Микрофон Ашуровда @mikrofon_ashurovda Channel on Telegram

Микрофон Ашуровда

@mikrofon_ashurovda


Рустам Ашуровнинг ўта субъектив фикрлари

Микрофон Ашуровда (Uzbek)

Микрофон Ашуровда телеграм канали - буюк муаммоларга ўз муҳокамалари ва фикрлари билан ўта юлдузга эга Рустам Ашуровнинг контентини ёзиб боради. Бу каналда мавжуд материалларда Рустам Ашуров шахсий жудони сақлаб қолиши орқали энг сўзсиз мухаллиф масалалар билан ўзини тақдирлайди. Ўзбекистон ҳамда дунёдаги сирли ва маҳсус масалаларга табриқлар билиш учун 'Микрофон Ашуровда' каналига хуш келибсиз. Рустам Ашуровнинг ўта субъектив фикрлари билан танишган бўлиб, унинг берган сўзларини ва мулоҳазаларини кўриб чиқингиз. Шу канал орқали озингизни тезкин вақтда янги маълумотлар билан танглаб боринг ва жадал ўз бошқариш кўнгилларига амалга оширинг. Микрофон Ашуровда - сизни замонавий фикрлар билан тантанишга ёрдам беради. Бирга янги маълумотларга эга бўлишга тегишли каналга алоқани кўрсатинг ва сизга пахталик кўнгилларга эга бўлишингиз мумкин бўлади.

Микрофон Ашуровда

06 Jan, 12:42


Мана бу мақола одамни эсанкиратиб қўяди. Мақолада номзодлар илмий даражасини олиш қай даражада бўлиб кетгани ҳақида сўз боради. Масъуллар ҳолатга изоҳ бериши, чора кўриши керак. Бу бутун Ўзбекистон фан оламини шубҳа остига олади. Дунё миқёсида жуда катта обрўсизланишимиз турган гап.

Агар мақоладаги гаплар рост бўлса, бу ишлар ортида жуда катта илм "мафияси" ва соққа ётибди. Соққанинг энг охирги нуқтаси жуда катта ташкилотга бориши турган гап. Президент Мирзиёев ҳолатга реакция билдириши керак. Махсус ишчи гуруҳ тузилиб, охирги йилларда доктор унвонини олган ҳамма плагиат ва бошқаларга бошқатдан текширувдан ўтказилиши лозим. Қайтараман, ҳамма.

Ўзи твиттерда "PhD олдим, урраа" деганларнинг айримлари аҳволиниям кўрдим, гап-сўзлари, фикрларини кузатдим. Жуда бир умумий гаплар гапиради, фикрларидан илмнинг "ҳиди" умуман келмайди, ўта содда ечимлар берадиганлари (ҳатто соҳаси бўлса ҳам) кўп. Булар қандай PhD олдикан деворасан беихтиёр. Нетга кирмайдиганлари қанча экан? Ноҳақ олганларичи?

Мақола

👉 @Zafarbek_Solijonov

Микрофон Ашуровда

06 Jan, 12:36


Oʻzbek ilm-fanida feyk ilmiy darajalar va sharlatan olimlar bilan bogʻliq sharmandali ahvolga birinchi boʻlib oʻzbek ilmiy hamjamiyati reaksiya bildirishi kerak edi. Ilmiy hamjamiyat oʻzini oʻzi iflosliklardan tozalay olish hususiyatiga ega boʻlishi kerak.

Oyina nashri tayyorlagan ushbu maqolani shu tozalanish yoʻlida birinchi qadam deb bilaman.

Oʻzbekistondagi barcha ziyolilar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutida ilm-fanni bulgʻashga qaratilgan aqlga sigʻmas darajadagi ishlarga reaksiya qilishi shart. Maqola bilan albatta tanishing

https://oyina.uz/uz/article/2391

Микрофон Ашуровда

29 Dec, 07:31


Fankastning navbatdagi mehmoni – Mexanika va inshootlarning mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori Ne’matillo Nishonov bo’ldi.

Mutaxassis bilan birgalikda biz yangi qurilayotgan binolarning seysmik mustahkamligi mavzusiga to’xtaldik. Shu bilan birga qaysi turdagi turar-joy binolari konstruksiyalari bugungi kunda zilzilalarga eng chidamli ekanligi, zilzilaviy huhudlar, binolarning zilzilabardoshligini sinab ko’rish va ularda zilzila ta’sirini kamaytirish, shuningdek zilzilabardosh innovatsiyalar qurilish industriyasining kelajagiga qanday ta'sir qilishini muhokama qildik.

Videoning to’liq shakli ushbu havolada
https://youtu.be/ZalYusi_CZI?si=5_sbWVsHA2jNMS9s

Микрофон Ашуровда

07 Oct, 05:59


Ботаника боғи бизнес "нишонида".

Пойтахга космосдан назар ташласангиз, булутсиз моментда айрим кичик яшил қопламали масканларга кўзингиз тушади.

Бу атрофга нисбатан умумий "оқариб" ётган пойтахтнинг атиги 10 %, ана яна борса 12 % ини ташкил этувчи яшил фитомассали "пойтахт ўпкалари" бўлиб, ҳозиргача бизнес яқинлаштирилмаган, ноёб яшил архитектура масканларимиздан бири зич дарахтли боғ ҳудудларимиздир.

Масалан, шундай боғлардан бири "Ботаника боғи"да бир нечта экотадбирлар, кинолар учун клиплар ҳам олинган. Шовқинсиз, қандайдир атракцион қурилмаларидан ҳоли, сокин дам олиш ҳудуди бўлган "Ботаника боғи" ҳам энди "бинес нишонига" айланиши кутилмоқда.

Экофаол, жонкуяр собиқ депутат Расул Кушербаевнинг ёзишича: "Давактив агентлиги ишлаб чиққан Ҳукумат қарори лойиҳасида Ўзбекистондаги барча истироҳат боғлари ҳокимликлар ҳузурида тузиладиган "Истироҳат боғларини бошқариш дирекцияси"га ўтказилади.

Дирекциялар истироҳат боғларида савдо, пуллик хизмат кўрсатиш, объект ва ер участкаларини ижарага бериш ваколатига эга бўлмоқда.

Лойиҳа муаллифлари шу баҳонада Фанлар академиясига қарашли ноёб дарахт, ўсимлик турлари мавжуд, аҳоли тоза ва салқин ҳавоси учун борадиган Тошкентдаги "Ботаника боғи"ни ҳам ҳокимиятларнинг ушбу чўнтак дирекциясига бермоқчи.

Агар боғ ҳокимиятга ўтса, у олимлар қарамоғидаги табиат дунёси объектидан, бизнес объектига айланади."

Фанлар академияси олимлари, илмий тадқиқотчилар, илм аҳли, фаол жамоатчилик бунга ўз муносабат, таклифларингизни билдиринг. Унутманг, сизлар қарор чиқарувчилардан каррасига кўпсизлар ва уларнинг мийясини ўзгартиришга қодирсизлар.

@uzb_meteo

Микрофон Ашуровда

03 Oct, 12:35


Bu yil Attofizikaga berishdi. Attofizika o'zi yaqinda paydo bo'lgan yo'nalish. Unda o'ta tez, atto sekundlarda kechadigan fizik jarayonlar o'rganiladi. Ular asosan atom va molekulalar ichida elektronlarning harakati va energiya o'zgarishlariga qaratilgan
Bunaqa o'ta tez jarayonlarni kuzatish uchun attosekundlik yorug'lik impulslarini generatsiya qilish kerak edi. Aynan shu generatsiya metodi uchun nobel berildi. Bu narsa bizga juda kichik obyektlarda juda tez kechadigan jarayonlar mexanizmini tushunishga yordam beradi.
Pierre Agostini bu sohaning pioneri. Pierre bilan birga Ferenc Krausz va Anne L'Huillier ham laureatlar qatorida. Ferenc attofizikada eng oldi institutlaridan biri Max Plankning kvant optoelektronika institutida direktor ham bo'lgan. Asli fransuz bo'lgan Anne esa Shvedsiyaning Lund Universitetida ishlaydi.
Qizig'i Ferenc Krausz ham huddi kecha meditsinadan nobel olgan Katalin Kariko bali asli Vengeriyalik, ammo boshqa davlatga ko'chib o'tgan.

Микрофон Ашуровда

02 Oct, 12:30


Ikki yil avval Katalin Kariko albatta nobel olishi kerakligi haqida yozgandim. Mana bugun unga nobel topshirishdi

Микрофон Ашуровда

27 Sep, 14:57


Fancastning 9 sonida Marburg universitetining psixologik klinikasining hodimasi Dilbar G`afforova bilan, muhim va afsuski, ko‘pincha tabu bo`lgan mavzu – ruhiy salomatlik haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida ruhiy buzilishlar tashxisi qanday qo‘yilishi, psixologik klinika xodimlari bemorlar bilan muloqot qilishda va ularni davolashda qanday ko‘rsatmalarga amal qilishini bilib oldik.

Dilbar G`afforova o‘zining kasbiy tajribasi va psixologik kasallik odamlar hayotiga qanday ta’sir qilishi va yordam berish uchun qanday resurslar mavjudligi haqida muhim tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi. Biz, shuningdek, nega ruhiy salomatlik jamiyatimizda tabu mavzu bo'lib qolayotgani va stereotiplarni buzish va mavzu bo'yicha ochiq muloqotni targ'ib qilish nega muhimligi haqida to'xtaldik.

Videoga havola: https://youtu.be/Ywsi5oFImCI?si=4JjOAjr59lM9F_KO

Микрофон Ашуровда

14 Aug, 19:28


• Alyuminiy-ion akkumulyatorlaridagi asosiy element hisoblangan alyuminiy, an'anaviy litiy-ion akkumulyatorlaridagi litiyga nisbatan nazariy jihatdan yuqoriroq hajmiy sig'imga ega (Al=8046 mA soat/sm³, Li=2062 mA soat/sm³). Boz ustiga, alyuminiy yer yuzida kislorod va kremniydan keyin uchinchi eng ko'p tarqalgan element va eng keng tarqalgan metal hisoblanadi va litiyga nisbatan ancha ko'proq zahiraga ham ega.

• Aluminum, the primary element utilized in aluminum-ion batteries, boasts a significantly higher theoretical capacity than lithium, which is the primary element in traditional lithium-ion batteries (Al = 8046 mAh/cm³, Li = 2062 mAh/cm³). Additionally, aluminum stands as the third most abundant element following oxygen and silicon and the most abundant metal on Earth's crust. It possesses substantially greater reserves than lithium.

Микрофон Ашуровда

01 Aug, 12:10


AI vs Doctors.

Henry Ford aytganidek, "Qashshoqlik ko'p jihatdan befoyda yukni tashib yurishdan yuzaga keladi. Og'irlik bu kuch emas. Uni kamaytirishimiz kerak". Bu so'zlarning yadrosida ishchi yollashdan ko'ra mashinalardan foydalanishga o'tish ideologiyasi turadi. Mashinalar va AI'dan foydalanish energiya tejash va ko'proq daromad olishning qimmatli yechimidir. Rustam Ashurov aytganidek, AI sabab eksperimental fan ham juda ko'p resursini tejaydi.

Bunga tibbiyot rakursidan qarab ko'rsak, hozirgi AI modellarining tibbiyotdagi o'rni borasida populyatsiya orasida kognitiv dissonanslar kelib chiqishi mumkin. Ya'ni AI shifokorlarga yordamchimi? Yoki kompensator pozitsiyadami? AI informatsiyalarni qabul qiladigan, o'rganadigan, analiz qiladigan, xulosa va prognoz qiladigan sun'iy intellekt dasturi ekanligini hisobga olsak, tibbiyotdagi uning roli ijobiy va kamchiliklaridan ko'ra ustunliklari ko'proq.

AI u bilan ishlashni biladigan shifokorlarga yordam beradi. Bilmaydiganlar esa bu sohada ishsiz qoladi yoki markazdan chetlashishga majbur bo'ladi. Tabiiy tanlanish qonuni shu. AI ham bir yangi tur. U bilan diplomatiya qilolmaydiganlarni shunchaki yutib yuboradi. Javobi shu. Quyida AI tibbiy sohalar kesimida qanday foyda berayotgani haqida uyqodan-buyoqdan o'qigan ba'zi insaytlarim xulosasini keltirib o'tmoqchiman.

Oncology. AI saraton bilan kasallangan bemorlarning qon, rentgen, DNK ma'lumotlarini analiz qildi, kasallikni erta tashxisladi, eng to'g'ri davolash rejasini berdi va o'limni prognoz qila oldi [1]. Saraton bo'yicha AI modellari tibbiyotda inqilobni amalga oshirdi va davom etmoqda [2].

Radiology. AI bemorlarning ma'lumotlarini tahlil qilib 5 yil ichida o'lish yoki o'lmasligini prognoz qila oldi [3]. Radiolog ko'zi bilan ko'ra olmaydigan, tahlil qilolmaydigan, diagnoz qo'yolmaydigan vaziyatlarda AI 3D modeldan foydalanib juda aniq, chuqur va tez analiz qilib, diagnoz qo'ya oldi [4].

Cardiology. AI bemorning EKG, EXO'sidan tortib MRT va qon tomirlar tasvirini o'rganib, yuz berishi mumkin bo'lgan kasalliklarni oldindan aniqladi va profilaktika rejasi bera oldi [5]. Yurak transplantatsiyasi o'tkazishdan avval bemor organizmi, immun tizimi donor yurakni qabul qila oladimi, yo'qmi, AI buni aniq va tez aniqlab bera oldi [6].

Surgery. Laparoskopik va robotlashtirilgan operatsiyalar AI va jarrohlar hamkorligida avvalgidan samarali tarzda o'tkazilmoqda [7]. Sun'iy yurak nafaqat donor topilguncha, balki doimiy ish bajarishi uchun AI bilan sun'iy yurak modellashtirishmoqda [8].

Xullas, sun'iy intellekt tibbiyotning boshqa sohalarida ham shifokorlarga asosan kasallikning diagnostikasi, davolash protsessi va profilaktikasida juda katta yordam berib kelmoqda. Natijada millionlab kasallar sog'ayib, o'lim statistikasi keskin pasaymoqda. AI shifokorlarning ishsizlik foizini oshirishdan ko'ra, ularning og'irini yengillashtirishni boshladi va shunday davom etadi. AI davriga adaptatsiya bo'lolmagan mutahassislar esa bora-bora keraksiz kadrga aylanib boraveradi.

@ceotony

Микрофон Ашуровда

23 Jul, 16:14


Fancastning navbatdagi mehmoni botanik olim akademik Komiljon Tojibaey. O'zbekiston florasi haqida shahsan o'zim bilmagan ko'plab yangliklarni oldim

Podkastning to’liq shakli: https://youtu.be/YI1aVXBpHKc

Микрофон Ашуровда

02 Jul, 07:45


Июль келди. Анъанага кўра сизларга замонавий, дунёвий ва либерал қатламига мансуб ижодкорлар, олимлар ва блогерларнинг каналларини тавсия қиламиз.

Бу сафар форматни бироз ўзгартирдик. Қулайлик бўлиши учун барча каналларни битта линкда тўпладик. Линк орқали барча каналларга аъзо бўлишингиз мумкин. Бирма-бир кўриб, саралаб ҳам аъзо бўлишингиз мумкин, буёғини ўзингиз ҳал қиласиз.

Марҳамат хаволага 👉🏽 босинг

Микрофон Ашуровда

19 Jun, 14:50


Уолтер Айзексоннинг «Код бузар. Женнифер Даудна, ген таҳрирлаш ва инсоният келажаги» китоби «Asaxiy Books» томонидан ўзбек тилида чоп этилди. 
Илмий-оммабоп мавзудаги ушбу  китобнинг ўзбек тилига таржимасини катта ютуқ деса бўлади. 

Китоб Time, The Washington Post, Smithsonian Magazine, Amazon, BookPage, Science News, Bloomberg томонидан энг яхши китоблардан бири сифатида тан олинган бўлиб, Сизни 736 бетлик илм-фан дунёсига қизиқарли ва ҳаяжонли саёҳатга таклиф қилади.

Китобда жамиятимиз учун долзарб бўлган қуйидаги саволларга жавоб излаш мумкин?

• Буюк олим тарбиялаш қанчалик осон?

• АҚШда илмий муҳит қанақа, олимлар ва лабораториялар ўртасида рақобатчи?

• Илмий янгиликлар қандай қилинади?

• Илм-фан ривожи учун нималар қилиш керак?

• Генетика қанчалик катта ютуқларга эришди?

• Ген таҳрирлаш ҳаётимизда нималарни ўзгартиради?

• Сизда бўлажак болангизнинг сочининг ранги, кўзининг ранги, бўйи, мушакларини танлаш имкони бўлса нима қилган бўлар эдингиз? 

• Нобел мукофоти қандай қўлга киритилади?

Ушбу саволларга Нобель мукофоти совриндори Женнифер Даудна ҳаёти мисолида жавоб қидирилган.


Китоб «Халқ банки» билан ҳамкорликда чоп этилган бўлиб, мавзуси ва кўтарилган муаммолар кўлами жиҳатидан ўзбек тилида бутунлай янги контент таклиф қиляпти деб бемалол айтиш мумкин. Китобни тайёрлаш жараёнида таржимон, муҳаррирлар, корректорлар, олимлар ва консультантлардан иборат 30 кишидан ортиқ жамоа ишлаган. 


Бетлари сони: 736 бет (ранглик китоб)
Таржимон: Дилшода Худойназарова
Бош муҳаррир: Хуршид Йўлдошев

Нархи: 89 000 Сўм. 

Харид қилиш: asaxiy.uz/u/6486beb163866

Микрофон Ашуровда

12 Mar, 14:32


Менимча мана бу подкастни кўриш керак.

Физик олим Рустам Ашуровнинг fancast подкастига ташриф буюрган 7 - суҳбатдоши менимча қолган суҳбатдошлардан кўра энг креатив ва мукаммал билим эгаси...

Археолог Фарход Мақсудов Дин ва Фан чегарасидаги кўринмас нуқтани жуда чиройли тушунтиришлар билан очиб бера олган. Фан - ўзгарувчан, тадқиқотчи доим шубҳа билан илмий янгиликка шўнғиши ва уни очиб бериши лозим. Яратилган илмий янгилик макон ва давр ўтиб, бошқа бир тадқиқотчи томонидан ўзгартирилиши мумкин.

Дин эса ваҳий томонидан юборилган илоҳий матн мажмуаси, у ўзгармас. Унинг матнини фан янгиликлари билан солиштириш ва уни "бу динда ёзилган эди" дея аташ дин учун хато! Дин мана шу ерда ўз позициясини йўқотган бўлади. Чунки, фан ўзгарувчан, кейинроқ ўша янгилик дея эътироф этилаётган фан янгилиги замонлар оша сайқаллашади, ўзгаради...

Дин - иймон, ишонч ва у инсоннинг қалбида бўлмоғи лозим. Фан эса олим ва изланувчилар учун шубҳа даражасида қаралиши керак бўлган йўналиш. Шунда тадқиқотчи юксакларга кўтарилади, фан ютуқларга учрайди.

Мазкур фикрлар қачонлардир кимдандир чиқишини кутган эдим. Ўтган даврда ўз сферамда (об-ҳаво соҳасида) фан ва дин ўртасидаги боғлиқликларни тушунтириб беришда шу қадар қийналдимки, баъзида турли доирадаги самарасиз диологлардан зада ҳам бўлиб кетдим. 

Археолог олимларга қулоқ тутиш лозим. Улар ўтмишни тиклаш асосида келгусида барча сфера учун ишончли прогнозларни тақдим эта олишда асосий касб эгалари. Ўтмишсиз келажак йўқ. Ўтмишни эса илмли, идрокли, чуқур тафаккур эгалари археологлар сизга матнини тайёрлаб беради.

Клаус Шваб ўзининг "Тўртинчи саноат инқилоби" асарида архелог ва антропологларни келгусида энг юқори саноат инқилоб даврида ҳам автоматлаштиришга мойиллиги энг кам бўлган касб доирасига қўшган. Демоқчиманки, кейинроқ сунъий интелект ҳам мазкур касб эгалари ўрнини, ишини булар каби қила олмайди.

Кўришни тавсия бераман: https://youtu.be/p-9CYHWtVHc

@uzb_meteo

Микрофон Ашуровда

12 Mar, 10:15


Arxeologiya orqali inson evolyutsiyasi, ilk jamiyatlar, axloq, madaniyat, ilk davlatchilik, dinlarning paydo boʻlishi kabi mavzularda Milliy Arxeologiya Markazi direktori, tarix fanlari doktori Färhåd Maqsud bilan suhbatlashdik.
Videoga link:
https://youtu.be/p-9CYHWtVHc

Микрофон Ашуровда

04 Mar, 07:56


Fancast’ning navbatdagi sonida O’R FA Astronimiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, Professor Bobomurod Ahmedov bilan suhbatlashdik. Disclaimer: Videoda biroz quvnoqlik elementlari bor. To'liq shakli: https://youtu.be/UN_cX1-zygo

Микрофон Ашуровда

09 Feb, 06:56


Бундан 11 йил олдин City Journal'да "30 сонияда миллион киши ҳалок бўлса" номли ажойиб мақола чиққан. Бу мақола ўша йилнинг март ойида Японияда рўй берган Фукусима-1 АЭС авариясига бағишланган бўлишига қарамай, зилзилалар, уларнинг келажакка солаётган хавфи ва бунда коррупциянинг ўрни ҳақида барча даврларга дахлдор фикрлар берилган. Қолаверса, муаллиф – америкалик журналист Клэр Берлинскининг ўзи Истанбулда яшагани туфайли бўлса керак, Туркиянинг бу табиий офатдан азият чекиши мумкинлигига урғу берган. Назаримда, мақолада ўзбекистонликлар учунам кўп фойдали маълумот бор.

Инглиз тилини билмаганлар учун асосий тезислар:

- Японияда рўй берган фожиада бинолар йиқилмагани инсониятнинг табиий офат устидан кичик ғалабаси бўлди. Аммо ҳамма жойда ҳам бинолар бундай бақувват қурилмайди. Хусусан, Япониянинг ўзида ҳам 1995 йилда Кобе шаҳрида рўй берган, 200 минг бинони қулатган зилзиладан сўнг қурилишларга алоҳида эътибор бериш, янги технологияларни ишлатиш бошланган (жумладан, кўприклар тагига резина блоклари ўрнатилган, домино эффектидан қочиш учун бинолар бир-биридан узоқ жойлаштирилган);

- "Зилзилалар одатда уларга қарши курашишга пули йўқ давлатларда рўй беради" деган қараш бор. Аслида зилзилалар фожиага айланганидагина диққатимизни тортади, бундай фожиалар эса аҳоли зич яшайдиган ва сифатсиз қурилган уйлардан иборат катта шаҳарларда рўй беради. 2010 йили Гаити пойтахти Порт-о-Пренсда рўй берган зилзилада 100 минг бино бузилганди. Сан-Франсцискода 1989 йилда рўй берган ундан кучлироқ зилзила эса камроқ эътибор тортганди, чунки бу шаҳарда бинолар сифатлироқ, бақувватроқ қурилган. 2011 йили Янги Зеландиянинг Крайстчёрч шаҳридаги зилзила ҳам кам талафот етказгани боис фожиага айланмаган эди;

- Бир сўз билан айтганда, инсоният ҳалигача зилзилалар хафвидан қутулгани йўқ, шаҳарлашув даражаси ошиши билан бу хавф ҳам ортиб боради. Фан ривожи, сифатли бинолар қурилиши, муҳими, коррупцияга қарши кураш инсониятни бу хатардан сақлаши мумкин;

- Зилзила олдида энг ожиз шаҳарлар қуйидагилардир: Истанбул, Исломобод, Қоҳира, Жакарта, Богота, Каракас, Лима, Манила, Мехико, Теҳрон, Кито, Нью-Деҳли, Дакка. Аслида Токио ва Лос-Анжелес энг сейсмик хавфли нуқталарда жойлашган шаҳарлар ҳисобланади, аммо уларда бинолар сифатли қурилган (айниқса Токиода, Лос-Анжелесга саволлар кўп). Умуман, сифатсиз баланд арзон уйлардан иборат камбағал шаҳар кварталлари зилзила чоғида юз мингларга қабристон бўлиши эҳтимоли юқори. "Умримиз давомида ярим дақиқалик зилзиладан 1 млн одам ўлганини эшитмасак, омадимиз келган бўлади" дейди муаллиф;

- Юқоридагидай бинолар қурилиши ва бетартиб кварталларнинг вужудга келиши коррупция билан боғлиқ. Энг катта қотил зилзиланинг ўзи эмас, балки коррупциядир. 2007 йили иқтисодчи Чарльз Кэнни эълон қилган тадқиқотда қурилиш жаҳон иқтисодиётидаги энг коррупцияга ботган соҳа экани исботланган эди (ўзбекистонликлар буни жуда яхши билади). "Коррупция ўлдиради" деган гап айнан қурилиш соҳасида яққол кўринади;

- Хитойда зилзила бўлса, мактаб ва шифохоналар йиқилади, партия штаб-квартиралари ва амалдорларнинг уйига зарар етмайди. Туркияда қурилиш инспекторлари пудратчилардан ойлик олади, бу эса улкан манфаатлар тўқнашувини келтириб чиқаради. Табиийки, қурувчилар хавфсизликка ортиқча харажат қилишни хоҳламайди, шу боис уларнинг устидан назорат ўрнатувчи мустақил механизмлар керак. Аммо Туркиядаги барча асосий партиялар қурувчи компаниялардан пул олишини инобатга олсак, муаммо жуда жиддий. Бу тизим ўзгариши келажакда юз минглаб одамларнинг ҳаётини сақлаб қолиши мумкин.

@AsanovEldar

Микрофон Ашуровда

16 Nov, 13:30


Fancast’нинг навбатдаги сони иқлим ўзгариши, атмосферик ҳодисалар, антропоген таъсир натижасида она табиат к нуқта т бўлиши, ҳаво ҳароратининг ўлчаш методикалари, экологик муаммолар, климат қуроллари, урбанистика ва экология каби кўплаб иқлим муаммолари ҳақида экан.
Суҳбатни кўриш 👇🏻
https://youtu.be/W6Fv47mx5b8

Микрофон Ашуровда

15 Nov, 13:24


Иқлим ўзгариши, атмосферик ҳодисалар, антропоген таъсир натижасида она табиат к нуқта т бўлиши, ҳаво ҳароратининг ўлчаш методикалари, экологик муаммолар, климат қуроллари, урбанистика ва экология каби кўплаб иқлим муаммолари ҳақида Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти докторанти Эркинжон Aбдулахатов билан суҳбатлашдик

https://youtu.be/W6Fv47mx5b8

Микрофон Ашуровда

11 Nov, 13:15


Ниҳоят Чақ-чақ подкаст қайтди. Қайтганда ҳам урбанистика билан қайтди. Бу жуда долзарб мавзу. 2019 йил Ўзбекистоннинг шаҳарда яшовчи аҳолиси сони қишлоқда яшовчи аҳоли сонидан ошди. Шаҳарларни яшаш учун қанчалик қулай эканлиги эса ҳалиям савол остида. Шаҳарсозликдаги қўпол хатолардан тортиб, яшаш учун учун қулай бўлган шаҳар концепциясигача урбанист Искандар Солиев ва почти урбанист Нозим Сафари сухбат қуришган.
https://youtu.be/O6Ird3IfYV8

Микрофон Ашуровда

06 Nov, 11:43


Туркияда эътироф этилган — "Инсон"

1-5 ноябрь кунлари Туркиянинг Бурса шаҳрида «Қўрқут ота» халқаро кинофестивали бўлиб ўтди. Ушбу фестивалда 17 та давлатдан келган 57 та фильм икки йўналишда ғолиблик учун рақобатлашди. Мазкур кинофестивалда серқирра ижодкор дўстимиз Фурқат Усмоновнинг “Инсон" фильми финалда Эрон, Туркия, Қозоғистон каби давлатлардан келган номзодларни ортда қолдириб, халқаро кинокомиссия томонидан «Энг яхши ҳужжатли фильм» номинацияси бўйича Гран-при билан мукофотланди.

Фурқатнинг "Инсон" ҳужжатли фильми ҳақида қисқача гапирадиган бўлсак, мазкур кинокартина Кинематография агентлиги ҳамда “Spectre” студияси томонидан суратга олинган. "Инсон" сизу биз кўришимиз керак бўлган, кўриб бошқаларга тавсия қилишимиз лозим бўлган фильм. Ўзбек ҳужжатли киноси ҳалқаро биринчиликда ғолиб бўлгани билан табриклайман!