O‘zJU Andijon boʻlimi @jurnalistlaruyushmasiand Channel on Telegram

O‘zJU Andijon boʻlimi

@jurnalistlaruyushmasiand


O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limining rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100089599550916&mibextid=ZbWKwL

O‘zJU Andijon boʻlimi (Uzbek)

O‘zJU Andijon boʻlimi Telegram kanali - bu Andijon viloyati bo‘yicha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rasmiy sahifasidir. Kanalda eng so‘nggi yangiliklar, tadbirlar, va proyektlar haqida ma'lumotlar mavjud. Jurnalistlik sohasida faol ishlaydigan va yangiliklarga qiziqqanlar uchun bu kanal eng yaxshi manba bo‘lib hisoblanadi. nnUshbu Telegram kanalida Andijon viloyati jurnalistlar uyushmasi faoliyatini yaxshi ko‘rib chiqish va obuna bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning yaninda, kanalda o‘zbek tili bilan jurnalistika sohasi bo‘yicha maqolalar va to‘liq ma'lumotlar ham o‘qib bo‘lishingiz mumkin. nnAgar siz jurnalistlik sohasida yangiliklarga qiziqqan bo‘lsangiz, O‘zJU Andijon boʻlimi Telegram kanaliga obuna bo‘ling va so‘nggi ma'lumotlardan xabardor bo‘ling!

O‘zJU Andijon boʻlimi

07 Dec, 17:23


#tavallud_kun

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими томонидан юбилей ёшини нишонланаётган фахрий журналистларни қутлаш анъанага айланган.

Навбатдаги қутлов билан бўлим раиси М.Артиқова, уюшма аъзолари Фахриддин Ибайдуллаев ва Воҳиджон Тожиддиновлар Балиқчи туманининг Шераличек маҳалласида яшовчи Адҳамжон Комиловни хонадонида бўлдилар.

Устоз журналист 1974 йилда Тошкент Давлат университетининг журналистика факультетини тамомлаган.

Фаолияти давомида "Ўқитувчи" нашриётида бўлим бошлиғи,  Балиқчи тумани "Ғалаба" газетасида бўлим бошлиғи, муҳаррир ўринбосари, муҳаррир вазифасида иш олиб борган.

А. Комиловга Андижон вилоят ҳокимининг фахрий ёрлиғи ва совғаси топширилди.

Устоз эътибор ва эътирофдан миннатдорлигини билдирди.

Kanalga obuna bo‘ling:  @jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

07 Dec, 16:52


Босма ОАВ яшаб қоладими?
Гезеталар орқада қолмоқдами?


Ўзбекистонда хизмат кўрсатган журналист, сенатор Абдусаид Кўчимовнинг “Устозлар нима дейди?..” дастурида билдирган фикрларидан.

🔻 Кўрсатувнинг тўлиқ шаклини Ўзбекистон Журналистлар уюшмасининг "YouTube" платформасида қуйидаги ҳавола орқали кўришингиз мумкин.

📹 Кўрсатув ҳаволаси: https://www.youtube.com/watch?v=taTSGBUhddE

Бизни кузатиб боринг
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

O‘zJU Andijon boʻlimi

07 Dec, 16:47


#jamoatchilik_kengashi

Andijon viloyati IIB huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi


Hisobot yig‘ilishi Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tkazilib, o‘tgan 11 oy davomida jamoatchilik kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, tizimning ochiqligini taʼminlash va ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan salbiy holatlarga tezkor munosabat bildirish kabi masalalar tahlillar asosida muhokama qilindi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan mashaqqatli va zahmatli xizmatlarni xalqimizga yanada taʼsirchan usullarda yetkazish, tizim obro‘sini ko‘taradigan ijtimoiy roliklarni son va sifat jihatdan ko‘paytirish masalalari ham kengash aʼzolari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Hisobot yig‘ilishi turli fikrlar yangi g‘oyalar va takliflarga boy bo‘ldi. Yakunda barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘zJU Andijon boʻlimi

07 Dec, 12:50


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zJU Andijon boʻlimi

06 Dec, 08:33


8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

Ushbu kun munosabati bilan yosh jurnalistlar tomonidan "Mening Konstitutsiyam" deb nomlangan video rolikni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Bizni kuzatishni davom eting
https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

06 Dec, 02:02


#press_tur

Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmamiz tomonidan press-tur tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Press-tur davomida tashkilotning faoliyati, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish jarayonlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport hajmini oshirish bo‘yicha amаlga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Jurnalistlar tashkilotning laboratoriya va eksport shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ishtirokchilar press turda tashkilot faoliyati ochiqligini ta'minlash va keng jamoatchilikni o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirishdir.

Tadbir so‘ngida jurnalistlar va mehmonlar tashkilot faoliyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, bunday ochiq muloqotlar davom ettirilishi zarurligini ta'kidladilar.

O‘zJU Andijon boʻlimi

04 Dec, 14:19


Reportaj janri haqida tushunchalar berildi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi qoshidagi "Yosh jurnalistlar" mahorat maktabining navbatdagi mashg‘uloti reportaj janri mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga ushbu janr mazmun-mohiyati tushuntirildi. Uni qanday tayyorlash, nimalarga ahamiyat berish kerakligi oʻrgatildi.

Mashg‘ulot davomida reportaj janrida olingan videoroliklar qo‘yib berildi va ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi

O‘zJU Andijon boʻlimi

04 Dec, 04:35


Shaxmat-shashka bo'yicha musobaqa tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan andijonlik jurnalistlar sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha o'zaro bellashdi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi

O‘zJU Andijon boʻlimi

03 Dec, 15:11


Журналистлар ўртасида шахмат-шашка мусобақаси ўтказилди

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 32 йиллигига бағишланиб, Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими томонидан ўтказилган эркаклар ўртасидаги шахмат, аёллар ўртасидаги шашка мусобақасида вилоятдаги оммавий ахборот воситалари ходимлари, фахрий журналистлар иштирок этди.

Мусобақа очилишида сўз олганлар янги таҳрирда қабул қилинган Бош Қомусимизнинг мамлакатимиз равнақи, халқимиз ҳаёти, адолатли жамият барпо этишдаги ўрни ва роли ҳақида гапирди.  Бош қомусимизнинг мазмун-моҳияти, аҳамиятини тарғиб этишда журналистлар фаол бўлишлари алоҳида таъкидланди.  

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 32 йиллигига бағишланиб, Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими томонидан ўтказилган эркаклар ўртасидаги шахмат, аёллар ўртасидаги шашка мусобақасида вилоятдаги оммавий ахборот воситалари ходимлари, фахрий журналистлар иштирок этди.

Ф. Убайдуллаев,
З. Умрзоқов (фото),
ЎзА мухбирлари

O‘zJU Andijon boʻlimi

03 Dec, 14:44


Журналистлар шахмат столи атрофида жамланди

Саминжон ҲУСАНОВ
«Халқ сўзи»
.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси кунига бағишланган тадбирлар барча ҳудудларда, ташкилотларда бўлиб ўтмоқда.

Ўзбекистон Журналистлар уюшмасининг Андижон вилояти бўлими томонидан ўтказилган тадбирда Бош қомусимизнинг давлатчилик, ижтимоий-сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ва суд-ҳуқуқ соҳаларини барқарор ривожлантириш учун мустаҳкам замин яратганлиги эътироф этилди.

Тадбир якунида уюшма аъзолари иштирокида шахмат-шашка мусобақаси ўтказилди.

Батафсил: "Халқ сўзи"да

https://xs.uz/uzkr/post/zhurnalistlar-shakhmat-stoli-atrofida-zhamlandi

O‘zJU Andijon boʻlimi

03 Dec, 08:19


Shaxmat-shashka bo'yicha musobaqa tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan andijonlik jurnalistlar sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha o'zaro bellashdi.

Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo'limi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada bir guruh faxriy jurnalistlar bilan bir qatorda yoshlar ham ishtirok etdi.

- Baxslar murosasiz bo'ldi. Aql gimnastikasi bo'yicha o'tkazilayotgan mana shunday musobaqalar hamkasblarimiz bilan uchrashish, fikr almashishga ham ko'mak beradi. - deydi faxriy jurnalist Najmiddin Ikromiy.

Musobaqa so'nggida g'oliblarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi

O‘zJU Andijon boʻlimi

02 Dec, 09:06


Shaxmat-shashka musobaqasiga marhamat!

O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo'limi 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan jurnalistlar o'rtasida shaxmat-shashka musobaqalari o'tkazilmoqda.

Musobaqa 3-dekabr kuni soat 8.30 da Andijon shahridagi Ma'rifat uyida bo'lib o'tadi.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

01 Dec, 16:31


ФОТОРЕПОРТАЖ: Фотожурналистлар семинари самарали ўтди

Россия Федерациясининг ТАСС ахборот агентлиги томонидан фотомухбирлар учун ташкил этилган бир ҳафталик ўқув амалий семинар якунланди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/662768

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

O‘zJU Andijon boʻlimi

18 Nov, 13:22


Bugun Asaka tumani 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻining 33 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviyat soati koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Unda oʻqituvchi va oʻquvchilar, faol ijodkorlar ishtirok etdi.
Ijodkor Abdurashid Ergashev, oʻzining vatan, bayroq, sadoqat haqidagi sheʼrlarini oʻqib, tadbir qatnashchilari olqishiga sazovor boʻldi.
Shuningdek, chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash oʻqituvchisi Muftoxiddin Temirov boshchiligida yuqori sinf oʻquvchilari oʻzlarining qoʻl jangi boʻyicha jangovar chiqishlarini namoyish etdilar.
Ushbu tadbir barcha ustoz va oʻquvchilarga katta maʼnaviy ozuqa berdi, Vatanga muhabbat ruhiyatini singdirdi.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

18 Nov, 12:00


Bugun 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
Ushbu kun munosabati bilan yosh jurnalistlar yurtdoshlarimiz orasida qisqacha so'rovnoma o'tkazdilar.
https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

18 Nov, 08:29


2️⃣-босқич

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ-2” танлови доирасида “Андижондаги энг яхши бошқарма"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 15 декабр куни соат 21.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган бошқарма финал босқичига ўтади.

Финал босқичида журналист, блогер ва ижтимоий тармоқ фаоллари томонидан биринчи ўрин ғолиби аниқлаштирилади.

‼️ Ғолиблар йил сўнггида ўтказиладиган тантанали тақдирлаш маросимида эълон қилинади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

18 Nov, 04:39


2️⃣-босқич

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ-2” танлови доирасида “Андижондаги энг яхши олий таълим муассасаси"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 15 декабр куни соат 21.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган ОТМ финал босқичига ўтади.

Финал босқичида журналист, блогер ва ижтимоий тармоқ фаоллари томонидан биринчи ўрин ғолиби аниқлаштирилади.

‼️ Ғолиблар йил сўнггида ўтказиладиган тантанали тақдирлаш маросимида эълон қилинади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

18 Nov, 04:21


2️⃣-босқич

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ-2” танлови доирасида “Андижондаги энг яхши туман/шаҳар”га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 15 декабр куни соат 21.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган туман/шаҳар финал босқичга ўтади.

Финал босқичида журналист, блогер ва ижтимоий тармоқ фаоллари томонидан биринчи ўрин ғолиби аниқлаштирилади.

‼️ Ғолиблар йил сўнггида ўтказиладиган тантанали тақдирлаш маросимида эълон қилинади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

17 Nov, 16:47


#Bayram_tadbiri

Bugun 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan BuxDUning G'ijduvon tumanida joylashgan o'quv binosida sirtqi va masofaviy ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Jarayonda bo'lim mutaxassisi Mamatkulov Muxammadrasul ishtirok etdi.
https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

17 Nov, 15:48


Миллат байроғи - миллат ғурури

Андижонда 18 ноябрь Ўзбекистон Респубдикаси давлат байроғи қабул қилинган кун тантанали қарши олинмоқда. Янги Андижондаги “Ватанпарвар” боғида байроғимизнинг 33 йиллик шодиёнасига бағишланган тадбир бўлиб ўтди.

Тадбир Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи вилоят кенгаши, Ёшлар ишлари агентлиги бошқармаси ва бошқа фаол ташкилотлар ҳамкорлигида ташкил этилди.

Минглаб ёшлар, ҳарбийлар ва турли соҳа вакиллари ҳарбий оркестр садолари остида миллатимиз ғурури бўлган байроғимизни шарафлаш учун йиғилдилар.

Андижонимизда ушбу байрам кунига бағишланган тантанали тадбирларни ташкил этиш давом этмоқда. Эртага кўплаб фаоллар иштирокида вилоятимиз марказида навбатдаги байрам тадбири бўлиб ўтиши режалаштирилган.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

17 Nov, 15:46


Марказий сайлов комиссияси қарорига кўра:

Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг биринчи мажлиси 18 ноябрь, душанба куни;

Сенатнинг биринчи мажлиси 19 ноябрь, сешанба куни Тошкент шаҳрида чақирилади.

Маълумот ўрнида: одатда Қонунчилик палатаси ва Сенатнинг биринчи мажлисида Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳам иштирок этади.

Шунингдек, биринчи мажлисда Қонунчилик палатаси Спикери ҳамда Сенат Раиси сайланади.

Конституцияга кўра, Сенат Раиси Президент тақдимига биноан сайланади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

14 Nov, 03:16


#қутлов
#таваллуд_кун

Бугун Ўзбекистон Журналистлар ва Ёзувчилар уюшмалари аъзоси, ижодкор Асадулла Мирзаакбаров (Асадуллоҳ) ни таваллуд куни.

Ижодкор 1951 йилда Андижон шаҳрида таваллуд топган. 1975 йили Тошкент давлат университетини, 1985 йили Тошкент халқ хўжалиги институтини, 1991 йили Москва ижтимоий фанлар Академиясини тамомлаган. Узоқ йиллар давлат ва жамоат ташкилотларида турли лавозимларда фаолият юритган.

Унинг “Чароснинг сабоғи ёҳуд садоқатга қайтган қалб”, “Оқибатли одамлар”, ”Оқ капалак ёҳуд муҳаббатга йўғрилган бахт”, “Мен андижонликман”, ”Севги”, “Муҳаббат висолга талпинаверади”, “Нозикниҳолим, қайдасан?”, “Муҳаббатим, сени соғиндим”, "Ўша-ўшаман", "Васваса" каби китоблари нашр қилинган.

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими Асадулла Мирзаакбаровни таваллуд айёми билан қутлаб, унга сиҳат-саломатлик, узоқ умр, ижодий ва касбий фаолиятида улкан муваффақиятлар тилайди.

O‘zJU Andijon boʻlimi

13 Nov, 17:42


#yosh_jurnalistlar_mahorat_maktabi

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими қошидаги “Ёш журналистлар маҳорат мактаби”даги навбатдаги машғулот “Нотиқлик санъати, омма олдида чиқиш кўникмаси” мавзусида бўлиб ўтди.

“Дийдор” радиосининг муҳаррири, радиожурналист Бахтиёр Мўминов олиб машғулотда ёшлар учун ижтимоий тармоқларда медиамаданият, тақдимот қилиш, ўз фикр-мулоҳазаларини аниқ ва равон етказиб бериш борасида маъруза қилди. Мазкур машғулотда ёшлар ўзаро мулоқот ва минбардан туриб гапириш маданиятини оширишга қаратилди.

Машғулот машқлар ва иштирокчилар билан ўзаро суҳбатлар орқали қизиқарли ўтди. Тингловчилар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.

O‘zJU Andijon boʻlimi

13 Nov, 13:23


#қутлов
#таваллуд_кун

Бугун Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси аъзоси Алижон Асқаровнинг таваллуд куни.

Алижон Асқаров 1950 йил 13 ноябрь куни Жалақудуқ туманида туғилган. 1972 йили Тошкент Давлат университетининг журналистика факулътетини тамомлаган.

Меҳнат фаолиятини 1972 йили Андижон вилояти Пахтаобод тумани “Давр садоси” газетасида мухбирликдан бошлаб, бўлим мудири, муҳаррир ўринбосари ва муҳаррир лавозимларида фаолият юритган.

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими Алижон Асқаровни таваллуд айёми билан қутлаб, унга сиҳат-саломатлик, узоқ умр, ижодий ва касбий фаолиятида улкан муваффақиятлар тилайди.

O‘zJU Andijon boʻlimi

13 Nov, 13:14


Бугуннинг гапи

Нега болаларни мобил телефондан асрамаяпмиз?

Қўл телефонларининг инсон саломатлигига, айниқса, ёш болаларга қанчалик зарар эканини олимлар, соҳа мутахассислари айтишмоқда. Ёш оналарни бу хавфдан огоҳлантиряпти. Замонавий мобил телефонлар болалар учун ўйинчоқ ёки овуниш воситаси эмаслиги уқтириляпти. Бироқ кўча-кўйда ҳолатнинг батамом аксига дуч келяпмиз.

Таксида кетяпман. Ёнимда икки нафар ёш она ўтирибди, бирида икки нафар, иккинчисида бир нафар гўдак бор. Машина бироз юргач, она қўлидаги бола инжиқлик қила бошлади. Ёш она тезда қўл телефонининг экранини очиб, боланинг қўлига берди. Бола ундаги мултфилмга озгина қарагач, яна инжиқлик қила бошлади. Бу ҳолат бир неча бор такрорлангач: “Болага нега ҳадеб телефонни кўрсатаверасиз, у буни хоҳламаяпти-ку?”, дедим. Аёл: “Йўқ, ундай эмас. Болам ўзининг мултфилмини кўрмоқчи бўляпти.

🖥  Батафсил: Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin)

Бизни кузатиб боринг
Telegram| Instagram |Facebook

O‘zJU Andijon boʻlimi

13 Nov, 13:13


#Интервью

📹 Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси раиси в.б. Холмурод Салимовнинг Гулистон шаҳридаги Ҳалима Худойбердиева номли болалар ижод мактабида "Китобсевар миллат" шиори остида бўлиб ўтган тадбирда берган интервьюсидан.

Бизни кузатиб боринг
Telegram | YouTube | Instagram |Facebook

O‘zJU Andijon boʻlimi

13 Nov, 12:59


#қутлов
#таваллуд_кун

Бугун Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси аъзоси Зумрадхон Абдуллаеванинг таваллуд куни.

Зумрадхон Абдуллаева 1960 йил 13 ноябрь куни Қирғизистон Республикасининг Ўш вилояти Ўш шаҳрида туғилган.
1983 йилда Тошкент Давлат университетининг журналистика факулътетини тамомлаган.

Меҳнат фаолиятини 1983 йили Андижон вилояти Олтинкўл тумани “Олтинкўл” газетасида мухбирликдан бошлаб, бўлим мудири, муҳаррир ўринбосари лавозимларида фаолият юритган. 2005-2014 йилларда вилоят хотин-қизлар нашри “Иқбол” газетасида мухбир, масъул котиб, муҳаррир ўринбосари вазифаларида ишлаган.

2006-йилда “Атиргул” Республика танловида фахрли 1-ўринни эгаллаган.

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими Зумрадхон Абдуллаевани таваллуд айёми билан қутлаб, унга сиҳат-саломатлик, узоқ умр, ижодий ва касбий фаолиятида улкан муваффақиятлар тилайди.

Видеолавҳа З.Абдуллаеванинг қизи Юлдузой томонидан тайёрланган.

O‘zJU Andijon boʻlimi

13 Nov, 04:36


Азиз ҳамкасблар!

Вилоятдаги босма ва электрон нашрлар, шаҳар ва туман газеталари муҳаррирлари, радио ва телекомпаниялар раҳбарлари ҳамда матбуот котиблари!

«Ҳуррият» газетасига 2025 йил учун обуна бўлдингизми?!

Газетанинг обуна индекси 123.

Почта алоқа боғламалари ҳамда «Матбуот тарқатувчи» АЖ орқали обуна бўлиш мумкинлигини яхши биласиз.

Газетанинг келгуси йилги мундарижасида айнан сизнинг иш фаолиятингиз таҳлили ҳам бор.

Обуна бўлишга шошилинг?!

O‘zJU Andijon boʻlimi

11 Nov, 14:32


#Ҳуррият_газетаси

ГАЗЕТАЛАР ҚАЧОН БЕПУЛ ТАРҚАТИЛАДИ?

“Янги Сирдарё” газетаси чин мухлислари учун шундай ташаббус билан чиқди

 
 
Озиқ-овқат дўконига кирдим. “Оқ қанд борми?” — сўрайман сотувчи опадан. У бўлса жим. Ҳайрон бўлиб қарасам, опа ҳайрат нигоҳлари билан қўлимдаги газеталарга тикилиб сўради.
 
— Қўлингиздаги қандай газеталар?
 
— Буларми, “Янги Сирдарё” ва “Hurriyat” газеталари. Ўқисангиз бераман, — дедим-да жавобини кутмасдан “Янги Сирдарё” газетасининг 3-4 та нусхасидан тутқаздим. — “Hurriyat”дан бера олмайман. Ўзи бир нусха.
 
— Қанча бўлади буларнинг нархи?
 
— Ҳеч қанча. Ўқийман деганларга текин.
 
— Ростданми? — сўради ишонқирамай у.
 
— Ростдан.
 
— Бу газеталар ҳали ҳам нашр этиляптими? Анчадан бери кўрмагандим. Мен республика ва вилоятимиз нашрларини мунтазам ўқиб, кузатиб борар эдим. Уларнинг ҳали ҳам нашр этилаётганидан бехабар эканман.


Батафсил: Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin)

O‘zJU Andijon boʻlimi

10 Nov, 08:58


‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида “Андижондаги энг фаол ҳоким"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 15 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 8 та энг кўп овоз тўплаган ҳоким иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

08 Nov, 09:30


#ELON

📣Андижон вилояти телерадиокомпанияси тақдим этади.
Янги истеъдодлар қидирилмоқда!

⚡️Эътиборингизга янги истеъдодлиларни кашф этиш ва уларга катта саҳнага йўл очиш мақсадида ташкил этилган махсус телешоуни тақдим этамиз. Агар сиз ўзига хос маҳорат ёки истеъдодга эга бўлсангиз бизнинг телешоуда иштирок этиш ва катта омма олдида ўз истеъдодингизни намоён қилиш имкониятини қўлдан бой берманг. Катта мукофотлар ва омма эътиборини қўлга киритинг!
Тез орада эълон қилинадиган танлов шаклини тўлдириб рўйхатдан ўтинг ва кастингда қатнашинг.
Бизнинг телеграмм манзилимиз: @istedod_show
⭐️Истеъдод шоуда юлдузга айланинг!


https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

07 Nov, 06:30


Бугун Халқ депутатлари Андижон вилояти кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.

Унда вилоят ҳудудий сайлов комиссияси раиси Баҳтиёржон Расуловнинг жорий йил 27 октябрь санасида бўлиб ўтган сайлов якунлари тўғрисидаги ахбороти тингланди.

Сессия иши давомида депутат Ўктамжон Ахунов халқ депутатлари Андижон вилояти кенгаши раиси этиб сайланди.

Шунингдек, сессияда халқ депутатлари Андижон вилояти кенгашига сайланган депутатларнинг  партия гуруҳлари рўйхатдан ўтказилиб, вилоят кенгаши регламенти ва доимий комиссиялар тўғрисидаги низом тасдиқланди.

Маслаҳатлашувда Андижон вилояти ҳокими лавозимига Президент томонидан Абдураҳмонов Шуҳратбек Қўшақбоевич номзоди кўрсатилганлиги билдирилди.

Халқ депутатлари Андижон вилояти кенгаши қарорига мувофиқ, Абдураҳмонов Шуҳратбек Қўшақбоевич Андижон вилояти ҳокими лавозимига тасдиқланди.

O‘zJU Andijon boʻlimi

07 Nov, 05:10


#faxriy_jurnalistlar_eʼtibor_va_eʼzozda
#fotolavha

FAXRIY JURNALIST G'ULOMIDDIN ESHONOV HOLIDAN XABAR OLINDI

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo'limi tomonidan faxriylarni holidan xabar olib, yo'qlash an'anaga aylangan. Bu galgi yo'qlovda O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi G'ulomjon Eshonov holidan xabar olindi.

Ustoz 86 yoshni qarshilagani bois xonadoniga Buloqboshi tumani tibbiyot bo'limi oilaviy shifokor bo'limi boshlig'i Sayyoraxon Do'stmatova, tez tibbiy yordam shifokori Bunyodbek Isaqov, oilaviy shifokor hamshirasi Oydin Egamova va tez tibbiy yordam hamshirasi Xayitxon Abduraimovalar bilan birga bordik.

Shifokor va tibbiyot xodimlari qon bosimi va saturatsiyani o'lchadi va o'pka holatini tekshirdi. EKG apparatida tekshiruvdan o'tkazib bo'lgach, natijalarga ko'ra zarur muolajalar uchun dori-darmonlar yozib berdilar va zarur mashqlarni qanday bajarish kerakligini o'rgatdi.

-Tezda-tezda kelib dadamni yo'qlab, holidan xabar olib turganinglar uchun oilamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bugun kelgan shifokor va tibbiyot xodimlariga ham rahmat. Ancha foydali bo'ldi. Dori-darmonlarni olib, zarur mashqlarni qildiramiz. – dedi ustozning o'g'li Zafarbek.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

07 Nov, 05:01


#faxriy_jurnalistlar_eʼtibor_va_eʼzozda
#fotolavha

FAXRIY JURNALIST G'ULOMIDDIN ESHONOV HOLIDAN XABAR OLINDI

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

06 Nov, 18:02


#yosh_jurnalistlar_mahorat_maktabi

НАВБАТДАГИ МАШҒУЛОТ “ТАРАҚҚИЁТ” ТЕЛЕВИДЕНИЕСИДА ЎТКАЗИЛДИ

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими қошидаги “Ёш журналистлар” маҳорат мактабининг навбатдаги машғулоти
Андижон вилоятидаги “Тараққиёт” телевидениесида бўлиб ўтди.

Ўқувчилар дастлаб, телевидениенинг эфирга узатиш, кўрсатув ва информацион дастурлари монтаж хоналари, телестудияда бўлишди. Тингловчилар кўрсатув тайёрлаш жараёнлари билан танишдилар.

Тренер Абдували Қурбонов телевидениега хабар, лавҳа, репортаж каби жанрларда кўрсатувлар тайёрлашнинг ўзига хос жиҳатлари ҳақида тушунча бериб ўтди.

Телевидение бош муҳаррири ўринбосари Мавлуда Аҳмедова
тингловчиларнинг қизиқтирган саволларига жавоб берди.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

06 Nov, 12:03


#Davra_suhbati
Buloqboshi tuman Axborot kutubxona markazida faol kitobxonlar bilan "Kitob o‘qish madaniyati" mavzusida davra suhbati bo'lib o‘tdi.

Suhbatda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a‘zosi Umida Egamberdiyeva ishtirok etdi va kitobxonlarga qiziq bo'lgan savollarga javob berdi.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

05 Nov, 15:27


Медиа амалдорлар манфаати тўқнашадиган майдон бўлмаслиги керак

Ўзбекистондаги кейинги вақтларда медиада бўлаётган жараёнларни кузатиб, бир воқеа эсимга тушди. Ироқ урушидан олдин америкалик журналистлар бу жойда биологик қурол борлиги ҳақида ишонч билан ёзишарди. Уруш бошланиб, Америка ҳарбийлари мамлакатга кирганидан кейин, Ироқда биологик қурол топилмайди. Шундан сўнг журналистлар «Биз ҳукуматга ишонган эдик», деб кечирим сўраб чиқишади. Гап шундаки, уларга шундай «ишончли» маълумотлар, шундай интервьюлар тақдим этиладики ҳатто манаман деган фактчекерларам уларга ишонади. Журналистларам шундай ишонч билан уларни ёритади. Ўшанда журналистларниям айби бўлган, лекин нормал медиа журналистларни эмас,  буюртмачини қоралади....

Кўпинча журналистлар билан бизда ҳам деярли шундай ҳол юз беради. Жуда зўр қилиб жойлар кўрсатилади, ҳатто интервью берувчилар ҳам шундай ишонч билан гапиради, исботлар берилади... Журналист уни ёзади. Энг ёмони журналистик «солидарност» бир четга сурилиб, ҳамма ҳамкасбимизни ёмонлашга ўтади. Асосий айбдорлар эса бир четда томоша кўриб ўтиришади. Қарға-қарғани кўзини чўқимайди дейишади, лекин журналист ва блогерлар бир бирини кўзини чўқийверади...

Ўзим давлат каналида ишлаб, кўп гувоҳ бўламан. Одамлар микрофондаги ёзувга қараб тусланишади. Икки хил микрофон тутган одам сифатида айтаман, бир одам мени ўзимга ҳам икки хил интервью беради. Мен куламан. Шунчалик ўзгарувчан одамлар. Лекин айбдор доим микрофон тутувчи бўлади, унга гапирувчимас, бу материални буюртмачисинимас.

Аввалроқ Ортиқхўжаевдан интервью олган гуруҳни роса гапиришганди, Нега фалон саволни бермади, нега тугун саволни бермади деб. Ёки бошқаларни қўрқоқликда айблаган гуруҳни ўзи подкастига Энергетика вазирини чақириб, фақат ислоҳотлардан гаплашди, деб бошқа блогер журналистларни ўзи қоралаб чиқди. Наҳотки бу каби раҳбарлар махсус интервьюларни фақат олдиндан саволларни кўрсатиб олиш шарти билан бериши сир бўлса??? Менимча, йўқ.

Одатда ўзбек медиасини кузатиб, ҳукуматдаги кайфиятни ҳам баҳолайман. Кимнидир оммавий қоралов кампанияси бошландими ё у қаергадир номзод бўлади, ё кимнидир «думини босиб олган бўлади».

Масалан, бир неча кундан бери Қудратхўжани қоралов кампаниясига старт берилди. Ҳатто рус тилигаям таржима қилиб, олдинги материалларниям эслатишаяпти. Мен ўйладимки, у қайсидир лавозимга тавсия этилишидан қўрққан кимдир бунга ишора берган.
Шунчаки манипуляциялар қурбони бўлмайлик, дейманда..

Бугун Ўзбекистондаги бир-бирига қарши гуруҳлар ОАВдан жуда устомонлик билан фойдаланаяпти, жабрини эса касбимиз кўради. Одамлар журналистларга ишонмай қўйишади... Ҳозирам ишонишмаяпти ўзи...

@jurnalistikauzbek

O‘zJU Andijon boʻlimi

05 Nov, 15:07


АНДИЖОНДА ФУТБОЛ БАЙРАМИ (ФОТОРЕПОРТАЖ)
Андижонда «Андижон» футбол клубининг 60 йиллиги муносабати билан қатор тадбирлар белгиланган эди. Жумладан, бугун “Бобур-арена”да “Андижон” футбол клуби фахрийлари ҳамда Ўзбекистон фахрийлар терма жамоалари ўртасида ўртоқлик учрашуви бўлиб ўтди.

O‘zJU Andijon boʻlimi

31 Oct, 11:09


#davra_suhbati

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo'limi qoshidagi “Teleradio jurnalistlar Kengashi tomonidan O'zMTRKning “Andijon” telekanalida “Jurnalistning kasb majburiyati” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda telejurnalistlar ishtirok etdi. O'zMTRKning “Andijon” telekanali direktori Abbosbek Isroilov “O'zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi”ga alohida to'xtalib o'tdi. Ushbu kodeks jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari o'z kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart bo'lgan ma'naviy-axloqiy yo'nalishlarni belgilashini ta'kidladi.

So'ng tajribali telejurnalistlar Feruzaxon Siddiqova va Mohigul Otamirzaevalar ham o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

30 Oct, 12:15


#yosh_jurnalistlar_mahorat_maktabi

Bugun O'zbekiston Jurnalistlari uyushmasi Andijon viloyat bo'limi qoshidagi "Yosh jurnalistlar mahorat maktabi" tinglovchilari uchun navbatdagi mashg'ulot bo'lib o'tdi.
O'ttizga yaqin yoshlar ishtirok etgan mashg'ulotni Abduvali Qurbonov olib bordi va tinglovchilarga xabar qanday yozilishi haqida so'z yuritdi.

"Xabar qanday yozilishi, jurnalist uchun tezkorlik birinchi o'rinda ekanligi va albatta jurnalist hamisha betaraf, xolis bo'lishi kerak ekanligini o'rgandim.
Mashg'ulotlar qizg'in va o'zgacha tarzda bo'lib o'tmoqda.
Ushbu kursni tamomlab teleradio sohasida o'zimni sinab ko'rmoqchiman" -deydi to'garak tinglovchisi Ismoilov Davlatbek.

Biz ham barcha jurnalistikaga qadam qo'yayotgan yoshlarimizga omad, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

30 Oct, 07:37


Joriy yilning 28 oktyabr kuni Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Oʻzbekiston xalq diplomatiyasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusida I Xalqaro xalq diplomatlari kongressi tashkil etildi.
Mazkur xalqaro tadbirda 12 ta davlatdan 20 dan ortiq mehmonlar, 100 dan ortiq ekspertlar, olimlar, ilm-fan, sanʼat, sport sohasi vakillari bir joyda jam boʻlishdi. Unda andijonlik ijodkor Abdurashid Ergashev ham ishtirok etdi. Tadbir davomida xalq diplomatiyasi sohasida davlatlararo va mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash, hamda fuqarolik jamiyatining oʻzaro hamkorligi yuzasidan qizgʻin tajriba va fikr almashildi.

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

29 Oct, 13:17


⚡️⚡️ УЮШМАНИНГ ЯНГИ ЛОЙИҲАСИ
“Олтин қаламли журналистлар” китобининг илк-намуна нусхаси нашрдан чиқди


🔹 Ўзбекистон Журналистлар уюшмасининг яна бир янги лойиҳаси – “Олтин қаламли журналистлар” китобининг илк намуна нусхаси нашрдан чиқди.

Ушбу китобга 50 нафарга яқин устоз журналистларнинг айни кунда матбуотимизда камайиб кетаётган фельетон, очерк, журналистик суриштирув, эссе каби 8 та журналистик жанр бўйича энг сара материаллари киритилган.

Шунингдек, тўпламдан фотожурналистика йўналиши жанрлари бўйича тажрибали фотожурналистларимиз – Абдуғани Жума, Алимурод Мамадаминов, Анвар Илёсов, Ҳамдам Шораҳмедов, ёшлардан Ҳасан Пайдоев, Ҳусниддин Ато, Холида Мусурмонова, Эъзоза Умрзоқова ва бошқаларнинг ажойиб, турли ракурслардан олинган суратлари ўрин олган.

🖥  Батафсил: Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin)

Бизни кузатиб боринг
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

O‘zJU Andijon boʻlimi

29 Oct, 13:14


#Ustozlar_fikri

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, faxriy jurnalist Vosit Ahmatning bugungi kun jurnalistikasi haqidagi fikrlari va yosh jurnalistlarga o'gitlari

https://t.me/jurnalistlaruyushmasiand

O‘zJU Andijon boʻlimi

29 Oct, 05:32


⚡️“Медиа соҳа 7 кун ичида”: (21 - 27 октябрь)

Ўтган ҳафта давомида медиа соҳада рўй берган айрим воқеа-ҳодисалар ҳақида видеошарҳ

🔺 Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси
Aхборот хизмати


Бизни кузатиб боринг
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

O‘zJU Andijon boʻlimi

28 Oct, 13:39


‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида “Андижондаги энг фаол туман/шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғига”га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 20 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 8 та энг кўп овоз тўплаган туман/шаҳар бўлими бошлиғи иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

27 Oct, 11:55


Андижон туманидаги йилнинг энг яхши МФЙга овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши тиббиёт МФЙ"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 21 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган МФЙ иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

27 Oct, 11:54


Андижон шаҳридаги йилнинг энг яхши МФЙга овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши тиббиёт МФЙ"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 21 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган МФЙ иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

24 Oct, 13:02


#туғилган_кун

Бугун Ўзбекистон Ёзувилар уюшмаси Андижон вилоят бўлими раҳбари Хуршида Ваҳобжон қизининг таваллуд айёми!

Хуршида Ваҳобжон қизи 1967 йилда туғилган. 1990 йилда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетини тамомлаган.

Унинг «Алдамчи тонглар» номли илк шеърий китоби 1998 йилда «Ёзувчи» нашриётида чоп этилган. Шунингдек, у «Сиғмагай жисмим жаҳонга», «Изҳор», «Тажалли», «Самойинур» китобларининг муаллифи. Публицистик асарлари турли жамоа тўпламларида, газета ва журналларда эълон қилинган. 2019 йилда “Янги тонг» номли шеърий тўплами «Ўзбекистон» нашриётида чоп этилди .

У 2005 йилдан буён Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасининг Андижон вилоят бўлимини бошқариб келмоқда. “Бобур издошлари” номли адабий тўгарак раҳбари.

2012 йилда Президент фармонига асосан "Шуҳрат" медали билан тақдирланган.

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими Хуршида Ваҳобжон қизини таваллуд айёми билан қутлаб, унга сиҳат-саломатлик, узоқ умр, ижодий ва касбий фаолиятида улкан муваффақиятлар тилайди.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 18:07


#ёш_журналистлар_маҳорат_мактаби

“ЭНГ ЯХШИ ХАБАР МУАЛЛИФИ” АНИҚЛАНДИ

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими қошидаги “Ёш журналистлар маҳорат мактаби”да навбатдаги машғулот ана шу мавзуда бўлиб ўтди.

“Мобиль журналистика курси тренери Абдували Қурбонов олиб борган машғулот аввалида тингловчиларнинг Абдулҳамид Чўлпон уй-музейи ҳақида ёзган хабарлари таҳлил қилинди.

Таҳлилдан сўнг энг яхши ёзилган хабар аниқланди ва Севинчой Валиева “Энг яхши ёзилган хабар муаллифи” дея эътироф этилди ва эсдалик совғаси билан тақдирланди.

Машғулот давомида хабар жанри ва уни ёзишда қандай жиҳатларга аҳамият қаратиш кераклиги ҳақида гапирилди.

Сўнг тингловчилар ўзларини қизиқтирган саволларига жавоблар олди.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 17:50


“БУЮК ИПАК ЙЎЛИ” ҒОЯСИ ТАРҒИБОТЧИЛАРИ ТАҚДИРЛАНДИ

2016 йилдан буён Хитой медиакорпорацияси ва Пекин шаҳри халқ ҳукуматининг Матбуот концелярияси ҳамкорликда Буюк ипак йўли ғоясининг энг фаол тарғиботчиси бўлган ўн нафар хорижий журналистларни тақдирлаб келади.

Бу йил ҳам анъанани давом эттириб, Пекинга дунёнинг 30 дан зиёд мамлакатларидан келган журналистлари ичидан ўн нафарини “Буюк ипак йўлининг танилган медиа-арбоби” деб эълон қилишди ва тегишли сертификат ҳамда мукофотлар тақдим этилди. Улар орасида Ўзбекистон Миллий ахборот Агентлиги мухбири Муҳаммаджон Обидов ҳам шундай мукофот билан тақдирланди.

Тантанада тақдирланган журналистлар номлари “Буюк ипак йўли” фахрий китобидан жой олиши таъкидланди.

Устоз журналист Маҳаммаджон ака Обидовни юксак мукофот билан қутлаймиз!

Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 11:51


Андижон шаҳридаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 11:41


Андижон туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 11:24


Шаҳрихон туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 11:13


Улуғнор туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 10:53


Пахтаобод туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 07:52


Қўрғонтепа туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️
“АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 07:50


Жалақудуқ туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️
“АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 07:43


Булоқбоши туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️
“АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 07:38


Балиқчи туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️
“АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 07:25


Бўстон туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️
“АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 06:28


Олтинкўл туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️
“АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 05:38


Марҳамат туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️
“АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.

O‘zJU Andijon boʻlimi

23 Oct, 05:12


Избоскан туманидаги йилнинг энг яхши мактабига овоз беринг!

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ” 2-танлови доирасида "Андижондаги энг яхши мактаб"га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 16 ноябр куни соат 17.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган мактаб иккинчи босқичга ўтади.