Raqamli marketing @raqamlimarketing Channel on Telegram

Raqamli marketing

@raqamlimarketing


Digital marketing sir-asrorlari, qiziqarli marketing uslublari va marketing olamidagi yangiliklarni yetkazib boramanπŸ˜‰

πŸ“₯ Reklama uchun: @Muloqot_bot

Raqamli marketing (Uzbek)

Sizga digital marketingning eng so'nggi yangiliklari va qiziqarli uslublari haqida bilishni xohlaysizmi? Agar ha, unda Raqamli marketing kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda marketing sohasidagi eng eng asrli yangiliklarni va qiziqarli marketing uslublarini topishingiz mumkin. Kanalda reklama berish uchun ham imkoniyat mavjud. Raqamli marketing kanaliga obuna bo'ling va marketing olamidagi yangiliklardan xabardor bo'ling! ud83dude09

Raqamli marketing

06 Nov, 05:04


"Najot Ta'lim" onlayn SMM kurslarini yo'lga qo'ydi:

smm.edfix.uz

Raqamli marketing

27 May, 08:33


SMM'chilar faqat post qo'yuvchilarmi?

Xalqimiz orasida bu haqida noto'g'ri tushuncha shakllanib qolgan. SMM'chilar faqat post qo'yishni emas, marketing tomondan ham kuchli bilimga ega bo'lishlari shart.

SMM muvafaqqiyatli bo'lishi uchun marketing tadqiqoti, uzoqni ko'zlab qilingan marketing strategiyasi talab qilinadi. Yuqorida marketing haqida hozirgi kundagi eng sara kitoblarni sanab o'tdik.

πŸ“² @raqamlimarketing

Raqamli marketing

26 May, 04:11


Facebook nega boshqa rangda emas, aynan koβ€˜k rangda? Siz buni bilarmidiz?

πŸ“š XXI asrda Facebookni eshitmagan inson boβ€˜lmasa kerak. Lekin yuqoridagi savolning haqiqatini aksariyat insonlar bilishmaydi. Xoβ€˜sh buning sababi nimada deb oβ€˜ylaysiz?

πŸ“ 2003 - yilda Mark Zuckerberg Facemashga asos solgan. U dastlab shunchaki Garvard oβ€˜quvchilari uchun oβ€˜yin sifatida yaratilgan. Oradan 1 yildan soβ€˜ng Facemash Facebookka aylantirilgan. Koβ€˜pchilikning fikricha, Mark Facebookning rangini tasodifiy tanlov deb bilishadi, aslida esa bunday emas. Mark Zuckerberg qizil va yashil ranglarni ajrata olmaganligi va koβ€˜k rangni aniq farqlay olganligi uchun u shunday yoβ€˜l tutgan.

πŸ“Œ Hozirgi kunda Facebookning faol foydalanuvchilar soni 350 milliondan ortiq. Deyarli 35 milliondan ortig'i statusini har kuni yangilaydi.

@raqamlimarketing

Raqamli marketing

13 Jul, 15:25


Google 500 mln yevro jarimaga tortildi

πŸ›‘ Fransiyaning
monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi Google Newsda ommaviy axborot vositalarining sarlavhalarini ishlatib, lekin noshirlarga haq to'lamaganligi uchun Googleni jarimaga tortdi.

πŸ”Έ Jarimaga kompaniya kontentlardan foydalanish uchun saytlar bilan shartnoma tuzishiga doir qarorini e'tiborsiz qoldirgani asos qilib keltirilgan. Natijada Agence France-Presse, Le Figaro kabi yirik Fransiya nashrlari Google ustidan qo'mitaga shikoyat qilishgan.

πŸ”Ή Agar Google jarimani ikki oy ichida to'lamasa, keyingi har bir kechiktirilgan kun uchun 900 ming yevrogacha qo'shimcha jarimaga tortilishi mumkin.

πŸ”Έ Kechagina Yandex ommaviy axborot vositalariga Yandex.Newsda ularning materiallaridan foydalanganliklari uchun pul to'lashini e'lon qilgandi.

πŸ“² @raqamlimarketing

Raqamli marketing

09 Jul, 12:33


Endi siz TikTok orqali rasmiy ravishda ish topishingiz mumkin

🀨 Bu hazil emas, TikTok ish izlayotganlar uchun video rezyume xususiyatini sinab ko'rishni boshladi. Bu dastur odamlarga TikTok-da ish topishda va nomzodlarni qidirmoqchi bo'lgan kompaniyalar bilan bog'lanishda yordam berish uchun mo'ljallangan.

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’ΌXodimlar o'zlarining video-rezyumelerini topishlarini osonlashtirish uchun foydalanuvchilar #TikTokResume xeshtegidan foydalanishlari kerak. Hozirda ro'yxatga olingan vakansiyalarning ba'zilari orasida TikTok uchun tarkib yaratish ham bor, bu tobora ko'proq brendlar platformaga kirib borayotgani va o'zlarini saytda reklama qilish uchun tajribali TikTokerlarni yollamoqchi ekanligi, ajablanarli emas.

πŸ‡ΊπŸ‡Έ Albatta, bunday dastur hozircha faqat AQShda mavjud va 31-iyuligacha sinovdan o'tkaziladi va keyin biz voqealar rivojini kuzatamiz.

P/S: Ish izlashning bu usuli haqida siz nima deb o'ylaysiz?

Raqamli marketing

08 Jul, 16:04


Brend insonlar qalbidan joy olishi kerak!

🀩 Aviakompaniyalar reklamasida odatda samalyotning ichki ko'rinishi, o'ziga xos jihatlari, qulayliklari ko'rsatiladi. Lekin shunday reklamalar ham borki, ular Insonlar qalbidan joy oladi.

πŸ‡ΉπŸ‡· Turkish Airlines aviakompaniyasi ommaga o'zgacha uslubdagi reklama roligini taqdim etdi. Ushbu reklamada siz dunyoning istalgan nuqtasidan, istagan nuqtangizga o'z qo'nish chizig'ingiz orqali borishingiz mumkinligi juda mohirona aks ettirilgan.

P/S: Bularning barchasi brend insonlar qalbidan joy olishi hamda insonlarning brendga bo'lgan mehrini yanada oshirishga sababchi bo'ladi.

πŸ“² @raqamlimarketing

Raqamli marketing

06 Jul, 15:31


Facebook va Instagram dunyoni zabt etishda davom etmoqda!

🌍 Bu
saytlar dunyodagi eng ko'p tashrif buyurilgan veb-saytlarning beshtaligiga kiradi.

πŸ—“ Iyun oyi 2020 yil O'zbekistonda Instagramdan foydalanuvchilar 2 922 000, facebook 3 775 000 edi. Bir yil o'tgach iyun oyi 2021 yil sarhisobi bo'yicha instagram foydalanuvchilari 3 770 000 ga, facebook esa 4 775 000 ga etdi. Ya'ni bir yil ichida Instagramga 847 900, facebookga 927 000 inson obuna bo'lgan.

πŸ“± Odamlar o'rtacha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda 145 daqiqalarini va hayotlarining o'rtacha olti yil-u sakkiz oyini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazmoqdalar.

P/S: Bu qiziqarli ma'lumotlar shuni anglatadiki, biz ijtimoiy tarmoqlar shovqini orasida qolib ketmoqdamiz. Xo'sh, siz bir kunda qancha vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazasiz?

πŸ“² @raqamlimarketing

Raqamli marketing

04 Jul, 15:43


Sun'iy intellekt siz nimani istayotganingizni biladi

Tesla avtomobili
avtopilot rejimida harakatlanayotgan vaqtda tasodifan restoran belgisi qarshisida to'xtab qoldi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

πŸ” Burger King esa juda chiroyli voqeani o'ylab topdi va "Sun'iy intellekt nimani xohlashingizni biladi" deb nomlangan kulgili reklamani taqdim etdi.

πŸ›‘ Gap shundaki, ular Tesla avtomobili yangi avtopilot rejimi sinovi davomida "Burger King" restorani belgisini, to'xtash belgisi bilan almashtirib yuborganiga e'tibor qaratishmoqda. Natijada, mashina sekinlashadi va dumaloq Burger Kingning yo'l chetidagi reklama taxtalari yonida to'xtaydi.

πŸ“Έ Burger King restorani shu kabi Tesla avtomobili to'xtaganligi aks etgan fotosurat yoki videoni joylashtirganlarga bepul sovg'alar taqdim etmoqda.

P/S: Bizda esa, to'xtash mumkin bo'lmagan joyga to'xtagan avtomobillar suratini olganlarni qo'llab quvvatlashadi😊

πŸ“²
@raqamlimarketing

Raqamli marketing

30 Jun, 06:46


Hayotda ko'rgan keysimni kitobda o'qib qoldim

πŸ“š Boy ota kambag'al ota
kitobida Robert va uning do'sti Mayk birgalikda ish boshlashadi. Ular tish pastasidan bo'shagan tyubiklarni yig'ishadi. Mayk qo'ni-qo'shinilarga ko'p tish yuvish foydali ekanini tushuntirib, tyubiklarning bo'shashini tezlashtiradi. Aynan shu ish neyronmarketing hisoblanadi.

🧐 5 yil oldin meni hayotimda ham shunday voqea bo'lgan edi. O'sha yili O'zbekistonda tuxum savdosi tushib ketti va hech kim tuxum sotib olmay qo'ydi.

🍳 Shunda tuxum savdosi bo'yicha shug'ullanadigan katta korxonalardan biri bunday vaziyatdan moxirona chiqib ketishdi. Ular hamma foodbloger, oshxonalar, teleko'rsatuvlar bilan shartnoma qildilar va tuxumning foydali taraflari, u oqsil manbai va kaloriyalarga boy ekanligini aytishdi va tuxum iste'mol qilishni maslahat berishdi. O'sha yili tuxum savdosi va narxlar ham keskin oshdi.

P/S Neyronmarketing - bu brendni insonlar ongidan va qalbidan joy oldirish. Siz ham neyronmarketingdan foydalanilgan ishlarni bilasizmi?

Raqamli marketing

27 Jun, 12:03


Telegram sizni bir zum ham oβ€˜zidan uzoqlashtirishni xohlamaydi

Telegram
butun dunyo bo'ylab o'z foydalanuvchilariga yangi 7.8 versiyasini taqdim qildi. Sezganingizdek navbatdagi versiyasida video chatlarning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi.

πŸŽ₯ Istalgan guruhdagi ovozli chatlardan videokonferensiyalar tashkil etish imkoniyatini yaratib berildi. Hozirda ekraningizni yoki kamerangizni videosini faqatgina 30 tagacha ishtirokchilar kuzatishi mumkin, qolgan ishtirokchilar esa videosiz suhbatlashishlari yo'lga qo'yilgan. Albatta bu yuqoridagi chegara tez orada yanada oshirilishi kutilmoqda.

Shu bilan birgalikda animatsiyali fonlar va yana boshqa kichik yangilanishlar ro'y berdi.
πŸ‘‰ Quyida ushbu yangilanish haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

P/S: Telegram sizni bir zum ham o'zidan uzoqlashtirishni xohlamaydi. Zoom platformasiga murojaatlar qilishga ham hojat qolmaydi nazarimda. Kelajakda yana qanday yangilanishlar bo'lishini kutayapsiz?

πŸ“² @raqamlimarketing

Raqamli marketing

26 Jun, 14:34


"Ingliz tilini o'rganing yoki shu davlatda butun umr yashaysiz!"

πŸ˜‰Bundan oldingi postimizda marketologlar til bilishi qanchalik muhim ekanligini aytib o'tgandik. Buni yuqoridagi o'quv markazning ajoyib va kreativ reklamasida ham ko'rishimiz mumkin.

πŸ”₯Til bilish marketologlar uchun juda qo'l keladi, ijtimoiy tarmoqlardan ayniqsa ingliz tili orqali judayam ko'p g'oyalar va ma'lumotlar olishimiz mumkin.

P/S: Qani oramizda ijtimoiy tarmoqlardan ingliz tilida g'oyalar va ma'lumotlar olib kreativlik bilan ishlaydigan marketologlar bormi?

πŸ“² @raqamlimarketing