Shunchaki... @shunchaki_bloog Channel on Telegram

Shunchaki...

@shunchaki_bloog


Manbasi bilan olinmasa rozimasman.
Vaqtingizga rozi bo'lsangiz qo'shiling!

@shunchaki_ads

Shunchaki Bloog (Uzbek)

Shunchaki Bloog Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda sizning tabiatdagi eng yaxshi va eng ajoyib tajribalaringizni topishingiz mumkin. Shunchaki Bloog sizga tabiatning go'zalliklarini, uni muhimligi haqida ma'lumotlar berib, dunyo egzotik joylarini tanishtirish imkoniyatini beradi. Kanalga a'zo bo'lib, har kuni yangi fotosuratlar va videolar bilan tajriba olishingiz mumkin. Ular orqali dunyoni boshqarib, o'z ruhingizni uyg'otib boring. Kanalda yangi ob-havo haqida ma'lumotlar ham joylashadi, shuningdek, tabiatning izohli fotosuratlarini va videolarini ko'rishingiz mumkin. Shunchaki Bloog sizni tabiatdan yanada yaqin qiladi va sizga eng zamonaviy dunyo tajribalari bilan tanishtiradi. Agar siz tabiat va sayohat sevgan bo'lsangiz, Shunchaki Bloog kanaliga a'zo bo'ling va dunyoni yangi yuzi bilan ko'ring!

Shunchaki...

12 Feb, 03:08


Yashash juda kam uchraydigan holat hisoblanadi,
- ko'pchilik odamlar shunchaki tirik xolos...

Shunchaki...

11 Feb, 01:06


Odamlar: Tongni nimadan boshlaysiz?

Men: Namozdan...

Shunchaki...

10 Feb, 05:10


Ba’zi paytlar shunaqa vaziyat bo’ladi, tishimni tishimga qo’yib jim bo’lishimga to’g’ri keladi.
- ehtimol bundan boshqa choram ham yo'qdir...

Shunchaki...

06 Feb, 03:08


Bir insonni o'zgartira olmaysiz, chunki inson kimnidir yaxshi ko'rsa o'zi o'zgaradi.
- ehtimol men ham o'zgardim...

Shunchaki...

05 Feb, 03:08


Xurmatli o'zim!

- sen olishni xohlagan telefoningni tengqurlaring allaqachon sotib olishgan.
- sen haydashni xohlagan mashinani tengqurlaring allaqachon haydab yurishibdi.
- sen o'qishni xohlagan kitoblaringni tengqurlaring allaqachon o'qib bo'lishgan.
- sen kiyishni xohlagan kiyimlaringni tengqurlaring allaqachon olib kiyishgan.
- sen sayohat qilishni xohlagan joylarga tengqurlaring allaqachon borib kelishgan.

Hozir orzularingni amalga oshirishning ayni vaqti.
Men senga ishonaman...

Shunchaki...

04 Feb, 05:10


Allohga qasam, u ketgan kuni chidolmay o'lib qolaman deb o'ylagan edim, ammo biroz vaqtdan keyin o'tib ketdi hammasi. O'sha paytlar juda ahmoq bo'lgan ekanman.
- ehtimol hozir ham...

Shunchaki...

03 Feb, 04:09


Xaqiqat shu!
- Alloh bu dunyoni xarom-xarish ish qilish uchun yaratmagan...

Shunchaki...

02 Feb, 03:08


Farzandlarini urib-so'kadigan ota-onalarning farzandlari yaxshi inson bo'lganini deyarli umuman ko'rmaganman. E'tibor bering! Men chiroyli, aqlli, boy, ishbilarmon yoki boshqa xususiyatlarini aytmadim.

- chunki yaxshi inson bo'lish oson emas...

Shunchaki...

01 Feb, 04:09


Odamlar: Kayfiyatingiz yo'q bo'lsa nima qilasiz?

Men: O'zim bilan gaplashaman.

Odamlar: Hozir nima qilyapsiz?

Men: O'zim bilan gaplashyapman...

Shunchaki...

31 Jan, 04:09


Oxiratni eslayman...

Shunchaki...

30 Jan, 03:08


Ayni damda boshqa qizlar qaysidir yigiti tashlab ketgani uchun xafa bo'layotgan bir paytda, men "сессия"dan 5 olmadim deb xafaman!

- mana farqimiz nimada...

Shunchaki...

29 Jan, 13:18


Baxt bu - Oyim: Qizim, kirib darsingni qilaver, o'zim yuvib qo'yaman idishlarni bugun...

Men: 🥹❤️‍🔥

Shunchaki...

28 Jan, 12:17


Qiz bola o'zini muammolari haqida eng yaqin dugonasiga ham aytmasa,
- demak u chindan ham singan bo'ladi...

Shunchaki...

27 Jan, 03:08


U qiz ko'chada yoqtirgan mashinasini ko'rib qolsa, maqsadlariga erishish uchun ko'proq harakat qiladigan kam sonli qizlardan edi.

meni aytyapti...

Shunchaki...

26 Jan, 04:09


Oz moz tajribamga suyangan holda shuni aytishim mumkin-ki,
- o'g'il bola "Sizni yaxshi ko'raman" - deyishdan qo'rqmaydi, aksincha bunga rad javobi kelishidan ko'proq qo'rqadi...

Shunchaki...

25 Jan, 05:10


Ishq xuddi kapalakka o'xshaydi:

- agar ortidan yugursangiz, sizdan qochadi, ammo kutilmagan paytda kelib yelkangizga qo'nadi...

Shunchaki...

24 Jan, 07:55


kitob yutib olish
kitob yutib olish

Shunchaki...

24 Jan, 03:08


Agar mendan qandaydir yaxshilik ko'rsangiz,
- bobolarimni duo qilib qo'ying!

menga yaxshilik qilish, bobolarimdan o'tgan...

Shunchaki...

23 Jan, 06:11


Odamlar: Uzr, kechiring.

Men:
1 kunlik kechirish - 1ta kitob
1 haftalik kechirish - 10 ta kitob
1 oylik kechirish - 100 ta kitob
1 yillik kechirish - mmm, o'ylab ko'rishim kerak...

Shunchaki...

22 Jan, 03:08


Xurmatli o'zim!

Hech qachon taslim bo'lma, shunda boshqalar taslim bo'lishayotganini ko'rasan...

Shunchaki...

21 Jan, 02:07


U hatto telefoniga "пароль" qo'ymaydigan kam sonli qizlardan edi.

meni aytyapti...

Shunchaki...

20 Jan, 03:08


Odamlar: O'zi sizga qanday kitoblar yoqadi?

Men: U sovg'a qilgan kitoblar...

Shunchaki...

19 Jan, 02:07


Xurmatli qizlar!

Hech qachon avtobus va yigitlar orqasidan yugurmang,
- ozgina kutsangiz, boshqasi keladi...

Shunchaki...

18 Jan, 03:08


Bir yilda 12 marta oylik olish?
- Yo'q, bu mening taqdirim emas...

Shunchaki...

17 Jan, 01:06


To'g'ri, qabrdagilar o'lik, ammo ularni ko'rgani boradiganlar tirik.
- qabristonda tiriklarga ibrat bor deb o'ylayman...

Shunchaki...

16 Jan, 02:07


Xudo xohlasa!

- O'zim harakat qilib, ishlab pul topib o'zimga Iphone sotib olaman. Keyin kimgadir "Kanalim nechidir k bo'ldi screenshot qilib bering" - deb so'ramayman...

Shunchaki...

15 Jan, 03:08


Odamzod aslida o'lim nima ekanligini biror yaqini vafot etgandan keyin anglab yetadi, u og'riqni his qiladi, yig'laydi, oxir oqibat ko'nikadi, ko'nikishga majbur bo'ladi.

- men ikki karra anglab yetdim,
- men ikki karra his qildim u og'riqni,
- men ikki karra yig'ladim va ko'nikishga majbur bo'ldim...

Shunchaki...

14 Jan, 04:09


14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bilan barchani tabriklayman...

- dadamni
- ukamni
- amaki va tog'alarimni
- 11 yil o'qigan sinfdoshlarimni
- 4 yil o'qiydigan kursdoshlarimni
- birga ishlaydigan hamkasblarimni
- va sizlarni...

Shunchaki...

13 Jan, 03:08


Ayrim insonlarning hayotimdan yo'q bo'lishi,
- muammolarmning ham yarmini yo'q qilar ekan o'ylab qarasam...

Shunchaki...

12 Jan, 03:08


Shu kungacha yuragimni aytganini qilib yashadim va aqlim borligi yodimga tushdi.
- extimol uni ham ishlatib ko'rarman, endi uning navbati keldi chog'i...

Shunchaki...

11 Jan, 06:11


Ismlarimiz xuddi qabrtoshga yozish uchun qo'yilgandek...

Shunchaki...

10 Jan, 04:09


Odamlar: Imkon bo'lsa kim bilan soatlab gaplashgan bo'lardingiz?

Men: Albatta bobom bilan.

Odamlar: Boshqa kimdir?

Men: Boshqa bobom bilan...

Shunchaki...

09 Jan, 06:11


Negadir menga "Hamma" degan so'z unchalik ham yoqmaydi.

- hamma kiygan trenddagi kiyimni kiyish,
- hamma yegan trenddagi shokoladni yeyish,
- hamma orzu qilgan trenddagi mashinani haydash,
- hamma borgan trenddagi qimmat restarantga borish,
- hamma olgan trenddagi buketda gullar olish,
- hamma eshitgan trenddagi musiqani eshitish...

Shunchaki...

08 Jan, 03:08


Baxt bu - Dadam: Qizim, institutga nechida ketasan, o'zim tashlab qo'yaman.

Men: 🥹❤️‍🔥

Qo'shnilarimiz: xavas...

Shunchaki...

07 Jan, 05:10


Sen borsan va seni o'rningda bo'lishni xohlagan ko'plab insonlar bor...


#atalgan

Shunchaki...

06 Jan, 04:09


Men insonlardan ranjigan paytimda, ularni sevishdan voz kechmayman,
- ularga bo'lgan sevgimni ko'rsatishni to'xtataman xolos...

Shunchaki...

05 Jan, 02:07


Qiz bolaga gul sovg'a qilish uchun qandaydir bayramni kutish shart emas,
- shunchaki, uy manzilini bilish kifoya menimcha...

Shunchaki...

04 Jan, 04:09


O'g'il bola: O'zingizni extiyot qiling,

Erkak kishi: O'zim sizni extiyot qilaman...

Shunchaki...

03 Jan, 02:07


Eng yomoni nima bilasizmi?
- yordamga judayam muxtoj bo'lgan paytimda kimga qo'ng'iroq qilishni bilmay qolaman...

Shunchaki...

02 Jan, 18:02


Insta videolarrr😍

Shunchaki...

02 Jan, 01:06


Shu sevgi tufayli o'tgan yilimni behudaga o'tkazib yuboribman o'ylab qarasam. Va'da beraman endi bu xatoga 2025-yilda yo'l qo'ymayman...

Shunchaki...

31 Dec, 19:00


- yangi kun
- yangi yil
- yangi insonlar
- yangi xotiralar
- yangi imkoniyatlar
- yangi rejalar

- extimol yangi iphone kam...

Shunchaki...

31 Dec, 06:11


Hammasi uchun raxmat 2024!

Aslida bu yil men uchun ham quvonch ham qayg'u yili bo'ldi. Yaqinlarimni yo'qotdim ammo undan ham yaqin insonlar hayotimga kirib kelishdi. Sanoqli ammo o'zimdek ishongan do'stlarim bor. IELTS oldim, nafaqat o'qishga balki ishga ham kirdim, ajoyib jamoam bor Xudoga shukur. Kun ora qimmat kafe yoki restaurantlarga borishga, yaqinlarimni xursand qilishga pul topa olyapman. Asta sekin ko'payib borayotgan kanalim ham hayotimda katta ahamiyatga ega. Ko'p rejalarim oxiriga yetmay qoldi, ammo men kutmagan ko'plari amalga oshdi. Albatta men doim hayrlisini so'rayman. 2025 esa mening yilim bo'ladi xudo xohlasa! Iphone ham olaman, balki o'zim sevgan mashina ham. Chet elga ham boraman. Ota-onamni jo'natarman Umra safarlariga. Faqat duo va yaxshi niyat qilishim kerak. Alloh nasib qilsa, hammasi yaxshi bo'ladi!


- yurak urib tursa bas, orzular orzuligicha qolmaydi...

Shunchaki...

30 Dec, 02:07


Odamlar: bu yil siz uchun qanday yil bo'ldi?

Men: Yo'qotishlar...

Shunchaki...

29 Dec, 01:06


U tuni bilan yig'lab chiqib, ertasi kun tongda hech narsa bo'lmaganday o'rnidan turib ketadigan kam sonli qizlardan edi.

meni aytyapti...

Shunchaki...

28 Dec, 02:07


Tezroq o'zim yoqtirgan mashinani olishni, va kimdir telefon qilsa:
- Хozir, rulda edim maylimi keyinroq gaplashsak? - deyishni judayam xohlayapman...

Shunchaki...

27 Dec, 03:08


Xozirgacha deyarli hech kim bilmaydi!

- men yoqtirgan rang
- men yoqtirgan meva
- men yoqtirgan film
- men yoqtirgan mashina
- men yoqtirgan ovqat
- men yoqtirgan musiqa
- men yoqtirgan kitob
- men yoqtirgan ob-havo
- men yoqtirgan fasl
- men yoqtirgan gul
- mem yoqtirgan style
- men yoqtirgan coffee turi

Lekin ko'рchilik: " Xa, men sizni yaxshi bilaman" - deydi...

Shunchaki...

26 Dec, 02:07


Qiz bola chiroyli bo'lgani uchun sevilmaydi,
Sevilgani uchun chiroyli bo'ladi...

Shunchaki...

25 Dec, 04:15


- Halolingiz bo’ladi in sha alloh👩‍❤️‍👨

Shunchaki...

25 Dec, 04:09


U: Siz har doim jahl qilasiz, saldan-salga yig'laysiz, tez xafa bo'lasiz, arazlaysiz, bloklaysiz. Nima qilay?

Men: Xursand bo'ling, qachon-ki men sizga umuman e'tibor bermay, jim bo'lib qolsam ana unda mendan xavotir oling...

Shunchaki...

24 Dec, 17:58


Ma'lumot o'rnida bu o'zimni kichik biznes kanalim🫠 qo'shilib ko'ringlar, yaqinlaringizga hadya qilish uchun siz bop kanal❤️‍🔥

Shunchaki...

24 Dec, 17:37


Guruhimiz faolligini oshirish maqsadida yangi yil oldidan kichik konkurs tashkil qilamiz 🫠

Shartlari qiyin emas!
Yaqinlaringiz, tanishlaringiz yoki do'stlaringizni guruhimizga qo'shib borasiz, eng oxirida eng ko'p odam qo'shgan 3 kishiga pul mukofotlari bor albatta❤️‍🔥

1- o'rin 30.000
2- o'rin 20.000
3- o'rin 10.000
- kartaga tashlab beriladi!


Nechta odam qo'shgan bo'lsangiz menga @Muhammadova_Muslima yozib qo'ying, chiqib ketsa hisobga olmayman.

Boshlandi : 24.12.24
Tugaydi: 31.12.24

Maksimal aktivlik kutaman 🥹❤️‍🔥


@tasbeh_olami


Yaqinlaringizga ulashib qo'ying 🫶

Shunchaki...

24 Dec, 03:08


G'ururli yigit bilan g'ururli qiz hech qachon birga bo'la olishmaydi.

- qiz birinchi taklifga rozi bo'lmaydi, yigit esa ikkinchi marta so'ramaydi...

Shunchaki...

23 Dec, 02:07


Qizlar kipriklariga tush surishlari, qoshlarini bo'yashlari, lablariga esa pomada qo'yishlari mumkin. Ammo baxtdan chaqnab kulib turadigan ko'zlarini o'zlari chiza olishmaydi. Bu faqatgina eng sevimli insonlarining mehri, e'tibori va sevgisi orqali sodir bo'ladi...

Shunchaki...

22 Dec, 03:08


Mendagi:
vaqtim yo'q=xohlamayman jumlasi bilan barobar...

Shunchaki...

21 Dec, 02:07


Odamlar: sizga yaqin odamni yaqinligini qayerdan bilib olish mumkin?

Men: "голосовое сообщение" yozaman.

Odamlar: eng yaqinlargachi?

Men: "видео сообщения".

Shunchaki...

20 Dec, 03:08


Telefonimni galareyasidagi rasmlarni ko'rib o'tirgan jiyanim, behosdan bobomni rasmlarini ko'rdi-yu, keyin kim bu opa? - deb so'radi.

- bo'g'zimga nimadir tiqildi, yutolmadim, to'g'rirog'i yutinolmadim...

Shunchaki...

19 Dec, 02:07


Haqiqiy erkaklar ayollardan ya'ni qizlardan xech qachon xafa bo'lishmaydi, ular faqat tinchlanishlarini kutishadi va ularni yana sevishda davom etishadi...

Shunchaki...

18 Dec, 01:06


O'ylab qarasam, kim bilandir "отношения" qilish menga emas, chunki men bir inson bilan umrbod birga bo'lishni xohlayman va harakat qilaman, ma'lum bir muddat emas...

Shunchaki...

17 Dec, 03:08


Odamlar: Bir kun kelib har qanday xolatda ham sizni tanlaydigan, harakat qiladigan va baridan faqatgina siz uchun voz kechadigan bir insonga duch kelasiz.

Men: Xudo xohlasa...

Shunchaki...

16 Dec, 02:07


Men qorga o'xshayman
-sovuq lekin chiroyli...

Shunchaki...

15 Dec, 03:08


Xayotimdagi eng yorqin xotiralarimni ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo'lishini xohlamayman!

- reallik tarafdoriman...

Shunchaki...

14 Dec, 02:07


Bilib qo'ying eng so'ngida siz sevganlar emas, sizni sevganlar qolishadi!
- shuning uchun, sizni sevganlarni seving...

Shunchaki...

13 Dec, 01:06


Men Juma kelganini qabristonga borganimizdan bilib oladigan bo'lib qoldim...

Shunchaki...

12 Dec, 02:07


Har doim ham aybdor emas,
- balki munosabatlarni ko'proq qadrlaydigan odam  birinchi bo'lib kechirim so‘raydi...

Shunchaki...

11 Dec, 06:11


Xurmatli o'g'il bolalar!

Qizlar bilan gaplashish va yurishlaringizni yig'ishtiring:
- faqat bitta qizga e'tibor qarating, mehr bering, qo'llab-quvvatlang, kerak bo'lsa u uchun hamma narsadan voz keching, yordam so'ramasa ham
bering, kayfiyati yo'q bo'lsa shunchaki oldida bo'ling va dalda bering, ora orada unga yoqqan gul va kitob hadya qiling. Eng muhimi qo'lingizdan kelgancha o'sha qiz bilan umrbod birga bo'lishga harakat qiling. Va men sizga qiz bola sifatida shuni aytishim mumkin-ki, u qiz albatta sizni tanlaydi...

Shunchaki...

10 Dec, 02:07


Yillar davomida qidirganim emas, balki hayotimga shunchaki tasodif bo'lib kirib kelgan insonlar boshqacha bo'larkan sizlarga aytsam...

Shunchaki...

09 Dec, 16:21


@shunchaki_bloog da reklamaga bomba skidka!
- Yangi yilgacha amal qiladi❤️‍🔥

2 soat - 30.000
3 soat - 30.000

4 soat - 50.000
5 soat - 50.000

1 haftada 7 marta (har kuni) 1 soat + tavsiya = 100.000
1 haftada 7 marta (har kuni) 3 soat + tavsiya = 200.000


Eslatma!

Kuniga faqat 3 ta reklama olaman. Joylaringizni 1 kun oldin band qilib qo'ying...



@shunchakibloog_bot

Shunchaki...

09 Dec, 15:06


🎯 Hamma uchun samarali tavsiyalar! 🚀

Shunchaki...

09 Dec, 01:06


18 yil yashab shuni tushunib yetdim-ki:
- uyg'onish bilan o'rnidan turishni katta farqi bor ekan...

uyg'ondim endi tursammikan😂

Shunchaki...

08 Dec, 03:08


Haqiqiy erkaklar baxtli bo'lishdan koʻra ko'proq baxtli qilishni xohlashadi...

Shunchaki...

07 Dec, 06:11


Oyim telefondan qanday qilib screenshot qilishni so'radilar, meni kulgim keldi. Keyin esa oyim menga bolaligimda qoshiq ushlab ovqat yeyishni o'rgatganlari esimga tushib ketdi...

Shunchaki...

06 Dec, 03:08


Muammolarim huddi nam salfetkaga o'xshaydi.
- bittasini olaman desam ikkitasi chiqib keladi...

Shunchaki...

05 Dec, 02:07


Odamlar: Haftada qaysi kun ko'proq xursand bo'lasiz?

Men: Oyligim chiqqan kun...

Shunchaki...

04 Dec, 11:16


Baxt bu - Oyim: Qizim, nechida kelasan uyga,ovqat tayyorlab turaman kelishingga...

Shunchaki...

03 Dec, 04:09


Einshtein nisbiylik nazariyasini tuzayotgan payt hamdard bo'lgan ikki kishining suhbatiga ketgan vaqtni ham hisobga olganmi yo'qmi bilmadim, ammo hozirgi bizning axvolimizga nazar solsa edi,
- "dildan suhbat nazariyasi" ni ham tuzib chiqqan bo'lardi deb o'ylayman...

Shunchaki...

02 Dec, 03:08


Aslida erkak kishi qanday bo'lishi kerakligini o'rgatish shart bo'lmagan insonni hayotingizga kiriting.
- unga erkak kishi bunaqa bo'ladi, unaqa qilmaydi deb aytish bilan umringiz o'tib ketmasin deyman-da...

Shunchaki...

01 Dec, 03:16


𝐄𝐧𝐠 𝐲𝐨𝐦𝐨𝐧𝐢 𝐧𝐢𝐦𝐚 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐬𝐚𝐧𝐦𝐢?
𝐇𝐚𝐭𝐭𝐨 𝐨𝐯𝐨𝐳𝐢𝐧𝐠 𝐡𝐚𝐦 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐬𝐢𝐠𝐚 𝐭𝐞𝐠𝐢𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐞𝐧𝐝𝐢

Shunchaki...

01 Dec, 02:07


Qarindosh yoki tanishlar bilan yig'ilib o'tirishlar o'qishga kirmagan, ishsiz va oila qurmagan paytda juda xavfli va qo'rqinchli joy.

- o'qishga, ishga kirdim...

Shunchaki...

30 Nov, 03:08


Happy 18❤️‍🔥

Shunchaki...

29 Nov, 04:09


Bir o'ylab ko'ring, hozir biror bir do'stingizga:
- Men Allohim bilan gaplashyapman – desangiz, sizni aniq telbaga chiqaradi. Lekin kimnidir g'iybat qilishga kelsak, jon qulog'i bilan eshitadi sizni. Balki, sizga qo'shilib g'iybatlashar ham. Ya'ni Alloh bilan gaplashishni telbalik sabab, insonlarni orqasidan g'iybat qilishni oddiy hol deb hisoblashadi...

Shunchaki...

28 Nov, 03:08


Bugun bittasi: Albatta men sevgi bo'yicha mutaxassis emasman! Ammo sizni har kuni yig'latadigan inson, sizni hech qachon baxtli qilmaydi. Shuni bilasizmi?

Men: Bilaman...

Shunchaki...

27 Nov, 04:09


Alloh yaratgan barcha go'zalliklarga oshiq bo'ldim men.
- osmon, dengiz, quyosh, oy va sen...


#atalgan

Shunchaki...

26 Nov, 03:08


Men o'zimdan kelib chiqib shuni ayta olaman-ki,
- sevgiga loyiq bo'lgan birorta ham Allohning bandasiga duch kelmadim. Ehtimol "Sen o'zing-chi loyiqmisan?"- deyishingiz mumkin. Ha, men loyiq edim....

Shunchaki...

25 Nov, 04:09


O'qituvchimiz: Hammanglar bebahosizlar - dedilar.

Biz: Vay, raxmat ustoz - dedik ichimizda xursand bo'lib.

- keyin bilsak, bittayam bahoyimiz yo'q ekan😂

Shunchaki...

24 Nov, 02:07


Mashinamni yuvdirish uchun bitta zo'r moykani gaplashib qo'ydim,
- endi o'sha mashina olsam boʻldi...

Shunchaki...

23 Nov, 08:53


Islomiy rasmlar
Islomiy rasmlar
Islomiy rasmlar

Shunchaki...

23 Nov, 04:09


Jannatga bo'lgan yo'l Jahannamdek tuyulishi mumkin,
Jahannamga bo'lgan yo'l esa Jannatdek tuyulishi mumkin.

- qaytadan o'qing...

Shunchaki...

22 Nov, 02:07


Qo'lida yaxshi daromad keltiradigan hunari yoki bilimi bo'lmagan inson juda og'ir mehnat qilayotganini ko'rsangiz, achinmang!
- bunga faqat o'zi aybdor...

Shunchaki...

21 Nov, 01:06


Oramizda yo nafrat yoki muhabbat bor,
- ehtimol ikkisi ham...

Shunchaki...

20 Nov, 02:07


Ilhaq – na kelishi, na kelmasligi aniq bo'lgan odamni kutish...

Shunchaki...

19 Nov, 02:07


Olovga qarab dedim:

Shunchaki...

18 Nov, 01:06


Bugun uyimizdagi uzoq tortishuvlardan keyin shamollashimning sababi:
- telefondan ko'p foydalanganim bo'lib chiqdi😂

Shunchaki...

17 Nov, 02:07


Xurmatli o'zim!

- Talabalar kuni bilan tabriklayman...

Shunchaki...

16 Nov, 10:03


Качондир уйгонсам илк термулган нарсам кузларинг болар 🥲🫀

Shunchaki...

16 Nov, 03:08


Ota-onani xurmat qilish – ularning xohish-istaklariga qarshi chiqmaslik degani.
- men ota-onamni xurmat qilar ekanman! Sizchi?

Shunchaki...

15 Nov, 03:08


Odamlar: Kimni sog'indingiz?

Men: Bobomni

Odamlar: Boshqa kimdir?

Men: Boshqa Bobomni...

Shunchaki...

14 Nov, 05:10


Xudo xohlasa!

Bir kun hayotimda yangi ism paydo bo‘ladi, avvalgi ismlar esa xotiramdan butkul o'chib ketadi...

Shunchaki...

13 Nov, 02:07


Men seni duolarimda eslab turaman,
- sen-chi?


#atalgan

Shunchaki...

12 Nov, 03:08


Baxt bu: Bir-biridan "Nechinchi sahifaga kelding?" - deb so'rash...

Shunchaki...

11 Nov, 03:08


Men ham sevganman, menda ham yurak bo'lgan!
- keyin o'sha yurak o'lgan...

Shunchaki...

10 Nov, 03:08


Men odamlarga o'zim haqimda eslatmay qo'ydim!

Shunchaki...

09 Nov, 06:11


Zalga boradigan bolalar - one love...

Shunchaki...

08 Nov, 08:13


Menga hech qanday sababsiz kitob va gul hadya qilishlarini xohlayman. Qandaydir bayram yoki tug'ilgan kunim bo'lishini kutish shart emas!
- Juma hadyasi bo'lsa mayli...

Shunchaki...

07 Nov, 04:09


Ayrim qizlarning na do'stlari na oshiqlari bo'ladi,
- ularning do'stlari tez oshiqqa, oshiqlari esa tezda do'stga aylanishadi...

Shunchaki...

06 Nov, 03:08


Xurmatli o'zim: Havo ancha sovuq, issiqroq kiyinib yur, shamollab qolmagin deymanda.
-barbir bu gaplarni mendan boshqa hech kim senga aytmaydi...

Shunchaki...

05 Nov, 01:06


Har kuni nonushta tayyorlash paytida uyimizda nimalar bo'ladi:

Oyim: Sen tengilar erta tong turib qaynona-qaynotasi, erini turishiga choy tayyorlab qo'yadi. Sen-chi?
Men: Manam erga tegay shunaqa qilaman.
Dadam: 😂😂😂

Shunchaki...

04 Nov, 02:07


U BTSga muxlislik qilmaydigan kam sonli qizlardan edi.

meni aytyapti...

Shunchaki...

03 Nov, 03:08


Men sanoqli odamlardan:
- ahvoli qanaqaligini
- kayfiyati bor yoki yo'qligini
- nimani ko'proq yoqtirishini
- yaxshi dam olganini so'rayman.

Shuning uchun e'tiborimni e'tiborsiz qoldirmang...

Shunchaki...

02 Nov, 09:14


Shaxsan o'zim pul ishlab topib shuni tushunib yetdim-ki,
- dadamga osonmas ekan...

Shunchaki...

01 Nov, 03:08


Ko'p stories qo'yadigan qizlarni kimgadir aytishni xohlaydigan ko'p gaplari bor afsuski uni o'ziga jo'nata olishmaydi...

Shunchaki...

31 Oct, 08:13


Bugun meni xursand qilgan xabar:

- sizga BTS dan pochta keldi, olib ketishingiz mumkin...

Shunchaki...

30 Oct, 01:06


Ertaga tug'ilgan kunimligini намёк qilmasdan qanday aytsam bo'ladi?

Shunchaki...

29 Oct, 02:07


Odamlar: Agar u qaytib kelsa kechirgan bo'larmiding?

Men: Kechirishim mumkin, ammo qaytmasin...


#atalgan

Shunchaki...

28 Oct, 03:08


Baxt bu: Ota-onamdan duo olib o'qishga ketish...

Shunchaki...

27 Oct, 04:09


Odamlar: Hobbyingiz nima?

Men: Bloklash...

Shunchaki...

26 Oct, 03:08


Alam qilgani shuki:

- o'qishim bilan ishim borligi uchun sinfdosh qizlarimning to'yiga bora olmayotganim...

Shunchaki...

25 Oct, 02:07


Ex-xeeee, meni sodir bo'lishini xohlamagan qanchadan qancha ishlar bo'lib ketdi-yu...

Shunchaki...

24 Oct, 03:08


Как говорят yoshi kattalar :
- shu yoshingda qanaqa darding bor seni?

Shunchaki...

23 Oct, 02:07


Odamlar: Qay biri muhim sayohat yoki manzil?

Men: Hamroh...

Shunchaki...

22 Oct, 02:07


Xayotimni xazilga yo'yibman men axmoq,
- nima jonimni ko'chadan topib olganmidim...

Shunchaki...

21 Oct, 03:08


Yaxshi ko'rganingiz bo'lganmi? - deb so'rashdi mendan.
Va birdan hayolimga sen kelding keyin sekingina "Yo'q" dedim...


#atalgan

Shunchaki...

20 Oct, 03:08


- sizning buyurtmangiz?

Shunchaki...

19 Oct, 02:07


Qiz bola o'z ustida ishlab, pul topishni boshladimi,
- demak o'ldim-kuydim degan narsalar unga mutlaqo ahamiyatsiz...

Shunchaki...

18 Oct, 14:19


Kechqurun oshxonadagi hamma idishlarni yuvib endi svetni o'chirib tapichkamni kiyaman degan paytim:

- qozonni yuvish esimdan chiqib qolgani yomooon alam qiladi-da😂

Shunchaki...

17 Oct, 03:08


"Ertaga maktabga boramiz-ku, hammasini o'sha yerda aytib beraman"- dan.

"Ertaga institutga boramiz-ku, hammasini o'sha yerda aytib beraman"- ga o'tganimni sezmay qoldim.


- shunchalik tez ulg'aydimmi...

Shunchaki...

16 Oct, 06:11


Hayotim davomida faqatgina bir insonga yengildim,
-undan keyin hech kim uchun hatto kurashib ham ko'rmadim...

Shunchaki...

15 Oct, 02:07


Yangi boshlagan o'qishimda, ishimda, xullas yangi joylarga borsam ilk kunlarida boshlab o'zimga mos inson izlashga harakat qilaman,
- bilmayman Nega...

Shunchaki...

14 Oct, 12:17


Baxt bu - Dadam: Qizim, ishdan nechida chiqasan, o'zim olgani boraman, birga ketamiz uyga.

Men: 🥹❤️‍🔥

O'quvchilarim: xavas...

Shunchaki...

13 Oct, 02:07


Hozirgi hayotimizda ishq-muhabbat shu qadar ko'p tilga olinadi-ki:
-ko'chada, ishda, o'qishda, xatto reklamalarda ham.
Ehtimol shuning uchun ham hayotimizni har lahzasida qarshi jins vakiliga nisbatan ehtiyoj sezarmiz...

Shunchaki...

12 Oct, 03:08


Allohim, kelgusida aziyat beradigan insonlarni menga ro'baro qilma...

Shunchaki...

11 Oct, 00:05


Har Juma kuni meni o'ylantiradigan savol bu:

Bugun qaysi bobomning qabrlariga boraman?

Shunchaki...

10 Oct, 02:07


Qancha izlasam ham seni oldingga olib boradigan yo'lni topolmayapman!
- ayt o'ngga yuraymi yoki chapga? Ehtimol to'g'riga yurishim kerakdir-a...


#atalgan

Shunchaki...

09 Oct, 01:06


Men: Kuchim qolmadi.

Dadam: Menikidan ol,

Oyim: Yetmasa menikidan...

Shunchaki...

08 Oct, 01:06


Allohim xuzuringga shuncha gunohlarim bilan borishga uyalyapman to'g'risi...

Shunchaki...

07 Oct, 02:07


O'g'il bola: Men uni yaxshi bilaman.

Erkak kishi: Men unga qaysi gul yoqishini, hadya sifatida kitob xohlashini bilaman, dadasini erkatoyiligini, oilasini hamma narsadan ustun qo'yishini, ovozidan xafa yoki xursandligini seza olaman, nima qilsam kayfiyati ko'tarilishini, jahli chiqib qolsa ikki og'iz so'z bilan erkalasam erib ketadigan jajji qalbi borligini bilaman va haliyam u haqida bilishim kerak bo'lgan juda ko'p narsalar bor...

Shunchaki...

06 Oct, 06:11


Men shaxsiy hayotimni deyarli ko'pchilikdan mutlaqo sir tutaman...