ENGLISH WITH MOM & ME @english_with_mom_me Channel on Telegram

ENGLISH WITH MOM & ME

@english_with_mom_me


📖 ingliz tilini hikoya kitoblar orqali o’rganmoqchi bo’lgan ona va bolalar uchun
🗣️ kundalik so’zlashuvda ishlatiladigan iboralar
🗂️ pdf shaklda kitoblar, video va audio materiallar

https://t.me/busybooks_uz

ENGLISH WITH MOM & ME (Uzbek)

📖 ingliz tilini hikoya kitoblar orqali o’rganmoqchi bo’lgan ona va bolalar uchun. 🗣️ Kundalik so’zlashuvda ishlatiladigan iboralar. 🗂️ Pdf shaklda kitoblar, video va audio materiallar. Bu kanalda ona va bolalar ingliz tilini hikoya kitoblar orqali o’rganishlari mumkin. Kundalik so’zlashuvda ishlatiladigan iboralar va pdf shaklda kitoblar, video va audio materiallar mavjud. Agar siz va sizning bolangiz ingliz tilini o'rganishni sevas unvanlarga o'qishni yaxshi ko'rsangiz, ushbu kanal sizga yoqadi. Siz bu kanal orqali birgalikda hayotiy xikoya kitoblari orqali ingliz tilini o'rganishingiz mumkin. Unda siz va bolangizga qulayliklar, qiziquvlar va foyda bor. Siz va bolangizning ingliz tilini o'rganishini osonlashtiring va birgalikda bu yo'l bilan sevinchli va ma'naviy tajribaga ega bo'ling.https://t.me/busybooks_uz

ENGLISH WITH MOM & ME

02 Jan, 19:01


Aslida shu postda hamma sir-asrorlarimni ochib bo’lganman, lekin negadir yetarli emasdek yozaverishyapti😄

ENGLISH WITH MOM & ME

02 Jan, 18:59


Assalomu aleykum va rahmatulloh, azizlar yana sizlar bilan bolajonlarga ingliz tilini o’rgatish tajribalarimizni bo’lishishda davom etamiz!

Bu hafta asosan 4-8 yosh bolalarga ingliz tili o’rgatishda eng ishonchli manbalar va metodlarimiz bilan bo’lishamiz!

Bizni kuzatishda davom eting, savollaringizni shu yerda qoldiring!

ENGLISH WITH MOM & ME

31 Oct, 12:52


My mom : “ share your toys with your brother”
My answer : “Nooo Wayyy! “😄

🌈 English with Mom & Me 🌈

ENGLISH WITH MOM & ME

03 Oct, 16:24


Farzandlaringizga ingliz tili o’rgatishda foydalangan materiallaringiz bilan bo’lishing deganlarga

1 yoshdan 3 yoshgacha asosan gapirib, rasmli kitob va fleshkartalardan foydalanib, bolalarni lug’at boyligini 1000 ta asosiy so’zga oshirdik. Uyda va ko’chada o’zbek va ingliz tilida aralash gaplashardik.

Ovozli kitoblar va ruchkali jam jam to’plami 1+
510 ta Kartochkali apparat 2+
Spelling & tracing o’yini
Fun literacy busy book
Alphablocks & Numberblocks, Little fox multfilmlarini 20-25 daqiqa kunlik ko’rsatdik, harf va tovushlarni tanishda yordam bergan!


3-4 yoshdan boshlab A-B-C usulida dars qilyapmiz:

A. PHONICS usulida o’qishni quyidagi 5 ta materialdan foydalanib 1 yil davomida o’rgandik. (qizim 6 yosh, quyidagilarni tugatgan, o’g’lim bilan esa bu ro’yxatni 4 yoshda endi boshladik)

1. CVC flashcards
2. Read and Master Phonics
3. Oxford Phonics World 1-5- kitoblarini ishladik (bu bosqichda yozish ko’nikmasi ham rivojlanadi)
4. “ I can read “ seriyasidagi kichik hikoya kitoblardan ilk oqishda foydalandik, kichik hajmi sabab tez tugatish bolaga yoqarkan.
5. Key words Jane and Peter 5-10 yoshga mos 36 ta kitobli to’plamdan keyin hech bir bola o’qib tushunishga qiynalmaydi. Hali hammasini tugatmadik!

B. BEDTIME READING Bolalarga qancha ko’p kitob o’qib berilsa, shunchalik ko’p so’z boyligiga ega bo’lisharkan, har kun uyquoldi 1 ta hikoya oqib birga xulosa chiqarishga harakat qilamiz:

Usborne phonics Readers (3-4 yoshda), qofiyadosh sozlar va phonics asosida bolgani uchun o’qishda ham foydali
boldi. Bunday kichik hikoyalarga o’xshagan yana yuzlab kitoblar o’qiganmiz…

Dr Seuss Big Books toplami rasmlari va qofiyadoshligi bn bolalarimga eng yoqqan material bo’ldi. 2000 sahifali bu kitoblar orqali so’z boyligi va kitobga qiziqishi oshdi. (2-6 yoshda)

Hozir Usborne my first reading library 50 ta hikoyalar toplamini boshlaganmiz. Qizim mustaqil o’qiydi, men savol-javob orqali tushunganini sorayman.

C. ACTIVITY WORKBOOKS- ya’ni turli mashqlar to’plangan stikerli, bo’yagichli mashq kitoblarni mazza qilib, eng muhimi mustaqil bajarishadi, Alhamdulillah!

Brain Quest savol-javob kartochkalari orqali muloqot, va tezkor fikrlashni oshirdik. Workbooklarini ham bajarib chiqishyapti. Brain Questni 2-13 yoshgacha qismlari va workbooklari bor, haliyam davom etyapti! Tap-tayyor dastur!

Yozish, bo’yash, kesib yopishtirish ko’nikmalarini ham o’stiruvchi, ko’p sohalarni qamrab olgan activity workbooklar ishlash bolalar organganlarini sinash uchun eng keraklisi ekan. Farzandlarim deyarli har kun kamida 40 daqiqa shunday kitoblar bilan mustaqil ishlashadi, har oyda 1 ta 200-300 betlik Big activity book tugatishadi.

Bunday 1 martalik mashq kitoblar yirik- 200-300 sahifali bo’lib, og’irligi sabab narxi qimmatroq chiqadi( 15-20$), lekin o’zini 100% oqlaydi, amaliy mashqlar bolalarga yoqadi, ularni fikrlashga o’rgatadi. Bu turdagi kitoblarni Evan Moor, Scholastic va School Zone nashriyotlaridan foydalanyapmiz.

✍️ Zarifa Bozorova

https://t.me/english_with_mom_me

ENGLISH WITH MOM & ME

24 Sep, 12:33


Kichik b va d harflarini ko’pchilik bolalar adashtirishadi, foydali bo’ladi degan umiddamiz:)

https://t.me/english_with_mom_me

ENGLISH WITH MOM & ME

21 Sep, 04:22


#Phonics

Ingliz tilida o’qishni o’rganish boshqa tillardan qiyin kechishi mumkin, sababi ingliz tilida harflardan 2 baravar ko’p tovushlar mavjud! Videoda aynan har bir tovush aynan qaysi harflar birikishidan hosil bo’lishi ko’rsatilgan!

https://t.me/english_with_mom_me

ENGLISH WITH MOM & ME

21 Sep, 04:21


Murakkab tovushlar, yonma-yon yoki birikib kelgan 2-3 ta harflar birga o’qilishi ko’rsatilgan phonicslar jadvali.

ENGLISH WITH MOM & ME

28 Aug, 03:28


Reading practice