"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA @milliy_tiklanish_andijon Channel on Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

@milliy_tiklanish_andijon


“Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi

Facebook https://www.facebook.com/milliytiklanish.andijon

"Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi!"

https://taplink.cc/milliytiklanish

Milliy Tiklanish Andijon Rasmiy Sahifa (Uzbek)

Milliy Tiklanish Andijon viloyati Kengashi telegramdagi rasmiy sahifasi - bu “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasining Andijon viloyati Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi. Bu sahifa orqali, partiyaga a'zo bo'lish, so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish, va faoliyatlariga qo'shilish imkoniyati mavjud. Milliy Tiklanish partiyasi o'z faoliyatlarida demokratiyaga, inson huquqlariga hurmat qilishga e'tibor qaratadi. Ijtimoiy halda insonlarning o'zgarishi bilan jamoatning o'zgarishi ham olishadi. Bu sahifada paydo bo'lgan maqolalar, videolar, va yangiliklar orqali fuqarolar jamoatdagi o'zgarishlarni kuzatib borishlari mumkin. Agar siz ham demokratiya, inson huquqlari va o'zgaruvchilikga qiziqsinch bo'lsangiz, ushbu rasmiy sahifaga obuna bo'lishni unutmang. Siz ham Milliy Tiklanish partiyasining faoliyati bilan birgalikda, yangi o'zgarishlarni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Ushbu sahifada Milliy Tiklanish partiyasining faoliyatiga doir yangiliklar, maqolalar, intervyular va boshqa ko'rsatlarni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Barcha yangiliklar va xabarlar uchun sahifaga obuna bo'ling va partiyamiz faoliyatini yaqinroqdan kuzatib boring.

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

21 Nov, 13:23


🙏 Fraksiya aʼzolari Hukumatning yangi tarkibini maʼqulladilar

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 94-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va maʼqullash Qonunchilik palatasining mutlaq vakolati hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bugun bo‘lib o‘tgan fraksiya yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga ko‘rsatilgan nomzodlar birma-bir ko‘rib chiqildi va maʼqullandi.

– Albatta, fraksiyamiz bilan vazirliklar o‘rtasida xalqimiz manfaatiga xizmat qiladigan vazifalar, shu bilan birga partiyamiz g‘oya va maqsadlari hayotiyligini taʼminlashda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.

Yig‘ilishda fraksiya aʼzolari partiya saylovoldi dasturi hamda elektorat manfaatidan kelib chiqib, nomzodlar oldiga bir qator dolzarb masalalarni ko‘tardi va takliflarini ilgari surdilar.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

21 Nov, 07:12


#Livе

Viloyatlar hokimlari Andijonning Asaka tumanidagi “Baror” klaster korxonasiga keldi.

Xususan, Andijonda dual ta’lim asosida yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari misoli bilan yaqindan
tanishilmoqda.

🌐@milliy_tiklanish_andijon

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

21 Nov, 06:53


#Live

Ayni daqiqalarda mamlakatimizdagi viloyatlar hokimlari Andijonga keldi. Ushbu safar davomida Andijonda amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rganish va tajriba almashish
rejalashtirilgan.

🌐@milliy_tiklanish_andijon

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

21 Nov, 06:26


🙏 Pirovard maqsad – O‘zbekistonni rivojlantirish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi tarixiy majlisida Davlatimiz rahbari "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining taʼlim tizimi rivoji bilan bog‘liq tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, barcha islohotlar, taqdirimiz va istiqbolimiz, eng avvalo, maktabga va muallimlarga, umuman, ushbu soha rivojiga chambarchas bog‘liq ekanini taʼkidladi.

batafsil

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 09:10


Prezident 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili” deb e`lon qilish taklifini bildirdi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 08:58


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi ma’qullandi.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 07:19


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodi ko‘rsatidi

Prezident: Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 06:58


“Yaxshi qonun – xalqqa hurmat ifodasidir”

Prezident Shavkat Mirziyoyev
: "Davrning o‘tkir talablariga javob beradigan, sifatli, amaliyotda samarali ishlaydigan qonunlarni qabul qilish Oliy Majlisning eng muhim vazifasi, kerak bo‘lsa, uning obro‘sidir.

Bu borada taniqli xitoy faylasufi Shan Yanning “Yaxshi qonun – xalqqa hurmat ifodasidir”, degan so‘zlarini eslash o‘rinli, deb o‘ylayman. Har bir qonunda shunday hurmat namoyon bo‘lishi kerak. 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin".

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 06:58


Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev
: kelgusi yillarda bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi. Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi.

Shuningdek, 174 ta bog‘cha va 379 ta maktab ta’mirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun budjetdan 4 trillion so‘m ajratiladi.

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 06:58


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 06:58


🙏 Dilnoza AZIZOVA: har bir qabul qilinayotgan qonunlar avvalo ilmga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 06:58


🙏 Zuhra MIRG‘OZIYEVA: har bir deputat o‘z okrugida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini nazorat qilishga kirishishi lozim

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

20 Nov, 06:58


🙏 Nazira MUXTOROVA: Prezident tomonidan qo‘yilgan vazifalar keyingi faoliyatimizni belgilashda dasturulamal bo‘ladi

🖥 MTDP | Telegram