DC_KHODJAYEVNA @m_khodjayevna Channel on Telegram

DC_KHODJAYEVNA

@m_khodjayevna


🧕 Педагог, практикующий психолог
Педагогическая и психологическая поддержка родителям, детям и педагогам

DC_KHODJAYEVNA (Russian)

DC_KHODJAYEVNA - канал для всех, кто интересуется педагогикой и психологией. Здесь вы найдете полезные советы и поддержку от педагога и практикующего психолога. M_khodjayevna предлагает педагогическую и психологическую помощь родителям, детям и педагогам. Если вы хотите улучшить взаимоотношения с вашими детьми, разобраться в сложных ситуациях или просто получить совет от опытного специалиста - этот канал для вас. Присоединяйтесь к DC_KHODJAYEVNA и расширяйте свои знания в области педагогики и психологии!

DC_KHODJAYEVNA

05 Feb, 12:22


Bugun podcast yozmoxchidim Diniy ta’lim va Diniy tarbiya mavzusida. Lekin ramazonga yaqin efir qilish töğriroq böladi dib öyladim. Taqamiymiz. In Shaa Alloh balki Keyingi hafta ötqizamis.

Yana bitta loyiha öylab qöydim ramazonga(cha). Bepul (balki)

Eslatarsila hop?

DC_KHODJAYEVNA

03 Feb, 17:52


Suhbatga siğmagan gaplarim))

DC_KHODJAYEVNA

01 Feb, 10:56


#onalikmaktabi #podkast #dildan_suhbat

🛎 Dildan suhbat yana sizlar bilan birga.

📍Bu safargi mehmonimiz
Muxlisa Xodjayevna

Mehmonimiz haqida qisqacha: 👇

1989-yil Toshkentda tavallud topgan.

Muxlisa Xodjayevna kim?

📌 dc_khodjayevna (telegramda https://t.me/m_khodjayevna ) online rivojlanish markazi asoschisi;

📌15 yildan ortiq vaqt maktabgacha ta'lim sohasida ishlagan, 600 dan ortiq bolalar bilan ishlagan pedagog - psixolog;

📌Dunyoning eng kuchli mutaxassislarini 100 dan ortiq kurs, vebinar, marafon, treninglari ishtirokchisi;

📌International Open University qoshidagi "El madrasah"ning "Islom psixologiyasi" loyihasi tinglovchisi;

📌A. I. Gercen nomidagi Rossiya pedagogika Universitetining "Малыш" dasturi ishtirokchisi;

📌O`zbekiston Ofisi va Janubiy Koreyaning Soonchunhyang Universiteti bilan hamkorlikdagi "KOICA" loyihasi qatnashchisi;

📌 Hozirda "Международный институт интегративного профессионального образования" talabasi hamda Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti bitiruvchisi

📌Va bir nechta vebinarlar va "Indigo asri" loyihasi muallifi

🎙 Suhbat mavzusi:

Katta oiladagi munosabatlarni qanday muvozanatga qoʻyish mumkin?!

Vaqti: 3-Fevral Dushanba

📌 O’zbekiston vaqti bilan 21:00

🖥 Jonli efirga ulanish uchun Yaqin kanalini kuzatib boring.

📮Postni yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang zero bu podkastlar barcha opa-singillarimiz uchun manfaatli.

Savollaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring.

🎉Barchangizni jonli efirda kutib qolamiz, inshaAllah!

@YaqinOzbek

DC_KHODJAYEVNA

31 Jan, 19:35


Tungi qitmir ilhom parisi

DC_KHODJAYEVNA

31 Jan, 18:25


Mani aqlim va yuragimni ish faoliyatidan lavha😂

P.s. Uchmiydigan böldila🙈😁

Maa shaa Allah
Allahhumma baarik

DC_KHODJAYEVNA

31 Jan, 06:38


Kecha kuchli bellashuv böldi. Balki qatnashuvchilar yaqinlaridan iltimos qilishgandir qöllab-quvvatlashni, albatta yaqinlari yöq demaganlarini, natijalar uchun qayğurganlarini özi tahsinga loyiq.

Yaqin insonlarini ilm olishini hohlashlari maqtovli.

Izohlar orasida erkakcha ismli profil egalarini ham kördim. Agar ular qatnashchilarning akasi, jufti, yaqini bölsalar ilm olishlariga nafaqat like bilan, balki moliyaviy ham yordam bersalar, avvalo öz savob sandiqlariga zahira qilgan böladilar (ahli ilma homiylik u ilmga amal qilinarkan, amal qiluvchiga ham, homiyga ham ajr opkeladi. Ehsonga eng haqliroq inson-ahli oilamiz), yana zurriyodlariga yaxshilik, qolaversa oilaning sakinatiga ham hissa qöshgan böladilar.

Bu - kurs natijalarini körsatkichlari.
Kursni tugatmasdanoq natijalarni köra boshlaysiz biiznillah.


Eslatib ötaman, bugun qabulning sönggi kuni!

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 15:40


Qatnashgan hammaga rahmat. Rostanam har biringiz haqlisiz. Duo qiling. Robbimga oson.

Sizga hozir bir audio yuvoraman

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 15:38


Shu xabar egasi 30.01.2025 2:35 vaqtida 156 ta yurakcha bilan ğolib deb topildila!

İsmizni bilmadim. Tabriklaymiz! Siz ham endi “Indigo asri” qatnashchisisiz!

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 15:33


Stop!!!

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 15:25


Shartda reaktsiya emas, yurakcha sözi ishlatilgan)))

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 15:24


Общий реакция лар сонига караладими, йоки факат ❤️ гами?

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 15:18


Ajjjjiiiincha qoldi a?))

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 15:18


Kutvossilamiiiii?👀👀👀

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 05:06


Assalomu alaykum.
Meni 3 ta farzandim bor. Kattasi 3 yosh keyingilari egizaklar 1 yosh.

Uchalasiga ham o'zim qarayabman. 24/7.
Borgan sari o'ta vaxshiylashib ketyabman. Bollarim bilan huddiki ular meni dushmanimdek muomala qiladigan bo'b qoldim. Ularni yomon ko'rib ketyabman. Alloh o'zi kechirsin. Ayniqsa uchalasi ham kasal bo'b qolsa juddayam ojizaligimni his qilaman yig'lab yig'lab yengillashvolaman. Esimni taniganimdan beri topgan pulimni ilm olishga sarflayman. Lekin shu onalik maqomida hech o'zimni tarbiyalay olmayabman. Kuchim ham hoxishim ham qolmayabdi. Vaqt ham kechasi hamma uxlaganda tun qorong'usida alloh bn gaplashishga bazida vaqt topaolaman. Lekin kopincha charchab uxlab qolganimni o'zimam bilmay qolaman.

Bu kurs balki menga yordam berar degan umidim bor. Lekin hozirgi sharoitimiz shunaqa bob qogandan keyin Sotib ololmadim. Qayta ochilmaydi deganizdan keyin rizqimiz bo'lsa balkim bizni tanlashar degan umidda yozdim))

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 05:05


Men bogchada tarbiyachiman hozr dekretdaman dekretdan qaytgunmcha yangi goyalar oylab yurbman Indigo asrini oqisam judayam zor bolardi nafaqat ozimni bollarmga boshqa ilojsizlikdan ishlash uchun bogchaga berib ketilayotgan bolalarga ham bu bilimlarim bn onasidek bolish niyattim

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 05:05


Салом кизлажонлар. езвотганлар орасида энг каттаси булсам кк🤗. Манам Мухлисани анчадан бери кузатаман, манга уларни сокинлик бн тушунтириб гапиришлари екади. Манам "Индиго асри" курсида укиб чиксам яхши буларди. 2 та фарзандни котта килаетган кизимга тугри маслахат бериб йул курсатиш ун, келажакда келин туширганимда келинга ердам бера олишим ун. Хайрли буса насиб киган буса укийман Худо хохласа

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 05:05


Assalomu alekum va rohmatullohi va barokatuh
Alloh shu ilmni dinu dunyoimizga manfaatli qilsin
Hamma onalar kabi men ham farzandimni solih ahli fazl, ummatga katta katta foyda va zafarlar keltiradigan inson bo'lib yetishishinini istayman.
Bu yo'lda Allohim menga eng go'zal amali bilan bo'lgan shu ilm sababidan O'zining muhabbatiga vasila bo'ladigan hayrli ilmlar nasibini so'rayman. Bu yilgi wishlistimga sizning shu "Indigo asri"kursingizda qatnashishni niyat qildim. Allohim muvaffaq qilsin.
Farzand tarbiyasi yo'lida qilayotgan har bir kichik zarra amalimizni ham Allohim yuksak ajrlar va muhabbati, rizoligi ila mukofotlasin. Bu ko'z qaroqlarimiz Allohimning muhabbatiga vasila bo'lishsin .
Bu yo'lda har qanday go'zal sabablarni qilishga Allohim qodir etsin va buni bizdan o'zi qabul etsin

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 05:05


Harakat qilib ko'raman. Menga bu kurs judayam ahamiyatli. Chunki mening farzandlarim oddiy insonlar bo'lmasliklarini ko'nglim sezadi. Menga faqat guide kerak

DC_KHODJAYEVNA

30 Jan, 05:04


Assalamu alaykum va rohmatulloh.
Shu yerim bilan murojaat qilishni lozim topdim. Holatimni ochiqlamoqchimasman. Har ish Allohdan.


Men bir onaman
Hali bolaligini yasholmagan.
Hali özligini anglolmagan.
Men bir onaman
Hissiyotlarini körsata olmagan ,
Nafsining kishanlarini uzolmagan.
Men bir onaman
Kelajak bunyodkori bölmoq uchun
Tamal toshini qöymoq uchun
Özin anglamoq sari yölga chiqqan
Ne qilay bilmam ne qilay?
Uchay desam qanotim qayrilgan .
Men bir onaman
Asta sekin qadam tashlayotgan.
Aslo harakatdan töxtamagan.
Tez yurmoq , yugurmoq istagim
Ammo yölimda tikanlar berar ozor,
Yölboshchim ustozim böling tilagim
Toki qanotlarimga yetmasin ozorlar.

DC_KHODJAYEVNA

30 Dec, 17:39


Öğlimni oyoği kuyib qolgani va bundan qanaqa saboq olganim haqida

DC_KHODJAYEVNA

30 Dec, 06:09


🎙 "Indigo asri" loyihasida darsdan tashqari tafakkurlashish

🌈 Temperamentlar haqida- hammamiz bilishimiz kerak bo'lgan ilm

👤 O'zini tanigan Robbisini taniydi

🦾 "O'zim eng yaxshisi ekanman, ular cho'zilib qilguncha o'zim tez tez bitirib tashlayman" degan gaplar haqida

🫵 Solishtirishni oldini olish uchun ham kerakli ilm kerak

🫀 Ibodat shakillarining hilma-xilligining hikmatlaridan biri

👓 Olayotgan ilmlarimizga boshqa tarafdan nikoh

Foydali deb bilsangiz ulashishingiz mumkim
Sharing is caring 🔁


https://t.me/m_khodjayevna

DC_KHODJAYEVNA

30 Dec, 06:04


Indigo asrida darslardan tashqari, va'da qilingan podkastlardan tashqari boshqa bo'lishib turadigan materiallar, tafakkur hosilalarim ham bor.

Shuni bittasini sizlar bilan ham bo'lishaymi, nima deysiz?

DC_KHODJAYEVNA

28 Dec, 07:23


Niyat va maqsadning farqi nimada?

Niyatsiz qilingan amallar ritualdek bo'lib qoladi. Islom faqatgina namozda yotib-turishdan iborat emas. Oddiy rutinamizni, hayot tarzimizni ibodatga aylantiruvchi vosita - amal hisoblanadi.

Niyat bu ko'zlangan maqsadimizga olib boruvchi marshrut (yo'l) 🗺
Maqsad esa- natija(manzil)📍

Bordiyu niyat noto'g'ri bo'lsa, manzilimiz o'zgarib ketadi. Bu haqida batafsil Indigo asrining 1, 2- darslarida gaplashamiz.

Ungacha esa siz bu haqida nima deb o'ylaysiz, qani bir gaplashaylik)

DC_KHODJAYEVNA

26 Dec, 17:17


Allohni tanitish ötirvolib Qur’on yodlatishmaski…

Bolani dindor qilib tarbiyalashdan köra uni taqvodor qilib tarbiyalash qiyinroq…

Kööp narsalani etbergim kevotti va ayni damda uzooq sukutda bölishni ham hohlavomman

DC_KHODJAYEVNA

26 Dec, 17:13


Hozir instagramda bir satrga közim tushdi va bu sözlarni közda yosh bilan yozvomman.

“…Hech yöq ketishingizni chiroyli qilib qoling…
…Farzandingizga Allohni tanitayotgan holingizda öling…”

Allohni tanitishda ota-onani, ayniqsa onani roli haqida örganganim sari mas’uliyat yuki bosadi…

Alloh Özi qodir qisin. Biza ojiiizgina bandamiz. Sof tabiatda tuğilgan bu beğuborlani fitratini buzishimizdan Özi asrasin. Amiyn

DC_KHODJAYEVNA

26 Dec, 17:02


Har kimning öz haqiyqati bor…

DC_KHODJAYEVNA

25 Dec, 18:45


Bugun Muhammadimmi urvoriy didim…

Xabarila bösa kerak, öğlim qizimdan 13 oylik katta. Ayni shöx bölgan payti hozir (1,7 yosh)
Ora-sira singlisini urib, tishlab olishi bor. Shu bilan birga mehribonchiligi ham yöqmas.

Xullas bugun oshxonada edim. Qizim lyulkasida öyünchoq öynab ötirardi. Bir mahal qattiq qichqiriq ovozi. Qarasam, Muhammadni qöli uni yuzida, aynan közi atrofini yumdalavotti.

Jon holatda Maryammi qölidan chiqarvolib, bağrimga bosdim. Qizimmi chinqirab yiğlashidan öğlimmi urib tashagim keldi (trigger). Bunaqa payt olgun ilmlariz boshizdan uchib ketadi.

Lekin alhamdulillah, Robbimmi fazli bilan özimmi töxtata oldim. Öğlimga jahlim chiqqanini bildirdim. Biroz tovushimni kötarib, jiddiy ohangda bu töğrimasligini etdim.

Keyin özimni bosib, qayta tushuntirdim. Lekin bu -bola. KAMİDA 100 marta tushuntirish kerak ( man endi 35-40 marta chuntirdimov).

Ayni butun e’tiborimiz unda bölishi kerak paytda singlisi tuğilgani uni aybimas. Alloh mani isloh qisin. Bilib-bilmay qipqöyishim mumkin bögan zulmdan yaqinlarimmi asrasin.

Körib turganizdek, pedagogni bolasi ham boshqa bolalar kabi oddiy bola va manam ona sifatida siz tushgan vaziyatlarga tushaman

DC_KHODJAYEVNA

22 Dec, 14:23


“Indigo asri”ga qabul tugashiga 3 hafta qopti. Loyiha haqida savollar bo’lsa, shu yerda qoldirishiz mumkin))

DC_KHODJAYEVNA

22 Dec, 14:14


Bu 25- avgust 2021 yilda manga yozilgan xabar edi

Bugun bu ayolning farzandlarini soni 6taga yetdi. Maa shaa Alloh. Chet elda turmush o’rtoqlari bilan yashaydilar. Bolalarga qaraydigan bobo-buvilar yonlaridamas ya’ni.

Aslida bola ko’paygani sari inson qiynalib, asabiylashib qoladi. Lekin bu ayolni keyingi yozgan maktublarini bir o’qib ko’ring👇

DC_KHODJAYEVNA

22 Dec, 14:13


Muhlisa Alloh roziligi uchun men hayotimni o‘z yoliga tushurib olishligim uchun yordam bering iltimos sizdan hozirgi kunda 3 farzandim bor kattasi 3yoshda ikkinchilari 1yoshu 8oylik
3lari 8oylik alhamdulillah 2oylik homladorman farzandlarimga o‘zim hohlamagan holatda zulm va jabr qilib qo‘yaman bunga faqat shu borada menda tajriba va bilim bo‘lmaganligi hattoki farzandlarim bilan maza qilib o‘ynay olmayman o‘zim buni bilmaganim uchundir shu sabab iltimos menga yo‘l ko‘rsating o‘zimni va farzandlarimni chiroyli hayotga tushib olishimizda siz sababchi bo‘ling bunga modiy tomondan to‘lash kerak bo‘lsa ayting Alloh taolo qodir qilganicha harakat qilaman bu yoshligimda sindirilgan narsalar bu oilaliy hayotimda ko‘p to‘siq bo‘lyapti necha bor oilamiz ajrashish yoqasiga borib keldi hattoki ibodatlarimga ham o‘z soyasini sola yotgan ekan bu yoshlikdagi soyalar shuni angladim faqat endi bundan qanday chiqishni bilmay qoldim

DC_KHODJAYEVNA

22 Dec, 11:00


🤍-Manga ba’zan kutilmaganda yoqimli SMSla yozishizzi hohlardim.
🖤-Bilasanmi, man sanga yozadigan “Labe” ni ma’nosi nima?
🤍-Nima?
🖤-Love


*erkaklar har doim ham ochiqchasiga yaxshi ko’rishlarini bildirishvurmiydi)))

#MaaShaaAllah

DC_KHODJAYEVNA

20 Dec, 19:12


Sönggi payt Robbim bilan hayolan suhbat qurganimda qalbimdan moddiydan köra, ma’naviy manfaat köproq joy ovotganini his qildim.

Ha, auditoriyaga sönggi sotuv e’lon qilinganini eslatish, loyiha haqida köproq ma’lumot berish örniga, shu loyiha xususida Robbisi bn “gaplashib ötiradigan” Muxlisela bor silani))

DC_KHODJAYEVNA

20 Dec, 19:08


Duo qildim. Umr yöllari ilm sababidan mani manzilimga tutashgan insonlar haqqiga.

Alloh qalblarigacha yetib, amal qilishga taufiq bersin.

Mani loyihalarimda qatnashishdan oldin istihora qiliyla, iltimos.

Mayli 1 dona insonga darslarim yetib borsin, ammo rostanam shu ilmni qadrliydigan, bu ilm hayrli bögan insonga nasib qilsin.

DC_KHODJAYEVNA

12 Dec, 17:30


Ha mayli, bu ham rizq)
Rizqi shu ilmga qöshilganlarning (tashlab bergilgan muslimalarning) izohlarini öqib turaqoling, a labbay

DC_KHODJAYEVNA

12 Dec, 17:28


Insaytlar

DC_KHODJAYEVNA

12 Dec, 17:28


Selmanu shvetsiyadagi talim erkinlik haqida gapirganlari manga yangilik boʻldi.
Mashaallah zoʻr suhbat boʻlibdi🌺

DC_KHODJAYEVNA

12 Dec, 17:09


Reaksiyalar soni juda kam, izohlarda esa hech narsa yöq(

Mening matvatsam tushib ketti

DC_KHODJAYEVNA

12 Dec, 13:29


Shu efirni yozib olingan shaklini "Maxsus sovg'a" kanalimizga tashlab berdik.

Lekin tabiiyki "tekinga" emas. Sharti bor edi.

Siz ham efirni eshitishni xohlaysizmi?

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 19:09


Live stream finished (2 hours)

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 18:36


oh mening asablarim…

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 17:00


Live stream started

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 16:09


Asablarim tarang. Telefonimmi ekrani darz ketdi. Hech narsani ko’romayamman. Alhamdulillah eski telefonim bor. Undanam telegramga kirish oson bo’madi (unitilgan parollar)
Ammalladim Allohni izni bilan.

22:00 da boshlaymiz hop?

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 12:33


Eslatib ötaman, efirning yozib olingani bu kanalga tashlanmaydi

Shu sabab jonli qatnashishga harakat qiling

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 12:32


Mashaalloh manga kereli mavzu

Qzim 1 yarim yosh,kopam doctor korigiga borurmimza shuni sababidammi ,borb qosek yiglab baqiradi.Bu yoshdayam chuntrib iloji bormi shunaqa narsalani
Qanaqib yol tutsam keyinchali qiynalmiman.Shu narsala judayam òylantiradi mani

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 11:51


Erkinlik va chegara 🥀

Bu, xozirgi ba'zi bolalarni ahvoli. O'zini qanday tutishni bilmaslik.

Bu qizchaga yordam kerak, o'zini nazorat qilishni va disiplinani bilishi kerak. Ba'zi ota onalar chegara va erkinlikni qanchalik berilishi, qanchagachan indamaslik kerakligi, qayerda toxtatish, qayerda qo'yib berish kerakligini ajratishda qiynalishadi.

Videoda, atrofdagi odamlarni gapi:
"Bu qiz nimalar his qilayotganini bilmaysiz, tegmang"
"Bu qizda balki autizm bor, yaqinlashmang"
"Bu qizni o'z xoliga qo'ying"
"Hech kimga qo'ng'iroq qilmang, balki boshidan yomon kunlar o'tkazayotgandir."
degan gaplar eshitasiz.

1. Qancha autizm spektrumi bor bolalar bilan ishladim, to'g'ri disiplina, erkinlik va chegaralar bilan, ulardan hechbiri bunday qilmaydi.

2. Bolaga, boshidan qiyin kunlar o'tayotganda o'zini qanday tutishi kerakligi o'rgatilmasa, bu bola hamma joyni vayron qilish to'g'ri deb o'ylaydi, hech kim indamayaptiku didi.

Bola bu, tanlov va erkinlikni 100% ularga berib qo'yish katta xato. Har qanday xolatda o'z qarorlarini to'g'ri shakilda beraolishini o'ylashlik xato.

Ularga rahbar kerak, o'zini qanday tutishini, qanday his qilishni bilmaganida, katta odamni yordami kerak.

Bola tarbiyasida chegaralar qo'yilishi muhim, erkinlik berilishi ham muhim hisoblanadi. Xo'sh, bu ikta omilni qanday qilib balansda ushlab turish mumkin?!

selma

DC_KHODJAYEVNA

08 Dec, 11:51


📣 SUHBAT esa aynan "ERKINLIK va CHEGARA" haqida bo'lib o'tadi.

SOAT: 21:30 (22:00)

qo'shilib turing 👇
https://t.me/m_khodjayevna

DC_KHODJAYEVNA

28 Nov, 12:04


Sizningcha farzand tarbiyasi bilan shuğullanish qiyinmi? Agar ha bölsa, aynan nimasi bilan?

Imkon qadar köproq fikr bildirsela, shu mavzuda podcast qilaman in shaa Allah

DC_KHODJAYEVNA

25 Nov, 05:44


U oilada na birinchi va na kenjatoy farzand edi. Yagona qizaloq ham emasdi.

Ota-onasi undan keyin birin-ketin yana 4 ta chaqaloq olib kelishdi va ular bilan ovora bölishdi.

U bir narsalar yasasa, bir narsalar yozsa “Ha, barakalla” deb qöyishardi. Lekin yomon bir narsa qilib qöysa hammani e’tibori unda bölardi. Mayli urushishsin, mayli baqirishsin, mayli yomon deyishsin, harqalay közlari undaku.

Shunday qilib u yomon ahloq bilangina öziga kattalarning e’tiborini qarata olishini tushundi.

Uni har safar urushishganida ich-ichidan “Men yomon emasman. Siz faqat shunday yomon ishlar qilsam Menga qaraysiz. Sizning e’tiborizga muhtojman. Mayli urushsangiz ham” degisi kelardi. Ammo aytolmasdi.

Oxiri kurashmay ham qöydi. Chunki 1-2 marta yaxshi ishlar qilsa ham Atrofdagilar uchun yomon qiz bölib qolaverdi. Va bezorilik uning hayot tarziga aylandi.

Atrofdagilar undan, u atrodagilardan faqat yomonlikni kutardi.

“Hamma yomon, hammaga oğirligim tushadi, men ortiqchaman, yaxshilik qilishdimi-shubhali, minnatli, hech kimga ishonib bölmaydi. Men yaxshi munosabatga arzimayman. Hatto Xudoga ham keragim yöq. Manga faqat balolarni yuboradi.”

Bu fikrlar uning hayot tarzi edi.

Shunday qilib kunlar umr ötib ketdi. Butun boshli umr. Uni yashagan -yashamagani bilinmadiyam.


Ba’zan Maryam (5 oyli) bilan band böpqoganimda Muhammad (18 oyli) xarxasha qiladi, injiqlanadi, u bilan öynashimni söraydi. Asabiylashgan paytlarim böladi. Lekin öshanda “Sen ham hali bolasan, ayni butun e’tiborimni senga beradigan paytim singling tuğilib qolgani seni aybingmas” deyman. Bu fikrlar esa unga nisbatan kevotgan jahlimni bosib, shafqatim uyğonishiga, unga baqirmasdan rahm qilishimga sabab böladi biiznillah.

Bolalarga qivotgan muomilamiz ularni kelajagiga juda, judayam katta ta’sir qilishini unutmaylik.


Foydali deb topgan bo'lsangiz yaqinlaringizga ham ulashing

https://t.me/m_khodjayevna

DC_KHODJAYEVNA

24 Nov, 02:40


Bolalardagi qizğanchiqlik

▪️Bolalardagi qizğanish qanaqa namoyon böladi?
▪️Qizğanish-himoya mexanizmi.
▪️Qizğanish bosqichidan ötgan bolagina saxiy böla oladi.
▪️Haqiqiy qizğanchiqlik bilan himoya mexanizmini qanday ajratish mumkin?
▪️1 yosh
▪️2 yosh
▪️3 yosh
▪️4 yosh
▪️5-7 yosh
▪️Qizğanchiqlikning “davosi” nima?
▪️Qizğanish-bu yöqotib qöyishdan qörqish.

Foydali deb topgan bo'lsangiz yaqinlaringizga ham ulashing

https://t.me/m_khodjayevna

DC_KHODJAYEVNA

21 Nov, 15:05


#mini_podkast

🧠 Bolaga aqliy salohiyati kimdan o'tadi?
👥 Onadan va otadan o'tadigan xromosomalar
💥 Xromosomalar o'zida nimani olib o'tadi?
🧬 Limbik tizimga javob beruvchi genlar kimdan o'tadi?
🩸 Aqliy salohiyat naslga bog'liqmi?
🫀Emotsional bog'liqlikning intellektga ta'siri
🍼 Ona suti haqida


Foydali deb topgan bo'lsangiz yaqinlaringizga ham ulashing

https://t.me/m_khodjayevna

DC_KHODJAYEVNA

20 Nov, 15:46


Ertalab MuradBeydan arazlagan holda turdim. Tushimda manga xiyonat qiptila. Tağin qanaqadir Jenya digani bilan. Ertalab “Kim u Jenya digan xotin?” disam, “Ayolladayam Jenya digan ism bormi?” dilla🤦‍♀️

Erginammi Hatto Jenya degan oğaynilariyam yöğakanu, man xotinla haqida tush körib yurimmana😂🤣

DC_KHODJAYEVNA

18 Nov, 01:18


Ota hovlimdaman.
Soat sahar 5:15


Atigi bir necha oy oldin Nodira (saratondan vafot etgan) opam uyga kelsam mani, har kuni onammi bomdodga uyğotardila…

“Muxlisa, tur, bomdod kirdi. Namozini öqivol” degan ovozlari Bugun xuddi quloğimda jaranglavotgandek.

Bechora kasal holiga, inqillab, amallab xonalaridan chiqib uyğotgani kelardila😭

Özlari oxirgi paytla tahorat qilomasdan tayammum qilib öqirdila. Kasal bösalayam, hammadan maxfiy röza tutardila.

Onammi bomdodga uyğotarkanman shularni esladim…

Insondan yaxshilik qolarkan.

Alloh opammi yaxshi amallarini özlariga hamroh qisin. Qabrlarini jannat boğlaridan bir boğ qisin. Özi ularni rahmati bilan öravosin. Hammamizni jannatlarida jam qisin.

Amiyn.

DC_KHODJAYEVNA

15 Nov, 12:27


Kecha Murad Bey bilan “Gifted hands” filmini tomosha qildik birga.

“Man bilan tekinga kinotahlilda qatnashish mazami?” didim (ichimda😂)

Lekin Rostan mazza qildik. Fikr almashdik. Farzandlarimiz tarbiyasiga oid qarashlarimiz haqida gaplashdik. Shunchaki birga vaqt ötkazdik (melatoninni qurbon qilib🥲)

DC_KHODJAYEVNA

15 Nov, 06:32


Turkchada hich bömasa lullaby etib turmasam, esimdan chiqib ketvotti bu til 🙈

DC_KHODJAYEVNA

14 Nov, 09:20


📢📌
Muhim xabar!

Indigo asri haqida ozmi-köpmi xabaringiz bor. Xabari yo'qlar esa ko'k yozuv ustiga bosing.

Indigo asri uchun qabul noyabr oxirroqlarida ochilishi rejalashtirilyapti.

Oxirgi potok (bu formatdagi).
Boshqa bu formatda bo'lmaydi.

Indigo asriga qiziqqanlar uchun alohida kanal ochildi. U yerda maxsus sovg'a va podkastlar bor.

O'sha kanalga qo'shilganlar uchun

- "Indigo asriga" to'lovni bo'lib to'lash imkoni beriladi;
- Tekinga turli mavzulardagi podkastlar beriladi;
- Foydali maslahat va ma'lumotlar bilan bo'lishilinadi;
- Sizga o'xshash odamlar bilan bir yerda jamlanish imkoni beriladi.

Yopiq kanalga qo'shilmoqchi bo'lganlar izohlarda + qoldiring

P.S. Kanal teppa-tekin

DC_KHODJAYEVNA

13 Nov, 18:11


Kommentga nima yozmoxchiligim esimga tushdi.

Ruvayha, siz ilm olib, uni tarqatishda davom etavering. Oldizga eng zör shogirdlarni yiğib, klinika (tuğruqxonasi bilan) ochsez, Biza havasgayam tuğvuramiz🤣

Töğrimi, qizla?))

DC_KHODJAYEVNA

13 Nov, 18:08


Xuddi shunday bola tarbiyasida ham…

Ilm olmasak, “Bolez 100gacha sanashni bilmaydimi? Voy Qur’onga tushmaganmi 5 yoshli bola? Mani bolam 4 yoshdan boshlab sharillatib öqiydi” kabi gaplar ta’sirida özimizni yomon ona, bolamizni esa qoloq deb bilamiz. Bu narsalar esa bolani ongsiz ravishda turli pochemuchkalarga berib tashashimizga sabab böladi.

Yoki qiyqirab yugurib yurgan bolamizga shovqinni kötarolmaydigam qöshnimiz “tarbiyasiz” tamğasini bossa, öz fikrini ifodalavotgan bolaga “betgachopar” deyishsa, boshqalar bizni yomon tarbiya bervotganakan demasligi uchun ÖZ BOLAMIZNI BOSTIRAMIZ, CHEGARALAYMIZ.

Bolani ruhiy salomatligini ahamiyat jismoniy salomatligini muhimligidan kam emas.

Shuning uchun “Indigo asri”ni sönggi potogiga ulgurib qoling!

DC_KHODJAYEVNA

13 Nov, 17:52


Endi “man kelinman, mani gapim ötmiydi” diganlaga.

Ana shu yerda hammani ensasi qotadigan gap shaxsiy chegara, shaxsiy hudud masalasi dolzarb.

Bola sizniki (aslida Allohni sizga bergan omonati) va siz undan söralasiz. Turberishimiz, chuntirvurishimiz kerak. Qayta-qayta.

Man tushgan xonadonda bola kasal bölishidan oldin dori berishardi profilaktika uchun (bugun muzqaymoq yedi, paracetamol berarsiz yotishidan oldin)
Endi Rostan kasal bösa, issiği chiqsa, tasavvur qivovurin😂

Man ularni chunaman (Yaxshiyam psixologiyadan xabarim bor☺️) bola uchun havotir olishadi, kasal bömasin, joni oğrimasin deyishadi.

Lekin qayta-qayta chuntirvurdim. Bunaqa payt manda farosat, sabr, murosa, Onalik rejimlari öchmasdan ishliydi🙈

Xullas, özligi körishdi: bola minimal dori bilan kasallikdan chiqdi. Köp kasal bömayapti. Ishtahasi yaxshi. Asosiysi tuzalvotti.

Manam erinmasdan isitmani vazifasini, suyuqliklarni ahamiyatini gapirvuraman. TV, Internetdayam 38-39 bömagucha isitma tushirilmasligi tavsiya etilvotganini körishadi.

Endi u qadar qörqishmiydi bola kasal bösa. Ba’zida Mandan sörashadi.

Man bir özim ilm olib, atrofimdagi kamida 5-6 ta odamni kasallik haqidagi fikrlari biroz bölsada bifazlillah özgarganiga guvoh böldim.

Jamiyat -bu biz deganim shunga edi.

Albatta Alloh rahm qimasa manam balki “ruxsat berishmayapti” deb ötirardim. Lekin man Unga duo qivomman, sababini (ilm) qivomman, U mani zoe qimiydi))

DC_KHODJAYEVNA

13 Nov, 17:31


Ruvayha ni kanallarida Jon kuydirib yozgan postlarini öqidim. Unda tuğruq vatidagi ona va bolaga hurmat(sizlik) haqida yozilgandi.

Kommentga kirib nimadir yozmoqchidim, ayol-qizladan kelgan sharhlarga diqqatim bölindi. Bir muslima “biza jon kuydirib etamiz yaqinlarga, lekin qaynona-qaynotalar chunishmiydi” ma’nosida yozibdila.

Islohga muhtojmiz. Biza ilm olmasak, Biza talab qimasak “jamiyat rasvode” dib ötirishimiz mantiqsiz. Jamiyat bizadan boshlanadi. Mandan. Sizdan. Biz kabilardan.

Talab qilish.
Ikkinchim 42 haftadan ötib tuğildi. Doktorlar osongina “Falon kuni kelasang, ishda bölaman-tuğasan” digan. Qanaqqib desam, “yoki kesercha, yoki dard chaqiruvchide” deyishgan.

Man SAST da qatnashib, bular haqida yetarli ma’lumot olganmasmanmi- tabiiy tuğruqni talab qilganman. Bosim bömaganmi-bögan. Qörqituvlar? Bölgan.

Oldinlari shifokorlarimiz shunaqa mas’uliyatsizmikin deb yurardim. Lekin ayollar özi kelib, “mani kesercha qiling”, “manga( bolamga!) antibiotik yozberin” deb turgandan keyin, bitta qörqitsa, ilmsizligidan “hoop” dib ketgandan keyin biz özimiz hali rivojlangan doktorlarga tayyormasakanmizde dib öylab qoldim.

DC_KHODJAYEVNA

04 Nov, 03:59


Diqqat, hozir muhim xabarlar bilan bölishaman.

Ötkazib yuborsangiz köp narsa yöqotishingiz ehtinoli yuqori.

DC_KHODJAYEVNA

02 Nov, 07:33


DC_KHODJAYEVNA pinned «Seminarda Ruvayha bir narsani etib kettila: “Oldin UZI apparatlari bömagan. Doyalarni qöli UZI bölgan. Ular qorinni paypaslab bola nechta, qanaqa rivojlanvotti etib bera olishgan. Hozirgi doktorlarga inson tanasinimas, apparatlar bilan ishlashni örgatishadi”……»

DC_KHODJAYEVNA

01 Nov, 17:24


Seminarda Ruvayha bir narsani etib kettila:
“Oldin UZI apparatlari bömagan. Doyalarni qöli UZI bölgan. Ular qorinni paypaslab bola nechta, qanaqa rivojlanvotti etib bera olishgan. Hozirgi doktorlarga inson tanasinimas, apparatlar bilan ishlashni örgatishadi”…

Rostanam. Bu mani miyamda necha yillardan beri aylanvotgan fikr.

Paradoks fakt: Inson eng aqlli mavjudot böla turib, öz aqlini özi öylab topgan buyumlarga berdi. Natijada ösha buyumlar insonni özidan aqlliga aylandi.

Masalan, Avvallari telefon raqamlarini yoddan bilardik (hammanikini), hozir masalan man onammikini yoddan bilmiyman.

Avvallari miyada hisoblardik, hozir miyada 100, nari borsa 1000 ichida arifmetik amallar bajara olamiz.

Avvallari ustalar Hamma narsani özlari qilishgan. Hozirgi ustalar anjomlarisiz deyarli hech narsa qilishomas ekan.

Avvalgi vrachlar kasalni davolashardi. Hozirgilarni köpchiligi (hammasimas!) Dori bömasa davolay olmasayam kerak. Hatto apparati bölmasa tashxisam qöyomiydi.

Mdaaa. Aqlli mavjudotmiz. Aqlsizlashib ketvotganimizni hisobga olmasak

DC_KHODJAYEVNA

30 Oct, 11:28


@ummuumayr_sotuv

Shu yerga murojat qilsangiz böladi)

DC_KHODJAYEVNA

30 Oct, 11:28


Mana shu kabi mavzularda qizlarimiz bilan gaplashish jamiyatimizda ommalashmagan, qandaydir devor ortidadek bu mavzular. Bordiyu men onamning örnilarida bölganimda qizimga (yani menga) shu kursni olib bergan bölar edim, sababi bunday masalalarni mutaxassisdan örgangan boshqa. Haligi chumchuq söysa ham qassob söysin deyishadiku)
Agarda qüzüngüz bilan yaqin munosabatda bölsangiz kursni özingiz ham olishingizni tavsiya qilgan bölar edim, sababi biz közdan qochirgan, lekin qizimiz ham, özimiz ham bilishimiz kerak bölgan narsalarni professional tomonlama ochiqlab, tushuntirib berganlar

DC_KHODJAYEVNA

30 Oct, 11:28


Seminarga kelgan qizlarni ilmga tashnaligini körib quvnadim va berilayotgan savollardan ayollarga xos ilmlarga jamiyatni ehtiyoji bor ekanligini, qizlarimizga, xossatan onasi bilan köp kelishmovchiliklarga uchraydiganlarga islom filtridan ötgan, qizlarni faqatgina "qulog'iga aytiladigan gaplarni" yetkazib bera oladigan mutaxassislarga ehtiyojimiz bor ekanligini bildim.

Qachon ummu Umayrning darslarini eshitsam "Siz online yangalikni yölga qöyishingiz kerak" deb aytaman, sababi haqiyqattanam biza ahamiyatdan chetda qoldiradigan detallargacha jon kuydirib aytib beradilar. Shu sababdan ham ularning loyihalarini ikkilanmasdan taklif qilaman auditoriyamga. Hozir ham aktual mavzularni ichiga qamragan "Sayqal" kurslari sotuvga chiqipti, olishilani maslahat bergan bölar edim.

Bu kabi hassos mavzulardagi ilmni ulardan olishingizni tavsiya qilishimning eng asosiysi sababidan biri bu judayam kam sonli mutaxassislar ishiga vijdonan yondashib, vada qilingandan köprog'ini beradi va ummu Umayr ham shunday mutaxassislardan biri. Shu sababdan foydalanib qolinglar bu imkondan

DC_KHODJAYEVNA

27 Oct, 14:26


Ertaga uchrashuvga kim kevotti?

DC_KHODJAYEVNA

17 Oct, 13:18


Aslida keladiganlar bormi demasligim kerak edi)

Bu uchrashuvga Sizlarni shaxsan taklif qilaman, keling, meni ham hursand qilgan bo'lasiz ❤️❤️❤️

...desam töğriroq böladi 🫂

DC_KHODJAYEVNA

17 Oct, 13:16


Keladiganlar bormi orangizda???

Mazza qilib dildan suhbat qurardik, foydali ma'lumotlar almashib, 🫂 mana mashnaaa qilib quchoqlshiiib ko'rishib olardik ❤️

DC_KHODJAYEVNA

17 Oct, 13:14


Ruvayha bilan jonli uchrashuv. 🫂

Ruvayha - @yashilmaktab va @yashilmalham loyihalari asoschisi, Hajjoma Girudaterapist, Gomeopat, bo’lajak Doula va sog’lom turmush tarzi ambassadori. 🌱

“Sog’lom ayollik. Sog’lom munosabatlar.” mavzusidagi iliq yig’ilishimizga sizni lutfan taklif etamiz. Go’zal atmosfera, yoqimli suhbatlar, sog’lom taomlar, sovg’alar va unutilmas xotiralar og’ushiga sh’ong’ish imkoningiz bor.

Uy-ro’zg’or, bola-chaqa va barcha dunyodagi muammolaringizni chetga surib, shunchaki ruhiy hordiq olishingiz uchun biz harakat qilamiz.

Jonli uchrashuvda sizni nimalar kutmoqda:
- organik oshxonadan mazali taomlar
- go’zal atmosfera
- foydali suhbat
- sovg’alar
- sevimli bloggerlaringiz bilan jonli tanishuv

Uchrashuv maxsus mehmoni - pedagog psixolog Muxlisa Khodjaevna.

Yig’ilish 28 oktyabr soat 11:00-13:30 ga qadar Croissant Eco cafesida bo’lib o’tadi. 🥐🥦

Uchrashuvda qatnashish narxi - 400,000 so’m.

Joy band qilish uchun - @ruvayha_manager 💚

@yashilmaktab

DC_KHODJAYEVNA

13 Oct, 17:14


🤍-Jon, mani yaxshi körasmi?
🖤-Judayam
🤍-Bugun yaxshi körishizzi his qimadim, azgina uzoqlashgandekmiz yo manga shunaqa tuyulvottimi?
🖤-Jon, köchada bitmagan ishlarim bor, öshalani öylab yuribman. Sani yaxshi körganimdan, sani ayab, bitta futbolkammi 2-3 Marta kiyvomman. Bilasan, bitta kiygan narsammi yuvishga tashardim. “Shu ayolim kir yuvib, dazmollashga ortiqcha vaqt sarflamasin, özi shundoğam bolalarim charchatvotti” digan hayolda sani asravomman. Yaxshi körmaganimda sani shunaqa öylarmidim?…

Ba’zan Muhabbat Izhori til bilan bömiydi.
Счастье в мелочах deydi ruslar. Shunaqa rostanam. Faqat ularni Ba’zan ilğolmaymiz.
Ayol kishi quloği bilan sevadi deyishadi. Ösha kuni Sevaman demaganlariga butun e’tiborimni sarflab, mani avaylaganlarini közdan qochiribman. Yuz Marta sevaman deb, amalda körsatmaganlarida nima qilardim?

Yomğirdan söng kölmakka qarab, kamalakni közdan qochirmaylik


#özimga_eslatma

P.s. Sizni erizni sevgi tili boshqachadir. Tağin hozir borvolib, “kiymizni 2-3 Marta kiyib, mani avaylamayapsiz” dib ajrashib tashamen🤪

*Maa shaa Allah Allohumma baarik diymiz

DC_KHODJAYEVNA

12 Oct, 09:01


Alloh taolo HECH QAYSI bandasini “Sen falon bandamdan ko’ra ko’proq gunoh qilibsan yoki u bandamning savoblari senikidan ko’proq ekan degan o’lchov bn Jannat yoki do’zaxga KIRITMAYDI. Har bir bandasini individual’niy hisob qiladi. Va bu — biz bu hayotga kim bilandir musobaqa qilish, kimlardandir o’zib ketish uchun kelmaganimizning eng katta dalili.

Aynan shu joyi miyani 🤯 qivoradigan darajada yaqqol, hammamiz biladigan, ammo közdan qochiradigan fakt (mazza qildim öqib)

Asiyani detallarga ahamiyat berishlarini sevaman🤩

DC_KHODJAYEVNA

12 Oct, 08:59


#suhbatimizdanparchalar

To’g’ri narsalar uchun uyaltiradigan jamiyatga ehtiyojimiz bor.
Ammo bizda bori, noto’g’ri narsalar uchun uyaltiradigan jamiyat.
Mezonlarning oyog’i ustdan.

* * *
Ota-ona o’z bilganicha farzandiga yaxshi deb o’ylagan narsani u bn hisoblashmasdan qilavermasligi kerak. Chunki ularning ko’zida yaxshilik ko’ringan narsa farzand uchun zarar keltirayotgan bo’lishi mumkin.
Eng yaxshisi: “Bolam, biz sen uchun shu narsani yaxshi bo’ladi deb o’ylab turibmiz, o’zin nima diysan(does it feel good to You too)?deb so’rab unga ko’ra ish qilish.

Lekin bu yerdagi asosiy nuqta, farzand haqiqiy samimiy javobini bera ololadigan darajada ota-ona bn o’rtasida quvvatli va ishonchli bog’ bo’lishi.

Va shuning g’irt aksi. Ota-onalarimizning yoshlariga yosh qo’shilgani sari endi biz ularning o’rinlariga qaror olayotganimizda ham xuddi shu savol berilishi kerak. (Masalan ota-onaga ilinish bobidan, yegisi kelmay turgan narsani ham yedirishga harakat qilish, chunki yo’q degan javobi rost emasligini bilib, ularga bunday “majburlanish”lar yoqadi degan tahmin bn ish yurutish)
Va ular ham bizga sof, haqiqiy javoblarini aytoladigan darajada rostgo’y va biz bn o’zlarini har qanday javoblarida xavfsiz his qila oladigan darajada o’rtada bog’ o’rnatilgan bo’lishi kerak.

Chunki aks holda, savol so’ralgani bn, rost javoblar berilmasligi mumkin.. maqsad esa so’rash emas faqat.

* * *
Alloh taolo HECH QAYSI bandasini “Sen falon bandamdan ko’ra ko’proq gunoh qilibsan yoki u bandamning savoblari senikidan ko’proq ekan degan o’lchov bn Jannat yoki do’zaxga KIRITMAYDI. Har bir bandasini individual’niy hisob qiladi. Va bu — biz bu hayotga kim bilandir musobaqa qilish, kimlardandir o’zib ketish uchun kelmaganimizning eng katta dalili.

O’z yo’limizda to’g’ri yurish - bizdagi vazifa.
Qadarimizda borini ko’ramiz, yo’g’iga esa tog’lar oshib qidirsak ham erisholmaymiz.
Agar biror narsa rizqimiz bo’lsa, u bizga yetmay qolmaydi. Agar rizqimiz bo’lmasa ikki labimiz orasida bo’lsa ham bizniki bo’lmaydi.

* **

DC_KHODJAYEVNA

12 Oct, 08:55


🤍-Jon mani bir loyihaga taklif qilishvotti
🖤-Xösh?
🤍-Boraman a?
🖤-Öylab körishim kerak
🤍-Jon, siz mani ösishimni hohlamiysizmi?
🖤-Nima, u yerda turnik borakanmi?
🤍-Joooon😤😵‍💫😬😂 (oyoğini topillatgan emoji yöğakan🤣)

DC_KHODJAYEVNA

08 Oct, 17:33


#tungi_daydi_fikrlar

DC_KHODJAYEVNA

08 Oct, 17:08


Bir hafta oldin dardini yengillatishini sörab duo qilgan insonim haqqiga bugun qabrini jannat boğchalaridan bir boğcha qilishini sörab duo qivomman…
Umr qisqa…

DC_KHODJAYEVNA

30 Sep, 06:41


Bu xabarga mani pozitsiyam qanday?

1. Dinda “dedi-dedi”lardan qaytarilganmiz. Bir ma’lumotni tarqatishdan oldin ishonchliligiga Amin bölishimiz kerak. Demak, manbaani surishtirish kerak. Ösha gaplarni kim etgan?
Man keltirgan fakt aynan tajriba va eksperimentlarga asoslanib, fanda tan olingan ma’lumotni öz tajribasida tasdiğini olgan neyropsixolog tomonidan aytilgan.

2. Homilador ayolni homiladorlikdagi holati bolaga ta’sir qiladi va bu fanda isbotlangan fakt. Aynan shu bola aynan shu homiladorlikda olgan tajribasi (ovozlar, hislar, ta’m masalasi) bilan dunyoga keladi, ha. Lekin baribir bu tajriba ham yöqdan bor bölgan oppoq qoğoz kabi toza jismga yozildi. 25-30 yildan keyin tuxumlar dunyoga kelishini birinchi Marta öqishim.

3. “Bola oq qoğozday toza tuğiladi” degan gap munozarali ekani, Zotan uni fitratiga allaqachon ma’lum xarakterlar xosligi, qolaversa uni tabiiy instinktlar bilan tuğilishi ham rost. Ammo bu instinktlar homiladorlikda paydo bölib, rivojlangani va fitrat ham Aslida poklik ekaniga asoslanib, “Bolani ongosti toza böladi” deyiladi.

4. Ötgan ajdodlarni dasturlari degan gapga kalsak, aynan shunaqa aqidada bölish biroz ğalati. Azgina tafakkur qilsak, bu gap töğriroq ma’no beradi:

Bizni ota-onamiz öz ota-onalarida körgan munosabat shablonlarini özlashtirishgan (pulni özidan ayash, dam olishni ayb deb bilish va shunga öxshash). Bobo-buvilarimiz esa bu shablonlarni öz ota-onalaridan örganishgan. Qaysidir davrda (masalan urushda) shablonlar biroz özgargan (masalan, saxiy odam ham tejashga majbur bögan) va shunday qilib turli hayotiy ssenariy va ustanovkalar evolyutsiyaga uchrab, bizgacha yetib kegan. Xullas, ota-bobolar dasturi deb vahima qimasdan, qush uyasida körganini qib kegan disak mantiqliroq böladi.

DC_KHODJAYEVNA

30 Sep, 05:06


Bolani ongi oq qogozday toza boladi degan fikrni notogri deb aytganidi. Bolalar bizdagi va bobo buvilaridagi dasturlar bn tugilarkan. Xomilador ayolni xomilasini tuxumdoni rivojlanib bolarkan, kamida 25,30 yildan keyin osha tuxumlar dunyoga kelarkan. Bu degani buvini dasturlari ham nevaraga otdi degani.
Yana bir psixologdan eshitganidim biz har 30 soniyada nimani xis qilsak genimizga yoziladi deb.

DC_KHODJAYEVNA

29 Sep, 19:47


Bugun darsda “Bolani ongi va ongosti qismi oq qoğozdek toza böladi. Va u bekorgamas. Bizdan turli ustanovka va ssenariylarni özlashtirishchun” degan gapni etti neyropsixolog.

Va manda shunaqa tahlil ketti:

“Aha, bunda olamlar Robbisini buyuk hikmeti yashirinmasmi? Özimdan qivos. Bolamga faqat eng yaxshisini hohliyman. Shuningchun ham ilm ovomman, salga baqirmayapman, köpro foydali narsala yeyishga/yedirishga, gadjetlardan uzoqroq turishga, Xullas ÖZIMNI isloh qilishga harakat qivomman. Chunki mani har zamon kuzatib, miyasiga harakat/sözlarimni yozib oladigan ikki juft qora közim bor.

Alloh shu qadar bizni hoyrda körishni hohliydiki, farzandlarimizni oldida özimizni tutishimizda ehtiyotlikni fitratimizga sob qöygan (Hatto ğayridin, kofirlar ham bolalarini oldida 18+ mavzularda (ochiq) gaplashishmiydi masalan. Agar judayam fitrati buzilib ketmagan bösa)

Etmoxchi böganim, bolani ongi oppoq qoğozdek toza bölishiyam, bizga sergak va mas’uliyatli bölishimiz kerakligini yana bir bor eslatadi.

Chunki bolalarimizga bizdan faqat yaxshi narsa qolishini hammamiz hohliymiz a?

#tungi_daydi_fikrlar

DC_KHODJAYEVNA

28 Sep, 12:28


Wish list (orzular röyhati) haqida

Hech qachon orzular tugul, Hatto rejalarim röyhati ham bömagan manda. Bugun esa ilm ogan sarim hech bölmaganda 1-2 ta maqsadni yozib qöyish, miyani fokusini shunga qaratishga yordam berishini örgandim.

Albatta man “orzular ushaladi, shunchaki ularni yozib qöysangiz bas” degan aqidani infantil pozitsiya deb hisobliyman. Buni ilmiy asoslab berish boshqa mavzu va man buni yozgani kelmadim.

Man masalaga boshqa rakursdan qarab, özim uchun kashf qilgan (sizga balki yangilikmasdir) insaytlarim bilan bölishgim keldi.

Aslida duolar/orzular nasib qisa wish list yozmasangiz ham ijobat böladi. Lekin aynan wish list yozsangiz yoniga galochkalar qöyib, ijobat bölgan duolarizni (amalga oshgan orzuizni) köra bilarkansiz, yozmasangiz fokusingiz hali ijobat bömagan duolarizda bölarkan.

Etganimde manda hech qachon bunday röyhat bömagan. Lekin duolarimga ahamiyat bersam, hamma-hammasi ijobat böganakan.

Xullas, wish list hamd etishga sabablaring nolish uchun sabablaringdan köra köproqligini körsatberadigan röyhat ekan.

Bilmadim, ichimdagini yetkazib beroldimmi? Manam bir röyhat qib körsam bölarkan))