anticorruption @sanepid_antikorrupsiya Channel on Telegram

anticorruption

@sanepid_antikorrupsiya


Sanepidqo'mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi; 📞 78-888-01-01 (066)

Sanepid Antikorrupsiya (Uzbek)

Sanepid Antikorrupsiya kanalimizda sanepidqo'mitasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi haqida ma'lumotlar, xabarlar va tavsiyalar mavjud. Agar siz ham ob-havo sohasida korrupsiyaga duch kelsangiz, biz bilan bog'laning. Kanalimizga a'zo bo'ling va jamoamizga qo'shiling! Sanepid Antikorrupsiya - birgalikda kuchli bo'lishimiz mumkin!

anticorruption

18 Nov, 18:15


Ҳурматли давлат хизматчилари, аввало, пора олманг!

Сиз ишончли, бу шахс орқали ёки бу шахсдан пора олиш мумкин деб ўйлаган шахс олдиндан сизга "внедрение" қилинган, яъни атайлаб ТҚФ амалга оширувчи органлар томонидан киритилган, яқинлаштирилган бўлиши мумкин.

Ишончингизга кириб, тегишли маълумотларни ўз "коҳини"га етказиб турганлигини сиз била олмайсиз, чунки ТҚТга оид маълумотлар махфий бўлади.

"Внедрение" қилинган шахс ҳам бу ҳақида сизга айтмайди ва сизни ушлаб бергандан сўнг бошқа ўлжа томон йўналтирилади.

Так что, пора олманг ва атрофни тозалаб туринг.

anticorruption

17 Nov, 17:02


"Коррупцияга аралашмайдиганларни сотқин деб билишади" – Ҳамид Содиқ

Сиёсий таҳлилчи Ҳамид Содиқнинг айтишича, баъзи давлатлар учун коррупция жуда қулай тизим ҳисобланади. Чунки у орқали ходимнинг нафақат лояллиги текширилади, балки унга қарши "компромат"лар ҳам йиғилади. Мутахассис Kun.uz'га берган интервюсида бундай тизимда ҳокимият қадрият сифатида кўрилишини, пора суммаси млн доллардан ошган мансабдорларни қамаш қийинлашишини тушунтирди.

anticorruption

11 Nov, 16:47


Антикор матбуот котиби улашган видеода коррупцияни тўхтатишнинг 10 та усули ёритилган

anticorruption

28 Oct, 10:55


‼️ Sanepidqo'm Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo'limi.

🔹"Korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada Tumanda olib borilayotgan chora-tadbirlar" mavzusida brifing.

Murojaat uchun:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi
+998 78/ 888 01 01 (066)
Toshkent shahar boshqarmasi

+998 71/ 248 12 45

anticorruption

28 Oct, 10:45


Joriy yilning 26-oktabr sanasida Sanepidqo’m Jizzax viloyat boshqarmasida “Korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to’qnashuvini oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Boshqarma boshlig’i v.b. E.X.Muzafarov tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi bu borada Boshqarma tizimi xodimlari ham vijdonan ish olib borishligi to'g'risida gapirib o'tildi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari Sh.Umarqulov so’zga chiqib Sanepidqo’m Jizzax viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) bo’limlarida yuzaga kelayotgan korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqishi va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida to'xtalib o'tdi.
Mazkur davra suhbatida boshliq o‘rinbosarlari, bo‘lim va laboratoriya mudirlari, buxgalteriya va boshqalar ishtirok etishdi.

Murojaat uchun:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi
+998 78/ 888 01 01 (066)

anticorruption

25 Oct, 07:24


"Korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i M.E.To'rabekov tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda barchamiz birgalikda kurash olib borishimiz lozimligini hamda korrupsiyaviy jinoyatlarga jazo muqarrara ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni hamda xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha davra suhbati ishtirokchilariga tushuntirdi.
Mazkur davra suhbatida boshliq o‘rinbosarlari, bo‘lim va laboratoriya mudirlari, bugalteriya va boshqa lavozimdagi xodimlar ishtirok etishdi.

Murojaat uchun:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi
+998 78/ 888 01 01 (066)

anticorruption

02 Oct, 11:37


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti rahbari T.R.Kamilovaning Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida fuqarolar, tadbirkorlar va soha mutaxassislariga murojaati yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.

anticorruption

17 Jul, 15:31


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Jurnalistik faoliyatda ochiq ma’lumotlar bilan ishlash va samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun grant tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda mahalliy NNTlar quyidagi takliflar bilan ishtirok etishi mumkin:

- Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida mahalliy OAV va blogerlar uchun 1 kunlik trening tashkil etish;

- Farg'ona viloyatida mahalliy aholi va OAV o'rtasida jamoatchilik fikri so'rovini o'tkazish.

Treninglar mazmuni:

-
OAV vakillarining ochiqlikka oid amaldagi qonunchilik hujjatlari yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirish;

- davlat organlari va tashkilotlari tomonidan eʼlon qilinayotgan ochiq maʼlumotlar bilan ishlash;

- samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish masalalarini qamrab olishi lozim.

So'rovnoma:

- korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlashga;

- amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga baho berishga;

- fuqarolarning korrupsiyaga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilishi;

- kamida 400 nafar fuqaroni qamrab olishi zarur.

Tanlov summasi 60 mln so‘m

Qo‘shimcha maʼlumotlar
bilan bu yerda tanishish mumkin.

Takliflar 2024-yil 26-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov yuzasidan savollaringiz bo'lsa, 71-202-04-02 (ichki raqam - 254) telefon raqami orqali bog'lanishingiz mumkin.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

anticorruption

27 Jun, 06:55


Bugun, 27-iyun kuni AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari

Boshlanish vaqti: 14:00

@SherzodSaparov

anticorruption

26 Jun, 06:33


“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil - yuqoridagi infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

anticorruption

22 Jun, 16:24


"Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Qarori imzolandi.

@SherzodSaparov

anticorruption

10 Jun, 11:39


Xabaringiz bor, yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solishning samarali huquqiy mexanizmi — “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Qonun kuchga kirgunga qadar davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganlik yoki unga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘rganish va ularni tartibga solish bo‘yicha qator vazifalar amalga oshiriladi.

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, mazkur jarayonda 27 mingdan ortiq davlat tashkilotlari faoliyati qamrab olinadi.

@SherzodSaparov

anticorruption

05 Jun, 15:11


“Манфаатлар тўқнашуви тўғрисида”ги қонун

@pressuzb

anticorruption

05 Jun, 15:11


https://x.com/akmalburhanov/status/1798349905616162920

@SherzodSaparov