Ertaklar.uz @ertaklar_uzz Channel on Telegram

Ertaklar.uz

@ertaklar_uzz


Ertaklar.uz saytining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

ENG QIZIQARLI

📓 ERTAKLAR
🎼 AUDIOERTAKLAR
📺 MULTFILMLAR
🎶 BOLALAR UCHUN QO`SHIQLAR
🖼 TURFA XIL RASMLAR
🎥 KICHKINTOYLARNING VIDEOLARI
faqat bizning kanalda.

Ertaklar.uz (Uzbek)

Ertaklar.uz saytining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda sizni qiziqarli va begona materiallar kutmoqda. Ertaklar, audioertaklar, multfilmlar, bolalar uchun qo'shiqlar, turfa xil rasmlar, va kichkintoylarning videolari faqat bizning kanalda mavjud

Ertaklar.uz kanali uning ismini aniq bilimlar, musiqa, va boshqa yoqimsiz matnlar bilan bag'ishlagan, uchdan bir materiallar to'plamini taklif qiladi. Bu kanalda bolalar va ularning ota-onalari uchun o'zlarining ilg'or materiallarini topish va ularga qiziqarli bo'lgan narsalarga ega bo'lishlari mumkin. Audioertaklar va kichkintoylarning videolari kanalimizda sizni musiqiy va vizual zavqlar bilan tanishtirishga yordam beradi. Turfa xil rasmlar va multfilmlar esa sizni tomosha qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi

Ertaklar.uz kanali sizni uning o'ziga xos atmosferasi bilan ta'minlaydi va qiziqarli va foydali materiallar bilan sizning kuningizni rangliroq qiladi. Siz ham bu kanalga a'zo bo'lib, yangi va tanish materiallarga ega bo'lishingiz mumkin. Sizni Ertaklar.uz telegram kanaliga do'stlaringizni taklif qilamiz! Siz o'zingiz va sizning sevimlilaringiz uchun qiziqarli va foydali materiallar topishingiz mumkin, albatta, faqat bizning kanalda.

Ertaklar.uz

04 Jan, 15:51


https://t.me/Hikoyalar_olami_2020

Ertaklar.uz

20 Apr, 04:30


Hikoyalar olami mobil ilovasi!
Hikoyalar, aforizmlar, hikmatli gaplar. Google play'dan ko'chirib oling!
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.story.teller

Ertaklar.uz

11 Apr, 13:58


https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ramazonoyi

Ertaklar.uz

09 Sep, 12:37


#multfilm
🎞: Dengiz itlari - 1-qism
🇺🇿: O'zbek tilida
📮 Yaqinlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

07 Aug, 09:17


Gul bu gaplardan quyosh nuridan quvonganday sevinib ketibdi. Shunchalik sevinibdiki, hatto bolalar uni uzib olganini ham payqamabdi.
Qarasa, u bir bolaning qo'lida turganmish, bola uni o'pibdi, hademay o'zini issiqqina xonada ko'ribdi, atrofdan unga mehribon ko'zlar boqibdi, uni suv ichiga solib qo'yishibdi. Suv shunaqayam tetiklantirib, kuch-quvvat bag'ishlabdiki, gul uchun go'yo yoz boshlanib ketganday bo'libdi…

Yaqinlaringizga ham ulashing!!!
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

07 Aug, 09:17


#ertak
Boychechak ertagi

✍️Hans Kristian Andersen

Qish shamoli uvillar, uychaning ichi esa shinam va issiq ekan. Bu uychada gul yashirinib olgan edi. Albatta, u qor va tuproq ostida o'z ildizini yashirgan ekan. So'ng yomg'ir yog'ibdi. Tomchilar qor pardasini teshib, gul izdizlariga toma boshlabdi. Tomchilar yerdagi yorqin, nurga to'la hayot haqida hikoya qilishibdi, undan keyin esa muloyim va qat'iyatli quyosh nuri qor orasidan o'tib, ildizni ilita boshlabdi.

Kimsiz? Kiravering! — debdi gul.

Kirolmayman! — debdi quyosh nuri. — Men eshikni ocholmayman. Yozgacha sabr qil, o'shanda kuchga to'laman.

Yoz qachon bo'ladi? — so'rabdi gul. Quyosh nuri har safar yerga etib borganda, ana shu savolini takrorlayveribdi. Lekin hali yozga ancha erta bo'lib, hammayoq qor bilan qoplangan ekan, har kuni kechasi suv muzlab qolarkan.

Bu juda jonga tegdi-ku! — debdi gul. — Vujudim zirqirayapti. Qaddimni rostlashim, erkinlikka chiqishim, yozga ta'zim qilib, tongga salom berishim kerak. Oh, bu – naqadar ulug' baxt!

Oxiri gul o'rnidan turibdi, kerishib cho'zilibdi, iliq tuproq, qor suvi va quyosh nuridan namlangan qobig'iga yonboshlabdi. U ko'm-ko'k poyasi uchida och yashil g'unchasini ko'targanicha, darhol yuqoriga bo'y cho'za boshlabdi, g'unchaning nozik gulbarglari qor ustiga chiqibdi. Qor sovuq ekan, lekin ko'z qamashtirib yarqirab turganmish, uning orasidan chiqish ancha oson ekan, quyosh nurlari hatto ilgarigidan ham yaqinmish. Quyosh nurlari qo'ng'iroqday tovushlari bilan:

Xush kelibsiz! Xush kelibsiz! — deyishayotganmish, hatto kuylashayotganmish.

Gul qor ustidan quyosh nuriga peshvoz chiqibdi.

Quyosh nurlari gulni silab-siypalabdi, nozikkina bo'sa olibdi, natijada gul butunlay ochilib ketibdi. Gul qorday oppoq bo'lib, quvonch va sharm-hayo bilan boshini quyi egib turaveribdi.

Chiroyli gul! — deb kuylabdi quyosh nurlari. — Naqadar nafis, latifsan! Sen ilk ochilgan gul! Sen yakka-yu yagonasan! Sevikligimiz! Sen shahar va qishloqlarga iliq yozdan darak olib borasan! Qorlar erib, sovuq shamollar bosh olib ketadi! Bizning mavsumimiz boshlanadi! Hammayoq yashil libos kiyadi! Nastarin, tolbuta, atirgul singari do'stlaring paydo bo'ladi, lekin sen ilk gulimizsan, nafis va latifsan, beg'uborsan!

U butun havo kuylaganday, quyosh nurlari uning barglari, poyalariga singib ketganday sevinibdi, latif, noziknihol, lekin shu bilan birga, yoshlik go'zalligi bilan och yashil libosida turaveribdi va yozni sharaflayveribdi. Lekin hali yozga uzoq ekan, bulutlar quyosh nurini to'sibdi, sovuq izg'irin shamol esibdi.

Sal ertaroq bosh ko'taribsan! — debdi unga ob-havo bilan Shamol.

Biz hali senga kuchimizni ko'rsatib qo'yamiz! Qudratimizni bilib olasan! Uyingda jim o'tiraverganing, yasanib ko'chaga chiqmaganing ma'qul edi. Sen aytgan fursat hali kelgani yo'q!

Yana sovuqlar boshlanib ketibdi. Quyosh yilt etib ko'rinmagan badqovoq kunlar uzoqqa cho'zilibdi. Kunlar shunday sovibdiki, bechora nozik gul tomir-tomirigacha muzlab ketibdi. Lekin bu qadar matonatliligini hatto uning o'zi ham bilmas ekan. «Yoz, albatta, keladi», — degan ishonch va surur gulga kuch-quvvat bag'ishlabdi. U yozga sadoqatliligicha qolibdi, «Quyosh nur­lari kutishga arziydi», — deb o'ziga- o'zi dalda beribdi. Gul qalbi sevgi, ishonch va umidga to'la oq harir kiyimida oppoq qor betida turaveribdi, laylakqorlar yog'ganda va izg'irin shamol esganda esa, boshini quyi solibdi.

Adoyi tamom bo'lasan, — deyishibdi unga. — Muzlab qolasan, xazon bo'lasan! Bu yerlarda nimani axtarib yurgan eding? Nega quyosh nuriga ishona qolding? U seni aldadi. Ajab bo'ldi, tentak. Sendaqa yoz xabarchisini qara-yu!

Ahmoq! — deb takrorlabdi gul unga ayozli ohangda.

Yoz xabarchisi! — deb qichqirishibdi bog' ichiga chopqillab kirgan bolalar. — Qaranglar, biram ajoyib, chiroyli. Endigina ochilgan yolg'iz gul ekan!

Ertaklar.uz

06 Aug, 15:26


#audioertak
🎵Nomi: Oyqiz
💾 Hajmi: 3.7 Mb
📮 Yaqinlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

06 Aug, 15:26


#audioertak
🎵Nomi: Ayyor laylak
💾 Hajmi: 4.5 Mb
📮 Yaqinlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

06 Aug, 13:07


#multfilm
🎞: Shumtakalar - 1-qism
🇺🇿: O'zbek tilida
💾: Hajmi: 78,6 Mb
📮 Yaqinlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

06 Aug, 10:07


Dehqon bilan Ayiq ertagi

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir dehqon bo’lgan ekan. Uning uyi o’rmon etagidagi qishloqda ekan. Dehqonning birgina sadoqatli otidan boshqa hech kimi yo’q ekan.
O’rmonda esa bir ayiq yashar ekan. O’sha ayiq kattagina bir to’nkaga o’tirib olib, payraha yulishni yaxshi ko’rar ekan. Ora – chora bo’kirib ashula ham aytarkan.

Bir kuni dehqonbobo sholg’om ekish uchun dalada xirgoyi qilib, yer hayday boshlabdi. Uning ovozini eshitgan ayiq to’nkasini quchog’iga olganicha dala tomon yo’l olibdi. Borib dehqonga o’shqira boshlabdi:

— Hoy chol, nega to’nka o’yinimni buzyapsan? Hozir seni majag’lab tashlayman!

— Unday qilma, ayiqpolvon. Kel, yaxshisi birga sholg’om ekaylik. Hosil yetilgandan so’ng esa menga uning ostki qismi bo’laqolsin, senga esa ustkisi, — debdi dehqon.

— Xo’p, mayli. Faqat o’zing ishla, men esa to’nkamda o’tirib tomosha qilaman.

Kunlar o’taveribdi. Quyosh charaqlab, yerni qizdiribdi. Yomg’ir yog’ib ekinni sug’oribdi. Ularni ko’rib ayiqpolvon xursand bo’lib do’rillabdi:

Hoy, bobodehqon, hosilning ustini yig’ib olish kerak!

Yo’q, ayiqpolvon, hali erta. Kuzgacha kutaylik, — debdi dehqon.

Kuz kelibdi. Sholg’om kattakon bo’libdi. Ayiqpolvon kelib, yana do’rillay boshlabdi:

Hoy, dehqonbobo, hosilni qachon yig’ib olamiz?!

Ana endi vaqti keldi, ayiqpolvon! — javob beribdi dehqonbobo.

Dehqon hosilni yig’ishtira boshlabdi. Ayiqpolvon bo’lsa shu on hoziru nozir bo’libdi – da:

Qani, dehqonbobo, tegishimni ber – chi, — debdi.

Ha, mayli, ayiqpolvon, kelishganimizdek senga usti, menga osti.

Ayiq hosilni taqsimlar ekan, o’zida yo’q xursand bo’libdi. Chunki hosilning usti — bargini o’ziga, yer ostidagi sholg’omni esa dehqonga tutqizibdi. Dehqon sholg’om ortilgan aravani uyiga olib ketibdi. Ayiqpolvon esa qo’lidagi bargdan tishlab ko’rgan ekan, yuzlari tirishib ketibdi. Keyin jahl bilan hamma hosilni otib yuboribdi.

Keyingi yili dehqon bug’doy ekibdi. Bug’doy unibdi. Dehqonbobo bug’doyni o’rish uchun kelsa, ayiq polvon uni poylab turgan ekan.

Hoy, dehqon, mening ulushimni ber, bo’lmasa ezg’ilab tashlayman.

Sen hosilning qaysi qismini olasan, ayiqpolvon? — deb so’rabdi dehqon.

Endi menga hosilning ostini ber, o’zingga esa ustini ola qol, — debdi ayiq.

Dehqon bug’doyni o’rib, aravaga ortibdi. Ayiq polvonga o’zi aytganidek, hosilning osti poyasini qoldiribdi – da, uyiga jo’nabdi.

Ayiq iniga olib kelgan ham poyani chaynab ko’ribdi. Shunday bemaza ekanki! Ayiq alamidan bo’kirib yuboribdi – da, endi hech qachon dehqon bilan sherikchilik qilmaslikka qasam ichibdi.

Dehqonbobo esa uyida bug’doy non bilan choy ichib, mana bunday xirgoyi qilib o’tirganmish:

— Maymunjon – u qo’ziqorin teraman ayiqpolvon o’rmonida. Ayiq bo’lsa o’tirgancha, qotib qolgan to’nkasida.

#ertak
Yaqinlaringizga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

05 Aug, 10:13


#multfilm
🎞: Qunduz amaki qissalari - 1-qism
🇺🇿: O'zbek tilida
💾: Hajmi: 40 Mb
📮 Yaqinlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

09 Dec, 15:39


📺 Mashxur Minionlar multfilmining eng qiziqarli lavhalari jamlanmasi

Eng qiziqarli multfilmlar faqat bizning kanalda
Tarqating👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

08 Dec, 10:54


📺G`aroyib sayohat multfilmi

Kichkintoylar uchun eng ajoyib multfilmlar faqat bizni kanalda.
🎞 O`zbek tilida.
Tarqating👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

07 Dec, 09:53


📺Lezyukov ko'chasidagi mushuk multfilmi

Bolalikning shirin damlarini biz bilan xotirlang.
🎞 O`zbek tilida.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

05 Dec, 15:01


📺Ko`pchiligimiz yoshligimizda maroq bilan tomosha qilgan va olam olam quvonch olgan Qulupnay yomg`iri multfilmi. Bolalikning shirin damlarini biz bilan xotirlang.
🎞 Rus tilida.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

03 Dec, 15:37


Farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan ota-onalar uchun eng foydali va qiziqarli ma`lumotlar jamlangan ilovalar

Birinchilardan bo`lib ko`chirib oling:

Yosh onalarga maslahatlar: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.yosh_onalarga.maslahatlar

Go`daklarni to`g`ri oziqlantirish: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.godaklarni.ovqatlantirish

Bolalar kasalliklari va ularni davolash: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bolalar.kasalliklari

Boshqa ko`plab kasalliklar va ularni davolash usullari haqidagi mobil ilovalar: https://play.google.com/store/apps/developer?id=Tibbiyot

Ushbu foydali ilovalarni yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA

Ertaklar.uz

01 Dec, 14:29


Qo`l mehnati bilan yasalgan telefon ham bolajonlar uchun ajoyib o`yinchoq bo`lishi mumkin. Urinib ko`ring😊
https://t.me/joinchat/AAAAAD_WdUJqHFvNJDW-cA