Muzqaymoq, yogurt va shunga o'xshash sutli mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanadigan amerikaning mashhur Ben & Jerry's kompaniyasi mijozlariga chegirma taqdim etishda termometrdan foydalanadi.
Agar ko'chada harorat issiq bo'lsa, muzqaymoqqa chegirma tabiiyki kamroq bo'ladi. Biroq, sovuq ob-havoda muzqaymoqlarga chegirmalar 75%gacha ko'tarilib ketadi, chunki past haroratda mahsulot savdosi tushadi.
Bundan tashqari, kompaniya 1997-yilda Vermont shtatidagi Uoterberi shaharchasi yaqinida "Ta'mlar qabristoni"ni yaratgan. Ushbu qabristonda barcha savdodan olib tashlangan muzqaymoq turlariga qabrtoshlari qo'yilgan.
Googol_facts ๐งฉ