KARYERIST_UZ @karyerist_uz Channel on Telegram

KARYERIST_UZ

@karyerist_uz


👩‍💻Ishga kirishga yordam beraman
📑CV/Resume sirlari
🗣️Intervyu/suhbatga tayyorlanish
😎Qo’llanmalar
📸 Instagram https://www.instagram.com/karyerist_uz

KARYERIST_UZ (Uzbek)

Salom, sevganlar! Sizni Telegramdagi KARYERIST_UZ kanaliga taklif qilamiz. Bu kanalda sizga ishga kirishga yordam, CV/Resume sirlari, intervYu/suhbatga tayyorlanish, qo'llanmalar va ko'proq mavzular haqida yaxshi maslahatlar beriladi. Agar siz yangi ishga o'tish, karyerada rivojlanish yoki hozirgi ishingizni yaxshilashni istasangiz, bu kanal siz uchun. Bizning Instagram sahifamiz bilan ham bog'laning: https://www.instagram.com/karyerist_uz. KARYERIST_UZ kanali sizning professional hayotingizni yaxshilaydi va sizni muvaffaqiyatga yo'l qo'yadi. Sizni kutib olishimizni umid qilamiz!

KARYERIST_UZ

06 Dec, 11:22


O'zbekistonda ishlovchi xodimlar "muomalani to'g'ri qil!" ""субординация"" ni saqla!" deyishimni kibr deb hisoblashar ekan.

Afsuski biz yillar davomida O'zbekistondagi ishdagi qo'polliklarga ko'z yumib yashaymiz. Bular biz uchun huddi oddiy holatdek.

Lekin bunday shaxslarga chegaradan chiqishsa o'z joylarini ko'rsatib qo'yish kerak. Bir martta muomalasini o'ylab qilmagan inson, ikkinchi martta ham shu xatoga yo'l qo'yadi.

O'zbekistondagi korxonalarda kommunikatsiya bo'yicha HR praktikasining yetishmovchiligi tufayli shunday vaziyatlar ko'p uchraydi.

Bunday holatlarda nima qilish kerak?:
- Chegaralarni belgilang: sizga qo'pollik qilgan xodim/boshliqqa nima uchun sizga qaysidir gapi yoqmaganini tushuntiring

- Vazifalarni belgilash: hamma gapiga "xo'p" demasdan, u xodim nima ish qilishi kerakligi va sizning ishingiz nimadan iboratligini tushuntiring. Vazifalar aniq belgilanmasa u o'zini huddi sizning "boshlig'ingiz" kabi ko'raveradi

Agar shunda ham o'zgarish bo'lmasa unday insonlar bilan ishlamagan ma'qul 💘

Professionallikni va to'g'ri muomalani talab qilish bu kibr emas, aksincha shaxsiy chegaralarni belgilashdir!

Sog' bo'ling 😉

KARYERIST_UZ

03 Dec, 14:55


O'zbekiston va Yevropa kompaniyalarida ishlashning farqi nimada?

Menga bu savolni ko‘p berishadi. Men esa asosiy farqni professionalizmda deb aytgan bo‘lardim.

Oddiygina fikr-mulohaza (feedback) bildirishga e’tibor qaratsak, O‘zbekistonda xodimlar o‘zaro yoki boshliqlar fikr-mulohaza bildirganda, bu ko‘p hollarda "passiv-agressiv tajovuz" sifatida qabul qilinadi. Masalan:

- "Bu hujjat menga yoqmadi/to‘g‘ri kelmaydi."
- "Bunday ishlay olmaymiz."
- "To‘g‘irla/tuzat/o‘zgartirish kirit."

Ikkinchi farqli holat: korxonada hamma "aqlli," faqat siz ishni tushunmaysiz. Sizga o‘z ishingizni qanday qilish kerakligini o‘rgatishadi. Korxonaga professional mutaxassisni ishga olib, so‘ngra unga ishini qanday bajarishi kerakligini o‘rgatish — bu mantiqsizlik!

Aslida qanday bo‘lishi kerak?

Fikr-mulohaza konstruktiv bo‘lishi kerak. Masalan:
- "Hujjatni ko‘rib chiqdim, ba’zi joylarini o‘zgartirishga qanday qaraysiz?"
- "Ma’lumotni shakllantirishning boshqa yo‘llari haqida nima deb o‘ylaysiz?"
Konstruktiv fikr-mulohaza "passiv-agressiv tajovuz" bilan emas, balki savol berish orqali shakllanadi.

Afsuski, ba’zi xodim va rahbarlarga bu farosat va "common sense"ni hozir ham o‘rgatish kerak. 🙂

KARYERIST_UZ

02 Dec, 13:27


🧑‍💻👩‍💻Online ishlash uchun vakansiyalar ro’yxati

Online ishlash uchun albatta Ingliz tilini va boshqa texnik va yumshoq ko’nikmalarni yaxshi bilish zarur 💗

Muallif:

https://www.threads.net/@joannemmy_/post/DC1wACfytRB?xmt=AQGzQzz8yhUXz9ydmrnXMZ3UuxXg-8PukI6eKfa_Fu3WFA

KARYERIST_UZ

29 Nov, 14:35


Bloger yomi Startuper?

Menga ko’p shu savolni berishadi. To’g’risini aytsam hali hamon bunga javob topmadim. Menga yaratish yoqadi: u blog bo’ladimi, IT startupmi yangilik yaratish, odamlarga foydasi tegadigan mahsulot yaratish yoqadi.

Aynan shu shijoat meni hech qachon to’xtamasdan faqat oldinga intilishga undaydi!

Mana bugun ham Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va O’zbekistondan “TikTok Startup Academy” da ishtirok etgan 200 ta startupni ichidan $15,000 lik sovrinni TALKLIF uchun yutib olishga erishdim!

Tabriklarni qabul qilaman 💃

Hammangizga qo’llab quvvatlaganingiz uchun rahmat ❤️

Talklif:

https://talklif.uz/

KARYERIST_UZ

27 Nov, 12:30


😱 Menga kuniga 1 mln 400 ming so'm to'laydigan ish taklif qilishdi!

Ko'rib turganingizdek ish judayam oson edi - faqatgina online do'konga "like" bosib turish!

Bunday "ish" takliflarini juda ko'p olaman va kanalimga ham yuborib turishadi. Eng achinarlisi shunday firibgarlarga ishonadigan odamlar ham kam emas!

Bunday "ish"larni to'g'ri yoki firibgarligini qanday aniqlaysiz?

- Birinchi o'rinda pulga e'tibor bering! Hech kim oddiy ish uchun buncha ko'p pul to'lamaydi
- Ikkinchisi ism va profil rasmi. Odatda firibgarlar umuman g'alati ism va rasmlardan foydalanishadi
- Uchinchisi, albatta korxona haqida to'liq ma'lumot va siz bilan bog'langan odamning LinkedIn profilini so'rang! Ikkalasi ham bo'lmasa u katta ehtimol bilan firibgardir

Har doim korxona haqida birinchi online ma'lumot oling - Google, Instagram, Facebook, LinkedIn va boshqa platformalardan. Kerak bo'lsa yaqinlaringizdan ham surishtiring.

Eng asosiysi hech qachon shubhali havola ustiga bosmang!

Ogoh bo'ling 🤗❤️

KARYERIST_UZ

26 Nov, 13:06


⚡️ Join the biggest Developer Festival of the year in Central Asia (Get your free tickets)!

Less than 2 weeks left until GDG DevFest returns to Tashkent once again for the 2024 season!

Get ready for GDG DevFest, the high-energy, one-day event is packed with dynamic talks, interactive workshops, and hands-on sessions, all centered around the latest technologies and innovations.

This year, we’re raising the bar - join us as we welcome an incredible lineup of international speakers, including Google Developer Experts and Googlers, ready to share their insights and spark your creativity.

It’s more than a conference - it’s a chance to connect, learn, and get inspired alongside some of the brightest minds in tech. Don’t miss it!

👀 Date: December 7, 2024
🕙 Time: 10:00
🏛 Venue: Panorama Cinema Palace
🗓 Agenda: https://bit.ly/devfest-agenda24

👉 Get your FREE ticket now:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-2024-tashkent/

See you at DevFest Tashkent 2024!

@gdgtashkent

KARYERIST_UZ

20 Nov, 11:54


💡Ishda kam oylik olayotganingizning 6 ta belgisi:
- Ish haqqi yiliga hech bo'lmaganida 10% ga ham oshmaydi

- Ishxonada vazifalaringiz yildan yilga ko'payadi lekin oylik usha-ush qolaveradi

- Yangi ishga kirgan xodimlar sizdan ancha yuqori maosh olishadi

- Yiliga hech bo'lmaganida 1 martta samaradorlikni aniqlash bo'yicha analiz o'tqazilmaydi

- Sizning sohangizdagilar boshqa korxonalarda ancha yuqori maosh olishadi

- Sizning korxonangizdan juda ko'p odam ishdan ketib qolaveradi

Xo'sh sizda qaysi biri? Izohlarda bildiring 🚩

KARYERIST_UZ

17 Nov, 14:25


Baliga dunyoning har burchaklaridan IT mutaxassislari, biznesmenlar, blogerlar va boshqa ishi online bo’lgan digital nomadlar ko’chib kelishgan.

Umuman olganda ishi online bo’lgan odam uchun Bali yashash uchun eng ajoyib joylardan biri: havo, tabiat, ovqatlar judayam zo’r va mazzali. Odamlarni esa aytmasam ham bo’ladi. Doim kulib turishadi. Birorta baqirgan yoki urishgan odamni ko’rmadim.

Bali masovaviy ishlash uchun juda qulay. Men ham shu 10kun ichida mazza qilib ishladim. Umuman stress bo’lgani yo’q. Menimcha tabiatning ta’siri 😉💕

KARYERIST_UZ

12 Nov, 23:32


Karyera bo’yicha foydali kontentga kelasi hafta qaytaman 💕

Xozir Balida dam olyapmiz

KARYERIST_UZ

05 Nov, 12:57


Sizga bu achchiq haqiqatni mendan boshqa hech kim aytmaydi:

- Ishda eng ko’p mehnat qilishingiz sizni e’tiborga tushirmaydi. Ko’pincha eng baland ovozlar e’tiborga tushadi. Shuning uchun har doim ishdagi yutuqlaringiz bilan bo’lishib boring

- Yangi ishga o’tganda 120% o’zingizni ishga bermang. Bu odatga kirib qoladi va sizdan doim shunday qattiq ishlashni kutishadi

- Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi chegaralarni o‘zingiz belgilashingiz kerak. Agar buni o‘zingiz himoya qilmasangiz, boshqa hech kim qilmaydi

- Eng yaxshi g‘oyalar egasi har doim ham e'tibor va maqtov olavermaydi

- Agar har yili maoshingizni oshirish bo‘yicha muzokara qilmasangiz, pul yo‘qotishingiz mumkin

Siz yana nimalarni qo’shgan bo’lardingiz?

@karyerist_uz

KARYERIST_UZ

31 Oct, 06:36


📚Yaqinda Simon Sinekning “Start With Why” kitobini o’qib tugatdim.

Umuman olganda kitob faqatgina o’z biznesini boshlovchilar uchun emas, balki, karyera qurmoqchi bo’lgan insonlarga ham juda to’g’ri keladi.

Kitobdan oladigan eng muhim maslahat bu har doim bir ishni boshlashdan oldin “Nega aynan bu ish? Buni qilishdan maqsad nima?” degan savolni berishingiz kerak. Va bu maqsad pul emas, balki undanda kuchliroq oliy maqsad bo’lishi kerak.

Misol uchun men Karyerist_uz ni boshlaganimda oliy maqsadim mashxur bo’lish, reklama orqali pul topish bo’lmagan (albatta bular yaxshi, lekin, oliy maqsadga to’g’ri kelmaydi). Aksincha, oliy maqsadim O’zbekistonda kadrlar sifatini oshirish bo’lgan.

O’ylaymanki aynan shu maqsadga o’zim ishonganim va attofdagilarni ishontira olganim uchun blogim kundan kunga rivojlanishni davom etyapti.

Har biringizga shu kitobni o’qishni tavsiya qilaman

Sizlarning @Karyerist_uz

KARYERIST_UZ

28 Oct, 13:28


🔎👀 Kimni ishga olgan bo’lardingiz?

Tahminimcha 3-rezume egasini, to’g’rimi?

90% odamlar rezume yozganda “Kundalik ishlar” ya’ni oldingi ishida nimalarga mas’ul bo’lganini yozishadi.

Faqatgina 10% odamlar esa erishgan natijasini yozadi.

Va shu 10% insonlar bir kunda minglab kelgan rezumelardan ajralib turishadi va ishni qo’lga kiritishadi.

Ish beruvchiga 90% bir-xillik emas, 10% natija va boshqalarga o’xshamagan xodim kerak 🙂‍↕️

Minglab kandidatlar ichidan nega aynan siz ishga loyiq bo’lishingiz kerak? Yaxshilab o’ylab ko’ring 😌

KARYERIST_UZ

21 Oct, 12:22


🚀 TOP 5 ta o'zbek tilidagi sizga kerakli dasturlar:
- Tahrirchi.uz: istalgan matnni xatolarini tekshirish va o'zbek tilida turli xil xujjatlarni yaratish uchun
- Imlo.uz: so'zlarning qanday to'g'ri yozilishini ko'rsatadigan o'zbek tili uchun imloyiv lug'at
- Izoh.uz: zamonaviy va jargon so'zlarning o'zbek tiliga tarjimasi uchun
-Sinonim.uz: o'zbekcha so'zlarning sinonimi uchun dastur
- Lotin.uz: kirilchada yozilgan so'zlarni lotinchaga o'giradi yoki aksincha

TOP 5 ta o'zbek tilidagi sizga kerakli dasturlar:
- Tahrirchi: istalgan matnni xatolarini tekshirish va o'zbek toloda turli hil xujjatlar yaratish uchun
- Imlo uz: so'zlarning qanday to'g'ri yozilishini ko'rsatadigan o'zbek tili uchun imloyiv lug'at
- Izoh uz: zamonaviy va jargon so'zlarning o'zbek tiliga tarjimasi uchun. Misol uchun prank so'zi
-Sinonim: o'zbekcha so'zlarning sinonimi uchun dastur
- Lotin uz: kirilchada yozilgan so'zlarni lotinchaga o'giradi yoki aksincha!

Barchangizni 21-Oktabr O’zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman

O’ylaymanki vatandoshlarimiz yaratgan ushbu dasturlar tilimizning rivojiga yanada katta hissa qo’shadi 🙏

Matn muallifi: @skartariss

KARYERIST_UZ

18 Oct, 04:13


HR yoki ish beruvchiga qanday yozish kerak? 😌

NA’MUNA:

Assalomu alaykum, [HRning ismi],

Mening ismim [Sizning ismingiz] va men [o'z sohangiz] sohasida ish qidiryapman. Men [kompaniyaning ismi] kompaniyasida bo'sh ish o'rinlari mavjudligini eshitdim va o'z tajribamni va malakalarimni siz bilan bo'lishmoqchi bo'ldim.

Mening [sohangizdagi tajribangiz, masalan, "5 yillik tajribam" yoki "yangiliklarga intiluvchan va o'zini rivojlantirishga tayyor" kabi] malakalarim sizning kompaniyangizga foyda keltirishi mumkin deb o'ylayman. Iltimos, ilova qilingan rezyumeni ko'rib chiqing.

Siz bilan suhbatlashishni va imkoniyatlar haqida ko'proq ma'lumot olishni intizorlik bilan kutaman.

Rahmat!

Eng yaxshi tilaklar bilan,
[Sizning ismingiz]
[Telefon raqamingiz]

@karyerist_uz

KARYERIST_UZ

16 Oct, 06:47


Ishga kirish uchun ZO’R yozilgan rezumening o’zi yetarli emas!

Xozirgi kunda sizda nafaqat tajriba va zo’r yozilgan rezume balki “online mavjudlik” bo’lishi kerak.

Shaxsiy brend faqatgina blogerlar uchun yaratilmagan va shaxsiy brend deganda faqat Instagram nazarda tutilmaydi.

Professional shaxsiy brendni LinkedInda ham yaratish mumkin.

LinkedIn sizga:
- O’zingizning professional xizmatlaringizni sotishga
- Xalqaro kompaniyalarga ishga kirishga
- Ish beruvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri gaplashish imkoniyatini beradi.

Qarabsizki siz online “tanish-bilish” orttirasiz va ishga kirishingiz ancha osonlashadi 😉

Karyera ma’lumotlari bilan sizlarning @Karyerist_uz

KARYERIST_UZ

12 Oct, 08:58


FTX (kriptovalyuta ayirboshlash platformasi) ning sobiq asoschilaridan biri LinkedInda yangi ish boshlagani bilan bo’lishdi 😁

“Men FCI Cumberland da mahbus sifatida yangi lavozimni boshlayotganimdan xursandman!” deydi u o’z sahifasida.

Ma’lumot uchun Ryan Salame 7.5 yilga, FTX Bosh Direktori Sam Bankman-Fried esa 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Siz ham LinkedInda yangi lavozimingiz bilan bo’lishasizmi? 😁

KARYERIST_UZ

11 Oct, 05:03


Antal Uzbekistan 2024-2025 yillar bo’yicha O’zbekistondagi mehnat bozori va oylik maoshlar bo’yicha izlanishlarini yuklashdi.

Unga ko’ra eng ko’p maosh oladigan soha vakillari:

- Bank TOP menejment: 200 mln so’m/oyiga
- IT TOP menejment: 150mln so’m/oyiga
- Riteyl TOP menejment: 150 mln so’m/oyiga

Boshqa sohalarni va o’sib borayotgan sohalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://antalkazakhstan.kz/antal-uzbekistan-salary-survey-24-25/

KARYERIST_UZ

09 Oct, 11:52


Shvetsariya, Germaniya, Latviya va boshqa chet davlatlarida qonuniy ishlab EUR 1,000 va 2,500 topishni hohlaysizmi?

Unda siz tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan xorijdaish.uz saytiga kirishingiz kerak!

U yerda 50k ga yaqin chet davlatlarda bo’sh ish o’rinlari va judayam ko’plab soha vakillari uchun ishlar mavjud!

Eng zo’r tarafi esa ular nafaqat ishga yuborishadi balki har bitta viloyatda pullik va bepul til va kasblarni o’rgatish bo’yicha kirslari ham mavjud!

Saytda xozirni o’zida Latviya, Belarus, Rossiya, Germaniya va Shvetsariya davlatlarida bo’sh ish o’rinlari mavjud!

Muhimi hammasi davlat orqali, ishonchli va qonuniy!

Saytga havola:

https://xorijdaish.uz/

KARYERIST_UZ

09 Oct, 06:20


Bir sahifali va ikki sahifali rezyume? 🤔

Qaysi biri yaxshi? 

Mana sizga to‘liq va aniq javob:

Rezyumening uzunligi muhim emas. 

Muhim bo‘lgan narsa — rezyumening mazmuni. 

Agar sizda bir sahifa to‘ldirilgan, mazmunsiz so‘zlar bo‘lsa, ehtimol rad qilinasiz. 

Agar ikki sahifa tegishli, natija beradigan qiymatlar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, sizga aloqaga chiqish ehtimoli ancha yuqori. 

Va bu holat teskari ham bo‘lishi mumkin. 

Agar faqat rezyumening uzunligiga e’tibor qaratyotgan bo‘lsangiz, vaqtingizni bekor sarflayapsiz. 

Buning o‘rniga, rezyumedagi har bir bandni diqqat bilan ko‘rib chiqing. 

O‘zingizga ushbu 3 savolni bering: 

1. Ushbu band tegishli kalit so‘zlar va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladimi? 

2. Ushbu band o‘lchovli yoki aniq natijalarni ko‘rsatadimi? 

3. Ish beruvchi mana shu bandni o‘qib, mening qiymatimni boshqa 10 ta rezyumedan ajratib bera oladimi? 

Agar 3 savolning barchasiga “ha” deb javob bersangiz, bandni saqlang. 

Agar bitta yoki bir nechtasiga “yo‘q” desangiz, bandni tahrirlash yoki olib tashlash haqida o‘ylang. 

Shu tarzda butun rezyumeni qayta ko‘rib chiqing 😉

KARYERIST_UZ

01 Oct, 11:08


«Mohinur, o‘qituvchi bo‘la qol", - deyishgandi menga uydagilar maktabni tugatishimga yaqin. O’zim o’qituvchilar oilasida katta bo’lganimga qaramasdan men doim bu fikrga qat'iyan qarshi edim. Men bu kasdan nafratlanardim. Faqat men emas, umuman olganda, uyimizdagi yoshlar hammamiz yoqtirmas edik bu kasbni.

Menga kichik tumandagi xokimning onamga baqira olishi, prokuraturadagilar maktab direktorlarini “ish ochish” bilan qo’rqitib o’zini yo’liga yurg’izmoqchi bo’lishi umuman yoqmasdi. Yoki o’qituvchilar “paxta plani”ni bajarishmasa xokimlar ularni haqorat qilishlari meni g’azablantirar edi.

Men kichkina edim va bu kasb menga oddiy qora mehnatdek tuyulardi.

Keyin men universitetga o‘qishga kirdim. O‘sib-ulg‘aydim. Mening muvaffaqiyatlarim (agar buni muvaffaqiyat deb atash mumkin bo‘lsa ;)) va erishgan natijalarim, aynan meni o‘qitgan mentorlarim va ustozlarim tufayli amalga oshdi. Bugungi kunimdagi shaxsiy yutuqlarim ham ularning mehnati.

Men barcha ustozlarga, mentorlarga rahmat aytmoqchiman! Rahmat, barcha qiyinchiliklarga qaramay, ishlaringizni davom ettirayotganingiz uchun! Rahmat, odamlarning o‘z yo‘lini topishiga yordam berganingiz uchun.

Keyinchalik tushundimki, muammo kasbda emas, tizimda ekan. Va o‘qituvchilar bu tizimdagi eng kuchli askarlar, o‘z qadr-qimmatlarini himoya qilayotgan qahramonlar!

Bayramingiz bilan, qadrli ustozlar! Mehnatingiz qadrlanmasada, jamiyatga eng katta hissa qo’shayotganingiz uchun RAHMAT 💕

KARYERIST_UZ

30 Sep, 11:33


Bugun ishdan 1soat vaqtli ketishingiz mumkinligini bilarmidingiz? 😌

Videoni ko’ring:

https://www.instagram.com/reel/DAiiRcfIxf-/?igsh=azZ2NmZ3bXltc2Fv

KARYERIST_UZ

25 Sep, 08:24


Ko’pchilik bilmaydi, lekin men ishga olayotganimda har doim intuitsiya (ichki hissiyot)ga quloq solgan holda ishga olaman.

Bir kuni boshlig’im Project Manager ishga olishimiz kerakligini aytdi (non-tech PM). LinkedInda bir kunda 5 ta TOP kandidatlarni saralab oldik.

Hammasi bilan suhbatda, bir Hindistonlik qiz ko’proq yuragimni “jiz” ettirdi. Lekin uni tajribasi qolganlariga qaraganda kamroq edi. Bilmadim nimaga lekin shu qizni ishga olgim keldi.

Boshlig’imga huddi shu holatni aytdim va ular “Agar ichingda shu insonga nisbatdan nimadir bo’lsa, demak bu qaror to’g’ri bo’ladi” deb aytdi.

Biz shu qizni ishga oldik. Boshlig’im mentorligida u yuqori natijalar olib keldi.

Uni boshqalardan farqi o’rganishga ishtiyoqi balandligida edi. Boshqa kandidatlar esa shundoq ham katta tajribaga ega, unchalik ko’zlari “yonmagan” edi. Bu qiz esa kompaniya bilan o’sishga tayyor edi.

Shuning uchun ham qanchalik “g’alati” bo’lmasin, hodimlarni ko’proq ichki intuitsiyaga qarab tanlayman ;)

Xullas, shunaqa gaplar 😅

KARYERIST_UZ

23 Sep, 13:08


“Nega oldingi ishingizdan ketgansiz?” savoli suhbat jarayonida har doim tushadi.

Xodimlar 4 holatda ishdan ketishadi:

1) Yomon boshliq tufayli
2) Oylik kamligi uchun
3) Qisqartirishga tushganda
4) Ishdan haydalish holatlari

Xo’sh bu holatlarda suhbatdagi savolga qanday javob berish kerak?

Videoni ko’ring va o’rganing 😉:

https://www.instagram.com/reel/DAQq5FAIdDc/?igsh=MTM5OGhycHR6cGYz

KARYERIST_UZ

22 Sep, 12:03


Ko’p yoshlar o’zini topolmasa ko’pincha o’zini magistraturaga uradi 🤧

Bu xato ekanligining 4 ta sababi:

1) Imkoniyat qiymati: Magistratura dasturiga ketadigan vaqt real tajriba to'plash, sanoatdagi aloqalarni mustahkamlash va daromad topish uchun ishlatilishi mumkin. Karyerada to'plangan tajriba ko'pincha akademik unvondan ustun turadi.

2) Moliyaviy sarmoya: Magistratura qimmat bo‘lib, investitsiyaning qaytarilishi har doim ham kafolatlanmagan. Karyerani ertaroq boshlash moliyaviy barqarorlik va tezroq boylik to‘plashga olib keladi.

3) Sanoat dolzarbligi: Sanoat doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Amaliy tajriba va moslashuvchanlik ko'pincha nazariy bilimlardan ko'ra ko'proq qadrlanadi, chunki u tezda eskirishi mumkin.

4) Ko'nikmalarni rivojlantirish: Real ishda ishlash amaliy ko'nikmalarni, muammolarni hal qilish va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantiradi, bu esa diplom olishdan ko'ra samaraliroq. Amaliy tajriba ko'pincha qo'shimcha diplomlardan ko'ra ko'proq eshiklarni ochadi.

Bular qanchalik achchiq bo’lmasin, lekin xaqiqat 🙌

KARYERIST_UZ

21 Sep, 09:53


Nike kompaniyasi CEOsi (Bosh Direktor) ishini oddiy intern (amaliyotchi)likdan boshlab sekin-sekin ko’tarilib, bosh direktorlikkacha yetib kelgan 🫡

Bu Elliott Hill (NIKE Inc. CEO) ning 31 yillik NIKE dagi tajribasi va LinkedIn profili 👏

KARYERIST_UZ

19 Sep, 06:55


Upwork profil shunaqa yaxshi to’ldirilsa, ish beruvchi sizni o’zi topadi 🙂‍↕️

Ko’rib turganingizdek Upwork faqat IT mutaxassislari uchun emas.

Ps: Upwork va boshqa frilanserlar uchun platformalar to’ldirilishi kursimda o’tilgan 🙂‍↔️

Afsuski, kurs endi bo’lmaydi 😁

KARYERIST_UZ

17 Sep, 16:03


Instagramdagi oxirgi videoda chiqgan saytlar uchun ssilkalar shu yerda ☝️

KARYERIST_UZ

16 Sep, 12:13


Menga har kuni 1000000 ta sms keladi: “Ishga topshirdim, lekin javobini haliyam aytishmadi 😭” degan.

Shunday holatlarni oldini olish uchun va 150 yil kutmaslik uchun shu savolni berishingiz kerak 😏

Reels shu yerda: https://www.instagram.com/reel/C_-jrGToSj_/?igsh=MXh6dHkwazZjMXVmcw==

Ps: Karyera maslahatlari bilan sizlarning @karyerist_uz 😌

KARYERIST_UZ

15 Sep, 10:28


“Inbazar” boshliqlari tomonidan xodimga bo’lgan zo’ravonlikka o’z munosabatimni bildirdim.

Videoni kirib ko’rishingiz mumkin:

https://www.instagram.com/reel/C_7vTz5uzY3/?igsh=bjcyemkzYWgwdm4y

Ps: O’z haq-huquqlaringizni biling! Hech kim sizga nisabatan zo’ravonlik qilishga haqli emas!

KARYERIST_UZ

14 Sep, 06:34


Ishga suhbatdan o’tishning eng zo’r usuli qaysi? 🤔

Siz bitta kompaniyaga juda-juda ishga kirishni hohlayapsiz, lekin suhbatdan qo’rqyapsizmi?

O’zimning tajribamga ko’ra, men korxona haqida izlangan kandidatlarni sevaman! Ular korxona haqida savollar berishadi, nega ba’zi bir tizimlar shunday ishlashiga qiziqishadi.

Birinchisi, izlanishning eng zo’r yo’li esa korxona mijozlari bilan suhbatlashib ko’rish! Men shu 3xil guruh odamlari bilan suhbatlashib ko’rishni tavsiya qilaman

1 - Men ishga kirmoqchi bo’lgan korxona mijozlari
2 - Raqobatchi korxona mijozlari
3 - Korxona demografiyasi (yosh, qiziqishlar va hkz)ga to’g’ri keladigan insonlar

Agar shaxsan ularni bilmasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarga yozishingiz mumkin va kerakli insonlarni topishingiz mumkin!

Ikkinchisi, savollaringizni oldindan tuzing. Eng zo’r ko’rinish bu GoogleForms yoki shunga o’zshash online so’rovnomani shakllantiring. Beriladigan savollar quyidagicha:
1 Korxonani nimasi yoqadi?
2 Agar siz korxona maxsulotiga o’zgartirish, qo’shimcha kiritishni hohlaganingizda u nima bo’lar edi?
3 Raqobatchi sizni o’ziga olishi uchun nima qilishi kerak?

Keyin esa so’rovnomani teppada aytilgan guruh insonlariga yuboring!

Keyin bu fikr-mulohazalarni olib, uni ishga yozilgan arizaga, intervyu javoblariga kiriting!

Qarabsizki ish sizniki 🤓 Kompaniyalar shunday insonlarni SEVADI!

Ps: Ko’proq karyera ma’lumot va maslahatlari bilan sizlarning @Karyerist_uz 🫶🏼

KARYERIST_UZ

13 Sep, 12:47


Karyeristlarim, mendan doim so'raysizlar sizni kasbingizni, ya'ni HR-ni qanday o'rgansa bo'ladi deb. Shuning uchun bu post sizlarga foydali bo'ladi ☺️

HR xozirda butun dunyoda eng rivojlanayotgan kasblardan biri. Korxonalar kardlar sifati va kadrlarni rivojlantirishga e’tibor bergani sari, HR ya’ni xodimlar bilan ishlovchi mutaxassisga bo’lgan talab ham oshib boraveradi.

HR kasbi, ya’ni, mening sohamni qanday o’rgansangiz bo’ladi?

O'ylashincha hozirda eng yaxshi kurslardan biri va aniq praktikaga oid bo'lgan kurs bu "Yosh Menejer HR". Kurs haqida qizqacha:

Darslar dam olish kunlarida bo'ladi (shanba-yakshanba, 10:00-16:00)

Taniqli 10+ tajribali ekspertlaridan bilim olish imkoni

Katta kompaniyalarga ekskursiyalar va kuchli networking

Kursdan so'ng eng yaxshi kompaniyalarda stajirovka va ishga joylashish imkoniyati

Bu nafaqat endi kasb o'rganmoqchi bo'lganlar va talabalar uchun, balki hozirda ishlab kelayotgan lekin kasbini o'zgartirmoqchi bo'lganlargaham zo'r imkoniyatdir.

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/5UG1gQJxJNrqBrgh9

Qabul 15-Sentyabr yopilar ekan, shoshiling! 

Murojaat va savollar uchun: +998901206810 @young_manager_support

@yosh_menejer_uz

* Karyera uchun foydali reklama huquqlari asosida