Ismoil Safarov @ismoilsafarov Channel on Telegram

Ismoil Safarov

@ismoilsafarov


• UX/UI • Product Designer
• 8 yillik tajriba • 5 000+ o'quvchilar

↗️ Instagram: instagram.com/ismoil.blog
↗️ Natijalar: socially.uz/+students
↗️ Murojaat: t.me/sociallyadmin

Ismoil Safarov (Uzbek)

Ismoil Safarov Telegram kanali sizga UI/UX dizayner sifatida 8 yillik tajriba bilan 5 000dan ortiq o'quvchilarga yo'nalish beradi. Kanalda siz Instagram profilim, takliflarim va murojaat uchun manzillarimni topishingiz mumkin. Agar siz dizayn sohasida yetakchi bo'lishni istasangiz, Ismoil Safarov kanaliga a'zo bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Ismoil Safarov

16 Jan, 19:14


Sizga ham Ismoil aka qayerga yuqolib qoldi degan fikr keldimi?

• Deep Work'ni yaxshi ko'raman. Biror ishni muhim deb hisoblasam, asosiy fokusim (diqqatim) o'sha ishni oxiriga yetkazishda bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlardan, uchinchi darajali ishlardan cheklanib, o'zim sevga ishga chuqurlashadigan odatim bor.

• Inson kasbini, qilayotgan ishini yaxshi ko'rmasa chuqurlasholmaydi. O'zini majburlab ishlashiga to'g'ri keladi. O'zi sevgan ish bilan shug'ullanish esa, ishiga, vaqtiga va daromadiga baraka kirishiga sabab bo'ladi.

• Anchadan beri, o'zim uchun sayt qilib rejam bor edi. Bugun 1.5 hafta avval boshlagan shaxsiy saytimni tamomladim. Men unikal sayt tayyorlash xizmatlarini taklif qilaman. Aqlli saytlar kerak bo'lsa aloqaga chiqishingiz mumkin.

• Saytni ko'rish uchun havola: https://ismoil-safarov.uz

Ismoil Safarov

10 Jan, 15:56


• Kursga tezkor qo'shilish uchun adminga aloqaga chiqing: @sociallyadmin

Ismoil Safarov

06 Jan, 13:41


😉 Bugun 1 hafta davomida ishlagan loyihamni mijozga topshirdim.

• Mijozga topshirilgan saytni quyidagi manzilga o'tib, ko'rishingiz mumkin: www.resize.uz

• Professional sayt masalasida o'zimizga chiqavering ))

Ismoil Safarov

04 Jan, 13:09


Ismoil Safarov pinned «UX/UI Praktikum kursim haqida batafsil tanishing | Videoni 1.5x ga qo'yib ko'rsangiz vaqtdan yutasiz )) • Kursga qabul yopilishiga 2 kun qoldi. 6-yanvar oxirgi qabul kuni hisoblanadi. Agar kursga qo'shilishni reja qilgan bo'lsangiz, shoshiling vaqt juda oz…»

Ismoil Safarov

04 Jan, 13:09


UX/UI Praktikum kursim haqida batafsil tanishing | Videoni 1.5x ga qo'yib ko'rsangiz vaqtdan yutasiz ))

• Kursga qabul yopilishiga 2 kun qoldi. 6-yanvar oxirgi qabul kuni hisoblanadi. Agar kursga qo'shilishni reja qilgan bo'lsangiz, shoshiling vaqt juda oz qoldi. Bunday imkoniyat imkoniyat yaqin 1 yilda bo'lmasligi mumkin.

• Kursga ro'yxatdan o'tish: https://ismoil-safarov.uz

• Admin bilan bog'lanish: https://t.me/sociallyadmin

Ismoil Safarov

11 Dec, 18:54


• Ayni vaqtda Meta serverlari bilan muammolar bo'lmoqda. Instagram xatolik bermoqda.

Ismoil Safarov

11 Dec, 06:07


👨🏻‍💻 Generista — sodda va qulay interfeys orqali generativ grafikalar yaratishga yordam beradi. Abstrakt posterlar va interfeyslar uchun grafikalar tayyorlashda ideal yechim.

Ko'chirib olish →

@ismoilsafarov

Ismoil Safarov

01 Dec, 05:14


Intizomni shakllantirishdagi qiyinchiliklar...

Intizom - bu himalay tog'iga o'xshaydi uni kam insonlar zabt etgan, ammo zabt eta olgan insonlargina hayot yo'lida muvaffaqiyatga erishgan.

Umrim davomida eng ko'p uchragan qiyinchilik yo'li bu faqatgina intizomni shakllantirishdagi yo'l bo'ldi buni yo'lga qo'yishda hali hamon qiyinchiliklarga duch kelaman,

Shu vaqt davomida men ba'zi ilmlarni o'rgandim va ayrim "insight"lar ortirdim va bularni sizlar bilan bo'lishgim keldi.

1. Diqqatni chalg'ituvchi narsalarga cheklov qo'ymas ekansiz instizomni shakllantira olmaysiz!
- Telefon va uning ichidagi Ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa {Instagram}

2. Uyqu rejimini to'g'irlamaslik sizni kun davomida effektivnost ya'ni samaradorligingizni tushirib yuboradi va kun bo'yi hech narsaga ulgurmaysiz.
- Buning uchun ertaroq uxlash ya'ni soat 22:30 ga qadar uxlashingiz, ertalab soat 05:00 arofida uyg'onishingizga olib keladi va kuningiz samaraliroq o'tadi.

3. Sizning intizomingizni nazorat qiluvchi shaxs bo'lmasa intizom bilan uzog'i bilan 1 hafta yura olasiz va so'ngra yana avvalgidek chalg'ishlardan iborat dunyoga sho'ng'ib ketasiz.
- Shu bois qandaydir ustoz yoki yaqin do'stingiz, akangizdan sizni intizomingizni nazorat qilishi uchun kelishuv qiling!

P.s/ Siz Intizomni shakllantirishni qanchalik xohlashingizni va u nimalar uchun kerakligini aniq tushunib oling yo'qsa turli holatlar yuzasidan intizomni shakllantirish yo'lida uni tashlab qo'yishingiz mumkin!

@bilolalixanceo — Marketing, sotuv va boshqaruvdagi bilimlar!

Ismoil Safarov

19 Nov, 07:35


💡Dizaynerlar uchun sotuv va marketing ko‘nikmalari

• Ajoyib dizayn yetarli emas! Grafik, veb, va brend dizayner sifatida siz mijozlarni jalb qilish, xizmatlaringizni sotish va o‘z brendingizni targ‘ib qilishni ham bilishingiz kerak.

• @bilolalixanceo kanalida marketing va sotuvga oid amaliy maslahatlarni o‘rganib, dizayner sifatida daromadingizni oshirishni boshlang! 🚀

• Hoziroq obuna bo‘ling va foydali bilimlarni o‘tkazib yubormang!

Ismoil Safarov

15 Nov, 08:57


Bugun bepul qabulning oxirgi kuni, bilmagan eshitmaganlarga yetkazib qo’ying savobga sherik bo’lasiz inshaalloh ))

👉 ismoilsafarov.uz

Ismoil Safarov

14 Nov, 08:23


🔥 Diqqat, bepul kursimga qo’shilib olmagan bo’lsangiz bugun va ertaga imkoniyatingiz bor.

16-noyabr kuni bepul qabul to’liq yopilgan bo’ladi. Super saytlarni 2 haftada tayyorlashni o’rganib, daromadga chiqishni xohlasangiz shoshiling!

👉 Kursga qo’shilish

Ismoil Safarov

08 Nov, 14:08


👉🏻 ismoilsafarov.uz

Ismoil Safarov

07 Nov, 17:33


🎁 Sovg'alarni qo'lga kiritaman deb darslarni chala o'rganmang!

• Har bir darsni puxta o'rganishingiz, kasbi yaxshi egallab, daromadga tezroq chiqishingiz uchun juda ham muhim.

• P/S: Tushlik vaqtidagi statistika.

Ismoil Safarov

06 Nov, 14:46


2 haftada yangi kasbni o'rganib, 500$ daromadga chiqing

• Do'stlar uzoq kutilgan kursimni e'lon qilishga tayyorman. Ushbu videokursim orqali siz 2 hafta ichida sotuvchi saytlarni yasashni o'rganib, birinchi daromadga topishingiz mumkin.

• Kursni tayyorlashga ko'p vaqt va ko'p mehnat sarflandi. Maximal foydali bo'lishi uchun bor bilim va tajribalarimni bu kursga jamladim.

• Bu kursda siz: noldan sotuvchi saytlarni yasashni o'rganib, amaliy bilimlarga ega bo'lasiz va birinchi mijozlarni qayerdan topish mumkinligi haqida bilib olasiz.

• Asli kurs narxini 997,000 so'm deb belgilaganmiz. Lekin 15-noyabrgacha barchaga mutlaqo bepulga taqdim etmoqchiman.

Nima uchun?

• Sababi barcha bundan foyda olishini va katta yopiqhamjamiyat tashkil qilishni istayman. Faqat imkoniyatdan hozir foydalanib qolganlargina qo'shilishi mumkin.

• Buning uchun quyidagi saytga o'tib, ro'yxatdan o'ting. Sizga maxsus kabinet ochiladi.

👉🏻 ismoilsafarov.uz

Kursda ko'rishguncha 🔥

Ismoil Safarov

30 Oct, 14:36


🎁 Maxsus sovg'ani qo'lga kiriting!

• Xabaringiz bor, yaqinda mutlaqo bepul lekin joylash soni cheklangan 2 haftalik Veb-dizayn intensiv kursimni tashkil qilyapman.

• Ushbu kursim yana ham samarali bo'lishi va qatnashuvchilarni daromadgacha olib chiqishi uchun maxsus so'rovnoma tashkil qildim. So'rovnomada qatnashib maxsus sovg'ani ham qo'lga kiriting!

So'rovnomaga to'ldirish

Ismoil Safarov

12 Oct, 15:49


Meni Instagram orqali kuzatayotganlar nechtamiz 🙋‍♂️

🎁 Judayam ajoyib sovg'a ulashmoqchiman, Story'larimni kuzatib borishni tavsiya beraman.

Keyin men xabar eshitmay qoldim, afsus kech qolibman demasligingiz uchun hozir aytib qo'ydim 😎

@ismoilsafarov

Ismoil Safarov

06 Oct, 18:26


UI va UX o'rtasidagi farqlar nimada?

• Dizayner UI va UX o‘rtasidagi farqni aniq tushunib olishi muammolarga to‘g‘ri yechimlar berishning birinchi qadami hisoblanadi.

@ismoilsafarov

Ismoil Safarov

02 Oct, 09:14


Har bir dizayner bilishi shart bo'lgan 5 ta dastur!
• Agar ulardan foydalanishni bilmasangiz, bozorda sizga o’rin yo’q.

• 1. Figma — Birinchi o'rinda turadi. UX/UI dizayn, vektorli grafika va jamoviy ishlash uchun super dastur.
• 2. Photoshop — Rastorli grafik tahrirlash uchun eng zaruriy vosita.
• 3. ChatGPT — Dizayn jarayonlarida, g'oyalar generatsiyasida yordamchi Suniy intellekt.
• 4. MidJourney — Tasavvuringiz darajasidagi manipulatsiyalarni surat shaklida generatsiya qilishingiz mumkin.
• 5. Behance — Dizayner portfoliosini namoyish qilish va g'oyalar olish uchun maxsus platforma.

• Umrni yemaydigan yechimlarni olish uchun menga obuna bo'ling!

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

01 Oct, 09:05


Assalamu alaykum aziz ustozlar!

• Sizlarni ushbu bayram kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bayramingiz muborak bo'lsin!

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

29 Sep, 13:52


1 daqiqa ichida Photoshop'ni o'ldirgan Figma'ning yangi imkoniyatlari bilan tanishamiz

• Siz hali ham Photoshop ishlatyapsizmi yoki Figma'ga o'tganmisiz?

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

28 Sep, 11:29


Yakuniy natijaga asoslangan Input Form (IF) dizayni

• Input Form dizaynini qayta jonlantirishning ajoyib usuli - taqdim etilgan ma'lumotlar qanday ko'rsatilishi yoki ishlatilishidan andoza olishdir.

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

28 Sep, 04:25


5000 ga yaqin yoshlarga dars berdim...

• Tayyorlagan va qatnashgan loyihalarim orasida yurtimizdagi top kompaniya va tashkilotlar joy olgan. Ulardan ba’zilari Najot Ta’lim, Mohirdev, UIC Group, Xalq ta’limi vazirligi, Rahimov School, OXUS University, Ustoz Ai, TV Line, World Wide Media, Abdukarim Mirzayev, Kozimxon To‘rayev, Asror Iskandarov va boshqalardir.

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

18 Sep, 13:26


Mavzu • Vizual iyerarxiya

• Ko'pgina UI dizaynlarida muhim ma'lumotlar, masalan, ma'lumot turlari va maqsadlariga qarab aniq ajratilmagan holda taqdim etiladi. Bu ko'pincha foydalanuvchilar uchun ma'lumotlarning muhimlilik darajasini aniqlashda qiyinchilik tug'diradigan bir tekis va monoton vizual ko'rinishga olib keladi.

• Chap tarafdagi UI dizaynda ko'satgichlar (label or data type) va turli qiymatlar (data) keltirilgan. Bu samarali yondashuvdek tuyulishi mumkin, ammo vizual iyerarxiya, ma'lumotlarni bir-biridan tez farqlash va ikonkalarning yetishmasligi sababli bu monoton va noqulay tajriba hosil qiladi. Ma'lumotni istemol qilishga ko'p vaqt ketadi.

• Ikkinchi UI dizaynda ko'rsatgichlar o'rniga iyerarxiya va ikonkalardan samarali foydalanib qulay tajriba ishlab chiqilgan. Bu yondashuv kuchliroq, chunki u foydalanuvchining e'tiborini interfeys bo'ylab boshqarish uchun vizual ritmga ega.

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

16 Sep, 14:04


03—Case // iOS’dagi UX muammolar davomi

• Chapdagi iOS 17, o'ngdagi esa iOS 18 kalkulyatori hisoblanadi. Diqqat bilan ko'rgan bo'lsangiz ikkisida ham o'ziga hos muammolar bor. Ikkisidagi o'g'ri yechimlar jamlansa UX ancha yaxshilanadi.

• iOS 17 UX muammolari judayam ko'p. iOS 18'dan yagona farqli yaxshi tarafi natijani to'liq chiqarishida. iOS 18'da esa, natija tushunarsiz holatda chiqadi. iOS 18 kalkulyatoriga ko'plab UX qulayliklar kiritilgan, lekin hali ham muammolar topilmoqda.

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

16 Sep, 05:24


Mavzu • Vizual iyerarxiya

• Vizual iyerarxiya — bu elementlarni tuzish va ustuvorlik berish orqali foydalanuvchining nigohini boshqarish jarayonidir. Rang, o'lcham, joylashuv va kontrast kabi omillarni o'zgartirish orqali muhim ma'lumotlarni ta'kidlab, foydalanuvchilarni interfeys bo'ylab intuitiv ravishda boshqarishingiz mumkin.

• Ko'p uchraydigan xato noto'g'ri elementlarni ajratib ko'rsatishdir. Masalan, metrikalarni aks ettiradigan ikki dizaynni ko'rib chiqaylik.

• Birinchisida, metrikalar (masalan: "Sales", 'Earnings' vhk.) sarlavhalari katta shrift bilan yozilgan, bu esa diqqatni haqiqiy qiymatlardan chalg'itadi.

• Ikkinchisida esa, asosiy raqamlar (masalan: "591") ko'proq ajralib turadi, foydalanuvchilarga kerakli ma'lumotni tezroq topish imkonini beradi. Ikkinchi dizayn to'g'ri yondashuvga ega. Muhim qiymatlarni ajratib ko'rsatish orqali foydalanuvchilarga kerakli ma'lumotni oson topishga yordam bermoqda.

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

15 Sep, 07:07


03—Case // iOS’dagi UX muammolar

• Natijaning bunday ko’rinishi nimani anglatadi? Hozirgacha tushuna olmaganman. Har safar javobni ko’rish uchun telefonni o’girish ancha ish talab qiladi. Masalan, Orientation Lock turgan bo’lsa avval uni o’chirish kerak, keyin aylantirish mumkin.

• iOS’ning yangi foydalanuvchilari o’girsa natijani to’g’ri ko’rish mumkinligi haqida bilishmaydi ham. Muammoli tarafi shundaki, bu qisqartmani tor doiradagi odamlar tajribasiga tayanib qabul qilinganligi hisoblanadi.

• Videoni e’tibor bilan ko’rsangiz iOS 17’da qo’llangan muammoli UX tajribalar to’g’irlanganligini ko’rasiz. Masalan, yozgan raqamlaringizni donalab o’chirish Swipe usulida edi. Hozir bu tajriba aqlli yechimga o’zgargan ya’ni maxsus Button bajarmoq.

• Siz iOS’ning yana qanday UX muammolari haqida bilasiz?

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

14 Sep, 08:06


Ismoil Safarov pinned «• Instagram akkauntim orqali dizayner uchun foydali video kontentlar ishlashni reja qilgan edim. • Videolarda qanday dolzarb mavzularni olib chiqsam hamma uchun foydali va qiziq bo’ladi? • Izohda o’zingiz bilgan eng dolzarb, javobi kutilayotgan, hamma dizaynerlar…»

Ismoil Safarov

14 Sep, 08:04


• Instagram akkauntim orqali dizayner uchun foydali video kontentlar ishlashni reja qilgan edim.

• Videolarda qanday dolzarb mavzularni olib chiqsam hamma uchun foydali va qiziq bo’ladi?

• Izohda o’zingiz bilgan eng dolzarb, javobi kutilayotgan, hamma dizaynerlar bilishi kerak bo’lgan yoki qiziqqan mavzularni yozib qoldirsangiz )) 🫡

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

14 Sep, 06:56


02—Case // iOS’dagi UX muammolar

• Videoni diqqat bilan ko’ring. Mobil internetni yoqish uchun nechta qadam kerakligini aniqlang. Izohda javobingizni yozib qoldiring.

• Bu jarayonda qanday UX muammolar bo’lishi mumkin? Agar muammo bo’lsa, uning yechi qanday bo’lishi kerak? Izohda javobingizni yozib qoldiring.

@IsmoilSafarov

Ismoil Safarov

12 Sep, 08:06


01—Case // iOS’dagi UX muammolar

• iOS 17’da birorta internet bilan ishlaydigan App’ga kirilsa, internet o’chiq ekanligini ko’rsatish uchun 1-suratdagi kabi modal chiqadi. Uning vazifasi internet o’chiq ekanligini ogohlantirish va Settings bo’limiga o’tkazish orqali internetni yoqish imkoniyatini berish. Ok shunchaki modalni yopish uchun ishlatiladi.

• UX’dagi muammo shundaki, bu modal judayam ko’p chiqadi va har safar uni yopib keyin internetni yoqishga to’g’ri keladi. Shoshilinch vaqtlarda qandamlarni murakkablashtirib qo’yadi. 1-App’ga kirish, 2-tepada ochilgan modalni yopish va 3-internetni yoqish.

• Yechim qanday bo’lishi mumkin. Bu xabarni chiqishi ma’lum vaqt va holatni o’rganib keyin chiqishi kerak. Shunda tinimsiz bezor qilmaydi. Buni huddi onboarding usulida vaqtincha chiqarib, keyinchalik umuman chiqarmasa ham bo’ladi. 99% internet bilan ishlovchi App’larda native holatda internet bilan muammo borligini ogohlantiruvchi xabar chiqadi (3,4-suratlar).

• Izohda tajribangizni yozing

@IsmoilSafarov