1. Qorinda yotish
Kindigi tushkanidan boshlab qorinda yotish yangi chaqaloq uchun eng zo’r mashg’ulot hisoblanadi. Ba’zi chaqaloqlarga qorinda yotish yoqadi, ba’zilar esa yomon yig’lashlari mumkin. Ota-onalar bilan birga qilinsa bolaga ko’proq yoqishi mumkin. Agar yerda yotish bolaga yoqmasa, o’zingiz suyanib o’tirib, bolani qorningizga yotqazsangiz ham bo’ladi. Shu vaqtda gapirishingiz, she’rlar aytib berishingiz, yuzingizni kulguli qilishingiz, erkalashingiz mumkin va bu bolani boshini ko’tarishga undaydi. Bo’ynini yaxshi tutishni o’rganib olgach, sizga qarab qayta agugu qilishlari mumkin.
2. Kitob o’qib berish
Har qanday yoshdagi bola bilan qilish mumkin bo’lgan eng zo’r mashg’ulot bu kitob o’qish. Tadqiqotlarga ko’ra chaqaloqqa kitob o’qib berish ularning so’z boyliklarini va savodxonlikni rivojlantiradi.
3. Kuningiz haqida aytib bering
Bolangiz eng yaxshi ko’rgan ovoz shubxasiz sizning ovozingiz. Hali tushunmasalar ham kun davomida qiladigan ishlarni aytib bering. Tushunmaydigan va gapirmaydigan mitti odamchaga gapirish g’alati tuyilsa ham, buning miyaga ancha foydalari bor. “Hozir taglikni almashtiryapmiz”, “qara bugun quyoshli kun, kiyinib buvijonnikiga boramiz” kabi gaplar aytishingiz mumkin
4. Sensorli o’yinchoqlar bilan o’ynash:
Bu paytda bolaning ko’rish qobiliyati cheklangan bo’ladi. Yuqori kontrastli va katta shakllardan iborat rasmlar ko’rsatish bolaga yaxshi foyda beradi. Oq qora rasmlarni qoringa yotkanda ham ko’rsatish mumkin. Yana turli ovoz chiqaradigan shiqildoqlar va turli teksturaga ega o’yinchoqlardan foydalanish mumkin.
5. Yengil massaj.
Massaj chaqaloq uchun juda foydali. Bolalar uxlashidan oldin yengil harakatlar bilan silab qo’ysangiz, bu bolaga ham yoqimli ham dam olishiga yordam beruvchi bo’ladi.
Siz yana qanday mashg’ulotlar qilasiz?
@bizningmontessoriuy