Japan Digital University @jduniversity_uz Channel on Telegram

Japan Digital University

@jduniversity_uz


🔵 O’zbekiston hamda Yaponiyada rasman tan olinadigan 3 ta diplom;
🔵 O’qish davomida daromadli amaliyot;
🔵 Bitiruvchilarni Yaponiyada rasmiy ish bilan ta’minlash;

📑 Litsenziya №0044, 06.12.2021

Murojaat uchun: @jdu_support
☎️ | 71 200-05-95

Japan Digital University (Uzbek)

🔵 O'zbekistondagi ilk Yaponiya universiteti; 🔵 O'qish davomida ishlab daromad topish imkoniyati; 🔵 Yaponiyada kafolatlangan ish bilan ta'minlash.

📑 Litsenziya №0044, 06.12.2021nnJapan Digital University telegram kanalida O'zbekiston hududida yapon tilida ta'lim olish imkoniyati mavjud. Bu kanal orqali o'qish davomida ishlab daromad topish, Yaponiyada kafolatlangan ish bilan ta'minlash va ko'p boshqa foydali ma'lumotlar bilan tanishing. Kanalda sizga yapon tilini o'rganish va yangi bilimlar olish imkoniyati beriladi

Murojaat uchun: @jdu_support ☎️ | 71 200-05-95

Japan Digital University

12 Feb, 06:47


Yaponiya IT kompaniyalari delegatsiyasi JDU da !

⚡️ Kuni kecha JDUga JETRO tashkiloti hamda IT sohasida ish yurituvchi Yaponiya kompaniyalaridan iborat bo'lgan 20 kishilik deligatsiya tashrif buyurdi.

🔄 Ushbu guruhning Japan Digital Universityga tashrifi sababi O'zbekistondagi ta'lim sohasi bilan tanishish, IT sohasiga tegishli yangiliklar va o'quv ko'nikmalari haqida ma'lumotlar olishdir. Shunigdek, delegatsiya IT kadrlar resurslarini rivojlantirish holatini kuzatish orqali Õzbekiston IT sohasi haqidagi tushunchalarni chuqurlashtirib, yapon kompaniyalarini mamlakatda kengaytirish, hamkorlik masalalarini ko'rib chiqishni ham maqsad qilishgan.

🤝 Yapon mehmonlar JDU bilan tanishib, bir nechta talabalarimiz bilan suhbat o'tkazishga ham ulgurishdi. Ushbu tashrif JDU va yapon kompaniyalari orasidagi hamkorlik aloqalari uchun ko'prik bo'lishiga umid qilamiz.

👇HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

Veb sayt orqali | Telegram bot orqali

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

10 Feb, 12:28


“Japan Digital University Япония ва Ўзбекистон ўртасидаги муҳим кўприк” – Япония элчиси

Japan Digital University Ўзбекистонда таълим бериб, ўз битирувчиларини Японияда иш билан таъминлашни ўз олдига мақсад қилиб қўйган инновацион таълим муассасаси ҳисобланади. Университет талабалари нафақат япон тилини мукаммал ўрганиш, балки IT соҳасида зарурий билимлар ва кўникмаларни ҳам эгаллашади.

👉 https://kun.uz/kr/46460649

Реклама

Japan Digital University

09 Feb, 09:17


So’z mulkining sultoni , bobomiz Mir Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlariga Japan Digital Universityning hamkor universitetlar bo’limi Yapon millati ustozlarimizdan tabrikni e’tiboringizga havola etamiz.


📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook |  🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

09 Feb, 05:06


📖 Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi!

🔥 9-fevral – buyuk shoir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun. U nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki butun Sharq madaniyatining eng ulug‘ siymolaridan biridir.

📚 O‘z asarlari bilan insoniy fazilatlar, ezgulik va adolatni, go‘zal muhabbatni ulug‘lagan ana shunday buyuk inson — Navoiyning avlodlari ekanimizdan faxr hissini tuyamiz!

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 👇

   Veb sayt orqali   |   Telegram bot orqali

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

08 Feb, 15:36


"Japan Digital University menga ko'p narsa berdi"

🤩  Ha, adashmadingiz.  Bu videodagi yigit o'sha ilk bitiruvchilarimizdan-Komiljon Riksiyev ! O'tgan hafta o'z karyerasini boshlash uchun Yaponiyaga uchib ketdi.
✈️ Bugun esa Komiljonning Yaponiyaga parvozi oldidan bergan maxsus intervyusini sizga havola qilamiz 😊

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 👇

   Veb sayt orqali   |   Telegram bot orqali

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

07 Feb, 14:24


JDU'da Yaponiya universitetlari va madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik 😊

🔥 Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan mazkur festival unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Mehmon universitetlar va JDU oilasi bilan birgalikda o‘tgan tadbir jarayonidan qaynoq lavhalarni e'tiboringizga taqdim qilamiz!

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 👇

   Veb sayt orqali   |   Telegram bot orqali

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

06 Feb, 13:27


JDU talabalari ota-onalari diqqatiga !

🤔 Hurmatli JDU talabalarining jonkuyar ota-onalari! Universitetimiz tomonidan talabalarimizning o'qish jarayonlaridagi ishtiroklari haqida umumiy ma'lumot beruvchi havola telefoningizga sms sifatida yuborildi. Bundan asosiy maqsad talabalarimizning ta'lim olishlarini yanada yaxshilash uchun o'zaro nazoratni yo'lga qo'yishdir.

Agar sizning mobil telefoningizga sms xabar bormagan bo'lsa, quyidagi telegram akkauntiga yozib, farzandingiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin !

https://t.me/JDUkotibiyati

🤝 Farzandingiz ta'limiga e'tibor bilan yondashganingiz uchun rahmat !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

05 Feb, 10:08


Live stream finished (23 minutes)

Japan Digital University

05 Feb, 09:44


Live stream started

Japan Digital University

05 Feb, 09:43


Live stream finished (43 minutes)

Japan Digital University

05 Feb, 09:14


Japan Digital University pinned «Seminarimiz boshlandi ! Savollaringizni ushbu botga yuborishingiz mumkin @ravshanbek_imomali_bot»

Japan Digital University

05 Feb, 09:08


Seminarimiz boshlandi !
Savollaringizni ushbu botga yuborishingiz mumkin

@ravshanbek_imomali_bot

Japan Digital University

05 Feb, 09:00


Live stream started

Japan Digital University

05 Feb, 09:00


Live stream scheduled for

Japan Digital University

04 Feb, 07:18


Tayyorlaning ! Bizda katta seminar !

🇯🇵 Nega kelajagingizni Yaponiya bilan bog'lamoqchi bo'lsangiz aynan JDU ni tanlashingiz kerak ? Ushbu savolga Japan Digital University rahbariyati online seminar orqali javob beradi.
🎙 Seminarda JDU rahbariyatining ushbu tarkibi bilan bevosita aloqa qilishingiz mumkin:
🔺 JDU vasiylik kengashi raisi - Hiroaki Haga
🔺 JDU rektori - Ravshanbek Mamajonov
🔺 JDU da Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor - Jasur Hikmatullayev
🔺 Yaponiyada bandlikni ta'minlash bo'limi rahbari, rektor yordamchisi - Toshiyuki Kudo

Online seminar uchun savollaringizni ushbu botga oldindan yo'llab qo'yishingiz mumkin, savollaringizga seminarda javob beramiz : @ravshanbek_imomali_bot
Seminar telegram kanalimizda, shuningdek youtube kanalimizda jonli suhbat tarzida bo'lib o'tadi.
Seminar vaqti: 5-fevral / 14:00

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

03 Feb, 12:31


🇯🇵 Yaponiya universitetlari va madaniyatiga bag‘ishlangan festival!

🔥 1-fevral kuni JDU universiteti Yaponiya universitetlari va madaniyati festivaliga mezbonlik qildi. Mehmon universitetlar:
Nagoya universiteti
Kansai universiteti
Tsukuba universiteti
Niigata Sangyo universiteti (onlayn ravishda)

🎌 Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Xatori ishtirok etdi. Festival davomida yoshlar:
✔️ Yaponiya universitetlarining sinov darslarida qatnashdi;
✔️ Yaponcha o‘yinlarni o‘ynadi;
✔️ Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishdi.

☕️ Barcha mehmonlar uchun coffee break, madaniy ko‘rgazmalar va turli o‘yinlar tashkil etildi. Yapon madaniyati va ta’limi sizga ham qiziqmi? Unda JDU va ajoyib festivallar bilan yapon madaniyati-yu ta'limi ichida bo‘ling!

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 👇

   Veb sayt orqali   |   Telegram bot orqali

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

31 Jan, 09:55


Ertaga Japan Digital Education Festival ! O'tkazib yubormang !

🇯🇵 Yaponiya universitetlari va madaniyatini o'zidan namoyon qiluvchi Japan Digital Education Festival boshlanishiga ham 1 kundan oz vaqt qoldi. Tadbir kun tartibi haqida ma'lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

https://www.jdu.uz/japandigitaleducationfestival2025

Tadbir o'tkaziladigan manzil : Japan Digital University binosi

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

29 Jan, 08:57


Bizning hamkor universitetlar 🔥

🎓 JDU talabalari Yaponiya oliy ta’lim maskanlarining biridan ta'lim olib, malaka orttirish imkoniyatiga ega!

🔥 Bizning 6 ta hamkor universitetlarimiz:
Otemae University
Tokyo Online University
Sanno University
Kyoto Tachibana University
Niigata Sangyo University
Okayama University of Science

JDUda tahsil oling va u bilan xalqaro imkoniyatlarni kashf eting!

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

28 Jan, 14:53


A'lo darajada o‘tgan musobaqa jarayonidan kadrlar

🔥 JDU'da "Yapon tilida notiqlik san'ati" musobaqasi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Nominatsiyalar va g‘oliblar ro‘yxati ham e'lon qilingandi.

🎥 Bugun esa mazkur musobaqa jarayonidan kadrlarni e'tiboringizga taqdim etamiz. Marhamat, ko‘ring va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir haqida tasavvurga ega bo‘ling!

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

25 Jan, 15:40


JDU'da "Yapon tilida notiqlik san'ati" musobaqasi o‘tkazildi

🔥 Ushbu musobaqa bilimdonlik, mahorat va ijodiy yondashuvlar bilan o‘zgacha qizg‘inlikda kechdi.

Barcha ishtirokchilar yapon tilida o‘zlarining nutq so‘zlash qobiliyatlarini namoyon qilishdi va hay’at a’zolaridan munosib baholar olishdi.

🏆 G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:
1-o‘rin: Tillayev Xusniddin — "Eng katta raqib"
2-o‘rin: Saidnasimov Saidasrorxo‘ja — "Sinovlar dushman emas do‘stdir"
3-o‘rin: Ma’murova Nodirabegim — "Oynadagi jasorat"

🎖 Nominatsiyalar:
✔️ Eng tushunarli nutq: Ismoilova Soliha — "Baliqning ko‘ziga suv ko‘rinmaydi".
✔️ Eng qiziqarli nutq: Qozoqjonov Xushnudbek — "Kungaboqar".

🎉 Eng tirishqoq ishtirokchi:
Pardayev Otabek — "Nur sochuvchilar"
Ziyodullayev Amirbek — "Qo‘rquvni yengib, hayot cho‘qqilarini zabt etish"

🥳 Barcha qatnashchilarga minnatdorlik bildiramiz va g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! JDU talabalari yana bir bor o‘zining yuqori salohiyatini namoyish etganidan xursandmiz!

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

24 Jan, 13:07


Yapon kompaniyasi "Max Support Co. Ltd." JDU da !

🇯🇵 Kuni kecha Yaponiyaning "Max Support Co. Ltd." kompaniyasi vakillari Japan Digital Universityda mehmon bo'lishdi. 1998-yilda tashkil etilgan bu kompaniya asosan kompaniyalar uchun inson resurslari bilan bog'liq muammolarni hal qilish, malakali va yuqori bilimga ega kadrlar topish bilan shug'ullanadi.

🤝 Yaponiya kompaniyasi vakillari JDU bilan tanishib, universitetimizdagi Yaponiyada bandlikni ta'minlash bo'limi rahbari Toshiyuki Kudo bilan o'zaro hamkorlik masalalari to'g'risida suhbat qurishdi.

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

23 Jan, 09:33


"Ibrat farzandlari" JDUda !

🤔 O'tgan hafta JDUga "Ibrat farzandlari" tashkiloti vakillari tashrif buyurishi esda qolarli voqea bo'ldi. Yurtimiz yoshlarining ilmli va vatanparvar bo'lishi yo'lida mehnat qilayotgan tashkilot vakillari va talabalarimiz o'rtasidagi suhbat mazmunli bo'ldi.
Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Qimmatli vaqtini ayamay talabalarimiz bilan mazmunli suhbat uyushtirish uchun kelgan "Ibrat farzandlari" tashkiloti vakillariga JDU jamoasi o'z minnatdorchiligini bildiradi !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

20 Jan, 14:41


Yapon tilini o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar 🇯🇵

📚 Yapon tilini o‘rganish qiziqarli va boy jarayon. Dastlab, alifboni (Hiragana va Katakana) o‘rganishdan boshlang. Har kuni yangi so‘zlarni qo‘llab, jumlalar tuzing.

🎞 Tinglash va talaffuzni yaxshilash uchun yaponcha filmlar yoki qo‘shiqlardan foydalaning. Va albatta, grammatikani oddiy jumlalardan boshlab o‘zlashtiring.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

17 Jan, 13:17


Atigi 33 900 000 so‘m yiliga to‘lab, Yaponiyada va O’zbekistonda tan olinadigan 3 ta diplom egasi bo‘ling!

🌐 JDU bilan Yaponiya IT sohasida imkoniyatlar eshigini oching. Bitiruvda 3 ta:
Japan Digital University diplomi;
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti diplomi;
Yaponiya hamkor universitetlaridan birining diplomiga ega bo‘ling.

Arizalarni qabul qilish boshlandi. Ko‘proq ma’lumot olish uchun biz bilan bog'laning !

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

16 Jan, 12:35


JDU’da dars jarayoni: bilim va amaliyot uyg‘unligi

🔥 JDU talabalari har bir darsda nafaqat nazariy bilim olishadi, balki uni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

📚 Innovatsion yondashuv, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajriba asosida tashkil etilgan darslar talabalarni kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatga tayyorlashga qaratilgan.

🎓 JDU talabalarni bilim va tajribaga asoslangan mukammallikka yetaklaydi. E'tiboringizga dars jarayonidan kadrlarni taqdim etamiz.


📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

15 Jan, 15:02


"Japan Digital Education Festival"ga marhamat!

🇯🇵 Ilm-fan va texnologiyalar yurti bo‘lmish Yaponiyaning oliy ta'lim olamiga sho‘ng‘ing!  Sizni 1-fevral kuni Toshkent shahrida tashkil etiladigan "Japan Digital Education Festival" nomli Yaponiya universitetlari ko‘rgazmasiga taklif qilamiz!

Tadbirda sizni kutmoqda:
Yaponiyaning yetakchi universitetlari haqida batafsil ma'lumotlar;
Yaponcha kitoblar ko‘rgazmasi;
An’anaviy yapon kiyimlarini kiyib ko‘rish imkoniyati;
Yapon xattotligi va origami san’ati;
Qiziqarli yapon o‘yinlari;
Mazali coffee break.

📚 Yaponiya va uning ta’lim imkoniyatlarini o‘zingiz uchun kashf qiling! Batafsil ma'lumot uchun ushbu havolaga o‘ting.

Qo‘ng‘iroq qiling va ma'lumot oling:
📞 71-200-05-95
   
Telegram  |   Instagram | Facebook |   YouTube 
Web site

Japan Digital University

14 Jan, 12:30


Nega aynan JDU? Sizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz

📌 Birdaniga O‘zbekiston va Yaponiyada tan olinadigan 3 ta diplom egasi bo‘lishni istaganlar uchun JDU'ni tanlash ayni muddao.

✈️  3-kursdan boshlab 1oydan 6 oygacha Yaponiyada amaliyot o‘tash hamda daromadli ishda ishlash imkoniyati ham shu yerda!

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

14 Jan, 05:48


Bayramingiz muborak yurtimiz mard o'g'lonlari !

Vatan - muqaddasligini bolaligimizdan boshlab his qilgan tuyg'umiz.

Vatan - uning himoyasida ne ne ajdodlarimiz ko'ksini qalqon qilgan dargoh.

Vatan - xotirjamlikni o'zida mujassam qilgan maskan.

Modomiki vatan muqaddas ekan, uning himoyasi ham sharafli burchdir. Vatan himoyasi esa bu oila, jamiyat, davlat himoyasidir.

Ushbu burchni ado etayotgan yurtimizning barcha mard o'g'lonlariga bayram muborak bo'lsin !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

06 Jan, 13:38


1 ta universitet – 3 ta diplom! 🎓

🔥 Endi bir joyda o‘qib, bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘lish vaqti keldi! JDU'da o‘qish orqali siz 3 ta diplomli bo‘lasiz:

Japan Digital University diplomi;
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti diplomi;
Yaponiya hamkor universitetlaridan birining diplomi :
- Otemae universiteti
- Tokio online universiteti
- Sanno universiteti
- Kyoto Tachibana universiteti
- Niigata Sangyo universiteti.

📚 Bu nafaqat bilim, balki dunyo bo‘ylab tan olingan diplomlar bilan kelajakka mustahkam poydevor qo‘yish demakdir! Orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Batafsil ma'lumot olish uchun:
(71)200-05-95



1 университет – 3 диплома! 🎓

🔥 Теперь настало время учиться в одном месте и получить несколько возможностей! Обучаясь в JDU, вы получите 3 диплома:

Диплом Japan Digital University;
Диплом Узбекского государственного университета мировых языков;
Диплом одного из партнерских университетов Японии:
- Otemae university
- Tokio online university
- Sanno university
- Kyoto Tachibana university
- Niigata Sangyo university

📚 Это не просто знания, а прочный фундамент для вашего будущего с дипломами, признанными по всему миру! Не упустите возможность воплотить свои мечты в реальность!

Для получения подробной информации:
(71)200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

05 Jan, 16:02


Kaizen: Kichik qadamlar bilan katta yutuqlar sari !

🔎 Hayotimizni o'zgartirish uchun birdaniga tub burilish qilish shart emas, shuningdek bu ish biroz mushkul hamdir.  Shunchaki, har kuni kichik lekin muntazam o'zgarishlar qilish kifoya.
🇯🇵 Yaponiyaliklarning Kaizen falsafasi mohiyatida ham aynan shu fikr yotadi.
       So'nggi paytlarda shaxsiy hayot va biznes boshqaruvda Kaizen usulidan foydalanish haqida ko'p eshityapsizmi, u holda bu video aynan siz uchun !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

02 Jan, 16:02


Yaponiyaning dunyoga taqdim qilgan 3 ixtirosi !

🇯🇵 Yaponiya deganda ko'z o'ngimizga texnologiya jihatidan rivojlangan davlat kelishi shubhasiz. Hozirgi kunda biz ishlatayotgan bir nechta qurilmalarning asl vatani ham aynan Yaponiya.
🌐 Ushbu video rolikda Yaponiyaning dunyoga taqdim qilgan ana shunday noyob 3 ta ixtirolari haqida gaplashamiz

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

31 Dec, 19:34


Hurmatli talabalar, o‘qituvchilar va hamkasblar!

🎄 Sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin dildan tabriklaymiz! Yangi yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, muvaffaqiyatlar va yuksak marralarga erishish yili bo‘lishini tilab qolamiz.

🔥 JDU jamoasi sifatida biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishda birgalikda ulkan yutuqlarga erishishimizga ishonamiz. Yangi yil barchangizga baxt, sog‘lik-salomatlik va farovonlik olib kelsin!

Hurmat bilan, JDU ma'muriyati!



Уважаемые студенты, преподаватели и коллеги!

🎄 Поздравляем вас с наступающим 2025 годом! Пусть Новый год принесет всем нам новые возможности, успехи и достижение высоких целей.

🔥 Мы, команда JDU, верим, что вместе добьемся больших успехов в реализации наших целей. Пусть Новый год принесет вам счастье, здоровье и благополучие!

С уважением, администрация JDU!

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

29 Dec, 14:18


Yaponiya - an'analar va innovatsiyalar yurti !

🇯🇵 Yaponiya o'zida milliy qadriyatlarni, innovatsiyalarni va go'zal manzaralarni birlashtirgan mamlakat. Ushbu video orqali Yaponiya haqida tasavvurlaringiz yanada kengaysa ne ajab !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

28 Dec, 03:59


Bizda kichik ta'til

☎️ Bayram munosabati bilan JDU aloqa markazimiz (call center) 28-dekabrdan 2-yanvargacha kichik ta'tilda bo'ladi. Qo'ng'iroqlarni 3-yanvardan boshlab qabul qilishni boshlaymiz !
   Universitetning aloqa markazidan tashqari barcha xodimlar esa kichik ta'tilni 28-dekabrdan boshlab, 6-yanvardan ish boshlaydi.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

27 Dec, 13:48


JDU ta'limi sifati bo'yicha so'rovnoma 2024

🤝 Dekabr oyida o'tkazilgan "JDU ta'limi sifati bo'yicha so'rovnoma 2024 " nomli so'rovnomada  qatnashgan barcha talablarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
       Joriy yil yakunlanayotgan ekan JDU tomonidan talabalarga berilgan so'rovnoma natijalari bilan bo'lishsak ham bo'lar- a ?!
🔄 Umumiy holda so'rovnoma natijalari shuni ko'rsatadiki, 82% dan ortiq  JDU talabalari ustozlar berayotgan ta'limdan qoniqish hosil qilgan. Talabalarning ustozlar darslaridan qoniqish darajasini darslar kesimida olsak:
- Yapon tili darslari - 90%
- IT darslari - 84 %
- Yaponiyada bandlikni ta'minlash darslari - 82 %
- Hamkor universitetlar bo'limi darslari - 85%
Albatta turli kamchiliklar to'g'risidagi talabalarning bildirgan fikrlari inobatga olingan holda  JDU jamoasi dars mashg'ulotlarini yaxshilash yo'lida ishlarini davom ettirib, bu ko'rsatkichni yanada oshirishga harakat qiladi.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

25 Dec, 14:09


Xushxabar!!!

🤔 JDU o'qituvchilar jamoasi o'z bilimlarini oshirish ustida tinimsiz mehnat qilmoqdalar.

📆 Joriy yilning 24-noyabr kunida bilimlarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida yapon tili ustozlarimiz o'z bilim va ko'nikmalarini sinab imtihondan muvaffaqiyatli o'tib, CEFR milliy sertifikatining eng yuqori C1 darajasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

C1 darajasi nafaqat tilni mukammal bilishni, balki o'quv jarayonidagi qat'iyatlilik, izlanish va o'z ustida ishlashni ham talab etadi. Ushbu yutuq, o'qituvchilarimizning o'z bilimlarini oshirishga bo'lgan cheksiz ishtiyoqining natijasidir.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

23 Dec, 09:19


JDU talabalari kiber jinoyatchilikka va giyohvandlikka qarshi !

O'tgan hafta oxirida universitetimizda talabalar va xodimlar uchun 👨‍💻kiber jinoyatchilik hamda ⚡️giyohvandlikka qarshi chora tadbirlar sifatida Shayxontohur tumani Ichki Ishlar Boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil qilindi.

📊Tadbirda yuqorida keltirilgan dolzarb muammolardan saqlanish yo’llari hamda ehtiyot bo’lish uchun qilinishi kerak bo’lgan bir qancha ma’lumotlar mutaxassis tarafidan berildi.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

21 Dec, 11:54


"Ma'rifat ulashib" loyihasi davom etmoqda.

🔂 Ma'rifat ulashib loyihasi doirasida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining vakillari, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'rozboy Abdurahmonov, O'zbekiston xalq shoiri Rustam Musulmon, "Shuhrat" medali sohibasi, shoira Zebo Mirzayeva JDUda mehmon bo'lishdi.
Qiziqarli va mazmunli suhbatga boy bo'lgan uchrashuvda JDU xodimlari va talabalari faol qatnashishdi. O'z qadrli vaqtlarini ayamay universitetimizga tashrif buyurgan ijodkorlarga JDU jamoasi o'z minnatdorchiligini bildirib qoladi.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

19 Dec, 15:17


"Bu kun yodimdan chiqmaydi"

JDU ni bitirganda yapon tilida qanchalik gaplasha olaman ?
Bu savol ko'pchilik talabalarimizda va JDU ga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlarda ko'p uchraydi. Bitiruv marosimidagi JDU talabalari nutqlaridan lavhalar balki bu savolga javob berar 🙂

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

17 Dec, 16:32


JDU rektori bilan ochiq muloqot

🤔 Joriy haftada JDU rektori Ravshanbek Mamajonov, JDU bo'lim boshliqlari va talabalari o'rtasida ochiq muloqot uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvda  JDU talabalari o'qish jarayonlari bo'yicha takliflari va mavjud muammolari haqida JDU rektori Ravshanbek Mamajonovga murojaat qilishmoqda.
Ushbu ochiq muloqotlardan asosiy ko'zlangan maqsad bitta - ta'lim sifatini yanada yaxshilash ! Uchrashuvlar shu hafta har kuni faollar zalida bo'lishi reja qilingan.
Hurmatli talabalar, taklif va mulohazalaringizni bemalol bildirishingiz mumkin. JDU rahbariyati bevosita muloqot uchun ochiq !

📞 71-200-05-95

   HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

14 Dec, 14:54


Dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish

Japan Digital University rektori maslahatchisi, "Universiti Putra Malayasia"da (Malayziya) dasturiy ta'minot bo'yicha falsafa fanlari doktori (PhD) darajasini olgan Azamjon Nemadaliyevning JDU yuqori bosqich talabalariga "Dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish" fanidan darslari davom etmoqda.
Qimmatli talabalik davri uchun qimmatli ma'lumotlarga to'la darslar. Shunday emasmi ?!🙂

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

12 Dec, 11:20


Din ishlari bo’yicha qo’mita vakili JDUda

🤔 Kuni kecha JDU da Din ishlari bo’yicha qo’mita raisining matbuot kotibi va axborot siyosati bo'yicha maslahatchisi Marupov Ilhom Islomovich va JDU talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat jarayonida qo'mita vakili talabalarga "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida ma'ruza qilib berdi.
🇺🇿 Ilhom Marupov talabalarga jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lgan mutaxassis bo'lish bilan bir qatorda vatanparvarlik ruhini yuqori darajada saqlab qolishlik kerakligini alohida ta'kidlab o'tdi.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

10 Dec, 15:34


Birinchi bitiruv marosimi

📆 Haqiqatda bu kun JDU tarixida alohida ahamiyatga ega kun bo'ldi. Talabalarimizga uzoq yillik mehnatlari samarasini Yaponiyada muvaffaqiyatli karyerada ko'rishlarini tilab qolamiz !
Biz uzoq kutgan o'sha birinchi bitiruv marosimi videotasvirini to'liq holda tomosha qiling. JDU ning dastlabki bitiruvchilarining quvonchigi sherik bo'ling !

Marosimini quyidagi link orqali to'liq tomosha qilishingiz mumkin :

🎞 https://youtu.be/xgFXp0exXR0

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

08 Dec, 05:39


Tarixiy kunning 32 yilligi muborak bo'lsin !

🇺🇿 Bugun yurtimiz qonunchiligining birinchi manbai qabul qilingan kun.

Talabalarimizning bilim olish huquqi kafolatlanishi ham shu manbaga asoslanadi.

🇺🇿 Ha, bugun 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun !

Japan Digital University jamoasi siz aziz yurtdoshlarimizni ushbu kun bilan qutlaydi.

Jamiyatimizda har doim qonun ustuvor bo'laversin !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

07 Dec, 14:58


Nega aynan Yaponiya ?

🇯🇵 JDU bitiruvchisi Komiljon Riksiyev va talabamizning onalari Muhamedova Shaxnozaning intervyularidan lavhalar.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

05 Dec, 14:24


Nega JDUni tanladingiz ?

   Ushbu savolga JDU bitiruvchisi Mardonbek Tursunaliyev javob beradi. Bitiruvchimiz nima sababdan JDUni tanlagan ekan ?🧐

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

03 Dec, 16:05


Eng yaxshi dasturchi kim bo'ldi ?

🖥 O'tgan hafta JDU talabalari o'rtasida "Eng yaxshi dasturchi" respublika tanlovining universitet bosqichi o'tkazildi. Tanlov Robocontest.uz platformasi orqali o‘tkazildi va talabalarga 5 ta masala berilib, natijalarga ko'ra g'oliblar aniqlandi. Demak ular bilan tanishamiz :

Shaxriyor Mahsudaliyev - 1-o‘rin
Nurbek Amrulloyev - 2-o‘rin
Firdavs G'aybullayev - 3-o‘rin

Tanlov g‘olibi Shaxriyor Mahsudaliyev hududiy bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Talabamizga kelasi bosqichlarda omad tilaymiz !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

02 Dec, 14:56


Bitiruv marosimidan..

Tez kunlarda to'liq formatda sizga taqdim qilmoqchi bo'lgan bitiruv marosimini hozircha qisqa video lavhalarda ko'rib turing😉

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

02 Dec, 11:15


JDU "Yosh ziyokor" reytingida 5-o'rinda !

🤔 “Yosh ziyokor” nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi O'zbekistondagi nodavlat oliy ta'lim muassasalari reytingini turli me'zonlar asosida ishlab chiqdi. "Yosh ziyokor" rejasiga ko'ra ushbu reyting yilda 2 marta, 1-sentabrgacha bo'lgan va 1-yanvargacha bo'lgan ma'lumotlarga tayangan holda  ommaga e'lon qilinadi. Biz uchun quvonarli holat shundaki, Japan Digital University ushbu reytingda yuqori pog'onalardan birini egallab turibdi.

  Tashkilotning baholashdagi me'zonlari va OTM lar reytingi haqida ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

01 Dec, 09:14


Oq yo'l senga bitiruvchi !

🗓 Kechagi kun Japan Digital University tarixiga unutilmas damlar sifatida muhrlandi. JDUning dastlabki bitiruvchilar guruhini katta yo'lga kuzatish maqsadida tashkil qilingan marosim ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
🔄 Bitiruvchilar shu yergacha bosib o'tgan yo'lida hamrox bo'lgan ota-onalari, JDU rahbariyati, ustozlarga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Bitiruvchilarimizga shaxsiy hayotlari va Yaponiyadagi ish faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

29 Nov, 05:02


Tayyormisiz ?!

Bu talabalar qabul qilinganda JDU endigina o'zining dastlabki qadamlarini tashlayotgan edi.

Ko'pchilik yoshlar ichida aynan ular Yaponiyadek ilg'or texnologiyalar yurtida o'z karyeralarini boshlashni aniq maqsad qilib oldi va maqsadlari yo'lida tinmay harakatlandi.

Ular o'qidi, izlandi, ilm olish mashaqqatlarini yengib o'tishdi. Bugun esa ular nomi ortidan "Japan Digital University birinchi bitirivchilari" degan nom qo'shib aytiladigan bo'lmoqda.

🎉 Xullas, bizda katta tantana ! JDU ning dastlabki bitiruvchilar guruhini qutlash uchun barchangizni 30-noyabr kuni 10:00da bo'lib o'tadigan "Bitiruv marosimi" ga taklif qilamiz.

Bitiruv marosimiga tayyormisiz ?!

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

27 Nov, 14:45


Bu kompaniya boshqa bitiruvchilarni ham ishga olmoqchi !

🤔  Komiljon Riksiev hozir JDU ni bitirish arafasida. U yaqinda Yaponiyadagi ish taklifi olish uchun bo'lgan suhbatlardan muvaffaqiyatli o'tib 2 ta ish taklifi bilan qaytdi. To'g'rida, o'qishni bitirayotganda ish joyini aniq qilib olgan yaxshi, ayniqsa sen Yaponiyada ishlamoqchi bo'lsang.😉
🇯🇵 Komiljon bilan bo'lgan suhbatda u bizga Yaponiyada ish taklifi olishi uchun bosib o'tgan yo'li haqida so'zlab berdi. Agar Yaponiya kompaniyalarida ishga joylashmoqchi bo'lsangiz bu intervyuni ko'rishingiz kerak !
Ishonavering juda foydali intervyu !

🎞 Intervyu linki: https://youtu.be/uTn3jQHSVSY

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

25 Nov, 06:48


Dasturchilar, diqqat tanlov !!! 

Universitet dasturlash sohasini oʻrganadigan talabalar uchun "Eng yaxshi dasturchi" tanlovining universitet bosqichi e’lon qilinadi! 🖥 

📌 Tanlov kuni va joyi: 
📅 29.11.2024 (Juma) 
11:50-13:00 
📍 302 va 304-xonalar (offline shaklda) 

‼️ Muhim: 
Tanlovga kechikmaslikni soʻraymiz, chunki kech qolgan ishtirokchilar qabul qilinmaydi. 

💡 Tanlovning asosiy maqsadi: 
- Eng yaxshi loyihalarni ishlab chiqish; 
- Innovatsion algoritmik yechimlar yaratish; 
- Mavjud jarayonlarni takomillashtirish. 

🏆 Mukofot jamgʻarmasi (Respublika bosqichi): 
🥇 15 000 000 soʻm 
🥈 10 000 000 soʻm 
🥉 8 000 000 soʻm 

Bundan tashqari, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ham mukofotlar: 
Eng tezkor dasturchi: 5 000 000 soʻm 
Eng yosh dasturchi: 5 000 000 soʻm 
Eng omadli dasturchi: 5 000 000 soʻm 
Eng murakkab dastur dasturchisi: 5 000 000 soʻm 

🛠 Tanlovda foydalaniladigan tillar: 
C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript va boshqalar. 

📜 Tanlov nizomi: 
👉 Havolani ochish 

✍️ Ishtirok etish uchun formani toʻldiring: 
👉 Formani toʻldirish

📢 Tanlov natijalari: 
t.me/JDU_best_programmer_contest sahifasida e’lon qilib boriladi. 

Barchaga omad!

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

22 Nov, 15:04


JDU qoshidagi yapon tili kurslariga qabul boshlandi !

🇯🇵 "Yapon tilini o'rganmoqchiman lekin haligacha boshlamadim", "Yapon tili o'rganishni boshlagandim, lekin orada to'xtab qoldi-da"
🤔 Agar sizni shu kabi o'ylar qiynayotgan bo'lsa, Japan Digital University qoshida ochilgan yapon tili kurslari aynan siz uchun:
10-11-sinflar uchun umumiy yapon tili kurslari
JLPT sertifikatiga tayyorlov

Biz sizga taklif etamiz:
- Sifatli yapon tili darslari
- Malakali o'zbek va yapon ustozlaridan ta'lim
- Sinovdan o'tgan yapon tili ta'lim tizimi

Keling, "kunchiqar yurt" tilini o'rgatamiz !

Darvoqe, muhim eslatma ! Yapon tili kurslarini  muvaffaqiyatli tamomlagan maktab bitiruvchilari JDUga imtihonsiz qabul qilinish imkoniyatiga ega bo'ladilar !

     Quyidagi link orqali ma'lumotlaringizni qoldiring, biz sizga bog'lanamiz !

https://forms.gle/fDcwWpfQVLuJkaaN7

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

19 Nov, 14:25


Yaponlardek so'zlashish yo'lidagi musobaqa !

🇯🇵 Yapon tili. Bu til dunyo tillari orasida o'ziga xos talaffuzi, yozilish uslubi, grammatikasi bilan ajralib turadi. O'zi bu tilni o'rganishda ba'zi qiyinchiliklarga uchrayotgan bir vaqtingizda sizga omma oldida shu tilda nutq so'zlashni taklif qilishsa qanday qabul qilasiz?
🤚 Keskin "yo'o'q" deyishga shoshilmang! Unutmang, ko'p muvaffaqiyatlar qo'rquvlarimiz ortida yashiringan bo'ladi
🎞 Youtube kanalimizga yaqindagina joylangan "Yapon tili notiqlik san'ati" musobaqasi haqidagi videoda omma oldida yapon tilida nutq so'zlashning o'quvchilar uchun qanchalik muhimligi haqida gap ketadi. Siz uchun yapon tili mutaxassislaridan, musobaqa g'olibasi va muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabalarimizdan alohida intervyu tayyorladik.
Videoni quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin !
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=tNIzf7SB51k

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

18 Nov, 14:23


Bizda qabul boshlandi !

🍃 Oltin kuz oxirlayotgan bir pallada Japan Digital University o'z tarixidagi yana bir sahifani ochishga tayyor. O'z kelajagini Yaponiya bilan bog'lamoqchi bo'lgan yoshlar, bizda  2025-2026-o'quv yili uchun qabul rasman ochildi !
Biz sizga taklif etamiz :

-O'zbekistonda turib Yaponiya universitetlari diplomini qo'lga kiritish
-Universitetni bitirgandan so'ng Yaponiyada IT sohasida ish bilan ta'minlashda ko'mak
-O'qish davrida Yaponiyada amaliyot qilish
-Yapon tili va IT bilimlari

📚 JDUda siz quyidagi soha yo'nalishlari bo'yicha tahsil olish imkoniyatiga egasiz :

"IT menejment" fakulteti :
     IT menejment
     Muhandis dasturchi
     Grafik dizayn
     Sun'iy intellekt
     Kiberxavfsizlik

"Turizm va ijtimoiy fanlar" fakulteti :

     Turizm va mehmondo'stlik
     Filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)

HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

18 Nov, 05:59


18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun !

🇺🇿 Bizning bayrog'imiz - davlat suverenitetimiz ramzi, respublikamiz timsoli ! Vatanimiz bayrog'i doim yuksaklarda hilpirayversin !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

17 Nov, 05:57


Bayramingiz bilan aziz talabalar !

🎉 17-noyabr-Xalqaro talabalar kuni. Japan Digital University jamoasi o'zining qadrli, bilimga chanqoq talabalarini ushbu kun bilan tabriklaydi.
📝 Talabalik hayoti - ilm yo'lida katta safar, bu safarni qiziqarli sarguzashtlar, yoqimli xotiralarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu unutilmas damlarni mazmunli o'tkazib, kelajakda O'zbekiston va Yaponiyaning hamkorligida muhim rol o'ynovchi mutaxassislar bo'lib yetishishingizga tilakdoshmiz !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

16 Nov, 14:34


Yaponiyaga ketishdan oldin bilgan yaxshi...

🇯🇵 Yaponiya o'z madaniyati bilan dunyo davlatlari orasida ajralib turadi. Yapon jamiyatida hatto ba'zi xatti-harakatlar odobsizlik sifatida yoki biroz g'alati qabul qilinishi ham mumkin.
Keling ushbu post orqali Yaponiyadagi ba'zi ijtimoiy qoidalar bilan tanishamiz.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

13 Nov, 13:16


Sabr-qanoat
Komilikka intilish
Shoshmay qaror qabul qilish

💬 Yuqoridagi insoniy xislatlarni yanada rivojlantirmoqchimisiz? U holda sizga JDU dagi "Xattotlik mahorat darslari" ni tavsiya qilamiz !
✍️ Kecha bo'lib o'tgan mahorat darslari JDUning 1-bosqich talabalari uchun xattotlar oilasiga mansub Date Naoki sensei tomonidan olib borildi. Yapon iyerogliflarini nafislik bilan yozishni o'rganishni maqsad qilgan talabalarning qanchalik qunt bilan bu san'at turini o'rganayotganini video lavhalarda ham tomosha qilishingiz mumkin.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

11 Nov, 09:40


O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari bilan ijodiy uchrashuv !

✍️ O'tgan hafta JDU talabalari xotirasida ijodiy kecha bilan yodda qolgan bo'lsa ajab emas. Boisi "Ma'rifat ulashib" loyihasi asosida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari universitetga tashrif buyurdi. Yozuvchilardan biri 2020-yilda O'zbekiston Respublikasida "Yilning eng faol jurnalisti" tanlovida g'olib bo'lgan Go'zal Begim bo'lsa, ikkinchisi "Oltin qalam" milliy mukofoti sohibi Abdurasul Jumaqulov bo'ldi.
🎙 Ijodiy kecha haqida Yoshlar telekanali maxsus reportajini youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

07 Nov, 15:33


Nufuzli tashkilot tashrifi video lavhalarda

🇯🇵🇺🇿 "Yaponiya-O'zbekiston jamiyati notijorat tashkiloti"  JDUga tashrif buyurganiga ham ko'p bo'lmadi. Tashkilot raisi Fumihiko Kato va  rais o'rinbosari Kazuhide Shigematsuning JDU dagi tashrifida olingan video lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

05 Nov, 05:13


"So'qoq"ni ham zabt etdik )

🏕 Japan Digital Universityning ustozlari va bir qator faol yoshlari Toshkent viloyatining "So'qoq" qishlog'iga sayohat qildi. Haqiqatda, toza havosi va go'zal manzarasi bilan tanilgan bu joy sayohat qilishga arziydi.
      Talabalarimiz  bu hordiqdan keyin o'qish uchun yanada rag'bat olgan bo'lsalar ajab emas. Dam olib ham turish kerak 😉

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

04 Nov, 09:57


Sanno universiteti ilk bitiruvchilari !

⚡️ Japan Digital Universityning 3-kurs talabalari Saidahmedova Sarvinoz va G'ofirov Yusufbek JDUning hamkor universitetlaridan biri "Sanno universiteti"ning 2 yillik bakalavr darajasini beruvchi dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, universitet diplomini qo'lga kiritishdi.
📚 Sanno universiteti hamkor universitetlar ichida eng uzun tarixga ega universitet bo'lib, biznes boshqaruvi, sotsiologiya va psixologiya kabi sohalarda ta'limni berib kelmoqda.
🇯🇵 Yaponiya ta'lim tizimida qisqa muddatli ya'ni 2 yillik va uzoq muddatli 4 yillik universitet ta'limi mavjud. Ikki yillik universitet ta'limi ham bakalavr darajasini beradi va qisqa muddatli universitet ta'lim dasturini bitirib ham yaxshi nufuzli korxonalarga ishga kirish mumkin. Lekin mana shu ikki yillik ta'limni bitirgach, o'qishni davom ettirish va 4 yillik diplomni ham olish imkoniyati bor
Talabalarimizga o'qishlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

30 Oct, 14:21


Origami - yapon madaniyatining ajralmas qismi !

🧠 Origami yaponcha "ori" (buklash) va gami (qog'oz) so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, Yaponiya madaniyatining kichik bir namunasidir. Ushbu san'at turida qog'ozlardan turli shakllar hayvonlar, gullar va turli geometrik shakllar yasaladi, lekin bir shart bor qog'ozlarni qirqmaysiz va ularni bir-biriga yelim bilan yopishtirmaysiz.
🔵  JDU talabalari ham yapon tili ustozlari jamoasi bilan JDU da har yili o'tkazib kelinayotgan "Origami" tadbirida qog'ozdan o'z san'at asarlarini yasashdi. Darsdan bo'sh vaqtda ijodkorlikni oshirish uchun shunday mashg'ulotlar bilan shug'ullanib turish ham yomon fikr emas-a, nima deysiz 😉

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

27 Oct, 08:49


JDU ta'lim dargohida qanday ustozlar ta'lim bilan shug'ullanmoqda ?

🤔  Keling ushbu post orqali universitetimiz jonkuyar ustozlarining bir guruhi bilan tanishib o'tamiz. Qo'shimcha ma'lumot sifatida ularning havas qilishga arziydigan ta'lim tarixlarini ham keltirib o'tdik.
        Ustozlar yo'lidan yurib, ularga munosib shogird bo'ling !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

27 Oct, 02:54


Muhim kun !

🇺🇿 2024-yil, 27-oktabr. Bu kun yurtimiz ijtimoiy-iqtsodiy hayotini yanada yaxshilash uchun muhim tanlovlar qilish kunidir.
Agar siz 18 yoshdan oshgan bo'lsangiz saylash huquqingizdan foydalangan holda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi saylovlarida faol qatnashishni so'rab qolamiz !
  Befarq bo'lmang, tanlov qilish vaqti keldi !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

21 Oct, 06:01


Ona tilim-jon-u dilim !

🇺🇿 1989-yil 21-oktabr -O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun ! Bu kun o'zbek xalqi uchun juda muhim ahamiyatga ega, boisi til har bir xalq qadriyatlarining ajralmas bo'lagi. Dunyoda ko'plab tillar yo'qolish xavfi ostida turgan bir vaqtda ona tilimizda millionlab aholi gaplashishi ulkan baxtdir.
🇯🇵 JDU jamoasining yapon xalqi vakillaridan tashkil topgan jamoasi sizni va bizni "O'zbek tili bayrami" bilan mana shunday uslubda tabriklashmoqda.
  Ona tilimizning qadri hamisha baland bo'lsin !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

18 Oct, 11:54


JDU faoliyatining huquqiy asoslari

JAPAN digital UNIVERSITY nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 0044-sonli litsenziyaga ega nodavlat oliygohi hisoblanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi va Yaponiya o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4553-sonli qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi "Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish to'g'risida"gi 762-sonli qaroriga ko'ra tashkil etildi;

6-dekabr 2021-yil O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 0044-sonli litsenziya taqdim etildi.

🇯🇵 Universitet o'zbek yoshlariga yapon tili va IT bilimlaridan saboq berib ularni Yaponiyada IT mutaxassisligi bo'yicha ish bilan ta'minlashni maqsad qilgan.
Ma'lumot uchun bu yilgi bitirayotgan talabalarning 80 foizi universitetni tamomlashidan oldin ishga taklif olib ulgurishdi.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

15 Oct, 06:14


Data scienceni yaponcha yondashuvda o'rganing

🤔 JDU talabalari, Data Science - yaqin yillarda eng serdaromad sohalardan bo'lishi kutilayotgan soha ekanligini bilarmidingiz. Agar bilmasangiz qidiruv brauzerlaridan Data Science bo'yicha ma'lumot topishga erinmang.
JDUda ma'lumotlar bazasi bilan ishlashga qaratilgan sohadan darslar boshlanmoqda. Faqatgina darslarga yozilish uchun yapon tili darajangiz yuqori bo'lishi shart.
Darslarni kim o'tadi? Darslarni Data science bo'yicha mutaxassis, " Expert Scientific Research Institute Co., Ltd." direktori janob  Kenji Hirata olib borishi reja qilingan.
  Darslar haftaning har chorshanba kuni 14:00-16:00 da bo'lib o'tadi. Darslarga yozilishni xoxlagan talabalar IT bo'limiga murojaat qilib, ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling !
Data scienceni yaponcha yondashuvda o'rganing !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

12 Oct, 15:09


Qaynoq haroratli damlar boshlandi !

⚡️ Xabaringiz bor JDU talabasi bólishni xoxlagan yoshlarga imkoniyat sifatida Sentabr oyi oxiriga qadar qabul davom ettirilgan edi. Bu esa qabulning so'nggi oyidan muvaffaqiyatli o'tgan bir guruh talabalarni JDU o'zining iliq quchog'iga olishi bilan yakunlandi. Bugun ushbu yoshlarni talabalikka qabul qilish marosimi bo'lib o'tdi.
🎉 Ko'tarinki kayfiyatda ótgan marosimda JDU rahbariyati yangi talabalarni qizg'in tabriklab, o'qishlariga zafarlar tiladi.
    Shunday qilib, bir guruh yoshlar ham talabalikning qaynoq hayotiga qadam qóyishdi. 🙂

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

08 Oct, 15:10


🇯🇵 JDUga Yaponiya kompaniyalari vakillari tashrifi davom etmoqda. Kecha universitetimizda ASTLOGIKA hamda Maruyasu kompaniyalari vakillari mehmon bo'lishdi. Mehmonlarga "Yaponiyada ish bilan ta'minlash bo'limi" rahbari Toshiyuki Kudo bilan hamroxlik qildi.
🤔 Mehmonlar JDU hayoti bilan yaqindan tanishar ekan talabalarning yapon tilida muloqot qila olishlarini ko'rib xayratlarini yashira olmadilar.
Yaponlar ham xayratda 😉

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

08 Oct, 09:56


Kendo - yapon jang san'ati

⚔️ Kendo - bu shinai deb nomlangan bambuk qilichdan foydalangan holda qilichbozlikka qaratilgan zamonaviy yapon jang san'ati. Yaponiyaga qiziqqanlar bu sport turi haqida bir marta bo'lsa ham eshitishgan bo'lsalar kerak.
🎯 Biz bilgan o'sha kendo bo'yicha JDUda kichik master-klass bo'lib o'tdi. Unda talabalar ushbu sport turi bo'yicha dastlabki bilim va ko'nikmalarni egallashdi. Ushbu sport turi orqali insonning diqqatni jamlash, jismoniy tayyorgarlik darajalari oshadi.

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

04 Oct, 16:07


Yaponiya amaliyotidan hayotiy tajribalar

⚡️ Kutib oling biz uzoq kutgan o'sha amaliyotchilarni o'zida jamlagan intervyu.
-Yaponiyada oylik xarajatlar va daromadlar qanday bo'ldi?
-Yaponiyada ko'nikish qiyin bo'lgan narsalar ?
-JDU da o'qitilgan darslar o'zi foyda berdimi?
🇯🇵 Shu va boshqa savollarga yaqindagina Yaponiyada amaliyotdan qaytgan talabalarimiz javob beradi.
Videoni to'liq holda ushbu linkda tomosha qiling
▶️ https://youtu.be/GUd5dbxU2as

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site

Japan Digital University

01 Oct, 11:42


Ustozlar doim e'zozda !

✍️ Kecha Japan Digital Universityda "Har bir JDU jamoasi a'zosi - ustoz" shiori ostida ustozlarga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Albatta JDU da ta'lim yo'lida xizmat qilayotgan har bir inson biz uchun ustoz deya olamiz.
🎊 Tadbirda barcha ustozlarga ta'lim yo'lidagi xizmatlari uchun tashakkurlar aytilib sovg'alar ulashildi.
Ustozlarimizga ta'lim yo'lida zafarlar tilab qolamiz !

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site