtimoiy va hissiy rivojlanishning bir qismidir. Ushbu ko'nikmalar bolalarga empatiyani (boshqalarni tushunish) rivojlantirishga, do'stlik munosabatlarini o'rnatishga va ijtimoiy munosabatlarni muvaffaqiyatli boshqarishga yordam beradi.

Til va lug'at
🗣

Til rivojlanishi juda erta yoshdan boshlanadi va muloqot qilish uchun so'zlarni tushunish va ishlatishni o'z ichiga oladi. Bolalar o‘sib ulg‘aygan sari ularning so‘z boyligi kengayadi, gaplar tuzishga, murakkab fikrlarni ifodalashga o‘rganadi. O'qish, hikoya qilish va suhbatlashish til rivojlanishining kalitidir.

Nozik motorli ko'nikmalar 🖐

Bu qo'llar va barmoqlarning kichik, aniq harakatlari. Nozik vosita mahorati yozish, kiyim tugmalari va idishlardan foydalanish kabi vazifalarni bajarish uchun zarurdir. Nozik motorli ko'nikmalarni rivojlantiruvchi mashg'ulotlar, masalan, lego o`yinlari yoki qaychi ishlatish, qo'l mushaklari va muvofiqlashtirishni kuchaytirishga yordam beradi.

Kognitiv rivojlanish 🧠

Bu bolalarning atrofdagi dunyoni qanday o'ylashi, o'rganishi va tushunishiga ishora qiladi. U muammoni hal qilish, xotira, diqqat va tilni rivojlantirish kabi ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Kognitiv rivojlanish keyingi hayotda akademik muvaffaqiyat va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari uchun asos yaratadi.

Ijodkorlik va tasavvur 🎨

Ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirish bolalarga yangi g'oyalarni o'rganish, muammolarni innovatsion usullarda hal qilish va o'z fikrlarini erkin ifoda etish imkonini beradi. Bu ko‘nikmalarni shakllantirishda rasm chizish, xayoliy o‘yin kabi ijodiy faoliyat muhim ahamiyatga ega.

https://t.me/momandme_ertatalim_onalarblogi

Mom & Me | onalar blogi

30 Oct, 15:29


Suhbatni to’liq yozib ololmadik. Asosiy mehmonlarimiz bilan suhbatdan parchalar ulashaman.

Bugun suhbatda 5 farzandning onasi Dildora opa erta ta’lim tajribalari bilan bo’lishdilar.

Dildora opa farzandlariga eng avval Qur’on ta’limini beradilar, yana arab, ingliz va rus tillarini uy sharoitida o’rgatib kelyaptilar, ulardan o’rgansa arzigulik jihatlarimiz ko’p, Alloh mehnatlarini ajrini bersin!

👉 Mom and Me | onalar blogi

Mom & Me | onalar blogi

30 Oct, 10:56


Live stream finished (1 hour)

Mom & Me | onalar blogi

30 Oct, 09:02


Boshlaymiz, savol yoki fikr mulohazalaringizni shu yerda qoldirishingiz mumkin.

Mom & Me | onalar blogi

30 Oct, 09:01


Live stream started

Mom & Me | onalar blogi

30 Oct, 09:00


Live stream scheduled for

Mom & Me | onalar blogi

28 Oct, 07:14


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Ovozli Chat

Assalomu aleykum qadrdonlar, sizlar bilan ovozli chat qilmaganimizga ancha bo’ldi.

Talablarga ko’ra 30-oktabr Chorshanba kuni soat 14:00da erta ta’limda tajribalarimiz bilan bo’lishamiz. Aslida bu haqda kanalda yetarlicha yoritilgan, ammo suhbatlarimiz yozib olinmagani uchun yana bir bor jonli suhbatlashamiz.

Suhbatda erta yoshda aslida nimalar o’rgatilishi kerak, qanday manbalardan foydalanishimiz, ko’pchilik qiladigan xatoliklar va biz bilgan oilalarning tajribalaridan kuzatuvlarim haqida gaplashamiz.

👉 Mom and Me | onalar blogi

Mom & Me | onalar blogi

22 Oct, 02:59


Ассаламу алайкум ва Рохматуллохи ва Барокатух!
Болаларимга кулимдан келганча тушунтиришга ва махоратимни ишга солишга харакат килдим. Эрталаб фарзандларим билан бирга уйнадик ва видео олишга телефоним хотираси етмади. Аммо завкли уйнадик узлари клейлашди ва узлари ажрата олишди. Кечга кайта видеога олдик. Шакарли махсулотларни кандай едирмасам екан деб уйлардим, бу марафон манфаатли булди деб уйлайман рахмат коттакон сизга Аллох рози булсин 🥰🥰🥰🥰🥰🥰 Фарзандларим 5ёш, 3ёш

Mom & Me | onalar blogi

20 Oct, 14:09


Haqiqatda bolalarda shirinliklarga qiziqishni oshirgan kattalar bo’ladi. Shirinlik bilan taqdirlash odatimizni boshqasiga almashtirish yetarli, aslida.

Shakardan butunlay voz kechish haqida gap ketmayapti, aslida muammo biz haftalik, hatto oylik qabul qilish miqdoridagi shakarni kuniga istemol qilayotganimizda!

Glyuten va shakarga asoslangan ovqatlanish ratsionidagi bolaning sog’lig’i achinarli darajada yomonlashishini ota-onalar anglasalar edi, hech qachon kichkintoylarini zararli soklar, bulochka yoki xo’rozqandlar bilan qarshi olishmasdi!

https://t.me/momandme_ertatalim_onalarblogi

Mom & Me | onalar blogi

19 Oct, 13:22


Assalomu alaykum Zarifa opa.

Alloh qodir qilgancha oilaviy tajriba qilib kordik 2.5 yosh farzandimiz bilan. Ayni damda bizda ham mana shu shakar muammo yuzaga chiqaytogandi. Xayrga davatingiz un ajriz ziyoda bolsin. Kamchiliklarimiz ko'p boldi, aybga buyurmaysizlar. Alloh barchamizga manfaatli qilsin.

Mom & Me | onalar blogi

19 Oct, 06:25


https://youtu.be/UewfeRZlwMI?feature=shared

Mom & Me | onalar blogi

18 Oct, 16:38


Assalomu alaykum. Nurmuhammadov Nozimjon 3,5 yosh. Shakar yema, shirinliklar ziyon derkanmanu ammo qanday ziyon qilishini yaxshilab tushuntirmagan ekanman. Marafon e'lon qilganingizdan keyin qanday tajriba qilsak ekan deb köp öyladim. Chunki öğlim tajribalarni yaxshi köradi. Iloji boricha bola tilida sodda qilib tushuntirishga harakat qildim. Xato va kamchiliklar bölsa uzr. Bizni ham izlanishga va yangiliklar qilishga ilhomlantirganingiz uchun tashakkur💐

P.s. Videoning hajmi katta bölib ketmasligi uchun sifatini pasaytirishga töğri keldi☺️

Mom & Me | onalar blogi

17 Oct, 16:22


Umarov Muhammadali 1yosh 10 oylik.
SHAKAR - OQ ZAHAR mavzusida videorolik tayyorladik. Imkon qadar shirinliklarni yomon tomonini tushintirib berishga harakat qildim. Hali farzandim yoshligi sababli diqqatini bir joyga uzoq muddat qaratib turolmaydi. Qo'ldan kelgancha qiziqarliroq qilib o'rgatishga harakat qildim va farzandim qisman bo'lsa ham shakarning zararli ekanligini tushinib yetdi☺️

Tashkillashtirgan marafoningiz uchun katta rahmat. Biz uchun ancha foydali bo'ldi👍💯

Mom & Me | onalar blogi

12 Oct, 13:31


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔤🔤🔤 🔤 🔤🔤 onalar blogimizda erta ta’limga qiziquvchi onalar bisyor deb o’ylayman. Keling bir foydali marafon boshlaymiz!

Har 10 kunda 1 mavzu tanlanadi, shu mavzuda ba’zi materiallar yuklanadi, avvalo mustaqil izlanasiz, va farzandingiz bilan suhbat va amaliy dars tayyorlab videolavha shaklida bizga ulashasiz.

Kanalda ulashish uchun ko’pi bilan 10ta video qabul qilamiz, 26-oktabr kuni eng yaxshi 3 ta videolavhani birga aniqlaymiz!

G’oliblar online kitob do’konimizdan 200 ming so’m miqdordagi xarid vaucheri bilan taqdirlanadilar, qolgan qatnashchilar bir martalik 10% chegirmaga ega bo’ladilar!

Videolavha aniq dars formatida bo’lishi talab etilmaydi, mavzuga oid deb bilgan kontentingiz 3-4 daqiqa davom etishi, bolaning yoshiga mos va creative yondashib ochib berishga harakat qilishingiz yetarli!

Mavzu N1- SHAKAR OQ ZAHAR!

Bolajonlarga shakar haqida ularning tilida malumot berilishi va birga amaliy mashg’ulot maqsad qilinsin!

https://t.me/ZarifaBazarova ga videolavhalaringizni yuboring. Video qabul qilish 25-oktabrgacha davom etadi!

Mom & Me | onalar blogi

12 Oct, 12:26


Savol: farzandlarimga ko’p narsalar o’rgatgim keladi, ammo vaqt yetmaydi, yoki doimiylik yo’q, siz qanday qilib ulgurasiz?

Avvalo har bir bola uchun aniq reja yozilishi, tushunarli qilib devorda yopishtirilishi, ularga ham hammasi aniq ko’rinib turishi kerak!

Bundan tashqari reja imkonli bo’lishi kerak, ortiqcha yuklama (nagruzka) bo’lsa, tabiiyki hammasiga ulgurmaysiz!

Tajribamdan 3-7 yosh bolalar uchun kunlik uzog’i 2 soatli mashg’ulotlar rejalash mumkin, undan ortiq narsa kutmayman, qolgan soatlarda asosan erkin amaliy harakat, sayr, mehnat, chizish, bo’yash, oshxonada biror tamaddi tayyorlashadi.

Til erta ta’limning ajralmas qismi bo’lib, biz haftada 2 marta rus tili , 2 marta arab tili, 2 marta ingliz tili kuni belgilab olganmiz. Belgilangan kunda matematikasi ham, oqiydigan hikoyasi ham, ko’radigan multfilmlari ham, ishlaydigan workbooklari ham, imkon qadar muloqot ham hammasi shu tilda bo’lishi eng muhim qoida! Nimadan boshlash tanlovi boladan, kunlik miqdor qat’iy belgilangan, albatta ularning mehnati qadrlanadi, kun davomida istalgan payt savol so’rashganda batafsil javob beriladi!

Bazi universal darsliklarimizni (asosan ingliz tilida hamma fanlar amaliy mashqlar orqali berilgan WORKBOOKLAR) har kun 5 sahifadan bajarishadi, bu mutlaqo mustaqil ish, men tekshirib olaman xolos!

Bolalarga uyqu oldi ertaga ularni nima kutayotganini aytib qoysangiz juda yaxshi eslab qolisharkan, 2 ta vazifa va 1 ta mukofot qoidasiga amal qilaman, oxirida ularga yoqadigan ishni aytsam xursand bo’lib uxlashadi. Ertasiga esimdan chiqsa ham o’zlari eslatishadi:)

Rejalarni har oy uchun alohida tuzaman, manbalar va darsliklar aniq belgilansa reja o’xshaydi. Manba bo’lmasa, onada qat’iyat va bolaga rag’bat berilmasa, reja uzoqqa bormaydi. Oylik reja bajarilgani haqida hisobot qilamiz, va bolalarni playground yo biror joyga aylantirishga olib borib nishonlaymiz!

Ona nimani sevsa, bola ham shuni sevadi!

O’zingizda yo’q narsani uyda bolangizdan talab qilmang.
Ilmni, kitobni, tartibni, kiyimni, xullas nimani sevsangiz, bolangiz ham o’shanga muhabbatli bo’ladi, onasini korib qizini ol dermidi, o’g’lini ham (onasiga qarab) kuyov qilish mumkin, ishanavering!🤭

Mom & Me | onalar blogi

11 Oct, 19:33


O’sha damlarga yana qaytdim…
👉 Mom and Me | onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

09 Oct, 14:09


Mana qanday ta’lim berish kerak
👉 Mom and Me | onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

30 Sep, 15:50


https://youtu.be/pl1r_CC6BMk?si=GHXx6SCevJLwlk4U

Mom & Me | onalar blogi

29 Sep, 16:38


#pikr

Farzandlarimiz ham xuddi shu gullarga o’xshab turlicha, biri tez, biri esa sekin o’sadilar, va bu mutlaqo tabiiy holat!

“Bog’imiz” aynan shu turfa xilligi bilan go’zal va betakror bo’ladi!

👉 Mom and Me | onalar blogi 👈

Mom & Me | onalar blogi

29 Sep, 15:59


#eslatma

Ba’zi ota-onalar farzandlarining xilma-xillligini qabul qila olishmaydi, ularni ko’p solishtirishadi. Holbuki, hammamiz har xil xarakter, tip va turli mizajda yaratilganmiz.

Eng avval shu haqda o’rganaylik, ilm hosil bo’lgach, qabul qilishimiz oson bo’ladi, zora toshbaqadan yugurishni, burgutdan emaklashni, qarg’adan bulbuldek sayrashni talab qilishni to’xtatarmiz!

👉 Mom and Me | onalar blogi 👈