Uchrashuv davomida politexnikum o'quvchilari, o'qtuvchilari uyushmagan yoshlar va keksa avlod vakillari ishtirok etishdi. Shundan keyin katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan nuroniylar B.Davronov, T.Norova hamda mahalla keksalar guruhi raisi X.Davronovlar hayotiy tajribalaridan gapirib yoshlarga yo'nalish berdilar.
Shundan so'ng mahalla yoshlar yetakchisi F.Raimbekov so'zga chiqib prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e'tibor haqida so'zladi. Uchrashuv yoshlarga manzur bo'ldi, yoshlar o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati