Sadriddin Abdurahimov @janob_marketolog Channel on Telegram

Sadriddin Abdurahimov

@janob_marketolog


Bloger
Marketolog
Americano coffee ambasador

cooperation: @sadriddin_abdurahimov

janob_marketolog (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Sizga yangi Telegram kanalimiz janob_marketologga xush kelibsiz! Kanalimizda Sadriddin Abdurahimov, aka janob_marketolog, eng so'nggi blog postlarini siz bilan ulashadi. Bu uyali vaqtimizda marketing sohasida yangiliklardan, strategiyalardan va tajribalaridan xabardor bo'lib qoling! Ehtimol, sizga ushbu soha yoqtirib qoladi va yangi ma'lumotlar olishga intilogan bo'lasiz. Sadriddin Abdurahimov, aka janob_marketolog, rasmiy bloger sifatida, sizga marketing sohasidagi yangiliklarni to'g'ri va aniq ko'rsatadi. Ushbu kanal orqali marketing sohasida yuqori malakali bo'lishingiz mumkin. Sizga muvaffaqiyat va muhim marketing texnikalarini o'rganishda yordam berishga tayyor bo'lgan kanalimizga obuna bo'lishni unutmang! Sizga yangi vaqtlarda ching'lagan malakali blog postlarni taqdim etishdan mamnunmiz. Kanalimizga ulanishingiz uchun pastdagi havolaga bosing va yangi ma'lumotlar bilan o'zizni boy bering!
Marketolog

Sadriddin Abdurahimov

22 Jan, 19:40


20000+ video+foto bor ekan telefonimda.

Yana bu o'tgan hafta o'tirib 800+ videolarni o'chirib chiqqanm, joy bo'shatish uchun.

Hozir yangicha tizim qilmoqdaman aynan shu xotira to'lib qolish muammosiga yechim qilib.

Kontent meykerlar meni holatimi tushunadi)

Stories yoki videolarga baribir kerak bo'ladi deb saqlab yurilari)))

Content is king. Tez va yaxshi kontent qib ketish uchun bu albatta kerak.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

21 Jan, 22:34


ChatGPT'ni birinchi chiqqanida hatto O'zbekistonda ishlamayotgan vaqtida ochib ishlatib ko'rgan edim. O'shanda birinchi emotsiyam "Bu kelajak!" bo'lgan.

Hozirgi kunga kelib deyarli har kuni foydalanaman.

O'sha vaqtlarda tanishlarga bu haqida aytib berganimni eslayman. Ko'pchiligi navbatdagi oddiy instrument deb qarashgandi.

Hozir sizlarga yana bir katta trend bo'lishni boshlayotgan soha haqida aytaman.

Bu AI Agent'lar.

Bu postni xohlasez skrinshot qilib qo'ying, 1-2 yildan keyin kurslar ham chiqadi, AI Agent'tlarni tayyorlash va sozlash bo'yicha. IT va Project Management'dagilarni ko'p bu yo'nalisdagi mutaxasssilikni asosiy yoki qo'shimcha ish sifatida oladi.

Nvidia asoschisi AI Agent sohasini multi milliardlik imkoniyatlar deb atadi.

O'zi nima bu? Qisqa qilib aytganda, bu hozirgi sizga shunchaki savol bersangiz javob beruvchi sun'iy intelekt bo'lmaydi. Butun ish tizimini bir biriga bog'lab, aniq ishni qildirib natijani sizga taqdim qiladigan Sun'iy intelektlar Agenti.

Vazifani berdiz -> Natijani oldiz.

"Instagramga reels qo'y" desangiz, o'zi idea qidirad, saraledi, research qiladi, tz yozadi, ssenariy yozadi, video yasedi, montaj qiladi, videoni chiqaradi, cover yasedi, tagiga matn yozadi va o'zi qachon chiqarish yaxshi ekanligini aniqlab o'zi post qo'yaveradi.

Faqat bu Agentni siz boshida sozlab chiqishingiz kerak bo'ladi. Har bir jarayonda nima kriteriyalarga qarab qaror qilishlarini.

Bu post shunchaki yana shu tendensiya hozirgi ChatGPT ommalashib hayotimizni bir qismiga aylanib qolgandek, AI Agentlar ham katta sohaga aylanganda qaytadan eslatib "esilardami, o'sha vaqtda men bu mavzuni ko'targandim" deb aytish uchun qo'yildi)

Yaxshi dam olilar.

Sadriddin Abdurahimov

14 Jan, 15:07


Tuganmas energiyaning zo'r sirni ochaman.

O'qishda, ishda energiya muhim. O'zimiz dam olishimiz albatta zo'r tanaga tiklanish beradi,

Lekin yaqinlarga hadyalar va diydor doim eng zo'r emotsional energiyani beradi.

Kichikmi yoki katta farqi yo'q. Iloji boricha qolganlarga nimadur bering.

- Yaxshi kompliment ham yaxshi hadya.
- Ofisga kirayotib bitta o'rtaga ichimlik ovolish ham
- Magazinga kirganda qo'shimcha saqich ovolish ham
- Yoqimli ishtaha tilash ham
- Ayfon 16 pro max ham)

Biz esa 5 kunga Zomin Sanataroriyasiga uydegilar bilan dam olishga chiqib keldik. Ham ruhan ham, ham jismonan tiklanish bo'ldi. ❤️‍🔥

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

03 Jan, 18:42


Hamma yil sarhisobi va 2025 yil uchun maqsadlar haqida kontent qilmoqda. Men ham o'tkan yili qilgan edim.

Lekin bu yilgi Sadriddin boshqa. O'zimni doim o'tkan yilga nisbatan qarab rivojlanayotganimni ko'rib xursand bo'laman.

Men ham sarhisob qildim. Faqat uni omma meni o'ziniki bilan solishtirishi uchun emas. Keyingi yilni prognoz qilish uchun.

2024-yil avgust oyidan beri harajatlarimni va qilayotgan ishlarimni audit qilib boraman.

Hozirgi 6 oylik data/statistika bilan endi bemalol 2025-yil uchun aniqroq maqsadlar qo'ya olaman. Oldi-qochdi emas. Aniq prognoz qilib erishsa bo'ladigan rejalar.

Excelda. Grafiklar. Raqamlar. Hisobotlar. Formulalar.

Qilayotgan ishlaringizni kundalik yuritib yozib yursangiz ham o'zi ko'p o'sish nuqtalari oydinlashadi. Men shu ishlarni faqat excelda qilaman.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

02 Jan, 15:28


Bu o'zimning fikrlarim emas, Pul Psixologiyasi kitobidan parcha edi

Morgan Hauzelning Pul Psixologiyasi kitobini o'zbek tilida jamoa bilan tarjima qilib Noshirlik faoliyatimni boshlaganman.

Ushbu loyihamizning 2-mahsuloti. Kitobni Qamar va boshqa do'konlardan sifatli tarjima va mualliflik huquqi himoyalangan holda o'qishingiz mumkin.

Kitob sizni boy qilish haqida emas, bizdagi "baraka, ehson, tez qisqa emas, uzoqqa va davomiy borish"ni ilmiy aksiomasi haqida.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

02 Jan, 13:54


Dekabr oxirida dam olaman degandim

20-dekabrdan keyin deyarli barcha loyihalarda sotuvlar to'xtaydi va dam olishga chiqib ketaman degan edim.

Umumiy o'zi dekabr menda ancha laytda o'tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham aktiv bo'lmadim.

Rostan ham hozir statistikaga qarasam noyabr va dekabr oyidagi tanamning tiklanish darajasida yaxshigina farq bor ekan.

2025-yilni boshlash uchun yaxshigina kuch yig'ib tizim qurdim bu oy davomida.

Yillarni o'tishi xuddi kunning o'tishedik oddiy indikator men uchun. Yaxshi dam olish, ko'p mahsulotlar uchun sezon va savdolarni oshishi, yaqinlar yig'lishi uchun bahona va hokozo.)

Hali ham dekabr mood'daman, xuddi 33-dekabrdek. 😁

Bo'ldi, hozir noutbukni ochib ishlarni boshladim, dekabr is over.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

19 Dec, 06:22


Vaqt eng kuchli hukm egasi.

Vaqtga qo'yib bering, o'z ishini mutaxassisi bo'lmaganlarni savaledi. O'yindan chiqaradi.

Vaqtga qo'yib bering, maqsadlarida va qadriyatlarida sobit qolib natija uchun ishlagan sodiqlarni mukofatlaydi.

3-5 yildan keyin tez boy bo'lish ortidan harakat qilganlar uy, mashina aktivlari bilan qolar.

Sodiq va o'z ishini ustalari atrofdagilarni katta ishonchi va kuchli xarakter bilan qoladi. Bu xarakter esa unga uy va moshinani daromadini oson va tez olib kela oladi, davomiy.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

06 Dec, 10:28


Haftani o'rtasida soat 15:20 da telefon qilib/yozib qayerdasan deb so'raydigon o'g'il bola tanishlarim "uydaman" deb javob bersa ularni shunaqa tasavvur qilaman.

Qanday qilib erkak kishi ko'chada shuncha dvijeniya bo'layotgan vaqtda uyda o'tirish mumkin?

Ishingiz bo'lmasa ham, ofisingi bo'lmasa ham, ko'chada yuring iltimos. BNBga borib ishlang. Uyda o'tirmang.

Join the Sueta | Hustle

Sadriddin Abdurahimov

05 Dec, 10:48


Trafik narxi hammada qimmatmi?

Sadriddin Abdurahimov

03 Dec, 16:12


FunFact: Telegramda oddiy foydalanuvchi 500 tagacha guruh/kanalga qo'shila oladi.

Premium foydalanuvchi 1000 tagacha.

Meniki premiumda ham to'libdi. Hozirgina bir vebinar kanalga qo'shila olmay chiqib qoldi. Avval eskilaridan chiqib ket degan yozuv.

Bilmaganlar uchun qiziq info bo'lsa kerak)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

03 Dec, 09:12


Agar savdo tushayotgan bo'lsa va yechim qila olmayotgan bo'lsangiz, siz ham mashtabni kichraytiring.

Joylar sonini kamaytiring. Filiallarni kamaytiring.

Produktga fokus qilishga vaqtiz bo'ladi. Produktni rivojlantirishga investitsiya qilishni to'xatmang. Kengaysih qochib ketmaydi. Asosiysi kichik mashshtabda bo'lsa ham yaxshi mahsulot/servis qiling. Katta mashshtabda buni eplay olmasangiz avval kichiklashib to'g'rilab oling.

O'sha mashhur Dubay shokoladi har kuni soat 17:00 da faqatgina Dubayning deliveroo ilovasida sotuvga chiqadi va 2 soat ichida sotiladi. Katta distrubitsiya va logistikaga vaqt va pul sarflamasdan mahsulotga sarflagan bor fokusini. Kichik hajmda boshlab hozir mana ajiataj.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

30 Nov, 12:01


Produkt abzorli reels'lar 2 ta holatda rekka chiqishi mumkin:

1. Narxini boshida aytilsa
2. Narxini oxirida aytilsa

a) Srazi narxi aytsez - bu narx ichiga nimalar kirarkin deb kuzatadi.

b) Yoki srazi qiziqarli featureni aytib shu imkoniyatni bahosini intriga qilib oxirida aytish.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

29 Nov, 12:29


Marketingda ilhom olish uchun 2 ta sohadan zo'r idealar osa bo'ladi

1. Konkurensiya juda kuchli sektorlarda

2. Mahsuloti o'zi musor, lekin marketing uchun doimiy katta byudjet ajratuvchi kompaniyalar.

1-Tushuntiraman:

- Hozirgi kunda O'zbekistonda qaysi sohalarda konkurensiya ko'paydi. Qurilish, Oflayn ta'lim, Onlayn ta'lim, Kiyim do'konlar, AvtoDo'kon/blogerlar, Avtosalonlar, universitetlar.

Nima uchun? Konkurensiya kuchayishi ortidan o'z-o'zidan mahsulotni qiymatini yoritisih va savdolarni ushlab turish uchun kuchliroq mutaxassislar jalb qilinadi. Kattaroq byudjetlar ajratiladi. Produktni rivojlantirishda kuchli qadamlar tashlanadi. Bu holatni kuzatib analiz qilib borsangiz o'zingiz uchun ko'p g'oya olishingiz mumkin. Masalan, tepada sanab o'tgan sektorlarda e'tibor bergan bo'lsangiz eng ko'p yangiliklar va tez tendensiyalar o'zgaryapti. Sababi kuchli mutaxassislar jalb qilinyapti va yangicha gipotezalar tez-tez sinab ko'rilmoqda.

2-Tushuntiraman.

Rasmdagi skrinshotdagi universtiet Performance Marketing'da shunaqangi zo'r ishlaydi. Varonkasiga tushib qolsangiz tinimsiz taqib qiladi reklamlalar.

Bu yerda brending emas, umumiy varonka, trafik bo'yicha juda kuchli jamoa ishlaydi. Lekin produktni o'zi zo'r bo'lmagani uchun asosiy investitisyani mana shu kuchli Performance strategiyani qurishga sarflashadi. 2020-yilda adashmasam saytiga kirib zayavka qoldirgan universitetni. Haligacha meni taqib qiladi. Yana o'zbek tilida customlashgan. G'oyalarni yaxshi mahsulotingiz uchun yaxshi maqsadlarda ishlatsangiz bo'ladi. Men infoproduktlarni sotishda Ayazdan g'oya olardim. Lekin ayazni produkti musor bo'lgani uchun faqatgina trafik va progrev bo'yicha ilhom olaman)

@janob_marketolog | 4500+ bo'libmiz 🎉

Sadriddin Abdurahimov

21 Nov, 21:59


Ishonch bu juda qimmat valyuta. Bu valyutani topish va ishlatish.

- Kanalimda reklama qo'ymay qo'yganman. Oldin ham faqat marketingga oid vakansiya/reklama bo'lsa joylaganman va maksimal darajada arzonga. Ish bitishi uchun.

- Shaxsiydan mutaxassislar tavsiya qilishni ham to'xtatganman. Saytchi, dizayner, targetolog, videograf so'rab yozishadi. Yoki oqibatiga javobgarlikni olmaga holda disclaimer bilan.

- Oldin ancha ishonuvchan bo'lganman. Portfolio, tavsiya va keyslarga ishonib qolganman.

- Katta kutuvlar hech kimga aytmey qo'yganman. Hech kimga osmondagi oyni, byudjetti 2x oshirib, savdoni 2x oshishini, dunyoni birgalikda o'zgartirishni. Realroq qareyman vaziyatga.

- Meni kanalimda vazirlar, hokimiyat vakillari, CEO'lar, expatlar, katta marketologlar, investor va tadbirkorlar + 50% boshlang'ich mutaxassislar bor. Ma'suliyatli postlar talab qiladi.

Muqim o'z yo'lingizda ketish. Ishonch valyutasini astalik bilan kichik-kichik tomchilar bilan yig'ish juda muhim.

Ishonchni orttirganingizdan keyin sizni yengib bo'lmaydi. Sizga katta kompaniyalar, katta investitsiyalar, katta ma'suliyatlar, katta hokimiyat, katta sirlar, katta imkoniyatlar ishoniladi.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

18 Nov, 07:07


Meni taniganlar yaxshi biladi. Men Marketing va Biznesda eng qadrlaydigon narsalardan biri bu Tezlik!

Kichik va o'rta bizneslarda tezlik juda muhim. Sifatdan ham muhimroq!

Tez tendensiyalarga moslashish. Operativ qaror qabul qilish. Yangi gipotezalarni risk qilib sinab ko'rish.

Sizlar uchun o'zim sinab ko'rgan ko'p gipotezalar va yangiliklar haqida Cubic Podkastda suhbatlashdik.

🔽 Podkastni ko'rish uchun:
https://www.youtube.com/watch?v=tU-L3IqmMy4&t

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

17 Nov, 12:54


Bu postdan keyin juda ko'p targetologlar aloqaga chiqdi. Rahmat katta, shunaqa kuchli community yig'ilganiga.

Sadriddin Abdurahimov

14 Nov, 14:34


Ishtahani ochish uchun qiziqarli statistikalar olib keldim.

Uzum ochilganiga 2 yil bo'ldi. Oxirgi 9 oyni o'zida savdosi 3x bo'libdi. GMV - gross merchandise value (hech qanaqa harajatlar chiqarvormagan holatda, umumiy sotilgan abyom)

- 237mln$ 9 oyda.
- Oyiga 26mln$.
- Kuniga 840k $


Ikkinchi statistika. Bank bo'lmagan Humo carddagi eng faol programmalar statistikasi.

Paynet o'lib ketgan edi. Hamma sohada ancha qaytib olgan hozir. Ko'p fintex statistikalarda doim top 5 talikda. Qoyil.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

13 Nov, 20:34


Agar ishga ishtaham yo'qolsa nima qilaman?

1. Maqsadlarni eslash. Oylik, yillik erishmoqchi bo'lgan maqsadlaringizni eslang. Lekin har doim ham yordam beravermaydi.

2. O'zingizga bo'lgan ishonchingizni oshiruvchi narsalarga ozgina vaqt va e'tibor ajrating. Yaqinlaringizga silai rahm.

3. O'z ustingizda ishlash. Reelslarni chetga surib, kitob o'qish, podkast eshitish. Aynan shu joyida ko'pincha siz progress qilib o'sayotganingizni his qilgan paytingizda ham ishtaha oshadi.

4. Sport. Sport oldinlari asosan tana uchun deb bilardim. Hozir ko'proq bilayapman bu asosan miya uchun. Sport bilan shug'ullanganda odamni o'ziga bo'lgan ishonchi oshadi, progressni his qiladi, sifatli dopamin ishlab chiqaradi. Kalaoriya yo'qotish, qaysidur marralarni egallash keyingi o'rinda ekan.

5. Kofe. Ha, kofe zo'r effekt beradi. Shakarsiz amerikano.

6. Ishingizda zo'r missiya topib oling. Siz balki kichkina kiyim do'konda ishlarsiz. Lekin bu degani men kiyim do'konni savdosini oshirishim kerak deb emas. O'zbekistonda eng katta retail bo'lamiz va bu mening eng katta keysim bo'ladi deb harakat qiling.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

12 Nov, 20:45


Bir nechta narsalar haqida ommaviy gapirilmagan yaxshi deb o'ylayman.

1. Investitsioin portfel. Qayerga va qancha pul tikganingiz. Sarmoyangiz yoki kapitalingiz o'ta shaxsiy ma'lumot bo'lgani yaxshi. Xavfsizlik. Ko'z. Boshqalarni ham shu investitsiya aslida to'g'ri deb ergashtirib qo'yish. Pulni qayerga qo'yish haqida maslahat bermagan yaxshi. Hamma bilganini qilsin.

2. Salomatlik. Nafaqat mediada. O'zi umuman oddiy muloqotda ham kasalman, mazam yo'q deyaverish kerakmas. Baribir siz bilan hech kimni ishi yo'q. Shuning uchun zaiflik qilmasdan ishni bitirb oila/yolg'iz bu haqida o'ylang.

3. Side-hustle. Mayda chuyda ishlar, temalar bo'lsa ularni ommaviy aytish kerakmas. Ommaviy aytish uchun asosiy ishingiz bo'lsin. Uni progresi va jarayon haqida infopovod qiling. Lekin kichik temali ishlar bo'lsa ular haqida ommaga aytish shart emas.

4. Oila. Oilada hammada prinsip har xil. Lekin maksimal darajada oilaviy infopovodlar kamroq qilish kerak. Shaxsiy hududingizdek asrang.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

12 Nov, 15:46


Zo'r biznes... Agar uni tizimlashtirib kengaytirilsa..

Kelilar bugun shu keys haqida gaplashamiz.

Avtomobil haydovchilar asosan 2 ta segmentga bo'linadi:

a) GM 15k$ gacha bo'lgan moshinalar. (tahminan bozorning 85% qismi)
b) GM 20k+ moshinalar va premium inomarkalar (15% qismi)

Moy almashtirishni o'zini sifatli qilib qilish uchun juda kuchli usta bo'lish shart emas. Demak, 85% auditoriya uchun albatta narx, qulayliigi, qo'shimcha kichik qiymatlar ro'l o'ynaydi. Loyallik kartasi.

Men o'zim 2 martta oddiy joyda moy quydirdim. 2 martta Avtoritetda quydirdim.

Albatta servis jihatdan avtoritet qulay bo'ldi.

1-sababi. 24:00 gacha ishlar ekan, men umuman kunduzi moshinaga vaqt ajratishim qiyin. Kechasi ham ishlashi juda qulay bo'ldi.

2-sabab. Yana kutish uchun zo'r sharoit qilib qo'yishgan. Lekin ko'pchilik ustalarni tepasiga turvolib jarayonni ko'rib turgisi kelarkan baribir.

3-sababi. Yaxshi ekosistema qiilshgan. Hozir yangi premium restoran ham ochildi yonida, ish ham bitadi qorin ham to'yadi. O'zlari moykani offer qilishadi. Misol uchun moy almashtirib bo'lib yuvib ham qo'yrelikmi deb.

Siz bunaqa katta ekosistema qura olmasangiz ko'pchilik bilan sherik bo'lib qilsangiz bo'ladi deb o'ylayman.

Kichik moy almashtirish shaxobchasida kitobchadan tashqari loyallik kartasi qiling abizatelna. Xuddi shu moshina keyingi kelishida 10% skidka yoki nimadur qo'shimcha usluga bepul.

Deyarli barcha moy almasthirishlarda Filtrni ham almashtirib berish Cross-sell qilinadi.

Cross-sell uchun yangi narsalar toping. Bu Redbull/Flash bo'lishiyam mumkin. Qishda borganimda oynaga sepadigon suvni muzlamaydigonini cross sell qilishgandi. Yoki yana o'rganib chiqish kerak.

Aniq reglament qilib olsangiz bo'ladi. Aytaylik, Matiz keldi. Matiz uchun takliflar spiskasi: a)b)c)d)e)

Xodimlarga shularni aytishni spiskasini tashaberib majburiy qilish.

Forma abizatelna.

Boshqa yo'nalishdagi servislar bilan kollab:

Elektrik do'stingizga ayting. Biror moshinani ko'rayotganda moyni ham tekshirib ketsin. Oz qolgan bo'lsa "tugayaptikanu, quydirvoling, buyoqqa borsez zo'r qiberishadi. Mana lokatsiya va nomeri" deb berishsin. Uladan keganlarga qanaqadur bonus/pull/o'yin qilsangiz bo'ladi. Bir oyda 10 ta odam kesa sandan o'zini moshini tekinga quyberaman moyini va hokozo.

Bu kollablarni begonalarga borib taklif qilishdan uyalmagan bo'lardim. Yaxshi mexanizmmi qibo'lib erinmasdan 50-100+ hammasiga kirib chiqardim turdosh servislarga. Foydasi bo'masayam 2-3 kun vaqt yo'qotaman xolos.

Instagramda reklama yoqish?


Yo'q, keremas. Baribir odamlar tavsiyaga qarab ishledi bunaqa holatda. Google Maps, Yandex Mapslarda akuratniy qib to'g'rilab qo'ying lokatsiyangizni.

Instagramda content yuriting lekin reklama arzimasa kerak.

Yoki bir bir ajiataj qilsangiz bo'ladi.

Misol uchun Keyingi kelayotgan juma kuni XXXX sababga ko'ra 5 ta odamga yonimdan moy quyberamiz. Keyin isbotlari bilan quyilgani haqida.

Shu 5 ta uchun 1000 ta moshina keladi. Zato qolganlari xabardor bo'lib qaytib ketadi. Buni TG'da o'tkazgan yaxshi, otchet berish ham, Joylar tugasa ham tez e'lon qila olishga.

Idealar ko'p kelayapti.... Keyinchalik Part2-3-4 bo'llib qolar.

Yana qanaqa bizneslar uchun brainstorm qilamiz?

Sadriddin Abdurahimov

11 Nov, 19:40


Agar men HoReCa'da biznesini qilsam nimalar qilgan bo'lardim? (HotelRestarauntCafe)

O'zim uchun shunaqa rubrika qilmoqchiman. Turli bizneslar uchun kelib qolgan g'oyalarni va o'sish nuqtalarini ko'rsam yozib qo'ymoqchiman.

Albatta restorator emasman, lekin deyarli har kuni kamida bir martta restoranga kiraman.

Ko'p kitoblarda va manbaalarni o'qigan, tajriba ogan, marketing va sotsoilogik qonuniyatlar bo'yicha yozmoqdaman.

Toshkentga birinchi kelganimda 2019 yil ofitsiant bo'lib ham ishlaganman.

Asosiy insaytdan boshlayman. Odamlar restoranlarga qorin to'ydirish uchun kelishmaydi. Mazza qib dam olish uchun kelishadi.

Shuning uchun servis/atmosfera eng asosiy o'rinda turadi. Keyin ovqat mazasi.

Restoranda qancha byudjet bo'lsa personallarni o'qitish uchun tikkan bo'lardim.

Yomon servisli restoranni o'ldirishni eng oson yo'li ko'proq yangi trafik olib kelish uchun reklama kampaniyasini ishga tushirish.

Agar oilaviy restoran bo'lsa keyingi tashrif uchun vaucher, bolalar uchun kompliment, haftalik skidkalar (masalan har payshanba 15% skidka) bolalar o'yingohi va undagi enagalarning muamomilasi prioritetda. Keyin esa, parkovka, privatnost.

Restoranda yangi kelgan mijoz keltiradigon daromaddan LTV yaxshiroq daromad beradi. Paretto bu yerda LTV uchun 80% da ishledi.

Restoranni formati, joylashuvi, menyusi, atmosferasi, servisidan kelib chiqib ko'p narsalar qilish/o'zgartirish mumkin.

Chiroqlar shunday joylashitiringki, rasmga olganda chiroyli chiqsin dasturxon va muhit.

"Qo'l yuvish" xonasi chiroyli va toza bo'lishi juda juda juda muhim.

Agar hammasi yaxshi va baribir reklama kerak deb hisoblasangiz, boshida bosib Led ekranlarda reklama bering.

Lekin iltimos qilaman, agar 100% hamma servis darajalari tayyor bo'lganidagina reklama bering. Oyiga 1000$ reklamaga sarflagandan ko'ra. Birinchi va ikkinchi oy 5000-10000$ sarflab keyingi 10 oy reklamasi yurgan yaxshi. (yaqinda zo'r italianskiy restoranga borgandim, mijozlarni kamligi ham fayzsiz qilib turgandi.)

Tez odam oqimini yasab olib, keyin stabil yurgan yaxshi 1-2 yillar.

Yana qanaqa bizneslar haqida gaplashsak bo'ladi?

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

11 Nov, 12:12


Uy sotiladi deb reklama berish ham mumkinmas bo'libdi.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

11 Nov, 12:12


Saylov reklamalari bundan istesno bo'lsa kerak)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

11 Nov, 12:11


Toshkent shahrida tashqi reklama dizayn kodi tasdiqlandi vanihoyat.

Qayerda va qanday turdagi konstruksiyani qo'yish mumkin va mumkinmasligi haqida hujjat.

Juda kerakli material. Saved'ga tashlab qo'yilar va albatta o'qib ham chiqilar.

O'zim o'qib chiqib keyin tashlayapman buyoqqa.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

06 Nov, 07:54


1000$ ga to'y qisa bo'ladimi?

Sadriddin Abdurahimov

06 Nov, 07:25


Hozirgina AQShning 47-prezidenti sifatida Donald Tramp yana prezidentlik saylovida yutib chiqdi.

Tramp geniy ham emas, eng boy odamlar ro'yxatida 1000 talikka ham kirmaydi, siyosatchi ham emas.

Lekin hayotiy prinsiplariga ko'ra har doim g'alaba qozonish eng muhimi deb hisoblaydigon odam. Yutkzisa ham buni tan olmaydi.

Eng qizig'i yaqinda Tramp haqida ishlangan kinoga kirdim.

Kino nomi: Shogird.

Kinoda, trampning asosiy muvaffaqiyati aslida uning biznesini endi boshlagan paytlarida doimiy maslahatlar va muammolarini hal qiberishda yordam bergan Ustozi haqida.

Ya'ni: siyosiy bellashuvlar, davlatda yerlarni olish, soliqlardan lgota olish, investorlar bilan kelishuvlar, sudlarda yutib chiqish uchun Advakati va hayotiy ustozi bo'ladi.

IMDB: 7.2
Yili: 2024

🍿 @thismovieinspiredme

Sadriddin Abdurahimov

05 Nov, 08:28


Yaxshi ham kofe o'ylab topilgan. Yomg'irli havo olib kelayotgan kayfiyatni yorqinlashtirib beradi.

Bilarmidilar kofe 9-asrda kashf qilingan bo'lsa ham, 16-asrgacha Islom dinida harom hisoblangan.

O'sha vaqtlarda kofeinalar hozirgidan ham ko'payib ketishni boshlagan va bu xuddi mayxonadek odamni o'ziga o'rgatib qo'yuvchi deb taqiqlangan.

Keyinchalik kofe ichib, tetik holatda tunlari ibodat qilish mumkinligini Yemenlik ulomolarda ko'rishgan.

Yaxshiyam hozir Halol 🥹

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

03 Nov, 11:07


6x oshdi oxvat. Yaxshi narsa ekan

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

28 Oct, 14:19


Friend deb nomlangan bir startap chiqqan. Hali to'liq ishga tushmagan, lekin hozirdan g'oya sifatida ishlab oldindan buyurtmalar olmoqda.

Nima bu?

Bu virtual do'stga o'xshaydi. ChatGPT'ni bo'yinga osib yuradigon varianti desak bo'ladi.

Sizni hissiyotlaringiz va fiziolagik holatingizni doim bilib turadi va shunga mos siz bilan gaplashadi.

Ko'p startaplar haqida maqolalar o'qiyman. Bu startapni meni o'zida eslab qolishga majburlagan narsa bu: yaqinda 2 mln$ investitsiya olgan edi. 1,8$ mlnni o'zini sayt domeniga sarflabdi. Friend.com

Hahaha. Qiziq-qiziq)))

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

28 Oct, 13:15


Ko'proq ma'suliyat - ko'proq muammo.

Shuning uchun bu vijdonli insonni rivojlantirib yuksaltiradi. Vijdonsizni esa limitlarini ko'rsatadi.

Aslini olganda vijdonli insongina ko'p ma'suliyat vaqtida stressga tushadi.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

27 Oct, 01:58


Bu video kecha soat 02:00 da uyga kirishdan oldin olingan. Oxirgi vaqtlar ish juda ko'p.

Shu ish hajmida yana blogga ham fokus qilishga agar ulgursam meni Monster deb chaqirselar bo'laveradi 😁🏄‍♂️

8:00 - 02:00 onlaynman 🫂

(Video estetikasiga qizlar baho berar😁)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

26 Oct, 12:18


Jamoa bilan shunaqa qiziq narsalar qib ko'ramiz 🏄‍♂️

O'zbekistonda eng birinchi biz qildik menimcha.

Yana bilmadim)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

26 Oct, 12:05


Instagramda 93 000 ta odamni "Close Friends" (близкий друзья) ga qo'shib chiqdik.

Oxvatlar necha x oshadi deb o'ylaysiz?

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

22 Oct, 06:14


Tarixdan doim elita oilalar va oliy nasab insonlar ilm uchun katta e'tibor bergan. Har bir bunaqa maqomdagi inson eng kamida 3-4 ta til bilgan, tarix, filosofiya va diniy ilmi bo'lgan.

Bu bilimlar ularni o'ziga o'xshagan boy oilalar bilan muammosiz kommunikatsiya qilishda va birga ishlashda ko'prik bo'lgan.

Hamma o'zini darajasidagi odamlarni atrofiga yig'adi.

Kuchli insonlar davrasiga qo'shilish uchun avval eng kamida shu yo'lga kirishgani odam bo'lish kerak.

Rivojlanish bu o'zlikni yo'qotish emas.

Rus knyazi, fransuz grafi, turkiya shahzodasi yoki Amir Temur avlodi bir davrada o'tirib bitta tilda suhbatlasha oladigon davrlar va maqom bo'lgan.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

21 Oct, 14:42


Bilarmidigniz? HH.uz saytiga kirib, konkurent kompaniyangizni yozsangiz vakansiyalari kelib chiqadi.

Va bu vakansiyalardan kelib chiqib ko'p insaytlar olsa bo'ladi.

Kompaniya qaysi yo'nalishga ko'proq urg'u bermoqda? Qaysi tomondan oqsamoqda. Qanaqa loyiha boshlamoqchi?

Shu va shunga o'xshash qiziqarli insaytlar va o'zimning marketingga kirib kelishdagi yo'limni Podkast ko'rinishida qildik.

Otabek aka meni pryam CustDev qilgandek, marketolog bo'lib qolganimga nima sabab bo'lganinii rosa tergov qildi o'ziyam)

⬇️ Podkastni ko'rish uchun havola:
https://youtu.be/G3ZvGg9_0is

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

15 Oct, 07:47


2000 ga yaqin inson Lola Animation'ning ilk premyerasi uchun tashrif buyurdi.

Yaqinda O'zbekistonda eng yirik multiplikatsion loyiha bo'lishi kutilayotgan seriyali multfilmlarning premyerasiga bordim.

Premyerada bizning qadriyatlarimizga mos bo'lgan multfilmlar ko'rsatildi. Shuningdek, Bolalarga ham tarbiyaviy ham zavqli syujetga ega filmni qilish mumkinligini isbotlashdi.

Bu multfilmlar hali ommaviy 1 yil ichida namoyish qilinmas ekan. Biz ekslyuziv tarzida ko'rdik)

Juda katta missiyaga qadam. Faqat omad va qo'llab-quvvatlash. Multfilmda reklama va sponsorlik materiallari mavjud emas. Yashirin product placementlar ham mavjud emas. Shuning uchun uni qo'llab-quvvatlash juda zarur.

Donat qilish, missiyaning bir qismiga aylanish.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

14 Oct, 15:25


TAF2024. Bordim, ko'rdim, keldim.

Yangi netvorking, yaxshi insonlar. Kreativ katta loyihalarni orqasida turuvchi shaxslar. Lichniy brend yuritishmaydi ammo juda kuchli mutaxassislar bor.

Bu yilgi festivalning shiori zo'r ekan: Bilganing qil!

Marketingga oid tadbirlarda ishtirok eting. Yangi shu doiradagi insonlar bilan tanishin, ko'rishing)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

13 Oct, 17:48


Bugun shu yerdan o'tgandim.

Ajoyib ;)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

11 Oct, 05:46


Diqqat savol:

Evos buning uchun binoga pul to'laydimi?)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

10 Oct, 09:47


Bizneslarni kengaytirish va rivojlanishida birga yurib 2 yil ichida asosiy tushunib yetgan narsalarimdan bitasini aytaman.

Biznesni tez rivojlanishi yoki kengayishi juda xavfli. Korzinka tarmoqlari 1996-yilda birinchisini ochgan. Faqatgina oxirgi 4 yil ichida asosiy 70%-80% do'konlarini ochdi.

Bambuk avval 5 yil ildiz otadi. Keyin 4 haftada 8 metrga birdaniga o'sadi.

Fundamentni mustahkam qilish juda-juda muhim. Biznes uchun rivojlanish bu filiallarni ko'paytirish emas. Xodimlarni ko'paytirish emas.

Asosiy ko'rsatkichni aniqlab olish ham juda muhim qaysidur vaqtgacha.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

09 Oct, 07:48


- Qaysi faslni yoqtirasan?
- Kuz!

Demak katta ehtimol bilan siz Maslov ehtiyojlar piramidasi bo'yicha 3-bosqichdasiz.

Men aniq eslayman, kuz va qish eng yomon ko'rgan fasllarim bo'lgan davrlarni.

Eng ish ko'p davr+o'qishlar boshlanadi, o'qishlar uchun yangi narsalar sotib olish kerak, sovuq, yangi kiyim sotib olish kerak, uyda isitish uchun tayyorgarlik ko'rish kerak. Maktabga borasan sovuq va noqulay, uyga qaytasan sovuq va noqulay.

Negadur odamlarda ham kayfiyat yomon bo'ladi. Hovlidagi daraxt barglari kuzgi estetikani emas, onangizni har kuni uyni yana qaytadan barglardan tozalab mehnat qilishiga sababchi bo'lishidan darak bo'ladi.

Keyin bilsam... Bu bosqich Maslov piramidasining 1-2 bosqichida ekan faqat.

Bu butun jamiyat aurasi shunaqa degani emas. Bu shaxsning o'zining aurasi.

Hozirchi?

Negadur Kuz faslini yoqtiraman. Ayniqsa oktyabrni. Ko'p sohalarda yaxshi sotuv bo'ladi, sezon keladi. Ekonomika jadallashadi. Issiq kofe ichib ofisdan yomg'irni tomosha qilish mumkin. Shinam uyda sevimli filmlarni ko'rish mumkin. Restoranda ustingizga pled tashlab olib toza havodan terrasada o'tirib bahramand bo'lishingiz mumkin. Barglar to'kilishi estetikaga aylanadi.

Holat o'zgarmaydi, Munosabat o'zgaradi.


Rols Roys, Italiadagi villalar, Nyu Yorkdagi penthaus bu yaxshi motivatsiya emas...

Har bir fasldan zavqalanadigan va o'z aurangizni +999 qilish eng yaxshi motivatiysa bo'lishi mumkin aslida.

Yana bir narsani unutmang, hozir sport bilan zo'r shug'ullanib shuni targ'ib qilayotganlar shu darajaga erishgan va haqqi bor. Balki siz shunchaki ko'proq ishlab avval 1-2 bosqichdan o'tib olarsiz? Hozir kim qanaqa holatdagilliga emas, ular shu holatga kelish uchun nimalar qilganiga qarang.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

08 Oct, 05:57


Rus Scamerlari agar bir kun kelib o'zbek tilini yaxshiroq bilib olishsa daromadlari 2x oshsa kerak.

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

04 Oct, 18:16


Kim biladi shu narsa moshina polirovkasiga qanchali zararli? Hamma har xil aytyapti)

ChatGPT yuvmaganing yaxshi, bu shilvoradi deyapti. O'zimga ham shunday ko'rinyapti)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

28 Sep, 07:03


Bitta qiziq fakt eshitganman, Dunyo bo'yicha podkastlarning 90% 3-sonidan keyin chiqishni to'xtaydi. Kam ko'rishlar soniga ega bo'lishiga qaramay, kichik Marketologlar bozorini yangi bilimlar bilan to'ldirib mana uje 29-podkastni efirga uzatayotgan jamoa bor.

Cubic Club jamoasining 29 ta podkastlarini orasidan o'zim uchun eng foydali va qiziqarlilarni ulashmoqdaman.

Favoritlarim:

1. Brend qurishda nimalarga e'tibor berish kerak? | Nodira Shermatova
2. Sotuv varonkasi qanday tuziladi? | Farhod Kamilov
3. Brend muhimmi yoki mahsulot | Farhod Kuchkarov
4. Kommunikatsiya | Shaxrux Nizamutdinov
5. Sotuv muhim | Otabek Sharapov
6. Marketingga Pul Sarflamasangiz Bozordan Chiqib etasiz! | Aziz Gapparov
7. Sotmang - Qulaylik va Samimiy Munosabat Bering! | Shuhrat Xoltaev

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

26 Sep, 07:17


Targetga nechi endi?

Bu hammasi raqobatchining/dushmanni o'xshagan qiziq fitnasiyam bo'lishi mumkin-ku)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

21 Sep, 17:12


Tabriklayman hamma g'oliblarni, yaxshi kunilarda ishlatiar 🤝

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

19 Sep, 13:17


Yozda 4 ta zapusk qildik. 2 tasi break even'da chiqdi, qolganlari biroz foydada chiqdi. Bu karyeram uchun fail.

Lekin kuz yaxshi boshlandi, 2 ta zapusk, uje foydada.

Faillar'nin asosiy sabablari:

1. Bozor holati o'rganilmagani
2. Auditoriyaga mos narx va taklif qilinmagani
3. Raqamlarga emas, instiktlarga ishonib qolish
4. Marketing/zapusk texnologiyasini o'zgartiib shablondan chiqishga harakat qilish shart emas ekan. Lekin produkni doimiy yangilash/rivojlantirish o'stirish kerak.

Yangicha produkt konseptlarni sinab ko'rish kerak ekan. Faqat kurs emas.

Keyin kuzni boshida +1 Garaj qildim ;)

@janob_marketolog

Sadriddin Abdurahimov

18 Sep, 09:41


Har qanaqa O'zbekistonlik va meni kanalimni obunachisi tepadagi GiveAwayda qatnashishi mumkin.

5 Nafar g'olibga 100 stars dan beriladi. Bu funksiyani sinab ko'rmoqchi bo'ldim.

Siz starslarni nima qilasiz?

Agar yutib olsangiz, uni har xil kanallarda shu stars evaziga sotilayotgan pullik kontentlarni ko'rishingiz, stars evaziga qo'shiladigan pullik kanallarga obuna bo'lishingiz mumkin, yoki starsni raksiya ko'rinishida bossangiz ham bo'ladi =

@janob_marketolog